Orolbo‘yi cho‘l yaylovlarida suv tanqisligi va sho‘rlanish sharoitida ozuqabop o‘simliklarni yetishtirishning istiqbolli yondashuvlari
Saidova Munisa Ergashevna1, Aymuratova Nazira Davletbayevna22026
- 1Toshkent davlat agrar universiteti
- 2Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 255–258
Annotatsiya
Ushbu maqolada Orolbo‘yi cho‘l yaylovlarida suv tanqisligi va sho‘rlanish sharoitida ozuqabop o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot natijalari tahlili yoritilgan. Ma‘lumki, bugungi kunda cho‘l yaylovlarida jadal rivojlanib borayotgan tuproq degradatsiyasi jarayonlari ozuqabop o‘simliklarni yetishtirish yondashuvlarini mahalliy sharoitga moslashtirishni talab qiladi. Ilmiy manbalar suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, o‘simliklarning moslashuvi va ozuqaviy qiymati nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Tahlil asosida mahalliy sharoitga mos turlarni tanlash, tuproq va suv sifatini baholash, namlikni saqlash hamda yaylovlardan foydalanishni tartibga solish ozuqabop o‘simliklarni yetishtirishda bir-birini to‘ldiruvchi yo‘nalishlar ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi.
Boshqa tillarda
ruschaПерспективные подходы к выращиванию кормовых растений на пустынных пастбищах Приаралья в условиях дефицита воды и засоления
В статье представлен анализ результатов исследований зарубежных и отечественных ученых по выращиванию кормовых растений на пустынных пастбищах Приаралья в условиях дефицита воды и засоления. Как известно, интенсивно развивающиеся в настоящее время процессы деградации почв на пустынных пастбищах требуют адаптации подходов к выращиванию кормовых растений к местным условиям. Научные источники проанализированы с точки зрения дефицита воды, засоления почв, адаптации растений и их кормовой ценности. На основе анализа научно обосновано, что подбор видов, соответствующих местным условиям, оценка качества почвы и воды, сохранение влаги и регулирование использования пастбищ являются взаимодополняющими направлениями выращивания кормовых растений.
inglizchaPromising approaches to growing forage plants on desert pastures of the Aral Sea region under water scarcity and salinization
The article presents an analysis of research by foreign and local scientists on growing forage plants on the desert pastures of the Aral Sea region under conditions of water scarcity and salinization. As is known, the soil degradation processes now developing rapidly on desert pastures require approaches to growing forage plants to be adapted to local conditions. The scientific sources were analyzed in terms of water scarcity, soil salinization, plant adaptation and nutritive value. Based on the analysis, it was scientifically substantiated that selecting species suited to local conditions, assessing soil and water quality, conserving moisture and regulating pasture use are complementary directions in growing forage plants.
Kalit so‘zlar
- Orolbo‘yi
- cho‘l yaylovlari
- suv tanqisligi
- tuproq sho‘rlanishi
- ozuqabop o‘simliklar
- yaylovlar mahsuldorligi
- agrotexnologiya
- galofitlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
2 -S H O ‘ B A SHO‘RLANISH MONITORINGI Nukus · 16.10.2026
Orolbo‘yi cho‘l yaylovlarida suv tanqisligi va sho‘rlanish sharoitida ozuqabop o‘simliklarni yetishtirishning istiqbolli yondashuvlari Saidova Munisa Ergashevna 1 b.f.d. (DSc), professor · Aymuratova Nazira Davletbayevna 2 tayanch doktorant Toshkent davlat agrar universiteti
2 -S H O ‘ B A Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti munisa.saidova@gmail.com
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610064 Iqtibos uchun: Saidova Munisa Ergashevna, Aymuratova Nazira Davletbayevna. Orolbo‘yi cho‘l yaylovlarida suv tanqisligi va sho‘rlanish sharoitida ozuqabop o‘simliklarni yetishtirishning istiqbolli yondashuvlari // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 255–258. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610064
Annotatsiya. Ushbu maqolada Orolbo‘yi cho‘l yaylovlarida suv tanqisligi va sho‘rlanish sharoitida ozuqabop o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot natijalari tahlili yoritilgan. Ma’lumki, bugungi kunda cho‘l yaylovlarida jadal rivojlanib borayotgan tuproq degradatsiyasi jarayonlari ozuqabop o‘simliklarni yetishtirish yondashuvlarini mahalliy sharoitga moslashtirishni talab qiladi. Ilmiy manbalar suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, o‘simliklarning moslashuvi va ozuqaviy qiymati nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Tahlil asosida mahalliy sharoitga mos turlarni tanlash, tuproq va suv sifatini baholash, namlikni saqlash hamda yaylovlardan foydalanishni tartibga solish ozuqabop o‘simliklarni yetishtirishda bir-birini to‘ldiruvchi yo‘nalishlar ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi.
Kalit so‘zlar: Orolbo‘yi, cho‘l yaylovlari, suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, ozuqabop o‘simliklar, yaylovlar mahsuldorligi, agrotexnologiya, galofitlar.
Kirish (adabiyotlar sharhi bilan). Ma’lumki, cho‘l yaylovlarining mahsuldorligini saqlash chorvachilikni barqaror rivojlantirish va tuproq resurslarini muhofaza qilish uchun muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Suv resurslari cheklangan va sho‘rlanish jarayoni jadal rivojlangan hududlarda bu vazifa mahalliy sharoitga mos ozuqabop o‘simliklarni tanlash hamda ularni yetishtirish usullarini ilmiy asoslashni talab etadi. Orolbo‘yi hududida ozuqabop o‘simliklarni yetishtirish masalasi suv resurslari cheklanganligi va tuproq holati bilan bog‘liq. Mahalliy va moslashgan turlarini tanlash hamda ularni parvarishlash tiklash ishlarining muhim shartidir [21]. Bu ma’lumotlar hududiy muammoni ko‘rsatadi, biroq qurigan dengiz tubi haqidagi xulosalarni barcha cho‘l yaylovlariga bevosita tatbiq qilish mumkin emas. O‘z navbatida o‘simliklarning rivojlanishini belgilovchi omillar sifatida tuproq sharoiti va yaylovlardan foydalanish rejimini baholash ham muhim ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Bu borada Qizilqum va Karnabcho‘l hududlarida o‘simlik tarkibi, biomassa ko‘rsatkichlari tuproq sharoiti hamda chorva boqish yuklamasi bilan bog‘liq holda o‘rganilgan [20]. Mualliflar mahalliy qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamli turlardan foydalanishni yaylovlarni boshqarish bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatgan. Bu kabi tadqiqotlar Orolbo‘yi hududi uchun o‘simlik tanlash, tuproq holatini kuzatish va foydalanish rejimini birgalikda ko‘rib chiqish uchun asos bo‘ladi. Materiallar va metodlar Tahlil jarayonida FAO va Jahon bankining rasmiy materiallari hamda nashriyot sahifalaridan bibliografik ma’lumotlari ilmiy sharhlaridan foydalanildi. Ma’lumotlar asosan to‘rtta mezon bo‘yicha mazmuniy taqqoslandi, ya’ni – suv va tuz bilan bog‘liq cheklovlar, o‘simliklarning moslashuvchanligi, yetishtirish va tiklash yondashuvlari hamda ozuqa qiymatini baholash. Natijalar Orolbo‘yi cho‘l yaylovlarida suv tanqisligi va sho‘rlanish sharoitida ozuqabop o‘simliklarni yetishtirish hududning tabiiy xususiyatlari, tuproq holati va yaylovlardan foydalanish rejimini hisobga olishni talab qiladi. Mavzuga oid tadqiqotlarda yaylovlarni hududiy tashkil etish, ularning holatini monitoring qilish, o‘simlik qoplamini tiklash va chorva yuklamasini boshqarish masalalari o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlar sifatida yoritilgan. Jumladan, L.Ortiqova [15] Qizilqumning sho‘rlangan yerlarini yaxshilash uchun istiqbolli yarim buta o‘simliklarning biologik va xo‘jalik xususiyatlarini tavsiflagan. Tadqiqotda izen (Kochia prostrata), keyreuk (Salsola orientalis), teresken (Ceratoides ewersmanniana) va boshqa ozuqabop
2 -S H O ‘ B A turlar yashovchanligi, o‘sish dinamikasi, biomassa shakllanishi hamda ozuqaviy xususiyatlari bo‘yicha ko‘rib chiqilgan. Ushbu ish sho‘rlangan cho‘l sharoitida tur tanlashda biologik moslashuv va ozuqaviy qiymatni birgalikda hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.
Z.Allashov o‘z tadqiqotlarida Qoraqalpog‘iston yaylovlaridan foydalanish holatini hududning tabiiy-geografik xususiyatlari bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqqan [3]. Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo deltasi hududlarining tuproq, relyef va namlik sharoitlari farqlanishi ozuqabop o‘simliklarni yetishtirishga tabaqalashtirilgan yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Shu nuqtayi nazardan, S.A.Avezbayev va S.N.Volkov yaylov hududlarini tashkil etishda tabiiy va iqtisodiy sharoitlar, relyef hamda chorva mollarining biologik xususiyatlarini hisobga olishga e’tibor qaratadi [4]. Ushbu ishlar Orolbo‘yida yetishtirish va tiklash tadbirlarini uchastkaning o‘ziga xos sharoitiga moslashtirish uchun metodik ahamiyatga ega.
Yaylovlarning joylashuvi, chegaralari va holati haqidagi ishonchli ma’lumotlar ulardan oqilona foydalanishning boshlang‘ich asosidir. Q.Adilbaeva, E.Duysenbaeva va S.Kenesov yaylovlar kadastri bilan bog‘liq muammolarni ko‘rib chiqib, ma’lumotlarni raqamlashtirish hamda GPS va geografik axborot tizimlaridan foydalanish zarurligini ta’kidlaydi [2]. O.O‘.Davronov tadqiqotida esa masofadan zondlash orqali yaylov yerlari monitoringini yuritish masalalari o‘rganilgan [6]. Mazkur yondashuvlarni birlashtirish o‘simlik qoplamidagi fazoviy va mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatishga xizmat qiladi.
M.I.Ruzmetov, R.A.Turayev, O.O‘.Davronov va hammualliflar tabiiy yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni tashkil etishning uslubiy jihatlarini bayon etgan [18]. Bunday tadqiqotlar yaylov tiplari, o‘simlik tarkibi va ozuqa resurslarini tavsiflash imkonini beradi. Orolbo‘yi uchun ushbu ishlarning ahamiyati mavjud ozuqabop turlar va ularning holatini aniqlab, tiklash tadbirlarini boshlang‘ich monitoring ma’lumotlariga tayangan holda rejalashtirish bilan bog‘liq [7]. Yaylovlar degradatsiyasi tabiiy va antropogen omillarning birgalikdagi ta’siri natijasida yuzaga keladi. N.A.Boboqulov, A.Rabbimov va A.Toshmurodov cho‘l yaylovlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratgan [5]. B.N.Nasiyev va A.K.Bekkaliyev yarim cho‘l yaylovlarida digressiya darajasi va uni yuzaga keltiruvchi omillarni o‘rgangan [14]. Ushbu tadqiqotlar tuproq holatining yomonlashishi va o‘simlik qoplamining o‘zgarishini foydalanish jadalligi hamda tabiiy sharoitlar bilan birgalikda baholash zarurligini ko‘rsatadi. J.B.Isayeva yaylovlar degradatsiyasi sabablarini o‘rganish va ularni tiklashning moslashuvchan usullarini ishlab chiqishga e’tibor qaratgan [8]. Yaylovlarning mahsuldorligi, sig‘imi va mavsumiy imkoniyatlari hisobga olinmagan foydalanish rejimi o‘simlik qoplamining tiklanishini cheklashi mumkin. Shuning uchun yaylovni boshqarish chorva sonini belgilash bilan cheklanmasdan, foydalanish davomiyligi va dam berish muddatlarini ham qamrab olishi lozim.
Yaylovlarda almashlab boqish o‘simlik qoplamining tiklanishiga sharoit yaratadigan yondashuvlardan biridir. T.M.Kuliyev, N.A.Jazylbekov va I.I.Alimayev chorvachilik va ozuqa ishlab chiqarishni hududlar bo‘yicha rivojlantirish dasturida yaylovlardan foydalanish tizimini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqadi [9]. A.R.Robbimov va T.X.Mukimov tog‘oldi yarim cho‘l yaylovlaridan oqilona foydalanish va hosildorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar bergan [17]. I.V.Larin esa almashlab boqish tizimini yaylovlardan foydalanish va ularni parvarishlash bilan bog‘liq holda tavsiflagan [11]. Ushbu yondashuvlar chorvani uchastkalar bo‘yicha navbat bilan boqish va o‘simliklarning qayta o‘sishiga vaqt ajratish zarurligini ko‘rsatadi. Biroq foydalanish muddati va biomassa olish ulushi Orolbo‘yining namlik, sho‘rlanish va o‘simlik tarkibiga mos ravishda aniqlanishi kerak. Qator olimlar tomonidan yaylovlardan foydalanish va o‘simlik qoplamini boshqarish masalalari, shuningdek, chorva boqishni boshqarish orqali xo‘jalik miqyosida ekotizim xizmatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash masalasi ko‘rib chiqiladi [12, 16]. Mazkur ishlar yaylovlarning ozuqa yetkazib berish vazifasini tuproqni himoyalash va o‘simlik qoplamining yangilanishi bilan birgalikda baholash uchun muhimdir. Orolbo‘yi sharoitida bu tamoyil yetishtirilgan ozuqa hosili bilan birga o‘simliklarning saqlanib qolishi va foydalanishdan keyingi qayta o‘sishini kuzatishni talab qiladi. Tuproq unumdorligini saqlash va tiklash masalalari R.K.Kuziyev va V.E.Sektimenko ishida
2 -S H O ‘ B A O‘zbekiston tuproqlarining xususiyatlari bilan bog‘liq holda yoritilgan [10]. Cho‘l yaylovlarida bu yo‘nalish tuproqning mexanik tarkibi, organik modda bilan ta’minlanganligi, namlik va sho‘rlanish holatini baholash orqali rivojlantirilishi mumkin. Bunda dehqonchilik uchun ishlab chiqilgan tadbirlarni tabiiy yaylovlarga bevosita ko‘chirmasdan, ularning qo‘llanish imkoniyatini mahalliy sharoitda tekshirish zarur. Yaylovlarni tiklash tadbirlarining iqtisodiy jihatlari Sh.K.Narbayev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida o‘rganilgan [13]. T.M.Abdullayev va O.O.G‘aniyev yaylovlardan samarali foydalanishni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqqan [1]. A.E.Tangirov cho‘l-yaylov chorvachiligida yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llarini ko‘rib chiqadi [19]. Ushbu ishlar tiklash tadbirlarini tanlashda hosildorlik bilan birga xarajatlar, foydalanish imkoniyatlari va kutiladigan xo‘jalik natijalarini baholash zarurligini ko‘rsatadi. Boshqa mintaqalardagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar Orolbo‘yi uchun alohida hisob-kitobsiz qo‘llanmasligi kerak. Xulosa va tavsiyalar Adabiyotlar tahlili Orolbo‘yi cho‘l yaylovlarida ozuqabop o‘simliklarni yetishtirishning istiqbolli yondashuvlarini uchastkaning tabiiy sharoitlari va foydalanish rejimi bilan bog‘lash zarurligini ko‘rsatadi. Asosiy yo‘nalishlar tuproq va o‘simlik holatini baholash, mahalliy sharoitga mos turlarni tanlash, namlikdan samarali foydalanish hamda chorva yuklamasini tartibga solishdan iborat. Ularning natijadorligini aniqlash uchun o‘simlik yashovchanligi, quruq biomassa hosili, ozuqa sifati va tiklash xarajatlarini birgalikda kuzatish lozim.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar21 ta adabiyot
- Abdullayev T.M., G‘aniyev O.O. Yaylov yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etishni takomillashtirish (Ilmiy-uslubiy tavsiyanoma). Toshkent, 2025.-35 b.
- Adilbaeva Q., Duysenbaeva E., Kenesov S. O‘zbekiston yaylovlarida kadastr tizimi va u bilan bog‘liq muammolar //«Ekonomika i sotsium» .- 2025.-№5(132).- B.132-136.
- Allashov Z. “Qoraqalpog‘iston respublikasi yaylov yerlaridan foydalanishning hozirgi holati ” //O‘zbekiston zamini -2026.- №1.- V. 94-98.
- Avezbayev S.A., Volkov S.N. Yer tuzishni loyihalash / Toshkent, Yangi asr avlodi, 2004. - 783 b.
- Boboqulov N.A., Rabbimov A., Toshmurodov A. Cho‘l yaylovlaridan samarali foydalanish.// «Yaylovlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning institutsional masalalari». -2013.- № 10.- B.40-42.
- Davronov O.O‘. Masofadan zondlash orqali yaylov yerlari monitoringini yuritish. Dis. … i.f.n. - Toshkent, 2022. - 132 b.
- Davronov O.O‘., Xamdullayev A.G‘., Shovqiyev A.M., Aliqulova Sh.R. «O‘zbekiston cho‘l mintaqasi tabiiy yaylovlari monitoring»// O‘zbekiston zamini.- 2023.-№ 4.- V.71-74.
- Исаева Ж.Б. Изучение причин деградации пастбищных земель и разработка адаптивных приемов их восстановления. Дис… и.ф.н., Москова, 2018.–128 с.
- Кулиев Т.М., Жазылбеков Н.А., Алимаев И.И. Программа развития отраслей животноводства и кормопроизводства Республики Казахстан в разрезе регионов – Алматы: Бастау, 2013. – 14-19 с.
- Кузиев Р.К., Сектименко В.Е. Почвы Узбекистана / Ташкент: Изд-во «ЭХТРЕМУМ ПРЕСС», 2009. - 352 с.
- Ларин И.В. Пастбищеоборот. Система использования пастбищ и ухода за ними / Москва Ленинград, Сельхозгиз, 1960. - 252 с.
- Larry D. Butler. Grazing Lands Technology Institute// National Range and Pasture Handbook -2003.- №6.-V.39-40.
- Нарбаев Ш.К. Совершенствование организационно-экономических основ формирования системы пастбищепользования (на примере Республики Каракалпакстан). Дисс. …и.ф.н. - Ташкент 2018. - 138 с.
- Nasiev B.N., Bekkaliev A.K. Изучение степени и факторов дегрессии пастбищ полупустынной зоны. Молодой ученый / Nasiev B.N., Bekkaliev A.K. Moskova, 2016. - 209–211 s.
- Ortiqova, L. (2019). Fodder halophytes for saline lands of Kyzylkum Desert. American Journal of Plant 2 -S H O ‘ B A Sciences, 10, 1517–1526. https://doi.org/10.4236/ajps.2019.109107
- Raynor E.J., Derner J.D., Augustine D.J., et al. Balancing ecosystem service outcomes at the ranch-scale in shortgrass steppe// The role of grazing management. - 2021.- № 44.- R. - 391–397.
- Robbimov A.R., Mukimov T.X. Tog‘ oldi yarim cho‘l yaylovlaridan oqilona foydalanish va hosildorligini oshirishga oid tavsiyalar/ Robbimov A.R., Mukimov T.X.- Toshkent, 2016. - 42-58 b.
- Ruzmetov M.I., Turayev R.A., Davronov O.O‘. va boshq. O‘zbekistonning tabiiy yaylov va pichanzorlarida geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma / Toshkent: «O‘zdavyerloyiha» DILI, 2022. - 156 b.
- Tangirov A.E. Пути повышения эффективности использования пастбищ в пустынно-пастбищном животноводстве // Ekonomika i finansy. -2016.- №8. S.36-40
- Toderich, K. N., Shuyskaya, E. V., Rajabov, T. F., Ismail, S., Shaumarov, M., Yoshiko, K., & Li, E. V. (2013). Uzbekistan: Rehabilitation of desert rangelands affected by salinity, to improve food security, combat desertification and maintain the natural resource base. In G. A. Heshmati & V. R. Squires (Eds.), Combating desertification in Asia, Africa and the Middle East: Proven practices (pp. 249–279). Springer. https://doi.org/10.1007/978-94-007-6652-5_13
- World Bank. (2024, December 4). Greening the desert: The role of landscape restoration in Uzbekistan’s battle against sand and dust storms. https://www.worldbank.org/en/news/feature/2024/12/04/greening- the-desert-the-role-of-landscape-restoration-in-uzbekistan-s-battle-against-sand-and-dust-storms
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014548
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610064
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 255–258
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03