FERIDE - TURK MILLIY ADABIYOTIDAGI ILK IDEAL O‘QITUVCHI OBRAZI
Sa‘dullayeva Shahlo AnvarovnaBuxoro shahar 20-umumta‘lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 9Sahifa 72–75
Annotatsiya
Ushbu maqolada turk adabiyotiga yangicha fikrlovchi o‘qituvchiobrazining kirib kelishi, buning zaruriyati va ideal o‘qituvchi obrazining tasvirlanishidagi o‘ziga xosliklar ochib berilgan bo‘lib, Rashod Nuri Guntekinning o‘qituvchi obrazni tasvirlashi orqali jamiyatdagi savodxonlik va mafkuraviy siljishga bo‘lgan zaruratni yoritishni istagani tilga olinadi.
Boshqa tillarda
ruschaФЕРИДЕ – ПЕРВЫЙ ИДЕАЛЬНЫЙ УЧИТЕЛЬ ТУРЕЦКОЙ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЛИТЕРАТУРЫ
В данной статье раскрывается внедрение образа нового мыслящего учителя в турецкую литературу, его необходимость и особенности образа идеального учителя.Описание Рашадом Нури Гунтекином образа учителя приводит к грамотности и идеологический сдвиг в обществе.Упоминается, что он хочет подчеркнуть эту необходимость.
inglizchaFERIDE - THE FIRST IMAGE OF THE IDEAL TEACHER IN TURKISH NATIONAL LITERATURE
This article reveals the entry of the image of the new-thinking teacher into Turkish literature, the necessity of this, and the distinctive features in the portrayal of the image of the ideal teacher; it is noted that, through his portrayal of the teacher‘s image, Rashod Nuri Guntekin wished to highlight the need for literacy and for an ideological shift in society.
Kalit so‘zlar
- milliy adabiyot
- o‘qituvchi obrazi
- hayotiy adabiyot
- jumhuriyat davri
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
FERIDE - TURK MILLIY ADABIYOTIDAGI ILK IDEAL O’QITUVCHI OBRAZI Sa’dullayeva Shahlo Anvarovna Buxoro shahar 20-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Email: shahlo.sadulla@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.8428531 Annotatsiya:Ushbu maqolada turk adabiyotiga yangicha fikrlovchi o’qituvchiobrazining kirib kelishi, buning zaruriyati va ideal o’qituvchi obrazining tasvirlanishidagi o’ziga xosliklar ochib berilgan bo’lib, Rashod Nuri Guntekinning o’qituvchi obrazni tasvirlashi orqali jamiyatdagi savodxonlik va mafkuraviy siljishga bo’lgan zaruratni yoritishni istagani tilga olinadi. Kalit so’zlar: milliy adabiyot, o’qituvchi obrazi, “hayotiy adabiyot”, jumhuriyat davri. ФЕРИДЕ – ПЕРВЫЙ ИДЕАЛЬНЫЙ УЧИТЕЛЬ ТУРЕЦКОЙ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЛИТЕРАТУРЫ. Аннотация: В данной статье раскрывается внедрение образа нового мыслящего учителя в турецкую литературу, его необходимость и особенности образа идеального учителя.Описание Рашадом Нури Гунтекином образа учителя приводит к грамотности и идеологический сдвиг в обществе.Упоминается, что он хочет подчеркнуть эту необходимость. Ключевые слова: национальная литература, образ учителя, «литература жизни», республиканский период. FERIDE IS THE FIRST IDEAL TEACHER IN TURKISH NATIONAL LITERATURE Abstract: In this article, the introduction of the image of a new thinking teacher in Turkish literature, its necessity and the peculiarities of the image of the ideal teacher are revealed. Rashad Nuri Guntekin's description of the image of the teacher leads to the literacy and ideological shift in the society. It is mentioned that he wants to highlight the need. Keywords: national literature, the image of a teacher, "life literature", republic period.
KIRISH Turk milliy adabiyotning shakllanishi va rivojlanishiga muhim hissa qo’shgan Rashod Nuri Guntekin turk adabiyotining yangi davr sarqadamlaridan biri hisoblanadi. Rashod Nuri Guntekin yaratgan asarlar bilan ijtimoiy muammolar xalqona til bilan davrga yaqinlashtirilgan va zamonaviylashuvning og’riqli ta’sirlarini asarlarida ko’rsatib bera olgan. Reshat Nuri Guntekin olgan ta'lim, uning ish hayotining turli sohalaridagi tajribasi, ijtimoiy va madaniy masalalarga munosabati kabi unsurlar uning adabiy shaxsiga muhim hissa qo’shganidek, bu hissalar asarlarining xayoliy muvaffaqiyatlarida ham o’z aksini topdi. Asarlarda u yaratgan personajlar rivojlanayotgan turk jamiyatining ehtiyojlariga javob beribgina qolmay, milliy adabiy o’ziga xoslikning shakllanishiga ham xizmat qildi. Reshat Nuri Guntekin to’rtta turli romanlarining bosh qahramoni o’qituvchi ekanligi bejiz emas. Ta’lim sohasidagi o’zgarishlarga befarq emasligi va jamiyatni o’qituvchilar bilan tarbiyalashga harakat qilgani kabi o’zi yaratgan personajlar bilan o’qituvchilarga namunalarni yaratdi. Ushbu bo'limda R.N.Guntekin romanlarida o’qituvchilar obrazi haqidagi adabiyot sotsiologiyasi, uning ko’lami bilan qanday bog’liqligi ko’rib chiqiladi. Adabiyot va jamiyatning o’zaro ta’siri orqali turk adabiyotidagi roman turlarini tushuntirish maqsad qilib qo’yilgan. Respublika davrida turk adabiyotining vazifasi ifoda etishga harakat qilib, adabiyot orqali ma’noga ega bo'lgan “muqaddas ustoz” haqidagi afsona ko’rib chiqiladi. Keyinchalik, adibning romanlari o'qituvchi obrazi ijtimoiy doirada ko'rib chiqiladi.
ASOSIY QISM “Istanbul qizi” nomi bilan yozilgan to’rt pardali pyesa turli sabablarga ko'ra sahnalashtirilishi mumkin emasligi tufayli romanlashtirilgan, natijada “Choliqushi” romani paydo bo’ldi. Birinchi marta 1922-yilda “Zaman” gazetasida nashr etilganidan keyin kitob holida nashr etilgan ushbu asar muallifni va mamlakatini butun dunyoda tan olinishini ta’minladi. Ushbu asar voqealari Istanbulda ta’lim olib Anadolining turli qishloqlari va shaharlarida dars bergan Feridening o'qituvchi sifatidagi kurashi bilan bog’liq. Shuningdek, samimiy his-tuyg’ular va shaxslararo munosabatlariga o’zining asosiy o’rnini beradigan romanning asosiy maqsadmuddaosi yashiringan orqa foni sababli Rashod Nuri Guntekinning eng ko’p o’qilgan asari bo’ldi. Adibning emng yorqin asari “Choliqushi”dagi Ferideni namuna sifatida olsak, bugungi hayot uchun ham bir oyna kabidir. Asarning xayoliylikdan uzoq ekanligi va turmushning oddiy vaziyatlarini tasvirlashi juda sevilib o’qilishida muhim omil bo’ldi. Bugungi kunda ham Feride eng mashhur asar qahramonlaridan biri ekani va Feride shuning uchun o’qituvchilarga namuna sifatida ko’rsatilishi asarning qay darajada jonli yozilganining dalilidir.
Asarda umuman olganda onasi va keyinchalik buvisidan kichik yoshidayoq ayrilib, otasi tomonidan So’rlar maktabiga yozdirilgan va yozda esa Kozyatag’idagi Basima xolasining ko’shkida qolgan Feride, qallig’i Kamran sabab boshidan kechirgan ko’ngil parchalanishi so'ng, unga Anadoliga borib dars berishni aytishadi. Bolaligidan tinib-tinchimas, haddan ziyod sho’xligidan atrofdagilar uning ismi Feride ekanligini unutib, “Choliqushi” laqabini olishiga sabab bo’ladi. Shunday bir sho’x qizning Onado’lida dars berishi va mojaro-yu sarguzasht to’la hayotini boshlashi asarning markaziy voqealarini tashkil etadi. Feridening hayot uchun kurashi, qishloqma-qishloq safari o'quvchida boy taassurot qoldira oladi. Aynan shu sababli ham asar faqatning Feridening shaxsiy hayot hikoyasigina bo’lib qolmay, ijtimoy ahaniyat kasb eta boshlaydi, o’qituvchining jamiyatdagi mavqeyi haqidagi hikoyaga aylana boradi. Shu sababdan ham turk adabiyotida Feride obrazi va uning yaratuvchisi (muallifi) o’qituvchi obrazining ulug’lanishini olib kirdi. O’sha davrda Onado’liga ish vazifasi bilan yuborilish surgun qilish bilan barobar edi.
Muallif asarni keng ommaga tushunarli bo’lishi uchun Istanbul turkchasida yozdi. Yuzaga kelayotgan yangi davr odamlarini o’qishni yaxshi ko’rishga o’rgatish va madaniyatli yoshlarni tarbiyalash uchun o;qishli asar yaratish zamon talabi edi. Umumuan olganda, Rashod Nuri Guntekin tomanidan yaratilgan o’qituvchi obrazlarida (“Choliqushi” va boshqa romanlarida ham) o’zi xos, favqulotda xususiyatlar yo’q, ular oddiy insonlar. Go’yo kitobxonga o’qituvchilarda ham his-tuyg’ular, o’ziga yarasha hayot tashvishlari borligini eslatishga harakat qilgan kabi yondashgan muallif o’qituvchilar obraziga. Har bir insonga tarbiya topgan oilasi, atrovdagi do’stlari, butun ijtimoiy tuzum o’z ta’sirini o’tkazgani kabi o’qituvchilar ham bu holatdan mustasno emasliklarini ko’rsatishga intilgan. Shu orqali muallif o’z asarlarini faqagina “badiiy adabiyot” emas, balki “hayotiy adabiyot” namunasi sifatida dunyoga keltirgan.
Istanbulda olgan ma’lumoti bilan ma’rifatli shaxs sifatida tasvirlangan Feride, o’qituvchilik kasbini hayotiy majburiyat tufayli tanlasa-da, Onado’liga o’z ixtiyori bilan boradi [4. 83]. U boshdan kechirgan muammolarga hech qachon taslim bo'lmaydi, doimo kurashni davom ettiradi. Feridening qat'iyati uning barcha harakatlari va so’zlarida ko'rinadi. Shunday sa’y-harakatlari, uzoq mehnati oxirida shunday bo'lsa ham, albatta, natija beradi.
Feride Onado’lida bo’lgan yillarida obro’li va axloqiy ustoz sifatini doimi saqlashi o’sha zamonda, ya’ni Respublika davrida mujassamlangan zamonaviy turk ayolining chizgilari bilan parallel tasvirlanadi. Feride singari harakatchan va sho’x yosh qiz o'qituvchilik kasbiga ega bo'lgach xotirjam, aqli raso o'qituvchi qiyofasini olishi uning o'z zimmasiga olgan vazifani va turk ayol qanday bo'lishi kerakligini bilishiga bir misoldir. Feridening bunday sifatlarini ochishda asardagi Onado’li bilan bog’liq voqealar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki insonning asl qiyofasi u qiyin vaziyatga tushganda bilinadi. Feride o’zining kuchli irodasi tufayli har qanfay muhitga moslasha oladi. Bu holat Turkiyadagi yangi davrga, ya’ni Respulika davrigaga xalqning moslasha olishga bir ishoradir [1. 76-77].
Onado’liga ko’ngilli bir shaklda ketgan ilk o’qituvchi Feride edi Istanbuldagi mavqei balan bir litsey bitiruvchisi bo’lmiosh bu qizning o’z xohishi bilan viloyatlarga ketishga roziligi ta’lim boshqarmasidagilarga g’alati tuyiladi. Chunki muallim bo’lishni istagan ko’pgiga insonlar Istanbulda qolishni istashardi. “Ammo qoyil, ha! Ko’ngil rizosi bilan Onado’liga ketmoq istagan muallima bilan ilk bor qarshilashmoqdaman”, - deb bo’lim mudiri ochiqchasiga hayratini yashirmay so’zlaydi [2.166].Adib Feride obraziga jumhuriyat davridagi muallimlarda bo’lishi kerak bo’lgan sifatni yuklagani ayni shu o’rinda yaqqol seziladi. Chunki ilmga, ta’lim tizimidagi yangi usullarga hammadan ham ko’ra uzoq viloyatdagi insonlar muhtoj edi. Uning bir yerda tura olmaydigan mijozi esa jumhuriyat davrifdagi dinamizmning ramzidir. Uning istaklari va qarorida sobitligi esa jumhuriyatning kelajakka bo’lgan ishonchini ifodalaydi.
Ferida o’zqituvchilik kasbiga unashtirilganidan ayrilgani sababi bilan kirib keladi. Shu bilan birga bu kasb uchun o’zining jonini fido qilguvlik darajadagi ideal o’qituvchilardan emas. Ammo taqdir taqozosi bilan bu kasbga kirib kelgach o’quvchilari orasida ham uning kabi muallima bo’lish istagida bo’lganlar paydo bo’ladi. Buning sababi Ferida ishga tayinlangan qishloq va tumanlardagi aholiga past nazar bilan qaramaydi, o’zini ulardan farqli bir inson sifatida qabul qilmaydi. Aksincha, jamiyatga aralashish uchun harakat qiladi va borgan yerlarini go’zallashtirish uchun jonbozlik ko’rsatadi. “ Rashod Nuri Guntekin bir afsona yaratdi va bu afsona jamiyatda aks-sadoga aylandi [1. 78-82].
Rashod Nuri Guntekin bu romanda faqatgina ta’limga aloqador muammolarnigina tanqid qilmaydi. Byurokratiya, qog’ozbozlikning bir qnacha ishlarga to’siq bo’layotganini ham ochiqchasiga tanqid qiladi. Shu sababdan ham roman faqat muallimlik va ta’lim mavzulari atrofida shakllantirilgan deya olmaymiz. Davlat tashkilotlaridagi muammolar tilga olinar ekan, ham xalqning dunyorashi orqali, ham tashkilotdagilar dunyoqarashi orqali ijtimoiy analiz qilingan [3. XXIII].
XULOSA Feride har qancha sho’x, bo’ysunmas fe’l-atvorli qiz bo’lsa-da, bu xarakteri o’qituvchilik faoliyatiga aslo daxl qilmaydi. Og’ir-bosiqlik bilan o’quvchilarga muomalada bo’lgan Feride doimo qishloq xalqining sevgisi va hurmatini qozonish uchun harakat qiladi. Shu o’rinda jumhuriyat davri muallimlarining asl ideal qiyofasini chizishda Feride obrazi dastlabki odim bo’ldi. Zaynilar qishlog’idagi Hadicha honim esa eski qarashlarning obraz orqali gavdalangan shaklidir. Feridening Zaynilardagi bolalarga, xususan, Munisaga bo’lgan shafqati, mehr-muhabbati chin ma’noda inson ikanini ko’rsatib turadi. “Insonni, ayniqsa bolalarni o’zgartirmoq, baxtli qilmoq faqatgina yan inson bilan, insoniylik bilan mumkindir. O’qituvchilikning boshqa hech bir maslakda ko’rinmaydigan asl roli aynan shu yerdan toqilishi mumkinligiga boshqa bir dalil qidirmoq behudadir” [ 1. 83]. “Men muallimlikni ochlikdan o’lmaslik uchun tanlagan edim. Hisoblarim to’g’ri chiqmadi. Bu kasb ochlikdan o’ldirishi mumkin ekan. Nima bo’libdi? Axir, mening ko’nglim shfqatga bo’lgan ochligini to’ydiradi, buni o’z hayotini boshqalarning saodatiga sarflamoq tasallisi menga bera oladi [2. 419]. Feridening ushbu so’zlari Rashod Nuri Guntekinning o’qituvchi obraziga chizgan emg go’zal chizgilaridandir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Emil Birol. 1990. Öğretmenler Romancısı Reşat Nuri Güntekin. Marmara Üniversitesi Atatürk Eğitim Fakültesi Eğitim Bilimleri Dergisi. s. 2: 73-83.
- Güntekin Reşat Nuri. 2007. Çalıkuşu. İstanbul: İnkılap Kitabevi.
- Naci Fethi. 2010. Yüzyılın 100 Türk Romanı. İstanbul: Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları.
- Onertoy Olcay. 1974. Reşat Nuri Güntekin ve Anadolu. Türkoloji Dergisi. c. 6. s.1: 81-108.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010718
- Nashr sanasi
- 2023-10-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 9
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i9.452
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 72–75
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06