Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA VATANPARVARLIK HISSINI UYG‘OTISH

Umarova Dilnoza Dilmurod qiziToshkent shahridagi Yeoju texnika instituti Boshlang‘ich ta‘lim fakulteti 3-bosqich talabasi2022

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 1Son 1Sahifa 119–121

Annotatsiya

Qadim zamonlardan bizga ma‘lumki vatanparvarlik tuyg‘usi kishining o‘z Vatani va uning tabiatiga, xalqiga, xalqining o‘tmishdagi va hozirgi qahramonligiga, tili va san‘atiga, ota-bobolariga bo‘lgan otashin muhabbatini ifodalaydi. Bu ulug‘ tuyg‘uni yosh avlodga tug‘ilganidan boshlab singdirib borish barchamizning qonimizga singib ketgan bir an‘ana deb atasak ham adashmagan bo‘lamiz. Shuning uchun ham qadim zamonlardan beri xalqning o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbati qo‘shiq va laparlarda, ertak-u dostonlarda, buyuk bobokalonlarimizning asarlarida o‘z ifodasini topmoqda.

Boshqa tillarda

ruschaВОСПИТАНИЕ ПАТРИОТИЗМА В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

C незапамятных времен нам известно, что патриотическое чувство выражает пламенную любовь человека к своей Родине и ее природе, к своему народу, к прошлому и настоящему героизму своего народа, к своему языку и искусству, к своим предкам. Мы не ошибемся, если назовем это традицией, которая пронизывает молодое поколение с самого рождения и пронизывает всю нашу кровь. Именно поэтому с давних времен любовь народа к своей Родине находит свое выражение в песнях и пословицах, в сказках-былинах, в произведениях наших прадедов.

inglizchaAWAKENING A SENSE OF PATRIOTISM IN PRIMARY CLASSES

It has been known to us since ancient times that the feeling of patriotism expresses a person‘s ardent love for their Motherland and its nature, for their people, for the past and present heroism of their people, for their language and art, and for their forefathers. We would not be mistaken if we called the instilling of this noble feeling in the young generation from birth a tradition that has become part of our blood. That is why, since ancient times, the people‘s love for their Motherland has found its expression in songs and lapars, in fairy tales and epics, and in the works of our great ancestors.

Kalit so‘zlar

  • Vatanparvarlik tuyg‘usi
  • insonparvarlik
  • ona yurt
  • ajdodlar asarlari
  • yuksak ma‘naviyat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BOSHLANG’ICH SINFLARDA VATANPARVARLIK HISSINI UYG’OTISH Umarova Dilnoza Dilmurod qizi Toshkent shahridagi YODJU texnika instituti Boshlang’ich ta’lim fakulteti 3- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7109463 Annotatsiya: Qadim zamonlardan bizga ma’lumki vatanparvarlik tuyg’usi kishining o’z Vatani va uning tabiatiga, xalqiga, xalqining o’tmishdagi va hozirgi qahramonligiga, tili va san’atiga, ota-bobolariga bo’lgan otashin muhabbatini ifodalaydi. Bu ulug’tuyg’uni yosh avlodga tug’ilganidan boshlab singdirib borish barchamizning qonimizga singib ketgan bir an’ana deb atasak ham adashmagan bo’lamiz. Shuning uchun ham qadim zamonlardan beri xalqning o’z Vataniga bo’lgan muhabbati qo’shiq va laparlarda, ertak-u dostonlarda, buyuk bobokalonlarimizning asarlarida o’z ifodasini topmoqda. Kalit so’zlar: Vatanparvarlik tuyg’usi, insonparvarlik, ona yurt, ajdodlar asarlari, yuksak ma’naviyat. ВОСПИТАНИЕ ПАТРИОТИЗМА В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ Аннотация: C незапамятных времен нам известно, что патриотическое чувство выражает пламенную любовь человека к своей Родине и ее природе, к своему народу, к прошлому и настоящему героизму своего народа, к своему языку и искусству, к своим предкам. Мы не ошибемся, если назовем это традицией, которая пронизывает молодое поколение с самого рождения и пронизывает всю нашу кровь. Именно поэтому с давних времен любовь народа к своей Родине находит свое выражение в песнях и пословицах, в сказках-былинах, в произведениях наших прадедов. Ключевые слова: Чувство патриотизма, человечности, родной земли, произведений предков, высокой духовности. INSTILLING A SENSE OF PATRIOTISM IN PRIMARY CLASSES Annotation: It is known to us from ancient times that a sense of patriotism expresses a person's ardent love for his homeland and its nature, for his people, for the heroism of the past and present of his people, for his language and art, for his ancestors. Absorbing this great feeling from birth to the younger generation we would not have been mistaken, even if we call it a tradition that has permeated the blood of all of us. That is why, since ancient times, the love of the people for their homeland has been expressed in songs and lapars, fairy tales-in epics, in the works of our great-grandfathers. Key words: Patriotic feeling, humanism, native land, works of ancestors, high spirituality. KIRISH Vatanparvarlik tushunchasi ma’naviyatning yetakchi, asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli ham xalqimiz bu tushunchaga turli tomondan yondashadilar va turli ko’rinishda talqin qiladilar. Vatanparvarlik asli keng tushuncha bo’lib, insonning o’z ona yurtini qadrlab shu ona yurt uchun, uning qanday sohasi bo’lmasin o’z kuchi va g’ayratini ayamasdan sarflashidir. Bundan ko’rinib turibdiki vatanparvarlik insonning qon-qoniga singgan bo’lishi lozim. Ya’ni, qadimdan bizga ma’lumki farzand dunyoga kelar ekan, unga tug’ilishidan boshlab, hattoki ona qornidaligidan mehr berilib, insonparvarlik, vatanparvarlik va shu kabi tushunchalar singdirib boriladi. Bu borada O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovning: “Yurtga, Vatanga muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob azaliy fazilatlarni asrab-avaylash va yanada takomillashtirish farzandlarimizni ozod va demokratik O’zbekistonning

munosib o’g’il-qizlari etib tarbiyalash masalasi ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo’nalishini tashkil etmog’i kerak” [1], -degan so’zlari juda ham o’rinli hisoblanadi. Sababi, har bir insonning o’z vatani bo’lgandagina u haqiqiy vatanparvar bo’la oladi. Vatanparvarlik, o’zi tug’ilib o’sgan yurtini, yerini, elini e’zozlash, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy taraqqiyoti haqida qayg’urish, g’amxo’rlik qilish, taraqqiyotga o’zining munosib hissasini qo’shish, o’z davlati, mamlakatining mustaqilligini saqlash uchun jon kuydirishi va kerak bo’lganda unga o’z hayotini bag’ishlash demakdir. Shu sabali ham vatanga muhabbat tuyg’usi insonlarni har doim mehnat qahramonligiga, xalqning baxt-saodati uchun kurashga undaydi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Vatanparvarlik Vatan so’zi bilan chambarchas bog’langan bo’lib, Vatan ana shu vatanparvarlikni paydo qiladi. Vatan so’zi arabcha so’z bo’lib, “ona yurt” ma’nosini bildiradi. Bu tushunchani ikki, keng va tor ma’nolarda tushunish mumkin. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’noda tushunishdir. Agar, bir xalq vakillari doimiy holda yashagan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, u keng ma’noda tushuniladi. Vatanparvar bo’lish bu – vatanni sevish, xalqiga munosib ish qilish, o’z vatani tuprog’ini e’zozlash, qadriga yetish demakdir. Sababi, Vatan har bir shaxsning o’tmishi va buguni, kelajagidir. O’z Vatani va millati oldidagi burchini anglab yetish har bir shaxsning oliy maqsadi bo’lishi zarur. Avvalo, shu shaxs o’z Vatanining bir bo’lagi ekanini his etishi, bu bilan faxrlanishi lozim. Vatanda kamol topganligini unutmasligi, o’z o’rnida aynan Vatan undan mehr va oqibat kutishini esda saqlashi tabiiy holda bo’lishi kerak. Bu degani o’sib ulg’ayib ana shu Vatan uchun munosib xizmat qilmog’i, unga raxmatlar yog’dirmog’i lozim. Va shu bilan birga shu Vatanning bayrog’ini ko’klarga ko’tarish ham demakdir. Shunday qilingandagina shaxs baxt-saodatga erishishi mumkin. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning: “O’zbekistonning har bir asl farzandi o’zini ota yurtining ajralmas bo’lagi deb his etayapti va bundan faxranyapti. Istiqlol bergan eng katta boyliklardan biri ana shu desak yanglishmagan bo’lamiz”,[2] -degan so’zlari barchamiz uchun faxr hissini uyg’otishi hech gap emas. Shunday ekan vatanparvarlik mustaqillik bilan chambarchas bog’langandir. Bular bir-birini to’ldirsagina shaxs ma’naviyati yetuk hisoblanadi. Ma’naviyat, xulqni yaxshilash va yuksak darajaga ko’tarish Vatan tuyg’usini mustahkamlash bilan hamohangdir. Zero, Vatan va xalq oldidagi vazifani anglash yuksak ma’naviyat belgisidir. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Vatanparvarlik tuyg’usi tug’ma tuyg’u emas, shuning uchun ham bu tushunchani boshlang’ich sinflardan boshlab darsliklarda qo’llash va o’quvchilar onggiga singdirish eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Vatan haqidagi boshlang’ich bilimlar bolalarda ularning hayotiy tajribalari asosida, yon-atrofdagi hayot to’g’risidagi tasavvurlari asosida hosil bo’ladi. Vatan har bir kishida tug’ilib o’sgan yurtiga, o’z uyiga, oilasiga, eng yaqin kishilari, ota-ona, opa-singil, aka-ukalariga bo’lgan muhabbatida aks ettiriladi va shu tuyg’ularning barchasi bola ongiga muhrlanadi. Xalqimizda “Bo’lar bola boshidan” degan naqlga amal qilingan holda, har bir buyuk hislatlar bolalarning boshlang’ich davridan boshlab o’rgatilib boriladi, shundagina har bir farzand bu tuyg’ularning mag’zini chaqqan holda o’z hayotida burilish yasaydi. Shuning uchun ham bu aziz tuyg’uni bejizga ona allasi parvarish qiladi deyishmaydi. XULOSA Bu borada ajdodlarimizning hissalari juda kattadir. Sababi ular o’z asarlarida vatanparvarlik tushunchasini juda keng ma’nolarda qo’llab biz uchun qoldirib ketishgan. Bu asarlarda nafaqat vatanparvarlik tuyg’usi balki bu tuyg’uning jamiyatda qanday o’rin egallashiy

u, hayotda qanday targ’ib qilinganligini turli xil misollar bilan ifodalab berishgan. Ayniqsa hayotiy tajribalar orqali tushuntirilgan bu asarlar o’quvchilar ongida yanada mustahkam bo’lib qolishiga yordam beradi. Vatanparvarlik tushunchasini yanada kengroq tushunish va ma’lumotga ega bo’lish uchun ajdodlarimizdan Furqat, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Abdulla Avloniy, Usmon Nosir, Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va shu kabi bir qancha olimlarning asarlarini mukammal o’rganish lozimdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Karimov.I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: “O’zbekiston”, 2011.
  2. Prezident Karimov.I.A. “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat”.
  3. https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/12106- vatanparvarlik- fazilatlari
  4. https://fayllar.org/1-vatanparvarlik-tarbiyasini-berishning-pedagogik-asoslari.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010802
Nashr sanasi
2022-10-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/researchfocus.v1i1.1042
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
119–121
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
42026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06