MUSIQA FANINI BOSHQA FANLAR BILAN UYG‘UNLASHTIRIB O‘QITISH YO‘LLARINING SAMARADORLIGI
Axmedov Baxodirxon Sayfiddinovich, Obidjonov Samandar Rustamjon o‘g‘liNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026
KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 507–513
Annotatsiya
Mazkur maqolada maktabda musiqa fanini boshqa fanlar bilan integratsiya qilgan holda o‘qitish metodlari yoritilgan. Unda fanlararo integratsiyaning mohiyati, musiqa fanining adabiyot, tarix, matematika, tasviriy san‘at va ona tili fanlari bilan bog‘liqligi hamda integratsiyalashgan darslarni tashkil etish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, integratsion ta‘limning o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, ijodiy fikrlashini rivojlantirish va bilimlarni mustahkamlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Maqola zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, musiqa ta‘limi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Boshqa tillarda
ruschaЭФФЕКТИВНОСТЬ ИНТЕГРИРОВАННОГО ПРЕПОДАВАНИЯ МУЗЫКИ С ДРУГИМИ ПРЕДМЕТАМИ
В настоящей статье освещены методы преподавания предмета «Музыка» в школе в интеграции с другими предметами. В ней проанализированы сущность межпредметной интеграции, связь предмета «Музыка» с литературой, историей, математикой, изобразительным искусством и родным языком, а также способы организации интегрированных уроков. Кроме того, обосновано значение интегрированного обучения в повышении интереса учащихся, развитии их творческого мышления и закреплении знаний. Статья разработана на основе современных педагогических подходов и служит повышению эффективности музыкального образования.
inglizchaTHE EFFECTIVENESS OF INTEGRATING MUSIC TEACHING WITH OTHER SUBJECTS
This article describes methods of teaching music at school in integration with other subjects. It analyses the essence of interdisciplinary integration, the connection of music with literature, history, mathematics, fine arts and the native language, as well as the ways of organizing integrated lessons. The significance of integrated education in increasing pupils‘ interest, developing their creative thinking and consolidating knowledge is also substantiated. The article has been developed on the basis of modern pedagogical approaches and serves to increase the effectiveness of music education.
Kalit so‘zlar
- musiqa
- musiqa ta‘limi
- metodika
- pedagogik yondashuv
- ijodiy rivojlanish
- estetik tarbiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
MUSIQA FANINI BOSHQA FANLAR BILAN UYG‘UNLASHTIRIB O‘QITISH YO‘LLARINING SAMARADORLIGI
Axmedov Baxodirxon Sayfiddinovich Namangan davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi e-mail: bahodirxonaxmedov184@gmail.com Obidjonov Samandar Rustamjon o’g’li Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabda musiqa fanini boshqa fanlar bilan integratsiya qilgan holda o‘qitish metodlari yoritilgan. Unda fanlararo integratsiyaning mohiyati, musiqa fanining adabiyot, tarix, matematika, tasviriy san’at va ona tili fanlari bilan bog‘liqligi hamda integratsiyalashgan darslarni tashkil etish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, integratsion ta’limning o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, ijodiy fikrlashini rivojlantirish va bilimlarni mustahkamlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Maqola zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, musiqa ta’limi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Musiqa ta’limi, fanlararo integratsiya, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, integratsiyalashgan dars, ijodiy fikrlash, o‘quv jarayoni, musiqa va adabiyot, musiqa va tarix. Bugungi kunda ta’lim tizimi jadal rivojlanib borayotgan jamiyat talablariga mos ravishda takomillashib bormoqda. Zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilayotgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimlarini oshirish, balki ularning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish va muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, dars jarayonida an’anaviy uslublar bilan bir qatorda innovatsion va interfaol metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.[2.36] Bunday yondashuvlar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi hamda ularning bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirishiga yordam beradi. Fanlararo integratsiya esa zamonaviy ta’limning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. U turli fanlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlab, o‘quvchilarda borliqni yaxlit holda idrok etish ko‘nikmasini shakllantiradi. Integratsiyalashgan ta’lim orqali o‘quvchilar bir fan doirasida olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lab, ularni amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Natijada ularning tafakkuri kengayadi, bilimlari tizimli ravishda shakllanadi va mustahkamlanadi. Shu boisdan ham fanlararo integratsiya bugungi pedagogik jarayonda alohida ahamiyatga ega.
Musiqa fani esa ta’lim tizimida o‘ziga xos o‘rin tutadi. U o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ularni go‘zallikni his etishga o‘rgatish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi. Musiqa orqali o‘quvchilarda nafaqat san’atga bo‘lgan qiziqish, balki ijobiy axloqiy fazilatlar ham rivojlanadi.[4.25] Shu bilan birga, musiqa fanini boshqa fanlar bilan integratsiya qilish o‘quvchilarning bilimini yanada boyitadi, ularning ijodiy va mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu sababli musiqa fanini zamonaviy yondashuvlar asosida, fanlararo integratsiya bilan uyg‘un holda o‘qitish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Integratsiya tushunchasi ta’lim jarayonida turli fanlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash, ularni yagona tizim asosida uyg‘unlashtirishni anglatadi. Ushbu yondashuv o‘quvchilarga bilimlarni alohida-alohida emas, balki yaxlit holda qabul qilish imkonini beradi. Natijada o‘quvchi atrof-muhitni chuqurroq anglaydi, fanlar o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni his etadi va o‘z bilimlarini turli vaziyatlarda qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Integratsiya nafaqat bilimlarni birlashtirish, balki ularni mazmunan boyitish va o‘quvchining tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Pedagogik jarayonda integratsiyaning o‘rni beqiyosdir. U darslarni samarali tashkil etish, o‘quvchilarning faolligini oshirish hamda ta’lim sifatini yaxshilashga yordam beradi. Integratsiyalashgan yondashuv asosida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida bir nechta fanlarga oid bilimlarni egallaydi, bu esa ularning vaqtini tejash bilan birga bilimlarning mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, bunday darslar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyatlarini rivojlantiradi. O‘qituvchi esa turli metod va vositalardan foydalangan holda darsni qiziqarli va mazmunli tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Musiqa fanini boshqa fanlar bilan integratsiya qilish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday yondashuv orqali o‘quvchilar bilimlarni alohida emas, balki o‘zaro bog‘liq holda o‘zlashtiradilar. Musiqa o‘z tabiati bilan ko‘plab fanlar bilan uzviy aloqador bo‘lib, ularni uyg‘unlashtirish o‘quvchilarning tafakkurini kengaytiradi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi hamda dars jarayonini yanada qiziqarli va mazmunli qiladi.Quyida musiqa fanining turli fanlar bilan bog‘liqligi va uning integratsion imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Musiqa va adabiyot fanlari o‘rtasidagi bog‘liqlik yaqqol namoyon bo‘ladi. Qo‘shiqlarning matni, ularning badiiy ifodasi, mazmuni va g‘oyasi adabiyot bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘quvchilar qo‘shiqlarni o‘rganish jarayonida she’riy matnlarni tahlil qiladi, obrazlar va badiiy vositalarni anglaydi, bu esa ularning
estetik didini shakllantirishga yordam beradi. Shu orqali ular nafaqat musiqa, balki adabiyotga ham qiziqib boradilar. Musiqa va tarix fanlarini integratsiya qilish orqali esa o‘quvchilarga milliy merosimizning boyligi va qadriyatlari haqida chuqurroq tushuncha beriladi. Har bir kuy va qo‘shiq ma’lum bir tarixiy davr mahsuli bo‘lib, u o‘sha davrning ruhini aks ettiradi. Tarixiy qo‘shiqlarni o‘rganish orqali o‘quvchilar o‘tmish voqealari, urfodatlar va an’analar bilan tanishadilar, bu esa ularning tarixiy tafakkurini rivojlantiradi. Musiqa va matematika fanlari o‘rtasida ham uzviy bog‘liqlik mavjud. Musiqadagi ritm, takt va o‘lchovlar matematik tushunchalar asosida qurilgan bo‘lib, ularni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar hisoblash, taqqoslash va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Masalan, notalarning davomiyligi, takt ulushlari va ritmik tuzilma matematik bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkonini beradi. Musiqa fanini tasviriy san’at bilan bog‘lash esa o‘quvchilarning tasavvurini va ijodiy fikrlashini yanada rivojlantiradi. Musiqa tinglash jarayonida o‘quvchilar o‘z his-tuyg‘ularini ranglar va tasvirlar orqali ifoda etadilar. Ohang va rang uyg‘unligi orqali ular musiqani nafaqat eshitadi, balki uni “ko‘ra” ham boshlaydilar. Bu esa ularning estetik dunyoqarashini kengaytiradi. Shuningdek, musiqa fanini ona tili bilan integratsiya qilish ham katta ahamiyatga ega. Qo‘shiq kuylash jarayonida o‘quvchilarning nutqi ravonlashadi, talaffuzi to‘g‘rilanadi va so‘z boyligi ortadi. Bu esa ularning nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Natijada o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq va ravon ifodalash ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Integratsiyalashgan darslarni samarali tashkil etish o‘qituvchidan zamonaviy pedagogik yondashuvlar va turli metodlardan oqilona foydalanishni talab etadi. Bunday darslarda asosiy e’tibor o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularni mustaqil fikrlashga undash hamda bilimlarni turli fanlar doirasida uyg‘un holda o‘zlashtirishiga qaratiladi. Shu bois integratsiyalashgan darslarni tashkil etishda interfaol metodlar, amaliy mashg‘ulotlar, guruhli va individual ishlar, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Interfaol metodlar integratsiyalashgan ta’limning ajralmas qismi hisoblanadi. Jumladan, aqliy hujum usuli orqali o‘quvchilar muayyan mavzu yuzasidan erkin fikr bildiradilar, turli g‘oyalarni ilgari suradilar va muammoni birgalikda hal etishga harakat qiladilar. Klaster metodi esa tushunchalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga yordam beradi, bu esa fanlararo integratsiyani yanada osonlashtiradi.[5.29] Rol o‘ynash usuli orqali o‘quvchilar turli obrazlarga kirib, mavzuni chuqurroq his etadilar va uni amaliy jihatdan anglaydilar. Bu metodlar
o‘quvchilarning dars jarayonidagi ishtirokini faollashtiradi hamda ularning ijodiy va mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi. Amaliy mashg‘ulotlar integratsiyalashgan darslarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular nazariy bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Musiqa darslarida qo‘shiq kuylash, ritmni his qilish, musiqa tinglab tahlil qilish kabi mashg‘ulotlar boshqa fanlar bilan uyg‘un holda tashkil etilganda yanada samarali natija beradi. Bunday mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar va o‘rganilgan mavzularni chuqurroq o‘zlashtiradilar. Guruhli va individual ishlar ham integratsiyalashgan darslarda muhim o‘rin tutadi. Guruhli ishlar o‘quvchilarni hamkorlikda ishlashga, fikr almashishga va jamoada muammo yechishga o‘rgatadi. Har bir o‘quvchi o‘z fikrini erkin bayon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Individual ishlar esa o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantiradi, ularning shaxsiy qobiliyatlarini yuzaga chiqaradi. Bu ikki yondashuvni uyg‘unlashtirish orqali dars samaradorligini yanada oshirish mumkin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish integratsiyalashgan darslarni zamonaviy va qiziqarli tashkil etishda muhim vosita hisoblanadi. Audio va video materiallar, multimedia taqdimotlari, interaktiv dasturlar orqali o‘quvchilarga mavzuni yanada tushunarli va jonli tarzda yetkazish mumkin.[2.45] Musiqa darslarida turli kuy va qo‘shiqlarni tinglash, videoroliklar orqali ularning mazmunini tahlil qilish o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi va ta’lim samaradorligini ta’minlaydi. Integratsion darslar zamonaviy ta’lim jarayonining eng samarali yondashuvlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Bunday darslar o‘quvchilarga bilimlarni bir nechta fanlar kesimida yaxlit holda o‘zlashtirish imkonini beradi va ta’lim sifatini sezilarli darajada oshiradi. Integratsiyalashgan yondashuv asosida tashkil etilgan darslar nafaqat o‘quv materialini o‘rganishni osonlashtiradi, balki uni hayotiy vaziyatlar bilan bog‘lashga ham yordam beradi. Integratsion darslarning eng muhim samaralaridan biri o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirishdir. Turli fanlar uyg‘unlashgan holda tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarda yangilikka intilish, faol ishtirok etish va mavzuni chuqurroq bilishga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytiradi. Shu jumladan, musiqa fanini boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘qitish jarayonida darslar yanada jonli va qiziqarli tus oladi. Bu esa o‘quvchilarning dars jarayoniga e’tiborini kuchaytiradi va ularning motivatsiyasini oshiradi. Shuningdek, integratsion darslar o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bunday darslarda o‘quvchilar muayyan muammoni turli nuqtai nazardan tahlil qilishga o‘rganadilar, o‘z fikrlarini erkin ifoda etadilar va yangi g‘oyalarni ilgari suradilar. Musiqa, adabiyot, tasviriy san’at yoki boshqa fanlar bilan bog‘liq topshiriqlar o‘quvchilarda tasavvur, obrazli
fikrlash va ijodiy yondashuvni kuchaytiradi. Natijada ular nafaqat bilim oladi, balki o‘z ijodiy salohiyatini ham namoyon etadi. Bundan tashqari, integratsion darslar bilimlarni mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qiladi. O‘quvchilar bir mavzuni turli fanlar orqali o‘rganish jarayonida uni chuqurroq anglaydilar va uzoq muddat xotirada saqlaydilar. Fanlararo bog‘liqlik bilimlarni tizimlashtirishga yordam beradi, bu esa o‘quvchilarning umumiy bilim darajasini oshiradi. Shu bilan birga, o‘quvchilar o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Integratsiyalashgan ta’lim zamonaviy pedagogikaning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchilarning bilim olish jarayonini samarali tashkil etishda katta ahamiyat kasb etadi. Bunday yondashuv natijasida o‘quvchilar fanlarni alohida-alohida emas, balki o‘zaro bog‘liq holda o‘zlashtiradilar, bu esa ularning bilim darajasini oshirishga, tafakkurini kengaytirishga hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Integratsiyalashgan ta’lim o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va ijodiy yondashuvni shakllantiradi, shuningdek, o‘rganilgan bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llash imkonini beradi. Musiqa fanining boshqa fanlar bilan uyg‘unligi esa ta’lim jarayonining yanada mazmunli va qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Musiqa adabiyot, tarix, matematika, tasviriy san’at va ona tili kabi fanlar bilan uzviy bog‘langan holda o‘qitilganda, o‘quvchilarda estetik did, mantiqiy fikrlash, ijodiy tasavvur hamda nutq madaniyati yanada rivojlanadi. Bu esa ularning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi. Shu bois musiqa fanini integratsiyalashgan holda o‘qitish ta’lim samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. O‘qituvchining roli integratsiyalashgan ta’lim jarayonida juda muhimdir. U nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quvchilarni yo‘naltiruvchi, ularning ijodiy faoliyatini tashkil etuvchi va rag‘batlantiruvchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va AKT vositalaridan samarali foydalanishi lozim. Shuningdek, u fanlararo bog‘liqlikni to‘g‘ri tanlab, o‘quvchilarga tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazib berishi zarur. Xulosa qilib aytganda, integratsiyalashgan ta’lim o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Musiqa fanining boshqa fanlar bilan uyg‘unligi esa ta’lim jarayonini boyitadi va samaradorligini oshiradi. Bu jarayonda o‘qituvchining kasbiy mahorati va ijodkorligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, u zamonaviy ta’limning muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar32 ta adabiyot
- Botirkhanovich, S. B. (2024). The Structure of Kashkar Rubab, And Methods of Their Execution. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 5(1), 19-22.
- Shokirkhonov, B. (2026, February). DEVELOPMENT OF STUDENTS’PERFORMING AND MUSICAL ABILITIES THROUGH INSTRUMENTS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 77-79).
- Botirxonovich, S. B. (2025). MUSIQA NAZARIYASI FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH METODIKASI. FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities., 13(7), 139-150.
- Toshmatov, G. U. O. (2026). Musiqa ta’limi jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 7(2), 195-201.
- Тошматов, Ғ., & Турдалиева, О. (2023). ТАЛАБАЛАРНИ МУСТАҚИЛ ИШЛАШГА ҚИЗИҚТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Универсальная индексная библиотека Евразийского журнала академических исследований, 3(6), 162-166.
- Olimjonovich, T. G., & Komiljanovna, D. G. (2022). The Importance of the Festival “East Songs” in the Introduction and Development of National Classical Music of the Peoples of the East. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(6), 195-199.
- Abduraimov, S. (2024). METHODS OF USING PRACTICAL METHODS IN MUSIC CULTURE LESSONS IN HIGH SCHOOLS. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(6), 22-25.
- Abduraimov, S. Z. (2024). MUSIQA TO ‘GARAKLARI ASOSIDA O ‘QUVCHILARDA MILLIY RUHIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. Inter education & global study, (5 (1)), 44-51.
- Erdonov, S. B., Maxmudov, A. V., Abduraimov, O. S., Allamurotov, A. L., Mavlanov, B. J., & Mamatkasimov, O. T. (2023). On Reserves of Hippophae rhamnoides L. Fruit on the Territory of the Zarafshan National Nature Park of Uzbekistan. American Journal of Plant Sciences, 14, 946-954.
- Asrakulova, A. (2025). ECONOMIC VIEWS OF ABU NASR FORABI. Инновационные исследования в науке, 4(2), 65-68.
- Nabievna, A. A. (2025). ECONOMIC THOUGHTS OF YUSUF KHOS KHOJIB. Web of Humanities: Journal of Social Science and Humanitarian Research, 3(2), 212-214.
- Asrakulova, A. (2025, February). HISTORICAL-PHILOSOPHICAL AND PUBLIC ADMINISTRATION ISSUES IN NIZAMULMULK’S “SIYOSATNOMA”. In Международная конференция академических наук (Vol. 4, No. 2, pp. 85-88).
- Jurayeva, G. (2025). TALABALARNING O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARIDA IJROCHILIK MAHORATLARINI OSHIRISHDA USTOZ-SHOGIRD AN'ANALARINING O'RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 535538.
- Jurayeva, G. (2024). MUSIQA FANIDA XALQ CHOLG'ULARINI O'RGATISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH. Universal Science Perspectives International Scientific Practical Journal, 1(1).
- Jo‘Rayeva, G. Z. Q. (2026). STEM yondashuvi asosida musiqa nazariyasi ta’limini rivojlantirish yo ‘llari. Science and Education, 7(2), 169-174.
- Akhmedov, B. (2026, February). THE ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF PERSONALITY. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 72-76).
- Akhmedov, B. (2026, February). TECHNICAL AND EXPRESSIVE ASPECTS OF THE CONDUCTING APPARATUS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 68-71).
- Ahmedov, B. S. (2026). Umumta’lim maktablari musiqa darslarida musiqa tinglash jarayonining metodik asoslari. Science and Education, 7(2), 182-187.
- Tajiboyev, E. (2025). O ‘ZBEK MILLIY QADRIYATLARINING TARIXIY MEROSI VA ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O ‘RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3).
- Tajiboev, E. (2025). ORGANIZATION OF AN OUT-OF-CLASS MUSIC CLUB IN COMPREHENSIVE SECONDARY SCHOOLS. Развитие и инновации в науке, 4(2), 13-
- Tajiboyev, E. M. (2026). Scientific and pedagogical foundations of developing the skills of listening to national music in higher education system. Science and Education, 7(1), 1038- 1043.
- Usmonjanova, G. A. Q. (2026). O ‘quvchilarning STEAM ta’lim texnologiyalarini qo ‘llash asosida muammolarni yechish ko ‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(2), 157-161.
- Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqiy mashg ‘ulotlar orqali talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(3), 388-391.
- Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqa ta’limida STEM texnologiyalari va milliy musiqa integratsiyasi. Science and Education, 7(3), 392-395.
- Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi yo ‘nalishi talabalarida ritmik kompetensiyani rivojlantirishning metodik asoslari. Science and Education, 7(1), 960-965.
- Odilova, G. (2025). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA BOLALAR BILAN ISHLASHDA MULOQOT TEXNOLOGIYASIDA. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 367-370.
- Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi orqali bolaga emotsional yondashish tendensiyalari. Science and Education, 7(2), 162-168.
- Gaziyev, J. J. (2021). STYLISTIC FEATURES OF THE WORK OF FRANZ JOSEPH HAYDN. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 215-217).
- JURAKHONOVICH, G. J., & KARIMBERDIEVICH, R. K. Renewing the System of the Country and the Role and Significance of Art and Culture in Today's New Level of Modernization in Our Life. JournalNX, 6(05), 7-9.
- Joraxanovich, G. J. (2025). XIX ASR OHIRI XX ASR BOSHLARIDA YEVROPADA MUSIQA PSIXOLOGIYASI RIVOJLANISHI. Научный Импульс, 4(37), 157-161.
- Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025, December). RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PEDAGOGIKA YO ‘NALISHI TALABALARI KREATIV FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 1156-1159).
- Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025). MUSIQA TA’LIMINI BARCHA TALABALAR UCHUN INKLYUZIV TARTIBDA TASHKIL ETISH. “Iqtidorli talabalar ilmiy xabarlari" ilmiy-uslubiy jurnali, 1(2), 3-9.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012124
- Nashr sanasi
- 2026-04-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/2114
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 507–513
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25