Asosiy mazmunga o‘tish

2 086 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

Tegishlilik
Kengaytirilgan qidiruvTahlil
Eksport

Joriy tartibdagi birinchi 1 000 ta yozuv yuklanadi (2 086 tadan).

Qidiruvni saqlash

Qidiruvni saqlash va yangi yozuvlar haqida xabar olish uchun hisobingizga kiring. Kirish

  1. Ochiq kirishMaqola

    AYLANUVCHI MEXANIZMLARNING ASOSIY TURLARI VA ULARDA KO‘P UCHRAYDIGAN NOSOZLIKLAR

    U. Utkirjon, E. Rakhmanova · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada sanoat, transport, energetika va maishiy texnikada keng qo‘llaniladigan aylanuvchi mexanizmlarning asosiy ko‘rinishlari, ularning ishlash xususiyatlari hamda ekspluatatsiya jarayonida eng ko‘p uchraydigan nosozliklar tahlil qilinadi. Aylanuvchi tugunlar deyarli har bir murakkab texnik tizimning yuragi bo‘lib, ularning ishonchli ishlashi ishlab chiqarish uzluksizligi, energiya samaradorligi va xavfsizlik bilan bevosita bog‘liq. Maqolada val va rotorlar, podshipnikli tayanchlar, tishli uzatmalar, muftalar, nasos va ventilyatorlarning aylanuvchi qismlari hamda elektr mashinalar rotor tizimlari izchil yoritiladi. Shuningdek nomutanosiblik, markazlashuvning buzilishi, podshipnik yeyilishi, moylash tizimidagi nuqsonlar tishli juftliklarning shikastlanishi, oqim bilan bog‘liq buzilishlar va elektr-mexanik muammolar sabablari, belgilari hamda oldini olish yo‘llari ilmiy-amaliy nuqtai nazardan bayon etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    MAHALLIY XOMASHYOLAR ASOSIDA POLIETILENTEREFTALAT ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH

    B. Soyibnazarovich, K. o‘g‘li, T. Rustamovich, B. o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Polietilentereftalat (PET) o‘zining ajoyib fizik va kimyoviy xususiyatlari tufayli turli sohalarda keng qo‘llaniladigan polimerdir. Bundan tashqari, PET mahsulotlaridan tobora ko‘proq foydalanish chiqindilarni boshqarishda global inqirozga olib keldi, chunki mahsulotlarni noto‘g‘ri yo‘q qilish atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazdi. PET chiqindixonalarda to‘plangan chiqindilarning asosiy manbai bo‘lib, bu muammoni hal qilish uchun qayta ishlash usullari rivojlandi. Shu munosabat bilan ushbu sharhda PETni qayta ishlash bilan bog‘liq turli usullar ko‘rib chiqiladi. An‘anaviy qayta ishlash usullari va turli depolimerizatsiya reaksiyasi o‘zgaruvchilarining ta‘siri muhokama qilindi hamda har bir usulning ijobiy va salbiy tomonlari ko‘rib chiqildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    FLAVONOID PROFILE OF “AS-INFUSUM” AND ITS BIOLOGICAL ACTIVITY

    I. Askarov, S. Abdullaev, E. Khaydarov, Q. Xasanbayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada “As-Infusum” o‘simlik damlamasi tarkibidagi flavonoidlar yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) usuli yordamida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, rutin (39,12 mg/g) asosiy komponent sifatida aniqlanib, damlamaning antioksidant va kardioprotektiv xususiyatlarini belgilashi ilmiy asoslandi. Shuningdek dihidrokversetin, rozavin, kversetin va salidrozid kabi flavonoidlar aniqlanib, damlamaning biologik faolligi hamda farmakologik va nutrasevtik salohiyatini oshirishi ko‘rsatildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    КУЛЬТУРНАЯ ЦЕННОСТЬ КЫРГЫЗСКИХ НАЦИОНАЛЬНЫХ УЗОРОВ

    Ж. Сарыбаевич · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada “KULTURNAYa TsENNOST KIRGIZSKIX NATsIONALNIX UZOROV” mavzusi ilmiy-amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda mavzuning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati va dolzarb jihatlari tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    ASALARILAR INVAZION KASALLIKLARINI DAVOLASH VA OLDINI OLISHDAN KEYINGI ASALNING VETERINARIYA-SANITARIYA EKSPERTIZASI

    I. Bo‘riyevich, Y. Beknazarovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur tadqiqot asalarilar (Apis mellifera) oilalarida keng tarqalgan Varroatoz (Varroa destructor), Nozematoz va Tropilapsozlarni davolash va oldini olishdan keyingi asalning veterinariya-sanitariya sifatini baholashga qaratilgan. 30 ta asalari oilada epizootologik holat, parazit darajasi va asal hosildorligi monitoring qilingan. Amitraz, Flumetrin va Oksalat kislota preparatlari 30-kunga kelib oilalardagi parazitlarni samarali nazorat qilib, samaradorlik 91– 97% ni tashkil etgan. Asalning organoleptik (rang, hid, ta‘m, konsistensiya) va fizik-kimyoviy (namlik, diastaza, umumiy kislotalilik) ko‘rsatkichlari sog‘lom nazorat bilan deyarli o‘zgarmagan. HPLC yordamida qoldiq moddalar tahlili natijalari Amitraz qoldiqlarining MRL (0,1 mg/kg) dan oshganini, Flumetrin va Oksalat kislotaning esa xavfsizligini ko‘rsatgan. Tadqiqot shuni tasdiqladiki, maqsadli davolash oilalarda parazitlarni samarali nazorat qilarkan, asal sifatiga minimal ta‘sir qiladi va iste‘molchilar salomatligini himoya qilish hamda veterinariya-sanitariya monitoringini kuchaytirish uchun ilmiy asos yaratadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    QORAMOLLARDA OVQAT HAZM QILISH TIZIMI KASALLIKLARINI KLINIK VA LABORATOR KO‘RSATKICHLAR ASOSIDA DASTURIY TASHXISLASH (100 BOSH QORAMOL MISOLIDA)

    F. Faxriddinovna, M. Baratovna, N. Fayzullayevna, G. Baxtiyorovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada qoramollarda ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini klinik va laborator ko‘rsatkichlar asosida dasturiy tashxislash usullari bayon etilgan. Tadqiqot Samarqand viloyatidagi fermer xo‘jaliklarida parvarishlanayotgan 100 bosh sog‘in sigirlarda o‘tkazildi. Diagnostika jarayonida vet-diagnostics.uz raqamli platformasi imkoniyatlaridan foydalanilib, hayvonlarning klinik belgilari, gematologik va biokimyoviy qon ko‘rsatkichlari kompleks tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, raqamli tashxislash tizimi an‘anaviy usullarga qaraganda yuqori aniqlik (92–95%) va operativlikni (2–5 daqiqa) ta‘minlaydi. Ayniqsa kasalliklarning yashirin (subklinik) bosqichlarini aniqlashda dasturiy algoritmning samaradorligi yuqori ekanligi isbotlandi. Maqolada veterinariya vrachining professional tajribasi va raqamli texnologiyalar integratsiyasining chorvachilik rentabelligini oshirishdagi ahamiyati asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    BIR YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALARDA MIOKARDNING PATOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLARI

    U. M.A, E. M.E · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda miokardning patomorfologik o‘zgarishlari zamonaviy ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Mavjud tadqiqotlar ko‘rsatishicha, erta ontogenez davrida yurak mushagi gipoksiya, yallig‘lanish va gemodinamik buzilishlarga yuqori sezuvchan bo‘ladi. Adabiyotlar sharhi natijasida perinatal gipoksiya va infeksion omillar ta‘sirida kardiomiyotsitlar gipertrofiyasi, interstitsial shish degenerativ-distrofik jarayonlar hamda boshlang‘ich fibroz o‘zgarishlar rivojlanishi qayd etilishi aniqlandi. Tahlillar miokarddagi strukturaviy qayta qurilishlar mikrosirkulyatsiya buzilishi va hujayraviy gipoksiya bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ushbu ma‘lumotlar erta tashxis va profilaktik kuzatuvni takomillashtirish zarurligini asoslaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    TISH KASALLIKLARI: ETIOLOGIYA, PATOGENEZ, MORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR VA ZAMONAVIY PROFILAKTIKA

    S. Nasrulloyevich, B. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Tish kasalliklari inson salomatligi va og‘iz bo‘shlig‘ining patologik holatlari orasida eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Ularning rivojlanishi mikrobiologik biofilm kislota ishlab chiqarish, anatomik zaiflik va immun javobning murakkab o‘zaro ta‘siri bilan bog‘liq. Ushbu ilmiy ishda kariyes, pulpit, periodontit, gingivit, parodontoz hamda nokarioz shikastlanishlarning etiopatogenezi, morfologik va mikroskopik o‘zgarishlari, zamonaviy davolash va profilaktika yondashuvlari batafsil yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI

    S. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Qonning shaklli elementlarini o‘rganish XVII asrda, ya‘ni mikroskop paydo bo‘lgandan so‘ng boshlangan. Hozir biz uni chuqurroq o‘rganib chiqamiz. Qonning shaklli elementlari umumiy bir hujayradan hosil bo‘lgan deb hisoblanadi. Ular 3 ta katta guruhni o‘z ichiga oladi. Bu guruhlarga qizil qon tanachalari – eritrotsitlar, oq qon tanachalari – leykotsitlar va qon plastinkalari – trombotsitlar kiradi. Qonning barcha shaklli elementlari suyak ko‘migida umumiy polipotent va plyuropotent stvol (o‘zak) hujayralaridan hosil bo‘ladi. Hujayralarning kelib chiqishi bir xil bo‘lishiga qaramay, ular turli xil vazifalarni bajaradi. Organizmda faqat gemoglobin yetishmaganda emas, balki eritrotsitlar yetishmaganda ham kamqonlik (anemiya) kelib chiqadi. Leykotsitlar yetishmasligi tufayli leykopeniya kelib chiqadi va immunitet pasayadi. Trombotsitlar yetishmasa trombotsitopeniya yuzaga keladi va qon to‘xtamaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    VITAMINS

    M. qizi, A. Bakhtiyarovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Vitaminlar inson organizmida normal fiziologik funksiyalarni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan muhim mikronutriyentlardir. Ular juda kam miqdorda talab etilishiga qaramay, moddalar almashinuvi, immunitet va umumiy salomatlikda muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada vitaminlarning turlari, ularning biologik funksiyalari hamda yetishmovchiligi oqibatlari yoritilgan. Tadqiqot yetarli vitamin qabulini ta‘minlash va u bilan bog‘liq salomatlik muammolarining oldini olishda muvozanatli ovqatlanishning ahamiyatini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    KARDIOMIOTSITLAR FIZIOLOGIYASI

    I. o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada inson embriologiyasi, ya‘ni organizmning urug‘lanishdan boshlab tug‘ilgunga qadar bo‘lgan rivojlanish jarayonlari yoritilgan. Embrionning shakllanish bosqichlari, hujayralarning bo‘linishi, gastrulyatsiya va organogenez jarayonlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, embriologiyaning tibbiyotdagi ahamiyati, xususan, tug‘ma nuqsonlarni aniqlash va profilaktikasi hamda sog‘lom avlodni shakllantirishdagi roli ochib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    13–15 YOSHLI FUTBOLCHILARDA TEZKOR-KUCH TAYYORGARLIGI DARAJASI TAHLILI

    X. Umarjonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada 13–15 yoshli futbolchilarda tezkor-kuch tayyorgarligi darajasi tahlil qilinadi. O‘quv-mashg‘ulot jarayonidagi jismoniy tarbiya va sport sohasida, ayniqsa bolalar sportini yanada rivojlantirish, har bir shahar va qishloqda zamonaviy talablarga javob beradigan psixologik tayyorgarlik masalalari yoritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    KOMPETENSIYALARNI SHAXMAT MASHG‘ULOTLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

    X. Shaxobovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada talabalarda kasbiy-karyerani rivojlantiruvchi kompetensiyalarni shakllantirish va takomillashtirishda shaxmat mashg‘ulotlarining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shaxmatning strategik fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish qaror qabul qilish, diqqatni jamlash va rejalashtirish kabi muhim kompetensiyalarni rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki shaxmat mashg‘ulotlari talabalarda analitik fikrlash, liderlik, mantiqiy tahlil va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, shaxmat asosida ishlab chiqilgan metodik yondashuv talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirishga yordam beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    MALAKALI PARADZYUDOCHILARNING MUSOBAQA FAOLIYATI TEXNIK-TAKTIK KO‘RSATKICHLARINING STATISTIK TAHLILI

    T. Soxadillayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada malakali paradzyudochilarning musobaqa faoliyati texnik-taktik ko‘rsatkichlarining statistik tahlili, yuklamalarni rejalashtirish masalalari, ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, mavzuning dolzarbligi, maqsadi, xulosa va amaliy tavsiyalar yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    SPORT TAKOMILLASHUV BOSQICHIDA ESHKAK ESHUVCHILARNI TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH UCHUN MAXSUS MASHQLARNI TUTGAN O‘RNI

    R. Islomjon Erkuziyevich, R. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada “SPORT TAKOMILLASHUV BOSQICHIDA ESHKAK ESHUVCHILARNI TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH UCHUN MAXSUS MASHQLARNI TUTGAN O‘RNI” mavzusi ilmiy-amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda mavzuning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati va dolzarb jihatlari tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    KO‘P YILLIK TAYYORGARLIK BOSQICHIDAGI BOSQON ULOQTIRUVCHILAR TEXNIKASINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRUVCHI MASHQLARNING TUTGAN O‘RNI

    R. Islomjon Erkuziyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada sport maktablaridagi uloqtiruvchilar texnikasini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni tashkil etish, ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirish haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Mazkur ma‘lumotlarda bosqon uloqtiruvchilarni mashg‘ulot jarayonida texnikasini rivojlantirish va takomillashtirish, musobaqa jarayonida yuqori natijaga erishish uchun jismoniy sifatlarini rivojlantirishda maxsus mashqlar majmuasidan keng foydalanilgani yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    EFFECTIVENESS OF THE TABATA METHOD IN THE DEVELOPMENT OF FLEXIBILITY IN RHYTHMIC GYMNASTICS

    M. Z.B · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada yosh badiiy gimnastikachilar mashg‘ulotlarida egiluvchanlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tabata usulidan foydalanildi, shu bilan birga planka, egilish, cho‘zilish vosita va usullar saralangan hamda maxsus mashqlarni qo‘llash to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    YOSH BELBOG‘LI KURASHCHILARDA JISMONIY KUCHLANISH HOLATLARIDA MUVOZANAT SAQLASH TEXNIKASI

    G. Ruxiddinovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada yosh belbog‘li kurashchilarni texnik harakatlarga o‘rgatish metodikasi ko‘rsatkichlarini aniqlash va jismoniy sifatlarni diagnostika qilish uchun pedagogik testlash metodlaridan foydalanildi. Ularni quyidagi testlar guruhiga kiritdik: yuklamalardan so‘ng tiklanish jarayoni va yuklamalarga bardoshlilik aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    MUSOBAQA FAOLIYATIDA GANDBOLCHILARNING TEZKOR QARSHI HUJUMLARINI MUTAXASSISLAR TOMONIDAN BAHOLANISHI

    B. Xoshimovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Gandbolchilarning tezkor qarshi hujum tayyorgarligiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash uchun anketa so‘rovlarini o‘tkazish maqsadga muvofiq deb hisoblandi. Tadqiqotda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, mavzuning dolzarbligi, maqsadi, xulosa va amaliy tavsiyalar yoritildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish