Ekologik sharoitga mos pomidorning serhosil nav va duragaylarini tanlash
Nuralieva Kuralay Daribaevna, Madreyimova Dilfuza Yerkabayevna2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 245–247
Annotatsiya
Maqolada pomidorning ekologik sharoitga mos serhosil nav va duragaylaridan foydalanish, mahsulot yetishtirishda tuproq unumdorligini oshiruvchi texnologiyalarni joriy etish, sho‘rlangan tuproqlar sharoitida pomidor urug‘chiligini tashkil etishda ilmiy va amaliy yutuqlardan foydalanish hosildorlikni oshirishda dolzarb ahamiyat kasb etishi bayon etilgan. Iqlim o‘zgarishiga moslashish, suv tanqisligi oqibatlarini yumshatish, aholini ekologik xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПодбор высокоурожайных сортов и гибридов томата, соответствующих экологическим условиям
В статье изложено, что актуальное значение в повышении продуктивности имеют использование высокоурожайных сортов и гибридов томата, пригодных к экологическим условиям, внедрение технологий, повышающих плодородие почв при производстве продукции, использование научных и практических достижений в организации семеноводства томатов в условиях засоленных почв. Приведены результаты научных исследований, направленных на адаптацию к изменению климата, смягчение последствий дефицита воды, обеспечение населения экологически безопасными продуктами питания.
inglizchaSelection of high-yielding tomato varieties and hybrids adapted to ecological conditions
The article highlights the importance of using high-yielding tomato varieties and hybrids adapted to ecological conditions, introducing technologies that increase soil fertility when producing products, and utilizing scientific and practical achievements in organizing tomato seed production in saline soil conditions to increase productivity. The results of scientific research aimed at adapting to climate change, mitigating the consequences of water scarcity, and providing the population with environmentally safe food products are presented.
Kalit so‘zlar
- pomidor
- kolleksiya
- tuproq sho‘rlanishi
- hosildorlik
- tovarboplik
- navlar
- duragaylar
- biometriya
- fenologik kuzatuvlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
2 -S H O ‘ B A SHO‘RLANISH MONITORINGI Nukus · 16.10.2026 UDK 635+631105.14
Ekologik sharoitga mos pomidorning serhosil nav va duragaylarini tanlash Nuralieva Quralay Daribaevna doktorant · Madreyimova Dilfuza Yerkabayevna q.x.f.d. (DSc), dotsent dilfuza_1979@mail.ru
Iqtibos uchun: Nuralieva Quralay Daribaevna, Madreyimova Dilfuza Yerkabayevna. Ekologik sharoitga mos pomidorning serhosil nav va duragaylarini tanlash // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 245–247. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610061
Annotatsiya. Maqolada pomidorning ekologik sharoitga mos serhosil nav va duragaylaridan foydalanish, mahsulot yetishtirishda tuproq unumdorligini oshiruvchi texnologiyalarni joriy etish, sho‘rlangan tuproqlar sharoitida pomidor urug‘chiligini tashkil etishda ilmiy va amaliy yutuqlardan foydalanish hosildorlikni oshirishda dolzarb ahamiyat kasb etishi bayon etilgan. Iqlim o‘zgarishiga moslashish, suv tanqisligi oqibatlarini yumshatish, aholini ekologik xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan.
Аннотация. В статье изложено, что актуальное значение в повышении продуктивности имеют использование высокоурожайных сортов и гибридов томата, пригодных к экологическим условиям, внедрение технологий, повышающих плодородие почв при производстве продукции, использование научных и практических достижений в организации семеноводства томатов в условиях засоленных почв. Приведены результаты научных исследований, направленных на адаптацию к изменению климата, смягчение последствий дефицита воды, обеспечение населения экологически безопасными продуктами питания.
Abstract. The article highlights the importance of using high-yielding tomato varieties and hybrids adapted to ecological conditions, introducing technologies that increase soil fertility when producing products, and utilizing scientific and practical achievements in organizing tomato seed production in saline soil conditions to increase productivity. The results of scientific research aimed at adapting to climate change, mitigating the consequences of water scarcity, and providing the population with environmentally safe food products are presented.
Kalit so‘zlar: pomidor, kolleksiya, tuproq sho‘rlanishi, hosildorlik, tovarboplik, navlar, duragaylar, biometriya, fenologik kuzatuvlar Keywords: tomatoes, collection, soil salinity, yield, marketability, varieties, hybrids, biometry, phenological observations.
Ключевые слова: томаты, коллекция, засоление почвы, урожайность, товарность, сорта, гибриды, биометрия, фенологические наблюдения. Kirish Qoraqalpog‘iston Respublikasida so‘nggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida aholining sifatli, tannarxi yuqori bo‘lmagan sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, kuchsiz va o‘rta sho‘rlangan maydonlarda yetishtirish uchun mos, yuqori hosilli, eksportbop, ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlari, ayniqsa sabzavot turlarini ekish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilgan. Lekin pomidor nav namunalarini yetishtirish bo‘yicha tadqiqotlar kam olib borilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 30-bandida «eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish» ustuvor vazifalardan biri sifatida alohida belgilab qo‘yilgan. Shu bois, o‘rta sho‘rlangan maydonlarda yetishtirishga mos pomidor nav namunalarini tanlash va yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish dolzarb masala hisoblanadi. So‘nggi yillarda sabzavotchilikda F1 duragaylarini yaratishda katta yutuqlarga erishildi. Bu sanoatdagi tubdan yangi yo‘nalish va XX asrning biologiya va naslchilikdagi eng ajoyib yutug‘idir [2; 183-187 b]. A.A.Juchenko ta’kidlaganidek, birinchi avlod duragaylariga e’tiborning kuchayishi nafaqat patentsiz tanlovni, balki yangi genetik donorlarning afzalliklarini ro‘yobga chiqarish va ma’lum bir moslashuvchan muhim va iqtisodiy jihatdan qimmatli belgilar uchun geterozisga erishish imkoniyatini ham anglatadi. Shu bilan birga, yagona CMSga asoslangan gibrid urug‘chilikka keng o‘tish bir qator ekinlarning bir xilligi va demak, ekologik zaifligini oshirishga olib keldi. Bundan tashqari, gibrid urug‘chilik katta qo‘shimcha moddiy xarajatlarni talab qiladi [4; 13-18 b; 54; 60-65 b].
2 -S H O ‘ B A Materiallar va metodlar Geterozisli duragaylar – bu bir-biriga genetik jihatdan o‘xshash bo‘lmagan navlar, liniyalar yoki turlarni chatishtirish orqali olingan va birinchi bo‘g‘inda (F₁) o‘z ota-onasiga nisbatan kuchliroq rivojlanadigan, hosildorligi yuqori va kasalliklarga chidamli bo‘lgan duragaylar hisoblanadi. «Tanlangan kombinatsiyalar» deganda, seleksiyachilar tomonidan laboratoriya va dala sharoitida yuzlab chatishtirishlar o‘tkazilib, ular orasidan eng yuqori geterozis samarasini bergan (eng yaxshi natija ko‘rsatgan) ota-ona juftliklari tushuniladi. Natijalar Pomidor nav namunalarida qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan ota-ona juftlarini tanlash seleksiya va urug‘chilik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar doirasida amalga oshirildi. Pomidorning nav namunalari kolleksiyasi uchun nazorat varianti sifatida Volgogradskiy 5/95 naviga nisbatan TMK- 22, Absolyut, Modera, Maxi Rio, Red Stone, U-king, Kupon, Reo Grande, A-Z-12 (Turkiya), Super grande, Cherry, Reo Grande, Gollandskiy, H 2274 (Turkiya), Arizona, A-Z-44, Wangle, Flamingo, Bobcat, A-Z-05, Buron, Yusupovskiy, Yoxud Uzbek, Maxi Reo, Yulduz Uzbek, Super Strain, Nobichok, Yusup, Lodjeyn Golland, FTL-5, Galilea, Suzana Plus, FTL-23, Forsa, Reo Grande, FTL-12 navlari, Sultan F1 duragayi nazorat sifatida olinib, Kross F1, Red Star F1, Suzana plyus F1, Bobcat duragaylarini o‘rganish va yetishtirish uchun izlanishlar olib borildi. Tajriba davomida pomidor o‘simligining o‘rtacha balandligi aniqlanganda Lodjeyn, Cherry, Absolyut, Wangle (82-118 sm) navlari boshqa nazoratga nisbatan baland va o‘sish tezligi yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Volgogradskiy 5/95, Novishok, U-king, Kross F 1, Red star, H 2274 Turkiya va Reo grande nazoratga nisbatan balandligi va o‘sish tezligi o‘rtacha (76,0-79,6) bo‘lganligi belgilab olindi. FTL-23, Modera va FTL-23 navlari nazoratga nisbatan bo‘ylari va o‘sish tezligi past ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Pomidor o‘simligining o‘sish va rivojlanish davri (vegetatsiya davri) ko‘chatdan ekilganidan to birinchi hosil pishguncha o‘rtacha 55 kundan 75 kungacha davom etadi. Bu muddat pomidorning naviga (ertapishar, o‘rtapishar yoki kechpishar) hamda parvarishlash sharoitiga bog‘liq hisoblanadi. 1-jadval. Tanlangan kombinatsiyalarning geterozisli duragaylari № Tanlangan kombinatsiyalar Changlatilgan Mevasining Kun kun pishish davri hisobida 1 Reo grande X Wangle 16.06.2026 30.07.2026 44 2 Wangle X Reo grande 16.06.2026 30.07.2026 44 3 A-Z-12 X A-Z-44 16.06.2026 01.08.2026 45 4 A-Z-44 X A-Z-12 16.06.2026 01.08.2026 45 5 Yoxud O‘zbekiston X Super strain 17.06.2026 07.08.2026 50 6 Super strain X Yoxud O‘zbekiston 17.06.2026 02.08.2026 45 7 Sultan X Maxi Reo F1 18.06.2026 01.08.2026 44
№ Tanlangan kombinatsiyalar Changlatilgan Mevasining Kun kun pishish davri hisobida 8 Maxi Reo F1 X Sultan 18.06.2026 01.08.2026 44 9 Flamingo X A-Z-05 19.06.2026 03.08.2026 45 10 A-Z-05 X Flamingo 19.06.2026 03.08.2026 45 11 A-Z-05 X Bobcat 19.06.2026 09.08.2026 50 12 Bobcat X A-Z-05 19.06.2026 07.08.2026 48 13 Reo grande X Gollandskiy 22.06.2026 31.07.2026 39 14 Gollandskiy X Reo grande 22.06.2026 31.07.2026 38 15 FTL X Red stone 25.06.2026 11.08.2026 46
2 -S H O ‘ B A 16 Red stone X FTL 25.06.2026 11.08.2026 46 17 Galilea X FTL-5 27.06.2026 14.08.2026 47 18 FTL-5 X Galilea 27.06.2026 14.08.2026 47 19 FTL-23 X Suzana 27.06.2026 13.08.2026 46 20 Suzana X FTL-23 27.06.2026 12.08.2026 45 21 Arizona X H2274 30.06.2026 17.08.2026 47 22 H 2274 X Arizona 30.06.2026 15.08.2026 45 23 Volgogradskiy X AZ-44 30.06.2026 14.08.2026 44 24 AZ-44 X Volgogradskiy 04.07.2026 20.08.2026 46 25 FTL-23 X Farsa 03.07.2026 20.08.2026 48 26 Farsa X FTL-23 03.07.2026 20.08.2026 48 Kuzatuvlar davomida pomidor o‘simligining ayrim navlari, masalan, Maxi Rio, Modera, Farsa, Kupon F1, Kupon F1, Red star navlari birinchi meva pishish davrlari 40-45 kun davom etganligi, Wangle, Suzana plus, Volgogradskiy 5/95 va Bobcat navlari o‘rtacha 45-55 kun davom etganligi hamda FTL-23, FTL-12, A-Z-44, Galilea, Kross F1, Buron va Reo grande navlari 60-75 kun davom etganligi aniqlandi. Pomidor nav namunalarini retsiprok changlatish usuli bilan bir qancha kombinatsiyalar yaratildi. Bularni changlatish davrida pishish davrlari va meva sifatini hisobga olib kombinatsiyalar tanlangan. Olingan duragaylar 38 kundan 50 kun atrofida kun talab etilgan. Xulosa Ilmiy tadqiqot davomida pomidor o‘simligining o‘sishi, rivojlanishi, gullashi va pishish davrlari fenologik kuzatildi. Pomidor o‘simligini yetishtirish uchun pomidor nav namunalarini tanlash va tanlangan namunalarni chatishtirish yo‘li bilan ulardan stress omillariga bardoshli geterozisli duragaylar olishdan iborat bo‘lib hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23-oktabrdagi PF-5853 sonli «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoni. Toshkent, 2019. 33 b.
- Гринько Н.Н., Стрижак Т.В. Устойчивость гетерозисных гибридов томата к фитопатогенам. //Гетерозис сельскохозяйственных растений: Материалы, доклады, сообщения международного симпозиума, 1-15 декабря 1997 – Москва, РАСХМ, 1997, с.183-187.
- Жученко А.А. К проблемам научного обеспечения овощеводства. // Картофель и овощи. – Москва, 2002, с.60-65.
- Жученко А.А. Роль гетерозиса в эволюции и селекции растений. //Гетерозис сельскохозяйственных растений: материалы, доклады, сообщения международного симпозиума – 1-5 декабря 1997, - Москва,
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014545
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610061
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 245–247
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03