BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARNING MUSTAQIL TA‘LIMINI TASHKIL ETISHDA KREDIT-MODUL TIZIMINING IMKONIYATLARI
Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich, Turg‘unboyeva DilshodaNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026
KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 640–648
Annotatsiya
Ushbu maqola bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligida mustaqil ta‘limning o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Zamonaviy ta‘lim tizimida kredit-modul tizimi talabalarning mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada ushbu tizimning musiqa pedagogikasi sohasida mustaqil ta‘limni tashkil etishdagi imkoniyatlari atroflicha yoritiladi. Kredit-modul tizimi orqali talabalarga o‘quv dasturlarini moslashtirish, shaxsiy o‘quv traektoriyalarini yaratish, o‘zlashtirish tezligini belgilash hamda ijodiy va amaliy ko‘nikmalarni mustaqil rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratilishi ko‘rsatiladi. Shuningdek, tizimning talabalarda o‘z-o‘zini boshqarish, tanqidiy fikrlash va mas‘uliyatni oshirishdagi roli hamda musiqa o‘qituvchilarining kelajakdagi faoliyatida zarur bo‘lgan pedagogik va ijrochilik mahoratini rivojlantirishdagi samaradorligi asoslab beriladi. Maqola kredit-modul tizimini musiqa ta‘limi amaliyotiga joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.
Boshqa tillarda
ruschaВОЗМОЖНОСТИ КРЕДИТНО-МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЫ В ОРГАНИЗАЦИИ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ МУЗЫКИ
Данная статья анализирует роль и значение самостоятельного обучения в профессиональной подготовке будущих учителей музыки. В современной системе образования кредитно-модульная система считается важным средством формирования у студентов навыков самостоятельного получения знаний. В статье всесторонне освещаются возможности данной системы в организации самостоятельного обучения в сфере музыкальной педагогики. Показывается, что посредством кредитно-модульной системы для студентов создаются широкие условия для адаптации учебных программ, построения индивидуальных образовательных траекторий, определения темпа усвоения материала, а также самостоятельного развития творческих и практических навыков. Кроме того, обосновываются роль системы в повышении у студентов самоуправления, критического мышления и ответственности, а также её эффективность в развитии педагогического и исполнительского мастерства, необходимого в будущей деятельности учителей музыки. Статья также включает методические рекомендации по внедрению кредитно-модульной системы в практику музыкального образования.
inglizchaOPPORTUNITIES OF THE CREDIT-MODULE SYSTEM IN ORGANISING INDEPENDENT LEARNING FOR FUTURE MUSIC TEACHERS
This article analyzes the role and importance of independent learning in the professional training of future music teachers. In the modern education system, the credit-module system is regarded as an important means of forming students‘ skills of independent knowledge acquisition. The article comprehensively elucidates the possibilities of this system in organizing independent learning in the field of music pedagogy. It is shown that the credit-module system creates broad conditions for students to adapt curricula, to construct individual learning trajectories, to determine the pace of their own progress and to develop creative and practical skills independently. The article also substantiates the role of the system in enhancing students‘ self-management, critical thinking and sense of responsibility, as well as its effectiveness in developing the pedagogical and performing mastery required in the future professional activity of music teachers. The article likewise includes methodological recommendations for introducing the credit-module system into the practice of music education.
Kalit so‘zlar
- musiqa
- musiqa ta‘limi
- metodika
- pedagogik yondashuv
- ijodiy rivojlanish
- estetik tarbiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
BО’LАJАK MUSIQA О‘QITUVСHILАRNING MUSTАQIL TА’LIMINI TАSHKIL ЕTISHDА KREDIT-MODUL TIZIMINING IMKОNIYАTLARI
Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich NamDPI ART pedagogika kafedrasi v.b dotsenti Turgʻunboyeva Dilshoda NamDPI Musiqa ta‘limi yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqola bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligida mustaqil ta’limning o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Zamonaviy ta’lim tizimida kredit-modul tizimi talabalarning mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada ushbu tizimning musiqa pedagogikasi sohasida mustaqil ta’limni tashkil etishdagi imkoniyatlari atroflicha yoritiladi. Kredit-modul tizimi orqali talabalarga o‘quv dasturlarini moslashtirish, shaxsiy o‘quv traektoriyalarini yaratish, o‘zlashtirish tezligini belgilash hamda ijodiy va amaliy ko‘nikmalarni mustaqil rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratilishi ko‘rsatiladi. Shuningdek, tizimning talabalarda o‘z-o‘zini boshqarish, tanqidiy fikrlash va mas’uliyatni oshirishdagi roli hamda musiqa o‘qituvchilarining kelajakdagi faoliyatida zarur bo‘lgan pedagogik va ijrochilik mahoratini rivojlantirishdagi samaradorligi asoslab beriladi. Maqola kredit-modul tizimini musiqa ta’limi amaliyotiga joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: Kredit-modul tizimi, Mustaqil ta’lim, Musiqa pedagogikasi, Bo‘lajak o‘qituvchilar, Kasbiy kompetensiya
KIRISH Hozirgi global transformatsiyalar davrida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, xususan, oliy ta’limda talabalar mustaqil ta’limini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalishda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda bo‘lib, ta’lim jarayonida o‘qitish metodlari va shakllariga yangicha yondashuvlar joriy etilmoqda. Musiqa o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida mustaqil ta’limning samaradorligini oshirish alohida e’tibor talab qiladi, chunki bu ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va zamonaviy pedagogik talablarga javob berishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. An’anaviy ta’lim usullari ko‘pincha talabalarning shaxsiy o‘rganish sur’atlari va qiziqishlarini to‘liq hisobga olmasligi, mustaqil fikrlash va muammolarni yechish ko‘nikmalarini yetarlicha rivojlantirmasligi mumkin. Shu bois, ta’lim jarayonini yanada moslashuvchan, shaxsga yo‘naltirilgan va talabaning faolligini oshiruvchi tizimlarni joriy etish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Kredit-modul tizimi aynan ana shunday yondashuvlardan biri bo‘lib, u talabalarga o‘quv dasturlarini o‘z ehtiyojlari va maqsadlariga moslashtirish, o‘quv
yuklamasini mustaqil boshqarish hamda o‘zlashtirish jarayonida mas’uliyatni his qilish imkoniyatini yaratadi. Bu tizim mustaqil ta’limni faollashtirish, talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish motivatsiyasini shakllantirish va ularning ijodiy yondashuvlarini rag’batlantirish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Mazkur maqola bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining mustaqil ta’limini tashkil etishda kredit-modul tizimining salohiyatini, uning afzalliklari va samaradorligini har tomonlama tahlil qilishga, shuningdek, ushbu tizimni musiqa ta’limi amaliyotida qo‘llash mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan. Ushbu tadqiqot natijalari musiqa pedagogikasi sohasida mustaqil ta’limni takomillashtirishga va malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR SHARHI Kredit-modul tizimi oliy ta’limda keng tarqalgan bo‘lib, talabalarga o‘quv jarayonini moslashuvchan rejalashtirish hamda o‘z o‘quv yuklamalarini mustaqil boshqarish imkonini beradi. Bu tizim mustaqil ta’limni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki u talabaning o‘z-o‘zini boshqarish, mas’uliyat va shaxsiy javobgarlik hissini oshiradi. Pedagogika sohasida, xususan, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta’limning roli alohida ahamiyatga ega. Musiqa pedagogikasi talabalari nafaqat nazariy bilimlarni egallashlari, balki ijrochilik va metodik ko‘nikmalarni ham mustaqil ravishda takomillashtirishlari lozim [3]. Ayrim tadqiqotchilar ta’kidlashicha, kredit-modul tizimi o‘quv dasturlarini modullarga ajratish orqali talabalarga o‘z ehtiyojlari va qiziqishlariga mos yo‘nalishlarni tanlash imkonini beradi, bu esa ularning motivatsiyasini oshiradi. Mustaqil ta’limning samaradorligi talabaning o‘quv resurslaridan foydalanish qobiliyati va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalariga bevosita bog’liqdir. Musiqa ta’limida esa bu ijodiy jarayonlarni chuqurlashtirish, shaxsiy ijrochilik mahoratini rivojlantirish va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun zarurdir. Mavjud adabiyotlar kredit-modul tizimi sharoitida musiqa o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta’limga ajratilgan soatlarning ko‘payishi talabalarning professional kompetensiyalarini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Biroq, ushbu tizimning musiqa ta’limi kontekstida mustaqil ta’limni tashkil etishdagi o‘ziga xos imkoniyatlari va muammolari hali to‘liq o‘rganilmagan. Mavjud adabiyotlar asosan umumiy pedagogik yondashuvlarni yoritadi, musiqa pedagogikasi o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda chuqur tahlil kam uchraydi. Kredit-modul tizimi va mustaqil ta’lim bo‘yicha asosiy adabiyotlar tahlili Muallif/Manba Tadqiqotning asosiy Kredit-modul tizimi Mustaqil ta’limga yo‘nalishi bilan bog’liqligi qo‘shgan hissasi Tretyakov P.I., Pedagogik jarayonda Kredit-modul tizimi Talabalarning o‘quv Kamaliyev R.M. mustaqil ta’limni tashkil mustaqil ishlarni faoliyatini individualizatsiya etishning nazariy tizimlashtirish, nazorat qilish, shaxsiy mas’uliyatini
asoslari va amaliy qilish va baholashda oshirish va faollashtirish mexanizmlari. samarali vosita mexanizmlarini ishlab ekanligini ko‘rsatadi. chiqqan. Omonov J., Oliy ta’limda kredit- Tizimning ta’lim Modullar doirasida mustaqil Abduxalilov A. modul tizimini joriy sifatini oshirish, o‘quv topshiriqlar hajmini aniq etishning milliy jarayonini belgilash orqali talabalar tajribasi, afzalliklari va moslashuvchan qilish mustaqilligini yuzaga kelayotgan va xalqaro rag’batlantirish usullarini muammolar. standartlarga taklif etgan. integratsiyalashuvdagi rolini tahlil qilgan. Mirzayeva N.L. Bo‘lajak musiqa Musiqa ta’limida Talabalarning mustaqil o‘qituvchilarining individual o‘quv ijodiy izlanishlari, repertuar kasbiy traektoriyalarini tanlash, tahlil qilish va ijro kompetensiyalarini yaratishda kredit- etish bo‘yicha rivojlantirishda modul tizimining ko‘nikmalarini innovatsion salohiyatini ochib shakllantirishga alohida yondashuvlar va bergan, ijodiy ahamiyat bergan. zamonaviy erkinlikni ta’minlashga texnologiyalar. e’tibor qaratgan. Karimova G.S. Talabalarda o‘z-o‘zini Kredit-modul tizimi Mustaqil ta’lim boshqarish va o‘quv sharoitida talabalardan samaradorligini oshirish motivatsiyasini yuqori darajada uchun talabalarga vaqtni shakllantirishning mustaqillik, boshqarish, o‘quv psixologik-pedagogik tashabbuskorlik va resurslaridan samarali asoslari va shart- o‘z-o‘zini tashkil etish foydalanish va o‘z-o‘zini sharoitlari. talab etilishini asoslab baholash bo‘yicha amaliy bergan. tavsiyalar bergan.
METODOLOGIYA Tadqiqot metodologiyasi aralash usulga asoslangan bo‘lib, u kredit-modul tizimi sharoitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining mustaqil ta’limini tashkil etish imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Ushbu yondashuv miqdoriy va sifat tahlil usullarini uyg’unlashtirib, mavzuga keng qamrovli yondashuvni ta’minlaydi. Tadqiqotning empirik bosqichida O‘zbekiston Respublikasining bir nechta oliy ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar (N=380) va professor-o‘qituvchilar (N=50) ishtirokida standartlashtirilgan so‘rovnomalar o‘tkazildi. So‘rovnomalar mustaqil ta’limga bo‘lgan munosabat, kredit-modul tizimining afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, uning musiqa ta’limidagi o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan edi. Sifat tahlili uchun tanlangan universitetlarning musiqa fakultetlarida faoliyat yuritayotgan yetakchi mutaxassislar va tajribali o‘qituvchilar bilan yarimstrukturalashtirilgan intervyular o‘tkazildi. Intervyular mustaqil ta’limni tashkil etishda kredit-modul tizimining pedagogik imkoniyatlari, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqidagi ekspert fikrlarini yig’ishga xizmat qildi. Bundan tashqari, musiqa ta’limi bo‘yicha amaldagi o‘quv rejalari, dasturlar va o‘quvuslubiy materiallar chuqur tahlil qilinib, kredit-modul tizimi asosida mustaqil ta’limni samarali tashkil etish mexanizmlari o‘rganildi. To‘plangan miqdoriy ma’lumotlar statistik usullar (SPSS dasturi yordamida ANOVA va korrelyatsiya tahlili) bilan, sifat ma’lumotlari esa tematik tahlil yordamida kompleks tahlil qilindi. Tadqiqotda ishtirokchilarning huquqlari va shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligi ta’minlandi.
NATIJALAR O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining mustaqil ta’limini tashkil etishda kredit-modul tizimining (KMT) muhim imkoniyatlarini yaqqol namoyish etdi. Tajriba-sinov ishlari davomida talabalarning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalari sezilarli darajada oshgani kuzatildi. Xususan, KMT joriy etilgan guruhlarda talabalarning o‘quv adabiyotlari bilan ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish va ijodiy yondashuvni qo‘llash qobiliyatlari 25-30% ga yaxshilangani aniqlandi. So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, talabalarning 85% dan ortig’i KMT ularning o‘quv jarayoniga bo‘lgan motivatsiyasini oshirganini va shaxsiy o‘quv traektoriyalarini shakllantirishda ko‘proq erkinlik berganini ta’kidladi. Bu esa musiqa ta’limi yo‘nalishida o‘ziga xos ijodiy yondashuvlarni rivojlantirishga zamin yaratdi. Amaliy mashg’ulotlarda KMT doirasida mustaqil bajarilgan loyihalar va tadqiqot ishlari talabalarning kasbiy kompetensiyalarini, ayniqsa, asbobda chalish, vokal ijro etish va musiqa nazariyasini chuqur o‘zlashtirish borasidagi malakalarini sezilarli darajada oshirdi. O‘rtacha ballar statistikasi KMT qo‘llanilgan guruhlarda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari nazorat guruhlariga nisbatan 15-20% yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Bu natijalar KMT ning kelajak musiqa o‘qituvchilarini tayyorlashdagi samaradorligini tasdiqlaydi. Kredit-modul tizimining bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari mustaqil ta’limiga ta’siri natijalari
O‘quv jarayonining jihati An’anaviy ta’lim tizimi Kredit-modul ta’lim tizimi Mustaqil ishni tashkil Qat’iy belgilangan, nazoratga Moslashuvchan, talabaning etish asoslangan, talaba tanlov individual ehtiyojlariga imkoniyati cheklangan. yo‘naltirilgan, mustaqil rejalashtirish imkoniyati keng. O‘qitish metodikasi va Asosan ma’ruzalar, standart Modulli dasturlar, zamonaviy resurslari darsliklar, cheklangan raqamli axborot-kommunikatsiya resurslar. texnologiyalari (AKT), keng elektron resurslar bazasi. Baholash va nazorat Davriy nazoratlar, yakuniy Ball-reyting tizimi, oraliq va imtihonlar, ko‘pincha jarayon yakuniy baholash, talabaning emas, natijaga qaratilgan. faolligi va erishgan kreditlari asosida, shaffoflik. Kompetensiyalarni Asosan nazariy bilim va ijrochilik Shaxsiy va kasbiy rivojlantirish ko‘nikmalariga urg’u, tanqidiy kompetensiyalarni rivojlantirish, fikrlash kam rag’batlantirilgan. ijodiy va tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish. O‘quv motivatsiyasi va Tashqi rag’batlantirishga bog’liq, Talabaning o‘z ta’lim mas’uliyat ba’zan majburiy hisoblanadi, traektoriyasini tanlash imkoniyati, mas’uliyatni shakllantirish sust. ichki motivatsiyani oshirish, o‘zlashtirishga va o‘z-o‘zini boshqarishga mas’uliyatni kuchaytirish.
MUHOKAMA Kredit-modul tizimi bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining mustaqil ta’limini tashkil etishda muhim imkoniyatlar yaratadi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu tizim talabalarga o‘z o‘quv traektoriyasini shakllantirish, o‘quv yuklamasini mustaqil boshqarish va shaxsiy qiziqishlariga mos keladigan fanlarni tanlash imkonini beradi. Bu esa ularning mas’uliyatini oshirib, o‘z-o‘zini rivojlantirish, shuningdek, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Musiqa o‘qituvchilari nafaqat nazariy bilimlarni chuqur egallaydi, balki ijodiy fikrlash, musiqiy muammolarni yechish va innovatsion pedagogik yondashuvlarni qo‘llash qobiliyatini ham samarali shakllantiradi. Ushbu topilmalar zamonaviy pedagogik yondashuvlar va xalqaro ta’lim standartlariga to‘liq mos keladi. Tadqiqotimiz shuni tasdiqladiki, kredit-modul tizimi mustaqil ta’lim jarayonini faollashtirib, talabalarning o‘zlashtirish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Xususan, musiqa pedagogikasi fanlarida modulli yondashuv talabalarga murakkab mavzularni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish, amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish, ijrochilik mahoratini takomillashtirish va ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun keng sharoit yaratadi. Bu esa ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida raqobatbardosh bo‘lishiga zamin yaratadi. Garchi tizimning afzalliklari ko‘p bo‘lsa-da, uning to‘liq salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun pedagogik va metodik qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, jumladan,
interaktiv o‘quv materiallarini ishlab chiqish zarur. Kelajakdagi tadqiqotlar kreditmodul tizimi sharoitida musiqa ta’limining o‘ziga xos xususiyatlarini, ayniqsa talabalarning ijodiy jarayonlarini baholash mexanizmlarini chuqurroq o‘rganishga qaratilishi mumkin.
XULOSA Ushbu tadqiqot kelajak musiqa oʻqituvchilarining mustaqil taʼlimini tashkil etishda kredit-modul tizimining salohiyatini chuqur oʻrganib chiqdi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, mazkur tizim talabalarga oʻquv jarayonini individual tarzda rejalashtirish, oʻzlashtirish tezligini belgilash va materialga chuqurroq yondashish imkoniyatini beradi. Bu ularda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va kasbiy mas’uliyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kredit-modul tizimi, ayniqsa, musiqa taʼlimi kontekstida, talabalarning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish keng imkoniyatlar yaratadi. Talabalar oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha modullarni tanlashlari, ijodiy loyihalarda ishtirok etishlari va oʻz ijro mahoratini mustaqil ravishda oshirishlari mumkin. Bu ularning kelajakdagi pedagogik faoliyatida zarur innovatsion yondashuvlarni egallashiga yordam beradi. Tizimning moslashuvchanligi talabalarga oʻz kuchli tomonlarini aniqlash va ularni rivojlantirishga qaratilgan oʻquv yoʻnalishlarini shakllantirishga imkon beradi. Xulosa qilib aytganda, kredit-modul tizimi boʻlajak musiqa oʻqituvchilarini zamonaviy taʼlim talablariga javob beradigan, mustaqil va ijodkor mutaxassislar sifatida tayyorlashda fundamental vosita hisoblanadi. U oʻqituvchi-talaba munosabatlarida ham yangi yondashuvlarni ragʻbatlantirib, talabaning faolligi va subyektligini oshiradi. Shu bois, ushbu tizimni musiqa taʼlimi jarayoniga toʻliq integratsiya qilish kelajak avlod musiqa pedagoglarining sifatini oshirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar36 ta adabiyot
- Alimov, A. N. (2020). “Oliy ta’limda kredit-modul tizimini joriy etish masalalari”. Toshkent: Fan va texnologiyalar.
- Karimova, M. K. (2021). Musiqa pedagogikasida talabalarning mustaqil ta’limini rivojlantirish. “O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari”, 112-117.
- Saidov, N. R. (2022). Musiqa ta’limi tizimida kredit-modul texnologiyalarini qo‘llashning innovatsion yondashuvlari. “San’atshunoslik muammolari”, 56-59.
- 7. Sobirova, G. S., & Yuldashev, D. S. (2019). “Mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi”. Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti.
- Botirkhanovich, S. B. (2024). The Structure of Kashkar Rubab, And Methods of Their Execution. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 5(1), 19-22.
- Shokirkhonov, B. (2026, February). DEVELOPMENT OF STUDENTS’PERFORMING AND MUSICAL ABILITIES THROUGH INSTRUMENTS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 77-79).
- Botirxonovich, S. B. (2025). MUSIQA NAZARIYASI FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH METODIKASI. FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities., 13(7), 139-150.
- Toshmatov, G. U. O. (2026). Musiqa ta’limi jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 7(2), 195-201.
- Тошматов, Ғ., & Турдалиева, О. (2023). ТАЛАБАЛАРНИ МУСТАҚИЛ ИШЛАШГА ҚИЗИҚТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Универсальная индексная библиотека Евразийского журнала академических исследований, 3(6), 162-166.
- Olimjonovich, T. G., & Komiljanovna, D. G. (2022). The Importance of the Festival “East Songs” in the Introduction and Development of National Classical Music of the Peoples of the East. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(6), 195-199.
- Abduraimov, S. (2024). METHODS OF USING PRACTICAL METHODS IN MUSIC CULTURE LESSONS IN HIGH SCHOOLS. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(6), 22-25.
- Abduraimov, S. Z. (2024). MUSIQA TO ‘GARAKLARI ASOSIDA O ‘QUVCHILARDA MILLIY RUHIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. Inter education & global study, (5 (1)), 44-51.
- Erdonov, S. B., Maxmudov, A. V., Abduraimov, O. S., Allamurotov, A. L., Mavlanov, B. J., & Mamatkasimov, O. T. (2023). On Reserves of Hippophae rhamnoides L. Fruit on the Territory of the Zarafshan National Nature Park of Uzbekistan. American Journal of Plant Sciences, 14, 946-954.
- Asrakulova, A. (2025). ECONOMIC VIEWS OF ABU NASR FORABI. Инновационные исследования в науке, 4(2), 65-68.
- Nabievna, A. A. (2025). ECONOMIC THOUGHTS OF YUSUF KHOS KHOJIB. Web of Humanities: Journal of Social Science and Humanitarian Research, 3(2), 212-214.
- Asrakulova, A. (2025, February). HISTORICAL-PHILOSOPHICAL AND PUBLIC ADMINISTRATION ISSUES IN NIZAMULMULK’S “SIYOSATNOMA”. In Международная конференция академических наук (Vol. 4, No. 2, pp. 85-88).
- Jurayeva, G. (2025). TALABALARNING O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARIDA IJROCHILIK MAHORATLARINI OSHIRISHDA USTOZ-SHOGIRD AN'ANALARINING O'RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 535538.
- Jurayeva, G. (2024). MUSIQA FANIDA XALQ CHOLG'ULARINI O'RGATISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH. Universal Science Perspectives International Scientific Practical Journal, 1(1).
- Jo‘Rayeva, G. Z. Q. (2026). STEM yondashuvi asosida musiqa nazariyasi ta’limini rivojlantirish yo ‘llari. Science and Education, 7(2), 169-174.
- Akhmedov, B. (2026, February). THE ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF PERSONALITY. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 72-76).
- Akhmedov, B. (2026, February). TECHNICAL AND EXPRESSIVE ASPECTS OF THE CONDUCTING APPARATUS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 68-71).
- Ahmedov, B. S. (2026). Umumta’lim maktablari musiqa darslarida musiqa tinglash jarayonining metodik asoslari. Science and Education, 7(2), 182-187.
- Tajiboyev, E. (2025). O ‘ZBEK MILLIY QADRIYATLARINING TARIXIY MEROSI VA ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O ‘RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3).
- Tajiboev, E. (2025). ORGANIZATION OF AN OUT-OF-CLASS MUSIC CLUB IN COMPREHENSIVE SECONDARY SCHOOLS. Развитие и инновации в науке, 4(2), 13-16
- Tajiboyev, E. M. (2026). Scientific and pedagogical foundations of developing the skills of listening to national music in higher education system. Science and Education, 7(1), 1038- 1043.
- Usmonjanova, G. A. Q. (2026). O ‘quvchilarning STEAM ta’lim texnologiyalarini qo ‘llash asosida muammolarni yechish ko ‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(2), 157-161.
- Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqiy mashg ‘ulotlar orqali talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(3), 388-391.
- Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqa ta’limida STEM texnologiyalari va milliy musiqa integratsiyasi. Science and Education, 7(3), 392-395.
- Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi yo ‘nalishi talabalarida ritmik kompetensiyani rivojlantirishning metodik asoslari. Science and Education, 7(1), 960-965.
- Odilova, G. (2025). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA BOLALAR BILAN ISHLASHDA MULOQOT TEXNOLOGIYASIDA. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 367-370.
- Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi orqali bolaga emotsional yondashish tendensiyalari. Science and Education, 7(2), 162-168.
- Gaziyev, J. J. (2021). STYLISTIC FEATURES OF THE WORK OF FRANZ JOSEPH HAYDN. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 215-217).
- JURAKHONOVICH, G. J., & KARIMBERDIEVICH, R. K. Renewing the System of the Country and the Role and Significance of Art and Culture in Today's New Level of Modernization in Our Life. JournalNX, 6(05), 7-9.
- Joraxanovich, G. J. (2025). XIX ASR OHIRI XX ASR BOSHLARIDA YEVROPADA MUSIQA PSIXOLOGIYASI RIVOJLANISHI. Научный Импульс, 4(37), 157-161.
- Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025, December). RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PEDAGOGIKA YO ‘NALISHI TALABALARI KREATIV FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 1156-1159).
- Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025). MUSIQA TA’LIMINI BARCHA TALABALAR UCHUN INKLYUZIV TARTIBDA TASHKIL ETISH. “Iqtidorli talabalar ilmiy xabarlari" ilmiy-uslubiy jurnali, 1(2), 3-9.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012145
- Nashr sanasi
- 2026-04-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/2135
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 640–648
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25