Asosiy mazmunga o‘tish

2D FAZA DIAGRAMMALAR VA TERMODINAMIK POTENSIALLAR: MODELLAR VA VIZUALIZATSIYA

Azimova Shahnoza Akramjon qizi, Tuychiboyeva Muazzam Kurvonboy qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 903–905

Annotatsiya

Ushbu tezisda 2D faza diagrammalari va termodinamik potensiallarning o‘zarobog‘liqligi modellashtirish va vizualizatsiya asosida tahlil qilindi. Tadqiqotda ichki energiya, Gibbs vaHelmholtz potensiallarining o‘zgarish qonuniyatlari grafiklar yordamida ko‘rsatildi. Natijalar fazaviyo‘tishlarni aniqlash va muvozanat sharoitlarini baholash imkonini berdi.

Boshqa tillarda

ruschaДвумерные фазовые диаграммы и термодинамические потенциалы: модели и визуализация.

В данной диссертации на основе моделирования и визуализации был проанализирован взаимосвязь между двумерными фазовыми диаграммами и термодинамическими потенциалами. Исследование показало закономерности изменения внутренней энергии, потенциалов Гиббса и Гельмгольца с помощью графиков. Результаты позволили идентифицировать фазовые переходы и оценить условия равновесия.

inglizcha2D PHASE DIAGRAMS AND THERMODYNAMIC POTENTIALS: MODELS AND VISUALIZATION

In this thesis, the relationship between 2D phase diagrams and thermodynamic potentials was analyzed based on modeling and visualization. The study showed the laws of change of internal energy, Gibbs and Helmholtz potentials using graphs. The results allowed us to identify phase transitions and assess equilibrium conditions.

Kalit so‘zlar

  • faza diagrammasi
  • termodinamik potensial
  • ichki energiya
  • Gibbs potensiali
  • Helmholtz potensiali
  • modellashtirish
  • vizualizatsiya
  • fazaviy muvozanat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

ko‘nikma va kompetensiyalarga ega bo‘lgan, zamonaviy fikrlaydigan, raqamli dunyo talablariga javob bera oladigan, kasbiy madaniyatga ega yosh mutaxassislar yetishtirish uchun mustahkam asos yaratiladi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning inson kapitali borasidagi imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, iqtisodiy barqarorlik va innovatsion taraqqiyotga xizmat qiladi. Yoshlarda amaliy ko‘nikmalar, zamonaviy kompetensiyalar va kasbiy madaniyatni shakllantirish — bu mamlakatning kelajak rivojiga xizmat qiluvchi strategik vazifadir. Bu yo‘nalishda umumiy ta’lim va kasbiy ta’lim tizimlarining uzviy hamkorligi, innovatsion yondashuvlar hamda davlat, xususiy sektor va jamiyatning birgalikdagi harakati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Natijada, raqobatbardosh, malakali, ijodkor va mas’uliyatli yosh kadrlar yetishib chiqishi ta’minlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning inson kapitali borasidagi imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishning asosiy garovidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–316-son qarori. 3. D.R.Raxmatullayeva “Professional ta’limni tashkil etishda zamonaviy yondoshuvlar”// “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish muammolari” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi// - QarDU. 2022/5/18. -b. 367-369.

2D FAZA DIAGRAMMALAR VA TERMODINAMIK POTENSIALLAR: MODELLAR VA VIZUALIZATSIYA

Azimova Shahnoza Akramjon qizi Tuychiboyeva Muazzam Qurvonboy qizi Namangan Davlat Pedagogika Instituti magistirantlari

Annotatsiya: Ushbu tezisda 2D faza diagrammalari va termodinamik potensiallarning o‘zaro bog‘liqligi modellashtirish va vizualizatsiya asosida tahlil qilindi. Tadqiqotda ichki energiya, Gibbs va Helmholtz potensiallarining o‘zgarish qonuniyatlari grafiklar yordamida ko‘rsatildi. Natijalar fazaviy o‘tishlarni aniqlash va muvozanat sharoitlarini baholash imkonini berdi. Kalit so‘zlar: faza diagrammasi, termodinamik potensial, ichki energiya, Gibbs potensiali, Helmholtz potensiali, modellashtirish, vizualizatsiya, fazaviy muvozanat.

2D ФАЗОВЫЕ ДИАГРАММЫ И ТЕРМОДИНАМИЧЕСКИЕ ПОТЕНЦИАЛЫ: МОДЕЛИ И ВИЗУАЛИЗАЦИЯ

Аннотация: В работе исследуется взаимосвязь между двумерными фазовыми диаграммами и термодинамическими потенциалами с использованием моделирования и визуализации. Рассмотрены изменения внутренних, Гиббса и Гельмгольца потенциалов. Результаты позволяют определить фазовые переходы и условия равновесия. Ключевые слова: фазовая диаграмма, термодинамический потенциал, внутренняя энергия, потенциал Гиббса, потенциал Гельмгольца, моделирование, визуализация, фазовое равновесие.

2D PHASE DIAGRAMS AND THERMODYNAMIC POTENTIALS: MODELS AND VISUALIZATION

Abstract: This paper studies the relationship between 2D phase diagrams and thermodynamic potentials using modeling and visualization. The changes of internal energy, Gibbs, and Helmholtz potentials are analyzed through graphical representation. The results help to identify phase transitions and equilibrium conditions. Keywords: phase diagram, thermodynamic potential, internal energy, Gibbs potential, Helmholtz potential, modeling, visualization, phase equilibrium.

___________________________________________________________________ 903

Hozirgi kunda ushbu soha bo`yicha juda ko`plab ishlar olib borilmoqda. Masalan: Y.Grabovsky(2023)- Elastik suyuqliklar va ularning faza diagrammalari, Maxvell konstruksiyasi yordamida suyuqlikning bosim va kimyoviy potensiallari tahlil qilinadi shu va boshqa olimlar tomonidn bu soha keng o`rganilib kelinmoqda. Termodinamika – bu energiya almashinuvi, issiqlik va ish o‘zgarishini o‘rganuvchi fundamental fandir. Termodinamik potensiallar tizimning holatini ifodalovchi asosiy kattaliklar bo‘lib, ular muvozanat sharoitlarini aniqlash, energiya almashinuvi jarayonlarini modellashtirish va fazaviy o‘tishlarni tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Ichki energiya, entalpiya, Helmholtz va Gibbs potensiallari har biri turli fizik sharoitlarda tizim holatini tavsiflaydi. Ushbu ishda 2D faza diagrammalari yordamida bu potensiallarning o‘zaro bog‘liqligi modellashtirilib, ularning vizual ifodasi tahlil qilindi. Tadqiqotda ideal gaz modeli asosida to‘rtta asosiy termodinamik potensial: ichki energiya (U), entalpiya (H), Helmholtz (F) va Gibbs (G) erkin energiyalari o‘rganildi. Har bir potensialning o‘zgarishi tizimning holatiga va jarayon yo‘nalishiga bog‘liq. Ichki energiya (U) – tizimdagi barcha mikroskopik energiyalar yig‘indisidir. U harorat oshgan sari chiziqli tarzda ortadi va bu U = (3/2)nRT formulasi orqali aniqlanadi. Quyidagi grafikda U va T orasidagi bog‘lanish ko‘rsatilgan.

1-rasm. Ichki energiya U ning harorat T ga 2-rasm. Gibbs potensiali G ning bosim P ga bog‘liqligi. bog‘liqligi.

Gibbs potensiali (G) tizimning izobarik va izotermik sharoitlarda erkin energiyasini ifodalaydi. Bu potensial tizimning muvozanatga intilishini ko‘rsatadi. Agar G < 0 bo‘lsa, jarayon o‘z-o‘zidan amalga oshadi. Gibbs potensiali bosimga bog‘liq ravishda o‘zgaradi va quyidagi grafikda bu munosabat tasvirlangan.

Helmholtz potensiali (F) esa doimiy harorat va hajm sharoitlarida energiya almashinuvi jarayonlarini ifodalaydi. U entropiya bilan teskari bog‘langan bo‘lib, F = U - TS formulasi orqali aniqlanadi. Entropiya oshgani sari tizimdagi foydali ish energiyasi kamayadi.

3-rasm. Helmholtz potensiali F ning entropiya S ga bog‘liqligi

Faza diagrammalari (T–P) fazaviy muvozanatni aniqlashda ishlatiladi. 2D faza diagrammasi yordamida suyuq, qattiq va gaz holatlar o‘rtasidagi o‘tish chegaralari aniqlanadi. Quyidagi diagrammada harorat va bosim o‘zgarishiga bog‘liq faza sohalari tasvirlangan. Xulosa O‘tkazilgan tahlillar natijasida quyidagi ilmiy xulosalar olindi:

___________________________________________________________________ 904

1. Termodinamik potensiallarning o‘zgarishi tizimning energiya holatini aniqlandi. 2. Ichki energiya haroratga chiziqli bog‘liq, Gibbs potensiali esa bosim ortishi bilan logarifmik o‘sishi kuzatildi. 3. 2D faza diagrammasi yordamida fazaviy o‘tishlar aniq vizual tarzda ko‘rsatildi. Ushbu tadqiqot natijalari issiqlik texnikasi, energetika, materialshunoslik va kimyoviy muvozanat sohalarida amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, termodinamik tizimlarni optimallashtirish uchun samarali usul sifatida qo‘llanilishi mumkin. Foydalangan adabiyotlar ro’yhati: 1. Masatsugu Sei Suzuki, Itsuko S. Suzuki (2015). Understanding on Thermodynamic Properties of Van der Waals Equation of State with the Use of Mathematica. ResearchGate 2. Thiele, U., Frohoff-Hülsmann, T., Engelnkemper, S., Knobloch, E., Archer, A.J. (2019). First Order Phase Transitions and the Thermodynamic Limit. arXiv:1908.11304 3. Cai, R.-G., Li.Yang, R.-Q. (2014). Towards Complete Phase Diagrams of a Holographic P-wave Superconductor Model. arXiv:1401.3974 4. Liu, H. (2021). The Mean-Field Dividing Interface is United with the Widom Line. arXiv:2110.11135 5. Hendi, S.H., Panahiyan, S., Momennia, M. (2015). Extended Phase Space of AdS Black Holes in Einstein-Gauss-Bonnet Gravity with a Quadratic Nonlinear Electrodynamics. arXiv:1503.03340

ЭКОНОМИЯ ВОДЫ ПРИ ОРОШЕНИИ ХЛОПЧАТНИКА С МАГНИТНОЙ ВОДОЙ

Ергашова Дильнара Толыбаевна Исследователь, Национальный исследовательский университет “Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства” E-mail: dinarangel@mail.ru

Аннотация. В статье представлены результаты полевых исследований по капельному орошению хлопчатника водой, прошедшей через магнитное устройство конструкции «МПВ MWS Dy 15». Ключевые слова: капельное орошение, магнитное устройство, магнитная вода, поливная норма.

G‘O‘ZANI MAGNITLI SUV BILAN SUG‘ORISHDA SUVNI TEJASH

Yergashova Dilnara Tolibayevna “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti tadqiqotchisi E-mail: dinarangel@mail.ru

Annotatsiya. Maqolada “MPV MWS Dy 15” konstruksiyali magnit qurilmasidan o‘tkazilgan suv bilan g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish bo‘yicha dala tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Tayanch iboralar: tomchilatib sug‘orish, magnitli qurilma, magnitli suv, sug‘orish me’yori.

WATER SAVING FOR IRRIGATING COTTON WITH MAGNETIC WATER

Ergashova Dilnara Tolybaevna Researcher, National Research University “Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers” E-mail: dinarangel@mail.ru

Abstract. The article presents the results of field studies on drip irrigation of cotton with water passed through a magnetic device of the “MPV MWS Dy 15” design.

___________________________________________________________________ 905

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Masatsugu Sei Suzuki, Itsuko S. Suzuki (2015). Understanding on Thermodynamic Properties of
  2. Van der Waals Equation of State with the Use of Mathematica. ResearchGate
  3. Thiele, U., Frohoff-Hülsmann, T., Engelnkemper, S., Knobloch, E., Archer, A.J. (2019). First
  4. Order Phase Transitions and the Thermodynamic Limit. arXiv:1908.11304
  5. Cai, R.-G., Li.Yang, R.-Q. (2014). Towards Complete Phase Diagrams of a Holographic P-wave10.1007/jhep04(2014)016
  6. Superconductor Model. arXiv:1401.3974
  7. Liu, H. (2021). The Mean-Field Dividing Interface is United with the Widom Line. arXiv:2110.1113510.1016/j.cplett.2022.139982
  8. Hendi, S.H., Panahiyan, S., Momennia, M. (2015). Extended Phase Space of AdS Black Holes in10.1093/ptep/ptv137
  9. Einstein-Gauss-Bonnet Gravity with a Quadratic Nonlinear Electrodynamics. arXiv:1503.03340

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011535
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/544
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
903–905
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25