ARONIA MELONICARPA NING SHO‘R YERLARDA INTRODUKSIYASI VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mavlonova MadinabonuToshkent Davlat Agrar Universiteti magiatr talabaasi2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 885–888
Annotatsiya
Ushbu maqolada qora mevali aroniya (Aronia melanocarpa) o‘simligini sho‘rlanganyerlarda introduksiya qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan. Maqolada o‘simlikningekologik moslashuvchanligi, tuproqdagi sho‘rlanish darajasiga nisbatan bardoshliligi hamda bioekologikxususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, A. melanocarpa o‘rta darajada sho‘rlangantuproqlarda ham normal vegetatsiya davrini o‘tay olishi, ildiz tizimi orqali tuzlarni to‘plash va ayrimhollarda fiziologik moslashuv mexanizmlarini shakllantirishi aniqlangan. O‘simlikning introduksiyasisho‘rlangan va degradatsiyaga uchragan hududlarda foydali biomassa yetishtirish, ekologik barqarorliknisaqlash hamda dorivor xom ashyoni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish imkoniyatini beradi
Boshqa tillarda
ruschaВВЕДЕНИЕ И БИОЭКОЛОГИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ARONIA MELONICARPA В СОЛЯНЫХ ВОДАХ
В данной статье представлены результаты исследования по интродукции черноплодной рябины (Aronia melanocarpa) на засоленные территории. В статье анализируются экологическая адаптивность, толерантность к засолению почвы и биоэкологические характеристики растения. По результатам исследования, A. melanocarpa способна пережить нормальный вегетационный период даже на умеренно засоленных почвах, накапливать соли через корневую систему и в некоторых случаях формировать механизмы физиологической адаптации. Интродукция растения позволит выращивать полезную биомассу на засоленных и деградированных территориях, поддерживать экологическую стабильность и производить лекарственное сырье в местных условиях.
inglizchaINTRODUCTION AND BIOECOLOGICAL PROPERTIES OF ARONIA MELONICARPA IN SALINAS
This article presents the results of a study on the introduction of the black chokeberry (Aronia melanocarpa) to saline areas. The article analyzes the ecological adaptability, tolerance to soil salinity, and bioecological characteristics of the plant. According to the results of the study, A. melanocarpa can survive a normal growing season even in moderately saline soils, accumulate salts through its root system, and in some cases form physiological adaptation mechanisms. The introduction of the plant will allow the cultivation of useful biomass in saline and degraded areas, maintain ecological stability, and produce medicinal raw materials in local conditions.
Kalit so‘zlar
- Aronia melanocarpa
- sho‘rlanish
- adaptatsiya
- morfologik belgilar
- fiziologik bardoshlilik
- dorivor o‘simlik
- ekologik barqarorlik
- bioaktiv moddalar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
ARONIA MELONICARPA NING SHOʻR YERLARDA INTRODUKSIYASI VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mavlonova Madinabonu e-mail: madinabonumavlonova03@gmail.com Toshkent Davlat Agrar Universiteti magiatr talabaasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada qora mevali aroniya (Aronia melanocarpa) o‘simligini sho‘rlangan yerlarda introduksiya qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan. Maqolada o‘simlikning ekologik moslashuvchanligi, tuproqdagi sho‘rlanish darajasiga nisbatan bardoshliligi hamda bioekologik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, A. melanocarpa o‘rta darajada sho‘rlangan tuproqlarda ham normal vegetatsiya davrini o‘tay olishi, ildiz tizimi orqali tuzlarni to‘plash va ayrim hollarda fiziologik moslashuv mexanizmlarini shakllantirishi aniqlangan. O‘simlikning introduksiyasi sho‘rlangan va degradatsiyaga uchragan hududlarda foydali biomassa yetishtirish, ekologik barqarorlikni saqlash hamda dorivor xom ashyoni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Kalit soʻzlar: Aronia melanocarpa, sho‘rlanish, adaptatsiya, morfologik belgilar, fiziologik bardoshlilik, dorivor o‘simlik, ekologik barqarorlik, bioaktiv moddalar.
АРОНИЯ МЕЛАНОКАРПА: ИНТРОДУКЦИЯ И БИОЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ НА ЗАСОЛЕННЫХ ПОЧВАХ
Мавлонова Мадинабону e-mail: madinabonumavlonova03@gmail.com Магистрант Ташкентского государственного аграрного университета.
Аннотация: В данной статье представлены результаты исследований по интродукции черноплодной аронии (Aronia melanocarpa) на засолённых почвах. Рассмотрены экологическая приспособляемость растения, устойчивость к степени засоленности почвы, а также его биоэкологические особенности. По результатам исследований установлено, что A. melanocarpa способна проходить нормальный вегетационный период даже на умеренно засолённых почвах, аккумулировать соли через корневую систему и формировать физиологические механизмы адаптации. Интродукция данного вида в засолённые и деградированные территории способствует получению полезной биомассы, сохранению экологической устойчивости и созданию условий для местного производства лекарственного растительного сырья. Ключевые слова: Aronia melanocarpa, засоление, адаптация, морфологические признаки, физиологическая устойчивость, лекарственное растение, экологическая стабильность, биоактивные вещества.
INTRODUCTION AND BIOECOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ARONIA MELANOCARPA IN SALINE SOILS
Mavlonova Madinabonu e-mail: madinabonumavlonova03@gmail.com Master’s student, Tashkent State Agrarian University
Abstract: This article presents the results of research on the introduction of black chokeberry (Aronia melanocarpa) in saline soils. The study analyzes the plant’s ecological adaptability, tolerance to soil salinity levels, and its bioecological characteristics. According to the results, A. melanocarpa is able to complete a normal vegetation period even in moderately saline soils, accumulate salts through its root system, and develop physiological adaptation mechanisms. The introduction of this species into saline and degraded areas contributes to the production of valuable biomass, maintenance of ecological stability, and the local cultivation of medicinal raw materials. Keywords: Aronia melanocarpa, salinity, adaptation, morphological traits, physiological tolerance, medicinal plant, ecological stability, bioactive compounds.
KIRISH Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yer resurslaridan oqilona foydalanish, ularning unumdorligini saqlash va oshirish, shuningdek, shoʻrlanish va degradatsiya jarayonlariga qarshi kurashish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “2022–2026-yillarda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PQ–60-sonli qarorida ekologik muammolarni hal etish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ekologik barqarorlikni taʼminlash ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilangan. Shuningdek, “Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni ham shoʻrlangan va degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklashda ilmiy yondashuvlarni keng joriy etishni nazarda tutadi [1]. Shoʻrlangan yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligi keskin kamayib borayotgani, bunday hududlarning maydoni yildan-yilga ortib borayotgani ekologik muammolarni chuqurlashtirmoqda. Shu bois, shoʻr yerlarda o‘sishga bardoshli, dorivor va iqtisodiy ahamiyatga ega o‘simlik turlarini aniqlash, ularni introduksiya qilish va agrotexnik usullarini ishlab chiqish dolzarb ilmiy-amaliy vazifalardan biri hisoblanadi. Qora mevali aroniya (Aronia melanocarpa) — biologik faol moddalarga, ayniqsa, antosianinlar, flavonoidlar va vitaminlarga boy dorivor o‘simlik sifatida eʼtirof etilgan. Uning mevalari farmatsevtika, oziq-ovqat va parhez mahsulotlari ishlab chiqarishda muhim xom ashyo hisoblanadi. Mazkur o‘simlikni shoʻrlangan yerlarda introduksiya qilish orqali nafaqat ekologik muvozanatni tiklash, balki dorivor xom ashyo bazasini kengaytirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Shu bois ushbu tadqiqot Aronia melanocarpa ning shoʻr tuproqlarda o‘sish xususiyatlarini, bioekologik moslashuvini hamda mahalliy sharoitlarda yetishtirish istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlangan [2]. ADABIYOTLAR TAHLILI Qora mevali aroniya (Aronia melanocarpa L.) Shimoliy Amerikadan kelib chiqqan, sovuqqa, kasallik va zararli muhit omillariga nisbatan chidamli, ko‘p yillik buta o‘simlikdir. Hozirgi kunda bu o‘simlik Rossiya, Polsha, Germaniya, Chexiya, Belarus, Ukraina va boshqa Yevropa mamlakatlarida keng miqyosda yetishtirilmoqda. Adabiyotlarda qayd etilishicha, A. melanocarpa mevalarida antosianinlar, flavonoidlar, polifenollar, askorbin kislotasi, karotin va boshqa biologik faol moddalar mavjud bo‘lib, ular organizmda antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va immunitetni mustahkamlovchi ta’sir ko‘rsatadi [3]. Xorijiy tadqiqotchilar (Jurikova et al., 2012; Kulling & Rawel, 2008; Jakobek et al., 2007) tomonidan A. melanocarpa ning kimyoviy tarkibi, farmakologik xususiyatlari hamda turli ekologik sharoitlarda o‘sish xususiyatlari chuqur o‘rganilgan. Ayniqsa, Jurikova va hammualliflar (2012) ma’lumotlariga ko‘ra, aroniya mevalaridagi antosianin miqdori boshqa rezavor mevalarga nisbatan yuqori bo‘lib, bu uning dorivor qiymatini oshiradi. Shuningdek, Kulling va Rawel (2008) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda o‘simlikning fenolik birikmalarga boyligi, ularning inson salomatligi uchun foydali biologik ta’siri ilmiy asoslab berilgan [4,5,6]. Rossiyada olib borilgan seleksiya va introduksiya tadqiqotlarida (Kucherenko va boshq., 2015; Sokolova, 2018) Aronia melanocarpa o‘simligi turli iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi bilan ajralib turishi, hatto qisman sho‘rlangan yoki og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda ham o‘sishi mumkinligi aniqlangan. Bu xususiyat o‘simlikni sho‘rlangan hududlarda ekish imkoniyatini kengaytiradi [7]. Oʻzbekistonda esa aroniya o‘simligini introduksiya qilish va agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar so‘nggi yillarda boshlanmoqda. Mahalliy olimlar tomonidan bu o‘simlikning iqlimga moslashuvi, hosildorlik darajasi, biologik faolligi va farmakologik ahamiyatini o‘rganish yuzasidan dastlabki izlanishlar olib borilmoqda (Abdurahmonova, 2021; G‘afurov, 2022). Shu bilan birga, sho‘rlangan va degradatsiyaga uchragan yerlarni samarali o‘zlashtirishda dorivor va ekologik barqaror o‘simlik turlarini tanlash masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda [8]. Yuqoridagi manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Aronia melanocarpa o‘simligi ekologik moslashuvchanligi, yuqori biologik faolligi va iqtisodiy ahamiyati bilan ajralib turadi. Biroq, bu tur o‘simlikning sho‘rlangan tuproqlarda o‘sish, rivojlanish va fiziologik moslashuv mexanizmlari O‘zbekiston sharoitida yetarlicha o‘rganilmagan. Shu sababli mazkur tadqiqot aroniya o‘simligining sho‘r yerlardagi introduksiyasi va bioekologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, amaliy va ilmiy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. METODOLOGIYA Tadqiqot ishlari 2023–2025-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyatining tabiiy iqlim sharoitida, sho‘rlanish darajasi turlicha bo‘lgan tajriba maydonlarida amalga oshirildi. Tadqiqotning
asosiy maqsadi — Aronia melanocarpa o‘simligining sho‘r tuproqli sharoitlarda bioekologik moslashuv xususiyatlarini o‘rganish, fiziologik reaksiyalarini aniqlash hamda introduksiya imkoniyatlarini ilmiy asoslashdan iboratdir. Tuproqning agrokimyoviy ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida qabul qilingan “Tuproq tahlilining standart metodikasi” asosida aniqlangan. Tuproq namunalarining fizik-kimyoviy tahlillari (pH, umumiy tuz miqdori, mexanik tarkib, nam sig‘imi, g‘ovaklik darajasi) o‘tkazilib, tajriba maydonlari o‘rta va kuchli sho‘rlangan tuproq tiplari sifatida tasniflandi. TAHLIL VA NATIJALAR Qora mevali aroniya — Rosaceae oilasiga mansub, bo‘yi 2 m ga yetadigan mayda daraxt yoki butadir. O‘simlikning vatani Shimoliy Amerika bo‘lib, Sharqiy Osiyoda tabiiy holda uchraydi. Shuningdek, qora mevali aroniya Ukraina, Rossiya, Moldova va Kavkazda madaniy holda o‘stiriladi. Xalq tabobati va rasmiy tibbiyotda o‘simlikning pishgan mevalari foydalaniladi. Mevalari tarkibida ko‘p miqdorda R vitamini, askorbin kislota, shakar (glyukoza, fruktoza), yod, flavanoidlar va antotsianlar saqlaydi. Meva sharbatining gipoten ziv ta’siri bor bo‘lib, 1–2 stadiyadagi gipertoniya kasalliklarini davolashda dorivor vosita sifatida ishlatiladi [10]. Qora mevali aroniya sho‘r tuproqlarda, bo‘yi o‘rtacha 40,8 sm bo‘lgan ko‘chatlardan introduksiya qilindi. Ko‘chatlarning ko‘karuvchanligi va saqlanishi 100%ni tashkil etdi. Vegetatsiyaning boshlanish davrida ko‘chatlarning o‘sishi juda sekin bo‘lib, ularning uchki qismidagi yashil tusli nishlar o‘smasdan uzoq saqlanadi. Avgust oyida ko‘chatlarning uchki qismlarida o‘sish boshlanadi va sentabrning oxirida o‘rtacha 19,2 sm ga yetadi. Asosiy poyalarning 96,6% qismi yog‘ochlanib, ulardan 8,6±1,29 ta barglar to‘kilganligi kuzatilgan. 1-nchi yil vegetatsiyaning avgust oyida ayrim o‘simliklarning asosiy poyalari 2 taga ko‘payib, ularda 2–3 tadan barglar hosil bo‘ladi. 2-vegetatsiya yilida o‘simliklarning asosiy poyalari 2–3 taga ko‘payib, vegetatsiya davomida 25–30 sm ga yetadi. Katta asosiy poyalar o‘rtacha 38,4 sm ga o‘sadi va ularda 25,6±3,23 ta barglar hosil bo‘ladi. Vegetatsiya oxirida asosiy poyaning yog‘ochlanishi 90,2±8,43 sm, ulardan to‘kilgan barglar esa 17,4±3,51 tani tashkil etadi. Shunday qilib, qora mevali aroniyaning tashqi holati, yangi asosiy yon poyalarning hosil bo‘lishi, o‘simliklarning o‘sish tezligi, ularning sho‘r tuproqlarga moslashish jarayonining jadal o‘tayotganligini ko‘rsatadi. XULOSA O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida Aronia melanocarpa (qora mevali aroniya) o‘simligining sho‘rlangan sharoitlarda o‘sish va rivojlanish xususiyatlari o‘rganildi hamda uning bioekologik moslashuv darajasi aniqlab berildi. O‘simlikning fiziologik ko‘rsatkichlari, ayniqsa, barglarning suv tutish qobiliyati, fotosintez intensivligi va tuzga bardoshlilik darajasi yuqori ekani kuzatildi. Bu esa aroniya o‘simligi o‘rta darajada sho‘rlangan tuproqlarda barqaror o‘sib rivojlanishini ta’minlaydi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, sho‘r tuproqli sharoitlarda o‘simliklarning o‘sish sur’ati nazorat variantiga nisbatan 8–15% ga pasaysa ham, fotosintetik faoliyat va adaptatsion mexanizmlar hisobiga o‘simlik normal rivojlanish qobiliyatini saqlab qoladi. Barglarda tuz to‘planishining nisbatan pastligi, suv balansining barqarorligi va ildiz tizimining chuqur joylashuvi Aronia melanocarpa ning sho‘rlanishga nisbatan fiziologik chidamliligini ta’minlaydi. O‘rganishlar asosida aniqlanishicha, mazkur tur O‘zbekistonning sho‘rlanish darajasi o‘rtacha bo‘lgan hududlarida introduksiya qilish uchun istiqbolli hisoblanadi. Aronia melanocarpa ning biologik moslashuvchanligi, tuproqni meliorativ yaxshilashdagi roli, hamda dorivor va oziq-ovqat xom ashyosi sifatidagi qiymati uni yangi agroekotizimlarda joriy etish imkoniyatini kengaytiradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–5853-son qarori. – 2020-yil 29-oktabr.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor o‘simliklarni yetishtirishni kengaytirish va farmatsevtika xomashyosini mahalliylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4550-son qarori. – 2019- yil 12-dekabr.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologik muvozanatni saqlash va yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–3896-son qarori. – 2018-yil 17-avgust.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4968-son qarori. – 2021-yil 6-fevral.
- Karimov, A., & Mamatqulov, S. (2019). Dorivor o‘simliklarning bioekologik xususiyatlari va agrotexnikasi. – Toshkent: Fan nashriyoti.
- Mirzayev, M. M. (2020). Sho‘rlangan yerlarda o‘simliklarning o‘sish fiziologiyasi. – Samarqand: SamDU nashriyoti.
- Qodirova, G. N. (2021). O‘simlikshunoslik va introduksiya asoslari. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”.
- Тихомиров, В. Н. (2018). Арония черноплодная (Aronia melanocarpa): биология, агротехника, применение. – Москва: КолосС.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011528
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/537
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 885–888
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25