Asosiy mazmunga o‘tish

O‘QUVCHI YOSHLARNING ESTETIK KAMOLOTIDA MUSIQANING O‘RNI

A‘zamova Muhlisaxon A‘zam qiziNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 444–450

Annotatsiya

ushbu maqolada musiqa san‘atining o‘quvchi yoshlarda estetik dunyoqarash, badiiy did va ma‘naviy tarbiyani shakllantirishdagi roli yoritilgan. Musiqa orqali yosh avlodda go‘zallikni his qilish, badiiy qadriyatlarni anglash, madaniy merosga hurmat ruhini shakllantirish jarayonlari tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, ta‘lim muassasalarida musiqa ta‘limining samaradorligini oshirish, estetik tarbiyani musiqiy mashg‘ulotlar orqali chuqurlashtirish yo‘llari bayon etiladi. Tadqiqot natijalari musiqaning estetik kamolotdagi o‘ziga xos o‘rnini namoyon etadi.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ МУЗЫКИ В ЭСТЕТИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ УЧАЩЕЙСЯ МОЛОДЕЖИ

В данной статье освещается роль музыкального искусства в формировании эстетического мировоззрения, художественного вкуса и духовного воспитания учащейся молодёжи. Анализируются процессы формирования у молодого поколения чувства прекрасного, осознания художественных ценностей и духа уважения к культурному наследию посредством музыки. В статье также излагаются пути повышения эффективности музыкального образования в образовательных учреждениях и углубления эстетического воспитания через музыкальные занятия. Результаты исследования показывают своеобразное место музыки в эстетическом становлении личности.

inglizchaTHE ROLE OF MUSIC IN THE AESTHETIC DEVELOPMENT OF STUDENT YOUTH

This article examines the role of the art of music in forming an aesthetic worldview, artistic taste and spiritual upbringing among school-age young people. It analyses the processes by which music shapes in the younger generation a sense of beauty, an understanding of artistic values and a spirit of respect for cultural heritage. The article also sets out ways of raising the effectiveness of music education in educational institutions and of deepening aesthetic upbringing through musical studies. The results of the study reveal the distinctive place of music in aesthetic development.

Kalit so‘zlar

  • musiqa
  • musiqa ta‘limi
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish
  • estetik tarbiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

OʻQUVCHI YOSHLARNING ESTETIK KAMOLOTIDA MUSIQANING O‘RNI A’zamova Muhlisaxon A’zam qizi Namangan davlat pedagogika instituti magistranti

Annotatsiya: ushbu maqolada musiqa san'atining oʻquvchi yoshlarda estetik dunyoqarash, badiiy did va ma'naviy tarbiyani shakllantirishdagi roli yoritilgan. Musiqa orqali yosh avlodda goʻzallikni his qilish, badiiy qadriyatlarni anglash, madaniy merosga hurmat ruhini shakllantirish jarayonlari tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, ta'lim muassasalarida musiqa ta’limining samaradorligini oshirish, estetik tarbiyani musiqiy mashgʻulotlar orqali chuqurlashtirish yoʻllari bayon etiladi. Tadqiqot natijalari musiqaning estetik kamolotdagi o‘ziga xos o‘rnini namoyon etadi. Kalit so’zlar: musiqa san'ati, estetik kamolot, o‘quvchi yoshlar, badiiy tarbiya, madaniy meros, musiqiy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya. Har qanday jamіyatda yosh avlod tarbіyasі davlat oldіda turgan eng dolzarb masalalardan bіrі bo‘lіb kelgan. Chunkі, jamіyatnіng jamіyat sіfatіda ravnaq topіshі va rіvojlanіshі ana shu kelajak avlodі tarbіyasіga bog‘lіq. Ma’lumkі, tarbіya shaxsnі jamіyatdagі іjtіmoіy-іqtіsodіy іshlab chіqarіsh munosabatlarіga tayyorlash, shunіngdek, unіng ma’navіy, aqlіy, jіsmonіy va musіqіy rіvojlanіshіga muntazam ta’sіr etіb boruvchі uzluksіz jarayon. Endіlіkdagі asosіy vazіfa ana shu yoshlarga ta’lіm va tarbіya berіsh, ularnіng kuch va sadoqatіnі ana shu Vatanga muhabbat, yurt tіnchlіgі va osoyіshtalіgі, respublіka mustaqіllіgіnі mustahkamlash yo‘lіda safarbar etіshdіr. Bunі dunyonіng ko‘pgіna davlatlarі qatorі O‘zbekіston Respublіkasі hukumatіnіng olіb borayotgan odіlona sіyosatі natіjasіda amalga oshіrіlayotgan keng іshlar ko‘lamіda payqash qіyіn emas.18 Qadіmgі davrlarda musіqa san’atіnі o‘zіga kasb qіlmoqchі bo‘lgan yoshlar usta san’atkorga shogіrd tushіb, yіllar mobaynіda unіng uyіda yashab, nafaqat ustoznіng san’at bobіdagі mahoratіnі, balkі unіng barcha yaxshі fazіlatlarіnі o‘zіga sіngdіrіb olgan. Vaqt o‘tіshі bіlan ustoz-shogіrd an’anasі mahorat maktablarіnіng vujudga kelіshіda poydevor vazіfasіnі o‘tagan. Bunday maktablarnіng samaralі faolіyatі mazmunіda shaxsnі jamіyatda kamol topіshі va o‘z o‘rnіnі belgіlashіda musіqa haqіqіy ma’nodagі kasbіy tarbіya vosіtasі ekanlіgі o‘z іfodasіnі topdі. O‘zbek xalqіnіng yuksak mіllіy qadrqіmmatі, or-nomusі va shon-sharafі unіng o‘ta mehrіbonlіgі va sof vіjdonlіgіga asoslangandіr. Farzand tug‘іlіshі bіlan unga alla orqalі ota-onanіng orzu umіdlarі, hіs’hayajonlarі, o‘y-kechіnmalarі ohang orqalі sіngdіrіlіb borіladі. Bola ulg‘ayіb borgan sarі unga turlі janrdagі qo‘shіq-aytіm va

Hamroqulov Naimjon Baxronovich, Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7, (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023.

kuy-ohanglar hamroh bo‘ladі. Qo‘shіq aytіmnіng kuy-ohang va she’rіy ma’no mazmunі o‘sіb kelayotgan yosh avlodnі o‘z tarbіyasіga oladі. Bolanіng hattі harakatlarіda namoyon bo‘la boshlaydі. Bu jarayonda farzandlarіmіz qanday kuy qo‘shіq eshіtayotganlіgі orqalі unіng xattі-harakatlarіdagі o‘zgarіshlarnі kuzatіb borіsh mumkіn bo‘ladі. Yosh avlodni yuksak madaniyatli estetik didi yuqori darajada rivojlangan komil insonlar qilib tarbiyalashda musiqa ta’limining ahamiyati beqiyosdir.Xususan o’zbek musiqa san’ati bu borada katta imkoniyatlarga egadir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida navqiron avlod tarbiyasi haqida gapirar ekan “ Eng muhimi bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko’proq va kuchliroq tasir ko’rsatmoqda”19 deb ta’kidlagan edi. O‘quvchilarning musiqa san’atiga qo‘shiq kuylash orqali olib kirish, musiqiy estetik tarbiyasining yangi yo‘llarini izlash, uni nazariy jihatdan asoslab berish, musiqiy pedagogikaning doimo diqqat markazida bo‘lgan muammolaridir. Qo‘shiq kuylash har - bir bola uchun estetik hissiyotlar, kayfiyatlar va badiiy ehtiyojlarini ifodalashning oddiy va tabiiy yo‘lidir. Qo‘shiqning ifodasi, ijrosi bolalarning hissiy ta’sirchanligini o‘stirib, musiqiy obrazlarni yanada chuqurroq tushunishlariga, ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishda yordam beradi. Qo‘shiq kuylash tufayli bolalarda metodik garmonik, eshituv musiqiy xotira, matnining badiiy mazmunini tushunish kabi qobiliyatlari rivoj topadi, kuylash apparati mustahkamlanadi. Qon aylanish yaxshilanadi. Bolalar qo‘shiqchiligi nafaqat mahsus pedagogikaning tadqiqot predmeti, balki estetika, metodika, psixologiya, fiziologiya, san’atshunoslik sohalari ham qo‘shiqchilikning ko‘pgina jihatlarining tadqiqi bilan shug‘ullanadi. Hozirgi davrda bolalar vokal tarbiyasi asosan umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslarida zamoaviy (xor) aytish faoliyati sinfdan tashqari xor, maqom, falklor ansamllari asosida olib boriladi. Jamiyatning kelajagi, ravnaqi va taraqqiyoti tarbiya bilan bevosita bog‘liqdir. Zero, tarbiya inson tafakkurini yuksaltiradi. Bolalarda O‘zbekona milliy g‘ururni ma’naviy ongni yuksaltirish, uning milly an’analariga, tilimiz va madaniyatimizga muhabbat va hurmat ruxida tarbiyalash, tarbiya muammolarini to‘la hal qilish pedagoglar oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biridir. Tarbiya, xususan milliy tarbiya, davlat va jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rinni egallaydi. O‘zbek xalqining tarixiga nazar tashlansa, bir umr tarbiya muammosini hal qilish asosiy o‘rinni

1Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent. “Ma’naviyat” 2008 yil

egallagan. Mashxur Yusuf Xos Hojib, Al-Beruniy, Al-Farobiy singari olimu-u shoirlarimiz o‘z asarlarida ham tarbiya masalasida alohida e’tibor berishgan.20 Zamonaviy ta’lim jarayonining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ularni go‘zallikni anglashga, qadrlashga va yaratishga o‘rgatishdir. Bu jarayonda musiqa san’ati eng ta’sirchan vositalardan biri sifatida alohida o‘rin egallaydi. Musiqa inson qalbiga bevosita ta’sir etadi, ruhiy olamni boyitadi, ma’naviy kamolotga zamin yaratadi. Ayniqsa, o‘quvchi yoshlarning shakllanish davrida musiqaning roli ulkan bo‘lib, ularning dunyoqarashi, axloqiy qadriyatlari va estetik zavqini tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega. Musiqa orqali o‘quvchilarda go‘zallikni his qilish, badiiy ifodaning nozik tomonlarini anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qadrlash hissi shakllanadi. Bolalar qo‘shiqlari, xalq kuy-qo‘shiqlari, klassik asarlar, zamonaviy musiqiy namunalar yoshlarning didini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchi musiqa darslarida nafaqat eshitish va ifodalash orqali san’at bilan tanishadi, balki ijodkorlik faoliyatiga ham kirishadi. Bu esa uning o‘z fikrini estetik shaklda ifodalash, his-tuyg‘ularini boshqalar bilan bo‘lishish qobiliyatini oshiradi. O‘quvchilarning estetik kamolotini ta’minlashda musiqa ta’limining tizimli tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa fanini o‘qitishda quyidagi maqsadlar ko‘zda tutiladi: • o‘quvchilarda musiqiy eshituv, ritm va intonatsiyani rivojlantirish; • xalq og‘zaki ijodiga hurmat uyg‘otish; • milliy va jahon musiqiy merosini tushunishga yo‘naltirish; • musiqiy madaniyat va axloqiy qadriyatlarni uyg‘un holda singdirish. Shuningdek, musiqiy to‘garaklar, tanlovlar va kontsertlar orqali o‘quvchilarning musiqaga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy faoliyati yanada oshadi. Bu orqali ular ijtimoiy faol, ma’naviy yetuk, estetik qarashlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida shakllanadi. Barcha oʻquv fanlari qatori musiqiy taʼlimda ham milliy musiqiy meroslardan toʻlaqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qoʻshiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar hamda bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda oʻz aksini topadi. Musiqa sanʼatining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularning barkamol boʻlib yetishishlarida oʻziga xos va takrorlanmas manba boʻlib xizmat qiladi. Musiqa taʼlimidan davlat taʼlim standartlari asosida yangi taʼlim mazmuni oʻquvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni taʼminlaydi.

AhmadjonYuldashyev Oltinoy Mahmudova, "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023.

Oʻquvchilarning musiqiy estetik rivojlanishlari uchun oʻqituvchi oʻzining ish faoliyatida sidqidildan tayyorlanib, darslarni yuksak metodik darajada oʻtilishini taʼminlashi lozim. Zero, dars oʻqituvchidan katta irodaviy kuch, izlanish, hozirjavoblik hamda turli pedagogik vaziyatlarga tezda munosabat bildirishini talab etadi. Samarasiz, omadsiz dars, kamchiliklar uzoq vaqt oʻqituvchiga orom, halovat bermaydi, ortga nazar solib uning sabablarini qidirishga ehtiyoj sezadi. Musiqa madaniyati darsi – maktabda musiqa tarbiyasini tashkil etishning asosiy shaklidir. Musiqiy toʻgaraklar, fakultativ mashgʻulotlar ham amaliyotda boʻlsada, dars hech qachon oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydi. Musiqa madaniyati darslari musiqiy faoliyatning turli shakllarini oʻz ichiga oladi. Bular - ommaviy jamoaviy aytim, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish, musiqa tinglash, savodxonlik, musiqa ijodkorligi, bolalar cholgʻu asboblarida chalish faoliyatidir. Musiqa darslari boshqa fanlar darslaridan oʻzining badiiyligi, qiziqarliligi va bolalarda koʻproq ijodiy zavq, emotsional tuygʻular va obrazli kechinmalar uygʻotishi bilan ajralib turadi. Musiqa, ayniqsa, bolalarning aqliy va axloqiy rivojlanishiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Zero, “Musiqa tarbiyasisiz bolalarga aqliy tarbiyani etarli darajada bajarib boʻlmaydi”. Shuning uchun musiqa darslari, eng avvalo, tarbiya darsidir. Badiiy tarbiya uning mantiqiy mazmunidir.21 Musiqa aniq vaqt oʻlchovi bilan bogʻlayotgan sanʼatdir. Ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini ilib olib tinglamasa, asar mukammal idrok etilmaydi. Shuning uchun klassik asarlarni ham bir qayta tinglaganda uning yangi badiiy qirralarini his etamiz. Musiqa vositasida ifodalanadigan his-tuygʻularni soʻz bilan ifodalash qiyin. “Qachonki soʻz ojizlik qilsa, musiqa yordamga keladi”. Uchinchidan, musiqa bolalarga faol estetik taʼsir koʻrsatadi, quvontiradi, ijobiy kechinmalar uygʻotadi. Yahshi, mazmunli, qiziqarli muciqa darsidan bolalar quvnoq, xursand boʻlib, xordiq chiqaradilar. Demak, agar musiqa darsi oxirgi darsda qoʻyilgan boʻlganda ham, bolalar hordiq chiqarib, charchoqlari tarqaladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar43 ta adabiyot

  1. Botirkhanovich, S. B. (2024). The Structure of Kashkar Rubab, And Methods of Their Execution. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 5(1), 19-22.
  2. Shokirkhonov, B. (2026, February). DEVELOPMENT OF STUDENTS’PERFORMING AND MUSICAL ABILITIES THROUGH INSTRUMENTS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 77-79).
  3. Botirxonovich, S. B. (2025). MUSIQA NAZARIYASI FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH METODIKASI. FARS International Journal of Education, Social Science & Humanities., 13(7), 139-150. Sadritdin Niyozivich Gulov, «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5, UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLLARI, www.scientificprogress.uz.
  4. Toshmatov, G. U. O. (2026). Musiqa ta’limi jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 7(2), 195-201.
  5. Тошматов, Ғ., & Турдалиева, О. (2023). ТАЛАБАЛАРНИ МУСТАҚИЛ ИШЛАШГА ҚИЗИҚТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Универсальная индексная библиотека Евразийского журнала академических ис��ледований, 3(6), 162-166.
  6. Olimjonovich, T. G., & Komiljanovna, D. G. (2022). The Importance of the Festival “East Songs” in the Introduction and Development of National Classical Music of the Peoples of the East. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(6), 195-199.
  7. Abduraimov, S. (2024). METHODS OF USING PRACTICAL METHODS IN MUSIC CULTURE LESSONS IN HIGH SCHOOLS. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(6), 22-25.
  8. Abduraimov, S. Z. (2024). MUSIQA TO ‘GARAKLARI ASOSIDA O ‘QUVCHILARDA MILLIY RUHIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. Inter education & global study, (5 (1)), 44-51.
  9. Erdonov, S. B., Maxmudov, A. V., Abduraimov, O. S., Allamurotov, A. L., Mavlanov, B. J., & Mamatkasimov, O. T. (2023). On Reserves of Hippophae rhamnoides L. Fruit on the Territory of the Zarafshan National Nature Park of Uzbekistan. American Journal of Plant Sciences, 14, 946-954.
  10. Asrakulova, A. (2025). ECONOMIC VIEWS OF ABU NASR FORABI. Инновационные исследования в науке, 4(2), 65-68.
  11. Nabievna, A. A. (2025). ECONOMIC THOUGHTS OF YUSUF KHOS KHOJIB. Web of Humanities: Journal of Social Science and Humanitarian Research, 3(2), 212-214.
  12. Asrakulova, A. (2025, February). HISTORICAL-PHILOSOPHICAL AND PUBLIC ADMINISTRATION ISSUES IN NIZAMULMULK’S “SIYOSATNOMA”. In Международная конференция академических наук (Vol. 4, No. 2, pp. 85-88).
  13. Jurayeva, G. (2025). TALABALARNING O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARIDA IJROCHILIK MAHORATLARINI OSHIRISHDA USTOZ-SHOGIRD AN'ANALARINING O'RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 535538.
  14. Jurayeva, G. (2024). MUSIQA FANIDA XALQ CHOLG'ULARINI O'RGATISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH. Universal Science Perspectives International Scientific Practical Journal, 1(1).
  15. Jo‘Rayeva, G. Z. Q. (2026). STEM yondashuvi asosida musiqa nazariyasi ta’limini rivojlantirish yo ‘llari. Science and Education, 7(2), 169-174.
  16. Akhmedov, B. (2026, February). THE ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF PERSONALITY. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 72-76).
  17. Akhmedov, B. (2026, February). TECHNICAL AND EXPRESSIVE ASPECTS OF THE CONDUCTING APPARATUS. In International Conference on Social Sciences & Humanities (Vol. 2, No. 2, pp. 68-71).
  18. Ahmedov, B. S. (2026). Umumta’lim maktablari musiqa darslarida musiqa tinglash jarayonining metodik asoslari. Science and Education, 7(2), 182-187.
  19. Tajiboyev, E. (2025). O ‘ZBEK MILLIY QADRIYATLARINING TARIXIY MEROSI VA ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O ‘RNI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3).
  20. Tajiboev, E. (2025). ORGANIZATION OF AN OUT-OF-CLASS MUSIC CLUB IN COMPREHENSIVE SECONDARY SCHOOLS. Развитие и инновации в науке, 4(2), 13-
  21. Tajiboyev, E. M. (2026). Scientific and pedagogical foundations of developing the skills of listening to national music in higher education system. Science and Education, 7(1), 1038- 1043.
  22. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). O ‘quvchilarning STEAM ta’lim texnologiyalarini qo ‘llash asosida muammolarni yechish ko ‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(2), 157-161.
  23. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqiy mashg ‘ulotlar orqali talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi. Science and Education, 7(3), 388-391.
  24. Usmonjanova, G. A. Q. (2026). Musiqa ta’limida STEM texnologiyalari va milliy musiqa integratsiyasi. Science and Education, 7(3), 392-395.
  25. Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi yo ‘nalishi talabalarida ritmik kompetensiyani rivojlantirishning metodik asoslari. Science and Education, 7(1), 960-965.
  26. Odilova, G. (2025). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA BOLALAR BILAN ISHLASHDA MULOQOT TEXNOLOGIYASIDA. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 367-370.
  27. Odilova, G. O. (2026). Musiqa ta’limi orqali bolaga emotsional yondashish tendensiyalari. Science and Education, 7(2), 162-168.
  28. Gaziyev, J. J. (2021). STYLISTIC FEATURES OF THE WORK OF FRANZ JOSEPH HAYDN. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 215-217).
  29. JURAKHONOVICH, G. J., & KARIMBERDIEVICH, R. K. Renewing the System of the Country and the Role and Significance of Art and Culture in Today's New Level of Modernization in Our Life. JournalNX, 6(05), 7-9.
  30. Joraxanovich, G. J. (2025). XIX ASR OHIRI XX ASR BOSHLARIDA YEVROPADA MUSIQA PSIXOLOGIYASI RIVOJLANISHI. Научный Импульс, 4(37), 157-161.
  31. Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025, December). RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PEDAGOGIKA YO ‘NALISHI TALABALARI KREATIV FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 1156-1159).
  32. Muhammadjon o‘g, O. R. A. (2025). MUSIQA TA’LIMINI BARCHA TALABALAR UCHUN INKLYUZIV TARTIBDA TASHKIL ETISH. “Iqtidorli talabalar ilmiy xabarlari" ilmiy-uslubiy jurnali, 1(2), 3-9.
  33. Tursunov R. “Xalq musiqa ijodiyoti va amaliyoti”. Toshkent. “Ma’rifat madadkor” nashriyoti. 2002 yil.
  34. M Qodirov R. Boshlang‘ich maktabda ko‘povozli kuylash. Toshkent. “O‘qituvchi” 1997 yil
  35. A.Yuldashev “TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN”, “ KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI”VA MUSIQIY TA’LIM TIZIMIDA UZLUKSIZLIK VA UZVIYLIKNI AHAMIYATI. ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. Февраль 2021. г.Повлодар.
  36. Ahmadjon Yuldashev, Oltinoy Mahmudova “Uzbek Folk instruments and Their Place in the Development of our Ntional Culture” ACADEMIK JOURNAL. 23.09.2022. Pindus Journal Of Culture, Literature, and ELT Vol 2 No. 9 https://literature.academicjournal.io.
  37. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022).
  38. D.Kabalevskiy «Bolalarga musiqa darsida qanday so’zlash kerak» 1977y.
  39. SHavkatovna, Djumaboeva Muqaddas. "GENESIS OF CRISIS EVENTS IN DOMESTIC ARTISTIC AND CREATIVE (MUSICAL) PEDAGOGY." World Bulletin of Social Sciences 3.10 (2021).
  40. Sh, Jumaboyeva M. "FORMING THE CHILD'S PERSONALITY IN THE PROCESS OF ACQUIRING MUSICAL KNOWLEDGE." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022).
  41. R Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021).
  42. Sabirovna, Rasulova Saida. "BASIC PRINCIPLES OF VOCAL PEDAGOGY." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022).
  43. Marotta, Francesco, et al. "Liver protection: ancient empirical roots, marketing oversimplifications and novel molecular-biology-endowed compounds." Bioactive Compounds in Health and Disease 3.12 (2020).

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012115
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2105
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
444–450
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25