XOR IJROCHILIGI MALAKASINI SHAKLLANTIRISH
Axmedov Baxodirxon SayfiddinovichNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026
KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 616–621
Annotatsiya
Partiturani o‘rganish jarayonida ijro sur‘ati haqida umumiy taassurot keltirib chiqariladi, asar (jumlalari) qismlari belgilanadi, asarning kulminatsiyasi (eng yuqori darajasi) bir butun holda va bo‘lak qismlarda aniqlanadi. Bularni tasvirlash, ifodali ko‘rsatish bu yillar davomida egallangan tajribaga bog‘liq. Tayanch iboralar: dirijorlik apparati, orkestr, xor, mushaklar, «Parvoz » harakati, «charxpalak», partitura, metronom, iste‘dod, ifoda vositalar, musiqiy eshitish, xotira, temperament, xirgoyi, ritm hissi, musiqiy jumla, tempo-ritm.
Boshqa tillarda
ruschaФОРМИРОВАНИЕ НАВЫКОВ ХОРОВОГО ИСПОЛНЕНИЯ
В процессе изучения партитуры складывается общее представление о темпе исполнения, определяются части (фразы) произведения, выявляется кульминация (высшая точка) произведения как в целом, так и в отдельных его частях. Изображение и выразительный показ всего этого зависят от опыта, накопленного в течение многих лет.
inglizchaFORMING CHORAL PERFORMANCE SKILLS
In the process of studying a score, a general impression of the tempo of performance is formed, the sections (phrases) of the work are delineated, and the culmination (highest point) of the work is identified both as a whole and within its separate sections. The ability to depict these and to render them expressively depends on the experience acquired over many years. Key terms: conducting apparatus, orchestra, choir, muscles, the "Flight" movement, the "windmill", score, metronome, talent, means of expression, musical hearing, memory, temperament, humming, sense of rhythm, musical phrase, tempo-rhythm.
Kalit so‘zlar
- ta‘lim
- san‘at
- metodika
- pedagogik yondashuv
- ijodiy rivojlanish
- estetik tafakkur
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
XOR IJROCHILIGI MALAKASINI SHAKLLANTIRISH
Axmedov Baxodirxon Sayfiddinovich, Namangan davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi e-mail: bahodirxonaxmedov184@gmail.com, tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya: Partiturani o‘rganish jarayonida ijro sur’ati haqida umumiy taassurot keltirib chiqariladi, asar (jumlalari) qismlari belgilanadi, asarning kulminatsiyasi (eng yuqori darajasi) bir butun holda va bo‘lak qismlarda aniqlanadi. Bularni tasvirlash, ifodali ko‘rsatish bu yillar davomida egallangan tajribaga bog‘liq. Tayanch iboralar: dirijorlik apparati, orkestr, xor, mushaklar, «Parvoz » harakati, «charxpalak», partitura, metronom, iste’dod, ifoda vositalar, musiqiy eshitish, xotira, temperament, xirgoyi, ritm hissi, musiqiy jumla, tempo-ritm. Kirish. Dirijorlik apparatini qo‘yishlari bir qator kamchiliklarni bartaraf qilish bilan bog‘liq. Eng ko‘p uchraydigan kamchilik bu yelka qismining qisqaligi (yelka, bo‘yin, orqa), keyin panjalar qisiqligi yoki shalviraganligidir.Yelka qismini qisiqligi, endi faoliyatni boshlayotgan dirijyor tomonidan qo‘llarni erkin holda yuqoriga ko‘tarilmasligi, pastga tushira olmasligi, tomonlarga yoyilmasligi, yelka suyaklari va muskullari harakat chegaralanganligidir, ularda to‘xtab qolish holatlarini seziluvchanligidir. Ular asosan ko‘p ovozli musiqiy asarlarda forte ijrosida ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Bu jarayonda dirijyor uchun kuchli erkin imoishoralar zarur. Asosiy qism. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi, psihologiya fanlarining ta’kidlashicha odam tana qismlari va barcha mushaklari bir– birlari bilan bog‘liq bo‘lgan holda ularni harakatalarini markaziy oliy nerv tizimi boshqaradi. Shuning uchun ba’zan oldin egallangan malaka va ko‘nikmalardan birdaniga voz kechib bo‘lmaydi. Demak, texnik kamchiliklarni bartaraf qilishni to‘liq mushaklar erkinligidan boshlash zarur. Ularga erishish doimiy o‘ziga xos gimnastik va jismoniy mashqlarni bajarish orqali amalga oshadi. Ular dirijorlik texnikasidan to‘g‘ri foydalanish imkonini yaratadi. Dirijorlik apparatini to‘g‘rilash jarayonida shug‘ullanish haftada 2 marta, 45 minut davomida olib boriladi. Yelka qismini erkin holatga keltirish uchun muskullar holiligi va tinchligiga bog‘liq mashqlar tavsiya qilinadi. Stulga bemalol o‘tirish, yelka qismi stul tayanchiga tayangan holda, qo‘llar, oyoqlar erkin yerga tushiriladi, ular bukik holda polga tayanadi. Mushaklar bo‘shashtiriladi, juda erkin holda tinchlik seziladi, o‘zini dam olish uchun o‘tirganday hayol qilinadi. Keyin qo‘llarini ko‘tarib va ularni tizzaga tashlanadi. Agarda mushaklar yaxshi (yumshoq) holi bo‘lsa, qo‘llar sekin tizzaga tushmog‘i kerak. Birinchi marta mushaklarni to‘liq oxirigacha bo‘shashgan holatga keltirish qiyin albatta. Mashq davomida eng asosiy harakatlar bir tekislikda, erkin,
yengil, qo‘l umuman erkinlikda, panjalar pastga yuborilgan, tirsak yarim doira buklangan holatda bo‘lishi kerakligiga e’tibor qilish kerak. Keyin shu o‘tirib bajarilgan mashqni tik turgan holda bajarish kerak. Buning uchun erkin va tekis o‘rindan turish, barcha siqimlardan holi bo‘lish: oyoqlarni bir – biridan uncha katta hajmda o‘zoqlikda bo‘lmagan holda bir – biriga yaqin qo‘yish kerak, qo‘llar tana tizimida, keyin qo‘llarni to‘la cho‘zilgan holda bosh qismidan yuqoriga ko‘tarish va ularni o‘ziniki emas kabi tuyg‘u bilan yerga tashlash. Qo‘llar tushirilishi bilan bosh qism ham egiladi. Bu mashq oldin bir qo‘lda keyin boshqa qo‘l bilan va ikkala qo‘l bilan birgalikda bajariladi. Bu jarayonlarda ham o‘tirib bajargan usullar qo‘llanilishi mumkin. Yelka suyaklarini holilashtirishni qo‘l mushaklarini bo‘shatish, o‘zingizni holi, bo‘sh qo‘yish. «Parvoz » harakatini sezish uchun qo‘llarni aylanma harakat «charxpalak» mashqlarini bajarish kerak. Qo‘llar erkin holda tana bo‘yicha nisbatan pastga yuborilgan – qo‘llar sokin va tekis holda bosh qismidan yuqoriga to‘g‘ri tekislikda ko‘tariladi. Shunday qilib qo‘l havoda doira hosil qiladi. Bunday doira hosil qilishni tekis holda bir qancha marta takrorlash kerak, qo‘l charchamasligini nazorat qilish zarur. Bu mashq oldin bir qo‘l bilan, keyin ikkala qo‘l bilan birgalikda bajariladi; oldin sekin tempda, keyin asta – sekinlik bilan harakat tezlashtiriladi. Bu jarayonda qo‘l harakati tempiga qaramasdan nafas olish nazoratda bo‘lgan holda tekis va ravon bo‘lishi kerak. Bu mashqni val`s musiqasi sadosi ostida «bir, ikki, uch» hisobi bilan bajarish ham yaxshi natija beradi. «Charxpalak» mashqini qo‘lni aylanishini yelkadan, keyin yarim qo‘l harakatini tirsakdan, keyin faqat panjalar aylanishi asosida bajarish mumkin. Bu mashq aylana bo‘ylab oldinga va orqaga harakat bilan bajariladi. Keyin qo‘l harakatlari almashtiriladi o‘ng qo‘l chap qo‘lni, aksincha chap qo‘l o‘ng qo‘lni ma’qullaydi va aylanma harakat o‘ng yoki chap qo‘l panjasi bilan amalga oshiriladi. Bu mashq qo‘lni barcha qismlarini harakatlantirishi va yelka, yelka oldi, panja harakatining erkinlik egallashlari, dirijorlik imo – ishoralarining aniqlik va ravonlik kabi dirijorlik texnikalarini egallash uchun yordam beradi. Bunday mashqlar turli tuman bo‘lib, ularni bajarish dirijyorning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, bunday mashqlarni o‘zi tomonidan ham yaratilishi mumkin. Buning uchun dirijyor jismoniy mashqlar mazmuni bilan tanish bo‘lishi kerak. Shuning uchun biz qo‘llanma oxirida foydalangan adabiyotlar ro‘yhatiga bir qator jismoniy madaniyat bilan bog‘liq bo‘lgan kitoblar ro‘yhatini ham berdik. Ular bilan tanishib chiqqan dirijyor dirijorlik apparatini qo‘yishi uchun zarur bo‘lgan qo‘l og‘irligini sezishni o‘rganish, barcha harakat erkinligini sezish, qo‘l mushaklarini ifodalash kabilar haqida yetarli tushunchalarga ega bo‘ladilar. Eng asosiysi, dirijyorning qo‘llari erkin, kuchli, qayishuvchan (egiluvchan), anjalar harakatchan va yumshoq bo‘lishi kerakligiga e’tiborni tortadigan mashqlarni tanlagan holda o‘z ustida tizimli, mustaqil ishlashni amalga oshirishdir.
Dirijorning tayyorgarlik ishlari xor partiturasini (xor asarida barcha ovozlar yig‘indisi) har tamonlama tahlil qila bilishdan boshlanadi. Chunki ijrochilik ko‘rgazmalarini bera bilish doimo ishonchlilik, o‘z fikriga ishonishdan boshlanadi. Birinchidan, partiturani tahlil qilish musiqiy va badiy asarni yaxshi o‘rganish, uni aniq tasavvur qila bilishdan boshlanadi. Ikkinchidan, partiturani tahlili texnik, vokal` jihatlarini, uchraydigan qiyinchiliklarni aniqlash uchun zarur. Chunki ular xor ijrochiligida uchrashi mumkin. Uchinchidan, tahlil asosida dirijyor tomonidan ijrochilik rejasi tuziladi va uni amaliy jihatdan amalga oshirish uchun aniq ifodalangan vositalar ajratiladi. Dirijyor asar haqida imkoniyati boricha barcha jihatlarini bilishi kerak. Partitura ustida mustaqil ishlashni taxminan to‘rtta asosiy qismga ajratish mumkin: vokal` (ashula) qismi, akkompanement (jo‘rnovoz) qismi, annotatsiya asarni (analiz, tahlil qilishga doir) va oxirgisi dirijorlik. Ular hammasi tabiiy holda bir – birlari bilan bog‘liqdir. Asarni mohiyatini asta-sekinlik bilan chuqurroq o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, uchinchisi asarning asosiy badiy obrazlari (siymolari) haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lishga qaratilgan. Nihoyat, to‘rtinchi qisimda dirijorlik imo-ishorasini tanlash amalga oshiriladi va barcha kerak bo‘lgan dirijorlik vositalar tanlanadi. Ularning hammasi partiturani badiy mazmunini ochib beradi. Ular orasida mantiqiy birdamlikni amalga oshirish diqqat markazida bo‘lishi shart. Xor ovozlarini, akkordlarini, partiturani fortepioninada o‘ynash, analiz (tahlil qilish). Dirijorlik ko‘nikmasi tashqi mo‘ljal, taqlid qilish uslubi asosida egallab boriladi, natijada ularni bir asarda o‘rganilganligi ikkinchi asar uchun nomuvofiq bo‘ladi. Bular faqat dirijorlik uchungina taalluqli bo‘lib qolmasdan, balki asar ustida ishlashning boshqa tomonlariga ham taalluqlidir. Xor partiturasini ongli ravishda o‘rganish usullari bo‘lg‘usi almashtirish davomida juda qo‘l keladi. Bularning natijasi musiqaga hissiy javob bera bilish, asardagi g‘oyaviy obrazlar mazmunini tushunib yetishga va kompozitor hayolini sezishga olib keladi. Xor partiturasi bilan ishlashning birinchi bosqichi uni ko‘rish orqali sezish va ichki eshitish yordamida o‘rganish (tekstni hayoliy tiklab bilish), ovoz partiyalarini hayoliy kuylab bilish. Ko‘rish sezgisi xorning turi va shaklini aniqlaydi, xor ovozlarining diapazonini (kengligini), nozik rejasi, asosiy xati, temp (tezlik), ovozga kirish tasnifi, muallif taklifi, muallif ko‘rsatmasini ochib beradi. Bunday tahlil asarning g‘oyaviy ma’nosini, she’riy matnning o‘ziga xosligini bilishga yordam beradi. Xulosa. Ashula adabiy matnini, tekstni yodlash va ta’sirli qilib o‘qib bilishi ham kerak. Kompazitorning ijodiy faoliyati bilan tanishish, asarni yaratish tarixini bilish, muallifning boshqa asarlarini eshitib ko‘rish ham katta ahamiyatga ega. Bularning hammasi musiqiy asarni chuqur o‘rganishga yordam beradi. Xor jo‘rligida aytilayotgan asarni tekshirish xor ovozlarni yuqoriga va eniga, jo‘rni bir partiyadan boshqa partiyaga, bir ovozdan boshqa ovozga o‘tishda hamda xor jo‘rligidagi ijroni bir partiyaga birlashtirsh bir vaqtning o‘zida ovozlardan birini partiturada birgalikda chalishda amalga oshirish orqali tekshirish mumkin.
Partiturani o‘rganish jarayonida ijro sur’ati haqida umumiy taassurot keltirib chiqariladi, asar (jumlalari) qismlari belgilanadi, asarning kulminatsiyasi (eng yuqori darajasi) bir butun holda va bo‘lak qismlarda aniqlanadi. Bularni tasvirlash, ifodali ko‘rsatish bu yillar davomida egallangan tajribaga bog‘liq. Tajriba orqali har bir dirijyor o‘zining dirijorlik uslublarini tanlash va asarning ifodali ijro qilish qobiliyati, mahorati va salohiyatini rivojlantirib boradi.
FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR: 41. Akhmedov, B. (2023). The first formation processes of uzbek vocal performance. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 2(8), 126-128. 42. Sayfiddinovich, A. B. (2025). Dirijorlik fani haqida. Research Focus, 4(Scecial Issue 3), 222-233. 43. Sayfiddinovich, A. B. (2025, December). Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida musiqaga jo‘r bo‘lish faoliyatini shakllantirish. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 584-587).. 44. Akhmedov, B. (2026, February). Development of students'musical abilities on the basis of integrative activities in music classes. In International Conference on Science, Education & Law (Vol. 2, No. 2, pp. 120-123). 45. Akhmedov, B. (2026, February). The role of music in the formation of personality. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 72-76). 46. Akhmedov, B. (2026, February). Technical and expressive aspects of the conducting apparatus. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 68-71). 47. Ahmedov, B. S. (2026). Umumta’lim maktablari musiqa darslarida musiqa tinglash jarayonining metodik asoslari. Science and Education, 7(2), 182-187. 48. Sayfiddinovich, A. B. (2025, December). Уettinchi sinfda musiqa о‘qitishning vazifalari va mazmuni. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 525-531). 49. Botirkhanovich, S. B. (2024). The Structure of Kashkar Rubab, And Methods of Their Execution. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 5(1), 19-22. 50. Shokirkhonov, B. (2026, February). DEVELOPMENT OF STUDENTS’PERFORMING AND MUSICAL ABILITIES THROUGH INSTRUMENTS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 77-79). 51. Botirxonovich, S. B. (2025). MUSIQA NAZARIYASI FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH METODIKASI. FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities., 13(7), 139-150. 52. Toshmatov, G. U. O. (2026). Musiqa ta’limi jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 7(2), 195-201. 53. Тошматов, Ғ., & Турдалиева, О. (2023). ТАЛАБАЛАРНИ МУСТАҚИЛ ИШЛАШГА ҚИЗИҚТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Универсальная индексная библиотека Евразийского журнала академических исследований, 3(6), 162-166. 54. Olimjonovich, T. G., & Komiljanovna, D. G. (2022). The Importance of the Festival “East Songs” in the Introduction and Development of National Classical Music of the Peoples of the East. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(6), 195- 199.
55. Abduraimov, S. (2024). METHODS OF USING PRACTICAL METHODS IN MUSIC CULTURE LESSONS IN HIGH SCHOOLS. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(6), 22-25. 56. Abduraimov, S. Z. (2024). MUSIQA TO‘GARAKLARI ASOSIDA O‘QUVCHILARDA MILLIY RUHIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. Inter education & global study, (5 (1)), 44-51. 57. Erdonov, S. B., Maxmudov, A. V., Abduraimov, O. S., Allamurotov, A. L., Mavlanov, B. J., & Mamatkasimov, O. T. (2023). On Reserves of Hippophae rhamnoides L. Fruit on the Territory of the Zarafshan National Nature Park of Uzbekistan. American Journal of Plant Sciences, 14, 946-954. 58. Asrakulova, A. (2025). ECONOMIC VIEWS OF ABU NASR FORABI. Инновационные исследования в науке, 4(2), 65-68. 59. Nabievna, A. A. (2025). ECONOMIC THOUGHTS OF YUSUF KHOS KHOJIB. Web of Humanities: Journal of Social Science and Humanitarian Research, 3(2), 212-214. 60. Asrakulova, A. (2025, February). HISTORICAL-PHILOSOPHICAL AND PUBLIC ADMINISTRATION ISSUES IN NIZAMULMULK’S “SIYOSATNOMA”. In Международная конференция академических наук (Vol. 4, No. 2, pp. 85-88). 61. Jurayeva, G. (2025). TALABALARNING O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARIDA IJROCHILIK MAHORATLARINI OSHIRISHDA USTOZ-SHOGIRD AN'ANALARINING O'RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 535538. 62. Jurayeva, G. (2024). MUSIQA FANIDA XALQ CHOLG'ULARINI O'RGATISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH. Universal Science Perspectives International Scientific Practical Journal, 1(1). 63. Jo‘Rayeva, G. Z. Q. (2026). STEM yondashuvi asosida musiqa nazariyasi ta’limini rivojlantirish yo‘llari. Science and Education, 7(2), 169-174. 64. Akhmedov, B. (2026, February). THE ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF PERSONALITY. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 72-76). 65. Akhmedov, B. (2026, February). TECHNICAL AND EXPRESSIVE ASPECTS OF THE CONDUCTING APPARATUS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 68-71). 66. Ahmedov, B. S. (2026). Umumta’lim maktablari musiqa darslarida musiqa tinglash jarayonining metodik asoslari. Science and Education, 7(2), 182-187. 67. Tajiboyev, E. (2025). O‘ZBEK MILLIY QADRIYATLARINING TARIXIY MEROSI VA ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O‘RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3). 68. Tajiboev, E. (2025). ORGANIZATION OF AN OUT-OF-CLASS MUSIC CLUB IN COMPREHENSIVE SECONDARY SCHOOLS. Развитие и инновации в науке, 4(2), 13-16 69. Tajiboyev, E. M. (2026). Scientific and pedagogical foundations of developing the skills of listening to national music in higher education system. Science and Education, 7(1), 1038-1043. 70. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). O‘quvchilarning STEAM ta’lim texnologiyalarini qo‘llash asosida muammolarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(2), 157-161. 71. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqiy mashg‘ulotlar orqali talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(3), 388-391. 72. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqa ta’limida STEM texnologiyalari va milliy musiqa integratsiyasi. Science and Education, 7(3), 392-395. 73. Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalarida ritmik kompetensiyani rivojlantirishning metodik asoslari. Science and Education, 7(1), 960-965.
74. Odilova, G. (2025). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA BOLALAR BILAN ISHLASHDA MULOQOT TEXNOLOGIYASIDA. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 367-370. 75. Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi orqali bolaga emotsional yondashish tendensiyalari. Science and Education, 7(2), 162-168. 76. Gaziyev, J. J. (2021). STYLISTIC FEATURES OF THE WORK OF FRANZ JOSEPH HAYDN. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 215-217). 77. JURAKHONOVICH, G. J., & KARIMBERDIEVICH, R. K. Renewing the System of the Country and the Role and Significance of Art and Culture in Today's New Level of Modernization in Our Life. JournalNX, 6(05), 7-9. 78. Joraxanovich, G. J. (2025). XIX ASR OHIRI XX ASR BOSHLARIDA YEVROPADA MUSIQA PSIXOLOGIYASI RIVOJLANISHI. Научный Импульс, 4(37), 157-161. 79.Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025, December). RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PEDAGOGIKA YO‘NALISHI TALABALARI KREATIV FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 1156-1159). 80.Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025). MUSIQA TA’LIMINI BARCHA TALABALAR UCHUN INKLYUZIV TARTIBDA TASHKIL ETISH. “Iqtidorli talabalar ilmiy xabarlari" ilmiy-uslubiy jurnali, 1(2), 3-9.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar0 ta adabiyot
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012141
- Nashr sanasi
- 2026-04-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/2131
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 616–621
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25