BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARNING MUSTAQIL TA‘LIMINI TASHKIL ETISHDA KREDIT-MODUL TIZIMINING IMKONIYATLARI
Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich, Turg‘unboyeva Dilshoda · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Ushbu maqola bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligida mustaqil ta‘limning o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Zamonaviy ta‘lim tizimida kredit-modul tizimi talabalarning mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada ushbu tizimning musiqa pedagogikasi sohasida mustaqil ta‘limni tashkil etishdagi imkoniyatlari atroflicha yoritiladi. Kredit-modul tizimi orqali talabalarga o‘quv dasturlarini moslashtirish, shaxsiy o‘quv traektoriyalarini yaratish, o‘zlashtirish tezligini belgilash hamda ijodiy va amaliy ko‘nikmalarni mustaqil rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratilishi ko‘rsatiladi. Shuningdek, tizimning talabalarda o‘z-o‘zini boshqarish, tanqidiy fikrlash va mas‘uliyatni oshirishdagi roli hamda musiqa o‘qituvchilarining kelajakdagi faoliyatida zarur bo‘lgan pedagogik va ijrochilik mahoratini rivojlantirishdagi samaradorligi asoslab beriladi. Maqola kredit-modul tizimini musiqa ta‘limi amaliyotiga joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.