Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilgan g‘o‘za dalalarining vegetatsion sug‘orishda suv sarfi

    Serimbetov T.E., Ismaylov B.K. · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilgan g‘o‘za dalalarida vegetatsion sug‘orish jarayonida suv sarfini o‘rganish, organik o‘g‘itlarning tuproqning suv-fizik xususiyatlariga, namlikni saqlash qobiliyatiga hamda g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga ta‘sirini aniqlashdan iborat. Shuningdek, sug‘orish me‘yorlarini maqbullashtirish orqali suv resurslaridan samarali foydalanish va paxta hosildorligini oshirish imkoniyatlarini baholash ko‘zda tutiladi. Tadqiqot jarayonida dala tajribalari, tuproqning agrokimyoviy va suv-fizik xususiyatlarini tahlil qilish, tuproq namligini vegetatsiya davomida kuzatish, sug‘orishdan oldingi va keyingi namlik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda suv sarfini hisoblash usullaridan foydalaniladi. Organik o‘g‘itlar qo‘llanilgan variantlar nazorat varianti bilan taqqoslanadi. Olingan ma‘lumotlar matematik-statistik tahlil qilinib, organik o‘g‘itlarning sug‘orish samaradorligi, suvdan foydalanish ko‘rsatkichlari va g‘o‘za hosildorligiga ta‘siri baholanadi. Tadqiqot natijasida organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilgan g‘o‘za dalalarida vegetatsion sug‘orish uchun sarflanadigan suv miqdori, tuproq namligining o‘zgarishi va sug‘orish samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash kutiladi. Organik o‘g‘itlarning tuproq strukturasini yaxshilash, namlikni ushlab turish xususiyatini oshirish va sug‘orish suvlaridan samarali foydalanishga ta‘siri baholanadi. Olingan natijalar asosida g‘o‘za yetishtirishda suv sarfini maqbullashtirish, sug‘orish muddatlari va me‘yorlarini takomillashtirish hamda suv tejamkor agrotexnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash imkoniyati yaratiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini baholashda tuproq va sizot suvlari ko‘rsatkichlarining ahamiyati (Kegeyli tumani misolida)

    U. Saginbayeva, Sh. Tursunbayeva, Z. Ramazonova · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani sug‘oriladigan yerlarining meliorativ holati, tuproq sho‘rlanishi, sizot suvlari rejimi va kollektor-drenaj suvlarining gidrokimyoviy xususiyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, tuproq va suv ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy yondashuvlar yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘istonda sug‘orishda oqova suvlardan qayta foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari va sho‘rlanish xavflarini baholash

    Orazbaeva Makhinur Komek kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida sug‘orishda oqova suvlardan qayta foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari ko‘rib chiqilgan. Orolbo‘yidagi suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi va kollektor-drenaj suvlari minerallashuv darajasining yuqoriligi sharoitida tozalangan oqova suvlar sug‘orish uchun qo‘shimcha suv manbai bo‘lishi mumkin. Tadqiqotning maqsadi – oqova suvlarning sug‘orishga yaroqliligini xalqaro mezonlar bo‘yicha baholash usulini tizimlashtirish hamda sho‘rlanish va sanitariya-gigiyena xavflarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Ishda adabiyotlar tahlili, suv sifatini laboratoriyada tahlil qilish (pH, EC, TDS, BPK5, XPK, Na, Ca, Mg), natriy adsorbsiyasi koeffitsiyentini (SAR) hisoblash va qiyosiy baholash usullari qo‘llanilgan. Natijada suvning minerallashuvi, natriy ulushi va mikrobiologik ko‘rsatkichlarga asoslangan sug‘orishga yaroqlilik mezonlari hamda tozalash usuli, sug‘orish texnologiyasi va ekin turini tanlash algoritmi taklif etiladi. Olingan xulosalar Orolbo‘yi hududida suv resurslaridan barqaror foydalanishda va tuproq sho‘rlanishini kamaytirishda qo‘llanilishi mumkin.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida suvdan foydalanish samaradorligini GIS texnologiyalari asosida baholash va monitoring qilish

    Mamutova Bibinaz Usayn kizi, Akmalov Shamshodbek Bakhtiyarovich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani hududida joylashgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida turli darajada sho‘rlangan va meliorativ holati yomonlashgan sug‘oriladigan tuproqlar tanlangan. Shuningdek, «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasida qishloq xo‘jaligi sohasida GIS texnologiyalarini joriy etish va yer resurslarini raqamli monitoring qilish ustuvor vazifa sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Shu nuqtai nazardan, Nukus tumani sug‘oriladigan yerlarining meliorativ holatini geoaxborot tizimlari asosida monitoring qilish, meliorativ ko‘rsatkichlarning fazoviy-vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash, GIS asosida tematik xaritalar va ma‘lumotlar bazasini yaratish hamda meliorativ holatni prognozlash uslublarini takomillashtirish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi [1].

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Orolbo‘yi hududining qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvi orqali yerlardan samarali foydalanishga salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan muammolar

    Kdirbaeva Gulan Utebaevna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalar bilan innovatsion yangiliklar tashkil qilish maqolada ilgari surilgan maqsadning asosiy vositasidir. So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida global iqlim o‘zgarishi natijasida iqlim va gidrogeologik sharoit tufayli sug‘orish uchun suv tanqisligi yuzaga keldi. Natijada chuchuk sug‘orish suvi yetishmaydi, bu esa ixtisoslashuv va takomillashtirishning o‘zgarishiga olib keladi. Maqolaning mazmunida Orolbo‘yi hududidagi qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvidagi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish orqali ularni bartaraf etishda zamonaviy tajribalarni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha nazariy takliflar keltirilgan. Shuningdek, ushbu muammolarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladigan omillar ham keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning agrokimyoviy holati, oziqa rejimi va kunjut hosildorligiga mineral o‘g‘itlar ta‘siri

    Karlibaev Sultanbay Miraziz uli, Shadiyeva Nilufar Iskandarovna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Mazkur maqolada Toshkent viloyati Qibray tumanidagi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida kunjut (Sesamum indicum L.) yetishtirishda mineral o‘g‘itlar me‘yorlarining tuproqning agrokimyoviy holatiga ta‘siri o‘rganildi. Tadqiqotda tuproqning 0–30 va 30–50 sm qatlamlaridagi gumus, umumiy azot, fosfor va kaliy miqdori tahlil qilinib, ularning qatlamlar hamda tajriba variantlari bo‘yicha taqsimlanish xususiyatlari baholandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    «Qoraqalpog‘iston suv havzalari zooplanktonlari va ularning bioekologik xususiyatlarining» tilapiya (Oreochromis mossambicus) balig‘iga ta‘siri

    Joldasbaev A., Ajimuratov A. · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    «Qoraqalpog‘iston suv havzalari zooplanktonlari va ularning bioekologik xususiyatlarining» tilapiya (Oreochromis mossambicus) balig‘iga ta‘sirining akvakulturasida nisbatan yangi tur hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston sharoitida 3 ta akvakultura obyektida tilapiya baliqlarining tana uzunligi va vazn ko‘rsatkichlari tavsiflandi hamda belgilari o‘rtasidagi bog‘liqlik xarakteri to‘g‘risidagi ma‘lumotlar olindi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Zarafshon daryosi suv resurslarini integrallashgan boshqarish va suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini ilmiy asoslash

    Inoyatov Ikrom Shakhrilloyevich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Zarafshon daryosi suv resurslaridan samarali va ekologik barqaror foydalanishning dolzarb masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy e‘tibori suv resurslarini boshqarishda suv miqdori bilan bir qatorda uning sifat ko‘rsatkichlari, mineralizatsiya darajasi, kollektor-drenaj va qaytma suvlar, qishloq xo‘jaligining suv talabi hamda suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini yagona tizimda hisobga olish zaruratiga qaratilgan. Mavjud ilmiy tadqiqotlar Zarafshon daryosining quyi oqimida suv sifatining yomonlashuvi va mineralizatsiyaning ortishini, shuningdek, kollektor-drenaj suvlarining hajmi va tuz yuklamasi o‘zgarib borayotganini ko‘rsatmoqda. Shu asosda suv resurslarini integrallashgan boshqarish mexanizmini takomillashtirish suv tanqisligi, suv sifati yomonlashuvi va sug‘orish samaradorligining pasayishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni kamaytirishning muhim yo‘nalishi sifatida asoslanadi. Maqolada suv miqdori, suv sifati, qaytma suvlar, sug‘orish texnologiyasi va suv mahsuldorligini yagona boshqaruv tizimida baholash konsepsiyasi taklif etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘iston sharoitida soyaning «Hosildor» va «Uzbekskaya–2» navlarini yomg‘irlatib sug‘orishning suv tejamkor tartiblari

    Djumanazarova Altingul Tengelovna, Bisenbaeva Nodira Esen kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanining qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida soyaning «Hosildor» va «Uzbekskaya–2» navlarini yetishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish tartiblarining samaradorligi o‘rganilgan. Sug‘orish oldidan tuproq namligini cheklangan dala nam sig‘imiga nisbatan 65–70–70 %, 70–75–75 % va 75–80–80 % darajalarda saqlash variantlari egatlab sug‘orish bilan taqqoslangan. Tuproq namligi, sug‘orish me‘yorlari, suv sarfi, o‘simliklarning o‘sishi va don hosildorligi hisobga olingan. Natijalar yomg‘irlatib sug‘orish egatlab sug‘orishga nisbatan suv sarfini kamaytirishini ko‘rsatgan. Eng yaxshi suv tejamkorlik ko‘rsatkichlari 75–80–80 % tartibida, ayniqsa «Uzbekskaya–2» navida, qayd etilgan. Natijalar mintaqada suv resurslaridan samarali foydalanish va soya yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    G‘o‘zani sug‘orish usullarining paxta hosildorligiga ta‘siri

    Djumanazarova Altingul Tengelovna, Genjemuratov Abdikadir Saylawbaevich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning «S-4727» va «Sulton» navlarini turli sug‘orish usullari asosida yetishtirish samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotlarda egatlab sug‘orish hamda g‘o‘za qator oralig‘iga plyonka to‘shab, egat oralatib sug‘orish usullarining tuproq suv o‘tkazuvchanligi va paxta hosildorligiga ta‘siri tahlil qilingan. 2020–2022-yillarda olib borilgan tajribalar natijasida sug‘orish oldidan tuproq namligini cheklangan dala nam sig‘imiga nisbatan 70–70–60 foiz darajada saqlash va egat oralatib plyonka to‘shab sug‘orish usuli samarali ekanligi aniqlangan. Mazkur usulda «S-4727» navidan o‘rtacha 34,6 s/ga, «Sulton» navidan esa 37,3 s/ga paxta hosili olingan. Olingan natijalar suv resurslaridan samarali foydalanish va g‘o‘za yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘istonning sho‘rlanishga moyil yengil va o‘rta qumloq tuproqlarida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orishning suv sarfi, tuz rejimi va hosildorlikka ta‘siri

    Djumanazarova Altingul Tengelovna, Ubbiniyazova Sevarakhan Paluaniyaz kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘istonning sizot suvlari 1,5–2,5 m chuqurlikda joylashgan, kuchsiz sho‘rlangan yengil va o‘rta qumloq tuproqlarida g‘o‘zaning S-4727 navini tomchilatib sug‘orish samaradorligi egatlab sug‘orish bilan taqqoslanib baholangan. Dala tajribasi 2025–2026-yillarda uch variantda o‘tkazildi: egatlab sug‘orish (ishlab chiqarish nazorati); sug‘orishdan oldingi tuproq namligini cheklangan dala nam sig‘imiga (ChDNS) nisbatan 70–80–65 % da ushlab tomchilatib sug‘orish; 80–80–65 % da tomchilatib sug‘orish. Tomchilatib sug‘orishda mavsumiy sug‘orish me‘yori yengil tuproqlarda 34–36 %, o‘rta qumloq tuproqlarda 25–28 % ga kam bo‘ldi. Paxta hosili nazoratga nisbatan 6,6–11,2 s/ga ko‘p bo‘ldi (43,5 va 41,6 s/ga). Tomchilatib sug‘orilgan variantlarda tuproq va sizot suvlarining sho‘rlanishi egatlab sug‘orishga qaraganda kam oshdi. Eng samarali variant sifatida 70–80–65 % rejimi aniqlandi (rentabellik darajasi 75 %).

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Kuzgi bug‘doyni yomg‘irlatib sug‘orishda dala tajribasining reprezentativligini aniqlash

    Djumanazarova Altingul Tengelovna, Khudaynazarova Gozzal Perdebaevna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada kuzgi bug‘doyni egatlab va yomg‘irlatib sug‘orish usullarida dala tajribasining reprezentativligini baholash masalasi ko‘rib chiqilgan. Tajriba maydonlarini tanlashda tuproqning agrofizikaviy va agrokimyoviy xususiyatlari, suv o‘tkazuvchanligi, hajmiy og‘irligi, mexanik tarkibi, g‘ovakligi, chirindi miqdori, ko‘chat qalinligi hamda mineral o‘g‘itlar bilan ta‘minlanganligi kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan. Mualliflar V. V. Shabanov usuli, ehtimollar nazariyasi va statistik yondashuvlardan foydalanib, taqqoslanayotgan maydonlarning mosligini baholagan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari va sizot suvlari sathi taxminan 2,5 m bo‘lgan sharoitda dala tajribasining moslik koeffitsiyenti R = 0,623 deb keltirilgan. Natijalar tanlangan tajriba maydonining mahalliy sug‘oriladigan yerlar sharoitiga mosligini asoslashga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanishda yangi texnologiyalarning afzalliklari

    Aliyeva Gozzal Aliyevna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishda zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati, ularning afzalliklari hamda amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Jumladan, tomchilatib sug‘orish, yomg‘irlatib sug‘orish, avtomatlashtirilgan sug‘orish tizimlari, tuproq namligini aniqlovchi sensorlar va raqamli monitoring texnologiyalarining suvni tejashdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, yangi texnologiyalarning suv sarfini kamaytirish, ekinlar hosildorligini oshirish, mehnat va energiya xarajatlarini qisqartirish hamda ekologik barqarorlikni ta‘minlashdagi imkoniyatlariga e‘tibor qaratilgan. Maqolaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tanqisligining oldini olish va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishning ahamiyatini ochib berishdan iborat.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Water pollution in Uzbekistan: a short review

    Alimov Atabek · Development of innovative climate-resilient technologies for monitoring and controlling water use efficiency and the impact of salinization on crop productivity and livelihoods in the Aral Sea region · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbekistonda suv ifloslanishi darajasining hozirgi holati yoritilgan. Suv ifloslanishiga oid so‘nggi maqolalar Scopus ma‘lumotlar bazasidan yuklab olindi va ularning asosiy natijalari sinchiklab tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysidagi yirik daryolarda, jumladan, Chirchiq, Ohangaron, So‘x, Chodaksoy, G‘ovasoy, Kosonsoy, Chortoqsoy va Andijonsoyda asosan sanoat faoliyati natijasida suv ifloslanishining yuqori darajasi kuzatilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham uning quyi oqimda joylashgani va qurg‘oqchil iqlim tufayli suv sifati yomonlashgan, bu esa inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Tadqiqot sanoat faoliyatini saqlab qolgan holda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va inson ta‘sirini cheklash naqadar zarurligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Orolbo‘yi hududida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari va ilmiy-amaliy yechimlari

    Ablatov Ulugbek Majitovich, Allashova Nilufar Genjemurat kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Mazkur ilmiy ishda bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi va kuchayib borayotgan qurg‘oqchilik sharoitida Orolbo‘yi mintaqasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv resurslaridan oqilona foydalanish, resurs tejamkor innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda sug‘orish tarmoqlarining foydalanish koeffitsiyentini oshirish masalalari chuqur ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida mintaqadagi mavjud tuproq o‘zanli ochiq kanallarda filtratsiya va bug‘lanish natijasida katta miqdorda suv isrof bo‘layotgani aniqlanib, uni kamaytirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda tomchilatib hamda yomg‘irlatib sug‘orish kabi zamonaviy tejamkor texnologiyalarni qo‘llash orqali suv sarfini sezilarli darajada kamaytirish, ekinlar hosildorligini barqarorlashtirish hamda tuproqning meliorativ holatini yaxshilash imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Olingan natijalar asosida suv resurslarini boshqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalar va IoT datchiklarini bosqichma-bosqich tatbiq etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Oqova suv tizimlarida favqulodda vaziyatlarni erta aniqlash va bartaraf etishning innovatsion usullari va texnologiyalari

    Turlibaev Zakir Temirkhanovich, Tangatarova Gulzira Mirzabekovna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada shahar oqova suv (kanalizatsiya) tizimlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen va tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni erta aniqlash, oldini olish hamda oqibatlarini tezkor bartaraf etish masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy IT sensorlari, sun‘iy intellektga asoslangan monitoring tizimlari va transheyasiz quvur qayta tiklash texnologiyalarining samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari asosida oqova suv infratuzilmasining ishonchliligi va ekologik xavfsizligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘iston sharoitida yeryong‘oq navlari hosil elementlari va hosildorligiga sug‘orish usullarining ta‘siri

    A.N. Abdalova, B.G. Shamuratov · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Jahonda global iqlim o‘zgarishi sharoitida yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, o‘g‘itlar va suvdan samarali foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada, jumladan, sho‘rga va suvsizlikka chidamli, suvni kam iste‘mol qiladigan moyli ekinlarni yetishtirish sug‘oriladigan yerlarning ekologik-meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish yoki saqlash usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotlar maqsadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan yerlarida yeryong‘oq navlarini suv tejamkor sug‘orish tartiblarini ishlab chiqishdan iborat.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida kartoshkani qora plyonka ostida yetishtirish va sug‘orish suvidan samarali foydalanish

    Khojamurotov Salamat Bekmurotovich, Nizomov Rustam Akhrolovich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining kuchsiz sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kartoshkaning «Toshkent ertagisi» navini yetishtirishda qora plyonka bilan mulchalash va sug‘orish tartibotini maqbullashtirishning samarasi tahlil qilingan. 2024–2026-yillarda o‘tkazilgan tajribalarda ochiq dala va qora plyonka ostidagi variantlar, sug‘orishlar soni hamda tuproq namligini cheklangan dala nam sig‘imiga nisbatan saqlash darajalari taqqoslangan. Nazorat variantida mavsumiy suv sarfi 5200 m³/ga bo‘lgan. Qora plyonka ostida tuproq namligini 70–80 % ChDNS darajasida saqlab, 5 marta sug‘orish o‘tkazilganda suv sarfi 2800 m³/ga gacha kamaygan, ya‘ni nazoratga nisbatan 46,2 % suv tejalgan. Ushbu variantda hosildorlik 22,2 t/ga ni tashkil etib, ochiq daladagi 8 marta sug‘orilgan nazoratga nisbatan 2,8 t/ga yuqori bo‘lgan. Vegetatsiya davri 75 kundan 68 kunga qisqargan. Natijalar qora plyonka va tejamkor sug‘orishni birgalikda qo‘llash suv resurslari cheklangan hududlarda kartoshka yetishtirish samaradorligini oshirish imkonini berishini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Soya navlarini sug‘orish tartiblariga ko‘ra sug‘orish oldi tuproq namligi

    Uralbaeva Nilufar Kuralbay kizi, Oteuliev Jaksilik Begdullaevich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida asosiy va takroriy ekilgan To‘maris Mman-3, Oltin toj va Orzu soya navlarini 70-70-60, 70-75-65 va 70-80-70 % sug‘orish tartiblariga ko‘ra sug‘orish oldi tuproq namligi o‘rganilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Xorazm viloyati sharoitida sholini tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orishda suv sarfi va suvdan foydalanish samaradorligi

    Kutlimurotov Javlon Kadamovich, Urazkeldiyev Abduvokhid Bakhtiyarovich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati sharoitida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etishning sug‘orishga sarflanadigan suv hamda kollektor-drenaj oqimi hajmini kamaytirish imkoniyatlariga ta‘sirini baholashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi viloyat meliorativ xizmatining monitoring natijalari asosida ayrim tumanlarning suv va tuz balansi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Dala tajribalari sho‘rlanishga moyil, og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda o‘tkazildi. Tajriba variantlari tomchilatib sug‘orish quvurlarining egatlarga nisbatan joylashuvi va tomizgichlarning suv sarfi bilan farqlandi. G‘o‘zaning rivojlanish fazalari bo‘yicha sug‘orishdan oldingi tuproq namligi chegaraviy dala nam sig‘imiga nisbatan 70–80–60 foiz darajasida saqlandi. Nazorat varianti sifatida an‘anaviy egatlab sug‘orish usuli qabul qilindi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish