Asosiy mazmunga o‘tish

KASBIY TA‘LIM TIZIMDA ZAMONAVIY PARADIGMA

D.R. Rakhmatullayeva, M.G. KarimovProfessional ta‘limni rivojlantirish instituti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 901–903

Annotatsiya

Ushbu maqolada bigingi kundagi ta‘lim tizimi va kasbiy ta‘lim tizimidagi o‘zgarishlar,raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalalari va kasbiy ta‘lim tizimidagi zamonaviy paradigmalarxususida so‘z yuritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСОВРЕМЕННАЯ ПАРАДИГМА В СИСТЕМЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

В данной статье рассматриваются изменения в современной системе образования и системе профессионального обучения, вопросы подготовки конкурентоспособных кадров, а также современные парадигмы в системе профессионального обучения.

inglizchaMODERN PARADIGM IN THE VOCATIONAL EDUCATION SYSTEM

This article discusses changes in the current education system and vocational education system, issues of training competitive personnel, and modern paradigms in the vocational education system.

Kalit so‘zlar

  • ta‘lim
  • kasbiy ta‘lim
  • ta‘lim tizimi
  • o‘qitish
  • kasbga o‘qitish
  • raqobatbardosh kadr
  • mutaxassis
  • mehnat bozori
  • ehtiyoj
  • yoshlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

KASBIY TA’LIM TIZIMDA ZAMONAVIY PARADIGMA

D.R.Raxmatullayeva – Professional ta’limni rivojlantirish instituti, p.f.d. (DSc), dotsent M.G.Karimov – Professional ta’limni rivojlantirish instituti, mustaqil izlanuvchi

Annotatsiya. Ushbu maqolada bigingi kundagi ta’lim tizimi va kasbiy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalalari va kasbiy ta’lim tizimidagi zamonaviy paradigmalar xususida so‘z yuritilgan. Tayanch so‘zlar: ta’lim, kasbiy ta’lim, ta’lim tizimi, o‘qitish, kasbga o‘qitish, raqobatbardosh kadr, mutaxassis, mehnat bozori, ehtiyoj, yoshlar.

СОВРЕМЕННАЯ ПАРАДИГМА В СИСТЕМЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация. В данной статье рассматриваются современные изменения в системе образования и профессионального образования, вопросы подготовки конкурентоспособных кадров, а также современные парадигмы, формирующиеся в системе профессионального образования. Ключевые слова: образование, профессиональное образование, система образования, обучение, профессиональное обучение, конкурентоспособные кадры, специалист, рынок труда, потребности, молодежь.

MODERN PARADIGM IN THE VOCATIONAL EDUCATION SYSTEM

Annotation. This article discusses the current changes in the education system and the system of vocational education, the issues of training competitive personnel, as well as the modern paradigms emerging in the field of vocational education. Keywords: education, vocational education, education system, teaching, vocational training, competitive personnel, specialist, labor market, demand, youth.

Hozirgi kunda jahon mehnat bozorida yuz berayotgan tezkor o‘zgarishlar, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi hamda yangi kasblarning paydo bo‘lishi yoshlardan nafaqat nazariy bilim, balki amaliyotga yo‘naltirilgan kompetensiyalar va kasbiy madaniyatni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz yoshlarida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda umumiy o‘rta ta’lim tizimidan kasbiy ta’lim tizimiga uzviy bog‘liqlikni ta’minlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda kasbiy ta’lim tizimi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Zero, mamlakat taraqqiyotining asosiy omili — bu yuqori malakali, raqobatbardosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega inson kapitali hisoblanadi. Kasbiy ta’lim tizimi — mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar yetishishini ta’minlaydigan muhim ta’lim va tarbiya sohasidir.

Ushbu tizim jamiyatning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti uchun poydevor vazifasini bajaradi. Bular: 1. Iqtisodiy ahamiyati. Kasbiy ta’lim iqtisodiyotning turli sohalari uchun amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlaydi. Bu ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, yangi texnologiyalarni joriy etishni tezlashtiradi va mahalliy kadrlar salohiyatini rivojlantiradi. Shu tariqa mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi ta’minlanadi. 2. Ijtimoiy ahamiyati. Kasbiy ta’lim yoshlarga mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish imkonini yaratadi, ularda mehnat madaniyati, mas’uliyat va jamoada ishlash qobiliyatini shakllantiradi. Shu bilan birga, jamiyatda ishsizlik darajasini kamaytiradi va fuqarolarning turmush darajasini oshiradi. 3. Innovatsion rivojlanishdagi roli. Zamonaviy kasbiy ta’lim tizimi innovatsion texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellektni joriy etishda muhim omil hisoblanadi. Bu esa ishchi kuchining zamon talablariga moslashuvchanligini ta’minlaydi. 4. Shaxsiy va kasbiy o‘sish imkoniyatlari. Kasbiy ta’lim insonning ijtimoiy faolligi, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati va umrbod ta’lim olish madaniyatini rivojlantiradi. U har bir shaxs uchun o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish imkonini yaratadi. 5. Davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida. O‘zbekiston Respublikasida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu sohada kadrlar tayyorlashning milliy tizimi yaratilishi belgilab berilgan. Shu maqsadda, kasbiy ta’lim tizimini tubdan isloh etish, uning boshqaruv samaradorligini oshirish hamda mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son Farmoni va “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–316-son qarorida kasbiy ta’lim tizimini 2030-yilgacha isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilanib, jumladan: – xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini kamida 250 taga yetkazish; – 9-sinf bitiruvchilarining kasbiy ta’lim bilan qamrovini amaldagi 29 foizdan 50 foizga yetkazish; –kasbiy ta’lim tizimida dual ta’lim ulushini amaldagi 9 foizdan 40 foizga yetkazish; –kasbiy sertifikatga ega ishlab chiqarish ta’limi ustalari ulushini 30 foizga yetkazish; –xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash dasturlarida ishtirok etgan pedagoglar sonini 100 nafardan 2 500 nafargacha oshirish vazifalari belgilab olindi. –2027-yildan bosqichma-bosqich ishga qabul qilishda malaka sertifikati talab etiladigan tizim yo‘lga qo‘yiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida kasbiy malakani oshirish va mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida malaka darajasiga ega xodimlarni ishga qabul qilishning yangi tizimi joriy etilishi belgilab berildi. Shuningdek, 2027-yildan boshlab, bosqichma-bosqich mashg‘ulotlarning milliy klassifikatorida belgilangan kasb va lavozimlar bo‘yicha zarur malaka darajasiga ega diplom yoki malaka sertifikati bo‘lgan xodimlar ishga qabul qilinishi ham belgilab berilgan. Bu tizim quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: – 2027-yil 1-yanvardan Namangan, Samarqand va Toshkent shaharlari bo‘yicha turizm, kosmetologiya va umumiy ovqatlanish sohalarida; – 2027-yil 1-iyundan shu hududlarda qurilish sohasidagi kasb va lavozimlar bo‘yicha; – 2028-yil 1-yanvardan butun respublika bo‘yicha barcha kasb va lavozimlar uchun tatbiq etiladi. Shuningdek, norasmiy va informal ta’lim orqali yoki amaliy tajriba asosida egallangan ko‘nikmalar ham malakani baholash markazlari tomonidan baholanish orqali tan olinadi. Mazkur tizim kasbiy malaka talablarini aniqlashtirish, mehnat bozorida malakali mutaxassislar ulushini oshirish va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. 2026-yildan boshlab esa 5-may kuni “Kasb va mehnat kuni” sifatida har yili keng nishonlanishi, uning doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy ta’limni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda o‘tkazilishi ham belgilab berildi. Bugungi kunda yaratilgan imkoniyatlardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, kasbiy ta’lim tizimi — bu nafaqat ishchi kadrlarni tayyorlash vositasi, balki mamlakatning barqaror taraqqiyoti, innovatsion rivojlanishi va yoshlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun asosiy omildir. Kasbiy ta’lim tizimi amaliy

ko‘nikma va kompetensiyalarga ega bo‘lgan, zamonaviy fikrlaydigan, raqamli dunyo talablariga javob bera oladigan, kasbiy madaniyatga ega yosh mutaxassislar yetishtirish uchun mustahkam asos yaratiladi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning inson kapitali borasidagi imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, iqtisodiy barqarorlik va innovatsion taraqqiyotga xizmat qiladi. Yoshlarda amaliy ko‘nikmalar, zamonaviy kompetensiyalar va kasbiy madaniyatni shakllantirish — bu mamlakatning kelajak rivojiga xizmat qiluvchi strategik vazifadir. Bu yo‘nalishda umumiy ta’lim va kasbiy ta’lim tizimlarining uzviy hamkorligi, innovatsion yondashuvlar hamda davlat, xususiy sektor va jamiyatning birgalikdagi harakati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Natijada, raqobatbardosh, malakali, ijodkor va mas’uliyatli yosh kadrlar yetishib chiqishi ta’minlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning inson kapitali borasidagi imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishning asosiy garovidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–316-son qarori. 3. D.R.Raxmatullayeva “Professional ta’limni tashkil etishda zamonaviy yondoshuvlar”// “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish muammolari” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi// - QarDU. 2022/5/18. -b. 367-369.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son Farmoni.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–316-son qarori.
  3. D.R.Raxmatullayeva “Professional ta’limni tashkil etishda zamonaviy yondoshuvlar”//
  4. “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish muammolari” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi// - QarDU. 2022/5/18. -b. 367-369.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011534
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/543
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
901–903
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25