Asosiy mazmunga o‘tish

ANDIJON VILOYATIDAGI TARIXIY YODGORLIKLAR ASOSIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH

Quchqarov Bahodir Ulmasovich, Ubaydullayev AbdullajonAndijon davlat texnika insituti https://ror.org/01p08rg372026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 314–316

Annotatsiya

Mazkur ishda Andijon viloyati hududidagi tarixiy yodgorliklar asosida turizmni rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Unda mintaqaning boy madaniy merosi, me‘moriy obidalari va tarixiy maskanlarining turistik salohiyati o‘rganiladi. Shuningdek, Andijon shahri va uning atrofidagi diqqatga sazovor joylar misolida turizm infratuzilmasini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda milliy va xalqaro turizmni rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari hududning iqtisodiy rivojlanishiga, madaniy merosni asrabavaylashga va turizm sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.

Boshqa tillarda

ruschaРАЗВИТИЕ ТУРИЗМА НА ОСНОВЕ ИСТОРИЧЕСКИХ ПАМЯТНИКОВ АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ

В настоящей работе анализируются вопросы развития туризма на основе исторических памятников, расположенных на территории Андижанской области. В ней изучаются богатое культурное наследие региона, туристический потенциал архитектурных памятников и исторических мест. Кроме того, на примере города Андижана и достопримечательностей его окрестностей рассматриваются пути совершенствования туристической инфраструктуры, повышения качества обслуживания, а также развития национального и международного туризма. Результаты исследования служат экономическому развитию региона, сохранению культурного наследия и внедрению инновационных подходов в сфере туризма.

inglizchaDEVELOPING TOURISM BASED ON HISTORICAL MONUMENTS OF ANDIJAN REGION

This work analyzes issues of developing tourism on the basis of the historical monuments located in the Andijan region. It studies the rich cultural heritage, architectural monuments, and tourist potential of the historical sites of the region. Using the example of the city of Andijan and the attractions around it, the work also considers ways of improving tourism infrastructure, raising the quality of services, and developing national and international tourism. The results of the study serve the economic development of the region, the preservation of cultural heritage, and the introduction of innovative approaches in the field of tourism.

Kalit so‘zlar

  • ta‘lim
  • san‘at
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish
  • estetik tafakkur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

ANDIJON VILOYATIDAGI TARIXIY YODGORLIKLAR ASOSIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH Andijon Davlat Texnika Insitituti Ilmiy raxbar Dotsent Quchqarov Bahodir Ulmasovich 2-kurs talabasi Ubaydullayev Abdullajon

Annotatsiya: Mazkur ishda Andijon viloyati hududidagi tarixiy yodgorliklar asosida turizmni rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Unda mintaqaning boy madaniy merosi, me’moriy obidalari va tarixiy maskanlarining turistik salohiyati o‘rganiladi. Shuningdek, Andijon shahri va uning atrofidagi diqqatga sazovor joylar misolida turizm infratuzilmasini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda milliy va xalqaro turizmni rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari hududning iqtisodiy rivojlanishiga, madaniy merosni asrabavaylashga va turizm sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: turizm, tarixiy yodgorliklar, Andijon viloyati, madaniy meros, me’moriy obidalar, turistik salohiyat, infratuzilma, ekskursiya, milliy turizm, xalqaro turizm, iqtisodiy rivojlanish, tarixiy maskanlar Andijon viloyati – buyuk Boburning vatani, O’zbekistonning maydoni bo’yicha eng kichik, lekin aholi zichligi bo’yicha eng katta viloyatidir. Mintaqaning tarixi miloddan avvalgi VI asrda paydo bo’lgan qadimgi Dovon davlatidan boshlanishini ko’pchilik bilmasa kerak. O’sha vaqtlardan bu yerda sunʼiy sug’orish, chorvachilik bilan qishloq xo’jaligi rivojlantirdi, bundan tashqari, ushbu mintaqa “samoviy otlar” yashash joyi bo’lgan. Andijon viloyatida 400 dan ortiq sayyohlik obyekti mavjud – bu muzey va istirohat bog’lari, arxeologik va tarixiy obidalar, musulmonlar uchun ziyoratgohlar, shuningdek, ajoyib iqlim imkoniyatiga ega go’zal dam olish maskanlari. Asosiy Tarixiy Yodgorliklar. Bobur Ziyo Markazi: Bobur nomi bilan bog’liq bu markaz Andijon shahrida joylashgan. Buyuk shoir va davlat arbobi Bobur sharafiga qurilgan bu markaz turistlar uchun katta qiziqish uyg’otadi. Jome masjidi. Bu masjid Andijon shahridagi eng qadimgi diniy inshootlardan biridir. Masjidning go’zalligi va arxitekturasi turistlarni jalb qiladi. Andijon Qo’rg’oni. Qadimiy Andijonning muhim tarixiy obidalaridan biri bo’lib, bu joyda o’rta asrlar davrida ko’plab muhim voqealar sodir bo’lgan. Mingtepa yodgorligi. Mingtepa qadimiy yodgorliklari Andijon viloyatining tarixiy merosini aks ettiruvchi joylardan biridir. Bu yerda qadimgi turar-joy va madaniy qatlamlar topilgan. Qadimiy Qalʼa. Andijon shahridagi Dukchi Eshon mahallasida noyob inshoot – qadimgi Qalʼa joylashgan. Ushbu majmua 1880-1881 yillarda Andijon

shahrida chor Rossiya qo’shinlari uchun mudofaa qalʼasi sifatida qurilgan. Qalʼa devorlarining balandligi 10 metrdan oshadi, shuning uchun Andijonning har bir tumani va ko’chasi aniq ko’rinib turardi. Qalʼaning ichida askarlar uchun kazarmalar, qurol-aslahalar, oshxona va artilleriya bazasi bo’lgan mudofaa inshooti joylashgan edi. O’sha davrda qalʼaga Rus podshohining Turkiston doimiy batalyonining 250 dan ortiq harbiy rotasi joylashishi mumkin edi. Yuz yillar davomida qalʼa ko’plab voqealarning guvohi bo’lgan, shulardan biri 1898 yilda Andijonda Dukchi Eshon boshchiligidagi xalq qo’zg’oloni.

1-rasm Turizmni rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar Bugungi kunda O’zbekiston me’morlari uchun zamonaviy shaharsozlikning dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy va badiiy muammolaridan biri tarixiy-me’moriy merosni saqlash va ulardan zamonaviy maqsadlarda foydalanishdir. Bu qayta qurish tarixiy inshoot yoki me’moriy yodgorlikning faqatgina ayrim bo’laklarini jismonan saqlab qolishdan iborat bo’lmay, ularni qayta qurilayotgan joyning butun ijtimoiy, texnik, sanitar-gigiyena va estetik talablariga javob bera oladigan zamonaviy hayotiga kiritishdan iborat. Tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilish va saqlash: Tarixiy yodgorliklarning saqlanishi va tiklanishi turizmni rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Bu jarayonlarni milliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirish mumkin. Andijon viloyati O’zbekistonning sharqiy qismida joylashgan bo’lib, ko’plab tarixiy yodgorliklarga ega. Ushbu yodgorliklar asosida turizmni rivojlantirish imkoniyatlari katta. Quyida Andijon viloyatidagi muhim tarixiy yodgorliklar va turizmni rivojlantirish uchun tavsiyalar keltirilgan: Turistik infratuzilmani rivojlantirish: Mehmonxonalar, restoranlar, sayyohlik markazlari va transport xizmatlarini yaxshilash orqali turistlarga qulaylik yaratish lozim. Bunda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ham muhim.

Madaniy tadbirlar va festivallar tashkil etish: Boburga bag’ishlangan xalqaro festivallar, tarixiy rekonstruksiyalar va boshqa madaniy tadbirlar turistlar oqimini oshirishga yordam beradi. Marketing va reklama: Andijon viloyatining tarixiy va madaniy merosini xalqaro miqyosda targ’ib qilish uchun zamonaviy marketing strategiyalaridan foydalanish kerak. Bu jarayonda ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar va sayyohlik agentliklaridan foydalanish muhim. Ta’lim va o’quv dasturlari: Mahalliy aholi va xizmat ko’rsatish sohasi xodimlarini tarixiy yodgorliklar va turizm bo’yicha bilimlarini oshirish uchun maxsus ta’lim va o’quv dasturlarini tashkil etish zarur.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar2 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish strategiyasi. Toshkent, 2021.
  2. Axmedov, B. O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari. Toshkent: Fan, 2017.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012092
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2082
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
314–316
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25