Asosiy mazmunga o‘tish

O‘ZBEK MILLIY TORLI CHOLG‘ULAR IJROCHILIGI TARIXI: AN‘ANA VA ZAMONAVIYLIK INTEGRATSIYASI

Shokirxanov Baxtiyorxon BotirxonovichNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 622–629

Annotatsiya

; Mazkur tadqiqot o‘zbek milliy torli cholg‘ular ijrochiligining tarixiy shakllanishi va evolyutsion rivojlanishini kompleks yondashuv asosida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda torli cholg‘ularning genezisi, ularning ijtimoiymadaniy funksiyalari hamda ijrochilik an‘analarining transformatsiyasi tarixiy davrlar kesimida o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, torli cholg‘ular ijrochiligi an‘anaviy musiqiy tafakkur va zamonaviy ijro amaliyotining sintezi sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayon milliy identifikatsiyani saqlash bilan birga, global musiqiy makon bilan integratsiyani ham ta‘minlaydi.

Boshqa tillarda

ruschaИСТОРИЯ ИСПОЛНИТЕЛЬСТВА НА УЗБЕКСКИХ НАЦИОНАЛЬНЫХ СТРУННЫХ ИНСТРУМЕНТАХ: ИНТЕГРАЦИЯ ТРАДИЦИИ И СОВРЕМЕННОСТИ

Настоящее исследование посвящено анализу исторического становления и эволюционного развития исполнительства на узбекских национальных струнных инструментах на основе комплексного подхода. В работе в разрезе исторических периодов изучаются генезис струнных инструментов, их социокультурные функции, а также трансформация исполнительских традиций. Результаты исследования показывают, что исполнительство на струнных инструментах предстаёт как синтез традиционного музыкального мышления и современной исполнительской практики. Данный процесс наряду с сохранением национальной идентичности обеспечивает также интеграцию с глобальным музыкальным пространством.

inglizchaHISTORY OF UZBEK NATIONAL STRING INSTRUMENT PERFORMANCE: INTEGRATION OF TRADITION AND MODERNITY

The present study is devoted to a comprehensive analysis of the historical formation and evolutionary development of performance on Uzbek national stringed instruments. The work examines the genesis of stringed instruments, their sociocultural functions and the transformation of performance traditions across historical periods. The results of the research show that performance on stringed instruments manifests itself as a synthesis of traditional musical thinking and contemporary performance practice. Alongside the preservation of national identity, this process also ensures integration with the global musical space.

Kalit so‘zlar

  • ta‘lim
  • san‘at
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish
  • estetik tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

O‘ZBEK MILLIY TORLI CHOLG‘ULAR IJROCHILIGI TARIXI: AN’ANA VA ZAMONAVIYLIK INTEGRATSIYASI

Shokirxanov Baxtiyorxon Botirxonovich Namangan davlat pedagogika institutI ART pedagogika kafedrasi dotsent

Annotatsiya; Mazkur tadqiqot o‘zbek milliy torli cholg‘ular ijrochiligining tarixiy shakllanishi va evolyutsion rivojlanishini kompleks yondashuv asosida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda torli cholg‘ularning genezisi, ularning ijtimoiymadaniy funksiyalari hamda ijrochilik an’analarining transformatsiyasi tarixiy davrlar kesimida o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, torli cholg‘ular ijrochiligi an’anaviy musiqiy tafakkur va zamonaviy ijro amaliyotining sintezi sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayon milliy identifikatsiyani saqlash bilan birga, global musiqiy makon bilan integratsiyani ham ta’minlaydi. Kalit so‘zlar; Torli cholg‘ular, ijrochilik amaliyoti, maqom, Shashmaqom, musiqiy meros, transformatsiya, etnomusiqashunoslik, milliy musiqa

O‘zbek xalqining boy musiqa merosi asrlar davomida shakllanib, milliy madaniyatning ajralmas qismiga aylangan. Ayniqsa, torli cholg‘ular ijrochiligi xalqning estetik qarashlari, ruhiy dunyosi va tarixiy taraqqiyotini aks ettiruvchi muhim san’at turi hisoblanadi. Dutor, tanbur, rubob, gijjak kabi cholg‘ular o‘zbek milliy musiqasining asosini tashkil etadi. Mazkur ma’ruzaning maqsadi — o‘zbek milliy torli cholg‘ular ijrochiligining tarixiy rivojlanishi, an’anaviy xususiyatlari va zamonaviy transformatsiyasini yoritishdan iborat. O‘zbek hududida torli cholg‘ularning paydo bo‘lishi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Arxeologik topilmalar va tarixiy manbalar Markaziy Osiyoda musiqa madaniyati juda qadimdan mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Jumladan, Avesto davrida ham musiqa marosim va diniy hayotning muhim qismi bo‘lgan. Dastlabki torli cholg‘ular sodda tuzilishga ega bo‘lib, ular ko‘proq marosimiy vazifani bajargan. O‘rta asrlar Markaziy Osiyoda musiqa san’ati rivojining muhim bosqichi hisoblanadi. Bu davrda musiqa nazariyasi shakllanib, ilmiy asosga ega bo‘ldi. Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy o‘zining “Musiqa ilmi” asarida tovush tizimi va cholg‘ularni ilmiy jihatdan tahlil qilgan. Shuningdek, Abu Ali ibn Sino musiqa va uning inson ruhiyatiga ta’siri haqida muhim fikrlar bildirgan. Bu davrda tanbur, ud, chang kabi torli cholg‘ular mukammallashib, professional ijrochilik rivojlandi.

Temuriylar davri san’at va ilm-fan rivojining yuksak bosqichi bo‘ldi. Saroylarda professional musiqachilar faoliyat yuritib, torli cholg‘ular ijrochiligi yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu davrda ijrochilik ansambl shaklida rivojlanib, musiqiy asarlarni ijro etishda turli cholg‘ular uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbek xalq cholg‘ularining tarixi qadimdan o‘rganilib kelinadi. IX-XVII asrlarda yashab o‘tgan O‘rta Osiyo olimlarining risolalarida musiqiy cholg‘ularning tavsifini, mashhur musiqachilar nomlarini, mashhur musiqiy asarlar nomlarini uchratish mumkin. O‘zbek an’anaviy musiqasini yig‘ish va o‘rganish XIX asrning 70-yillaridan boshlab, keng miqyosda olib borila boshladi. Bu ishlarni asosan harbiy kapelmeysterlar olib borishgan. Ular orkestrda ishlash bilan birga, etnografik faoliyat bilan ham shug‘ullanishgan. Birinchi navbatda, bular A.Eyxgorn va F.Leysiklardir. Xususan, A.Eyxgorn turli guruhlarga kiruvchi 36 ta xalq cholg‘usidan iborat katalogni tuzgan. Xalq cholg‘ularini yig‘ish va o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ishlarda mashhur kompozitor, etnograf va pedagog V.A.Uspenskiy chuqur iz qoldirgan. Uning faol ishtiroki va harakati natijasida 1919 yili Toshkentda musiqiy-etnografik bo‘lim ochiladi va u bu bo‘limga rahbarlik qiladi. Bu bo‘lim olib borgan ishlardan biri xalq cholg‘ulari kolleksiyasini yig‘ish va ularning ijrochilik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘ldi. O‘zbek musiqasini o‘rganish tarixida keng ko‘lamdagi olim, iste’dodli folklorchi, pedagog V.M.Belyayevning xizmatlari ham kattadir. V.A.Uspenskiyning Turkmanistonda (1925-1926) o‘tkazilgan ekspeditsiyasi materiallari V.M.Belyayevning Sharq musiqa madaniyatini o‘rganishi uchun katta turtki bo‘ldi. Musiqa nazariyasini o‘rganishda V.M.Belyayev Sharq olimlarining musiqa haqidagi risolalarining ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tadi. Uning o‘zbek xalq cholg‘ulari rivoji tarixi bo‘limida olib borgan izlanishlari, ularni sinflashtirish va o‘lchash ishlari katta qiziqish uyg‘otadi. 1933 yili Moskvada V.M.Belyayevning «O‘zbekiston musiqiy cholg‘ulari» nomli kitobi nashr qilinadi. Unda 50 dan ortiq cholg‘ularning tavsiflari berilgan. Kitobda birinchi marta o‘zbek xalq cholg‘ulari ilmiy darajada sinflashtirilgan. Xulosa qilib muallif quyidagicha fikrlaydi: o‘zbek xalq cholg‘ularining musiqiy madaniyatni rivojlantirishda keng qo‘llash uchun ularni qayta ta’mirlash, nota yozuvini kiritish kerak. An’anaviy musiqa cholg‘ularini o‘rganish va ularda ijro etishni o‘rgatish masalalari bo‘yicha izlanishlarni F.M.Karomatov, cholg‘ularni qayta ta’mirlash va modernizatsiya qilish borasidagi izlanishlarni esa A.I.Petrosyans olib bordilar.

A.I.Petrosyans «Cholg‘ushunoslik» kitobida xalq cholg‘ularining asosiy guruhlarini, sinflashtirishni ilmiy asoslab bergan. Bu guruhlar oilalarini yaratib, ularning tuzilishini, texnik va badiiy imkoniyatlarini tavsiflab berdi. Shu bilan bir qatorda, ularni samarali qo‘llash uchun amaliy maslahatlar ham berilgan. S.B.Saidiy Markaziy Osiyova va Yaqin sharq davlatlari milliy cholg‘ulari klassifikatsiyasini yaratgan ilk (Cholg‘ushunoslik “Morfologiya”si va Ergologiya”sini ilmiy jihatdan asoslab berganligi yuqorida keltirilgan. Ancha yillar mobaynida ta’lim uslubiyoti shakllandi. Xalq cholg‘ularini qayta ta’mirlash va takomillashtirish natijasida tovush hosil qilishning texnik usullari, yangi ijrochilik ko‘nikmalari ishlab chiqildi. Cholg‘uda ijroning eshitish uslubidan nota yordamida ijro uslubiga o‘tilishi o‘quv repertuari ustida ko‘p ishlashga, xalq cholg‘ularida ijro maktablarini tashkil qilishga olib keldi. Xalq cholg‘u ijrochilariga ta’lim berishning uslubiy va didaktik asoslarini ishlab chiqish xuddi shu yo‘nalishda olib borildi. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi «Xalq cholg‘ulari» kafedrasi professoro‘qituvchilari tomonidan bir qator fundamental darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, to‘plamlar chop ettirildi. Xalq cholg‘ularida ijrochilik maktablari paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, xalq cholg‘ulari orkestrini tashkil qilish va ishlash bo‘yicha o‘quv-qo‘llanmalar yozildi. Shunday qilib, xalq cholg‘ulari yo‘nalishi bo‘yicha musiqiy ta’limning boshlang‘ich bo‘g‘ini uchun ta’lim asoslari shakllandi. Har qanday talaba butun o‘quv yili mobaynida yetarli miqdorda keng umumta’lim va kasbiy bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Chunki, hammamizga ma’lumki, ko‘pgina bitiruvchilarimiz o‘z hayotlarini pedagogik faoliyat bilan bog‘laydilar. Bu esa psixologiya, pedagogika, uslubiyot bo‘yicha yaxshi tayyorgarlikni, keng dunyoqarashga ega bo‘lishni talab etadi. Ammo shu paytgacha pedagogika tamoyillariga asoslangan, ta’limning o‘ziga xosligini ochib beruvchi, ijrochilik madaniyati yutuqlarini ifodalagan umumiy va shaxsiy uslublar ishlab chiqilmagan. Nashr qilingan ko‘pgina darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarda ta’limga tor ma’noda yondoshilgan. Hamma tavsiyalar cholg‘uda ijro holatiga, tovush hosil qilishning texnik uslublariga, ijrochilikni egallashga doir bo‘lib, o‘quv-tarbiyaviy jarayon va pedagogik etika masalalari ham birmuncha yoritilgan. Lekin ta’limning tarbiyaviy ahamiyati, g‘oyaviy-ma’rifiy yo‘nalishi, ilmiyligi va shu kabi dolzarb masalalarga kamroq e’tibor berilgan. Oliy o‘quv yurtlarida bunday uslubiyotning ishlab chiqilmaganligi ijrochilik san’ati bo‘yicha ta’limning sifatiga, pedagogik tayyorgarligiga salbiy ta’sir etadi. Uslubiyot tushunchasi o‘qituvchilik nuqtai nazaridan qaraganda ikki xil ma’noda

ishlatiladi: – uslubiyot - o‘quv yurtlarida olib boraladigan nazariy kurs, o‘quv fani sifatida; – uslubiyot - o‘qituvchining ish uslubi va shakllari sifatida. Uslubiyot haqida gapirilganda, ta’limning asosiy ob’ektiv va sub’ektiv omillari yig‘indisidan kelib chiqish kerak. Uslubiyot ta’lim amaliyotining samarali uslublarini o‘rganish asosida ishlab chiqiladi, ilmiy-nazariy izlanishlar jarayonida amaliyotda asoslash va umumlashtirish natijasida hosil qilinadi. Pirovardida ikkita asosiy uslubiyot hosil bo‘ladi: ya’ni umumiy uslubiyot va maxsus uslubiyot. Umumiy uslubiyot ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Maxcys uslubiyot esa ta’limning maxsus bilim ko‘nikmalarini tezroq egallash uslubi va shakllarini ishlab chiqadi. Xalq cholg‘ularida ijrochilik uslubiyotini takomillashtirishni quyidagi asosiy bosqichlarga bo‘lish mumkin: 1. Zamonaviy umumiy va musiqiy pedagogika, psixologiya va didaktika masalalarini chuqur o‘rganish. 2. Maxsus uslubiyotlar natijalarini, dars berish tajriba-larini o‘rganish va umumlashtirish. 3. Oldingi maktablar hamda yo‘nalishlarni tanqidiy tahlil qilish, buning natijasida zamonaviy ta’lim rivoji tamoyillarini ishlab chiqish. Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlashimiz kerakki, bugungi kunda zamonaviy talablarga javob beruvchi o‘zbek xalq cholg‘ularini o‘qitish uslubiyotini, ta’limning har bir bosqichiga (boshlang‘ich, o‘rta, oliy) alohida, o‘ziga xos ravishda yondashib, kelajakda yangi avlod adabiyotlarini yaratgan holdagina kasbiy tayorgarlikning sifatini ta’minlashimiz mumkin. Birinchi navbatda, musiqiy maktablar, ixtisoslashgan san’at maktablari va oliy o‘quv yurtlari uchun zamonaviy talablarga javob beruvchi o‘quv dasturlarini yaratish va ijrochilik san’ati madaniyatini yuqori saviyada tarbiyalash masalalarini hal etishimiz lozim bo‘ladi. O‘zbek xalq ijrochiligida torli cholg‘ular muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa: • Dutor — lirik qo‘shiqlar va dostonlar ijrosida • Rubob — ansambl va sahnaviy ijroda • Gijjak — kuy va maqom ijrosida Bu cholg‘ular baxshichilik va dostonchilik an’analarida keng qo‘llanilgan. Ijrochilik asosan ustoz-shogird an’anasi orqali rivojlanib, bu tizim milliy musiqaning uzluksizligini ta’minlagan.

O‘zbek mumtoz musiqasining yuksak namunasi bo‘lgan Shashmaqom tizimida torli cholg‘ular yetakchi o‘rin tutadi. Tanbur, dutor va sato maqom ijrosining asosiy cholg‘ulari hisoblanadi. Maqom ijrochiligi yuqori texnik mahorat, murakkab ijro uslublari va chuqur musiqiy tafakkurni talab etadi. XX asrda o‘zbek musiqa madaniyatida tub o‘zgarishlar yuz berdi: • musiqa maktablari va konservatoriyalar tashkil etildi; • milliy cholg‘ular orkestri shakllandi; • notaga asoslangan ijro tizimi joriy etildi. Natijada torli cholg‘ular ijrochiligi professional darajaga ko‘tarildi. Bugungi kunda o‘zbek torli cholg‘ular ijrochiligi an’anaviy va zamonaviy yo‘nalishlar uyg‘unligida rivojlanmoqda. Zamonaviy kompozitorlar milliy cholg‘ular imkoniyatlaridan keng foydalanmoqda. Globalizatsiya sharoitida milliy musiqa xalqaro sahnaga chiqib, yangi shakl va janrlar bilan boyimoqda. Shu bilan birga, an’anaviy ijrochilik uslublarini saqlash masalasi ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Xulosa o‘rnida: O‘zbek milliy torli cholg‘ular ijrochiligi qadimgi davrlardan boshlab shakllanib, bugungi kungacha uzluksiz rivojlanib kelmoqda. Bu san’at turi: • milliy madaniyatning muhim qismi; • tarixiy merosning ifodasi; • zamonaviy musiqiy jarayonlarning faol ishtirokchisidir. An’ana va zamonaviylik uyg‘unligi esa ushbu ijrochilik san’atining kelajakdagi taraqqiyotini belgilab beradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar47 ta adabiyot

  1. Botirkhanovich, S. B. (2024). The Structure of Kashkar Rubab, And Methods of Their Execution. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 5(1), 19-22.
  2. Shokirkhonov, B. (2026, February). DEVELOPMENT OF STUDENTS’PERFORMING AND MUSICAL ABILITIES THROUGH INSTRUMENTS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 77-79).
  3. Botirxonovich, S. B. (2025). MUSIQA NAZARIYASI FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH METODIKASI. FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities., 13(7), 139-150.
  4. Botirxonovich, S. B. (2025). ОG ‘ZАKI АN’АNАDАGI PRОFESSIОNАL MUSIQА. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 4(42), 115-121.
  5. Akhmedov, B. (2023). THE FIRST FORMATION PROCESSES OF UZBEK VOCAL PERFORMANCE. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 2(8), 126-128.
  6. Sayfiddinovich, A. B. (2025). Dirijorlikfanihaqida. ResearchFocus, 4(ScecialIssue 3), 222-233.
  7. Sayfiddinovich, A. B. (2025, December). BOSHLANG’ICH SINF O ‘QUVCHILARIDA MUSIQAGA JO ‘R BO ‘LISH FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 584-587).
  8. Sayfiddinovich, A. B. (2025, December). УETTINCHI SINFDA MUSIQAО ‘QITISHNING VAZIFALARI VA MAZMUNI. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 525-531).
  9. Abduraimov, S. (2024). METHODS OF USING PRACTICAL METHODS IN MUSIC CULTURE LESSONS IN HIGH SCHOOLS. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(6), 22-25.
  10. Abduraimov, S. Z. (2024). MUSIQA TO ‘GARAKLARI ASOSIDA O ‘QUVCHILARDA MILLIY RUHIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. Intereducation&globalstudy, (5 (1)), 44-51.
  11. Jurayeva, G. (2025). TALABALARNING O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARIDA IJROCHILIK MAHORATLARINI OSHIRISHDA USTOZ-SHOGIRD AN'ANALARINING O'RNI. Universal xalqaroilmiyjurnal, 2(4.3), 535538.
  12. Jurayeva, G. (2024). MUSIQA FANIDA XALQ CHOLG'ULARINI O'RGATISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH. Universal Science Perspectives International Scientific Practical Journal, 1(1).
  13. Gaziyev, J. J. R. (2024). UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA MADANIYATI O ‘QITUVCHILARINING MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA NOANANAVIY METODLARDAN FOYDALANISHI. Oriental Art and Culture, 5(3), 414-419.
  14. Joraxanovich, G. J. (2023). Psychological Factors Of Musical Education. JournalNX, 9(11), 8-10.
  15. Gaziyev, J. J., & Toshmatov, G. O. (2021). Acts credit module system and its implementation activities in higher educational process. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 467-472.
  16. Botirkhanovich, S. B. (2024). The Structure of Kashkar Rubab, And Methods of Their Execution. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 5(1), 19-22.
  17. Shokirkhonov, B. (2026, February). DEVELOPMENT OF STUDENTS’PERFORMING AND MUSICAL ABILITIES THROUGH INSTRUMENTS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 77-79).
  18. Botirxonovich, S. B. (2025). MUSIQA NAZARIYASI FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH METODIKASI. FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities., 13(7), 139-150.
  19. Toshmatov, G. U. O. (2026). Musiqa ta’limi jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 7(2), 195-201.
  20. Тошматов, Ғ., & Турдалиева, О. (2023). ТАЛАБАЛАРНИ МУСТАҚИЛ ИШЛАШГА ҚИЗИҚТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Универсальная индексная библиотека Евразийского журнала академических исследований, 3(6), 162-166.
  21. Olimjonovich, T. G., & Komiljanovna, D. G. (2022). The Importance of the Festival “East Songs” in the Introduction and Development of National Classical Music of the Peoples of the East. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(6), 195-
  22. Abduraimov, S. (2024). METHODS OF USING PRACTICAL METHODS IN MUSIC CULTURE LESSONS IN HIGH SCHOOLS. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(6), 22-25.
  23. Abduraimov, S. Z. (2024). MUSIQA TO ‘GARAKLARI ASOSIDA O ‘QUVCHILARDA MILLIY RUHIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. Inter education & global study, (5 (1)), 44-51.
  24. Erdonov, S. B., Maxmudov, A. V., Abduraimov, O. S., Allamurotov, A. L., Mavlanov, B. J., & Mamatkasimov, O. T. (2023). On Reserves of Hippophae rhamnoides L. Fruit on the Territory of the Zarafshan National Nature Park of Uzbekistan. American Journal of Plant Sciences, 14, 946-954.
  25. Asrakulova, A. (2025). ECONOMIC VIEWS OF ABU NASR FORABI. Инновационные исследования в науке, 4(2), 65-68.
  26. Nabievna, A. A. (2025). ECONOMIC THOUGHTS OF YUSUF KHOS KHOJIB. Web of Humanities: Journal of Social Science and Humanitarian Research, 3(2), 212-214.
  27. Asrakulova, A. (2025, February). HISTORICAL-PHILOSOPHICAL AND PUBLIC ADMINISTRATION ISSUES IN NIZAMULMULK’S “SIYOSATNOMA”. In Международная конференция академических наук (Vol. 4, No. 2, pp. 85-88).
  28. Jurayeva, G. (2025). TALABALARNING O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARIDA IJROCHILIK MAHORATLARINI OSHIRISHDA USTOZ-SHOGIRD AN'ANALARINING O'RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 535538.
  29. Jurayeva, G. (2024). MUSIQA FANIDA XALQ CHOLG'ULARINI O'RGATISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH. Universal Science Perspectives International Scientific Practical Journal, 1(1).
  30. Jo‘Rayeva, G. Z. Q. (2026). STEM yondashuvi asosida musiqa nazariyasi ta’limini rivojlantirish yo ‘llari. Science and Education, 7(2), 169-174.
  31. Akhmedov, B. (2026, February). THE ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF PERSONALITY. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 72-76).
  32. Akhmedov, B. (2026, February). TECHNICAL AND EXPRESSIVE ASPECTS OF THE CONDUCTING APPARATUS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 68-71).
  33. Ahmedov, B. S. (2026). Umumta’lim maktablari musiqa darslarida musiqa tinglash jarayonining metodik asoslari. Science and Education, 7(2), 182-187.
  34. Tajiboyev, E. (2025). O ‘ZBEK MILLIY QADRIYATLARINING TARIXIY MEROSI VA ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O ‘RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3).
  35. Tajiboev, E. (2025). ORGANIZATION OF AN OUT-OF-CLASS MUSIC CLUB IN COMPREHENSIVE SECONDARY SCHOOLS. Развитие и инновации в науке, 4(2), 13-16
  36. Tajiboyev, E. M. (2026). Scientific and pedagogical foundations of developing the skills of listening to national music in higher education system. Science and Education, 7(1), 1038-1043.
  37. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). O ‘quvchilarning STEAM ta’lim texnologiyalarini qo ‘llash asosida muammolarni yechish ko ‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(2), 157-161.
  38. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqiy mashg ‘ulotlar orqali talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(3), 388-391.
  39. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqa ta’limida STEM texnologiyalari va milliy musiqa integratsiyasi. Science and Education, 7(3), 392-395.
  40. Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi yo ‘nalishi talabalarida ritmik kompetensiyani rivojlantirishning metodik asoslari. Science and Education, 7(1), 960-965.
  41. Odilova, G. (2025). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA BOLALAR BILAN ISHLASHDA MULOQOT TEXNOLOGIYASIDA. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 367-370.
  42. Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi orqali bolaga emotsional yondashish tendensiyalari. Science and Education, 7(2), 162-168.
  43. Gaziyev, J. J. (2021). STYLISTIC FEATURES OF THE WORK OF FRANZ JOSEPH HAYDN. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 215-217).
  44. JURAKHONOVICH, G. J., & KARIMBERDIEVICH, R. K. Renewing the System of the Country and the Role and Significance of Art and Culture in Today's New Level of Modernization in Our Life. JournalNX, 6(05), 7-9.
  45. Joraxanovich, G. J. (2025). XIX ASR OHIRI XX ASR BOSHLARIDA YEVROPADA MUSIQA PSIXOLOGIYASI RIVOJLANISHI. Научный Импульс, 4(37), 157-161.
  46. Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025, December). RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PEDAGOGIKA YO ‘NALISHI TALABALARI KREATIV FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 1156-1159).
  47. Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025). MUSIQA TA’LIMINI BARCHA TALABALAR UCHUN INKLYUZIV TARTIBDA TASHKIL ETISH. “Iqtidorli talabalar ilmiy xabarlari" ilmiy-uslubiy jurnali, 1(2), 3-9.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012142
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2132
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
622–629
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-13 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25