Asosiy mazmunga o‘tish

CHIZMACHILIK FANINING IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI

Homidjonova MaftunaNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482026

KonferensiyalarART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamiJild 1Son 2Sahifa 364–368

Annotatsiya

Mazkur maqolada umumta‘lim maktablarida chizmachilik fanining o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishdagi nazariy va metodik asoslari tahlil qilinadi. Ijodiy tafakkurning pedagogik-psixologik mohiyati ochib berilib, grafik faoliyatning fazoviy tasavvur, analitik fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal etishdagi ahamiyati asoslanadi. Shuningdek, dars jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali kreativ kompetensiyalarni shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ ЧЕРЧЕНИЯ В РАЗВИТИИ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ

В данной статье анализируются теоретические и методические основы роли черчения в развитии творческого мышления учащихся общеобразовательных школ. Раскрывается педагогико-психологическая сущность творческого мышления, обосновывается значение графической деятельности в формировании пространственного воображения, аналитического мышления и решении проблемных ситуаций. Кроме того, показаны пути формирования креативных компетенций посредством применения инновационных педагогических технологий в процессе урока.

inglizchaTHE ROLE OF TECHNICAL DRAWING IN DEVELOPING CREATIVE THINKING

This article analyses the theoretical and methodological foundations of the subject of technical drawing in developing creative thinking among pupils of general secondary schools. The pedagogical and psychological essence of creative thinking is revealed, and the importance of graphic activity in shaping spatial imagination, analytical reasoning and the solving of problem situations is substantiated. Ways of forming creative competencies through the application of innovative pedagogical technologies in the lesson are also demonstrated.

Kalit so‘zlar

  • ta‘lim
  • san‘at
  • metodika
  • pedagogik yondashuv
  • ijodiy rivojlanish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

CHIZMACHILIK FANINING IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI

Homidjonova Maftuna Namangan davlat pedagogika instituti 1-bosqich magistranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida chizmachilik fanining o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishdagi nazariy va metodik asoslari tahlil qilinadi. Ijodiy tafakkurning pedagogik-psixologik mohiyati ochib berilib, grafik faoliyatning fazoviy tasavvur, analitik fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal etishdagi ahamiyati asoslanadi. Shuningdek, dars jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali kreativ kompetensiyalarni shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: ijodiy tafakkur, kreativlik, grafik savodxonlik, fazoviy tasavvur, muammoli ta’lim, loyiha metodi, pedagogik texnologiya, kompetensiyaviy yondashuv. Zamonaviy ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biri o‘quvchilarda mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlash kompetensiyalarini shakllantirishdir. Raqamli iqtisodiyot va texnologik taraqqiyot sharoitida jamiyat yuqori darajadagi kreativ salohiyatga ega mutaxassislarni talab qilmoqda. Shu bois ta’lim jarayonida reproduktiv o‘qitishdan ko‘ra, produktiv va ijodiy faoliyatni rag‘batlantiruvchi metodlarni qo‘llash dolzarb masalaga aylanmoqda. Umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan chizmachilik fani mazkur vazifani amalga oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Chunki grafik faoliyat o‘quvchilarning fazoviy tasavvuri, konstruktiv tafakkuri, mantiqiy izchilligi va estetik didini bir vaqtning o‘zida rivojlantiradi. Shu sababli chizmachilik fanining ijodiy tafakkurni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslashni talab etadi, Ijodiy tafakkur — bu shaxsning mavjud bilim va tajribasini yangi vaziyatlarda qo‘llay olish, yangicha g‘oya va yechimlar ishlab chiqish qobiliyatidir. Psixologiyada ijodiy tafakkur divergent fikrlash bilan bog‘lanadi. Divergent tafakkur muammoning bir nechta muqobil yechimlarini taklif etish imkonini beradi.Pedagogik nuqtai nazardan, ijodiy tafakkur quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: • muammoni ko‘ra bilish; • faraz ilgari surish; • g‘oyalarni tahlil qilish va baholash; • amaliy natija yaratish; • refleksiya qilish.

Ta’lim jarayonida ushbu komponentlarni shakllantirish uchun o‘quv faoliyati mazmuni ijodiy xarakterga ega bo‘lishi zarur. Chizmachilik fanining mazmuni aynan shunday imkoniyatni yaratadi. Chizmachilik fanida o‘quvchilar grafik tasvirlar bilan ishlash jarayonida murakkab aqliy operatsiyalarni bajaradilar. Proyeksiyalarni qurish, kesim va qirqimlarni tasvirlash, detal va yig‘ma birlik chizmalarini o‘qish jarayonida o‘quvchi obyektni tahlil qiladi, uning tuzilishini modellashtiradi va fazoviy tasavvur asosida qayta tiklaydi. Birinchidan, grafik faoliyat fazoviy tafakkurni rivojlantiradi. Fazoviy tasavvur ijodiy tafakkurning muhim sharti bo‘lib, uch o‘lchamli obyektni tekislikda tasvirlash yoki aksincha jarayonida namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, chizmachilik analitik-sintetik fikrlashni shakllantiradi. O‘quvchi obyektni qismlarga ajratadi, ularni o‘zaro bog‘laydi va umumiy tuzilmani aniqlaydi. Bu jarayon tafakkurning mantiqiy va tizimli bo‘lishini ta’minlaydi. Uchinchidan, chizmachilik fanida muammoli vaziyatlar tabiiy ravishda yuzaga keladi. Masalan, yetishmayotgan proyeksiyani aniqlash yoki murakkab detalning ichki tuzilishini tasvirlash o‘quvchidan mustaqil fikr yuritishni talab qiladi. Bu esa ijodiy tafakkurni faollashtiradi Chizmachilik darslarida ijodiy tafakkurni samarali rivojlantirish quyidagi metodik shartlarga bog‘liq: 1. Muammoli ta’limni tashkil etish. O‘quvchilarga tayyor algoritm berish o‘rniga, muammoni mustaqil hal etish imkonini yaratish. 2. Loyiha metodidan foydalanish. O‘quvchilar kichik loyihalar asosida buyum konstruksiyasini ishlab chiqish orqali ijodiy faoliyatga jalb etiladi. 3. Differensial yondashuv. O‘quvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olgan holda topshiriqlar berish. 4. Interfaol metodlar. “Aqliy hujum”, “Grafik klaster”, “Muammoli savol” kabi usullar ijodiy fikrlashni rag‘batlantiradi. 5. Raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish. Kompyuter grafikasi va 3D modellashtirish vositalari o‘quvchilarning kreativ imkoniyatlarini kengaytiradi. Mazkur metodlar tizimli qo‘llanilganda o‘quvchilarning grafik savodxonligi bilan bir qatorda ijodiy kompetensiyalari ham shakllanadi. Tajriba-sinov ishlari samaradorligi (model tavsifi) Pedagogik tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, ijodiy yo‘naltirilgan topshiriqlar qo‘llanilgan sinflarda o‘quvchilarning: • mustaqil fikrlash ko‘rsatkichi oshgan; • muammoli vaziyatlarda yechim topish tezligi yaxshilangan; • fazoviy tasavvur darajasi yuqorilagan;

• darsga qiziqishi ortgan. Bu esa chizmachilik fanining ijodiy tafakkurni rivojlantirishdagi amaliy samaradorligini tasdiqlaydi. Tadqiqot tahlillari asosida quyidaglarnii xulosa ornida aytishimiz mumkin: . Chizmachilik fani o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni shakllantirish uchun keng pedagogik imkoniyatlarga ega. Uning fazoviy tasavvur, analitik tafakkur va muammoli fikrlashni rivojlantiradi. Muammoli ta’lim, loyiha metodi va interfaol yondashuvlar esaa ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Shu bilan birgalikda raqamli texnologiyalarni qo‘llash chizmachilik fanining rivojlantiruvchi salohiyatini yanada kuchaytiradi. Shunday qilib, chizmachilik fani o‘quvchilarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim ta’limiy omil sifatida namoyon bo‘ladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar48 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. Toshkent, 2020.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni. Toshkent, 2019.
  3. Saidaxmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. Toshkent: TDPU, 2012. – 256 b.
  4. Guilford J.P. The Nature of Human Intelligence. New York: McGraw-Hill, 1967. 538 p.
  5. Torrance E.P. Guiding Creative Talent. Englewood Cliffs: Prentice Hall, 1962. 278 p.
  6. Davydov V.V. Teoriya razvиваyushchego obucheniya. Moskva: Pedagogika, 1986. 240 s.
  7. Botvinnikov A.D. Cherchenie v shkole. Moskva: Prosveshchenie, 1990. 192 s.
  8. Yakovlev A.I. Inzhenernaya grafika. Moskva: Vysshaya shkola, 2005. 320 s.
  9. Podlasiy I.P. Pedagogika. Moskva: Vlados, 2008. 576 s.
  10. Mavlonova R. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Toshkent: O‘qituvchi, 2010. 384 b.
  11. Polat E.S. Novye pedagogicheskie i informatsionnye tekhnologii v sisteme obrazovaniya. Moskva: Akademiya, 2007. 272 s.
  12. Shennon R. Kompyuter grafikasi asoslari. Toshkent: Fan, 2018. 220 b.
  13. Ganiev, A., Ahmedov, D. S. U., Boltaboyev, A. K. U., & Turamov, M. R. U. (2026, February). Cognitive load theory and AI integration: Optimizing educational technology for enhanced learning outcomes. In AIP Conference Proceedings (Vol. 3393, No. 1, p. 060053). AIP Publishing LLC.
  14. Inamova, Zarnigor Zafar-qizi, and Shirinoy Tursunali-qizi Ismatullayeva. "DEVELOPING ENGINEERING DESIGN SKILLS IN STUDENTS." Altum International Conference Platform. No. 1. 2026.
  15. Hasanboy o’g’li, B. A. Methods Of Using Modern Technologies Of Teaching In Primary Schools. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 960-963.
  16. Boltaboyev, A. X. (2025). Umumta’lim maktablarining boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilarini tasviriy san’atga o ‘rgatishning maqsadi va mazmuni. Namangan Davlat Pedagogika Instituti: Ta'lim va Taraqqiyot ilmiy-uslubiy jurnali, 6, 50-55.
  17. Boltaboyev, A. X., & Xaydarova, M. K. (2026). Kompyuter dizayn orqali maktab o ‘quvchilarining estetik tafakkurini rivojlantirish. Zamonaviy san’at va gumanitar fanlar bo ‘yicha Yevropa sharhi, 2(1), 42-44.
  18. Boltaboyev, A. X. (2026). Academic Research in Modern Science. International Scientific-Online Conference, 3 (8), 140–146.
  19. Boltaboev, A. K., & Abdirasilov, S. F. (2023). METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCE IN STUDENTS BY MAKING PENCIL DRAWINGS AND DRAFTS. Экономика и социум, (3-2 (106)), 57-60.
  20. Boltaboyev, A. (2023, December). BO ‘LAJAK O ‘QITUVCHINING KASBIY- PEDAGOGIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01).
  21. Babur, N., Muazzam, N., & Shahrizoda, A. (2024). THE UNIQUENESS OF WORKING WITH GEOMETRIC OBJECTS IN PENCIL DRAWING CLASSES. Western European Journal of Linguistics and Education, 2(2), 62-66.
  22. Бобур, А. Ў. Н. (2022). Тасвирий санъат асарларини яратишда композиция қонунларининг илмий асосларидан фойдаланиш. Science and Education, 3(2), 1087- 1095.
  23. O‘G‘Li, B. A. A. (2024). Talabalarning figurali kompozitsiya ishlashda naturadan qarab ishlashning ahamiyati. Science and Education, 5(12), 229-232.
  24. O‘G‘Li, B. A. A., Lutfullayeva, S. N. Q., & Olimjonova, O. J. Q. (2024). Rangtasvirda kоmpоzitsiya ishlashning qonun-qoidalari, uslublarini o ‘rganishning nazariy va amaliy asoslari. Science and Education, 5(12), 214-218.
  25. Nabiyev, B. (2022). Natyurmort kompozitsiyasini tuzish va tasvirlashda bosqichlar asosida ishlashning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(12), 334-
  26. Oktyabrov, M. A. O. G. L., & Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Chizmachilik darslarida tutashmalarni formulaviy va vizualmnemonik yondashuv asosida o ‘rgatish metodikasi. Science and Education, 7(2), 409-416.
  27. Ro‘zimamatova, S. I. Q. (2026, March). MODERN COMPOSITIONAL AND COLOR SOLUTIONS IN CREATING STILL LIFE COMPOSITIONS IN WATERCOLOR. In Altum International Conference Platform (No. 2, pp. 4-9).
  28. Abdug‘Ani-O‘G‘Li, B. (2026). Innovative methods for revealing students’ individual abilities in painting classes. Science and Education, 7(3), 349-353.
  29. Komoldinov, S., & Sattarov, F. (2024). Ijodiy asar yaratish bo‗ yicha metodik tavsiyalar. Scientific-theoretical journal of International education research, 2(1), 42-46.
  30. Sattarov, F. (2024). SCIENTIFIC-THEORETICAL FOUNDATIONS OF LEARNING THE RULES OF COMPOSITION AND DEPICTION IN PAINTING. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(10), 379-382.
  31. Sattarov, F. I. (2024). Techniques and Methods of Creating Fine Art Works. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 2(3), 269-271.
  32. Sattarov, F. I., & Rahimjonova, N. B. Q. (2026, February). THE PROCESS OF WORKING ON COMPOSITION IN PAINTING LESSONS. In Altum International Conference Platform (No. 1, pp. 17-20).
  33. Sattarov, F. I., & Usmanova, X. N. Q. (2026). Teaching the subject of composition in specialized art schools. Science and Education, 7(2), 386-389.
  34. Sattarov, F. I., & Lutfullayeva, S. N. Q. (2026). The influence of interactive methods on the development of compositional thinking in painting lessons. Science and Education, 7(2), 356-360.
  35. Islomovich, S. F. QALAMTASVIR MASHG „ULOTLARIDA TALABALARNI KOMPOZISIYA OID BILIM VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH.
  36. Tadjibayev, A. B., & Abdurashidova, U. D. Q. (2026, January). THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF TEACHING TECHNICAL DRAWING AND GEOGRAPHY ON AN INTEGRATIVE BASIS. In Claritas Conference Platform (No. 1, pp. 64-68).
  37. Tokhtaeva, Z., Salomov, B., Tadjibaev, A., Urinov, S., Chulieva, G., & Tueva, E. (2025, September). Optical systems in UAVs for sustainable development of precision agriculture. In Optical and Computational Technologies for Measurements and Industrial Applications (OptiComp 2025) (Vol. 13803, pp. 82-90). SPIE.
  38. Tadjibayev, A. (2025). YAGONA GRAFIKAVIY TEXNOLOGIYANI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 291-295.
  39. Tadjibaev, A. B. (2014). The role of subject teachers in providing a unified graphics mode. The Advanced Science. Open access journal.–United State, (9-2014), 43-45.
  40. ugli Dominjonov, K. F. (2026). THE HARMONY OF FOLK APPLIED ART AND CONTEMPORARY ART IN POTTERY WORKS. European Review of Contemporary Arts and Humanities, 2(1), 32-35.
  41. Faxriddin o‘g‘li, D. K. (2026). O’ZBEKISTON KULOCHILIGIDA TARIXIY SHAXSLAR TALQININING BADIIY TAHLILI. SHOKH LIBRARY, 1(1).
  42. Dominjonov, K. F. U. (2026, January).
  43. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Ulug‘Bek-O‘G‘Li, K. (2026). Kulolchilikda yangi materiallar va texnologiyalarning qo ‘llanilishi. Science and Education, 7(2), 87-92.
  44. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Odilova, M. X. J. Q. (2026). Zamonaviy hayotimizda naqqoshlik milliylik omili. Science and Education, 7(2), 350-355.
  45. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Axmatjonova, U. L. Q. (2026). An’anaviy va zamonaviy kulolchilik texnologiyalarining taqqoslanishi va rivojlanish istiqbollari. Science and Education, 7(2), 79-86.
  46. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Xamidullayeva, K. A. Q. (2026). Integratsion dars modeli samaradorligi: nazariy va empirik tahlil. Science and Education, 7(3), 403-407.
  47. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Akbarova, M. B. Q. (2026). Kulolchilik asarlarida xalq amaliy san’ati va zamonaviy san’at uyg ‘unligi. Science and Education, 7(3), 430-435.
  48. Dominjonov, K. F. O. G. L., & Saydullayeva, D. Q. C. Q. (2026). Kulolchilik buyumlari orqali O ‘zbekistonning madaniy merosini ifodalash. Science and Education, 7(3), 436-

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012102
Nashr sanasi
2026-04-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/2092
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
364–368
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25