Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGI MASALALARI

Umarova Dilnoza Dilmurod qizi, Quvvatova Kamola Oybek qiziToshkent shahridagi Yeoju texnika instituti Boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari2022

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 1Son 1Sahifa 116–118

Annotatsiya

Butun dunyo bugungi kunga kelib, kundan kunga rivojlanib bormoqda.  Zamonaviy axborot texnologiyalari asrida yashar ekanmiz mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Bu orqali biz bo‘lajak kadrlar o‘zimizni qanday tutishimiz, atrofimizdagi insonlar bilan qanday munosabatga kirishishimiz ortidan kasbiy kompetenetligimizni barchaga  ko‘rsatib boramiz. Bu esa bizdan o‘z kasbimizga bo‘lgan alohida bilim,  ko‘nikma va malakalarni talab qiladi.

Boshqa tillarda

ruschaВОПРОСЫ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГА

Весь мир развивается день ото дня. Поскольку мы живем в век современных информационных технологий, способность выдерживать сильную конкуренцию, занимающую приоритетное место на рынке труда, требует от каждого специалиста наличия профессиональной компетентности и ее последовательного повышения. Благодаря этому мы, будущие сотрудники, покажем всем свою профессиональную компетентность тем, как мы ведем себя и как мы взаимодействуем с окружающими нас людьми. Это требует специальных знаний, навыков и квалификации для нашей профессии.

inglizchaISSUES OF THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF A TEACHER

The whole world today is developing day by day. As we live in the age of modern information technologies, withstanding the strong competition that occupies a priority place in the labour market requires every specialist to possess professional competence and to raise it consistently. Through this, we, the future personnel, demonstrate our professional competence to everyone by the way we conduct ourselves and by the way we interact with the people around us. This, in turn, requires of us special knowledge, skills and qualifications in our own profession.

Kalit so‘zlar

  • kompetensiya
  • kasbiy kompetensiya
  • kompetentlik
  • pedagogning kasbiy kompetentligi
  • pedagogning o‘z ustida ishlashi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGI MASALALARI Umarova Dilnoza Dilmurod qizi, Quvvatova Kamola Oybek qizi Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3- bosqich talabalari Toshkent shahridagi YODJU texnika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.7109423 Annotasiya: Butun dunyo bugungi kunga kelib, kundan kunga rivojlanib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari asrida yashar ekanmiz mehnat bozorida ustuvor oʼrin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo’lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo’lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Bu orqali biz boʻlajak kadrlar oʻzimizni qanday tutishimiz, atrofimizdagi insonlar bilan qanday munosabatga kirishishimiz ortidan kasbiy kompetenetligimizni barchaga koʻrsatib boramiz. Bu esa bizdan oʻz kasbimizga boʼlgan alohida bilim, koʻnikma va malakalarni talab qiladi. Kalit soʻzlar: kompetensiya, kasbiy kompetensiya, kompetentlik, pedagogning kasbiy kompetentligi, pedagogning oʻz ustida ishlashi. ВОПРОСЫ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГА Аннотация: Весь мир развивается день ото дня. Поскольку мы живем в век современных информационных технологий, способность выдерживать сильную конкуренцию, занимающую приоритетное место на рынке труда, требует от каждого специалиста наличия профессиональной компетентности и ее последовательного повышения. Благодаря этому мы, будущие сотрудники, покажем всем свою профессиональную компетентность тем, как мы ведем себя и как мы взаимодействуем с окружающими нас людьми. Это требует специальных знаний, навыков и квалификации для нашей профессии. Ключевые слова: Компетентность, профессиональная компетентность, компетентность, профессиональная компетентность педагога, работа педагога над собой. ISSUES OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF THE PEDAGOG Abstract: The whole world is developing day by day. As we live in the age of modern information technologies, being able to withstand the strong competition that takes priority in the labor market requires every specialist to have professional competence and to increase it consistently. Through this, we, future personnel, show our professional competence to everyone by how we conduct ourselves, how we interact with the people around us. This requires special knowledge, skills and qualifications for our profession. Key words: Competence, professional Competence, competence, pedagogue's professional competence, pedagogue's work on himself. KIRISH "Kompetentlik” tushunchasi taʼlim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan qaraganda kompetentlik “noanʼanaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxasisning oʼzini qanday tutishi, atrofdagilar bilan qanday muloqotga kirishishi, raqiblar bilan oʼzaro munosabatlarda yangi yoʼl tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga toʼla maʼlumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatar ekan . Bundan kelib chiqadiki har bir shaxsning oʻzini qay holatda tutishi, yurish turishi kabi xususiyatlari kompetentligi tushunchasiga mos keladi va bu jarayon insonda yillar davomida oʻrganib borishi natijasida yuzaga keladi. Yosh oʻsib kelayotgan avlod bu kabi hislatlarni eng avvalo oʻz oilasi va birinchi oʻqituvchisidan oʻrnak olgan holda oʻzida tatbiq etadi [ 3].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Kompetentlik atamasi «samaradorlilik», «erishish», «muvaffaqiyatlilik», «tushunish», «natijalilik», «ega boʼlish», «sifat», «miqdor» soʼzlari yordamida taʼriflanadi, shu bilan birga koʼpgina mualliflar uni tashxislashdagi qiyinchiliklarni qayd etgan. [3]. L. Spenser va M. Spenserlarning taʼkidlashicha, kompetensiyalarning shakllanishi ularni oʼlchash va xususiyatlarini aniqlash qiyinchiligi bilan ortga suriladi. Dj. Raven kompetentlikni biror bir obyekt yoki obyektlar sinfiga koʼra biror sohaga tegishliligi bilan baholash kerak - deb hisoblaydi. Natijada maʼlum faoliyatning individual motivatsiyasi jadalligining bahosi hosil boʼladi. U shaxs kompetentligini biror bir maqsadga erishish uchun faoliyat olib borishi kutilgan holdagina aniqlanishi maʼnoga ega boʼladi - deb tushuntiradi [5]. Kasbiy kompetentlik ayni damda pedagogdan nafaqat bilim, koʻnikma, malakani balki har bir mutaxasisning oʻz yoʻnalishi boʻyicha maxsus tayyorgarlik, integrativ bilimlar va harakatlarning oʻzlashtirilishini koʻrsatib oʻtadi va nazarda tutadi. Buncha yaqqol misol qilib oʻqituvchining tayyorgarligini koʻrsatishimiz mumkin, yaʼni har bir oʻqituvchi ertangi darsi uchun alohida tayyorgarliklar koʻradi, oʻz kasbini sitqidildan, kamchiliklarsiz bajarishga harakat qiladi. Va bu oʻrinda u bu jarayonda namuna sifatida ham ishtirok etadi. Shuning uchun ham kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni oʼrganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi maʼlumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va oʼz faoliyatida qoʼllay bilishni taqozo etadi. Hozirgi kunda taʼlimda texnologiyalarning rivojlanib borishi sababli bu amallarni qoʻllash yanada osonlashib bormoqda. Shu bois oʻqituvchining kompetentligini oshirish yoʻllari koʻpayib bormoqda. Bu orqali mutaxasisning kasbiy kompetentligi murakkab jarayonlarda, noaniq vazifalarni bajarishda, bir-biriga zid maʼlumotlardan foydalanishda va kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega boʼla olishida yaqqol namoyon boʻladi. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʼlgan bilim, koʼnikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qoʼllay olinishidir. Kasbiy kompetentsiyaga ega mutaxassis, oʼz bilimlarini izchil boyitib boradi, yangi axborotlarni o’zlashtiradi, davr talablarini chuqur anglaydi, yangi bilimlarni izlab topadi, ularni qayta ishlaydi va oʼz amaliy faoliyatida samarali qoʼllay oladi. Oʼzbekiston sharoitida ham pedagogga xos kasbiy kompetentlik, uning oʼziga xos jihatlari oʼrganilgan boʼlib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot oʼziga xos ahamiyat kasb etadi. XULOSA Tadqiqotchining fikriga koʼra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslarni tashkil etadi: Kasbiy, pedagogik kompetentlikka ega boʼlishda oʼz ustida ishlash va oʼzoʼzini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Oʼz-oʼzini rivojlantirish vazifalari oʻzini oʼzi tahlil qilish va oʼzini oʼzi baholash orqali aniqlanadi [ 4]. Oʻqituvchining oʻz ustida ishlashini, kasbiy BKMni takomillashtirib borishi, faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashishi, kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishishi, ishchanlik qobiliyatini rivojlantirishi, salbiy odatlarni bartaraf etib borishi va ijobiy sifatlarni o’zlashtirishi orqali koʻrishimiz mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Arziqulov D.N. Kasbiy kamolotning psixologik o‘ziga xos xususiyatlari. Psixol fan nom dissavtoloyihasi. – Toshkent: 2002
  2. Большакова З.М., Тулькибаева Н.Н. Компетенции и компетентность // Вестник ЮУрГУ. - 2009
  3. Xudayqulova F.B. “Bo’lajak pedagoglarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari”
  4. B. Nazarova “Pedagogga xos kasbiy kompetentlik”
  5. https://azkurs.org/kompetentlik/tushunchasining/mohiyati.html
  6. https://cyberleninka.ru/article/n/bo-lajak-pedagoglarda-kasbiy-kompetentlikni- shakllantirishning-o-ziga-xos-xususiyatlari

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010801
Nashr sanasi
2022-10-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/researchfocus.v1i1.1041
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
116–118
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
42026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06