Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI EGALLASH BOSQICHLARI VA ULARNING KASBIY RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI
Rizayeva Husniya Ubayevna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning raqamli texnologiyalarni egallashjarayoni bosqichma-bosqich tahlil qilinadi. Raqamli kompetensiya tarbiyachi kasbiy tayyorgarliginingajralmas qismi sifatida ko‘rib chiqilib, uning o‘qitish samaradorligini oshirish, interaktiv muhit yaratish vabolalar bilan individual ishlash imkoniyatlarini kuchaytirishi asoslanadi. Raqamli texnologiyalarni egallashbosqichlari motivatsion, amaliy va refleksiv rivojlanish darajalariga ko‘ra yondashilgan holda yoritiladi.Maqola maktabgacha ta‘lim yo‘nalishida kelajak tarbiyachilarni raqamli pedagogik muhitga ilmiy asosdatayyorlash zarurligini ko‘rsatadi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
THE SIGNIFICANCE OF HEUTAGOGY IN FOSTERING SELF-DIRECTED LEARNING COMPETENCIES AMONG PHILOLOGY STUDENTS
Kattaeva Feruza Shakirovna · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025
Ushbu maqolada filologiya talabalari orasida mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishda "Geutagogika"ning roli o‘rganiladi. Oliy ta‘lim kontekstida mustaqil o‘rganishni rivojlantirish talabalarning akademik avtonomiyasini, tanqidiy fikrlashini va umrbod o‘rganish qobiliyatlarini oshirish uchun juda muhimdir. Tadqiqotda geutagogikaning nazariy asoslari, uning o‘quvchiga yo‘naltirilgan va o‘zini o‘zi belgilaydigan ta‘lim tamoyillari va filologiya dasturlarida amalga oshirishning amaliy strategiyalari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, "Geutagogik" yondashuvlarni o‘qitishga integratsiya qilish talabalarning o‘z o‘quv jarayonlarini rejalashtirish, kuzatish va baholash qobiliyatini sezilarli darajada yaxshilaydi, shu bilan avtonomiya, motivatsiya va umumiy akademik ko‘rsatkichlarni oshiradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FOSTERING COGNITIVE-ANALYTICAL THINKING AND DEVELOPING TRANSFORMATIVE READING SKILLS IN ENGLISH LESSONS AT PRESIDENTIAL SCHOOLS
Khamdamova Shokhista Yusup Qizi · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025
Ushbu maqolada O‘zbekistondagi Prezident maktablarida ingliz tilini o‘qitishda kognitiv-analitik fikrlashning integratsiyasi va transformatsion o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari o‘rganiladi. Unda o‘quvchilarni matnlar bilan tanqidiy muloqot qilish va o‘z nuqtai nazarlari haqida fikr yuritish imkonini beruvchi yuqori darajadagi fikrlash qobiliyatlari bilan jihozlashning muhimligi ta‘kidlangan. Maqolada so‘rovga asoslangan o‘rganish, muhokama va real dunyo kontentlari orqali analitik fikrlashni rivojlantirishning amaliy strategiyalari bayon etilgan. Shuningdek, u transformatsion o‘qishning o‘quvchilarning shaxsiy o‘sishi va global xabardorligini shakllantirishdagi rolini ta‘kidlaydi. Maqola o‘qituvchilar va o‘quv dasturlari dizaynerlari uchun zamonaviy ta‘lim maqsadlariga muvofiq ingliz tilini o‘qitish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘QISH DARSLARINI TASHKIL ETISHDA MODULLI TA‘LIM VA AXBOROTKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING ROLI
Abduvaliyeva Gulchekhra Mamadjon kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada o‘qish darslarini tashkil etishda modulli ta‘lim va axborotkommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Modulli ta‘lim o‘quv jarayoninitizimli, bosqichma-bosqich tashkil etishga yordam beradi, AKT esa o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, matnbilan ishlash, tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.Tadqiqotda modulli o‘qitish tamoyillari, interfaol metodlar va raqamli ta‘lim resurslarining uyg‘unlashuvio‘quvchilarning o‘qish motivatsiyasi va samaradorligiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatishi asoslab beriladi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
EXPLORING ANTHROPONYMS AND THEIR FUNCTIONS IN LANGUAGE AND CULTURE
Ismailov Usarjon Usubjonovich · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025
Maqolada onomastika, xususan, antroponimlar — madaniy qadriyatlar va ijtimoiy tuzilmalarni aks ettiruvchi shaxsiy nomlar o‘rganiladi. Unda turli madaniyatlardagi nomlash an‘analari va ularning shaxsni shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Nomlash tizimlarini madaniy merosning asosiy elementi sifatida tushunishning muhimligi ta‘kidlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TOJIK RAQS SAN‘ATINING TARIXIY ILDIZLARI
Hajiyev Ramizkhan · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada Tojik raqs san‘atining kelib chiqish tarixi, uning xalq madaniyhayotidagi o‘rni va badiiy-estetik ahamiyati tahlil etiladi. Arxeologik manbalar asosida qadimiy davrlardashakllangan raqs turlari hamda ularning mazmuniy xususiyatlari yoritilgan. Maqolada XX asrdaTojikistonda professional raqs ansambllarining vujudga kelishi, milliy sahna raqslari rivoji va ularning xalqmerosini asrashdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, tojik raqslarining falsafiy, estetik va ruhiy jihatlarimilliy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asosda yondashilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MODERN PRINCIPLES OF DEVELOPING READING COMPETENCIES IN ENGLISH LANGUAGE EDUCATION
Usmonova Gulhumor Qo‘ldashboy qizi · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025
Ushbu maqolada ingliz tili ta‘limida talabalarning o‘qish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy tamoyillar tahlil qilinadi. Unda o‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuv, kommunikativ yo‘nalish, haqiqiy materiallardan foydalanish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, metakognitiv strategiyalarni o‘qitish, texnologiyalarni integratsiyalash va tabaqalashtirilgan o‘qitish kabi tamoyillarning mohiyati, ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi muhokama qilinadi. Ushbu tamoyillar talabalarning o‘qish ko‘nikmalarini, tushunishini va o‘quv jarayonida mustaqilligini oshirish kontekstida o‘rganiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INLGIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI MATERIALSHUNOSLIK SOHASI TERMINLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
avminova Nafisa Mashrobjonovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada materialshunoslik sohasidagi terminlarning shakllanishi va ularningrivojlanishi ingliz va o‘zbek tillari misolida tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ЭКОНОМИЯ ВОДЫ ПРИ ОРОШЕНИИ ХЛОПЧАТНИКА С МАГНИТНОЙ ВОДОЙ
Ergashova Dilnara Tolybaevna · Республиканская научно-практическая конференция на тему «Новые парадигмы в науке, технологиях и образовании» · 2025
Ushbu maqolada "MPV MWS Dy 15" dizayndagi magnit qurilma orqali o‘tkazilgan suv yordamida paxtani tomchilatib sug‘orish bo‘yicha dala tadqiqotlari natijalari keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
2D FAZA DIAGRAMMALAR VA TERMODINAMIK POTENSIALLAR: MODELLAR VA VIZUALIZATSIYA
Azimova Shahnoza Akramjon qizi, Tuychiboyeva Muazzam Kurvonboy qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tezisda 2D faza diagrammalari va termodinamik potensiallarning o‘zarobog‘liqligi modellashtirish va vizualizatsiya asosida tahlil qilindi. Tadqiqotda ichki energiya, Gibbs vaHelmholtz potensiallarining o‘zgarish qonuniyatlari grafiklar yordamida ko‘rsatildi. Natijalar fazaviyo‘tishlarni aniqlash va muvozanat sharoitlarini baholash imkonini berdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KASBIY TA‘LIM TIZIMDA ZAMONAVIY PARADIGMA
D.R. Rakhmatullayeva, M.G. Karimov · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada bigingi kundagi ta‘lim tizimi va kasbiy ta‘lim tizimidagi o‘zgarishlar,raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalalari va kasbiy ta‘lim tizimidagi zamonaviy paradigmalarxususida so‘z yuritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TILSHUNOSLIKDA PRAGMALINGVISTIKANING O‘RNI VA RIVOJLANISHI
Sabirova Bernarda Umarzhanovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tezisda pragmalingvistikaning ahamiyatini hamda uning tilshunoslikningalohida tarmog‘i sifatida shakllanish jarayonini ko‘rsatiladi. Ishda pragmalingvistika faniningrivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar faoliyati, uning kommunikativ tilshunoslikdagi o‘rni va tilhodisalarini insonning nutqiy xatti-harakatlari bilan bog‘liq holda tahlil etishdagi ahamiyati yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XALQARO BIZNES ALOQALARIDA MADANIYATLARARO XULQ-ATVOR
Muradova Zilola Daletmamet, Zaripbayeva Zilola Mansurbek, Ochilova Khursanoy Makhmud · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada xalqaro biznes aloqalarida madaniyatlararo xulq-atvorningahamiyati, ularning tashkilotlar faoliyatiga ta‘siri va muvaffaqiyatli hamkorlikni ta‘minlashdagi o‘rnitahlil qilingan. Globalizatsiya davrida biznes muhitida turli madaniyat vakillari bilan samarali muloqoto‘rnatish zarurati ortib bormoqda. Shu bois maqolada xalqaro biznesda yuzaga keladigan madaniyto‘siqlar, ularning sabab va oqibatlari, hamda ularni bartaraf etishning amaliy yo‘llari yoritilgan.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, madaniyatlararo kompetensiya va kommunikativ ko‘nikmalarnirivojlantirish xalqaro biznes muvaffaqiyatining muhim omilidir
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING SUN‘IY INTELLEKT KOMPETENSIYASI TARKIBI
Ibragimova Hilola Bahodirjon qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sun‘iy intellekt sohasidagikompetensiyasi tarkibi tahlil qilingan. Unda YuNESKO tomonidan taklif etilgan “O‘qituvchilar uchunsun‘iy intellekt kompetensiyasi modeli” asosiy manba sifatida o‘rganilgan bo‘lib, besh asosiy komponent:insonga yo‘naltirilgan fikrlash, SI etikasi, SI asoslari va qo‘llanilishi, SI pedagogikasi hamda kasbiyrivojlanish uchun SI yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
PEDIATRIYA TA‘LIMIDA KLINIK FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MUAMMOGA ASOSLANGAN TA‘LIMNI BAHOLASH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH USLUBIYATI
Immunakhunova Iroda Khuseyinovna, Tashmamatova Dilnozaxon Kimsanali gizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Klinik fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish bo‘lajak shifokorlarni tayyorlashda,ayniqsa tashxis qo‘yish murakkabligi tahliliy va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini talab qiladiganambulatoriya pediatriyasida markaziy o‘rinni egallaydi. Ushbu tadqiqot xalqaro tibbiyot talabalari o‘rtasidaklinik fikrlashni rivojlantirishda muammoli ta‘lim (PBL) modelining samaradorligini baholash vatakomillashtirishga qaratilgan. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti pediatriya kafedrasidao‘tkazilgan tadqiqotda 135 nafar jismoniy va ruhiy sog‘lom talabalar, shu jumladan 56 nafar ayol ishtiroketdi, ular PBL bilan o‘qitilgan asosiy guruh va ma‘ruzalar bo‘yicha nazorat guruhiga bo‘lingan. Baholashobyektiv tuzilmali klinik tekshiruv (OSCE), yozma testlar va o‘z samaradorligi so‘rovnomalarini o‘z ichigaolgan. Natijalar YEXHT ko‘rsatkichlarining 24,1 foizga, yozma test natijalarining 19,0 foizgayaxshilanishini va PBL guruhida o‘z-o‘ziga ishonchning 27 foizga oshishini ko‘rsatdi, bu nazorat guruhigaqaraganda ancha yuqori (p < 0,05). Natijalar shuni tasdiqlaydiki, PBL ambulatoriya pediatriyasida klinikfikrlashni takomillashtirishning samarali usuli bo‘lib, tibbiy o‘quv dasturlarida kengroq qo‘llanilishi kerak.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CULTURAL CONTEXTS AND THE INTERPRETATION OF ANTHROPOMORPHIC EXPRESSIONS
Kholmatova Guyokhon Dilshodjon kizi · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025
Uning dissertatsiyasi madaniy kontekstlarning tilda antropomorfik ifodalarning shakllanishi va talqinini qanday shakllantirishini o‘rganadi. Unda antropomorfizm nafaqat stilistik vosita, balki inson tafakkurini aks ettiruvchi kognitiv va madaniy model sifatida ham faoliyat yuritishi ta‘kidlanadi. Ingliz va o‘zbek tillarining qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, ikkalasi ham tabiat, din, his-tuyg‘ular va qadriyatlarni insoniylashtirsa-da, ularning ma‘nolari milliy madaniyatga qarab farq qiladi - o‘zbek tili axloqiy va ma‘naviy jihatlarga urg‘u beradi, ingliz tili esa estetik va individual jihatlarga e‘tibor qaratadi. Texnologiya va reklama sohasidagi zamonaviy qo‘llanilish ham muhokama qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ARONIA MELONICARPA NING SHO‘R YERLARDA INTRODUKSIYASI VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mavlonova Madinabonu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada qora mevali aroniya (Aronia melanocarpa) o‘simligini sho‘rlanganyerlarda introduksiya qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan. Maqolada o‘simlikningekologik moslashuvchanligi, tuproqdagi sho‘rlanish darajasiga nisbatan bardoshliligi hamda bioekologikxususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, A. melanocarpa o‘rta darajada sho‘rlangantuproqlarda ham normal vegetatsiya davrini o‘tay olishi, ildiz tizimi orqali tuzlarni to‘plash va ayrimhollarda fiziologik moslashuv mexanizmlarini shakllantirishi aniqlangan. O‘simlikning introduksiyasisho‘rlangan va degradatsiyaga uchragan hududlarda foydali biomassa yetishtirish, ekologik barqarorliknisaqlash hamda dorivor xom ashyoni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish imkoniyatini beradi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MATN BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARI ORQALI O‘QUVCHILARDA O‘QISH SAVODXONLIGINI MUSTAHKAMLAS
Khamrayeva Gulbahor Bahranovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tadqiqotning maqsadi — boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qishsavodxonligini rivojlantirishda matn bilan ishlash ko‘nikmalarining o‘rnini aniqlash va ularnishakllantirishning samarali metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida “Skim Reading”,“Faol o‘qish”, “Savollar yaratish”, “Hikoya tuzilishini aniqlash” hamda “Grafik organayzerlar” kabistrategiyalar qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning o‘qish tezligi, tahliliy fikrlash va ijodiyyondashuvi 25–30% ga oshdi. Tadqiqot PISA va PIRLS xalqaro standartlariga mos bo‘lib, o‘quvchilardatanqidiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TABIIY FANLARDA SAYYORALAR MAVZUSINI O‘QITISHNING SAMARALI METODLARI
Makhmadaminov Khurshid Mavlonberdiyevich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada sayyoralar va osmon jismlari haqida ma‘lumot olish va turli hilmetodlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish haqida so‘z yuritilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘QITISH METODIKASINING AHAMIYATI
Mirzaakbarov Abdurasul Mirzaakbarovich, Qambaraliyeva Maftuna Hamidullo qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada o‘quvchilarga algebraik materiallarni o‘qitish metodikasi rivojlanishjarayonlari,zamonaviy ko‘nikmalar va turli-xil usullar yordamida ochib beriladi. Avval algebraik materiallarning tarixi, rivojlanishi, tarkibi, mazmun-mohiyati ko‘rib chiqiladi. So‘ng esa bugungi kundaqo‘llanilayotgan amaliy va nazariy metodlar orqali kengroq tahlil qilinadi. Qolaversa, o‘quvchilardamavzuga oid ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida qiziqarli metod va o‘yinlar keltiriladi. Bumaqola matematika o‘qituvchilari va talabalarga kreativ yondashuvlarni aniqlashda tajribaviy va nazariypoydevor bo‘lib xizmat qiladi.