Asosiy mazmunga o‘tish

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA OID XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI

Badirdinov Doniyorbek Shavkatjon o‘g‘liNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 331–335

Annotatsiya

Maqolada bo‘lajak tasviriy san‘at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid xorijiy tajribalar tahlil qilinadi. Globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida kasbiy-pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonida yuz berayotgan mazmuniy o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy o‘qituvchidan nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda pedagogik mahorat, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va didaktik vositalardan samarali foydalanish ko‘nikmalari talab etilishi asoslanadi. Yetakchi xorijiy va mahalliy ta‘lim muassasalari tajribasi asosida kompetensiyaviy yondashuvning ustuvorligi, integrativ o‘qitish metodlari hamda madaniy-estetik tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategiyalarning samaradorligi baholanadi. Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar aniqlanadi.

Boshqa tillarda

ruschaАНАЛИЗ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

В статье анализируется зарубежный опыт развития профессиональных компетенций будущих учителей изобразительного искусства. Рассматриваются содержательные изменения, происходящие в процессе подготовки профессионально-педагогических кадров в условиях глобализации и стремительного развития информационно-коммуникационных технологий. Обосновывается, что от современного учителя наряду с теоретическими и практическими знаниями требуются педагогическое мастерство, умение применять инновационные технологии и эффективно использовать дидактические средства. На основе опыта ведущих зарубежных и отечественных образовательных учреждений оцениваются приоритетность компетентностного подхода, эффективность интегративных методов обучения, а также стратегий, направленных на развитие культурно-эстетического мышления. Кроме того, выявляются существующие в данной сфере проблемы.

inglizchaANALYSIS OF FOREIGN EXPERIENCE IN DEVELOPING THE PROFESSIONAL COMPETENCES OF FUTURE TEACHERS

The article analyzes foreign experience in developing the professional competencies of future fine art teachers. It examines the substantive changes taking place in the process of training professional pedagogical personnel under conditions of globalization and the rapid development of information and communication technologies. It substantiates that the modern teacher is required to possess, alongside theoretical and practical knowledge, pedagogical mastery, the ability to apply innovative technologies, and the skill to use didactic tools effectively. On the basis of the experience of leading foreign and domestic educational institutions, the article evaluates the priority of the competency-based approach, integrative teaching methods, and the effectiveness of strategies aimed at developing cultural and aesthetic thinking. The existing problems in the field are also identified.

Kalit so‘zlar

  • ta‘lim
  • san‘at
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish
  • estetik tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA OID XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI

Badirdinov Doniyorbek Shavkatjon o‘g‘li, Namangan davlat pedagogika instituti Art pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

Bugungi globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida, xususan, kasbiypedagogik kadrlar tayyorlash jarayonida sifat va mazmun jihatdan tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. Xususan, tasviriy san’at sohasi pedagoglarini tayyorlashda ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish dolzarb masalaga aylangan. Bu esa zamonaviy o‘qituvchidan nafaqat san’atga oid nazariy va amaliy bilimlarga, balki pedagogik mahorat, innovatsion texnologiyalarni qo‘llay olish, didaktik vositalardan samarali foydalanish kabi ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishni talab etmoqda. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi shunchaki bilim beruvchi emas, balki o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi murabbiy sifatida talqin qilinmoqda. Shu nuqtai nazardan qaralganda, jahonda o‘qituvchi shaxsining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va ularni muntazam ravishda rivojlantirib borish, ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri sanaladi. Yetakchi xorijiy va mahalliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvning ustuvorligi, integrativ o‘qitish metodlaridan foydalanish, madaniyestetik tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategiyalar o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Shunga qaramay, mavjud tadqiqotlar tahlili ushbu sohada bir qator muammolar – kasbiy tayyorgarlikning zamonaviy talablar bilan to‘liq uyg‘unlashmaganligi, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovut, ilg‘or xorijiy tajribaning yetarli darajada joriy etilmaganligi kabi jihatlarni ko‘rsatmoqda. Bu esa ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning yanada chuqurlashuvini, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Kasbiy kompetensiya tavsifi va o‘qituvchilarga xos kompetensiyalar tahlili.

Kasbiy kompetensiya tushunchasi zamonaviy pedagogika nazariyasida shaxsning kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirishga yo‘naltirilgan integrativ sifati sifatida talqin etiladi. Bu tushuncha faqatgina bilim va ko‘nikmalar majmuasini emas, balki kasbiy harakatlarni ongli, ijodiy va mustaqil tarzda amalga oshirishga yo‘naltirilgan motivatsion, ijtimoiy va axloqiy komponentlarni ham o‘z ichiga oladi Ayrim tadqiqotchilar tomonidan pedagogning kompetentsiyalari atamasi samarali ta’limni ta’minlash uchun o'qituvchi ishtirok etadigan jarayonlarning asosiy to'plami (7-bet) sifatida ta’riflanadi (Sykes va Wilson, 2015). Boshqa tadqiqotchilar (masalan, Fauth va boshq., 2019; Jentsch & König, 2022; Reuter va boshq., 2022) esa pedagogga oid kompetensiyalarni samarali o'qitish bilan bog'liq bo'lgan bilim, ko'nikma, moyillik va shaxsiy xususiyatlar to'plami sifatida belgilaydi. Zeer E.F. esa kompetensiyani "mutaxassisning kasbiy faoliyatdagi tayyorgarlik darajasi" sifatida ko‘radi va ularni tayanch kompetensiyalar, umumkasbiy va maxsus kasbiy kompetensiyalarga ajratadi. Xorijiy ta’lim tizimlarini tahlil qilishda, ayniqsa AQSh va Evropa mamlakatlari kabi ilg‘or davlatlar tajribasi katta ahamiyatga ega. AQShda tasviriy san’at o‘qituvchilari tayyorlashda NAEA (National Art Education Association) tomonidan ishlab chiqilgan milliy standartlar asosida kompetensiyaviy yondashuv amalga oshiriladi. Bu yondashuvda nafaqat pedagogik kompetensiyalar, balki o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va kreativ ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan kompetensiyalar ham rivojlantiriladi (Freedman, 2011). Bunda, o‘qituvchilarning professional faoliyatida interaktiv metodlar va ko‘p bosqichli loyihalar muhim o‘rin tutadi, o‘quvchilarning estetik va san’atshunoslik ko‘nikmalarini samarali tarzda shakllantirishga qaratilgan. aAQShlik tadqiqotchilar o’qituvchilarning tayanch kompetensiyalarga to’xtalib o’tadi va ularni o’qitish bilan bog’liq bo’lgan umumiy xosusiyatlar bilan bog’laydi (Howell va boshq., 2025). Tadqiqotchilar kompetensiyalarni rivojlantirishda kasbiy rivojlantirish(Professional Developmen)ga urg’u berishda hamda uni tashkil etishda samaradorlikka asoslangan yondashuvlardan foydalanishning ijobiy ekanligini isbotlab berishgan. Ispaniyada o’tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, eng rivojlangan kompetensiyalar ta’lim jarayonida qoʻllaniladigan raqamli kompetensiyalar, jumladan dasturiy taʼminot, ilovalar yoki muhitlardan foydalanish, shuningdek, rejalashtirish yoki oʻqitishni rivojlantirish kabi pedagogik jihatlar bilan bogʻliq (Hernández-Serrano, 2025). Shundan kelib chiqqan holda tadqiqotda FLEXICOMP qolipi (2023) tavsiya etiladi. Mazkur qolip bo’lajak o’qituvchilarning raqamli hamda ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Ularning ichida tasviriy san’at o’qituvchisi ham o’zlashtirish lozim

bo’lgan kasbiy, pedagogik, raqamli va kreativlik kompetensiyalarini ko’rish mumkin. Juhásová (va boshq., 2022) Slovakiyadagi o’qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini tadqiq qilar ekan, ularda ta’lim jarayonini rejalashtirish, faoliyatni tashkil etish va samarali boshqarish kabi didaktik kompetensiyalarning dolzarbligiga ahamiyat qaratadi. Mazkur kompetensiyalarni rivojlantirish uchun esa o’qituvchida ijro konkikmalari yaxshi shakllangan bo’lishi lozim deb hisoblaydi Germaniyalik tadqiqotchilar Hirsch va Rubach (2024) o’qituvchinig raqamli kompetensiyalari ahamiyatini o’rganishgan. Mazkur tadqiqotda, aynan tayanch raqamli kompetensiyalar va kasbiy raqamli kompetensiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Mualliflarning ta'kidlashicha, kasbiy kompetensiya — bu bilim, motivatsion ishonch va muayyan vaziyatlarda muammolarni hal qilishga qaratilgan ko‘nikmalarning uyg‘unlashgan tizimidir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar39 ta adabiyot

  1. O‘G‘Likomoldinov, S. J., & Abdirasilov, S. F. (2023). ON THE INTEGRITY OF ILLUSTRATION IN PAINTING LESSONS AND ITS RELATIONSHIP WITH COMPOSITION ACTIVITY. Экономика и социум, (3-2 (106)), 168-171.
  2. Komoldinov, S. J. O. (2026). The pedagogical significance of composition in pencil drawing lessons. European Journal of Economic Dynamics and Policy, 2(1), 21-24.
  3. Komoldinov, S. J. O. G. L., & Isaboyeva, M. I. Q. (2026). Manzara janrini o ‘rgatishda rangtasvir texnikalarining metodik qo ‘llanilishi. Science and Education, 7(2), 344-349.
  4. Jomoldin o’g’li, K. S. SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT.
  5. Komoldinov, S. (2023, December). Qalamtasvir mashg’ulotlarida kompozitsiyaning ahamiyati. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
  6. Rakhimov, K. (2023). The place of graphics in the fine arts. Solution of social problems in management and economy, 2(2), 5-8.
  7. Rakhimov, K. (2023). THE ROLE OF PORTRAIT ARTISTS IN FINE ARTS. Models and methods in modern science, 2(2), 13-19.
  8. Rakhimov, H. U. (2023). ANALYZING THE PROFESSIONAL QUALITIES OF FUTURE FINE ARTS TEACHERS BASED ON ART STUDIES. Экономика и социум, (1-1 (104)), 50-53.
  9. Pulatov, D. S., & Kh, R. U. (2019). On fine arts and its varieties. Вестник магистратуры, (4-4 (91)), 89-90.
  10. ogli Rakhimov, H. U. AJMR. AJMR.
  11. Oripov, B. B. (2025). Ideals of the third renaissance and their artistic expression in the fine art of Uzbekistan. Academic Journal of Science, Technology and Education, 1(8), 28-32.
  12. Oripov, B. B. (2025, December). INCREASING THE SCIENTIFIC COMPONENT OF THE ART OF POTTERY IN STUDENTS. In International Conference Platform (No. 6, pp. 134-137).
  13. Oripov, B. B. (2025). The connection of fine arts to biological science. Science and Education, 6(12), 621-626.
  14. BADIRJANOVICH, O. (2020). THE ROLE OF CERAMICS IN PROFESSIONAL TRAINING OF YOUNG PEOPLE IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM. THE AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE AND EDUCATION INNOVATIONS Учредители: The USA Journals, 2(9), 447-451.
  15. Oripov, B. (2025). O ‘QUVCHILARNING RUHIYATINI SHAKLLANTIRISHDA VA TARBIYALASHDA, XALQ AMALIY SAN’ATINING O ‘RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2, 4-3.
  16. Oripov, B. N. (2008). Tasviriy sanʼat taʼlimida didaktika.
  17. Oripov, B. N. (2006). Fine art and its teaching methodology. Tashkent-2005." SCIENCE- INTELLIGENCE.
  18. Oripov, B. (2004). Jahon san'ati tarixi. 3 qismli.
  19. Oripov, B. (2004). San'at tarixidan qisqacha izohli lug'at.
  20. Yuldashev, J. (2024). BO ‘LAJAK TARIX O ‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH JARAYONIGA AKSIOLOGIK YONDASHUVNI JORIY ETISHNING METODIK XUSUSIYATLARI. Farg'ona davlat universiteti, (5), 6-6.
  21. Yuldashev, J. (2024). BOʻLAJAK TARIX OʻQITUVCHILARIDA AKSIOLOGIK POZITSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. " ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический журнал, 1(9).
  22. Yuldashev, J. BO ‘LAJAK TARIX O ‘QITUVCHILARINING AKSIOLOGIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI. DENE TÁRBIYASÍ HÁM SPORT,
  23. Ogli, Y. J. A. The Content of the Introduction of the Development of the Axiological Approach in Future History Teachers. JournalNX, 10(10), 34-38.
  24. Yuldashev, J. (2024). DEVELOPING THE AXIOLOGICAL POSITION OF FUTURE HISTORY TEACHERS–AS AN IMPORTANT DIRECTION OF HISTORY EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(50), 33-36.
  25. Abdurakhimovich, Y. J. (2024, December). THE MAIN CRITERIA FOR DEVELOPING A SYSTEM OF VALUES IN THE TRAINING OF FUTURE HISTORY TEACHERS. In International Conference on Economics, Finance, Banking and Management (pp. 201-205).
  26. Abdurakhimovich, Y. J. (2024, December). THE MAIN CRITERIA FOR DEVELOPING A SYSTEM OF VALUES IN THE TRAINING OF FUTURE HISTORY TEACHERS. In International Conference on Economics, Finance, Banking and Management (pp. 201-205).
  27. Yuldashev, J. (2024). DEVELOPING THE AXIOLOGICAL POSITION OF FUTURE HISTORY TEACHERS–AS AN IMPORTANT DIRECTION OF HISTORY EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(50), 33-36.
  28. Ogli, Y. J. A. The Content of the Introduction of the Development of the Axiological Approach in Future History Teachers. JournalNX, 10(10), 34-38.
  29. Abdurakhimovich, Y. J. (2024, December). THE MAIN CRITERIA FOR DEVELOPING A SYSTEM OF VALUES IN THE TRAINING OF FUTURE HISTORY TEACHERS. In International Conference on Economics, Finance, Banking and Management (pp. 201-205).
  30. Yuldashev, J. (2024). DEVELOPING THE AXIOLOGICAL POSITION OF FUTURE HISTORY TEACHERS–AS AN IMPORTANT DIRECTION OF HISTORY EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(50), 33-36.
  31. Ogli, Y. J. A. The Content of the Introduction of the Development of the Axiological Approach in Future History Teachers. JournalNX, 10(10), 34-38.
  32. Yuldashev, J. (2024). BOʻLAJAK TARIX OʻQITUVCHILARIDA AKSIOLOGIK POZITSIYANI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. " ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический журнал, 1(9).
  33. Odilboyeva, U. Z. (2025, December). The scientific and pedagogical influence of teacher cognition theory on method selection in the educational process. International Conference Platform, 6, 152–157.
  34. Odilboyeva, U. Z. Q. (2026). O ‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA TERMINLAR HOSIL BO ‘LISHINING QIYOSIY TAHLILI. Mahalliy va xalqaro konferensiyalar platformasi, (1), 32-36.
  35. Odilboyeva, U. Z. (2026, January). THE DEVELOPMENT OF AUTOPEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS DURING ENGLISH LANGUAGE EDUCATION. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 90-93).
  36. Yunusov, G. O. (2026). TALABA-YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA XALQ FOLKLOR SAN’ATINING O ‘RNI. Mahalliy va xalqaro konferensiyalar platformasi, (3), 58-62.
  37. Rakhimov, H. U. (2026, January). THE SIGNIFICANCE OF AUTOPEDAGOGICAL COMPETENCE IN VISUAL ARTS EDUCATION. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 30-34).
  38. Umarjon ogli, H. R. (2021). Technologies for improving composition and drawing skills based on the rules of composition. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 765–767.
  39. Sh, B. D. (2023). ISSUES OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE VISUAL ARTS TEACHERS THROUGH GRAPHICS. Экономика и социум, (1-1 (104)), 8-11.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012096
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2086
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
331–335
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25