Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘iston sharoitida oqqanot zararkunandasining rivojlanish dinamikasi va unga qarshi kurash choralarini olib borishdagi o‘ziga xosliklar

    Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich, Amaniyazov Islambek Polatovich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada mintaqamiz sharoitida so‘nggi yillarda paydo bo‘lgan oqqanot zararkunandasining rivojlanish bioekologiyasi xususiyatlariga asoslanib olib boriladigan biologik kurash choralarini tashkil etishning ilmiy jihatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy ishlar natijalari keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Moyli ekinlarning dastlabki rivojlanish bosqichlari bo‘yicha tahlil natijalari

    Seytbayev Rawaj Sarsenbayevich, Turdishev Bekmurat Khojamuratovich, Jumabayeva Sapura Narkhon kizi, Berdibekova Ayzada Sultanbek kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida moyli ekinlarning dastlabki rivojlanish bosqichlari bo‘yicha kuzatuvlar tahlillari keltirilgan. Bunda moyli ekinlarning 6-8 barg paydo bo‘lishi bo‘yicha kuzatuv tahlillari olib borilgan. Kuzatishlar natijasida moyli zig‘irning Fliz zu navi va xantal o‘simligining Nika va Kolla navlarida 6-8 barg paydo bo‘lishi boshqa navlarga nisbatan 3-4 kunga erta kuzatilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Orolbo‘yi cho‘l yaylovlarida suv tanqisligi va sho‘rlanish sharoitida ozuqabop o‘simliklarni yetishtirishning istiqbolli yondashuvlari

    Saidova Munisa Ergashevna, Aymuratova Nazira Davletbayevna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada Orolbo‘yi cho‘l yaylovlarida suv tanqisligi va sho‘rlanish sharoitida ozuqabop o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot natijalari tahlili yoritilgan. Ma‘lumki, bugungi kunda cho‘l yaylovlarida jadal rivojlanib borayotgan tuproq degradatsiyasi jarayonlari ozuqabop o‘simliklarni yetishtirish yondashuvlarini mahalliy sharoitga moslashtirishni talab qiladi. Ilmiy manbalar suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, o‘simliklarning moslashuvi va ozuqaviy qiymati nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Tahlil asosida mahalliy sharoitga mos turlarni tanlash, tuproq va suv sifatini baholash, namlikni saqlash hamda yaylovlardan foydalanishni tartibga solish ozuqabop o‘simliklarni yetishtirishda bir-birini to‘ldiruvchi yo‘nalishlar ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Cho‘l yaylovlari tuproqlarida degradatsiya jarayonlari va ularning namoyon bo‘lish xususiyatlari

    Saidova Munisa Ergashevna, Aymuratova Nazira Davletbayevna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada cho‘l yaylovlarining qumli cho‘l tuproqlarida degradatsiya jarayonlari, ularning asosiy belgilari hamda tabiiy va antropogen omillar ta‘sirida o‘zgarishi ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Namlik tanqisligi, sho‘rlanish, shamol eroziyasi va ortiqcha chorva yuklamasining tuproq holati bilan bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, tuproq organik modda miqdorining kamayishi va o‘simlik qoplamining siyraklashishi degradatsiya jarayonini baholash mezonlari sifatida ko‘rib chiqilgan. Bu borada tuproqni muhofaza qilish, o‘simlik qoplamini tiklash, yaylovlardan oqilona foydalanish va muntazam monitoring olib borishning muhim ahamiyat kasb etishi bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Namatak o‘simligining qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamliligini oshirishda biopreparatlarning roli

    Pirmatova Jamolakhon Bakhtiyor kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Orolbo‘yi hududi tuproqlarning kuchli sho‘rlanishi va suvning cheklanganligi bilan tavsiflanadi, bu esa o‘simliklarning ildiz otishi, rivojlanishi va hosildorligini cheklaydi. Mazkur maqolada dorivor o‘simliklarning qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamliligini oshirishda mikrobial biopreparatlardan foydalanish imkoniyatlari, ayniqsa ularning Orolbo‘yi hududi sharoitlari uchun ahamiyati baholanadi. O‘simliklar o‘sishini rag‘batlantiruvchi rizobakteriyalar, arbuskulyar mikoriza zamburug‘lari, endofitlar, Trichoderma hamda mikrobial jamoalar bo‘yicha zamonaviy tadqiqotlar foydali mikroorganizmlar o‘simliklarning suv almashinuvini, antioksidant himoyasini, oziqa moddalarini o‘zlashtirishini, ikkilamchi metabolizmini va stressga javob reaksiyalarini yaxshilashi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Sho‘rlangan va turli stress omillariga moslashgan muhitlar bilan bog‘liq mahalliy mikroorganizmlar hududiy sharoitlarga moslashtirilgan biopreparatlarni yaratish uchun istiqbolli nomzodlar bo‘lishi mumkin. Biroq Orolbo‘yi sharoitida dorivor o‘simliklarda ularning samaradorligi hali yetarlicha tasdiqlanmagan. Bu esa mikroorganizmlarni tanlash, samarali preparativ shakllarni ishlab chiqish va dala sharoitida sinovdan o‘tkazish zarurligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Ekologik sharoitga mos pomidorning serhosil nav va duragaylarini tanlash

    Nuralieva Kuralay Daribaevna, Madreyimova Dilfuza Yerkabayevna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada pomidorning ekologik sharoitga mos serhosil nav va duragaylaridan foydalanish, mahsulot yetishtirishda tuproq unumdorligini oshiruvchi texnologiyalarni joriy etish, sho‘rlangan tuproqlar sharoitida pomidor urug‘chiligini tashkil etishda ilmiy va amaliy yutuqlardan foydalanish hosildorlikni oshirishda dolzarb ahamiyat kasb etishi bayon etilgan. Iqlim o‘zgarishiga moslashish, suv tanqisligi oqibatlarini yumshatish, aholini ekologik xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Janubiy Orol sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida jo‘xorining o‘sishi va rivojlanishi bo‘yicha fenologik kuzatuvlar tahlili

    Nauruzbaev Ikram Sarsenbaevich, Shamuratova Perizat Kidirbaevna, Adilov Sadirbay Jalgasbaevich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada oq jo‘xorining sho‘rlanish darajasi turlicha bo‘lgan tuproqlarda o‘sish fiziologiyasi tahlil qilingan. Sho‘rlanish unib chiqish, ildiz va barg rivojlanishi, fotosintez hamda biomassa yig‘ilishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatishi qayd etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘tkir bargli sano (Cassia acutifolia L.) o‘simligining dorivor xususiyatlari

    Mambetova Miyrigul Bakhitovna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    O‘tkir bargli sano (Cassia acutifolia L.) Fabaceae oilasiga mansub dorivor o‘simliklardan biri bo‘lib, zamonaviy adabiyotlarda Senna alexandrina Mill. nomi bilan ham qayd etiladi. O‘simlikning barglari va mevalari biologik faol moddalar, xususan, gidroksiantratsen hosilalari va sennozidlar bilan boyligi sababli farmatsevtika sanoatida muhim xomashyo hisoblanadi. Sennozid A va B sano preparatlarining asosiy faol birikmalari bo‘lib, ularning ichak peristaltikasini rag‘batlantiruvchi va surgi ta‘siri ilmiy tadqiqotlarda keng o‘rganilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    «Qoraqalpog‘iston sharoitida moshning o‘sib-rivojlanishi va tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati»

    Kutlimuratova Dilfuza Baltabaevna, Shinibaev Tursinbay Sultanovich, Reyimbaeva Akmaral Azat kizi, Uzakbergenova Mekhriyban Makhsetbay kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitida mosh (Vigna radiata (L.)R.Wilczek) yetishtirishning agrotexnologik va ekologik ahamiyati yoritilgan. Qoraqalpog‘iston hududida iqlimning keskin kontinentalligi, yoz oylarida yuqori harorat, suv resurslarining cheklanganligi, tuproqlarning sho‘rlanishi va organik moddalar miqdorining nisbatan pastligi qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sishi va rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Bunday sharoitda mosh qisqa vegetatsiya davri, nisbatan kam suv talab qilishi va dukkakli ekin sifatida atmosfera azotini biologik o‘zlashtirish qobiliyati bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Orol dengizi qoldiq havzalarida suv sho‘rliligining oshishi va artemiya xomashyo bazasining barqarorligi

    Kurbanov Elmurod Allanazarovich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Orol dengizi g‘arbiy havzasi sho‘rlanishining 1998-2021-yillardagi dinamikasi va uning artemiya resursiga ta‘siri tahlil qilingan. Nashr etilgan tadqiqotlar hamda hududiy kuzatuv ma‘lumotlari asosida sho‘rlanishning o‘rtacha yillik sur‘ati 4,87 g/l ni tashkil etishi aniqlandi. Artemiya uchun qulay deb hisoblanadigan 100-165 g/l oralig‘i taxminan 2006-yilda boshlanib, 2019-yilda yakunlangan, ya‘ni qulay ekologik oyna o‘n uch yil davom etgan. Hozirgi sur‘at saqlansa, 2026-yilda sho‘rlanish 199 g/l ga, 2036-yilga esa turning yashash chegarasi hisoblanadigan 250 g/l darajasiga yaqinlashadi. Ayni shu davrda tijoriy yig‘im 2010-yildagi 30 tonnadan 2020-yilda 2000 tonnaga ko‘tarilgan, Mo‘ynoq tumani eksportida artemiyaning ulushi esa 96,5 foizga yetgan. Shunday qilib, sho‘rlanish natijasida yuzaga kelgan resurs atrofida bir mahsulotga bog‘langan mintaqaviy iqtisodiyot shakllangan, resursning ekologik asosi esa torayib bormoqda.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Batat (shirin kartoshka) (Ipomoea batatas L.) o‘simligini yetishtirish agrotexnologiyasi, dorivor xususiyatlari va bioekologiyasi

    Jumabaeva Fatima Omirbay kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Batatning nav va genotipiga qarab ildizmevalarining eti oq, sariq, to‘q sariq, binafsha yoki boshqa ranglarda bo‘lishi mumkin. To‘q sariq etli navlar β-karotinga, binafsha etli navlar esa antosianinlarga boyligi bilan ajralib turadi. Ilmiy tadqiqotlarda batat tarkibidagi fenolik birikmalar, flavonoidlar, karotinoidlar, antosianinlar va boshqa biologik faol moddalar antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, diabetga qarshi va boshqa biologik faolliklar bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Batatni yetishtirishda tuproq unumdorligi, namlik, harorat, ekish muddati, ko‘chat sifati va oziqlantirish tizimi muhim ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida pomidor yetishtirish texnologiyasi

    Jadigerova Mirzagul Sarsenbayevna, Medetbayeva Dinara Nawrizbay kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan tuproq va iqlim sharoitida «TMK 22», «Sharq yulduzi» va boshqa nav-namunalar kabi pomidor navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish muddatlarining ta‘siri o‘rganilgan hamda tadqiqot natijalari keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Organik-mineral o‘g‘itlarning mosh urug‘ining unuvchanligiga ta‘siri

    Ismoilov Makhsetbay Embergenovich, Khojabaeva Tolganoy Fayzulla kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonning og‘ir qumoq tuproqlari sharoitida moshning ertapishar «Durdona» navi urug‘larining laboratoriya hamda dala unuvchanligi ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Laboratoriya tahlillarida urug‘larning unuvchanligi 93,33% ni tashkil etib, 1-kategoriyali urug‘lik talablariga to‘liq javob berishi aniqlandi. Dala sharoitida harorat va namlik ko‘rsatkichlarining maqbulligi sababli urug‘lar ekilgach 6 kundan so‘ng to‘liq va tekis unib chiqdi. Tajribada qo‘llanilgan organo-mineral va mikrobiologik o‘g‘itlar nihollarning maqbul qalinligini ta‘minlashga va o‘simlikning jadal rivojlanishiga zamin yaratdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    The effect of previous crops on soil water permeability

    Ismailov Uzakbay Embergenovich, Elemesova Nargiza Isataevna · Development of innovative climate-resilient technologies for monitoring and controlling water use efficiency and the impact of salinization on crop productivity and livelihoods in the Aral Sea region · 2026

    Janubiy Orol bo‘yi mintaqasi tuproqlari sho‘rlangan, unumdorligi past hisoblanadi. Ma‘lumki, unumdorligi past tuproqlarning suv o‘tkazuvchanligi qanoatlanarsiz hisoblanadi. Bu esa tuproq namligining yetishmasligiga olib keladi. Tajribada o‘tmishdosh va oraliq ekinlar, organik va noan‘anaviy o‘g‘itlarning tuproq unumdorligiga ta‘siri o‘rganildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘iston sharoitida tarvuzning biologik xususiyatlari va yetishtirish agrotexnologiyasi

    Ishmuradova Aysapar Berdimurad kizi, Erejepova Gulbahor Tajetovna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Mazkur maqolada Qoraqalpog‘istonning tuproq-iqlim sharoitida tarvuzning biologik xususiyatlari va yetishtirish agrotexnologiyasi yoritiladi. Nav tanlash, ekish muddatlari, tuproqni tayyorlash, sug‘orish va oziqlantirishning o‘simlik o‘sishi hamda rivojlanishidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tuproq sho‘rlanishi va suv ta‘minotini hisobga olgan holda hosildorlik hamda meva sifatini yaxshilashga qaratilgan agrotexnik yondashuvlar muhokama qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    The influence of sowing norms on the green mass and yield of sorghum variety “Nayman” in salt soil conditions of Karakalpakstan

    Esbolova Miyrigul Bazarbaevna, Baltabaeva Guljamal Kuwanishbayevna, Yusupov Beknazar Orazbaevich · Development of innovative climate-resilient technologies for monitoring and controlling water use efficiency and the impact of salinization on crop productivity and livelihoods in the Aral Sea region · 2026

    Sho‘rlangan tuproq sharoitida ko‘k massa uchun ekilgan «Nayman» navli jo‘xorida urug‘ sarfi 110 000 donadan 140 000 donagacha oshirilganda unib chiqqan o‘simliklar soni 91,3% dan 93,1% gacha ko‘paygani, vegetatsiya davri oxirigacha saqlanib qolgan o‘simliklar soni ham 1,9% ga ko‘p bo‘lgani aniqlandi. Hosilning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan ro‘vakdagi urug‘lar soni gektariga 110 000 dona urug‘ sarflanganda 1398,4 dona (vazni 27,0 g), gektariga 100 000 dona urug‘ ekilganda esa 1322,0 dona (vazni 27,8 g) ni tashkil etdi. Ekish me‘yori past bo‘lgan variantlarda ro‘vakdagi urug‘lar soni kamroq bo‘ldi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Tuproq unumdorligi va kunjut hosildorligini oshirishda organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirishning ta‘siri

    Babanazarov Damir Kayratdin uli · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Organik o‘g‘itlar tarkibidagi oziqa elementlari tuproqda organik modda miqdorini oshirishi, tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashi hamda o‘simlikning oziqlanish sharoitini barqarorlashtirishi bilan muhim ahamiyatga ega. Ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, go‘ng, kompost, parrandachilik go‘ngi, vermikompost va yashil o‘g‘itlardan foydalanish kunjutning bo‘yi, shoxlanishi, ko‘saklar soni, urug‘ hosili va ayrim hollarda moy hosildorligini oshiradi. Organik o‘g‘itlarni mineral o‘g‘itlarning bir qismi bilan uyg‘unlashtirish esa oziqa elementlaridan samarali foydalanish imkonini beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Mayda bargli qayrag‘ochning anatomik tuzilishi va fizik-mexanik xususiyatlari

    Atamuratova Khurliman Rustem kizi, Baltaniyazov Jaksibay Sarsenbaevich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Yevroosiyoning qurg‘oqchil va keskin kontinental iqlimli hududlarida keng tarqalgan mayda bargli qayrag‘och (Ulmus pumila L.) biologik turining bargi hamda yog‘ochining makro- va mikroskopik anatomik tuzilmasi va ularning fizik-mexanik xususiyatlariga ta‘siri atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘simlik bargining kseromorf belgilari – qalin kutikula, gipostomatik ustitsalar va yaxshi rivojlangan dorsiventral mezofill tuzilishining qurg‘oqchilikka va yuqori haroratga moslashishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, qayrag‘och yog‘ochining halqasimon-tomirli tuzilishi, libriform tolalarining tig‘izligi va ularning tolalar bo‘ylab chirmashib joylashuvi (chivirligi) o‘rganilgan. Yog‘ochning standart 12% namlikdagi oraliq zichligi (620-680 kg/m3), yuqori mexanik mustahkamligi, egiluvchanligi va yaroqliligiga qaramay, siqilish va deformatsiyaga moyilligi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Goji (Lycium barbarum L.) o‘simligining dorivor xususiyatlari va bioekologiyasini o‘rganish

    Asenbaeva Dilyafruz Kuanishbay kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu tezisda Lycium barbarum L. (goji) o‘simligining bioekologik xususiyatlari, ekologik stresslarga moslashuvi, mevalarining biologik faol moddalari va dorivor ahamiyati ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Goji qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil sharoitlarga moslashgan ko‘p yillik buta bo‘lib, uning mevalarida polisaxaridlar, karotinoidlar, flavonoidlar, fenolik birikmalar, organik kislotalar va boshqa biologik faol moddalar mavjud. Adabiyotlarda o‘simlikning qurg‘oqchilik va ma‘lum darajadagi sho‘rlanishga moslashuvi, shuningdek, mevalarining antioksidant va boshqa biologik faolligi qayd etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Эффективность различных норм гербицидов против сорных растений на среднезасолённых лугово-аллювиальных почвах Каракалпакстана

    Ajiniyazova Mekhriban Koylibaevna, Samikhov Ajiniyaz Pamirovich, Bakirova Miyirgul Bekmurza kizi · Разработка инновационных климатоустойчивых технологий для мониторинга и контроля эффективности водопользования и влияния засоления на урожайность сельскохозяйственных культур и жизнедеятельность населения Приаралья · 2026

    Qoraqalpog‘iston Respublikasining arid va tuproq-iqlim jihatidan noqulay sharoitida kuzgi boshoqli don ekinlarini barqaror yetishtirish va ularning hosildorligini oshirishning asosiy omili intensiv resurstejamkor texnologiyalarni kompleks joriy etishdir. Bu sug‘orish suvidan oqilona foydalanish, mineral va organik oziqlantirish rejimlarini optimallashtirish hamda ekinlarni zararli organizmlardan ishonchli himoya qilishni o‘z ichiga oladi. Fitosanitar omillar orasida aynan ekinlarning begona o‘tlar bilan ifloslanishi kuzgi bug‘doy mahsuldorligiga eng katta salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan kuzgi bug‘doy agrotsenozlaridagi begona o‘tlarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari va mintaqaviy tarqalishini aniqlashtirishga qaratilgan tizimli ilmiy tadqiqotlar alohida dolzarblik kasb etadi. Ishda mintaqaning o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloq-allyuvial tuproqlarida zamonaviy gerbitsidlarni turli me‘yorlarda qo‘llashning biologik va xo‘jalik samaradorligi baholangan. Natijalarning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati gerbitsidlarni qo‘llash reglamenti bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilganida bo‘lib, ular agrofitotsenozga fitotoksik yuklamani kamaytirish, tuproq unumdorligini saqlash va samarali himoya tadbirlarini Respublika qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga muvaffaqiyatli joriy etishga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish