Orolbo‘yida iqlim o‘zgarishi trendlari va ularning tuproq sho‘rlanishiga ta‘siri: statistik tahlil
Khamidov Imomjon Ibrohimjon ugliXalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 168–172
Annotatsiya
Tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yi hududida 1982-2024-yillardagi iqlim o‘zgarishi trendlarini baholash va ularning tuproq sho‘rlanishi bilan bog‘liqligini aniqlashdan iborat. Nukus, Mo‘ynoq va Xiva nuqtalari bo‘yicha NASA POWER (MERRA-2) reanaliz ma‘lumotlari asosida havo harorati, yog‘in miqdori, Thornthwaite usulidagi potensial bug‘lanish va qurg‘oqchillik indeksining trendlari Mann-Kendall testi va Sen qiyaligi bilan tahlil qilindi. Yog‘in qatoridagi anomal oylik qiymatlar statistik filtr orqali tozalandi. Natijalarga ko‘ra, yillik o‘rtacha haroratda statistik ahamiyatli trend kuzatilmadi, biroq bahorgi (mart-may) harorat uchala nuqtada ham har 10 yilda 0,42-0,49 °C ga ahamiyatli oshgan (p < 0,01). Pettitt testi 1996-yildan keyin o‘rtacha haroratning 0,54-0,61 °C ga siljishini ko‘rsatdi, biroq bu siljish statistik ahamiyatli emas. Yillik yog‘in har 10 yilda 6-14 mm ga ko‘paygan, potensial bug‘lanish esa 7-8 mm ga ortgan. Shunga qaramay, hudud qurg‘oqchil (arid) iqlim toifasida qolmoqda: yillik suv tanqisligi 755-855 mm ni tashkil etadi. Xorazm viloyatida sho‘rlanish og‘irligi qurg‘oqchillik indeksi bilan kuchli manfiy bog‘langan. Olingan natijalar sho‘r yuvish va sug‘orish muddatlarini bahorgi isishga moslashtirish, iqlim monitoringini sho‘rlanish monitoringi bilan birlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
Boshqa tillarda
ruschaТренды изменения климата в Приаралье и их влияние на засоление почв: статистический анализ
Цель исследования — оценить тренды изменения климата в Приаралье за 1982-2024 гг. и выявить их связь с засолением почв. На основе данных реанализа NASA POWER (MERRA-2) по пунктам Нукус, Муйнак и Хива тренды температуры воздуха, количества осадков, потенциального испарения по методу Торнтвейта и индекса аридности проанализированы с помощью теста Манна-Кендалла и наклона Сена. Аномальные месячные значения в ряду осадков удалены статистическим фильтром. По результатам, статистически значимого тренда среднегодовой температуры не наблюдалось, однако весенняя (март-май) температура во всех трех пунктах значимо повышалась на 0,42-0,49 °C за каждые 10 лет (p < 0,01). Тест Петтитта показал сдвиг средней температуры на 0,54-0,61 °C после 1996 года, однако этот сдвиг статистически незначим. Годовое количество осадков увеличивалось на 6-14 мм за 10 лет, а потенциальное испарение — на 7-8 мм. Тем не менее регион остается в категории засушливого (аридного) климата: годовой дефицит влаги составляет 755-855 мм. В Хорезмской области тяжесть засоления тесно отрицательно связана с индексом аридности. Полученные результаты указывают на необходимость согласовать сроки промывок и поливов с весенним потеплением и объединить климатический мониторинг с мониторингом засоления.
inglizchaClimate change trends in the Aral Sea region and their impact on soil salinization: a statistical analysis
The aim of the study is to assess climate change trends in the Aral Sea region over 1982-2024 and to determine their relationship with soil salinization. Using NASA POWER (MERRA-2) reanalysis data for the Nukus, Muynak and Khiva sites, trends in air temperature, precipitation, potential evapotranspiration by the Thornthwaite method and the aridity index were analyzed with the Mann-Kendall test and Sen‘s slope. Anomalous monthly values in the precipitation series were removed with a statistical filter. The results showed no statistically significant trend in mean annual temperature; however, spring (March-May) temperature increased significantly at all three sites, by 0.42-0.49 °C per decade (p < 0.01). The Pettitt test revealed a shift in mean temperature of 0.54-0.61 °C after 1996, although this shift is not statistically significant. Annual precipitation increased by 6-14 mm per decade, and potential evapotranspiration by 7-8 mm. Nevertheless, the region remains in the dry (arid) climate category, with an annual water deficit of 755-855 mm. In Khorezm region, the severity of salinization is strongly negatively correlated with the aridity index. The findings indicate the need to adjust the timing of leaching and irrigation to spring warming and to integrate climate monitoring with salinity monitoring.
Kalit so‘zlar
- Orolbo‘yi
- iqlim o‘zgarishi
- Mann-Kendall testi
- Sen qiyaligi
- potensial bug‘lanish
- qurg‘oqchillik indeksi
- tuproq sho‘rlanishi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
2 -S H O ‘ B A SHO‘RLANISH MONITORINGI Nukus · 16.10.2026
Orolbo‘yida iqlim o‘zgarishi trendlari va ularning tuproq sho‘rlanishiga ta’siri: statistik tahlil Xamidov Imomjon Ibrohimjon o‘g‘li tayanch doktorant Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti imomhamid@gmail.com
2 -S H O ‘ B A DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610040 Iqtibos uchun: Xamidov Imomjon Ibrohimjon o‘g‘li. Orolbo‘yida iqlim o‘zgarishi trendlari va ularning tuproq sho‘rlanishiga ta’siri: statistik tahlil // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 168–172. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610040
Annotatsiya. Tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yi hududida 1982-2024-yillardagi iqlim o‘zgarishi trendlarini baholash va ularning tuproq sho‘rlanishi bilan bog‘liqligini aniqlashdan iborat. Nukus, Mo‘ynoq va Xiva nuqtalari bo‘yicha NASA POWER (MERRA-2) reanaliz ma’lumotlari asosida havo harorati, yog‘in miqdori, Thornthwaite usulidagi potensial bug‘lanish va qurg‘oqchillik indeksining trendlari Mann-Kendall testi va Sen qiyaligi bilan tahlil qilindi. Yog‘in qatoridagi anomal oylik qiymatlar statistik filtr orqali tozalandi. Natijalarga ko‘ra, yillik o‘rtacha haroratda statistik ahamiyatli trend kuzatilmadi, biroq bahorgi (mart-may) harorat uchala nuqtada ham har 10 yilda 0,42-0,49 °C ga ahamiyatli oshgan (p < 0,01). Pettitt testi 1996-yildan keyin o‘rtacha haroratning 0,54-0,61 °C ga siljishini ko‘rsatdi, biroq bu siljish statistik ahamiyatli emas. Yillik yog‘in har 10 yilda 6-14 mm ga ko‘paygan, potensial bug‘lanish esa 7-8 mm ga ortgan. Shunga qaramay, hudud qurg‘oqchil (arid) iqlim toifasida qolmoqda: yillik suv tanqisligi 755-855 mm ni tashkil etadi. Xorazm viloyatida sho‘rlanish og‘irligi qurg‘oqchillik indeksi bilan kuchli manfiy bog‘langan. Olingan natijalar sho‘r yuvish va sug‘orish muddatlarini bahorgi isishga moslashtirish, iqlim monitoringini sho‘rlanish monitoringi bilan birlashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Orolbo‘yi, iqlim o‘zgarishi, Mann-Kendall testi, Sen qiyaligi, potensial bug‘lanish, qurg‘oqchillik indeksi, tuproq sho‘rlanishi.
Kirish Orolbo‘yi hududi dunyodagi eng og‘ir ekologik inqiroz zonalaridan biri bo‘lib, bu yerda iqlim o‘zgarishi va tuproq sho‘rlanishi o‘zaro bog‘liq holda kechmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida sug‘oriladigan yerlarning 73,6 foizi, Xorazm viloyatida 73,0 foizi turli darajada sho‘rlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar respublika o‘rtachasidan (49,1 %) ancha yuqori [1]. Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va aholi turmushi uchun asosiy xavf omillaridan biri sifatida qayd etilgan [2]. Adabiyotlarda Xorazm viloyatida o‘rtacha yillik haroratning 1980-yillardan keyin keskin oshgani va bu sho‘rlanish dinamikasiga ta’sir etishi ko‘rsatilgan [3]. Biroq Orolbo‘yining turli nuqtalari bo‘yicha uzoq muddatli iqlim qatorlarini yagona metodika asosida, fasllar kesimida tahlil qilgan va natijalarni sho‘rlanish bilan bog‘lagan tadqiqotlar kam. Ushbu tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yida 1982-2024-yillardagi harorat, yog‘in, bug‘lanish va qurg‘oqchillik trendlarini baholash hamda ularning sho‘rlanishga ta’sirini asoslashdan iborat. Vazifalar: (i) iqlim ko‘rsatkichlari trendlarini aniqlash; (ii) fasliy o‘zgarishlarni baholash; (iii) iqlim va sho‘rlanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish.
Materiallar va metodlar Tadqiqotda NASA POWER loyihasining MERRA-2 reanalizi asosidagi oylik ma’lumotlaridan foydalanildi [4], [5]. Uchta nuqta tanlandi: Nukus (42,46° sh.k., 59,61° sh.u.), Mo‘ynoq (43,77° sh.k., 59,02° sh.u.; Orolning qurigan tubiga yaqin) va Xiva (41,38° sh.k., 60,36° sh.u.). Tahlil davri 1982-2024-yillar (n = 43). 1981-yil reanaliz qatorining boshlang‘ich yili bo‘lib, yog‘in qiymatlari anomal yuqori bo‘lgani uchun tahlildan chiqarildi. Yog‘in qatorida oyning ko‘p yillik taqsimotidan keskin chetga chiqqan (Q₃ + 3·IQR dan va 1 mm/kundan yuqori) 11 ta oylik qiymat (1548 tadan) o‘sha oyning medianasi bilan almashtirildi. Sho‘rlanish bo‘yicha ma’lumotlar [1] va [3] manbalaridan olindi. Trendlar Mann-Kendall testi bilan baholandi [6], [7]: n−1 n S=∑ ∑ sgn ( x j −x i )
S−sgn ( S ) n ( n−1 ) ( 2 n+5 ) Z= , Var ( S ) = (2) √ Var ( S ) 18 bu yerda xi, xj – i va j yillardagi qiymatlar; n – kuzatuvlar soni; |Z| > 1,96 bo‘lsa, trend 5 % darajada ahamiyatli. Trend kattaligi Sen qiyaligi bilan aniqlandi [8]: x −x β=median j i , j>i j−i ( ) (3)
Potensial bug‘lanish (PET) oylik o‘rtacha harorat asosida Thornthwaite usulida hisoblandi [9]:
PET m =16 · · Lm N m 10 T m a 12 30 · I ( ) (4)
bu yerda Tm – oylik o‘rtacha harorat, °C; I – yillik issiqlik indeksi; L m – kun uzunligi, soat; Nm – oydagi kunlar soni; a – I ga bog‘liq koeffitsiyent. Qurg‘oqchillik indeksi va yillik suv tanqisligi quyidagicha aniqlandi [10]: P AI = ,WD=PET −P (5) PET bu yerda P – yillik yog‘in, mm. AI < 0,05 – o‘ta qurg‘oqchil, 0,05-0,20 – qurg‘oqchil (arid) hudud. Qo‘shimcha ravishda o‘rtacha qiymatlarning siljish nuqtasi Pettitt testi bilan tekshirildi [11]. Natijalar 1-jadval. Yillik iqlim ko‘rsatkichlarining trendlari (1982-2024-yillar)
Ko‘rsatkich Nuqta O‘rtacha Z p Sen qiyaligi, 10 yilda Harorat, °C Nukus 13,18 0,22 0,826 +0,029 Mo‘ynoq 10,72 0,18 0,859 +0,041 Xiva 14,10 0,99 0,320 +0,100 Yog‘in, mm Nukus 75,4 2,63** 0,009 +6,0 Mo‘ynoq 72,7 3,64** 0,000 +14,0 Xiva 88,1 2,53* 0,011 +8,5 PET, mm Nukus 917 1,73† 0,084 +6,8 Mo‘ynoq 828 1,91† 0,057 +7,7 Xiva 943 2,24* 0,025 +8,3 AI Nukus 0,083 2,07* 0,038 +0,0057 Mo‘ynoq 0,088 3,52** 0,000 +0,0154 Xiva 0,094 2,24* 0,025 +0,0075 Izoh: ** - p < 0,01; * - p < 0,05; † - p < 0,10. Manba: [4] ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitobi (1-5-formulalar).
Yillik o‘rtacha haroratda statistik ahamiyatli trend aniqlanmadi (Sen qiyaligi 10 yilda +0,03… +0,10 °C). Pettitt testi uchala nuqtada ham 1996-yilni siljish nuqtasi sifatida ko‘rsatdi: 1997-2024- yillardagi o‘rtacha harorat oldingi davrga nisbatan 0,54-0,61 °C yuqori, biroq bu farq 5 % darajada ahamiyatli emas (p = 0,21-0,52). Yillik harorat dinamikasi 1-rasmda keltirilgan.
82 84 86 88 90 92 94 96 98 00 02 04 06 08 10 12 14 16 18 20 22 24 19 1 9 1 9 19 19 19 19 19 19 20 20 20 2 0 2 0 20 20 2 0 2 0 20 20 20 20
Nukus Moʻynoq Xiva 1-rasm. Yillik o‘rtacha havo harorati dinamikasi, °C (NASA POWER ma’lumotlari) Fasllar bo‘yicha tahlil muhim farqni ko‘rsatdi (2-jadval, 2-rasm). Bahorgi (mart-may) harorat uchala nuqtada ham statistik ahamiyatli oshgan: har 10 yilda Nukusda +0,42 °C, Mo‘ynoqda +0,49 °C, Xivada +0,44 °C (p < 0,01), ya’ni 43 yilda 1,8-2,1 °C. Yozgi harorat zaif o‘sish, qishki va kuzgi harorat esa ahamiyatsiz o‘zgarish ko‘rsatdi. Demak, yillik trendning «ko‘rinmasligi» bahorgi isishning qishki o‘zgarishlar bilan qoplanishi natijasidir. 2-jadval. Fasllar bo‘yicha harorat trendlari (Z / Sen qiyaligi, °C 10 yilda) Nuqta Qish Bahor Yoz Kuz Nukus -0,61 / -0,15 2,70** / +0,42 0,89 / +0,11 -0,24 / -0,04 Mo‘ynoq -0,77 / -0,27 2,68** / +0,49 1,10 / +0,09 -0,04 / -0,01 Xiva -0,23 / -0,06 2,76** / +0,44 1,40 / +0,13 0,27 / +0,05 Izoh: ** - p < 0,01. Manba: muallif hisob-kitobi.
0.6 0.49 0.5 0.44 0.42 0.4 Sen qiyaligi, °C / 10 yil 0.3
0.0 -0.01 Qish Bahor Yoz -0.04 Kuz -0.1 -0.06
-0.4 Fasllar Nukus Moʻynoq Xiva 2-rasm. Fasllar bo‘yicha harorat o‘zgarish sur’ati, °C / 10 yil (muallif hisob-kitobi) Yillik yog‘in uchala nuqtada ham ahamiyatli oshgan (har 10 yilda +6,0…+14,0 mm), potensial bug‘lanish esa 10 yilda 6,8-8,3 mm ga ortgan (Xivada p < 0,05). Natijada qurg‘oqchillik indeksi biroz oshgan, biroq uning o‘rtacha qiymati (0,083-0,094) hudud qurg‘oqchil (arid) toifada qolayotganini ko‘rsatadi. Yillik suv tanqisligi (WD) o‘rtacha 755-855 mm bo‘lib, statistik ahamiyatli o‘zgarmagan. Boshqacha aytganda, yog‘inning ko‘payishi (yiliga 75-88 mm) bug‘lanishning ortishini qoplay olmayapti. Iqlim va sho‘rlanish bog‘liqligi. Bahorgi isish sho‘r yuvish suvlaridan keyin sizot suvlari sathi yuqori bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda harorat va bug‘lanishning ortishi kapillyar ko‘tarilishni kuchaytirib, tuzlarning tuproq yuza qatlamiga to‘planishini tezlashtiradi. Xorazm viloyatida 1991-2020-yillardagi besh yillik davrlar bo‘yicha sho‘rlanish og‘irligi indeksi ([3] ma’lumotlari asosida) Xiva nuqtasidagi qurg‘oqchillik indeksi bilan kuchli manfiy bog‘langan (r = - 0,92; n = 6; p < 0,01): nisbatan nam davrlarda sho‘rlanish yengilroq kechgan. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1990-2020-yillarda sho‘rlangan yerlar ulushining 84,2 foizdan 73,6 foizgacha kamayishi [1] yog‘inning ko‘payishi bilan bir qatorda meliorativ tadbirlar ta’sirini ham aks ettiradi. Tadqiqot cheklovlari: reanaliz ma’lumotlari stansiya kuzatuvlarining o‘rnini to‘liq bosmaydi, ayniqsa yog‘in qatorida xatolar uchraydi; Mo‘ynoq yog‘in qatorida avtokorrelyatsiya yuqori (r₁ = 0,65), shu sababli uning ahamiyatliligi ehtiyotkorlik bilan talqin qilinadi; sho‘rlanish bo‘yicha bog‘liqlik kam kuzatuvga (n = 6) asoslangan. Xulosa va tavsiyalar 1982-2024-yillarda Orolbo‘yida yillik o‘rtacha haroratda ahamiyatli trend kuzatilmasa-da, bahorgi harorat har 10 yilda 0,42-0,49 °C ga oshgan. Yog‘in va potensial bug‘lanish birgalikda ortgan, biroq hudud qurg‘oqchil bo‘lib qolmoqda va yillik suv tanqisligi kamaymagan. Bahorgi isish sho‘r yuvishdan keyingi davrda tuzlarning tuproq yuzasiga ko‘tarilishi xavfini oshiradi. Shu asosda quyidagilar tavsiya etiladi: 1) sho‘r yuvish va ekish muddatlarini bahorgi isishni hisobga olgan holda belgilash, bahorgi sug‘orish me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish; 2) bahorda sizot suvlari sathini pasaytirish uchun kollektor-drenaj tarmog‘ining ish rejimini kuchaytirish;
3) meteorologik va meliorativ monitoringni birlashtirib, hududiy «iqlim-sho‘rlanish» ogohlantirish tizimini yaratish; 4) sho‘rlanishga va bahorgi issiqqa chidamli ekin navlarini hamda mulchalash texnologiyalarini keng joriy etish.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- S. Umarov et al., “Land degradation in Uzbekistan: key challenges and sustainable solutions,” Frontiers in Sustainable Food Systems, vol. 9, p. 1676403, 2025.
- World Bank, Uzbekistan Country Climate and Development Report. Washington, DC: World Bank Group, 2023.
- M. Khamidov, J. Ishchanov, A. Hamidov, C. Donmez, and K. Djumaboev, “Assessment of soil salinity changes under the climate change in the Khorezm region, Uzbekistan,” International Journal of 2 -S H O ‘ B A Environmental Research and Public Health, vol. 19, no. 14, p. 8794, 2022.
- NASA Langley Research Center, POWER Project: Prediction of Worldwide Energy Resources. Data Access. 2025. https://power.larc.nasa.gov
- R. Gelaro et al., “The Modern-Era Retrospective Analysis for Research and Applications, Version 2 (MERRA-2),” Journal of Climate, vol. 30, no. 14, pp. 5419-5454, 2017.
- H. B. Mann, «Nonparametric tests against trend,» Econometrica, vol. 13, no. 3, pp. 245-259, 1945.
- M. G. Kendall, Rank Correlation Methods, 4th ed. London: Charles Griffin, 1975.
- P. K. Sen, “Estimates of the regression coefficient based on Kendall’s tau,” Journal of the American Statistical Association, vol. 63, no. 324, pp. 1379-1389, 1968.
- C. W. Thornthwaite, «An approach toward a rational classification of climate,» Geographical Review, vol. 38, no. 1, pp. 55-94, 1948.
- UNEP, World Atlas of Desertification. London: Edward Arnold, 1992.
- A. N. Pettitt, “A non-parametric approach to the change-point problem,” Journal of the Royal Statistical Society. Series C (Applied Statistics), vol. 28, no. 2, pp. 126-135, 1979.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014524
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610040
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 168–172
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03