Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola14.00.00Ochiq kirish

TUG‘RUQDAN KEYINGI DEPRESSIYADA AYOLLARGA PSIXOTERAPIYANI QO‘LLASH

Jalilova Dildora Murotovna, Suponova Xolida Suxrobovna, Qurbonov Anusher ShermamatovichSamarqand davlat tibbiyot universiteti2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 12Sahifa 178–184

Annotatsiya

Tug‘ruqdan keyingi depressiya (postpartum depressiya) — bu ayollarda tug‘ruqdan so‘ng paydo bo‘ladigan ruhiy-emotsional buzilish bo‘lib, u onalik mas‘uliyati, gormonal o‘zgarishlar, uyqu buzilishi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovning yetishmasligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu maqolada tug‘ruqdan keyingi depressiyaning asosiy sabablari, klinik ko‘rinishlari hamda psixoterapiya usullarining samaradorligi tahlil qilinadi. Psixoterapiya — bu dori vositalarisiz, ayolning emotsional muvozanatini tiklash, onalik rolini qabul qilish va ijtimoiy moslashuvni yaxshilashga qaratilgan muhim yondashuvdir.

Boshqa tillarda

ruschaПРИМЕНЕНИЕ ПСИХОТЕРАПИИ У ЖЕНЩИН ПРИ ПОСЛЕРОДОВОЙ ДЕПРЕССИИ

Послеродовая депрессия — это психоэмоциональное расстройство, возникающее у женщин после родов и тесно связанное с материнской ответственностью, гормональными изменениями, нарушением сна и недостаточной социальной поддержкой. В данной статье рассматриваются основные причины и клинические проявления послеродовой депрессии, а также анализируется эффективность психотерапевтических методов. Психотерапия представляет собой важный немедикаментозный подход, направленный на восстановление эмоционального равновесия женщины, принятие материнской роли и улучшение социальной адаптации.

inglizchaTHE APPLICATION OF PSYCHOTHERAPY TO WOMEN WITH POSTPARTUM DEPRESSION

Postpartum depression is a mental and emotional disorder that arises in women after childbirth and is closely connected with the responsibility of motherhood, hormonal changes, sleep disturbance and a lack of social support. This article analyses the main causes and clinical manifestations of postpartum depression and the effectiveness of psychotherapy methods. Psychotherapy is an important approach, without the use of medication, directed at restoring a woman‘s emotional balance, at accepting the maternal role and at improving social adaptation.

Kalit so‘zlar

  • tug‘ruqdan keyingi depressiya
  • psixoterapiya
  • kognitiv terapiya
  • oilaviy qo‘llab-quvvatlash
  • onalik psixologiyasi
  • stress

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TUG‘RUQDAN KEYINGI DEPRESSIYADA AYOLLARGA PSIXOTERAPIYANI QO‘LLASH Jalilova Dildora Murotovna Samarqand davlat tibbiyot universiteti assistenti. ORCID: 0009-0007-0174-1416 E-mail: alilovad7@gmail.com Suponova Xolida Suxrobovna, Qurbonov Anusher Shermamatovich Samarqand davlat tibbiyot universiteti Davolash fakulteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17938545 Annotatsiya: Tug‘ruqdan keyingi depressiya (postpartum depressiya) — bu ayollarda tug‘ruqdan so‘ng paydo bo‘ladigan ruhiy-emotsional buzilish bo‘lib, u onalik mas’uliyati, gormonal o‘zgarishlar, uyqu buzilishi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovning yetishmasligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu maqolada tug‘ruqdan keyingi depressiyaning asosiy sabablari, klinik ko‘rinishlari hamda psixoterapiya usullarining samaradorligi tahlil qilinadi. Psixoterapiya — bu dori vositalarisiz, ayolning emotsional muvozanatini tiklash, onalik rolini qabul qilish va ijtimoiy moslashuvni yaxshilashga qaratilgan muhim yondashuvdir. Kalit so‘zlar: tug‘ruqdan keyingi depressiya, psixoterapiya, kognitiv terapiya, oilaviy qo‘llab-quvvatlash, onalik psixologiyasi, stress.

ПРИМЕНЕНИЕ ПСИХОТЕРАПИИ У ЖЕНЩИН С ПОСЛЕРОДОВОЙ ДЕПРЕССИЕЙ Джалилова Дилдора Муротовна Ассистент Самаркандского государственного медицинского университета Супонова Холида Сухробовна, Курбанов Анушер Шермаматoвич Студенты лечебного факультета Самаркандского государственного медицинского университета Аннотация: Послеродовая депрессия — это психоэмоциональное расстройство, возникающее у женщин после родов и тесно связанное с материнской ответственностью, гормональными изменениями, нарушением сна и недостаточной социальной поддержкой. В данной статье рассматриваются основные причины и клинические проявления послеродовой депрессии, а также анализируется эффективность психотерапевтических методов. Психотерапия представляет собой важный немедикаментозный подход, направленный на восстановление эмоционального равновесия женщины, принятие материнской роли и улучшение социальной адаптации. Ключевые слова: послеродовая депрессия, психотерапия, когнитивная терапия, семейная поддержка, психология материнства, стресс.

THE USE OF PSYCHOTHERAPY IN WOMEN WITH POSTPARTUM DEPRESSION Jalilova Dildora Murotovna Assistant at Samarkand State Medical University Suponova Xolida Sukhrobovna, Qurbonov Anusher Shermamatovich Students of the Faculty of General Medicine, Samarkand State Medical University

Abstract: Postpartum depression is a psycho-emotional disorder that develops in women after childbirth and is closely associated with maternal responsibility, hormonal shifts, sleep disturbances, and insufficient social support. This article analyzes the main causes and clinical manifestations of postpartum depression, as well as the effectiveness of psychotherapeutic interventions. Psychotherapy is an important non-pharmacological approach aimed at restoring emotional balance, facilitating the acceptance of the maternal role, and improving social adaptation. Keywords: postpartum depression, psychotherapy, cognitive therapy, family support, maternal psychology, stress.

KIRISH Tug‘ruq — bu nafaqat fiziologik, balki psixologik jihatdan ham ayol organizmi uchun murakkab jarayondir. Tug‘ruqdan keyingi davrda ayolning gormonal fonda keskin o‘zgarishlar, uyqu va dam olishning buzilishi, yangi ijtimoiy rol — “ona” rolini qabul qilish bilan bog‘liq psixologik moslashuv jarayoni boshlanadi. Ushbu omillar ba’zan ruhiy zo‘riqish, tashvish, o‘ziga ishonchsizlik va qayg‘u holatlarini keltirib chiqaradi. Agar bu holatlar 2 haftadan ortiq davom etsa va kundalik hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, bu postpartum depressiya hisoblanadi. Asosiy sabablar: Gormonal o‘zgarishlar – Estrogen va progesteron darajasining keskin pasayishi nerv tizimining faolligini o‘zgartiradi. Uyqu yetishmasligi va charchoq – Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa g‘amxo‘rlik tufayli ayolning dam olish rejimi buziladi. Ijtimoiy va oilaviy qo‘llab-quvvatlovning yetishmasligi – turmush o`rtog`i yoki oila a’zolari tomonidan yetarli e’tibor bo‘lmasa, ayol o‘zini yolg‘iz his qiladi. Oldingi depressiv epizodlar yoki psixologik travmalar – Ayolning shaxsiy tajribasi bu davrni yanada og‘irlashtiradi. Iqtisodiy va ijtimoiy stress – moliyaviy qiyinchiliklar, ishga qaytish masalalari, hayot tarzining o‘zgarishi ham muhim omillar hisoblanadi. Psixoterapiya usullari va ularning samarasi. 1. Kognitiv-behavioral terapiya (KBT) Bu usul ayolning salbiy fikrlarini aniqlab, ularni konstruktiv ijobiy qarashlarga almashtirishga qaratilgan. Masalan, “Men yomon onaman” kabi fikrlar “Men o‘rganayapman va har kuni yaxshilanayapman” tarzida qayta shakllantiriladi. KBT yordamida ayol o‘z his-tuyg‘ularini tahlil qilishni, ularni boshqarishni o‘rganadi. 2. Interpersonal (shaxslararo) terapiya Bu usul oilaviy munosabatlar, er-xotin orasidagi aloqa, yangi onalik roli bilan bog‘liq ijtimoiy o‘zgarishlarga e’tibor qaratadi. Ayol o‘z ehtiyojlarini ifoda etishni va yordam so‘rashni o‘rganadi. 3. Guruh psixoterapiyasi. Boshqa onalar bilan suhbatlar, tajriba almashish, hamdardlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlov hissi depressiyani kamaytirishda juda muhim rol o‘ynaydi. 4. Oilaviy psixoterapiya. Eri yoki yaqin oila a’zolari ishtirokida o‘tkaziladi. Bu usul o‘zaro tushunishni yaxshilaydi, ayolga ruhiy tayanch beradi. 5. Telepsixiatriya va onlayn qo‘llab-quvvatlash. Zamonaviy texnologiyalar yordamida onlayn psixoterapiya seanslari, video maslahatlar va mobil dasturlar orqali psixologik yordam ko‘rsatish imkoniyati yaratilmoqda. Ayniqsa, chaqaloqli ayollar uchun bu qulay usuldir. Psixoterapiyaning fiziologik ahamiyati. Psixoterapiya jarayonida stress gormoni — kortizol darajasi kamayadi, yurak urish chastotasi me’yorga tushadi, uyqu sifati yaxshilanadi. Shuningdek, serotonin va dopamin kabi “baxt gormonlari” faollashadi, bu esa onaning emotsional barqarorligini ta’minlaydi. Shunday qilib, psixoterapiya nafaqat ruhiy, balki fiziologik sog‘lomlashuvga ham yordam beradi. 1. Beck depressiya shkalasi (BDI) qanday baholanadi?BDI depressiv simptomlar og‘irligini o‘lchaydi. Har bir band sub’ektiv his-tuyg‘u yoki xulq-atvor belgisiga tegishli. Nimani inobatga oladi? BDI quyidagi belgilarni baholaydi: Kayfiyat (xafalik, tushkunlik), Kelajakka nisbatan umidsizlik, O‘zini ayblash, O‘z-o‘zini qadrsiz his qilish, Uyqu buzilishi, Ishtaha

o‘zgarishi, Charchoq,Konsentratsiya pasayishi,O‘ziga zarar yetkazish fikrlari inobatga olinadi. Qanday baholanadi? Har bir band 0 dan 3 gacha ball bilan baholanadi. Bemor o‘z holatiga eng mos bo‘lgan variantni tanlaydi. Barcha 21 band ballari yig‘iladi → yakuniy ball olinadi. Talqin:0–9 – minimal depressiya 10–15 – yengil 16–19 – o‘rtacha 20–29 – o‘rta og‘ir 30–63 – og‘ir depressiya 2. Hamilton tashvish shkalasi (HAM-A) qanday baholanadi? HAM-A tashvish buzilishining og‘irligini baholaydi. Nimani inobatga oladi? HAM-A asosan somatik va psixik tashvish belgilarini baholaydi: Psixik simptomlar: Ichki bezovtalik, Qo‘rquv, Tension (zo‘riqish), Yomon xayollar, Ruhiy notinchlik Somatik simptomlar: Yurak urish tezlashishi,Terlash, Titroq, Gastrointestinal noqulayliklar (ko‘ngil aynish, ich buzilishi), Muskullar zo‘riqishi, Bosh aylanishi, hushdan ketish hissi, Uyqu buzilishi inobatga olinadi. Qanday baholanadi? 14 ta bandning har biri 0–4 ball bilan baholanadi: 0 — yo‘q, 1 — yengil, 2 — o‘rtacha, 3 — sezilarli, 4 — og‘ir. Shifokor bemor holatini kuzatib, har bir bandga ball qo‘yadi → jami 56 ball bo‘ladi. 0–17 — yengil tashvish. 18–24 — o‘rtacha. 25–30 — og‘ir. 30 dan yuqori — juda og‘ir tashvish Shu test natijalari asosida psixoterapiya va medikamentoz terapiya o`tgazish tanlanadi. MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqot Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi klinik bazada o‘tkazildi. Tajriba uchun 20 nafar tug‘ruqdan keyingi depressiya holatidagi ayollar tanlab olindi (yosh oralig‘i 20–35 yosh). Bemorlar 2 guruhga bo‘lindi: I guruh (n=30) — psixoterapiya va medikamentoz davo birgalikda qo‘llanildi. II guruh (n=30) — faqat psixoterapiya usuli bilan davolandi. III guruh (n=20)— nazorat guruhi. Davolash muddati — 6 hafta. Psixoterapiya jarayonida kognitiv-behavioral terapiya, interpersonal suhbatlar va relaksatsion mashqlar o‘tkazildi. Medikamentoz davo sifatida valeriana tabletkasi, Kardiosist, Novo-Passit, Kavinton forte, shuningdek, Magnevital preparatlari, Serebrovin vitamin komplekslaridan foydalanilib tavsiya etildi. Psixologik holatni baholash uchun standartlashtirilgan psixometrik vositalardan foydalanildi, jumladan, depressiya darajasini aniqlashda Beck depressiya shkalasi (BDI), tashvish darajasini baholashda esa Hamilton tashvish shkalasi (HAM-A) qo‘llandi. BDI va HAM-A Baholash Jadvallari. Psixometrik baholash uchun to‘liq test shakli.

1-jadval. Beck depressiya shkalasi (BDI) Depressiv simptomlar darajasini baholash № Band 0 ball 1 ball 2 ball 3 ball mazmuni 1 Kayfiyat O’zimni yaxshi Ba’zan tushkunlik Ko‘p vaqt Juda chuqur his qilyapman sezaman tushkunlikda depressiyadaman bo‘laman 2 Kelajakka Kelajakka Biroz xavotir bor Kelajakdan Kelajakda hech munosabat optimistikman umidim kam narsa yaxshi bo‘lmaydi deb o‘ylayman

3 O‘zini O‘zimni Ba’zan o‘zimni Doimiy o‘zimni O‘zimni yomon ayblash ayblamayman ayblayman ayblayman inson deb bilaman 4 Qoniqish Hayotdan zavq Oldingidagi zavq Qariyib hech Hech narsadan hissi olaman unchalik yo‘q narsa zavq zavq olmayman bermaydi 5 Aybdorlik Aybdorlik Ba’zan aybdorlik Ko‘p vaqt Doimo o‘zimni hissi sezmayman seziraman o‘zimni aybdor aybdor his qilaman his qilaman 6 Jazolanish Jazolanishni Balki jazolanishim Jazolanishga Meni jazolash hissi munosib deb kerak deb loyiqman deb kerak deb hisoblamayman o‘ylayman o‘ylayman hisoblayman 7 O‘zini O‘zimni yaxshi O‘zimni ba’zan O‘zimni doim O‘zimdan yoqtirmaslik ko‘raman yoqtirmayman yoqtirmayman nafratlanaman 8 O‘ziga O‘zimni tanqid Ba’zan o‘zimni Har doim O‘zimni juda ko‘p tanqidiy qilmayman ayblayman o‘zimni tanqid ayblayman munosabat qilaman 9 O‘lim/o‘ziga Bunday fikrlar Ba’zan o‘lim O‘z jonimga O‘z jonimga qasd zarar fikrlari yo‘q haqida o‘ylayman qasd qilishni qilishni xohlash fikri rejalashtirganman bo‘ladi 10 Yig‘loqlik Odatdagidan Oldingidan Har kuni Yig‘lay olmayman, ko‘p ko‘proq yig‘layapman lekin yig‘lagim yig‘lamayman yig‘layapman keladi 11 Bezovtalik Bezovtalik yo‘q Ba’zan bezovta Ko‘p vaqt Juda kuchli bo‘laman bezovtaman bezovtalik bor 12 Qiziqishning Qiziqishlarim Oldingi Ko‘pchilik Hech narsaga yo‘qolishi o‘zgarmagan qiziqishlarim narsalar endi qiziqmayman kamaygan qiziq emas 13 Qaror qabul Qaror qabul Qaror qabul qilish Juda qiyin O‘zim mustaqil qilish qilishda biroz qiyin qaror qabul qila qiyinligi qiynalmayman olmayman 14 O‘zini O‘zimni foydali Ba’zan o‘zimni Ko‘p vaqt O‘zimni butunlay foydasiz his his qilaman foydasiz his foydasizman foydasiz deb qilish qilaman deb o‘ylayman bilaman 15 Charchoq O‘zimni yaxshi tez charchayman Juda charchoq Hech narsaga his qilaman bo‘ladi kuchim yo‘q 16 Uyqu Uyqum normal Ba’zi kunlari uyqu Uyqu tez-tez Umuman yaxshi buzilishi buziladi buziladi uxlay olmayman 17 Ishtaha Ishtaha normal Ishtaha biroz Sezilarli Ishtaha juda o‘zgarishi pasaygan/oshgan o‘zgarish bor o‘zgargan 18 Jinsiy O‘zgarmagan Bi-roz pasaygan Ancha Butunlay qiziqish pasaygan yo‘qolgan pasayishi

19 Somatik Somatik Ba’zan og‘riq Tez-tez Doimiy kuchli shikoyatlar shikoyatlar yo‘q bo‘ladi og‘riqlar og‘riqlar bor bezovta qiladi 20 Vaqtni Muammo yo‘q Biroz qiynalaman Juda qiyin Umuman boshqara boshqarish olmayman qiyinligi 21 Faollik Faolligim Biroz pasaygan Ancha Umuman faol pasayishi o‘zgarmagan pasaygan emasman

Yakuniy ball (0–63): ___________________ Talqin: □ Minimal □ Yengil □ O‘rtacha □ O‘rta og‘ir □ Og‘ir 0–9 – minimal depressiya, 10–15 – yengil, 16–19 – o‘rtacha, 20–29 – o‘rta og‘ir, 30–63 – og‘ir depressiya

2-jadval. Hamilton tashvish shkalasi (HAM-A)Tashvish buzilishi chastotasi va og‘irligini aniqlash

№ Band mazmuni 0 1 2 3 4 1 Psixik bezovtalik yo‘q yengil o‘rtacha sezilarli og‘ir 2 Tension (zo‘riqish) yo‘q yengil o‘rtacha sezilarli og‘ir 3 Qo‘rquv hissi yo‘q yengil o‘rtacha sezilarli og‘ir 4 Yurak faoliyati yo‘q yengil o‘rtacha sezilarli og‘ir (palpitation) 5 Nafas olish buzilishi yo‘q yengil o‘rtacha sezilarli og‘ir 6 Oshqozon-ichak yo‘q yengil o‘rtacha sezilarli og‘ir simptomlari 7 Mushak zo‘riqishi yo‘q yengil o‘rtacha sezilarli og‘ir 8 Bosh aylanishi yo‘q yengil o‘rtacha sezilarli og‘ir 9 Uyqu buzilishi yo‘q yengil o‘rtacha sezilarli og‘ir 10 Sensor simptomlar yo‘q yengil o‘rtacha sezilarli og‘ir 11 Avtonom yo‘q yengil o‘rtacha sezilarli og‘ir simptomlar 12 Xulqiy notinchlik yo‘q yengil o‘rtacha sezilarli og‘ir 13 Tashvishli fikrlar yo‘q yengil o‘rtacha sezilarli og‘ir 14 Umumiy tashvish yo‘q yengil o‘rtacha sezilarli og‘ir darajasi Yakuniy ball (0–56): ___________________ Talqin: □ Yengil □ O‘rtacha □ Og‘ir □ Juda og‘ir 0–17 — yengil tashvish, 18–24 — o‘rtacha, 25–30 — og‘ir, 30 dan yuqori — juda og‘ir tashvish Natijalar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra: BDI 6 haftadan Yaxshilanish Guruh Davo turi boshlang‘ich so‘ng BDI foizi o‘rtacha ball

Psixoterapiya + I-guruh (n=30) 27,6 ± 2,4 9,2 ± 1,8 66,7% medikamentoz II-guruh Faqat 26,9 ± 2,1 14,8 ± 2,5 44,9% (n=30) psixoterapiya Nazorat guruhi III-guruh (davo 27,0 ± 2,3 25,8 ± 2,6 4,4% (n=20) qo‘llanmagan) Psixoterapiya+ medikamentoz terapiya natijasi 66,7 %,faqat psixoterapiya natijasi 44,9% yaxshilanish ko`rsatkichini belgilagan. Olingan natijalar shuni ko`rsatadiki psixoterapiya va medikamentoz terapiya qo`llash sammaradorlikni oshirib,tezroq ijobiy natijaga erishishga yordam beradi. Shuningdek, birinchi guruhdagi ayollarda:uyqu sifati yaxshilanishi 85% hollarda kuzatildi,tashvish va yig‘loqilik kamayishi 78% hollarda qayd etildi, chaqaloqqa mehr hissi qayta tiklandi (70% hollarda). Fikrlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, psixoterapiya faqat o‘zi bilan davolangan ayollarda ijobiy o‘zgarishlar kechroq (taxminan 4–5 haftada) paydo bo‘lgan, kompleks davo olgan guruhda esa klinik yaxshilanish 2–3 haftada kuzatila boshlagan. XULOSA Kuzatishlar natijasida aniqlandiki, tug‘ruqdan keyingi depressiyada faqat psixoterapiya ijobiy natija bersa-da, medikamentoz vositalar bilan birgalikda olib borilgan kompleks davo qayta depressiya rivojlanish xavfini kamaytiradi, emotsional muvozanatni tezroq tiklaydi, onaning ijtimoiy moslashuvini yaxshilaydi. Bundan tashqari, telepsixiatriya va onlayn konsultatsiyalar ham samarali yordamchi usul sifatida tavsiya etiladi. Tug‘ruqdan keyingi depressiyada kompleks (psixoterapiya + medikamentoz) yondashuv eng samarali davolash usuli hisoblanadi. U nafaqat depressiya simptomlarini kamaytiradi, balki ayolning o‘zini “ona” sifatida qabul qilishiga, oilaviy munosabatlarning yaxshilanishiga yordam beradi. Shuning uchun postpartum davrda ayollarga psixologik va emotsional qo‘llab-quvvatlovni kuchaytirish, kerak bo‘lganda kombinatsiyalangan davolashni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, psixoterapiya o‘tkazilgan ayollarda: depressiya alomatlari 65–70% gacha kamayadi, onalik instinkti va chaqaloqqa mehr hissi kuchayadi, oilaviy munosabatlarda iliqlik tiklanadi, qayta depressiya rivojlanish xavfi sezilarli darajada pasayadi. Dori vositalarini qo‘llash zarur bo‘lgan holatlarda, ular faqat shifokor tavsiyasi bilan, xavfsiz dozalarda (masalan, valeriana, Novo-Passit, B6 vitamini) berilishi lozim. Tug‘ruqdan keyingi depressiya — bu vaqtinchalik, ammo e’tibor talab qiladigan psixologik holatdir. Psixoterapiya yordamida ayollar o‘z holatini tushunish, his-tuyg‘ularini boshqarish va yangi onalik roliga moslashishni o‘rganadilar. Oila va jamiyat tomonidan psixologik yordam, ijobiy muhit yaratish, hamda telepsixiatriya imkoniyatlarini kengaytirish tug‘ruqdan keyingi depressiyani oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Oliveira G. N. M. et al. Beck depression inventory (BDI) and hamilton rating scale for depression (HAM-D) in patients with epilepsy //Jornal Brasileiro de Psiquiatria. – 2011. – Т. 60. – С. 131-134.10.1590/s0047-20852011000200008
  2. DiPietro J. A. Psychological and psychophysiological considerations regarding the maternal–fetal relationship //Infant and Child Development: An International Journal of Research and Practice. – 2010. – Т. 19. – №. 1. – С. 27-38.10.1002/icd.651
  3. Argyraki M. et al. In-utero stress and mode of conception: impact on regulation of imprinted genes, fetal development and future health //Human reproduction update. – 2019. – Т. 25. – №. 6. – С. 777-801.10.1093/humupd/dmz025
  4. Shermatovna, G. Z., & Abdusattorovna, A. M. (2024). INSONLARDA KUZATILADIGAN HISSIY ZO’RIQISHLAR VA ULARNI OLDINI OLISH. NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA'LIMNING INNOVATSION YO'NALISHLARI, 1(3), 273-276.
  5. Bjelica A. et al. The phenomenon of pregnancy—A psychological view //Ginekologia polska. – 2018. – Т. 89. – №. 2. – С. 102-106.10.5603/gp.a2018.0017
  6. Халимбетов Ю. М., Юлдашев С. Ж., Жалилова Д. М. ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ В СИСТЕМЕ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ //Биотехнология и биомедицинская инженерия. – 2022. – С. 236-239.
  7. Murodovna J. D., Bakhodirovna S. D., Yangiboyevna N. S. Learning Liquid Medicine Forms and Writing Prescriptions for Medical School Students //Central Asian Journal of Medical and Natural Science. – 2022. – Т. 3. – №. 5. – С. 72-76.
  8. Jalilova D. M. et al. Allergic Rhinitis and its Treatment //Central Asian Journal of Medical and Natural Science. – 2023. – Т. 4. – №. 6. – С. 576-579.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013236
Nashr sanasi
2026-01-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
12
DOI
10.66073/researchfocus.v4i12.1925
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
178–184
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11