Asosiy mazmunga o‘tish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida pomidor yetishtirish texnologiyasi

Jadigerova Mirzagul Sarsenbayevna, Medetbayeva Dinara Nawrizbay kiziQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 223–226

Annotatsiya

Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan tuproq va iqlim sharoitida «TMK 22», «Sharq yulduzi» va boshqa nav-namunalar kabi pomidor navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish muddatlarining ta‘siri o‘rganilgan hamda tadqiqot natijalari keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaТехнология возделывания томата в условиях Республики Каракалпакстан

В статье рассматривается влияние различных сроков посадки скороспелых сортов томата «TMK 22», «Sharq yulduzi» и других сортообразцов в засолённых почвенно-климатических условиях Республики Каракалпакстан на рост, развитие и урожайность растений, а также представлены результаты исследований.

inglizchaTomato cultivation technology under the conditions of the Republic of Karakalpakstan

The article examines the impact of different planting dates on the growth, development, and yield of early-ripening tomato varieties—such as “TMK 22,” “Sharq yulduzi,” and other accessions—under the saline soil and climatic conditions of the Republic of Karakalpakstan, and presents the research findings.

Kalit so‘zlar

  • nav
  • namuna
  • sxema
  • muddat
  • barg
  • urug‘
  • barg soni
  • variantlar
  • hosil
  • hosildorlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq chiqish» texnologiyalardı islep shıǵıw»

2 -S H O ‘ B A SHO‘RLANISH MONITORINGI Nukus · 16.10.2026 UDK 635.64

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida pomidor yetishtirish texnologiyasi Jadigerova Mirzagul Sarsenbayevna q.x.f.n., PhD, dotsent v.v.b. · Medetbayeva Dinara Nawrizbay qizi 1-kurs magistrant

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

2 -S H O ‘ B A DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610055 Iqtibos uchun: Jadigerova Mirzagul Sarsenbayevna, Medetbayeva Dinara Nawrizbay qizi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida pomidor yetishtirish texnologiyasi // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 223–226. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610055

Annotatsiya. Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan tuproq va iqlim sharoitida «TMK 22», «Sharq yulduzi» va boshqa nav-namunalar kabi pomidor navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish muddatlarining ta’siri o‘rganilgan hamda tadqiqot natijalari keltirilgan. Калит сўзлар: нав, намуна, схема, муддат, барг, уруғ, барг сони, вариантлар, ҳосил, ҳосилдорлик. Аннотация. В статье рассматривается влияние различных сроков посадки скороспелых сортов томата «TMK 22», «Sharq yulduzi» и других сортообразцов в засолённых почвенно-климатических условиях Республики Каракалпакстан на рост, развитие и урожайность растений, а также представлены результаты исследований. Ключевые слова: сорт, образец, схема, срок, лист, семя, количество листьев, варианты, урожайность. Abstract. The article examines the impact of different planting dates on the growth, development, and yield of early-ripening tomato varieties—such as “TMK 22,” “Sharq yulduzi,” and other accessions— under the saline soil and climatic conditions of the Republic of Karakalpakstan, and presents the research findings. Keywords: variety, sample, layout, planting date, leaf, seed, number of leaves, variants, yield.

Kirish Pomidor eng muhim va qimmatli sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Pomidor yangiligida, tuzlangan holda iste’mol qilinadi. Ular konserva va oziq-ovqat sanoati uchun muhim xomashyo hisoblanadi. Pomidor mevasida 0,6–6,6 foiz quruq modda, 0,95–1,0 foiz oqsil, 4,0–5,0 foiz qand, 0,2–0,5 foiz yog‘ va 0,6 foiz kul bo‘ladi. Mevasi tarkibida vitaminlar: 19–35 mg% C vitamini, 0,2– 2 mg% karotin, 0,3–1,6 mg% tiamin (B1), 1,5–6 mg% riboflavin (B2) bor. Mintaqamizda pomidorning serhosil, sifatli navlarini tanlash va yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Meva-sabzavotchilik va polizchilik kafedrasida 2025-yilda viloyatda pomidor yetishtirish texnologiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 30-moddasida ...«eksportbop mahsulotlar yetishtirish va meva-sabzavotchilikni rivojlantirish» ustuvor vazifalardan biri sifatida alohida belgilangan [1]. Ilmiy manbalarda keltirilishicha, B.J.Azimovning tadqiqotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda pomidorni urug‘idan yetishtirishda kelgusida ekish maqsadga muvofiq. Agar kech o‘stirilsa, kuzda havo haroratining pasayishi tufayli mahsulotning hosildorligi va sifati pasayadi. Pomidorni urug‘idan yetishtirishda kam mehnat talab etiladi va ko‘chat yetishtirish uchun xarajatlar bo‘lmaydi [3]. A.Abbosov, R.Hakimovlarning tavsiyalariga ko‘ra, pomidorni urug‘lari bilan ochiq yerga tezpishar va o‘rtapishar navlari uchun uncha tik bo‘lmagan dalalarga 70x25 (30) sm, tekis dalalar uchun 90x25 (30) sm, uzun poyali navlar uchun 90x40 sm tizimda ekish yaxshi natija beradi. Ekishdan so‘ng dala sug‘orilishi kerak [2]. Ko‘chat yetishtirish. Tozaligi 98% va unuvchanligi 85% dan kam bo‘lmagan 1-klass rayonlashtirilgan navlarning urug‘lari ekiladi. Bunday urug‘larning 350-400 grammi bir gektar ko‘chat uchun yetarli. Urug‘lar ekishdan oldin 10-12 soat davomida suvda yoki o‘sish stimulyatorlari va mikroelementlarning 0,01-0,05% li eritmasida ivitiladi, so‘ngra TMTD yoki shunga o‘xshash

2 -S H O ‘ B A fungitsidlar (1 kg urug‘ga 4-8 g preparat) bilan ishlov beriladi. Shu usulda tayyorlangan urug‘lar issiq yoki yarim issiq parniklarga yoki ko‘chatxonalarga fevral oyining boshlarida 0,5–1,0 sm chuqurlikda ekiladi. Materiallar va usullar Dala tajribalari to‘rtta takrorlash bilan o‘tkaziladi, har bir variant to‘rtta qatordan iborat bo‘lib, har bir qator uzunligi 10 m ni tashkil etadi. Ekish sxemasi 70x30 sm. Bitta variantning maydoni 28 m2, bitta takrorlanishning maydoni esa 112 m 2. Umumiy tajriba maydoni 448 m 2. Pomidorning 2 ta ertapishar navi — «Do‘stlik» va «Saxiy» navlari ishlatiladi. Dala tajribalarida urug‘larning unuvchanligi va yashovchanligi, hosildorlik, mevalarning biokimyoviy tarkibi baholanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuproqlari sho‘rlangan bo‘lib, bunday sharoitda pomidor o‘simligi yaxshi o‘smaydi, shuning uchun tuproqdagi tuz yuvilib ketadi. Pomidor o‘simligi ozuqa moddalariga boy, yengil qumloq tuproqli, sho‘rlanmagan har xil tuproq turlariga mos keladi. Ayniqsa, o‘tloqi, o‘tloqi-bo‘z va tipik bo‘z tuproqlarda yaxshi o‘sib, yuqori hosil beradi.

2 -S H O ‘ B A 1-rasm. Pomidor kolleksiyalaridan fenologik monitoring jarayoni

Natijalar va muhokama Fenologik kuzatuvlar har bir tajriba uchastkasidagi pomidor o‘simligida o‘suv davri davomida gullashning boshlanishi (10%), yoppasiga gullash (75%), meva tugishning boshlanishi (10%), yoppasiga meva tugish (75%) va meva pishish davrlarini aniqlash maqsadida olib borildi. Biometrik o‘lchashlarga kelsak, maydonchalarga ekilgan pomidor urug‘lari to‘liq unib chiqqandan so‘ng, o‘suv davri davomida o‘simliklarda, ya’ni har bir tajriba varianti va ekish usulining birinchi va ikkinchi qaytariqlarida kuzatuvlar olib borildi. Biometrik o‘lchashlar va asosiy qismlarni sanash nuqtadagi 10 ta raqamlangan o‘simliklarda ikki marta, pomidor o‘simligining gullash davrida; hosilning oxirgi hosili bilan birga amalga oshirildi. O‘lchovlarda o‘simliklarning asosiy novdalari uzunligi va yon novdalar soni hisobga olingan.

2 -S H O ‘ B A 2-rasm. Qoraqalpog‘iston sharoitida yetishtirilgan pomidor nav-namunalari

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni.
  2. Abbosov A.M., Hakimov R.A. Pomidor. // Sabzavot va poliz ekinlarining tavsiya etiladigan navlari va yetishtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar. Toshkent. 2006. 4-8.
  3. Azimov B.D. O‘zbekistonning markaziy zonasida pomidor yetishtirish texnologiyasi. // Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. – Novosibirsk Novosibirsk qishloq xo‘jaligi instituti. 1990. – B. 14-16.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014539
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610055
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
223–226
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03