Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

AVAZ O‘TAR HAYOTI VA IJODI

Umida Zaripboyeva Doniyor qiziNamangan davlat universiteti, Tarix yo‘nalishi talabasi2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 10Sahifa 26–29

Annotatsiya

Ushbu  maqoladaXX asr boshlarida ijod qilgan o‘zbek ma‘rifatparvar shoiri, Xiva shahrida  tug‘ilgan va o‘ziga xos uslubdagi she‘rlari bilan tanilgan Avaz O‘tar va uning ijodi haqida ma‘lumot berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЖИЗНЬ И ТВОРЧЕСТВО АВАЗА ОТАРА

В данной статье представлена информация об Авазе О‘таре, просвещенном узбекском поэте, родившемся в городе Хиве и известном своим уникальным поэтическим стилем, и его творчестве

inglizchaTHE LIFE AND WORK OF AVAZ OTAR

This article provides information about Avaz O‘tar, an Uzbek enlightenment poet who created his works at the beginning of the 20th century, was born in the city of Khiva and became known for his distinctive style of poetry, and about his creative legacy.

Kalit so‘zlar

  • Xorazm
  • Xiva
  • Avaz O‘tar
  • sartarosh
  • Hofiz Sheroziy
  • Abdurahmon Jomiy
  • Lutfiy
  • Alisher Navoiy
  • Bayoniy
  • Tabibiy
  • Muhammad Rahim Soniy
  • Boku
  • devon
  • Saodat ul-iqbol” (“Baxtli iqbol”)
  • Oyna
  • Vaqt
  • Mullo Nasriddin
  • qisqa umr.

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

AVAZ O’TAR HAYOTI VA IJODI Umida Zaripboyeva Doniyor qizi Namangan davlat universiteti, Tarix yo’nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10065479 Annnotatsiya: Ushbu maqoladaXX asr boshlarida ijod qilgan o’zbek ma’rifatparvar shoiri, Xiva shahrida tug’ilgan va o’ziga xos uslubdagi she’rlari bilan tanilgan Avaz O’tar va uning ijodi haqida ma’lumot berilgan. Kalit so’z va iboralar: Xorazm, Xiva, Avaz O’tar,sartarosh,Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bayoniy, Tabibiy,Muhammad Rahim Soniy, Boku, devon, “Saodat ul-iqbol” (“Baxtli iqbol”), “Oyna”, “Vaqt”, “Mullo Nasriddin”, qisqa umr.

ЖИЗНЬ И ТВОРЧЕСТВО АВАЗА ОТАРА Аннотация: В данной статье представлена информация об Авазе О'таре, просвещенном узбекском поэте, родившемся в городе Хиве и известном своим уникальным поэтическим стилем, и его творчестве. Ключевые слова и фразы: Хорезм, Хива, Аваз Отар, парикмахер, Хафиз Шерази, Абдуррахман Джами, Лютфи, Алишер Навои, Баяни, Табиби, Мухаммад Рахим Сони, Баку, Деван, «Саодат уль-Икбал» («Бахтли Икбал»), «Ойна» , «Время», «Мулла Насреддин», короткая жизнь.

THE LIFE AND WORK OF AVAZ OTAR Abstract: This article provides information about Avaz O'tar, an enlightened Uzbek poet born in the city of Khiva and known for his unique style of poetry, and his work. Key words and phrases: Khorezm, Khiva, Avaz O'tar, hairdresser, Hafiz Sherazi, Abdurrahman Jami, Lutfi, Alisher Navoi, Bayani, Tabibi, Muhammad Rahim Soni, Baku, Devan, "Saodat ul-Iqbal" ("Bakhtli Iqbal"), "Oyna" , "Time", "Mulla Nasriddin", short life. KIRISH Xorazm diyori azaldan o’zining shoirlari, yozuvchi adiblari, buyuk san’atkorlari, ilm-fan darg’alari bilan juda mashhur hisoblanadi.Bu yurtda ko’plab allomalar yetishib chiqqan, Xorazm nomini dunyoga taratgan.Mana shunday allomalardan biri xivalik shoir Avaz O’tar o’g’li hisoblanadi. Avaz O’tar o’g’li 1884-yilning avgust oyida Xiva shahrida, sartarosh oilasida dunyoga kelgan. Shoirning otasi Polvonniyoz O’tra Gadoyniyoz o’g’li xalq orasida “usta” nomi bilan mashhur bo’lib, zamonasining mashhur shoir va san’atkorlaridan Ogahiy, Komil, Bayoniy kabilar bilan qalin do’st bo’lgan. U saroyda sartaroshlik qilgan. ASOSIY QISM Avaz dastlab maktabda, keyin esa Madamin Inoq madrasasida tahsil oladi. Avazning adabiyotga havasi juda erta uygʻonib, madrasada oʻqib yurgan davridayoq Sharq adabiyoti mumtoz vakillaridan Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Lutfiy, Alisher Navoiylarning ijodi bilan yaqindan tanishdi va ularga ergashib, mashqiy sheʼrlar yoza boshladi. Avaz tez orada xalq oʻrtasida tanilib, sheʼrlari sozanda va xonandalar tomonidan kuyga solinib qoʻshiq boʻlib aytila boshlanadi1

Хайруллаев М. Буюк Сиймолар, алломалар. – Т.: Абдулла Кодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1997. – Б. 125

XX asr boshlarida ko’zga tashlanayotgan milliy uyg’onish, istiqlol g’oyalari Avaz O’tar ijodiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Avaz O’tar ijodida erkparvarlik, ozodlik, ma’rifatparvarlik g’oyalari, turmush illatlariga qarshi qaratilgan hajvlar paydo bo’la boshlaydi.Bu davrda shoir yuksak insoniy fazilatlarni, chinakam insoniy muhabbatni tarannum etuvchi lirik she’rlar, qitalar, ruboiylar yozdi. Shoirning ustozlari Bayoniy, Tabibiy, zamondoshi Jumaniyoz Xivaqiy, doʻsti Hasanmurod Qori – Laffasiy va boshqalar uning isteʼdodiga yuksak baho berganlar. Yosh shoir Avaz Oʻtar haqidagi bu xildagi maʼlumotlar Xiva xoni Muhammad Rahim Soniy – Feruz qulogʻiga yetib boradi va Avazni saroyga chaqirtirib, Tabibiyga shogird qilib topshiradi. Tabibiy juda koʻp ilm ahliga gʻamxoʻrlikqilganidek Avazga ham axloq, ilm va sheʼriyat bobida koʻp narsa oʻrgatadi. Shuning uchun shoir turli davrlarda yozilgan sheʼrlarida Tabibiyni oʻziga ustoz bilib zoʻr hurmat bilan tilga oladi. Avaz kamolotga yetgan bir paytda sil kasaliga chalinadi va davolanish uchun Kavkazga (1905–1906) boradi. Avaz Oʻtar Kavkazga borayotib Bokuda bir oz muddat toʻxtaydi. Bokuda shoir ozarbayjon demokratlari bilan uchrashib doʻstlashadi va ular bilan keyin ham ijodiy aloqada boʻladi. Kavkaz safari Avaz ijodida alohida ahamiyatga ega boʻldi. U safar davomida Rusiya va Kavkaz xalqlari hayoti, madaniyati, adabiyoti va boshqalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻddi, ozarbayjon xalqining ilm-fan, madaniyat yangiliklari bilan qiziqdi. U rus, ozarbayjon, tatar tillarida chiqadigan gazetalarni muntazam ravishda kuzatib bordi. Toshkent va Samarqandda chop etilgan matbuot bilan bevosita aloqada boʻlib, yozgan gʻazallaridan baʼzilarini ularda nashr ham ettirdi2. Avaz Xiva xoni Muhammmad Rahimxon II Feruz davrida ijod qilgan.Feruzning ilm-fan va madaniyatga homiyligi shubxasiz Avar O’tar ijodiga ham ta’sir ko’rsatgan. Avaz O’tarMuhammmad Rahimxon Feruz vafotidan keyin Xiva taxtiga o’tirganAsfandiyorxon davrida ham ijodni davom ettirdi. Avaz O’taruzoq vaqt inqilobiy she’rlar bilan shug’ullanib, ijoddan to’xtamagan, natijda, o’pka hastaligiga duchor bo’lgan. Turli dorilar iste’mol qilsada, ulardan hech bir natija bo’lmay 1919- yilda 36 yoshda vafot etgan3. Shoir ijodi juda ham rang-barang boʻlib, qamrovi nihoyatda keng edi.U mumtoz adabiyotimizdagi gʻazal, muxammas, mustazod, musamman, murabbaʼ, mulammaʼ, tarjeʼband, soqiynoma, ruboiy, qitʼa, fard kabi turlarida ijod qildi.Avaz Oʻtar nihoyatda qisqa umr koʻrdi.Uning bu qisqa umri ham mashaqqatlar, fojealar bilan oʻtdi. Avaz Oʻtardan bizga boy poetik meros qoldi. U hayotlik vaqtidayoq sheʼrlarini bir joyga jamlab devon tartib qildi va ularni “Saodat ul-iqbol” (“Baxtli iqbol”) deb nomladi. Shoir tuzgan devonini 1908-yilda xattot mulla Boltaniyoz Qurbonniyoz oʻgʻliga berib koʻchirtirgan.Shoirning bu devoni OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda. Shundan so’ng ham ijoddan to’xtamagan Avaz O’tar gʻazallari Xivada litografiya usulida ham oʻzi hayot vaqtidayoq chop etilgan edi. Avaz ijodidan namunalar Xorazmda koʻchirilgan turli xil bayoz va tazkiralardan munosiboʻrin oldi. Shoirning asarlari “Oyna”, “Vaqt”, “Mullo Nasriddin” kabi vaqtli matbuot sahifalarida chop etilgan. Inson va hayotni, sevgi va sadoqatni oʻz ijodining asosi qilib olgan Avaz sevgini sadoqatsiz, mehrni oqibatsiz tasavvur qilolmaydi. Bu esa

https://oriftolib.uz Лаффасий. Тазкираи шуаро.– Урганч: “Хоразм”, 1992. – Б. 65.

shoir lirikasining yetakchi gʻoyaviy asosini tashkil qiladi. Avaz Oʻtarning Fuzuliy, Munis, Ogahiy, Komil, Feruz va boshqa shoirlarning gʻazallariga bogʻlangan taxmislari haqida hamshu xildagi fikrlarni aytish mumkin. Shoir ozarbayjon adabiyotining buyuk siymosi Muhammad Fuzuliyning hur muhabbat va shaxs erkinligi masalasiga bagʻishlangan “Yozmishlar” radifli gʻazaliga goʻzal muxammas bogʻlaydi. Muhammasda shoir insonlarning baxtli boʻlishlari ijtimoiy tuzum bilan ham mustahkam bogʻliq degan xulosaga keladi. Maʼrifatparvarlik gʻoyalarini keng targʻib etish Avaz Oʻtar ijodiga xos xususiyatlardan biridir. Bu uning “Til”, “Maktab”, “Xalq”, “Fidoiy xalqim”, “Topar ekan qachon?” degan sheʼrlarida yaqqol koʻrinadi. Avaz O’tar ijodida alohida o’rin tutgan hajviy she’rlar turkumi – “Faloniy” ham shu davr mahsuli4.Avaz Oʻtarning hajviy asarlarida mustamlakachi hukumat va mahalliy amaldorlarning, boylik orttirish yoʻlida aldamchilik, riyokorlik qiluvchi boylar, sudxoʻrlar va shu kabilarga oʻxshash razil shaxslarning qilmishlari fosh etilgan. Avaz Oʻtar bir qator asarlarida ijtimoiy tengsizlikni vauning keskinlashib borayotganligini haqqoniy tasvirlab, falakni “gʻaddor”, zamonani esa “kaj” deb ataydi. Shoir ijtimoiy ruhdagi sheʼrlarida oʻzining ozodlik, baxtli hayot haqidagi qarashlarini bayon qilgan. “Hurriyat”, “Sipohiylarga”, “Xalq”, “Topar ekan qachon?”, “Fidoyi xalqim”, “Ulamolarga” kabi qator asarlarida Avaz Oʻtarning kelajak xususidagi fikrlari oʻz aksini topgan. Avaz Oʻtar ijtimoiy sheʼriyati zamirida zulm va zoʻravonlik hisobiga toʻplangan boyliklarga nafrat, ikki tomonlama zulm ostida qolgan mehnatkash xalq hayotiga achinish tuygʻusi yotadi. Shoir oʻsha jamiyatda yashab turgan kishilar oʻrtasidagi tafovutlarni, qarama-qarshiliklarni roʻy-rost ochib tashlaydi. Rossiya imperiyasining birinchi jahon urushiga qoʻshilishi xorazmliklar boshiga ham yangidan-yangi kulfatlarni yogʻdirdi.Mehnatkash xalq ahvoli battar ogʻirlashdi, soliqlarning koʻpligidan xalqning tinkasi quridi.Avaz Oʻtar och-yalangʻoch ahvolga tushib qolgan xalq hayotini koʻrib qattiq achinadi.Bu esa uning ijodida ham aks etadi.Avaz Oʻtar oʻz ijodining dastlabki davrlarida xalqning azob-uqubatdayashaganligini koʻrib zorlangan va ozodlikka chiqish yoʻllarini tushunib yetmagan boʻlsa, endi ikki tomonlama zulm va qoloqlikdan qutulish mumkin ekanligini angladi. Uning ijodida ozodlik, erkin-farovon hayot haqidagi fikrlar birinchi oʻringa chiqdi.Xivada 1917-yil aprel oyida xalq ozodlik uchun chorizm siyosatiga qarshi kurashga otlandi. Shoir sheʼrlarida xalq boshiga tushgan kulfatni, adolatsizlikni kuyinib kuylaydi.Avaz xalq manfaatlarini himoya qilib sheʼrlar yozdi.Elning orzu-umidlarini hamma narsadan yuqori qoʻydi. Xalq saodati uchun kurashishni baxt va ezgulik deb bildi. Bu ezgu ish uchun jonini qurbon qilishga ham tayyor edi. Avaz Oʻtar oʻzining butun ijodiy kuchini xalqiga xizmat qilishga bagʻishladi.Shoir kishilarga baxt-saodat, ozodlik haqida yonib kuyladi.Shu boisdan boʻlsa kerak, oʻzining devoniga ramziy maʼnoda “Saodat ul-iqbol” deb nom qoʻydi. XULOSA Hozir Avaz Oʻtar oʻzining ikkinchi umrini yashamoqda.Yurtimizda uning nomiga maktab, muassasa, jamoa va davlat xoʻjaliklari, koʻcha va xiyobonlar qoʻyilgan. Shoir yubileylari oʻtkazilib, kitoblari qayta-qayta nashr etilmoqda, gʻazallari sozanda va goʻyandalar tomonidan ashula qilib aytilmoqda, adabiy merosi olimlarimiz tomonidan oʻrganilmoqda, ijodi maktab va oliy oʻquv yurtlarida oʻqitilmoqda.

Respublikada maktablar, ko’cha va xiyobonlarga Avaz O’tar nomi berilgan. Xivada uymuzeyi tashkil etilgan, haykali o’rnatilgan. U haqda bir qator badiiy asarlar yaratilgan (E.Samandar “Erk sadosi” dostoni, A.Bobojon “G’azal fojiasi” dramasi, S. Siyoyev “Bir chora zamon istab” qissasi va boshqa).

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. Хайруллаев М. Буюк Сиймолар, алломалар. – Т.: Абдулла Кодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1997
  2. Лаффасий. Тазкираи шуаро.– Урганч: “Хоразм”, 1992. Foydalanilgan internet saytlari
  3. http://xorazmiy.uz

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010729
Nashr sanasi
2023-11-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
10
DOI
10.66073/researchfocus.v2i10.513
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
26–29
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06