MUSIQA DARSLARIDA NAZARIY BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Tursunpo‘latova Madinabonu Xalimjon qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026
KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 578–584
Annotatsiya
Mazkur maqola pedagogik jarayonni samarali tashkil etishda o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi hamkorlikni, shuningdek, ta‘lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyatini ta‘kidlaydi. O‘qituvchining dars jarayonida faol ishtiroki, o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishini oshirish va ularning mustaqil fikrlashini rag‘batlantirish muhim o‘rin tutadi. Maqolada bilish jarayoni, o‘quvchi faolligini oshirishda pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Dars jarayonini texnologik xarita asosida loyihalashtirish, o‘quvchining imkoniyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlash orqali samarali natijaga erishish mumkinligi ta‘kidlanadi. Maqolada, shuningdek, o‘quvchilarning hayotiy tajribasi, avvalgi bilimlari va pedagogik metodlarning ularga ta‘siri haqida psixologik nuqtai nazardan ham fikr yuritilgan. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida sezish, idrok, xotira va tafakkurning roli muhim ekani, o‘qituvchi o‘quvchining qiziqishini oshirish uchun innovatsion texnologiyalarni qo‘llashi zarurligi ta‘kidlanadi.
Boshqa tillarda
ruschaПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ УСВОЕНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКИХ ЗНАНИЙ НА УРОКАХ МУЗЫКИ
В настоящей статье подчёркивается значение сотрудничества между учеником и учителем в эффективной организации педагогического процесса, а также роль современных педагогических технологий в образовательном процессе. Важное место занимают активное участие учителя в ходе урока, повышение интереса учащихся к получению знаний и стимулирование их самостоятельного мышления. В статье рассмотрены процесс познания, значение педагогических технологий и инновационных методов в повышении активности учащихся. Отмечается, что эффективного результата можно достичь посредством проектирования урока на основе технологической карты и работы с учётом возможностей и потребностей ученика. Кроме того, в статье с психологической точки зрения рассматриваются жизненный опыт учащихся, их прежние знания и влияние на них педагогических методов. Подчёркивается, что в процессе усвоения знаний важна роль ощущения, восприятия, памяти и мышления, и что учителю необходимо применять инновационные технологии для повышения интереса ученика.
inglizchaPEDAGOGICAL CONDITIONS FOR MASTERING THEORETICAL KNOWLEDGE IN MUSIC LESSONS
The present article emphasizes the cooperation between pupil and teacher in the effective organization of the pedagogical process, as well as the importance of modern pedagogical technologies in the educational process. The teacher‘s active participation in the lesson, the enhancement of pupils‘ interest in acquiring knowledge and the encouragement of their independent thinking occupy an important place. The article considers the process of cognition and the importance of pedagogical technologies and innovative methods in increasing pupils‘ activity. It is emphasized that effective results can be achieved by designing the lesson on the basis of a technological map and by working with due regard for the pupil‘s capabilities and needs. The article also reflects, from a psychological point of view, on pupils‘ life experience, their prior knowledge and the influence of pedagogical methods upon them. It is stressed that sensation, perception, memory and thinking play an important role in the process of assimilating knowledge, and that the teacher must apply innovative technologies in order to increase the pupil‘s interest.
Kalit so‘zlar
- musiqa
- musiqa ta‘limi
- metodika
- pedagogik yondashuv
- ijodiy rivojlanish
- estetik tarbiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
MUSIQA DARSLARIDA NAZARIY BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Tursunpo'latova Madinabonu Xalimjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi va san’at yo‘nalishi 1-bosqich magistranti
Annotatsiya: Mazkur maqola pedagogik jarayonni samarali tashkil etishda o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi hamkorlikni, shuningdek, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyatini ta'kidlaydi. O'qituvchining dars jarayonida faol ishtiroki, o'quvchilarning bilim olishga qiziqishini oshirish va ularning mustaqil fikrlashini rag'batlantirish muhim o'rin tutadi. Maqolada bilish jarayoni, o’quvchi faolligini oshirishda pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlarning ahamiyati ko'rib chiqilgan. Dars jarayonini texnologik xarita asosida loyihalashtirish, o'quvchining imkoniyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlash orqali samarali natijaga erishish mumkinligi ta'kidlanadi. Maqolada, shuningdek, o’quvchilarning hayotiy tajribasi, avvalgi bilimlari va pedagogik metodlarning ularga ta'siri haqida psixologik nuqtai nazardan ham fikr yuritilgan. Bilimlarni o'zlashtirish jarayonida sezish, idrok, xotira va tafakkurning roli muhim ekani, o'qituvchi o’quvchining qiziqishini oshirish uchun innovatsion texnologiyalarni qo'llashi zarurligi ta'kidlanadi. Kalit so‘zlar: Musiqa, o‘qituvchi, pedagog, ijro, xonanda, ovoz, xotira.
O’qituvchi dars jarayonida faol ishtirok etadi. O’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish, o’quv-metodik ishlarni olib borish, tashkiliy ishlarda ishtirok etish, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish o’qituvchi faoliyatining asosiy tomonlari hisoblanadi. O’quvchilarga bilim berish pedagog faoliyatida muhim o’rinni egallaydi. Zamon talabiga mos keladigan bilim tizimini o’quvchiga yetkazish, bilim olishga ularni qiziqtirish, bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchining faolligiga erishish hozirgi kundagi ta’lim jarayonida talab etilmoqda. Bilish jarayoni juda murakkabdir. Bilimning cheki yo’q. Odam hayotda kamroq bilishdan ko’proq bilish tamon boriladi. Avval narsa yoki xodisaning xususiyatlari aks ettirilsa keyinchalik uning mohiyati aks ettiriladi. Har bir shaxsda bilish ehtiyoji shakllanishi kerak. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: - o’quvchining dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
- o’quvchilarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlashi; - o’quvchining bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi; - pedagog va o’quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi. Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolari o’rganayotgan o’qituvchilar, ilmiy – tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya – bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq, hamda o’qitish jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan kompyuter, masofali o’qish, yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. O’qituvchi va o’quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnolgiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishi uchun balkim film, taraqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’lar, bular o’qituvchi va o’quvchiga bog’liq. O’qituvchi bilan bir qatorda o’qitish jarayoni oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonida o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitini, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoldiyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafotlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o’quvchini ta’limning markaziga olib chiqish kerak. O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit, holatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o’qituvchiga u tomonidan bo’lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o’quvchilarning imkoniyati va ehtiyojijan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o’qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogika va axborot texnologiyalardan xabardor bo’lishi, shuningdek, juda ko’p metodlar. Usullarni bilishi kerak bo’ladi. Har bir darsni rang-barang, qiziqarli bo’lishi avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyixalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq. Darsning texnologik xaritasini qay ko’rinishda yoki shaklda tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik kayta qanday tuzilgan bo’lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi hamda anik belgilangan maqsad, vazifa va kafotlangan natija, dars jarayonini
tashkil etishning texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak. Texnologik kartani tuzilishi o’qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday kartada dars jarayonining barcha qirralari o’z aksini topadi. O’qituvchi tomonidan o’zi o’qitayotgan fanning har bir mavzusi, har bir dars mashg’uloti bo’yicha tuzilgan yuqoridagi kabi texnologik karta unga fanni, predmetini yaxlit holda tasavvur etib yondoshishga, tushunishiga ( bir semestr, bir o’quv yili bo’yicha), yaxlit o’quv jarayoniningboshlanishi, maqsadidan tortib, erishiladigan natijasiga ko’ra olishiga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik kartani o’quvchining imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi uni shax sifatida ta’limning markaziga olib chiqishiga olib keladi. bu esa o’qitishning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. O’qitish jarayonida o’quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo’llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, ma’suliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga; eng asosiysi, o’qishga, fanga, pedagogika va o’zi tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishlarni kuchaytiradi. Bunday natijaga erishi amaliyotda o’quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo’llashni taqazo etadi. Ular juda hilma-hildir. Biz ulardan ba’zilari haqida to’xtalib o’tamiz va ularni o’tkazish tartibi haqida qo’llanma beramiz. Ushbu metodik qo’llanmada keltirilgan zamonaviy metodlar, yoki o’qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardor, yetuk mutaxassis bo’lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. O’quvchi faollik bilan bilimlarni o’zlashtirishi zarur. Bu jarayonga o’quvchining hayotiy tajribasi, mavjud bilimlari, bayon etilayotgan bilimlar tizimiga, fanga o’qishga munosabati ta’sir etadi. Bu sohada o’quvchilarning imkoniyati bir xil bo’lmaydi. Keng bilimga, boy hayotiy tajribaga ega, o’qish ko’nikmalarini o’zlashtirgan o’quvchilar o’qishda muvaffaqiyat bilan ishlaydi. Bilimlarni o’zlashtirishga o’quvchining avval o’zlashtirgan ta’limiy ko’nikma va malakalari ta’sir etadi. Psixologlarning ko’rsatishicha bilimlarni o’zlashtirish, bu yangi qabul etilayotgan informatsiyani o’quvchida avval mavjud bo’lgan informatsiyalar tizimiga kiritishdir. O’quvchida bilimlar qanchalik keng bo’lsa, yangi informatsiyani qabul etishi oson bo’ladi. Yana shunga e’tibor berish kerakki, o’qituvchi o’quvchidagi yangi o’rganilayotgan mavzuga oid informatsiyalarni tiklashi, mavzuni o’zlashtirishi uchun asos hosil qilishi zarur. Ayniqsa, yangi mavzuni boshlaganda o’quvchilarni
qiziqtiradigan savol qo’yilishi, muammoli vaziyatlar yaratilishi qiziqishni kuchaytiradi. O’qituvchi o’quvchiga ta’lim berishda maksimal foyda keltiradigan ish usullarini qo’llashi kerak. Psixologik nuqtai nazardan qaraganda o’quvchining bilish jarayoni sezish, idrok, xotira, tafakkur va hayolni o’z ichiga oladi. Sezish va idrok bilimning dastlabki, eng oddiy bosqichi hisoblanadi. Sezishda tashqi dunyo ta’surotlarining xususiyatlari bosh miyada alohida, alohida aks ettiriladi. Idrokda shu taassurotning yaxlit obrazi bosh miyada hosil bo’ladi. Idrok sezgiga nisbatan murakkab aks ettirish bosqichi bo’lib, unda odamning yoshi, bilimi, hayotiy tajribasi, nutqi, idrok ob’ektiga munosabati, ruhiy holati va boshqalar ta’sir etadi. Sezgi va idrok asosida odamning ichki dunyosi shakllanib boradi. Xotira shu sezilgan va idrok etilgan ta’surotlarni bosh miyada saqlab qolishini ta’minlaydi. Tashqi dunyo ta’surotlarini inson ongiga o’rnashishi, saqlanishi va keyinchalik qayta tiklanishi xotira hisoblanadi. Xotiraning har bir bosqichiga ta’lim jarayonida katta e’tibor berish kerak. Asosiy e’tiborni esda olib qolish bosqichiga qaratish foydalidir. Chunki , yaxshi esda olib qolingan ta’surot esda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Masalan: har bir shaxs hayotida muhim sanalarnitug’ilgan kunlar, maktabga birinchi borilgan kun, farzand tug’ilishi, mukofot olish va boshqalar doimo aniq eslanadi. Chunki, bunday tantanali (ayrim qayg’uli kunlar) inson shaxsiga kuchli ta’sir etadi va xotiraga qattiq o’rnashib qoladi. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi o‘rni va vazifalari murakkab va keng qamrovli bo‘lib, bilim berish, tarbiyalash va pedagogik faoliyatni tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy ta’lim o’quvchilarning faolligini oshirish, ularda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni shakllantirishni talab etadi. Ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun o‘qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va usullardan samarali foydalanishi, shuningdek, har bir o’quvchining imkoniyati va ehtiyojini hisobga olishi muhimdir. Dars jarayonini rejalashtirishda texnologik xarita kabi vositalardan foydalanish ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu vosita nafaqat o‘qituvchini darsni to‘liq va yaxlit holda tasavvur qilishiga yordam beradi, balki ta’lim samaradorligini oshiradi. Shuningdek, o’quvchining ta’lim markazida bo‘lishi uchun pedagogik jarayonni hamkorlikda tashkil etish zarur. Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali o’quvchilar mustaqil fikrlash, mantiqiy tahlil qilish va o‘zlashtirish darajasini oshiradilar. Bu esa ularda zamonaviy ta’lim jarayonlariga moslashish, yetuk mutaxassis sifatida shakllanish uchun zarur bo‘lgan kasbiy fazilatlarni rivojlantirish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, o‘qituvchi tomonidan individual yondashuv va o’quvchilarni bilimga
qiziqtirishga qaratilgan metodlar bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga va yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi. Umuman olganda, o‘qituvchining puxta rejalashtirilgan faoliyati, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashi va o‘quvchilar bilan hamkorlikda ishlashi ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uchun muhim shartdir.
1. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MILLIY MUSIQA–XALQ MADANIYATINING MA’NAVIY KO‘ZGUSI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 8(10), 107-109. 2. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MUSIQA O‘QITUVCHILAR DARSLARDA ILG‘OR TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH KO‘NIKMALARI. SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 8(9), 90-94. 3. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MUSIQA SAVODXONLIGI TUSHUNCHASI. FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES, 3(36), 220- 224. 4. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR TUSHUNCHASI. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(32), 87-91. 5. Qodir o‘g‘li, M. S. (2024). INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING MUSIQA TA'LIMIDA QO'LLANILISHI. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 3(28), 68-71. 6. Qodir o‘g‘li, M. S. (2025). MILLIY MUSIQA–XALQ MADANIYATINING MA’NAVIY KO‘ZGUSI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 8(10), 107-109. 7. JURAKHONOVICH, G. J., & KARIMBERDIEVICH, R. K. Renewing the System of the Country and the Role and Significance of Art and Culture in Today's New Level of Modernization in Our Life. JournalNX, 6(05), 7-9. 8. Gaziyev, J. J. (2021). STYLISTIC FEATURES OF THE WORK OF FRANZ JOSEPH HAYDN. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 215-217). 9. Gaziyev, J. J., & Toshmatov, G. O. (2021). Acts credit module system and its implementation activities in higher educational process. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 467-472. 10. Gaziyev, J. J., & Aliyeva, N. R. (2021). Dmitriy dmitrievich shostakovich life and work. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 1181-1185. 11. Joraxanovich, G. J. (2023). Psychological Factors Of Musical Education. JournalNX, 9(11), 8-10. 12. Botirkhanovich, S. B. (2024). The Structure of Kashkar Rubab, And Methods of Their Execution. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 5(1), 19-22. 13. Shokirkhonov, B. (2026, February). DEVELOPMENT OF STUDENTS’PERFORMING AND MUSICAL ABILITIES THROUGH INSTRUMENTS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 77-79).
14. Botirxonovich, S. B. (2025). MUSIQA NAZARIYASI FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH METODIKASI. FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities., 13(7), 139-150. 15. Toshmatov, G. U. O. (2026). Musiqa ta’limi jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 7(2), 195-201. 16. Тошматов, Ғ., & Турдалиева, О. (2023). ТАЛАБАЛАРНИ МУСТАҚИЛ ИШЛАШГА ҚИЗИҚТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Универсальная индексная библиотека Евразийского журнала академических исследований, 3(6), 162-166. 17. Olimjonovich, T. G., & Komiljanovna, D. G. (2022). The Importance of the Festival “East Songs” in the Introduction and Development of National Classical Music of the Peoples of the East. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(6), 195-199. 18. Abduraimov, S. (2024). METHODS OF USING PRACTICAL METHODS IN MUSIC CULTURE LESSONS IN HIGH SCHOOLS. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(6), 22-25. 19. Abduraimov, S. Z. (2024). MUSIQA TO‘GARAKLARI ASOSIDA O‘QUVCHILARDA MILLIY RUHIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. Inter education & global study, (5 (1)), 44-51. 20. Erdonov, S. B., Maxmudov, A. V., Abduraimov, O. S., Allamurotov, A. L., Mavlanov, B. J., & Mamatkasimov, O. T. (2023). On Reserves of Hippophae rhamnoides L. Fruit on the Territory of the Zarafshan National Nature Park of Uzbekistan. American Journal of Plant Sciences, 14, 946-954. 21. Asrakulova, A. (2025). ECONOMIC VIEWS OF ABU NASR FORABI. Инновационные исследования в науке, 4(2), 65-68. 22. Nabievna, A. A. (2025). ECONOMIC THOUGHTS OF YUSUF KHOS KHOJIB. Web of Humanities: Journal of Social Science and Humanitarian Research, 3(2), 212-214. 23. Asrakulova, A. (2025, February). HISTORICAL-PHILOSOPHICAL AND PUBLIC ADMINISTRATION ISSUES IN NIZAMULMULK’S “SIYOSATNOMA”. In Международная конференция академических наук (Vol. 4, No. 2, pp. 85-88). 24. Jurayeva, G. (2025). TALABALARNING O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARIDA IJROCHILIK MAHORATLARINI OSHIRISHDA USTOZ-SHOGIRD AN'ANALARINING O'RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 535538. 25. Jurayeva, G. (2024). MUSIQA FANIDA XALQ CHOLG'ULARINI O'RGATISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH. Universal Science Perspectives International Scientific Practical Journal, 1(1). 26. Jo‘Rayeva, G. Z. Q. (2026). STEM yondashuvi asosida musiqa nazariyasi ta’limini rivojlantirish yo‘llari. Science and Education, 7(2), 169-174. 27. Akhmedov, B. (2026, February). THE ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF PERSONALITY. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 72-76). 28. Akhmedov, B. (2026, February). TECHNICAL AND EXPRESSIVE ASPECTS OF THE CONDUCTING APPARATUS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 68-71). 29. Ahmedov, B. S. (2026). Umumta’lim maktablari musiqa darslarida musiqa tinglash jarayonining metodik asoslari. Science and Education, 7(2), 182-187. 30. Tajiboyev, E. (2025). O‘ZBEK MILLIY QADRIYATLARINING TARIXIY MEROSI VA ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O‘RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3).
31. Tajiboev, E. (2025). ORGANIZATION OF AN OUT-OF-CLASS MUSIC CLUB IN COMPREHENSIVE SECONDARY SCHOOLS. Развитие и инновации в науке, 4(2), 13- 32. Tajiboyev, E. M. (2026). Scientific and pedagogical foundations of developing the skills of listening to national music in higher education system. Science and Education, 7(1), 1038- 1043. 33. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). O‘quvchilarning STEAM ta’lim texnologiyalarini qo‘llash asosida muammolarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(2), 157-161. 34. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqiy mashg‘ulotlar orqali talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(3), 388-391. 35. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqa ta’limida STEM texnologiyalari va milliy musiqa integratsiyasi. Science and Education, 7(3), 392-395. 36. Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalarida ritmik kompetensiyani rivojlantirishning metodik asoslari. Science and Education, 7(1), 960-965. 37. Odilova, G. (2025). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA BOLALAR BILAN ISHLASHDA MULOQOT TEXNOLOGIYASIDA. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 367-370. 38. Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi orqali bolaga emotsional yondashish tendensiyalari. Science and Education, 7(2), 162-168. 39. Gaziyev, J. J. (2021). STYLISTIC FEATURES OF THE WORK OF FRANZ JOSEPH HAYDN. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 215-217). 40. JURAKHONOVICH, G. J., & KARIMBERDIEVICH, R. K. Renewing the System of the Country and the Role and Significance of Art and Culture in Today's New Level of Modernization in Our Life. JournalNX, 6(05), 7-9. 41. Joraxanovich, G. J. (2025). XIX ASR OHIRI XX ASR BOSHLARIDA YEVROPADA MUSIQA PSIXOLOGIYASI RIVOJLANISHI. Научный Импульс, 4(37), 157-161. 42. Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025, December). RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PEDAGOGIKA YO‘NALISHI TALABALARI KREATIV FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 1156-1159). 43. Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025). MUSIQA TA’LIMINI BARCHA TALABALAR UCHUN INKLYUZIV TARTIBDA TASHKIL ETISH. “Iqtidorli talabalar ilmiy xabarlari" ilmiy-uslubiy jurnali, 1(2), 3-9.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar0 ta adabiyot
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012135
- Nashr sanasi
- 2026-04-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/2125
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 578–584
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25