MUSIQA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANIB DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH TEXNOLOGIYALARI
Usmonjanova Gulxayo Alisher qizi, Qosimova Mehribon · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqolada musiqa darslarida interfaol metodlardan foydalanish orqali ta‘lim jarayonining samaradorligini oshirish masalalari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Musiqa ta‘limida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilib, interfaol metodlarning o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, musiqiy eshitish qobiliyati, estetik didi hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Shuningdek, dars jarayonida “aqliy hujum”, guruhli ishlash, savol-javob, rol o‘ynash kabi interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularni dars jarayoniga faol jalb etish hamda ta‘lim sifati va samaradorligini yuksaltirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada musiqa ta‘limini tashkil etishda innovatsion yondashuvlar va zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari musiqa darslarini yanada samarali tashkil etish, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ta‘lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.