Qoraqalpog‘iston shimolida kuzgi bug‘doy agrotsenozlaridagi begona o‘tlar populyatsiyasining tur tarkibi hamda tarqalish dinamikasi
Ajiniyazova Mekhriban Koylibaevna, Saymbetov Alisher, Bakirova Miyirgul Bekmurza kiziQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 191–194
Annotatsiya
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy mintaqasida joylashgan Chimboy tumanidagi kuzgi bug‘doy ekinzorlarining fitosanitar holati hamda begona o‘tlarning floristik tarkibi tahlil qilingan. Chimboy tumani «Kegayli» kanalining shimoliy o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoiti, sho‘rlanish darajasi, vegetatsiya davridagi samarali harorat yig‘indisi, yog‘in-sochin miqdori hamda nisbiy namlik ko‘rsatkichlari bilan mintaqaning boshqa hududlaridan ajralib turadi. Bu mikroklimat va edafik omillar ekin maydonlaridagi begona o‘tlar populyatsiyasining shakllanishi, turlar xilma-xilligi va tarqalish zichligiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. O‘tkazilgan fitosotsiologik va agrobotanik tadqiqotlar natijasida tuman kuzgi bug‘doy maydonlarida 15 ta oila va 47 ta turkumga mansub 52 turdagi begona o‘tlar tarqalganligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichlar markaziy va janubiy mintaqalardagi kuzgi bug‘doy agrotsenozlari (16–17 ta oila, 46–55 ta turkum, 53–63 ta tur) bilan qiyoslanganda, shimoliy hududda begona o‘t turlarining soni 1 tadan 11 tagacha kamroq ekanligi kuzatildi. Biomorfologik va hayotiy shakllari bo‘yicha tahlil qilinganda, shimoliy hududda ifloslanganlik darajasining asosiy ulushini bir yillik begona o‘tlar — 59,6% (31 tur) va ko‘p yilliklar — 34,6% (18 tur) tashkil etgani, ikki yillik turlar esa 5,8% ni (3 tur) tashkil etgani belgilandi. Olingan ma‘lumotlar Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududlarida kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirish va fitosanitar xavfsizlikni ta‘minlashda integratsiyalashgan kurash choralarini (IPM) to‘g‘ri rejalashtirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Boshqa tillarda
ruschaВидовой состав и динамика распространения популяции сорных растений в агроценозах озимой пшеницы на севере Каракалпакстана
В статье проанализированы фитосанитарное состояние посевов озимой пшеницы и флористический состав сорных растений в Чимбайском районе, расположенном в северной зоне Республики Каракалпакстан. Чимбайский район находится на северном правом берегу канала «Кегейли» и отличается от других территорий региона своеобразными почвенно-климатическими условиями, степенью засоления, суммой эффективных температур за вегетационный период, количеством осадков и показателями относительной влажности воздуха. Эти микроклиматические и эдафические факторы непосредственно влияют на формирование популяции сорных растений на посевных площадях, их видовое разнообразие и плотность распространения. В результате проведенных фитосоциологических и агроботанических исследований установлено, что на посевах озимой пшеницы района распространены 52 вида сорных растений, относящихся к 15 семействам и 47 родам. При сравнении этих показателей с агроценозами озимой пшеницы центральной и южной зон (16–17 семейств, 46–55 родов, 53–63 вида) выявлено, что число видов сорных растений в северной зоне меньше на 1–11. Анализ по биоморфологическим признакам и жизненным формам показал, что основную долю засоренности в северной зоне составляют однолетние сорняки — 59,6% (31 вид) и многолетние — 34,6% (18 видов), а на двулетние виды приходится 5,8% (3 вида). Полученные данные служат научно-практической основой для правильного планирования интегрированных мер борьбы (IPM) в целях повышения урожайности озимой пшеницы и обеспечения фитосанитарной безопасности в северных районах Каракалпакстана.
inglizchaSpecies composition and distribution dynamics of weed populations in winter wheat agrocenoses in northern Karakalpakstan
The article analyzes the phytosanitary condition of winter wheat crops and the floristic composition of weeds in Chimbay district, located in the northern zone of the Republic of Karakalpakstan. Chimbay district lies on the northern right bank of the Kegeyli canal and differs from other parts of the region in its specific soil and climatic conditions, degree of salinity, sum of effective temperatures during the growing season, amount of precipitation and relative air humidity. These microclimatic and edaphic factors directly affect the formation of weed populations in crop fields, their species diversity and distribution density. Phytosociological and agrobotanical studies showed that 52 weed species belonging to 15 families and 47 genera occur in the winter wheat fields of the district. Compared with winter wheat agrocenoses of the central and southern zones (16–17 families, 46–55 genera, 53–63 species), the number of weed species in the northern zone was found to be lower by 1 to 11. Analysis of biomorphological features and life forms showed that the bulk of weed infestation in the northern zone is formed by annual weeds, 59.6% (31 species), and perennials, 34.6% (18 species), while biennial species account for 5.8% (3 species). The data obtained provide a scientific and practical basis for proper planning of integrated pest management (IPM) measures aimed at increasing winter wheat yield and ensuring phytosanitary safety in the northern areas of Karakalpakstan.
Kalit so‘zlar
- Shimoliy hudud
- kuzgi bug‘doy
- ikki yillik
- bir yillik
- bir va ikki pallali
- ko‘p yillik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
2 -S H O ‘ B A SHO‘RLANISH MONITORINGI Nukus · 16.10.2026 UDK 631/635
Qoraqalpog‘iston shimolida kuzgi bug‘doy agrotsenozlaridagi begona o‘tlar populyatsiyasining tur tarkibi hamda tarqalish dinamikasi Ajiniyazova Mexriban Koyli’baevna q.x.f.f.d. (PhD), dotsent v.v.b. · Saymbetov Alisher XXX q.x.f.f.d. (PhD), professor · Bakirova Miyirgul Bekmurza qizi talaba
2 -S H O ‘ B A Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti mexkkuzb@mail.ru
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610046 Iqtibos uchun: Ajiniyazova Mexriban Koyli’baevna, Saymbetov Alisher XXX, Bakirova Miyirgul Bekmurza qizi. Qoraqalpog‘iston shimolida kuzgi bug‘doy agrotsenozlaridagi begona o‘tlar populyatsiyasining tur tarkibi hamda tarqalish dinamikasi // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 191– 194. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610046
Annotatsiya. Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy mintaqasida joylashgan Chimboy tumanidagi kuzgi bug‘doy ekinzorlarining fitosanitar holati hamda begona o‘tlarning floristik tarkibi tahlil qilingan. Chimboy tumani «Kegayli» kanalining shimoliy o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoiti, sho‘rlanish darajasi, vegetatsiya davridagi samarali harorat yig‘indisi, yog‘in-sochin miqdori hamda nisbiy namlik ko‘rsatkichlari bilan mintaqaning boshqa hududlaridan ajralib turadi. Bu mikroklimat va edafik omillar ekin maydonlaridagi begona o‘tlar populyatsiyasining shakllanishi, turlar xilma-xilligi va tarqalish zichligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘tkazilgan fitosotsiologik va agrobotanik tadqiqotlar natijasida tuman kuzgi bug‘doy maydonlarida 15 ta oila va 47 ta turkumga mansub 52 turdagi begona o‘tlar tarqalganligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichlar markaziy va janubiy mintaqalardagi kuzgi bug‘doy agrotsenozlari (16–17 ta oila, 46–55 ta turkum, 53–63 ta tur) bilan qiyoslanganda, shimoliy hududda begona o‘t turlarining soni 1 tadan 11 tagacha kamroq ekanligi kuzatildi. Biomorfologik va hayotiy shakllari bo‘yicha tahlil qilinganda, shimoliy hududda ifloslanganlik darajasining asosiy ulushini bir yillik begona o‘tlar — 59,6% (31 tur) va ko‘p yilliklar — 34,6% (18 tur) tashkil etgani, ikki yillik turlar esa 5,8% ni (3 tur) tashkil etgani belgilandi. Olingan ma’lumotlar Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududlarida kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirish va fitosanitar xavfsizlikni ta’minlashda integratsiyalashgan kurash choralarini (IPM) to‘g‘ri rejalashtirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Shimoliy hudud, kuzgi bug‘doy, ikki yillik, bir yillik, bir va ikki pallali, ko‘p yillik.
Kirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi sug‘oriladigan yerlarining meliorativ holatining noqulayligi, sho‘rlanish darajalarining oshib borishi, ob-havo iqlim sharoitining keskin kontinentalligi, yozi issiq va quruq, qishi sovuq bo‘lishi bevosita dehqonchilik yuritishda bir qator qiyinchiliklarni tug‘dirishi bilan birga, qishloq xo‘jaligi ekinlari kasallik, zararkunanda va begona o‘tlar hisobiga ham ekinlar hosildorligining pasayishiga katta ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Bu borada, Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududida ham keyingi yillarda ekinlar hosili, ayniqsa, bug‘doy don hosilining begona o‘tlar ta’sirida kamayib borishi, kuzgi g‘alla maydonlarida tarqalgan begona o‘tlar turlari va ularning biologik xususiyatlarini o‘rganishni talab etadi. Albatta, ekin maydonlarida tarqalgan begona o‘tlarning miqdor jihatdan ko‘p yoki kam bo‘lishi, tuproqlarning strukturasi, mexanik tarkibi, suv xossalari, oziq moddalar bilan ta’minlanganligi hamda tashqi muhit omillariga: har bir hududda yerdan foydalanish tartibi va dehqonchilik madaniyati, tuproqlarning begona o‘tlar urug‘lari bilan qay darajada ifloslanganligi, suv manbalari va suv bilan ta’minlanganligiga, mavsumda o‘simliklarning rivojlanish sharoitlariga ham bog‘liqdir. Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, har bir ekin maydonida tarqalgan begona o‘tlarning oilasi va turini, biologik xususiyatlarini bilgan holda, ularga qarshi samarali kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Ilmiy tadqiqotlar olib borilgan Respublikaning shimoliy hududida joylashgan Chimboy tumani g‘arbdan Bo‘zatov tumani, janubdan Kegayli tumani, shimoldan Mo‘ynoq tumani, sharqdan Qorao‘zak tumani bilan chegaradosh. Chimboy tumani «Kegayli» kanali qirg‘og‘i bo‘ylab, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan. Tuman iqlimi keskin o‘zgaruvchan, yer osti suvlari yaqin, cho‘l hududiga yotadi, yozi issiq, qishi qisqa, sovuq keladi. Iqlim sharoiti jihatidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy va janubiy mintaqalari
2 -S H O ‘ B A bir-biridan ajralib turadi. Shimoliy hududda janubiy hududga nisbatan vegetatsiya davri 15-18 kunga qisqaligi, tuproq sho‘rlanish darajasining yuqoriligi, havoning nisbiy namligi va vegetatsiya davrida foydali haroratning pastligi, yog‘in-sochinning kam bo‘lishi, qurg‘oqchilik ko‘p bo‘lishi, shamolning kuchli esishi, yoz oylarida tuproq yuzidagi namlikning tez bug‘lanib turishi shimoliy hududda nafaqat qishloq xo‘jaligi ekinlari, balki ekin maydonlarida tarqalgan begona o‘tlar miqdori va turlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Chimboy tumani sug‘oriladigan yerlarining umumiy maydoni 46,9 ming gektar bo‘lib, shundan 41,5 ming gektari, ya’ni 86,6 %, turli darajada sho‘rlangan bo‘lib, kuzgi g‘alla ekinlari 4-5 ming gektar maydonda yetishtirilib kelinadi. Materiallar va metodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli darajada sho‘rlangan shimoliy, markaziy va janubiy hududlari kuzgi bug‘doy maydonlarida tarqalgan begona o‘tlarning tur tarkibi, ularning hududlar bo‘yicha tarqalishi aniqlanadi. Tadqiqotlarda fenologik kuzatuv, biometrik o‘lchashlar «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari» bo‘yicha, tuproqning agrofizikaviy va agrokimyoviy tahlillari «Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в поливных хлопковых районах» bo‘yicha, begona o‘tlar miqdori A.M.Tulikov uslubiy qo‘llanmalari bo‘yicha, tadqiqot natijalarining statistik tahlili Microsoft Excel dasturi yordamida B.A.Dospexovning «Методика полевого опыта» manbasidagi dispersion tahlil uslubi bo‘yicha amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalari Dala ekspeditsiyalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining kuzgi bug‘doyzorlarida 21 ta oila, 65 ta turkumga kiruvchi 78 turdagi begona o‘tlar tarqalgan bo‘lib, shundan: bir yilliklar–48 ta, ikki yilliklar–4 ta, ko‘p yilliklar–26 ta turni tashkil etadi. Jumladan, boshoqdoshlar (Poaceae) oilasiga mansub–15 ta, sho‘radoshlar (Chenopodiaceae)–14 ta, karamdoshlar (Brassicaceae)–9 ta, qoqio‘tdoshlar (Asteraceae)–9 ta, dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub–5 ta turni, qolgan oilaga mansub begona o‘tlar 1-3 ta turni tashkil etganligi aniqlangan. Mintaqaning o‘rganilgan hududlarida, kuzgi bug‘doy maydonlarida ifloslantirish ko‘rsatkichi bo‘yicha bir yillik begona o‘tlar eng yuqori bo‘lib–61,5%, ikki yilliklar–5,1 va ko‘p yilliklar 33,3% ni tashkil etganligi qayd etilgan. Tuman kuzgi bug‘doy maydonlarida tarqalgan begona o‘tlar oilasi va turlarini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki (1-rasm), tuman g‘allazorlarida 15 ta oila, 47 ta turkumga mansub, 52 ta turdagi begona o‘tlar tarqalgan bo‘lib, markaziy va janubiy mintaqalaridagi kuzgi bug‘doy maydonlarida esa bu ko‘rsatkichlar 16-17 ta oila, 46-55 ta turkum, 53-63 ta turni tashkil etib, shimoliy mintaqada 1-11 donaga kam miqdorda ekanligi hisobga olindi. Shuningdek, shimoliy hududda ham ifloslanganlik darajalari bo‘yicha bir yilliklar eng yuqori ko‘rsatkichni 59,6 % (31 ta), ikki yilliklar 5,8 % (3 ta) va ko‘p yilliklar esa –34,6 % (18 ta) ni tashkil etganligi kuzatildi va ushbu ma’lumotlarni 1-rasmda ko‘rish mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, shimoliy hududda ham mintaqaning janubiy va markaziy hududi kuzgi bug‘doy maydonlarida mavjud bo‘lgan ayrim begona o‘tlar turlari, masalan, bir yilliklardan qizg‘aldoq (R. refracta), ko‘knor qizg‘aldoq (P. pavoninum Schrenk), olabuta, yovvoyi gultojixo‘roz (A. blitum), oq sho‘ra (Ch. album), novcha bargo‘t (S. altissima), qurtana (S. loeselii), oddiy bangidevona (Datura stramonium), g‘o‘za qo‘ytikan (oshaǵan) (X. strumarium), yapon yaltirboshi (B. japonicus), ko‘p yilliklardan zaharli ayiqtovon (R. sceleratus), Drobov otqulog‘i (R. drobovii), qo‘ypechak (C. arvensis), tiniq qorabosh (S. diluta Bieb.) tarqalmaganligi kuzatildi. Tajribalarda kuzgi bug‘doy maydonlarining begona o‘tlar bilan ifloslanganlik darajalari o‘rganilganda, begona o‘tlar bilan zararlanish darajasi kuzgi bug‘doyning tuplanish fazasida bahorda yuqori ekanligi qayd etilgan. Ushbu keng tarqalgan begona o‘tlar kuzgi bug‘doy unib chiqishidan amal davri oxirigacha uning o‘sishi, rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, don hosildorligining pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
Bir yilliklar Ikki yilliklar Ko‘p yilliklar 1-rasm. Qoraqalpog‘iston shimoliy hududi (Chimboy tumani) kuzgi bug‘doy maydonlarida tarqalgan begona o‘tlarning tarqalish turlari, dona hisobida
Shimoliy hudud kuzgi bug‘doy maydonlarida bir yilliklardan ko‘k sho‘ra (Ch. glaucum), tatar olabutasi (A.tatarica), maydagul olabuta (A.micrantha), xaltali ebalak (C.utriculosus Bluk.), hissopbarg bassiya (B.hyssopifolia), yoybargli qorabargo‘t (S.arcuata), sho‘rbuta (S.dendroides), Iberiya sho‘ragi, tuyaqorin (S.iberica Sennenet), Suvorov psilliostaxisi (P.suvorovii), qamishsimon g‘ozo‘t, g‘ozo‘t (S.schoenoides), ikki yilliklardan qora mingdevona (mıńduana) (H.niger), ko‘p yilliklardan kengbarg torol (mıńbas) (L.latifolium), sharq takasoqoli (tekesaqal) (D.orientalis), ochtangachali paxtatikan (kalwen) (S. ochrolepideum), o‘rmalovchi kakra (kekre) (A.repens), o‘rmalovchi sho‘rajriq (ajırıq) (Ae.repens), tukli bug‘doyiq, oqcho‘pon (A.trichophorum) keng tarqalib, kuzgi bug‘doy unib chiqishidan amal davri oxirigacha uning o‘sishi, rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, don hosildorligining pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli darajada sho‘rlangan kuzgi bug‘doy yetishtiriladigan maydonlarida o‘tkazilgan dala ekspeditsiya tadqiqotlarimiz asosida quyidagi xulosalarni keltirib o‘tamiz: Xulosa va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasining kuzgi bug‘doy yetishtiriladigan maydonlarida 21 ta oila, 65 ta turkumga kiruvchi 78 turdan ortiq begona o‘tlar tarqalgan bo‘lib, shundan: bir yilliklar – 48 (61,5%) ta, ikki yilliklar – 4 (5,1 %) ta, ko‘p yilliklar – 26 (33,3 %) ta turni tashkil etadi. Jumladan, keng tarqalishi bo‘yicha boshoqdoshlar (Poaceae) oilasiga mansub – 15 ta, sho‘radoshlar
(Chenopodiaceae) – 14 ta, karamdoshlar (Brassicaceae) – 9 ta, qoqio‘tdoshlar (Asteraceae) – 9 ta, dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub begona o‘tlar 5 ta turni, qolgan oilaga mansub begona o‘tlar 1-3 ta turni tashkil etganligi aniqlandi. Mintaqaning janubiy, markaziy va shimoliy hududlari bo‘yicha tuproq – iqlim sharoiti, tuproqlarning sho‘rlanganlik darajasi, yerdan foydalanish tartibi va begona o‘tlarga qarshi kurashishda o‘tkaziladigan agrotexnik va kimyoviy tadbirlarga ko‘ra, begona o‘tlar turlari bo‘yicha tarqalishi ham bir-biridan farqlanib, mintaqaning janubiy hududi Amudaryo, markazda Xo‘jayli va shimolda Chimboy tumanlarida mos ravishda 16, 17, 15 ta oila, 55, 46, 47 ta turkumga mansub, 63, 53, 52 turdagi begona o‘tlar aniqlanib, jumladan, bir yilliklar – 39, 32, 31 ta, ikki yilliklar – 4, 2, 3 ta, ko‘p yilliklar – 20, 19, 18 ta turni tashkil etadi. Kuzgi bug‘doy maydonlarida zarar keltirishi bo‘yicha bir yillik begona o‘tlar ustunlik qilib, hududlar kesimida (mos ravishda – 61,9; 60,4 va 59,6 %) eng yuqori ko‘rsatkichni egallashi dala tadqiqotlarimizda aniqlanganligi qayd etildi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Ajiniyazova M.K., Saymbetov A.XXX. (2023), Types and spreading areas of weeds spread in winter wheat fields in Karakalpakstan, EPRA International Journal of Multidisciplinary Research, 9(5). https://doi.org/10.36713/epra13423
- Ajiniyazova M.K. (2023), Kuzgi bug‘doy maydonlaridagi begona o‘tlarga qarshi kurashish, Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi, 8(1), ISSN 2091-573X. http://mamun.uz/uz/page/56, pp 153-157
- Koyli’baevna, A. M. (2025, November). QORAQALPOG‘ISTONNING TUPROQ VA IQLIM SHAROITLARINING O‘SIMLIKLARNING KO‘PAYISHIGA TA’SIRI. In Conferences (Vol. 1, No. 4, pp. 243-245).
- Qoyli’baevna, A. M. (2025, November). QORAQALPOG‘ISTONNING SHO‘RLANGAN TUPROQLARI SHAROITIDA O‘SIMLIKLARNI KO‘PAYTIRISHDA ZAMONAVIY AGROTEXNOLOGIYALAR. In Conferences (Vol. 1, No. 4, pp. 240-242).
- Мехрибан Койлыбаевна А. и др. РАСПРОСТРАНЕНИЕ И ВИДОВОЙ СОСТАВ ОДНОЛЕТНИХ СОРНЫХ РАСТЕНИЙ В КАРАКАЛПАКСТАНЕ //Conferences. – 2026. – Т. 2. – №. 3. – С. 1108- 1114.
- Koylibaevna A. M. et al. ORGANIKALÍQ HÁM MINERAL TÓGINLERDIŃ ǴAWASHANÍŃ ÓSIWI HÁM RAWAJLANÍWÍNA TÁSIRI //Conferences. – 2025. – Т. 1. – №. 4. – С. 356-359.
- Узақбай, А. Е. «ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ШАРОИТИДА ЎРГАНИЛГАН ҒЎЗАНИНГ Ғ3 ДУРАГАЙ ОИЛАЛАРИДА ТОЛА ЧИҚИМИ ВА ТОЛА ИНДЕКСИ БЕЛГИЛАРИНИ ВАРИАЦИОН ТАҲЛИЛ НАТИЖАЛАРИ.» INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS 3.36 (2025): 98-103.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014530
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610046
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 191–194
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03