Axunbabaeva Nargiza Xamidjanovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Texnik tarjima odatda o‘z sohalarida yuqori darajadagi bilimga ega mutaxassislar tomonidan tayyorlanadigan muayyan hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu yo‘nalishda ishlaydigan tarjimonlar texnologik ma‘lumotlarni yoki ilmiy tadqiqotlarni amaliy qo‘llash haqidagi matnlar bilan ishlaydi. Bu texnik hujjatlarni, ularning tabiati va o‘ziga xos talablarini chuqur tushunishni talab qiladigan murakkab ishdir. Texnik tarjima muhandislikdan tortib qurilish va sog‘liqni saqlashgacha bo‘lgan ko‘plab sohalar uchun zarur. Tarjima qilingan matnlardagi har qanday xatolik yoki yetishmayotgan ma‘lumot osonlikcha qimmatga tushadigan sud da‘volariga yoki kompaniya hujjatlarini qayta tarjima qilish zaruratiga olib kelishi mumkin. Texnik hujjatlar mahalliy va xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta‘minlash uchun zarur. Patentlar va foydalanuvchi qo‘llanmalaridan tortib mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko‘rsatmalargacha bo‘lgan ushbu hujjatlar har bir operatsiya va biznes-jarayonning aniqligi dalilidir.
Abdullayeva Shahnoza Akbaraliyevna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada yozuv ko‘nikmasining mohiyati ko‘rib chiqiladi. Avvalo, unda yozish va gapirish tabiati hamda ularni o‘qitish nuqtai nazaridan farqlanadi, so‘ngra yozuv ko‘nikmasining aniq mohiyati batafsil o‘rganilib, uning qiyinligi sabablari tadqiq qilinadi. Ikkinchi muammo jarayonli yondashuv asosida yozuvni o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lib, uning turli xususiyatlari va muammolari yoritiladi. Ushbu maqolada ko‘rib chiqiladigan yana bir jihat - bu jarayonli yondashuvning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan tengdoshlar tomonidan baholashdir.
Umida Zaripboyeva Doniyor qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqoladaXX asr boshlarida ijod qilgan o‘zbek ma‘rifatparvar shoiri, Xiva shahrida tug‘ilgan va o‘ziga xos uslubdagi she‘rlari bilan tanilgan Avaz O‘tar va uning ijodi haqida ma‘lumot berilgan.
D.J. Xolbayev · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Мақолада пахта тозалаш корхоналарида пневмотранспорти орқали турли хил масофадаги пахта ғарамларидан қувур ёрдамида пахта ташиш жараёни ўрганилган. Пневмотранспорт двигателига инвертор қурулмасини ўрнатиш орқали, двигитилни (пускавой момент) ишга тушириш пайтида хар қандай салбий таъсирларини камайтириш, двигателни иш унумдорлигини ошириш ва энергия тежамкорлиги кўриб чиқилган.
D.J. Xolbayev · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Мақолада пахта тозалаш корхоналарида пневмотранспорт орқали турли хил масофадаги пахта ғарамларидан қувур ёрдамида пахта ташиш жараёни ўрганилган. Пневмотранспорт қувури масофаси узоқлашган сайин пахта ташиш имконияти камайиб боради. Пневмотранспорт қувури масофаси яқинлашган сайин пахта ташиш имконияти ошади, лекин пневмотранспортга кетаётган электр энергия деяли ўзгармаганлиги тахлили ўрганилган.
Usmonjonov Dostonbek Rosuljon o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Quyosh suv isitgichlari energiya manbalaridan oqilona foydalanishga to‘g‘ri yo‘l. Quyosh suv isitgichlari turlari. Quyosh suv isitgichlari afzallik va kamchiliklari. Elektr energiyasini tejash. Hozirgi kunda organik yoqilg‘ilar tugab borayatgan bir paytda insoniyat qayta tiklanuvchi energiya manbalariga qiziqish ortib bormoqda, quyosh suv isitgichlari esa energiya tejashga yechim bo‘la oladi
Islombekova Shahrizoda Durbek qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Piling bu estetik kamchiliklarni bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek dermatologiyada davolash va profilaktika dasturlarini o‘tkazishga qaratilgan kosmetologik texnikadir. Davolash maxsus kimyoviy vosita yordamida tabiiy eksfoliatsiyani tezlashtiradi va faollashtiradi. Terining yangilanish va qayta tiklanishini rag‘batlantiradi, teridagi nuqsonlarni yashirishga xizmat qiladi.
Ortiqova Komila Akmal qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada O‘zbek moda olami, milliy kiyimlari tarixi, sharqona go‘zallik va xalqimizning nodir merosini dunyoga tanitishga harakat qilayotgan istedodli dizaynerlarning ijodlari yoritilgan.
Нарзуллаев Шохрух Шухратович · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Maqolada 2015-2022 yillarda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida operatsiya qilingan 242 bemorni davolash natijalari keltirilgan, ulardan 23 (9,5%) bemor kasallikning nekrotik shakli bilan zararlangan edi. Aerob etiologiyali o‘tkir paraproktit 219 (90,5%) bemorda kuzatildi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 63,1±4,9 yilni tashkil etdi. Barcha bemorlarga klinik tekshiruv, rektal tekshiruv, rektomanoskopiya, transabdominal va transrektal ultratovush tekshiruvi, kompyuter tomografiyasi, yara ajralmalarining bakteriologik tekshiruvi o‘tkazildi. Barcha bemorlarga shoshilinch jarrohlik amaliyotlari bajarildi. Tekshiruv natijalari o‘z vaqtida o‘tkazilgan radikal jarrohlik aralashuvi, antibakterial va dezintoksikatsion terapiya bemorlarning sog‘ayishiga olib kelganini ko‘rsatdi.
Korjavov Sherali Oblakulovich, Ismoilov Ortik Ismoilovich, Otamurodova Khurshidabonu Bakhtiyorovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Bugungi kunda tadqiqotchilar uchun eng muhim muammolardan biri immunitet tizimining morfologiyasi, fiziologiyasi va patologiyasini o‘rganish bo‘lib, bu birinchi navbatda klinik tibbiyot talablari bilan bog‘liq, chunki yangi ekologik, ijtimoiy va boshqa omillar inson tanasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsata boshladi. Ayrisimon bez immunogenezning markaziy organi va ichki sekretsiya bezi hisoblanadi. Timusning tuzilishi (makro-mikroskopik manzarasi) 31 ta yangi tug‘ilgan bola murdasida o‘rganildi. Anatomik usullar (preparatlash, o‘lchash) va gistologik usullar (gistologik bo‘yash) qo‘llanildi. Quyuqroq po‘stloq zonasida hujayralar juda zich joylashgan, ularning soni miya zonasi markazidagiga qaraganda ancha ko‘p. Miya moddasi qalinligida yakka Gassal tanachalari, qon kapillyarlari va limfa yoriqlari uchraydi. Po‘stloq qavati juda zich joylashgan limfoid elementlardan iborat bo‘lib, ayrim hujayralarda mitozlar kuzatiladi. Ayrisimon bez asosan elastik tolalardan tashkil topgan nozik yupqa biriktiruvchi to‘qimali kapsulaga ega, tolalar orasida kollagen tolalar aniqlanadi, yangi tug‘ilganlarda kollagen tolalar va bo‘lakchalararo to‘siqlar yaxshi rivojlangan.
Sa‘dullayeva Shahlo Anvarovna · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada turk adabiyotiga yangicha fikrlovchi o‘qituvchiobrazining kirib kelishi, buning zaruriyati va ideal o‘qituvchi obrazining tasvirlanishidagi o‘ziga xosliklar ochib berilgan bo‘lib, Rashod Nuri Guntekinning o‘qituvchi obrazni tasvirlashi orqali jamiyatdagi savodxonlik va mafkuraviy siljishga bo‘lgan zaruratni yoritishni istagani tilga olinadi.
A.Barotov · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada o‘zining yuksak mazmunli asarlari bilan minglab muxlislari qalbidan joy olgan o‘rta asrlarning buyuk shoiri va mutafakkirlari Abdurahmon jomiy ijodida “shaxs kamoloti” va komil insonni tarbiyalash g‘oyasi shoirning ijod namunalari asosida tahlil etilgan.
Xayriddinov Sh.B. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Мазкур мақолада таълим (олий таълим) ресурслардан фойдаланишни ўзига хос жиҳатлари тадқиқ этилган. Олий таълим муассасалари фаолиятини амалга оширилиши учун зарур бўлган харажатлар катта қисмининг бюджет маблағлари ҳисобидан таъминланаётганлиги бу маблағларнинг сарфланишига нисбатан алоҳида муносабатларнинг шаклланишини тақозо этади. Олий таълимни молиялаштириш икки кўринишда, яъни давлат бюджети маблағлари ҳисобидан ва таълим хизматлари кўрсатилишидан тушадиган маблағлар ҳисобидан амалга оширилмоқда.
Asanov Eldar Enverovich · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ушбу мақолада илк ўрта асрларда ғарбий турклар жамиятида аёлларнинг роли муҳокама қилинади. Таҳлил ва қиёс учун бошқа қадимги турк жамиятларига оид материал жалб қилинди. Шунинг асосида қилинган хулосага кўра, ғарбий турклар типик патриархал жамиятда яшаган бўлса ҳам, юқори ва ўрта табақага мансуб аёллар маълум ижтимоий ва сиёсий жараёнларда иштирок этган ва юқори ижтимоий мақом қозониш имкониятига эга бўлган
Насиров Т.Х., Бердияров У.Н. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ushbu maqolada elektr energetika tizimi rejimini qisqa muddatli boshqaruv siklida kompleks optimallashtirish masalasi, ya‘ni hisobiy elektr stansiyalarida ishlayotgan agregatlarning optimal tarkibini, elektr stansiyalarining aktiv yuklamalari grafiklarini, reaktiv quvvat bo‘yicha generator tugunlari va tayanch tugunlarning reaktiv quvvatlari yoki kuchlanish modullarini, boshqariladigan transformatorlarning transformatsiya koeffitsiyentlarini aniqlash ko‘rib chiqiladi; bunda boshqaruv sikli davomida hisobiy issiqlik elektr stansiyalarida (IES) yoqilg‘i xarajatlarining minimumiga erishiladi.
Nazirov R.R., Yugayev Sh.M. · Research Focus International Scientific Journal · 2023
Ушбу мақолада пахтани жинлаш ва толани тозалаш жараёнида ажралиб чиқадиган толали чиқиндиларни такомиллаштирилган тозалаш ускунасини ишлаб чиқиш бўйича ўтказиладиган илмий тадқиқот ишлари йўналишини асослаш натижалари ёритилган