G‘ayrat Murodov · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Мақолада улуғ туркман шоири ва мутафаккири Махтумқули ҳаёти ва ижоди ҳозирги давр тафаккури асосида ёритилган. Бу шоир шеърлари бадиияти таҳлил этилган. Шу асосда Махтумқули абадияти очиб берилган
Yuldashov Ikromjon · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Hozirgi kunda ilg‘or mamlakatlar hayotining demokratik tamoyillari inson qadrini shunday yuksak darajaga ko‘tarishi bilan baholanadi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi. Ushbu tamoyilni amalga oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga asoslangan yangi dunyoqarash va sog‘lom tafakkurni shakllantirish katta ahamiyatga ega. Ta‘kidlash joizki, jamiyatimizda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar jarayonlari fuqarolarning milliy-ma‘naviy va tarbiyaviy salohiyati hamda ijtimoiy faoliyati xilma-xilligiga qaramay, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvor bo‘lishiga olib keladi. Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatini shakllantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning ahamiyati ilmiy jihatdan tadqiq etiladi.
Rahmatova Sevaraxon Alisherovna · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqolada kitobxonlarning sevimli adibi, filologiya fanlari doktori Ulug‘bek Hamdam asarlarida qo‘llanilgan fe‘llarni va ular orasida yordamchi fe‘lli qurilmalarning qo‘llanish uslublarini ko‘rib chiqiladi va bu orqali yordamchi fe‘lli qurilmalar matnning ohangdorliligiga, jarangliligiga e‘tibor qaratiladi.
Odamboeva Mashkhura, Sultanova Nodira, Jumanazarov Lutfulla Odilbek o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2022
O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma‘naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi.
Abdullayev Shokhzod · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Psixolingvistikaning obyekti va predmeti. Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari: inson omili, vaziyat omili, eksperiment tamoyili. Tushuncha-terminologik apparat. Psixolingvistika psixologik fan sifatida. Psixolingvistika va tilshunoslik. Individuallik va muloqot. Psixolingvistikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi.
Shamshidinov I.T., Najmiddinov R.Yu., Qodirova G.Q., Mamurov B.A., Rustamov I.T. · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ишда сув тозалаш иншооти карбонатли чиқиндисидан фойдаланган ҳолда таркибида кальций ва магний фосфатлари бўлган оддий ўғит олиш жараёни келтирилган. Ишлаб чиқаришда мазкур усул фойдаланилганда фосфорли оддий ўғитлар олишга карбонаптли чиқиндиларни қамраб олиш мумкинлиги аниқланган.
Ortiqova Komila Akmal qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Maqolada moda tushunchasi, moda tarixi haqida yozilgan. Shuningdek moda sohasi rivoji uchun katta xissa qóshgan yuksak qobiliyatli modelyer dizaynerlarning betakror uslublari yoritilgan.
Umarova Dilnoza Dilmurod qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Qadim zamonlardan bizga ma‘lumki vatanparvarlik tuyg‘usi kishining o‘z Vatani va uning tabiatiga, xalqiga, xalqining o‘tmishdagi va hozirgi qahramonligiga, tili va san‘atiga, ota-bobolariga bo‘lgan otashin muhabbatini ifodalaydi. Bu ulug‘ tuyg‘uni yosh avlodga tug‘ilganidan boshlab singdirib borish barchamizning qonimizga singib ketgan bir an‘ana deb atasak ham adashmagan bo‘lamiz. Shuning uchun ham qadim zamonlardan beri xalqning o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbati qo‘shiq va laparlarda, ertak-u dostonlarda, buyuk bobokalonlarimizning asarlarida o‘z ifodasini topmoqda.
Umarova Dilnoza Dilmurod qizi, Quvvatova Kamola Oybek qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Butun dunyo bugungi kunga kelib, kundan kunga rivojlanib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari asrida yashar ekanmiz mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Bu orqali biz bo‘lajak kadrlar o‘zimizni qanday tutishimiz, atrofimizdagi insonlar bilan qanday munosabatga kirishishimiz ortidan kasbiy kompetenetligimizni barchaga ko‘rsatib boramiz. Bu esa bizdan o‘z kasbimizga bo‘lgan alohida bilim, ko‘nikma va malakalarni talab qiladi.
Yaxiyoyeva Gulchexra · Research Focus International Scientific Journal · 2022
XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Rossiya mustamlakasi hisoblangan O‘rta Osiyo, Kavkaz, O‘rta Sibir xalqlari orasida boshlangan milliy, madaniy-ma‘rifiy tiklanish – jadidchilik harakati sifatida namoyon bo‘ldi. Turkiston jadidlari xalqni qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariat tamoyillarini isloh qilish, xalqqa ma‘rifat tarqatish va milliy muxtoriyatga erishish g‘oyasini ilgari suradilar. Jadidlar milliy birlik, ma‘naviy-ma‘rifiy isloxotlar bilan jamiyatni yangilash, yuksaltirish yo‘llarini izlaganlar. Ushbu maqolada yuqorida muallif tomonidan qayd etilgan fikrlar xaqida so‘z boradi.
Охунова Дилафруз Муминовна · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqolada temuriylar davrida madrasalardagi ta‘lim va o‘qitish masalalari, shuningdek, madrasalarda dunyoviy bilimlar va ilmiy an‘analarning o‘rganilishi ko‘rib chiqiladi.
Matyoqubova Dilfuza · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Mazkur maqolada sintaktik vositalardan biri bo‘lgan undalmalar haqida fikr yuritiladi. Undalmalarning badiiy nutqdagi o‘rni, vazifalari yoritiladi. Shuningdek, undalmalarning nutqiy imkoniyatlari ochib beriladi.
Ibragimov Sirojiddin Abdumutalibovich, Gafurova Dildoraxon Karimovna, Kadirova Nilufar Tursinbayevna · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqolada barcha uchun tanish bo‘lgan tushunchalar, ya‘ni boylik va kambag‘allik tushunchalari o‘rganiladi. Bu tushunchalarning moddiy va ma‘naviy tomonlari ko‘rib chiqiladi. Qaysi davlatda va qaysi davrda bu tushunchalarga qanday qaralgani misollar, faktlar vositasida namoyon etiladi. Bu konseptning qay darajada ahamiyatli ekanligi, bir – biridan farqli jihatlari yoki bir – biri bilan qanday uyg‘unlikka ega ekanligi bilan maqolada tanishiladi. Boylik va kambag‘allik konsepti lingvokulturologiya bo‘limi orqali namoyon etiladi va lingvokulturologiya sohasi vositasida ochib beriladi.
N.A. Niyozova, Sh.Sh. Nazarova · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ушбу мақоланинг мақсади битирувчиларни ОТМда касбий таълим олиш жараёнида рақобатбардошлигини ривожлантириш муаммосининг моҳиятли жиҳатларини муҳим ўрганиш, ОТМ битирувчиларининг рақобатбардошлигини ривожлантириш жараёнига мамлакатимиз олий таълимида баҳо берилиши муаммосини ўрганиш ҳисобланади. Олий таълимнинг ҳозирги кундаги ривожланишида рақобатбардош ОТМ битирувчиларини ривожлантиришда айтиб ўтилган қонун-қоидалар ва ёндашувларнинг қиёсий таҳлили амалга оширилади.
Turg‘unova Dilnura Mamanazar qizi, Xosilova Roxilahon Dilshod qizi, Karimov Odiljon Baxodirovich · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ushbu maqolada basketbo‘l o‘yinini o‘rgatish jarayonida, yosh basketbo‘lchilarni psixologik temperament tiplari asosida individual saralab olish va ularga mashg‘ulot jarayonida psixologik yondashgan xolda mashg‘ulotni olib borish asoslari yoritiladi. Uning uchun yosh sportchilarning temperament turlari aniqlanadi. Shu bo‘yicha yosh sportchilarga, basketbo‘l o‘yininig amaliy va nazariy asoslari psixologik tempi asosida o‘rgatiladi. Sport mashg‘ulotlarini sifatli tashkil qilish, maxsus psixologik ko‘rsatmalar ishlab chiqish va mativastsya berish orqali g‘alabaga erishish jarayonini takomillashtiriladi.
Uktamova Xilolaxon · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Форси-йе дарий тили грамматик асарлари шаклланишига шубу тилга оид изоҳли луғатлардаги грамматик қайдлар асос бўлиб хизмат қилган. Шу жиҳатдан луғатлардаги грамматикага оид фикрларни ўрганиш муҳим аҳамият касб этади. Айниқса, уларни қиёсан таҳлил қилиш тилшунослик соҳасига қизиқ фактларни тадқим этади.
Maxmudov Bekzod Mirzaaxmad o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Pilla maxsulotlarini quritishda transportyorli quritish qurilmasi nomli maqolani dolzarbligiga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, bugungi kunda ipak qurti pillalarini qayta ishlagunga qadar, sifatli va uzoq muddatga saqlash uslubi bo‘lgan quritish masalasi ko‘rib chiqilgan. Quritilayotgan mahsulot sifati va ipak qurti g‘umbaklarini to‘la jonsizlantirilganligini orttirish masalasiga yechim berilgan.
Khojamurotova Feruza Akhmadovna · Research Focus International Scientific Journal · 2022
Ingliz tilida 500 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. So‘zlashuvchilar soni bo‘yicha u faqat xitoy va hind tillaridan keyin turadi. Ingliz tilining keng qo‘llanilishi va uning butun dunyodagi shuhrati XVIII va XIX asrlarda Britaniya imperiyasining keng ko‘lamli mustamlakachiligi, shuningdek, XIX asr oxiridan hozirgi kungacha Qo‘shma Shtatlarning siyosiy ta‘siri va iqtisodiy hukmronligi bilan bog‘liq.