Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘iston shimolida kuzgi bug‘doy agrotsenozlaridagi begona o‘tlar populyatsiyasining tur tarkibi hamda tarqalish dinamikasi

    Ajiniyazova Mekhriban Koylibaevna, Saymbetov Alisher, Bakirova Miyirgul Bekmurza kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy mintaqasida joylashgan Chimboy tumanidagi kuzgi bug‘doy ekinzorlarining fitosanitar holati hamda begona o‘tlarning floristik tarkibi tahlil qilingan. Chimboy tumani «Kegayli» kanalining shimoliy o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoiti, sho‘rlanish darajasi, vegetatsiya davridagi samarali harorat yig‘indisi, yog‘in-sochin miqdori hamda nisbiy namlik ko‘rsatkichlari bilan mintaqaning boshqa hududlaridan ajralib turadi. Bu mikroklimat va edafik omillar ekin maydonlaridagi begona o‘tlar populyatsiyasining shakllanishi, turlar xilma-xilligi va tarqalish zichligiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. O‘tkazilgan fitosotsiologik va agrobotanik tadqiqotlar natijasida tuman kuzgi bug‘doy maydonlarida 15 ta oila va 47 ta turkumga mansub 52 turdagi begona o‘tlar tarqalganligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichlar markaziy va janubiy mintaqalardagi kuzgi bug‘doy agrotsenozlari (16–17 ta oila, 46–55 ta turkum, 53–63 ta tur) bilan qiyoslanganda, shimoliy hududda begona o‘t turlarining soni 1 tadan 11 tagacha kamroq ekanligi kuzatildi. Biomorfologik va hayotiy shakllari bo‘yicha tahlil qilinganda, shimoliy hududda ifloslanganlik darajasining asosiy ulushini bir yillik begona o‘tlar — 59,6% (31 tur) va ko‘p yilliklar — 34,6% (18 tur) tashkil etgani, ikki yillik turlar esa 5,8% ni (3 tur) tashkil etgani belgilandi. Olingan ma‘lumotlar Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududlarida kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirish va fitosanitar xavfsizlikni ta‘minlashda integratsiyalashgan kurash choralarini (IPM) to‘g‘ri rejalashtirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Мониторинговые наблюдения за новыми видами вредителей саксаульников на осушенном дне Аральского моря

    Shamuratova Nagima Genjemuratovna, Menlimuratova Sakhipjamal Jenisbayevna, Yakubbayeva Nargiza Dautbay kizi · Разработка инновационных климатоустойчивых технологий для мониторинга и контроля эффективности водопользования и влияния засоления на урожайность сельскохозяйственных культур и жизнедеятельность населения Приаралья · 2026

    Orol Qoraqumlari (Orolqum) hududidagi Urgu va Surgul maydonlarida yangi barpo etilgan qora va oq saksovul o‘rmonzorlarida rivojlanayotgan gall hosil qiluvchi hasharotlar aniqlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Xorijiy hamda mahalliy g‘o‘za navlarining chigit unuvchanligi va qimmatli xo‘jalik belgilari

    Samatov Abdulaziz Shukhrat ugli, Abduvokhidov Giyos Kurbonaliyevich, Mavlyanov Dilmurod Rakhmatullayevich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Tadqiqotlar 2025-yilda Oqqo‘rg‘on ilmiy-tajriba stansiyasining o‘tloq bo‘z tuproq-iqlim sharoitida olib borildi. Tajribada JH-332, JH-219, JH-218, JH-242, Afsona, C-5709, C-6602, SP-2532, Oqqo‘rg‘on-2022 va M-90 navlari ishtirok etdi. Navlarning dala sharoitida chigit unuvchanligi, bir ko‘sakdagi paxta vazni, 1000 dona chigit vazni, tola chiqimi va tola uzunligi kabi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, navlar o‘rtasida mazkur belgilar bo‘yicha sezilarli farqlar aniqlandi. Mahalliy navlarda ko‘sak va chigit vazni, xorijiy navlarda esa tola chiqimi yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Роль инновационных местных мелиорантов в смягчении солевого стресса и повышении урожайности пшеницы для обеспечения устойчивой продовольственной безопасности

    Sagidullayev Amudulla Nurullayevich, Sadikov Yesbosin Polatovich, Utambetov Duysenbay Usnatdinovich, Polatov Nursultan Yesbosinovich, Nurullayev Fayzulla Amudullayevich · Разработка инновационных климатоустойчивых технологий для мониторинга и контроля эффективности водопользования и влияния засоления на урожайность сельскохозяйственных культур и жизнедеятельность населения Приаралья · 2026

    Maqolada Janubiy Orolbo‘yining o‘tloq-allyuvial sho‘rxoksimon tuproqlari sharoitida «Utkir» navli kuzgi bug‘doy ekinlarida yangi mahalliy meliorantlarni (FG+FM va OMU) qo‘llash samaradorligini baholash bo‘yicha ikki yillik dala tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Meliorantlarni 200 kg/ga me‘yorda qo‘llash tuproqdagi quruq qoldiqni 0,82% dan 0,61–0,63% gacha kamaytirishi va agrokimyoviy xossalarni yaxshilashi aniqlangan. Eng yuqori hosildorlik (64,5 s/ga, nazoratdagi 47,8 s/ga ga nisbatan qo‘shimcha +34,9%, EKF05 = 3,69 s/ga) FG+FM (200 kg/ga) qo‘llanganda qayd etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Hydrogel-assisted application of 2-amino-6-oxopurine for improving cotton cultivation in saline soils

    Oripov Oybek Bekboyevich, Saitkulov Foziljon Ergashevich, Turimbetov Muratbay Shamshetovich, Erejepova Nazira Atabaevna · Development of innovative climate-resilient technologies for monitoring and controlling water use efficiency and the impact of salinization on crop productivity and livelihoods in the Aral Sea region · 2026

    Tuproq sho‘rlanishi qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil mintaqalarda suv mavjudligini kamaytirib, oziq moddalarning o‘zlashtirilishini buzib va o‘simlik rivojlanishini susaytirib, g‘o‘za yetishtirishni cheklaydi. Ushbu maqolada sho‘rlangan sharoitda g‘o‘za yetishtirish uchun taklif etilayotgan guanin (2-amino-6-oksopurin) yuklangan gidrogel tizimi ko‘rib chiqiladi. Muhokamada gidrogel kimyosi, suvni ushlab turish, guaninning immobilizatsiyasi, ajralib chiqish kinetikasi va o‘simliklarning stress fiziologiyasi birgalikda tahlil qilinadi. Sho‘rlangan va sho‘rlanmagan tuproqlarni, guanin yuklanmagan gidrogelni, guanin yuklangan gidrogelni va erkin guaninni taqqoslash uchun faktorial tajriba sxemasi taklif etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Учет засоления почв при разработке проектов землеустройства в многоотраслевых фермерских хозяйствах (на примере Республики Каракалпакстан)

    Kaipova Dilfuza Niyazbay kizi · Разработка инновационных климатоустойчивых технологий для мониторинга и контроля эффективности водопользования и влияния засоления на урожайность сельскохозяйственных культур и жизнедеятельность населения Приаралья · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining yer tuzish loyihalarini ishlab chiqishda tuproq sho‘rlanishini hisobga olishning ilmiy-amaliy masalalari ko‘rib chiqilgan. Orolbo‘yining tabiiy-iqlim sharoitlari, suv resurslarining cheklanganligi, sug‘oriladigan yerlar meliorativ holatining o‘zgarishi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligiga ta‘siriga alohida e‘tibor qaratilgan. Tuproq-meliorativ ko‘rsatkichlarni fermer xo‘jaliklarini hududiy rejalashtirish tizimiga kiritish zarurligi asoslab berilgan. Yerlarni sho‘rlanish darajasiga ko‘ra tabaqalashtirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmog‘ini takomillashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tuproq sho‘rlanishini kompleks hisobga olish yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning holati yanada yomonlashishi xavfini kamaytirish va ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqarorligini ta‘minlash imkonini beradi, degan xulosaga kelingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Orolbo‘yida iqlim o‘zgarishi trendlari va ularning tuproq sho‘rlanishiga ta‘siri: statistik tahlil

    Khamidov Imomjon Ibrohimjon ugli · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yi hududida 1982-2024-yillardagi iqlim o‘zgarishi trendlarini baholash va ularning tuproq sho‘rlanishi bilan bog‘liqligini aniqlashdan iborat. Nukus, Mo‘ynoq va Xiva nuqtalari bo‘yicha NASA POWER (MERRA-2) reanaliz ma‘lumotlari asosida havo harorati, yog‘in miqdori, Thornthwaite usulidagi potensial bug‘lanish va qurg‘oqchillik indeksining trendlari Mann-Kendall testi va Sen qiyaligi bilan tahlil qilindi. Yog‘in qatoridagi anomal oylik qiymatlar statistik filtr orqali tozalandi. Natijalarga ko‘ra, yillik o‘rtacha haroratda statistik ahamiyatli trend kuzatilmadi, biroq bahorgi (mart-may) harorat uchala nuqtada ham har 10 yilda 0,42-0,49 °C ga ahamiyatli oshgan (p < 0,01). Pettitt testi 1996-yildan keyin o‘rtacha haroratning 0,54-0,61 °C ga siljishini ko‘rsatdi, biroq bu siljish statistik ahamiyatli emas. Yillik yog‘in har 10 yilda 6-14 mm ga ko‘paygan, potensial bug‘lanish esa 7-8 mm ga ortgan. Shunga qaramay, hudud qurg‘oqchil (arid) iqlim toifasida qolmoqda: yillik suv tanqisligi 755-855 mm ni tashkil etadi. Xorazm viloyatida sho‘rlanish og‘irligi qurg‘oqchillik indeksi bilan kuchli manfiy bog‘langan. Olingan natijalar sho‘r yuvish va sug‘orish muddatlarini bahorgi isishga moslashtirish, iqlim monitoringini sho‘rlanish monitoringi bilan birlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Janubiy Orol sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida jo‘xorini ekish va o‘g‘itlash

    Nauruzbaev Ikram Sarsenbaevich, Shamuratova Perizat Kidirbaevna, Rakhimova Jadira Atabekovna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani sharoitida oqjo‘xorining morfologiyasi va bioekologiyasi o‘rganilgan. Jo‘xori (Sorghum bicolor L.) – iqlim o‘zgarishlariga bardoshli, ko‘p maqsadli donli ekin hisoblanadi. Uning o‘suv davridagi fenologik bosqichlarini to‘g‘ri aniqlash agrotexnik tadbirlarni rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega. Jo‘xori eng qurg‘oqchil o‘simlik 200 ga yaqin, u jazirama issiqqa eng chidamli don ekinlaridan biri.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Amarant o‘simligining biologik xususiyatlari va sho‘rlangan tuproqlarda yetishtirish imkoniyatlari

    Aytmuratova Nigara Piryarovna, Sarsenbaev Mamanbek Polat uli · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Amarant o‘simligi oqsil, mineral moddalar va biologik faol birikmalarga boy. O‘simlikning sho‘rlangan sharoitlarda ma‘lum darajada o‘sish qobiliyatiga ega ekanligi va sho‘rlanish darajasi hamda genotip xususiyatlari uning o‘sishi, mineral tarkibi va antioksidant birikmalar to‘planishiga ta‘sir qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Оценка степени деградации орошаемых лугово-аллювиальных почв низовья Амударьи на основе агрофизических показателей

    M.E. Saidova, M.A. Khojasov, A. Khojasov, N.Kh. Sultanova · Разработка инновационных климатоустойчивых технологий для мониторинга и контроля эффективности водопользования и влияния засоления на урожайность сельскохозяйственных культур и жизнедеятельность населения Приаралья · 2026

    Ushbu maqolada Amudaryo quyi oqimida tarqalgan sug‘oriladigan o‘tloq-allyuvial tuproqlarning degradatsiya darajasini agrofizik ko‘rsatkichlar asosida baholash maqsadida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqot davomida tuproqning agrofizik xossalari aniqlangan va ularning o‘rganilayotgan tuproqlar unumdorligi ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyatsiya aniqlanib, turli darajada sho‘rlangan sug‘oriladigan o‘tloq-allyuvial tuproqlar fizik holatining integral ko‘rsatkichi qiymati belgilangan. Tadqiqot natijalari cho‘l zonasi sharoitida agromeliorativ tadbirlarni rejalashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Turli yaylov fitomeliorantlarining tuproqning sho‘rlanish darajasiga ta‘siri

    Rabbimov Abdullo · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada inqirozga uchragan cho‘l yaylovlarining hosildorligini oshirishda ekish uchun tavsiya qilingan cho‘l ozuqabop o‘simlik turlarining tuproq sho‘rlanishiga ta‘sirini o‘rganishdan olingan natijalar bayon qilingan. Tadqiqotlarda qora saksovul, cho‘g‘on, izen, teresken, quyrovuq, Paletskiy cherkezi singari fitomeliorant turlarning fitogen maydonlari ta‘siridagi tuproqlarning sho‘rlanish darajalarini nazoratdagi (fitogen maydondan tashqaridagi tuproq) ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash orqali xulosa qilingan. Sho‘rlanish darajalarini aniqlashda suvli so‘rimdagi qattiq qoldiq miqdorini aniqlash uslubidan foydalanilgan. Aniqlanganki, qora saksovul, cho‘g‘on, quyrovuq singari ozuqabop turlar tuproqning sho‘rlanish darajalarini nazoratga nisbatan 9,75-13 marotabaga oshirgan. Xulosa qilinganki, sho‘rlanmagan tuproqlarda fitomeliorativ tadbirlarni amalga oshirishda Paletskiy cherkezi, izen va teresken o‘simliklaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Nukus shahrining sho‘rlangan tuproqlarida totimning morfo-anatomik va fiziologik moslashish xususiyatlari

    Naurizbaeva Guldana Pakhratdinovna, Kamalova Nargiza Bekturganovna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Orolbo‘yi mintaqasi, xususan, Nukus shahrining suv tanqisligi, anomal issiq, keskin kontinental iqlim va tuproqning xlorli-sulfatli kuchli sho‘rlanish sharoitida introduksiya qilingan totim (Rhus L.) vakillarining anatomik, fiziologik va biokimyoviy moslashish xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda o‘simlikning chuqur va bachkilaydigan ildiz tizimi, Na⁺/H⁺ antiportyorlari orqali ionlarni evakuatsiya qilishi, bargning kseromorf-galomorf tuzilmasi (qalin kutikula, bargning pastki yuzasidagi kriptalarda joylashgan gipostomatik ustitsalar, zich tuklar) va kurtaklarning himoya tangachalari atroflicha o‘rganilgan. Shuningdek, suv stressi va sho‘rlanish sharoitida fotosintez pigmentlari (karotinoidlarning himoya roli) hamda osmoprotektor prolin aminokislotasining (3–5 barobar ortishi) dinamikasi aniqlangan. Totimning kunning issiq soatlarida ustitsalarni yopish orqali transpiratsiyani kamaytirish va suv tartibini boshqarish mexanizmi asoslanib, uni Orolbo‘yida ko‘kalamzorlashtirish va fitomelioratsiyada qo‘llash bo‘yicha xulosalar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    G‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga tup sonining ta‘siri

    U.E. Ismaylov, K.M. Zinatdinov, J. Karlibaev, A. Satullaev · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga uning tup sonining ta‘siri o‘rganildi. Tajribalar natijasida turli tup soni qoldirilganda g‘o‘zaning bosh poya balandligi, hosil shoxlari va ko‘saklar soni hamda ularning rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Tadqiqotlar natijasida turli tup soni qoldirilganda g‘o‘zaning hosildorlik salohiyati yuqori bo‘lib, o‘simliklarning moslashuvchanlik xususiyatlari ortishi aniqlandi. Natijada oziq rejimlarini maqbullashtirish nafaqat o‘simliklarning maqbul o‘sishi va rivojlanishini ta‘minlaydi, balki hosildorlikni barqaror oshirishda ham zarur agrotexnologik tadbir sifatida tavsiya etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘istonning o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida organo-mineral kompostlarning g‘o‘za hosildorligiga ta‘siri

    U.E. Ismaylov, K.M. Zinatdinov, A. Jumabayev · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida organo-mineral kompostlardan foydalanishning g‘o‘za o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta‘siri yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi organo-mineral kompostlarning tuproq unumdorligini yaxshilash, o‘simliklarning oziqlanish sharoitini maqbullashtirish hamda paxta hosildorligini oshirishdagi ahamiyatini ilmiy jihatdan asoslashdan iborat. Bunda kompost tarkibidagi organik moddalar va mineral komponentlarning tuproqning agrofizikaviy hamda agrokimyoviy xususiyatlariga ta‘siri, oziq elementlarining o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi va g‘o‘zaning vegetativ hamda generativ rivojlanish jarayonlari bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, organo-mineral kompostlardan foydalanishning tuproqdagi oziq moddalar muvozanatini saqlash, organik modda miqdorini ko‘paytirish va sho‘rlanish sharoitida o‘simliklarning o‘sishi uchun qulay muhit yaratishdagi imkoniyatlariga e‘tibor qaratiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘zbekiston sug‘oriladigan tuproqlarida sho‘rlanishni kamaytirishning samarali usullari

    F.Sh. Yorlokobova · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada O‘zbekiston sharoitida sug‘oriladigan tuproqlar sho‘rlanishining asosiy omillari va uning tuproq unumdorligi hamda ekinlar o‘sishiga ta‘siri yoritiladi. FAOning ilmiy-uslubiy manbalari tahlili asosida sho‘r yuvish, drenaj tizimlarining samarali ishlashi, sug‘orish suvi sifatini baholash, sug‘orish rejimini takomillashtirish, natriyli sho‘rtob tuproqlarda kimyoviy melioratsiya va monitoring masalalari umumlashtiriladi. Sho‘rlanishga qarshi tadbirlarni tuproq va suv tahlili hamda mahalliy gidrogeologik sharoitga qarab tanlash zarurligi asoslanadi. Maqola adabiyotlar tahliliga asoslangan bo‘lib, yangi dala yoki laboratoriya tajribasi natijalarini taqdim etmaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Засоление орошаемых земель Приаралья и инновационные технологии адаптации сельскохозяйственных культур

    Shirokova Yuliya Illarionovna, Paluashova Gaukharay Kalbayevna, Tolepova Sharigul · Разработка инновационных климатоустойчивых технологий для мониторинга и контроля эффективности водопользования и влияния засоления на урожайность сельскохозяйственных культур и жизнедеятельность населения Приаралья · 2026

    Ushbu maqolaning maqsadi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida Orolbo‘yi sug‘oriladigan yerlarida sho‘rlangan tuproqlarning tarqalish ko‘lami, tuproq sho‘rlanishining qishloq xo‘jaligi ekinlari hosiliga ta‘siri va ushbu muammolarni hal etishning mumkin bo‘lgan yo‘llari haqidagi ma‘lumotlarni tahlil qilish. Usullar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi meliorativ nazorat xizmati materiallarini to‘plash va qayta ishlash, tuproq sho‘rlanishidan hosil yo‘qotilishini baholashga oid xalqaro yondashuvlar tahlili, mualliflarning o‘z tadqiqotlari natijalari. Bundan tashqari, mualliflar tomonidan tuproq sho‘rlanishini kamaytirish hamda sho‘rlangan yerlarda ekinlar hosilini saqlab qoluvchi mikrobiopreparatlarni qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari haqida ma‘lumot keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Некоторые вопросы улучшения мелиоративно-экологического состояния автоморфных почв (на примере почв Республики Каракалпакстан)

    Ramazonov Bakhtiyor Ramazonovich · Разработка инновационных климатоустойчивых технологий для мониторинга и контроля эффективности водопользования и влияния засоления на урожайность сельскохозяйственных культур и жизнедеятельность населения Приаралья · 2026

    Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi avtomorf tuproqlarining meliorativ-ekologik holatini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu hududlarda tarqalgan tuproq turlari, ularning mexanik tarkibi va xossalari, gidrogeologik va geokimyoviy sharoitlar, tuproq hosil qiluvchi jinslar, sizot suvlarining kritik chuqurligi, cho‘l mintaqasida voha dehqonchiligini yuritish muammolari, kulrang-qo‘ng‘ir va cho‘l-qumli tuproqlarda tuzlar miqdorining yuqoriligi va boshqa jihatlar muhokama qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Моделирование водно-солевого баланса для мониторинга засоления почв и оценки его влияния на урожайность сельскохозяйственных культур

    Jurayeva Nargiza Khusanboyevna, Shirokova Yuliya Illarionovna, Paluashova Gaukharay Kalbayevna · Разработка инновационных климатоустойчивых технологий для мониторинга и контроля эффективности водопользования и влияния засоления на урожайность сельскохозяйственных культур и жизнедеятельность населения Приаралья · 2026

    Maqola vegetatsiya davrida tuzlarni o‘simliklarning ildiz zonasidan yuvib chiqarishga mo‘ljallangan yuvish ulushini hisoblashda qo‘llaniladigan STB (suv-tuz balansi) usulini (xorijiy yondashuv) tekshirishga bag‘ishlangan. Model takroriy ekin sifatida ekilgan mosh uchun sinovdan o‘tkazildi. Moshning yangi «Barqaror» navining tuzga chidamlilik chegaralari O‘zbekistonda olingan tajriba ma‘lumotlari asosida qabul qilindi. Hisoblar STB usulini qo‘llash tuzlarni ildiz zonasidan samarali chiqarish uchun zarur bo‘lgan yuvish suvi hajmini yetarlicha aniq belgilash imkonini berishini ko‘rsatdi, bu esa o‘sish sharoitlarini yaxshilash va ekin hosildorligini oshirishga xizmat qiladi. Olingan natijalar usulning tuz yuklamasi sharoitida agrotexnik rejalashtirish va sug‘orishni boshqarishda amalda qo‘llanilishi mumkinligini tasdiqlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlar donadorligiga kuzgi bug‘doyni yomg‘irlatib sug‘orish tartiblarining ta‘siri

    Bauetdinova Inabat Satullayevna, Oteuliev Jaksilik Begdullaevich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu ishda o‘rtacha darajada sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning donadorlik xususiyatlariga kuzgi bug‘doyni sug‘orish usullari va mineral o‘g‘itlar me‘yorlarining ta‘siri ko‘rib chiqildi. Tadqiqotning maqsadi sug‘orish oldi tuproq namligini turlicha darajada saqlash sharoitida agregatlar tarkibi va donadorlik koeffitsiyenti o‘zgarishini qiyosiy baholashdan iborat.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Janubiy Orolbo‘yi mintaqasidagi tabiiy suv havzalarida tarqalgan bentos organizmlarning tur tarkibi va bioekologik rivojlanish xususiyatlari

    Aynura Shamshetova · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Mazkur tezisda Janubiy Orolbo‘yi mintaqasidagi tabiiy suv havzalarida tarqalgan bentos organizmlarning tur tarkibi, ekologik guruhlari, yashash sharoitlari va bioekologik rivojlanish xususiyatlari tahlil qilingan. Bentos organizmlar suv havzalarining tubida, suv o‘simliklari orasida, loyqa, qumli va boshqa substratlarda yashovchi organizmlar majmuasi bo‘lib, suv ekotizimlarining oziq zanjiri va modda aylanishida muhim o‘rin egallaydi. Janubiy Orolbo‘yi sharoitida suv sathining pasayishi, minerallashuv va sho‘rlanishning ortishi, suv almashinuvining o‘zgarishi hamda antropogen ta‘sir bentos biotsenozlarining tarkibiy tuzilishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotlar Orolbo‘yi suv havzalarida ekologik sharoitga chidamli ayrim mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, halqali chuvalchanglar va ikki qanotli hasharotlar lichinkalarining saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, zoobentosning tur tarkibi va miqdoriy ko‘rsatkichlaridan suv havzasining ekologik holatini baholashda muhim bioindikator sifatida foydalanilishi mumkin.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish