CHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA “4K” MODELI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING IJODIY VA TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH
G‘ulomov Bunyodjon Baxtiyorjon o‘g‘liNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026
KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 357–363
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish va inklyuziv ta‘limni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, chizmachilik fanini o‘qitishda “4K” modeli — kreativlik, tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya va kollaboratsiya kompetensiyalarini shakllantirishning ahamiyati ilmiy-metodik jihatdan asoslab berilgan. Maqolada ushbu model asosida chizmachilik mashg‘ulotlarini tashkil etish, ayniqsa “Loyihalashga doir grafik masalalar” mavzusida ochiq darslarni samarali o‘tkazish usullari tahlil qilingan. Natijada “4K” modeli o‘quvchilarning fazoviy tafakkuri, mustaqil fikrlashi hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim vosita ekanligi xulosa qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaРАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКОГО И ТЕХНИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НА ОСНОВЕ МОДЕЛИ 4К ПРИ ПРЕПОДАВАНИИ ЧЕРЧЕНИЯ
В данной статье освещаются реформы, осуществляемые в системе образования Узбекистана, в частности вопросы внедрения современных педагогических технологий и развития инклюзивного образования. Кроме того, научно-методически обосновано значение формирования компетенций модели «4К» — креативности, критического мышления, коммуникации и коллаборации — в преподавании черчения. В статье проанализированы организация занятий по черчению на основе данной модели, в особенности методы эффективного проведения открытых уроков по теме «Графические задачи по проектированию». В результате сделан вывод о том, что модель «4К» является важным средством развития пространственного мышления, самостоятельного мышления и творческого потенциала учащихся.
inglizchaDEVELOPING STUDENTS‘ CREATIVE AND TECHNICAL THINKING BASED ON THE 4K MODEL IN TEACHING TECHNICAL DRAWING
This article discusses the reforms being implemented in the education system of Uzbekistan, in particular the introduction of modern pedagogical technologies and the development of inclusive education. It also provides a scientific and methodological substantiation of the importance of forming the competencies of the "4C" model — creativity, critical thinking, communication and collaboration — in teaching technical drawing. The article analyses ways of organising technical drawing classes on the basis of this model, and in particular effective methods of conducting open lessons on the topic "Graphic problems related to design". As a result, it is concluded that the "4C" model is an important means of developing pupils‘ spatial thinking, independent reasoning and creative potential.
Kalit so‘zlar
- ta‘lim
- san‘at
- metodika
- pedagogik yondashuv
- ijodiy rivojlanish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
CHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA “4K” MODELI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING IJODIY VA TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH
G‘ulomov Bunyodjon Baxtiyorjon o‘g‘li, NamDPI magistratura talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish va inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, chizmachilik fanini o‘qitishda “4K” modeli — kreativlik, tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya va kollaboratsiya kompetensiyalarini shakllantirishning ahamiyati ilmiy-metodik jihatdan asoslab berilgan. Maqolada ushbu model asosida chizmachilik mashg‘ulotlarini tashkil etish, ayniqsa “Loyihalashga doir grafik masalalar” mavzusida ochiq darslarni samarali o‘tkazish usullari tahlil qilingan. Natijada “4K” modeli o‘quvchilarning fazoviy tafakkuri, mustaqil fikrlashi hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim vosita ekanligi xulosa qilingan. Kalit so'zlar: Ta’lim tizimi modernizatsiyasi, pedagogik texnologiyalar, inklyuziv ta’lim, chizmachilik fani, 4K modeli, kreativlik, tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya, kollaboratsiya, fazoviy tasavvur, texnik tafakkur, grafik masalalar, loyihaviy faoliyat, mustaqil fikrlash, kasbiy kompetensiya. Mamlakatimizda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, uning sifatini oshirish va xalqaro talablarga moslashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodiy salohiyatini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Shu bilan birga, inklyuziv ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, barcha o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim berish tizimi takomillashtirilmoqda. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek bugungi kunda "Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi" degan shior asosida o’rta ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar xalqimiz tomonidan to’la qo’llab-quvvatlanib, umumxalq harakatiga aylanib bormoqda. [1; B.135]. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 29-aprel kuni "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmonni imzoladi. Farmon bilan Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yo'l xaritasi tasdiqlandi. Konsepsiya ta'lim tizimini rivojlantirishning asosiy
yo'nalishlarini belgilaydi. Xususan, umumiy o'rta ta'lim tizimi takomillashtiriladi. Hamda xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, matematika, fizika, tabiiy fanlar kabi fanlar bo'yicha yangi o'quv standartlari, dastur hamda darsliklar yaratiladi. O'quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil ravishda kasb-hunar tanlash va zamonaviy kasblarni egallashi uchun sharoitlar yaratiladi. [2] Bunday sharoitda Chizmachilik fanini o‘qitish ham yangicha yondashuvni talab etadi. Mazkur fan o‘quvchilarda fazoviy tasavvur, texnik tafakkur va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, Chizmachilik mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda zamonaviy “4K” modeli asosida yondashuvni qo‘llash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. “4K” modeli asosida Chizmachilik mashg’ulotlarini loyihalash Hozirgi zamon ta’lim tizimida o‘quvchilarning faqat bilim olishi emas, balki ularning ijodiy, tanqidiy, muloqot va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilanmoqda. Shu nuqtai nazardan, ta’lim jarayoniga “4K” modelini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. “4K” modeli quyidagi asosiy kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi: kreativlik (Creativity), tanqidiy fikrlash (Critical thinking), kommunikatsiya (Communication) va kollaboratsiya (Collaboration). Mazkur model Chizmachilik mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik yondashuv asosida loyihalash imkonini beradi. Kreativlik (Creativity)ni rivojlantirish Chizmachilik darslarida kreativlik texnik tafakkur bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. “4K” modeli asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga tayyor chizmalarni ko‘chirib chizish emas, balki sodda geometrik detallardan foydalangan holda yangi buyum shakllarini mustaqil loyihalash vazifasi beriladi. Ayniqsa, inklyuziv ta’lim sharoitida har bir o‘quvchining individual imkoniyatlarini hisobga olib, sodda detallardan murakkab shakllarni hosil qilish topshiriqlari berilishi muhimdir. Masalan, ikki ko‘rinish (old va yuqori ko‘rinish) asosida uchinchi ko‘rinishni topish jarayonida o‘quvchilar turli variantlarni tasavvur qilib, mustaqil yechimga keladilar. Bu esa ularning fazoviy tasavvuri va ijodiy fikrlashini rivojlantiradi. Tanqidiy fikrlash (Critical thinking)ni shakllantirish “4K” modelida tanqidiy fikrlash chizmachilik fanida ayniqsa muhim hisoblanadi. O‘quvchilar berilgan detalning ikki ko‘rinishini tahlil qilib, uchinchi ko‘rinishni aniqlash jarayonida mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va solishtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Har bir chiziq, o‘lcham va proyeksiya o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilar chizmada yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlash, ularni tuzatish va to‘g‘ri variantni asoslab berish orqali analitik fikrlashni shakllantiradilar. Inklyuziv ta’limda bu jarayon bosqichma-bosqich, sodda detallardan boshlab murakkab shakllarga o‘tish orqali tashkil etiladi.
Kommunikatsiya (Communication) Chizmachilik mashg‘ulotlarida kommunikatsiya o‘quvchilarning texnik fikrini aniq ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Dars jarayonida o‘quvchilar o‘z chizmasini og‘zaki tushuntirib berish, ikki ko‘rinish asosida uchinchi ko‘rinishni qanday aniqlaganini izohlash orqali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Ayniqsa, inklyuziv sinflarda o‘quvchilarning bir-biriga tushunarli tilda izoh berishi, savol-javoblarda faol ishtirok etishi muhim hisoblanadi. Bu jarayon o‘quvchilarning nafaqat nutqini, balki texnik tafakkurini ham mustahkamlaydi. Kollaboratsiya (Collaboration) Chizmachilik darslarida hamkorlikda ishlash jarayonida o‘quvchilar birgalikda detal chizmalarini tahlil qilish, proyeksiyalarni aniqlash va umumiy yechimga kelish ko‘nikmalarini egallaydilar. Guruhli ishlarda har bir o‘quvchiga alohida vazifa beriladi: biri old ko‘rinishni tahlil qiladi, boshqasi yuqori ko‘rinishni, yana biri uchinchi ko‘rinishni chizadi. Bu jarayonda o‘zaro fikr almashish va muhokama orqali to‘g‘ri natijaga erishiladi. Inklyuziv ta’lim sharoitida bunday hamkorlik o‘quvchilarning ijtimoiylashuvi va o‘zaro yordam ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Chizmachilik darslarida ijodkorlik va samarali muloqotni rivojlantiruvchi ijobiy o‘quv muhitini yaratish o‘quvchilarning estetik tafakkuri va nutq madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘qituvchi bu jarayonda yetakchi rol o‘ynab, o‘quvchilarga mustaqil fikrlash, o‘z g‘oyalarini asoslash va badiiy ishlarni tahlil qilish uchun zarur sharoit yaratadi. O‘quvchilarda ijodiy yondashuvni shakllantirish ko‘p qirrali yondashuvni talab etadi. Loyihaga asoslangan ta’lim orqali o‘quvchilar amaliy faoliyatga jalb qilinib, tanqidiy fikrlash, muammoni hal qilish va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Ochiq munozaralar, chizma va kompozitsiyalarni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin bayon qilishni va boshqalarning nuqtai nazarini hurmat qilishni o‘rganadilar. Ommaviy taqdimotlar, ko‘rgazmalar va ijodiy loyihalar o‘quvchilarga o‘z ishlari haqida auditoriya oldida so‘zlash, fikrini asoslash va muloqot madaniyatini rivojlantirish imkonini beradi. San’atni adabiyot, musiqa va teatr bilan uyg‘unlashtirish esa tasavvur va ijodiy yondashuvni yanada boyitadi. Chizmachilik fanida “4K” modeli asosida ochiq dars tashkil etish Chizmachilik darslarida turli xil mashinasozlik chizmalari, qurilish chizmalari va loyihaviy grafik topshiriqlarni bajarish o‘quvchilarda nafaqat texnik bilim va ko‘nikmalarni, balki ijtimoiy faollik, axloqiy ong hamda tanqidiy munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, “4K” modeli asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning kreativlik, tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya va hamkorlik ko‘nikmalarini kompleks rivojlantirish imkonini beradi. Xususan, 9-sinflarda “Loyihalashga doir grafik masalalar” mavzusi asosida ochiq darsni tashkil etish jarayonida 4K modeli samarali pedagogik yondashuv
sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur mavzuda o‘quvchilar bir nechta yechimga ega bo‘lgan grafik masalalar bilan ishlaydilar. Bunday masalalarda aniq bitta javob emas, balki turli xil variantlar mavjud bo‘lib, o‘quvchilar eng maqbul yechimni tanlash jarayonida ijodiy va mantiqiy yondashuvni qo‘llaydilar. Kreativlik (Creativity) komponenti doirasida o‘quvchilarga mavjud detal yoki buyumni takomillashtirishga doir topshiriqlar beriladi. Masalan, berilgan detal konstruktsiyasiga foydali o‘zgartirish kiritish sharti asosida uning yangi loyihaviy chizmasini ishlab chiqish talab etiladi. O‘quvchilar sodda detallarni tahlil qilib, ularga yangi funksional elementlar qo‘shish yoki shaklini o‘zgartirish orqali turli variantlarni taklif etadilar. Bu jarayonda ular konstruktorlik fikrlashini ishga solib, texnik, texnologik va qisman iqtisodiy jihatlarni ham hisobga olishga harakat qiladilar. Natijada o‘quvchilarning ijodiy yondashuvi va fazoviy tasavvuri rivojlanadi. Tanqidiy fikrlash (Critical thinking) ni shakllantirish jarayonida o‘quvchilar taklif etilgan loyihaviy yechimlarni tahlil qiladilar. Har bir chizma variantining afzallik va kamchiliklari muhokama qilinadi. O‘quvchilar “Qaysi variant funksional jihatdan qulay?”, “Qaysi yechim texnologik jihatdan samaraliroq?” kabi savollar asosida fikr yuritadilar. Shuningdek, detalga kiritilgan o‘zgartirishlarning amaliy ahamiyati va qo‘llanish imkoniyatlari baholanadi. Bu jarayon o‘quvchilarda muammoni chuqur tahlil qilish, solishtirish va asosli xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Kollaboratsiya (Collaboration) komponenti dars jarayonida guruhli ishlash orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, berilgan detalni takomillashtirish bo‘yicha birgalikda ishlaydilar. Guruh ichida vazifalar taqsimlanadi: ayrim o‘quvchilar mavjud detalni tahlil qiladi, boshqalar yangi variantlarni taklif etadi, yana bir qismi esa yakuniy chizmani rasmiylashtiradi. Bu jarayonda o‘quvchilar o‘zaro fikr almashish, murosaga kelish va umumiy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallaydilar. Hamkorlikda ishlash ularning ijtimoiy faolligini oshiradi va jamoada ishlash madaniyatini shakllantiradi. Kommunikatsiya — bu fikr, axborot, his-tuyg'ularni aniq, ravon va samarali tarzda yetkazish san'atidir. Ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi, shuningdek o'quvchilar o'rtasidagi muloqot samaradorligi o'zaro tushunishni belgilaydi. Zamonaviy talimda kommunikatsiya ikki jihatdan muhim: og'zaki va yozma shaklda fikrni aniq ifoda eta olish; raqamli vositalarda samarali muloqot olib borish. [3] Kommunikatsiya (Communication) ko‘nikmalari esa bajarilgan loyihaviy ishlarni taqdim etish jarayonida rivojlantiriladi. Har bir guruh o‘z loyihasini sinf oldida himoya qilib, detalga qanday o‘zgartirish kiritilganini, bu o‘zgarishning qanday afzallik berishini asoslab beradi. O‘quvchilar texnik chizmalarni og‘zaki
izohlash, o‘z fikrini aniq va tushunarli bayon etish orqali nutq madaniyatini rivojlantiradilar. Savol-javob jarayonlari esa ularning muloqot ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydi. Loyihalashga doir grafik masalalar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. Bunday masalalarda ko‘p variantli yechimlar mavjud bo‘lib, o‘quvchi eng optimal variantni tanlash jarayonida o‘zining ijodiy salohiyatini namoyon etadi. Bu jarayon real konstruktorlik faoliyatiga yaqin bo‘lib, o‘quvchilarda kasbiy qiziqishlarni shakllantiradi. Xulosa qilib aytganda, 9-sinflarda “Loyihalashga doir grafik masalalar” mavzusi asosida Chizmachilik ochiq darsini 4K modeli asosida tashkil etish o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantiradi, ularni mustaqil qaror qabul qilishga o‘rgatadi hamda kelajakdagi muhandislik va texnik faoliyatga tayyorlashda muhim metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa Chizmachilik fanini “4K” modeli asosida o‘qitish o‘quvchilarda nafaqat grafik bilim va ko‘nikmalarni, balki kreativlik, tanqidiy fikrlash, kommunikatsiya va hamkorlik kompetensiyalarini ham rivojlantiradi. Loyihalashga doir grafik masalalar, ayniqsa ikki ko‘rinish asosida uchinchi ko‘rinishni aniqlash kabi topshiriqlar o‘quvchilarning fazoviy tasavvuri va mustaqil fikrlashini shakllantiradi. Natijada bunday yondashuv o‘quvchilarni kelajakdagi texnik va muhandislik faoliyatiga samarali tayyorlashga xizmat qiladi. Qurbonova.B.Q va Erkinova.N.A larning ta’kidlashiga ko’ra Tahlillar shuni ko'rsatadiki, xalqaro tajribalar asosida 4K modeli ta'limga tizimli ravishda integratsiya qilinmoqda. O'zbekistonda ham bu yo'nalishda qator islohotlar amalga oshirilmoqda, biroq amaliyotda ayrim to'siqlar mavjud: o'qituvchilarning tayyorgarlik darajasi yetarli emasligi, dars metodikasining eskirganligi va baholash tizimining kompetensiyaga yo'naltirilmaganligi shular jumlasidandir. [4]
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar38 ta adabiyot
- Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi va Yangi O‘zbekiston. – Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2023.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq ta'limi tizimni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi PF-5712-sonli Farmoni.
- Hargie, O. (2011). Skilled Interpersonal Communication: Research, Theory and Practice.
- Qurbonova.B.Q , Erkinova.N.A , Central Asian Journal of Academic Research, ZAMONAVIY TA’LIMDA 4K MODELI TUSHUNCHASI VA UNING ROLI
- Ganiev, A., Ahmedov, D. S. U., Boltaboyev, A. K. U., & Turamov, M. R. U. (2026, February). Cognitive load theory and AI integration: Optimizing educational technology for enhanced learning outcomes. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3393, No. 1, p. 060053). AIP Publishing LLC.
- Inamova, Zarnigor Zafar-qizi, and Shirinoy Tursunali-qizi Ismatullayeva. "DEVELOPING ENGINEERING DESIGN SKILLS IN STUDENTS." Altum International Conference Platform. No. 1. 2026.
- Hasanboy o’g’li, B. A. Methods Of Using Modern Technologies Of Teaching In Primary Schools. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 960-963.
- Boltaboyev, A. X. (2025). Umumta’lim maktablarining boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilarini tasviriy san’atga o ‘rgatishning maqsadi va mazmuni. Namangan Davlat Pedagogika Instituti: Ta'lim va Taraqqiyot ilmiy-uslubiy jurnali, 6, 50-55.
- Boltaboyev, A. X., & Xaydarova, M. K. (2026). Kompyuter dizayn orqali maktab o ‘quvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish. Zamonaviy san’at va gumanitar fanlar bo ‘yicha Yevropa sharhi, 2(1), 42-44.
- Boltaboyev, A. X. (2026). Academic Research in Modern Science. International Scientific- Online Conference, 3 (8), 140–146.
- Boltaboev, A. K., & Abdirasilov, S. F. (2023). METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS BY MAKING PENCIL DRAWINGS AND DRAFTS. Экономика и социум, (3-2 (106)), 57-60.
- Boltaboyev, A. (2023, December). BO ‘LAJAK O ‘QITUVCHINING KASBIY- PEDAGOGIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
- Babur, N., Muazzam, N., & Shahrizoda, A. (2024). THE UNIQUENESS OF WORKING WITH GEOMETRIC OBJECTS IN PENCIL DRAWING CLASSES. Western European Journal of Linguistics and Education, 2(2), 62-66.
- Бобур, А. Ў. Н. (2022). Тасвирий санъат асарларини яратишда композиция қонунларининг илмий асосларидан фойдаланиш. Science and Education, 3(2), 1087- 1095.
- O‘G‘Li, B. A. A. (2024). Talabalarning figurali kompozitsiya ishlashda naturadan qarab ishlashning ahamiyati. Science and Education, 5(12), 229-232.
- O‘G‘Li, B. A. A., Lutfullayeva, S. N. Q., & Olimjonova, O. J. Q. (2024). Rangtasvirda kоmpоzitsiya ishlashning qonun-qoidalari, uslublarini o ‘rganishning nazariy va amaliy asoslari. Science and Education, 5(12), 214-218.
- Nabiyev, B. (2022). Natyurmort kompozitsiyasini tuzish va tasvirlashda bosqichlar asosida ishlashning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(12), 334-338.
- Oktyabrov, M. A. O. G. L., & Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Chizmachilik darslarida tutashmalarni formulaviy va vizualmnemonik yondashuv asosida o ‘rgatish metodikasi. Science and Education, 7(2), 409-416.
- Ro‘zimamatova, S. I. Q. (2026, March). MODERN COMPOSITIONAL AND COLOR SOLUTIONS IN CREATING STILL LIFE COMPOSITIONS IN WATERCOLOR. In Altum International Conference Platform (No. 2, pp. 4-9).
- Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Innovative methods for revealing students’ individual abilities in painting classes. Science and Education, 7(3), 349-353.
- Komoldinov, S., & Sattarov, F. (2024). Ijodiy asar yaratish bo‗ yicha metodik tavsiyalar. Scientific-theoretical journal of International education research, 2(1), 42-46.
- Sattarov, F. (2024). SCIENTIFIC-THEORETICAL FOUNDATIONS OF LEARNING THE RULES OF COMPOSITION AND DEPICTION IN PAINTING. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(10), 379-382.
- Sattarov, F. I. (2024). Techniques and Methods of Creating Fine Art Works. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 2(3), 269-271.
- Sattarov, F. I., & Rahimjonova, N. B. Q. (2026, February). THE PROCESS OF WORKING ON COMPOSITION IN PAINTING LESSONS. In Altum International Conference Platform (No. 1, pp. 17-20).
- Sattarov, F. I., & Usmanova, X. N. Q. (2026). Teaching the subject of composition in specialized art schools. Science and Education, 7(2), 386-389.
- Sattarov, F. I., & Lutfullayeva, S. N. Q. (2026). The influence of interactive methods on the development of compositional thinking in painting lessons. Science and Education, 7(2), 356-360.
- Islomovich, S. F. QALAMTASVIR MASHG „ULOTLARIDA TALABALARNI KOMPOZISIYA OID BILIM VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH.
- Tadjibayev, A. B., & Abdurashidova, U. D. Q. (2026, January). THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF TEACHING TECHNICAL DRAWING AND GEOGRAPHY ON AN INTEGRATIVE BASIS. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 64-68).
- Tokhtaeva, Z., Salomov, B., Tadjibaev, A., Urinov, S., Chulieva, G., & Tueva, E. (2025, September). Optical systems in UAVs for sustainable development of precision agriculture. In Optical and Computational Technologies for Measurements and Industrial Applications (OptiComp 2025) (Vol. 13803, pp. 82-90). SPIE.
- Tadjibayev, A. (2025). YAGONA GRAFIKAVIY TEXNOLOGIYANI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 291-295.
- Tadjibaev, A. B. (2014). The role of subject teachers in providing a unified graphics mode. The Advanced Science. Open access journal.–United State, (9-2014), 43-45.
- ugli Dominjonov, K. F. (2026). THE HARMONY OF FOLK APPLIED ART AND CONTEMPORARY ART IN POTTERY WORKS. European Review of Contemporary Arts and Humanities, 2(1), 32-35.
- Faxriddin o‘g‘li, D. K. (2026). O’ZBEKISTON KULOCHILIGIDA TARIXIY SHAXSLAR TALQININING BADIIY TAHLILI. SHOKH LIBRARY, 1(1).
- Dominjonov, K. F. U. (2026, January).
- Dominjonov, K. F. O. G. L., & Ulug‘Bek-O‘G‘Li, K. (2026). Kulolchilikda yangi materiallar va texnologiyalarning qo ‘llanilishi. Science and Education, 7(2), 87-92.
- Dominjonov, K. F. O. G. L., & Odilova, M. X. J. Q. (2026). Zamonaviy hayotimizda naqqoshlik milliylik omili. Science and Education, 7(2), 350-355.
- Dominjonov, K. F. O. G. L., & Axmatjonova, U. L. Q. (2026). An’anaviy va zamonaviy kulolchilik texnologiyalarining taqqoslanishi va rivojlanish istiqbollari. Science and Education, 7(2), 79-86.
- O‘G‘Likomoldinov, S. J., & Abdirasilov, S. F. (2023). ON THE INTEGRITY OF ILLUSTRATION IN PAINTING LESSONS AND ITS RELATIONSHIP WITH COMPOSITION ACTIVITY. Экономика и социум, (3-2 (106)), 168-171.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012101
- Nashr sanasi
- 2026-04-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/2091
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 357–363
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25