MODA OLAMI
Ortiqova Komila Akmal qiziToshkent shahridagi Yeoju texnika instituti Liboslar dizayni ta‘lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi2022
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 1Son 1Sahifa 122–125
Annotatsiya
Maqolada moda tushunchasi, moda tarixi haqida yozilgan. Shuningdek moda sohasi rivoji uchun katta xissa qóshgan yuksak qobiliyatli modelyer dizaynerlarning betakror uslublari yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaМИР МОДЫ
В статье описывается понятие моды и история моды. Также выделяются уникальные стили высокоталантливых модельеров, внёсших большой вклад в развитие фешн-индустрии.
inglizchaTHE WORLD OF FASHION
The article describes the concept of fashion and the history of fashion. It also highlights the inimitable styles of highly talented fashion designers who have made a great contribution to the development of the fashion industry.
Kalit so‘zlar
- Moda
- industriya
- modelyer
- uslub
- atelye mod
- aksessuar
- dizayn
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
MODA OLAMI Ortiqova Komila Akmal qizi Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti Liboslar dizayni ta'lim yónalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7111560 Annotatsiya: Maqolada moda tushunchasi, moda tarixi haqida yozilgan. Shuningdek moda sohasi rivoji uchun katta xissa qóshgan yuksak qobiliyatli modelyer dizaynerlarning betakror uslublari yoritilgan. Kalit so’zlar: Moda, industriya, modelyer, uslub, atelye mod, aksessuar, dizayn. МИР МОДЫ Аннотация: В статье описывается понятие моды и история моды. Также выделяются уникальные стили высокоталантливых модельеров, внёсших большой вклад в развитие фешн-индустрии. Ключевые слова: Мода, индустрия, дизайнер, стиль, ателье мод, аксессуары, дизайн. FASHION WORLD Abstrackt: The article describes the concept of fashion and the history of fashion. Also, the unique styles of highly talented fashion designers who made a great contribution to the development of the fashion industry are highlighted. Keywords: Fashion, industry, designer, style, atelier mod, accessory, design. KIRISH Moda sózi lotincha modus sózidan olingan bólib, kórinish, obraz, qoida ma'nolarini anglatadi. Moda bu kiyim -kechak, poyafzal, aksessuarlar, soch turmagi, bóyanish, hayotimizda muayyan did yoki qiziqishning ma'lum bir vaqt ichida urf bólishidir. Insoniyatda moda tushunchasi paydo bólishidan avval, inson qadim zamonlarda ózini tabiat hodisalaridan himoyalash uchun kiyim yaratdi. Bu kiyim ikki bólak teri bilan yopinib, bir ósimlikning shohidan boģich qilib, yopinchiq kiyishdan boshladi. Keyinchalik bu kiyimni chiģanoqlar, ósimliklar rangi bilan bezashda davom etdi. Yer yuzi va insoniyatning rivojlanishi mato, tekstil yaratilishiga sabab bóldi. Shu bilan birga inson mehnat qurollarini ham, yasay boshladi. Buning uchun suyaklar, metallardan foydalandi. Ósimlik sharbati, kómir, tuproqlardan foydalanib, yashash joyini, liboslarini bóyab, ranglar jilosi bilan ishladi. Xatto taqinchoq va bezaklar yasashni ham amalladilar. Biz buni arxeologlarning qazilma topilmalarida, uzuk, zirak, bóyin bezaklarini ham kórishimiz mumkin. Insoniyat rivojlangani sari har bir millat, elat, xalqlarning óz mintaqaviy, milliy liboslari shakllana boshlagan. Har bir davlat, xonlik, podshoxlikda zodagonlarning, saroy xizmatchilarining, ishchi- dehqonlarning kiyinish tartib qoidalari kiritila boshlagan. Avval kiyimlar uchun teri, móyna, lyon, paxta, viskózadan foydalanishgan bólsa, keyinroq barxat, atlas, tafta va krujevalar ishlab chiqarila boshladi. Qadimda liboslar ham bichimi, fasoni juda sodda va oddiygina bólgan bólsa, ular asrlar davomida murakkablashib, turli uslublarda tayyorlandi. Davlatlar rivojlangani sari, ishlab chiqarish kengaydi va moda sohasi rivojlana boshladi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Insoniyat rivojlanishining turli bosqichlarida, har bir davlat, har bir xalq, moda tarixini shakllanishida, ózining ulkan xissasini qóshgan.
Rim Imperiyasi qulagandan sóng, Yevropa davlatlarida moda sohasida katta ózgarishlar boshlandi. 16 asr Ispaniya, Venetsiya, Italiyada moda sohasi rivojlandi. XVI-XVII asr Fransiya qiroli Lyudovik XIV ning yorqin "Versal" saroyida yangi moda davri uyģondi. Uning onasi Qirolicha Anna Avstriyskaya óta nozik did sohibi bólib, yangi kórkam liboslar yaralishiga, ayniqsa "modistka" kasbi paydo bólishiga sabab bóldi. Keyinchalik 18 asrda Lyudovik XVI davrida eng ekstravogant liboslar yaratildi. Uning ayoli Mariya Antuanetta doim "Moda Qirolichasi" bólishga harakat qildi. Butun Yevropaga mashhur bólgan qirolichaning liboslarini " Moda ministri" Janna Berten yaratdi. Shu tariqa moda poytaxti dep Fransiya- Parij tan olindi. XIX asrga kelib moda industriyasida jadal rivojlanishlar boshlandi . Bu rivojlanishga ulkan xissa qóshgan dizayner Ch.F.Vord "Yuksak moda" tushunchasini kiritdi. Ótgan asrlardagi tikuvchi- kutyurye va modiskalar liboslarni kópincha saroy xonimlari talabi va istagi bilan tayyorlashardi. Vord esa oldindan óz liboslarini tayyorlab keyin namoyish qila oldi. Uning bu qobiliyatini Napoleon Bonapart III va Imperatritsiya Mariya Yevgeniya ham hurmat qilishardi. Moda tarixiga, ketma-ket istedodli dizaynerlar óz xissalarini qóshib bordilar. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Charlz Frederik Vord. Angliyalik Charlz Frederik Vord 1825-1895y yashab ijod qilgan. Yuksak moda tushunchasini yaratgan birinchi dizaynerlardan hisoblanadi. 12 yoshidan Vord Londondagi matolar dókonida ishladi. Bósh vaqtlarida milliy galereyalarni aylanib, qadimgi liboslar tarixini órganib, kostyumlar eskizlarini chiza boshladi. Vord astoyidil ayollar modasi bilan shuģullanishni xohlardi. Lekin Londonda buni iloji bólmaganligi sabab, u 20 yoshida moda markazi bólgan Parijga kóchib ótdi. Vord Parijda tikuv korxonasida ishlab, juda chiroyli modellar yarata boshladi. Vordning orzusi oddiy liboslar tikish emas edi. U juda noyob, xashamdor liboslarni kiborxonimlar uchun yaratishni xohlardi va buning uchun u óz salonini ochdi. Bu orzulariga erishish uchun ayoli Mari Vernening xissasi katta. Vord yaratgan liboslarni birinchi Mari kiyib, kórsatardi va juda kóp buyurtmalar olinardi. Vord ózi orzu qilgandek, Fransiya imperaratritsasi Mariya Yevgeniya, Avstriya- Vengriya imperatritsasi Yelizavetta I, Britaniya qirolichasi Viktoriya va boshqa juda kóp yevropa aristokratkalariga liboslar tayyorladi. Modani yuksak baholovchi Imperatritsa Mariya Yevgeniya Vord salonini gullab yashnashiga katta xissa qóshdi. Vord yangi siluetni yaratishda ,kóylakni yanada xashamdor kórinishi uchun krinolinlarni (metal obruchli karkas) ixtiro qildi va uni patentladi. 1868 yil Vord "Синдикат Высокой моды" tashkilotiga asos soldi. Vordni bu tashkilotdan maqsadi, liboslardagi originallikni saqlab qolish avtorlik huquqini himoya qilish edi. Vord doim eksklyuziv modani istab, óz modellariga qól ishida "Vord" deb belgi qóyardi. Modellarni kóchirma bólib ketishini istamasdi. "Синдикат Высокой моды" tashkilotiga azo bólish uchun moda uylariga bir qator tartib qoidalar kiritildi. 1. Bir yilda 2 marotaba Parij moda haftaligida yangi kolleksiyasini namoyish qilish. 2. Alohida mijozlar uchun ham namoyish ótkazish. 3. Modellarni tayyorlashda qól mehnatidan 70 % va mashinadan 30 % gacha foydalanish. 4. Kolleksiya namoyishida 75 ta model tayyorlanishi, 1990 yillarda bu kórsatgich 50 taga tushdi. 5. Atelye va salon ishchilarining soni ham bir qancha talablarga javob berishi kerak edi. Bu Sindikat tashkiloti hozirda ham mavjud bólib va unga bir qancha moda uylari azo bólishgan.
Doim elegant liboslari bilan ajralib turgan Vord moda tarixida chuqur iz qoldirdi. Uning ishini óģillari Gaston Vord va Jan Filip Vord davom ettirishdi.1900 yil Vord saloni óz mijozlariga "Parfyum kutyur" duhisini taqdim etishdi. Pol Puare Parij modelyeri Pol Puare 1879-1944 y yashab, ijod qilgan. U dastlab ishini zont tikishdan boshladi. Zont tayyorlashda ishlatiladigan mato qoldiqlaridan qóģirchoqlar uchun kóylak tikdi. Rassomchilikka qiziqgani uchun, chiroyli modellar chiza boshladi. Tikuvchilik sirlarini Jak Dyusening salonida órganib, teatr saxnasi aktrisalari uchun liboslar yaratdi. Keyinchalik modelyer bólib Ch.F. Vordning atelyesida faoliyat olib bordi. 1903 y. Pol Puare ózining "Дом Пуаре" saloniga asos soldi. 1906 yillarda ayollarni noqulay korsetlardan holi qilish uchun, ayolni nafis qomatini bilintiruvchi tor kóylaklar yaratdi. 1908 y Pol Puare illustrator Pol Irib bilan birgalikda ózining modellari aks ettirilgan, yani tush va peroda qólda tayyorlangan albomi namoyishi etildi. 1910 yilda Puarening kashfiyoti deb "Храмая юбка" nomi bilan tanilgan uzun, tor va pastki qismi salgina kengaygan yubkalarini ommaga taqdim etdi. Keyingi ishlari bilan u sharq liboslaridan tyurban, sharovar, tunika va kaftanlarni Yevropa ayollariga taqdim etdi. Liboslarni krujeva, baxroma, patlar va durlar bilan bezadi. Bu modellaridan ilhomlanib "1002 kecha " deb nomlangan juda katta bal kechasini ótkazdi. 1911 yillari ózining parfyumini chiqarishga va "yubka- bryuki" shimni ayollarga taqdim etishga ulgurdi. Shu yili shoyi matolarini bóyab, rasm chizish uchun ustaxona ochdi. Keyinroq esa urush sabab faoliyati tóxtab, Pol frontga ketdi. Qaytgach esa xalqning hayot tarzi juda qiyin va kambaģalchilikda edi. Xalq ortiqcha zeb va xashamdorliksiz yashardi. Bu davrda Coco Chanelning hamma uchun oddiy va hamyonbop modellari ayollarni qiziqtirb borayotgandi. Puare dunyodagi bu ózgarishni qabul qila olmadi va bankrot bólib ijod qilishdan tóxtadi. Vaqt ótib yolģizlikda olamdan ótdi. Gabriel Boner Chanel. Fransuz modelyeri Gabriel Boner Chanel 1883-1971 yillarda yashab ijod qilgan. Chanel oilasi juda kambag'al edi. Otasi Alber bozorda kiyim sotuvchisi, onasi Janna uy xizmatchisi edi. Ularning 6 ta farzandi bólib 1xonalik uyda qiyin ahvolda yashashardi. Gabriel 11yoshligida onasi olamdan ótdi. Otasi o'g'illarini qishloqqa ishlashga jónatdi va 3 nafar qizlarini mehribonlik uyiga topshirdi. Uyerda uning hayoti qattiq nazoratda va qiyinchilikda ótdi. Lekin Chanel yorqin kelajagi uchun tikishni órgandi. 18 yoshida mehribonlik uyidan ketib, Chanel tikuvchi bólib ishga joylashdi. Bósh vaqtlarida kabareda qóshiq kuyladi. Ósha vaqtda Gabriel "Кто видел коко" qóshiģini kóp ijro etganligi sabab ózining Coco ismiga ega bóldi. U sahnada mashur bólishni xohlardi, lekin qóshiqchilik unga mashhurlik olib kelmadi. 1910 yil Parijda Coco Chanel ayollar uchun bosh kiyimi- shlyapalar tayyorlashni boshladi va ózining "Chanel"modalar uyiga asos soldi. Dizayner ayollarni noqulay uzun yubkalardan va soģliq uchun zararli bólgan korsetlardan qutqardi. Erkaklar garderobidan shim, kóylak, kostyumlarni ayyollar uchun yaratdi. U brinchi bólib tvid, krep va djersi matolari bilan ishladi. Tvid kostyum bijuteriya va kichik shlyapalarni har bir liboslarga mosladi. XULOSA Butun dunyoga mashhur bólgan kichkina qora kóylakchani ayollar garderobiga qóshdi. Chanel ayolning tizzalarini eng xunuk tana qismi deb hisoblab, hamma liboslarini tizzani yopadigon qilib tikdi. "Роскошь должна быть удобной, иначе это не роскошь " Chanel shu sóziga amal qilgan holda doim modellarida, qulaylikka intildi. Ijodi davomida Chanel N5 duhisini, aksessuarlar va sumkalarni ayollarga taqdim etdi. Yorqin ijod qilgan Chanel moda olamida óchmas iz qoldirdi.
Dunyo tan olgan haqiqiy istedodli modelyer dizaynerlar: Ch.F. Vord , Pol Puare, Coco Chanel singari Nadejda Lamanova, Kristian Dior, Iv Sen Loran, Guccio Gucci, Djordjio Armani, Djanni Versaci, Lui Vitton, Pyer Karden, Jan Pol Gotye, Kristian Lakrua, Jivanshi. Miuchcha Prada va boshqa dizaynerlar moda industriyasi rivojiga óz xissalarini qóshib turli uslublarda ijod qilib kelishmoqda. Dizaynerlarning kuchli fantaziyalari insonning nafaqat tashqi kórinishi balki ichki kayfiyati va yashash tarzini ózgarib, gózallashib borishiga sabab bólmoqda.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- "Имидж пут к успеху" Браун П. 2000 г.
- "История Домов Моды" Ермилова Д.Ю. Москва 2003 г.
- "Мода и стиль" Аксенова М. 2002 г.
- "История моды" Александр Васильев.
- "Мода 20 века" Болдано И.Ц. 2002 г.
- "История костюма" Дудникова Г.2001 г.
- "Мода и люди" Гофман А.Б. 1994 г .
- " Психология моды" Килошенко М. Санкт-Петербург 2001г.
- "Костюм разных времен" Мерцалова М.Н. 1993г.
- " Стили в искусстве" Власов В.Г. 1998г.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010803
- Nashr sanasi
- 2022-10-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v1i1.1043
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 122–125
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 42026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06