O‘ZBEKISTONNING ME‘MORLIK YODGORLIKLARIDAGI BADIIY- DEKORATIV BEZAKLARINI O‘RGANISH
Quchqarov Bahodir Ulmasovich, Qobulova FeruzaAndijon davlat texnika insituti https://ror.org/01p08rg372026
KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 317–322
Annotatsiya
Mazkur ishda O‘zbekiston hududidagi me‘moriy yodgorliklarda qo‘llanilgan badiiy-dekorativ bezaklarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tarixiy obidalardagi naqshlar, koshinkorlik, ganch o‘ymakorligi va rangtasvir elementlarining shakllanishi hamda rivojlanish bosqichlari o‘rganiladi. Xususan, Registon maydoni, Ichan-Qal‘a kabi yodgorliklar misolida bezak san‘atining badiiy va estetik ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, milliy me‘morchilikda dekorativ bezaklarning zamonaviy talqini va ularni saqlash masalalari yoritiladi.
Boshqa tillarda
ruschaИЗУЧЕНИЕ ХУДОЖЕСТВЕННО-ДЕКОРАТИВНЫХ УКРАШЕНИЙ В АРХИТЕКТУРНЫХ ПАМЯТНИКАХ УЗБЕКИСТАНА
В настоящей работе анализируются своеобразные особенности художественно-декоративного убранства, применённого в архитектурных памятниках на территории Узбекистана. В ходе исследования изучаются формирование и этапы развития орнаментов, изразцового искусства, резьбы по ганчу и живописных элементов в исторических памятниках. В частности, на примере таких памятников, как площадь Регистан и Ичан-Кала, раскрывается художественное и эстетическое значение декоративного искусства. Также освещаются современная интерпретация декоративного убранства в национальной архитектуре и вопросы его сохранения.
inglizchaSTUDYING ARTISTIC AND DECORATIVE ORNAMENTS IN UZBEKISTAN‘S ARCHITECTURAL MONUMENTS
This work analyzes the distinctive features of the artistic and decorative ornamentation used in the architectural monuments located in Uzbekistan. In the course of the study, the formation and stages of development of the patterns, tilework, ganch carving, and painted elements found in historical monuments are examined. In particular, the artistic and aesthetic significance of decorative art is revealed through the example of such monuments as Registan Square and Ichan-Qala. The work also addresses the contemporary interpretation of decorative ornamentation in national architecture and the issues of its preservation.
Kalit so‘zlar
- ta‘lim
- san‘at
- metodika
- pedagogik yondashuv
- ijodiy rivojlanish
- estetik tafakkur
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
O’ZBEKISTONNING ME’MORLIK YODGORLIKLARIDAGI BADIIYDEKORATIV BEZAKLARINI O’RGANISH
Andijon Davlat Texnika Insitituti Ilmiy raxbar Dotsent Quchqarov Bahodir Ulmasovich 1-kurs talabasi Qobulova Feruza
Annotatsiya: Mazkur ishda O‘zbekiston hududidagi me’moriy yodgorliklarda qo‘llanilgan badiiy-dekorativ bezaklarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tarixiy obidalardagi naqshlar, koshinkorlik, ganch o‘ymakorligi va rangtasvir elementlarining shakllanishi hamda rivojlanish bosqichlari o‘rganiladi. Xususan, Registon maydoni, Ichan-Qal’a kabi yodgorliklar misolida bezak san’atining badiiy va estetik ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, milliy me’morchilikda dekorativ bezaklarning zamonaviy talqini va ularni saqlash masalalari yoritiladi. Kalit so‘zlar: badiiy bezak, dekorativ san’at, O‘zbekiston me’morchiligi, koshinkorlik, ganch o‘ymakorligi, naqsh, ornament, rangtasvir, tarixiy yodgorliklar, estetik ahamiyat, milliy meros, me’moriy bezak Amaliy bezak san’atida alohida o’rin tutgan me’morlik yodgorliklaridagi badiiy-dekorativ bezaklar inson ko’zini quvnatadi. O‘quv binolarining ichki va tashqi qismlarini qanday bezatish avvalo bu topshiriqning funktsional vazifasiga bog’liq. O‘quv xonalarini, sport va majlislar zallari, koridorlarni bezash, ko‘rgazmalar tashkil etish, maktab teatri uchun dekoratsiya ishlash, dekorativ – amaliy san‘at buyumlari yasash, plakatlar chizish, turli axborot vositalarini tayyorlash va hokazolardan iboratdir. Amaliy-badiiy bezak san‘ati - san‘atning teatr, kino, musiqa, tasviriy san‘at turlari qatori mustaqil fikrlarni o’ziga jamlashni kasb etadi. U o‘z nomiga ko‘ra amaliyotda, ya‘ni turmushda qo‘llaniladigan bezak san‘ati ma‘nosini anglatadi. Amaliy – badiiy bezak san‘ati turli xil buyumlar, ko‘chalar, maydonlar, istirohat bog‘lari, ishlab chiqarish korxonalari, o‘quv-tarbiyaviy muassasalar, sport va madaniy inshootlarni bezatish bilan bog‘liqdir. Jahondagi har bir xalqning o‘ziga xos amaliy-bezak san‘ati bor. Masalan, Xitoyda chinnisozlik, Rossiyada matryoshka o‘yinchoqlar yasash, Turkmanistonda gilamchilik, Boltiq bo‘yi mamlakatlarida dasturxon va sochiqlar tikish, O‘zbekistonda esa kulolchilik, misgarlik, chinnisozlik, me’morchilik , kashtachilik taraqqiy etdi. Shuni e’tibordan chetta qoldirmaslik kerakki , amaliy-bezak san‘atida har bir buyumni tayyorlashda har bir xalq o‘z materiali, o‘z texnologiyasi, ish uslublari, bezak gullari va ranglarini ishlatadi. Naqqoshlik san‘ati tarixi insoniyat madaniyati bilan teng barobar qadimiydir. Madaniyatning rivojlanishi natijasida naqqoshlik hunari san‘at darajasiga chiqdi hamda rivojlandi. IX-X asrlarda Markaziy Osiyoda naqqoshlik san‘ati juda tez rivojlandi. Arxitekturada g‘isht
qalab naqsh solish yuksak darajada rivojlanib, binolarning ichki tomoniga ganch, yog‘och o‘ymakorligini qo‘llash yuksak darajaga chiqtidi. Ayniqsa, maqbaralarning peshtoqlari, devor va ravoqlar ganch-naqshlar bilan juda nafis bezatiladi.
Muhammad Aminxon madrasasi va minorasi (Xiva) Xorazm viloyati Naqshlar murakkablashib bordi. Ularning yangi nusxalarida ramz, tasvirlar, duo, tasbih, sura va oyatlarni ko‘ramiz. Ramziy naqshlar dunyoda sodir bo‘layotgan voqeliklar, tilaklarni aks ettirgan. Har bir chizilgan naqshda o‘ziga xos ma‘no bo‘lgan. Dastlab , o‘simliksimon naqsh gulsapsarni olaylik, u osoyishtalik va umr uzoqlik timsoli, ―pechak islimiy‖ naqshi boylik va farovonlikni, novda va yaproqlar esa to‘kinchilik hamda bahor chog‘ida uyg‘onishni bildiradi. Musavvirning tasvirlari bu uning ona tabiatga bo‘lgan muhabbatini, bildiradi. Uning ranglari o‘ziga xos ma‘no va harakterga ega. Naqsh o‘zbek madaniyatining hamma bosqichlarida hamroh bo‘lib kelgan. Eng oddiy printsiplari bir-biriga mutanosiblik, uyg‘unlik va usullarini ajoyib qayta-qayta takrorlashuvidir. Xalq naqqoshlari naqshlarning har bir detaliga alohida e‘tibor berib, uning tabiiyligini yo‘qotmaganlar, har bir element ustida puxta fikr yuritganlar. Har bir naqsh negizida ma‘lum ramziy ma‘no qo’llanilgan. XI-XII asrlarda O‘zbekiston hududida arxeologik topilmalar shuni ko‘rsatadiki, naqshlar ichida geometrik naqsh ko‘p ishlatilgan.
XIII asrda yuksak ko‘tarilgan milliy madaniyatni mo‘g‘il bosqinchilari izdan chiqardi. Chingizxon hukmronligida milliy san‘at birmuncha izdan chiqqan bo‘lsada, lekin butkul yo‘q bo‘lmadi. Amir Temur va temuriylar davrida esa o‘zbek milliy xalq amaliy san‘ati yuksak darajada rivojlandi. Amir Temur hukmronligi ostida bo‘lgan barcha o‘lkalardan kelgan me‘morlar, hunarmandlar, ustalar, san‘atkorlarni ko‘rish mumkin edi. Ular o‘zlari bunyod etayotgan inshootlarga butun bilimlari, hunarlari va san‘atkorona mahoratlarini baxsh etganlar. O‘sha davrda Samarqand va Movarounnahrning boshqa joylarida bunyod etilgan juda ko‘p hashamatli tarixiymadaniy obidalarda Markaziy Osiyo xalqlaridan tashqari butun yaqin va o‘rta Sharq xalqlarining o‘ziga xos boy, sermazmun badiiy-estetik merosining sintezi qorishib, uyg‘unlashib ketgan edi. Koshin va parchinlardan ajoyib naqshlar hosil qilishga erishildi. Chunonchi, Samarqanddagi Shohi-Zinda majmuasi, Oq saroy, ko‘hna O‘rganchdagi To‘rabekxonim maqbarasi va boshqalardir. XV asrda naqqoshlik san‘ati yanada rivojlandi. Natijada naqqoshlikda kundal texnikasi paydo bo‘lib rivoj topdi. Samarqanddagi Oqsaroy maqbarasi va boshqa arxitektura yodgorliklarining ichki qismini kundal usulida bezalgan. XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyo xalqlari tarixida taraqqiy etgan feodalizm davrida feodal ishlab chiqarishga asoslangan o‘ziga xos bir iqtisodiy-madaniy o’zgarishlar ro’y bergan. Bu davrni biz hozir Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Kamoliddin Behzodga o‘xshash juda ko‘p iste‘dodli adiblar, olimlar, mutafakkirlar, san‘atkorlar nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan Uyg‘onish (Renessans) davri deb ataymiz. XIV-XV asrlarda Samarqandda qisqa vaqt ichida xar hil arxetektura obidalari qurila boshlagan. X-XV asrlar me’morligining haqiqiy durdonasi bu Temuriylar maqbarasi hisoblanadi. Amir Temur farmoniga binoan qurila boshlangan bino O’rta Sharq me’morligida muhim o’rinni egallaydi. Bino tantanavor monumentalligi va dekorativ-qurilganligi bilan ajralib turadi. Bino sodda me‘morchilik xajimlardan sakkiz qirrali asos, silindirik baraban va qirrali ko’k-moviy gumbazdan tashkil topgan. Binoning ichki qismi ham juda serjilva. Uning ichki devorlari marmar bilan pardozlangan o’yma naqsh va rangli va oltin suvi yuritilgan naqshlar bino ichi qismiga alohida fayz kirgan. 40 yildan ortiq vaqt ichida bu yerlarda Amir Temur boshlab bergan an‘analar davom etdi. Me‘morchilikda mahobatli me‘moriy majmualar qurildi. Samarqand, Buxoro va G’ijdivonda qurilgan madrasalar shu davr me’morligining an‘analari asosida vujudga kelgan. Muarrixlardan Hofizi Abro’va Abdurazzoq Samarqandiylar Temurning o’g’li Shohruh tomonidan Marvning qayta tiklashgan Bu davrga kelib shahar avvalgi joyidan ozgina janubrqda, avvalgi rabod yerlarida haytadan qad ko’taradi..
“Go’ri Amir” Samarqand (Samarqand viloyati) To’rtburchak shaklidagi 630 x 695 metrli hajmdagi shaharning 44 fasli yarim minorasi bo’lgan. Shimoliy sharqdagi Juma yoki Turkiston darvozasidan boshlanuvchi ko’cha shaharni teng ikkiga ajratgan. Shuningdek, Shohruh va Navoiylarning Hirot shahrining kengaytirilishi va obodonlashtirilishidagi xizmatlari haqida bir qator tarixiy manbalarda aniq ma‘lumotlar berib o’tilgan. Fan va madaniyat taraqqiyoti haqida so’zlashar ekanmiz, so’zsiz o’sha davrning yuqori darajadagi ilm maskanlari — madrasalari xususida ham to’xtalib o’tishga to’g’ri keladi. O’rta Osiyo shaharlarida butun o’rta asrlar davomida ko’plab madrasalar qurilgan. XIV—XV asrlarda ham bu kabi ishlar davom ettirilgan. Samarqandda Temurbek Bibixonim masjidi ro’parasida madrasa qurdirgan, degan fikr mavjud edi. Ba‘zi bir tadqiqotchilar esa madrasaning alohida tarzda mavjud bo’lganligini rad etib, uni Bibixonim masjidi tarkibida bo’lgan deb hisoblashardi. 1989—1990 yillardagi Samarqand eski shaharida olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatdiki, haqiqatdan ham Bibixonim masjidi ro’parasida shu nomli madrasa bo’lgan ekan. Bundan tashqari uning poydevorlari asosida IX— XII asrlarga oid ikki qatlam avvalgi davrga xos imorat poydevori qoldiqlari chiqdi. Bu esa o’z navbatida Bibixonim madrasasi shundan oldin mavjud bo’lgan Ymom Vose madrasasi poydevorlari ustiga qurilgan, degan mazmundagi taxminning haqiqatga yaqinligini ko’rsatadi. Yana bir madrasa bu Go’ri Amir ansambli hovlisining sharqiy qismida joylashgan Muhammad Sulton nomi bilan ataladigan bino qoldiqlaridir. Bu bino poydevorlari kovlab ochilgan. Peshtoqli bu madrasaning ham ikki tashqi burchagida ikkita minora bo’lgan. Taxminan kvadratga yaqin bo’lgan ko’rinishli madrasa hovlisining to’rida, peshtoqning to’g’risida yozgi darsxona, to’rt burchagida to’rtta kattaroq xona, hovlining ikki yon tomonida oltitadan hujra joylashgan. Shulardan biri masjid vazifasini bajargan bo’lsa, yana biri qishki darsxona bo’lib, qolganlaridan ijtimoiy maqsadlarda foydalanilgan. Temur davrida qurilgan madrasalar qatoriga yana G. A. Pugachenkova tomonidan kiritiladigan Shahrisabzdagi Dor ut Tilovat madrasasini ko’rsatib o’tish mumkin.
Ammo Shohrux, Ulug’bek va Navoiy davrlarida ular tomonidan Hirot, Samarqand va boshqa shaharlarda ancha madrasalar quriladi. Bulardan Ulug’bek bunyod etgan Buxoro, Samarqand va G’ijduvondagi uch madrasa mashhurdir. Shulardan eng yirigi 1417—1420 yillarda Samarqandda qurilgani hisoblanadi. Tomonlari 81x56 metrni tashkil etuvchi bu imoratning bosh peshtoqi toqining kengligi 16,5 metrga teng. To’rt burchagida har biri uch yarusli to’rtta minora bo’lgan, hozir ularning faqat birinchi yarusi ikkitasida u ham to’liq emas saqlanib qolgan. Peshtoq markazida joylashmay balki peshtoqning ikki yon devoriga yondosh yeridan boshlanadigan kirish tirsaksimon yo’lak orqali bino hovlisiga olib chiqadi. Hovli atrofida 28 ta hujraikki kavatli tarzda joylashgan va hujralarning har biri o’z navbatida 2 bo’limli bo’lgan. Pastki qismi kunduzi o’tirishga mo’ljallangan bo’lsa, yuqori qismi yotoqxona vazifasini o’tagan. Madrasa hovlisida tomonlarining to’rt markaziy qismida to’rtta mahobatli ravoqli ayvoni bor. Ravoqlardan biri bosh peshtoq orqasida joylashganidan tashqari, qolgan uchtasi yozgi darsxona vazifasini o’tagan. Qishgi darsxonalar esa bosh peshtoqning ikkala tomonida joylashgan, xovli to’rida madrasa toliblari va a‘yonlariga xizmat ko’rsatadigan kattagina masjid joylashgan. Bino tashqarisi girih va hattotiy naqshlar bilan koshinlangan. Minoralar kapiteli boshasi chiroyli muqarnasli koshinlangan. Peshtoq 10 yulduzli girih, bosh ravoq cheti morpechdan iborat. Hovli tomondagi darsxona ayvonlari va hujra peshtoqlari girih, islimiy va hattotiy naqshlar bilan bezatilgan. Bu bezaklar koshinburush va koshinkorlik vositasida amalga oshirilgan. Buxoroda 1417 yilda qurilgan Ulug’bek madrasasi Samarqanddaga madrasadan kichikkina bo’lib qolmasdan (45x40 m), kompozitsion jihatdan ham unga nisbatan odmiroqdir. Bu yerda ham hujralar ikki qavatli qilib qurilgan, ammo bir qishki va ikki yozgi darsxona mavjud, madrasa masjidi ham chog’roqdir Shunisi diqqatga sazovorki, bosh peshtoq tomondagi hujralar ko’cha tomonga qaratilgan.
“Ulug’bek”madrasasi ( Buxoro, Buxoro viloyati) Bu keyinchalik Buxoro madrasalari qurilishida ba‘zan Samarqand, Toshkentdagi Ko’kaldosh va Xiva madrasasozligida keng o’rin oldi. Samarqandda
qurilgan binoning to’rt tashqi, burchagida to’rtta minora qad ko’targan bo’lsa, Buxorodagi madrasaning to’rttala burchaklarini guldastalar mahkamlab turgan. Bu usul ham keyinchalik keng yoyildi. Madrasada uning bosh me‘mori Ismoil ibn Mahmud Isfahoniy nomi saqlanishi bilan, imorat darvozasida "Ilm olmoq har bir musulmon va muslimaning burchidir" degan Hadislardan olingan yozuv Ulug’bekning xalqiga murojaati sifatida saqlanib qolgan. Ulug’bekning uchinchi madrasasi G’ijduvonda 1433-yilda qurilgan bo’lib, bir qavatdan iboratdir. Bu madrasa XII asrda qurila boshlagan Xo’ja Abdulholiq G’ijduvoniy xazirasi to’g’risida "qo’sh" uslubida quriladi. Bino peshtoqi o’ziga xos shaklda mahobatli qilib ishlangan. Peshtoq gumbaz bilan yopilgan chortoqqa chiqaradi. Chortoqdan to’g’riga yursangiz hovliga, o’ng tomonga yursangiz masjidga, chapga yursangiz maktab-darsxonaga kirasiz. Masjid gumbaz-lari to’rt toqi ustiga o’rnatilganligi ham pishiq konstruksiya, ham chiroyli ichki ko’rinishga erishishga yordam bergan. Hovli to’rid-yozgi darsxona, ikki yon tomonda 8 ta hujra iborat. Tashqi burchaklar guldastalar bilan tugallangan. Girihli va islimiy naqshlar peshtog’yozuvlari bilan davr kishilarining ham falsafiy ham estetik qarashlarini namoyon etgan. Ulug’bek madrasasi eksplutatsiya qilish davrida tashqi ta‘sirlar, zilzilalar va ichki janglar oqibatida jiddiy talofat ko’rgan. Samarqanddagi Ulug’bek madrasasi gumbazi sharqdagi eng katta gumbazlar qatoridan o’rin egallagan. Amir Temur davrida ilk bor ―qo’sh uslubidagi me‘moriy majmua bunyod etilgan bo’lsa, Mirzo Ulug’bek zamonasida bu uslub nafaqat yuqori saviyada takrorlandi, balki takomillashtirilib, ―maydoncha uslubidagi yangi me‘moriy majmua muhiti shakllantirildi. Birinchi holatda bu Amir Temurning Samarqanddagi ulkan Jome masjidi va uning muqobiliga qurilgan va hozir yo’q bo’lib ketgan ―Bibixonim madrasasi bo’lsa, ikkinchi galda bu Mirzo Ulug’bekning Registon maydonida bunyod etgan madrasasi va uning qarshisidagi xonaqosi, hamda ular orasidagi maydonning shimol tomonidan qurgan karvonsaroyi va ushbu imoratlarning me‘moriy majmua tarzida qurilish uslubi edi. Me‘moriy go’zallikning handasaviy qonuniyatlari asosida bunyod etilgan bunday g’aroyib majmualar namunasi bo’lib xizmat qildi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar2 ta adabiyot
- Abdullayev, N. O‘zbekiston me’morchiligi tarixi. Toshkent: O‘qituvchi, 2016.
- Mirzayev, S. Amaliy bezak san’ati asoslari. Toshkent: Fan, 2018.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012093
- Nashr sanasi
- 2026-04-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/2083
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 317–322
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25