Abdujalilov Anasxon Abduhalilovich, Nosirova Sarvinoz Ravshanbek qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada zamonaviy landshaft dizaynining asosiy tamoyillari, xususan estetika va funksionallikni uyg‘unlashtirish masalalari tahlil qilingan. Unda landshaft dizaynining inson hayoti sifatiga ta‘siri, ekologik barqarorlikni ta‘minlashdagi roli hamda zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, maqolada estetik jihatdan jozibador va funksional jihatdan qulay muhit yaratishning ahamiyati, universitet va shahar hududlarida landshaft dizaynini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida estetik va funksional elementlarni uyg‘unlashtirish zamonaviy landshaft dizaynining asosiy omili ekanligi asoslab berilgan.
Abdujalilov Anasxon Abduxalilovich, Mamajanova Aziza Avazjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada zamonaviy maktab interyer dizaynining asosiy yo‘nalishlari keng qamrovda tahlil qilinadi. Xususan, makonning funksional tashkil etilishi, estetik uyg‘unlik, ergonomik yondashuvlar va zamonaviy dizayn tendensiyalari yoritiladi. Maktab binolarining ichki muhitini to‘g‘ri loyihalash orqali qulay, tartibli va vizual jihatdan jozibali interyer yaratish masalalari chuqur tahlil qilinadi.
Tadjibayev Azizbek Batirovich, Mahmudova O‘g‘iloy Boxodir qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada geometrik yasashlarning tarixiy shakllanishi va ularning me‘moriy yodgorliklarda qo‘llanilishi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Qadimgi sivilizatsiyalar davridan boshlab geometrik shakllarning konstruktiv va estetik ahamiyati yoritilib, ularning me‘morchilik va bezak san‘atidagi o‘rni ochib berilgan. Ayniqsa, Markaziy Osiyo hududidagi tarixiy obidalarda qo‘llanilgan girih naqshlar, muntazam ko‘pburchaklar va aylana asosidagi kompozitsiyalar misolida geometrik yasashlarning mukammal grafik tizim sifatida shakllangani ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, geometrik yasashlarning nafaqat bezak, balki konstruktiv va muhandislik ahamiyati ham asoslab berilgan. Maqolada ushbu bilimlarni chizmachilik fanini o‘qitishda qo‘llashning metodik jihatlari ham yoritilgan.
Homidjonova Maftuna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada umumta‘lim maktablarida chizmachilik fanining o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishdagi nazariy va metodik asoslari tahlil qilinadi. Ijodiy tafakkurning pedagogik-psixologik mohiyati ochib berilib, grafik faoliyatning fazoviy tasavvur, analitik fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal etishdagi ahamiyati asoslanadi. Shuningdek, dars jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali kreativ kompetensiyalarni shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi.
G‘ulomov Bunyodjon Baxtiyorjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada O‘zbekiston ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish va inklyuziv ta‘limni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, chizmachilik fanini o‘qitishda “4K” modeli — kreativlik, tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya va kollaboratsiya kompetensiyalarini shakllantirishning ahamiyati ilmiy-metodik jihatdan asoslab berilgan. Maqolada ushbu model asosida chizmachilik mashg‘ulotlarini tashkil etish, ayniqsa “Loyihalashga doir grafik masalalar” mavzusida ochiq darslarni samarali o‘tkazish usullari tahlil qilingan. Natijada “4K” modeli o‘quvchilarning fazoviy tafakkuri, mustaqil fikrlashi hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim vosita ekanligi xulosa qilingan.
Abdunabiyev To‘lqin, G‘anikulov Jahongir · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada zamonaviy energetika tizimlarida innovatsion texnologiyalarning o‘rni, raqamli transformatsiya jarayonlari va bo‘lajak muhandislarni tayyorlashda art-pedagogik metodlarning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Maqolada sohani rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va ta‘lim sifatini oshirish strategiyalari tahlil qilingan.
Abdujalilov Anasxon Abduxalilovich, Abdulxayeva Saida Abduraxmon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada zamonaviy interyer dizaynining eng dolzarb yo‘nalishlari — ekologik tozalik, funksionallik va innovatsion texnologiyalarni uyg‘unlashtirish masalalari keng yoritiladi. Bugungi globallashuv va urbanizatsiya sharoitida insonlar yashash muhiti sifatiga katta e‘tibor qaratmoqda. Maqolada zamonaviy interyer dizaynining rivojlanish bosqichlari, uning inson salomatligiga ta‘siri, ekologik materiallardan foydalanishning afzalliklari hamda zamonaviy texnologiyalarning roli haqida batafsil fikr yuritiladi.
Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o‘g‘li, Anvarova Gulshanoy Akromjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada chizmachilik darslarida kesim va qirqim tushunchalarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida kesim va qirqimlarning grafik tasvirlashdagi roli, ularning turlari hamda o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur mavzuni o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, metod va usullar ko‘rib chiqilgan. Maqolada kesim va qirqimni o‘zlashtirish jarayonida uchraydigan muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari chizmachilik fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Badirdinov Doniyorbek Shavkatjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada raqamli san‘at tushunchasi hamda u asosida o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari va metodik asoslari yoritiladi. Zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishi an‘anaviy tasviriy san‘at uslublariga raqamli vositalarning kirib kelishiga olib kelgani va bu yangi ifoda imkoniyatlarini yuzaga keltirgani tahlil qilinadi. Rassomlarning turli ilova va texnik vositalar yordamida an‘anaviy san‘at namunalarini raqamli shaklda takrorlash hamda ijodiy g‘oyalarini yangicha uslublarda namoyish etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Kompyuter va internet texnologiyalari, grafik ilovalar va sun‘iy intellekt tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan raqamli san‘atning dinamik ifoda va virtual interaktiv xususiyatlari, shuningdek turli tasviriy texnikalarni bir joyda jamlash imkoniyati asoslanadi.
Badirdinov Doniyorbek Shavkatjon o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Maqolada bo‘lajak tasviriy san‘at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid xorijiy tajribalar tahlil qilinadi. Globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida kasbiy-pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonida yuz berayotgan mazmuniy o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy o‘qituvchidan nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda pedagogik mahorat, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va didaktik vositalardan samarali foydalanish ko‘nikmalari talab etilishi asoslanadi. Yetakchi xorijiy va mahalliy ta‘lim muassasalari tajribasi asosida kompetensiyaviy yondashuvning ustuvorligi, integrativ o‘qitish metodlari hamda madaniy-estetik tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategiyalarning samaradorligi baholanadi. Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar aniqlanadi.
Sobirova Sharofat Umedullayevna · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada muhandislik va kompyuter grafikasi fanlarini integratsiyalash asosida talabalarning fazoviy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Grafik faoliyatning turli shakllarini uyg‘unlashtirish orqali vizual idrok, tasavvur qilish va modellashtirish jarayonlarini faollashtirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, integratsiyalashgan o‘qitishning talabalarning kognitiv va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritigan.
Quchqarov Bahodir Ulmasovich, Turanboyev Shohzod · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur ishda qurilish loyihalariga oid manbalar taraqqiyotida badiiylik masalasi tahlil qilinadi. Unda arxitektura loyihalarida estetik yondashuv, kompozitsion yechimlar va badiiy ifoda vositalarining o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, tarixiy va zamonaviy qurilish loyihalarida badiiylikning shakllanish bosqichlari, uning funksionallik bilan uyg‘unligi hamda loyihalash jarayonidagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari qurilish va arxitektura sohasida ijodiy yondashuvni rivojlantirish, loyiha sifatini oshirish hamda estetik muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Quchqarov Bahodir Ulmasovich, Qobulova Feruza · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur ishda O‘zbekiston hududidagi me‘moriy yodgorliklarda qo‘llanilgan badiiy-dekorativ bezaklarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tarixiy obidalardagi naqshlar, koshinkorlik, ganch o‘ymakorligi va rangtasvir elementlarining shakllanishi hamda rivojlanish bosqichlari o‘rganiladi. Xususan, Registon maydoni, Ichan-Qal‘a kabi yodgorliklar misolida bezak san‘atining badiiy va estetik ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, milliy me‘morchilikda dekorativ bezaklarning zamonaviy talqini va ularni saqlash masalalari yoritiladi.
Quchqarov Bahodir Ulmasovich, Ubaydullayev Abdullajon · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur ishda Andijon viloyati hududidagi tarixiy yodgorliklar asosida turizmni rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Unda mintaqaning boy madaniy merosi, me‘moriy obidalari va tarixiy maskanlarining turistik salohiyati o‘rganiladi. Shuningdek, Andijon shahri va uning atrofidagi diqqatga sazovor joylar misolida turizm infratuzilmasini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda milliy va xalqaro turizmni rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari hududning iqtisodiy rivojlanishiga, madaniy merosni asrabavaylashga va turizm sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.
Quchqarov Bahodir Ulmasovich, Hamroqulova Hamida · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur ishda binolarning maqbul chizmalari asosida maket yasash jarayoni, uning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Tadqiqotda arxitektura chizmalarini tahlil qilish, ularni hajmli shaklga o‘tkazish bosqichlari hamda maket tayyorlashda qo‘llaniladigan materiallar va usullar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, talabalarning fazoviy tafakkurini rivojlantirish, ijodiy yondashuvni shakllantirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashda maket yasashning ahamiyati ochib beriladi. Ish natijalari arxitektura va tasviriy san‘at ta‘limida samarali metod sifatida foydalanish imkonini beradi.
Mamarizayeva Farangiz Zohidjon qizi, Tillayev Nurbek Bahodir o‘g‘li, Fayzullayev Dostonbek Rustam o‘g‘li · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada oliy ta‘lim tizimida art-pedagogik yondashuvlarning o‘rni, san‘at va muhandislik fanlari integratsiyasining afzalliklari keng qamrovli yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta‘lim sohasidagi strategik qarashlari hamda jahonning yetakchi olimlari tomonidan ilgari surilgan art-pedagogik paradigmalari tahlil qilinadi. Shuningdek, mualliflar tomonidan talabalarning kasbiy-ijodiy kompetensiyalarini shakllantirishda raqamli texnologiyalar va vizual san‘atning o‘rni ilmiy asoslab berilgan.
Tadjibayev Azizbek Batirovich · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada chizmachilik fanini o‘qitish jarayonida AutoCAD dasturidan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar asosida grafik savodxonlikni rivojlantirish, talabalar ijodiy va texnik tafakkurini shakllantirish hamda ta‘lim samaradorligini oshirish yo‘llari yoritilgan. AutoCAD dasturining imkoniyatlari orqali murakkab chizmalarni tez va aniq bajarish, vizual tasavvurni rivojlantirish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash masalalari ilmiy asosda bayon etilgan.
Komoldinov Sirojiddin Jomoldin o‘g‘li, Obidjonova Ziroyat Oybek qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada tasviriy san‘atning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan manzara janrida kompozitsiya va rang uyg‘unligining badiiy hamda ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Manzara ishlash jarayonida rassomning tabiatni idrok etishi, kompozitsion yechim tanlashi, ranglar munosabati va ularning psixologik ta‘siri masalalari chuqur yoritiladi. Shuningdek, manzara janrining tarixiy shakllanishi, zamonaviy tasviriy san‘atdagi o‘rni va pedagogik jarayonda qo‘llanilishi haqida ilmiy mulohazalar beriladi. Maqola badiiy tafakkurni rivojlantirish, talabalarda estetik didni shakllantirish hamda ijodiy yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan.
Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li, Muhibullayeva Mumtozbegim Fayzullaxon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda rangtasvir san‘atida yuzaga kelgan yangi uslubiy yondashuvlar tahlil qilinadi. Mustaqillik davri rassomlarga ijodiy erkinlik berib, milliy qadriyatlar, tarixiy meros va zamonaviy badiiy izlanishlarning uyg‘unlashuviga keng imkoniyat yaratdi. Maqolada rangtasvirda yangi ifoda vositalari, kompozitsion yechimlar, rang va shakl orqali mazmun ochib berishdagi yangicha qarashlar yoritiladi.
Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li, Isaboyeva Maftuna Ilyosjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada naturadan rasm chizish jarayonida qo‘llaniladigan qalamtasvir vositalari, ularning turlari hamda ulardan samarali foydalanish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, tasviriy san‘atda kuzatuvchanlik, aniqlik va texnik ko‘nikmalarni rivojlantirishda qalamtasvirning o‘rni yoritiladi.