Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola16.00.00Ochiq kirish

QORAMOLLARDA OVQAT HAZM QILISH TIZIMI KASALLIKLARINI KLINIK VA LABORATOR KO‘RSATKICHLAR ASOSIDA DASTURIY TASHXISLASH (100 BOSH QORAMOL MISOLIDA)

Faxriddinovna Fayziyeva Sitora, Baratovna Mamatova Zamira, Fayzullayevna Normurodova Zuhra, Baxtiyorovna Gulliyeva Sabinav.f.f.d. (PhD), Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar; universiteti; v.f.n. dotsent, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 3Sahifa 152–156

Annotatsiya

Mazkur maqolada qoramollarda ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini klinik va laborator ko‘rsatkichlar asosida dasturiy tashxislash usullari bayon etilgan. Tadqiqot Samarqand viloyatidagi fermer xo‘jaliklarida parvarishlanayotgan 100 bosh sog‘in sigirlarda o‘tkazildi. Diagnostika jarayonida vet-diagnostics.uz raqamli platformasi imkoniyatlaridan foydalanilib, hayvonlarning klinik belgilari, gematologik va biokimyoviy qon ko‘rsatkichlari kompleks tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, raqamli tashxislash tizimi an‘anaviy usullarga qaraganda yuqori aniqlik (92–95%) va operativlikni (2–5 daqiqa) ta‘minlaydi. Ayniqsa kasalliklarning yashirin (subklinik) bosqichlarini aniqlashda dasturiy algoritmning samaradorligi yuqori ekanligi isbotlandi. Maqolada veterinariya vrachining professional tajribasi va raqamli texnologiyalar integratsiyasining chorvachilik rentabelligini oshirishdagi ahamiyati asoslab berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaПРОГРАММНАЯ ДИАГНОСТИКА ЗАБОЛЕВАНИЙ ПИЩЕВАРИТЕЛЬНОЙ СИСТЕМЫ У КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА НА ОСНОВЕ КЛИНИЧЕСКИХ И ЛАБОРАТОРНЫХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ (НА ПРИМЕРЕ 100 ГОЛОВ)

В данной статье рассматриваются методы программной диагностики заболеваний пищеварительной системы крупного рогатого скота (КРС) на основе комплексного анализа клинических и лабораторных показателей. Исследование проведено на 100 головах дойных коров в фермерских хозяйствах Самаркандской области. В процессе диагностики использовалась цифровая платформа vet-diagnostics.uz, позволяющая интегрировать данные клинического осмотра, гематологические и биохимические показатели крови в единый алгоритм принятия решений. Результаты исследования показали, что использование программного обеспечения обеспечивает высокую диагностическую точность (92–95%) и оперативность (2–5 минут) по сравнению с традиционными методами. Особое внимание уделено эффективности системы в выявлении субклинических стадий заболеваний, что минимизирует риски экономических потерь в животноводстве. Обоснована концепция интеграции профессионального опыта ветеринарного врача с цифровыми интеллектуальными системами как наиболее перспективного направления современной ветеринарной медицины.

inglizchaPROGRAMMATIC DIAGNOSIS OF DIGESTIVE SYSTEM DISORDERS IN CATTLE BASED ON CLINICAL AND LABORATORY PARAMETERS (EVIDENCE FROM 100 CASES)

This article describes the methods of software-based diagnostics of digestive system diseases in cattle based on clinical and laboratory parameters. The research was conducted on 100 dairy cows in livestock farms of the Samarkand region. The study utilized the vet-diagnostics.uz digital platform to perform a complex analysis of clinical signs, hematological, and biochemical blood parameters. The results indicated that the digital diagnostic system provides higher accuracy (92–95%) and rapid processing (2–5 minutes) compared to traditional methods. The effectiveness of the software algorithm was particularly proven in detecting the subclinical stages of diseases. The article substantiates the importance of integrating a veterinarian‘s professional expertise with digital technologies to increase livestock productivity and economic efficiency.

Kalit so‘zlar

  • qoramol
  • ovqat hazm qilish tizimi
  • raqamli diagnostika
  • vet-diagnostics.uz gematologik ko‘rsatkichlar
  • biokimyoviy tahlil
  • subklinik kasalliklar
  • algoritmlash

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

QORAMOLLARDA OVQAT HAZM QILISH TIZIMI KASALLIKLARINI KLINIK VA LABORATOR KO‘RSATKICHLAR ASOSIDA DASTURIY TASHXISLASH (100 BOSH QORAMOL MISOLIDA) Fayziyeva Sitora Faxriddinovna v.f.f.d. (PhD), Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Mamatova Zamira Baratovna v.f.n. dotsent, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Normurodova Zuhra Fayzullayevna v.f.n. dotsent, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Gulliyeva Sabina Baxtiyorovna 2-bosqich magistrant, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.19402157 Annotatsiya: Mazkur maqolada qoramollarda ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini klinik va laborator ko‘rsatkichlar asosida dasturiy tashxislash usullari bayon etilgan. Tadqiqot Samarqand viloyatidagi fermer xo‘jaliklarida parvarishlanayotgan 100 bosh sog‘in sigirlarda o‘tkazildi. Diagnostika jarayonida vet-diagnostics.uz raqamli platformasi imkoniyatlaridan foydalanilib, hayvonlarning klinik belgilari, gematologik va biokimyoviy qon ko‘rsatkichlari kompleks tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, raqamli tashxislash tizimi an’anaviy usullarga qaraganda yuqori aniqlik (92–95%) va operativlikni (2–5 daqiqa) ta’minlaydi. Ayniqsa, kasalliklarning yashirin (subklinik) bosqichlarini aniqlashda dasturiy algoritmning samaradorligi yuqori ekanligi isbotlandi. Maqolada veterinariya vrachining professional tajribasi va raqamli texnologiyalar integratsiyasining chorvachilik rentabelligini oshirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: qoramol, ovqat hazm qilish tizimi, raqamli diagnostika, vet-diagnostics.uz, gematologik ko‘rsatkichlar, biokimyoviy tahlil, subklinik kasalliklar, algoritmlash.

ПРОГРАММНАЯ ДИАГНОСТИКА ЗАБОЛЕВАНИЙ ПИЩЕВАРИТЕЛЬНОЙ СИСТЕМЫ У КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА НА ОСНОВЕ КЛИНИЧЕСКИХ И ЛАБОРАТОРНЫХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ (НА ПРИМЕРЕ 100 ГОЛОВ) Аннотация: В данной статье рассматриваются методы программной диагностики заболеваний пищеварительной системы крупного рогатого скота (КРС) на основе комплексного анализа клинических и лабораторных показателей. Исследование проведено на 100 головах дойных коров в фермерских хозяйствах Самаркандской области. В процессе диагностики использовалась цифровая платформа vet-diagnostics.uz, позволяющая интегрировать данные клинического осмотра, гематологические и биохимические показатели крови в единый алгоритм принятия решений. Результаты исследования показали, что использование программного обеспечения обеспечивает высокую диагностическую точность (92–95%) и оперативность (2–5 минут) по сравнению с традиционными методами. Особое внимание уделено эффективности системы в выявлении субклинических стадий заболеваний, что минимизирует риски экономических потерь в животноводстве. Обоснована концепция интеграции профессионального опыта

ветеринарного врача с цифровыми интеллектуальными системами как наиболее перспективного направления современной ветеринарной медицины. Ключевые слова: крупный рогатый скот, пищеварительная система, цифровая диагностика, vet-diagnostics.uz, гематологические показатели, биохимический анализ, субклинические заболевания, алгоритмизация.

PROGRAMMATIC DIAGNOSIS OF DIGESTIVE SYSTEM DISORDERS IN CATTLE BASED ON CLINICAL AND LABORATORY PARAMETERS (EVIDENCE FROM 100 CASES) Abstract: This article describes the methods of software-based diagnostics of digestive system diseases in cattle based on clinical and laboratory parameters. The research was conducted on 100 dairy cows in livestock farms of the Samarkand region. The study utilized the vetdiagnostics.uz digital platform to perform a complex analysis of clinical signs, hematological, and biochemical blood parameters. The results indicated that the digital diagnostic system provides higher accuracy (92–95%) and rapid processing (2–5 minutes) compared to traditional methods. The effectiveness of the software algorithm was particularly proven in detecting the subclinical stages of diseases. The article substantiates the importance of integrating a veterinarian's professional expertise with digital technologies to increase livestock productivity and economic efficiency. Keywords: cattle, digestive system, digital diagnostics, vet-diagnostics.uz, hematological parameters, biochemical analysis, subclinical diseases, algorithmization.

KIRISH Bugungi kunda dunyo aholisining ekologik toza chorvachilik mahsulotlari (sut, go‘sht va go‘sht mahsulotlari)ga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Chorvachilikning qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirish, sohada innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali hayvonlar mahsuldorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, mahsuldor sigirlardan sog‘lom buzoq olish kabi muhim omillarga bog‘liq. Qoramolchilikda rentabellikni oshirishga yuqumli, yuqumsiz va invazion kasalliklar katta to‘siqlardan hisoblanadi [1]. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari qoramollarda eng ko‘p uchraydigan patologiyalar qatoriga kiradi va chorvachilik xo‘jaliklarida sezilarli iqtisodiy zarar keltiradi. Qishloq xo’jalik hayvonlarida hazm tizimi kasalliklari ichki yuqumsiz kasalliklar orasida o’rtacha 40-50 %ni tashkil etadi [4] Bunda hayvonlarning o‘sishdan qolishi, mahsuldorlikning pasayishi bilan podani to‘ldirishga yaroqsiz bo‘lishi yoki ikkilamchi kasalliklarga berilishi bilan qoramolchilikka katta iqtisodiy zarar keltiradi. Amaliy veterinariyada ushbu kasalliklarni tashxislash ko‘pincha klinik belgilarni vizual baholashga asoslanadi. Biroq ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari ko‘plab gematologik va biokimyoviy o‘zgarishlar bilan kechadi. Klinik va laborator ko‘rsatkichlarni kompleks hisobga olmasdan turib aniq tashxis qo‘yish qiyin. Shu bois, zamonaviy veterinariya meditsinasida axborot texnologiyalariga asoslangan dasturiy tashxislash tizimlarini ishlab chiqish hamda ishga tushirish va qishloq xo’jalik hayvonlariga ekspress usulga tashxis qo’yish bugungi kunda veterinariya amaliyoti oldida dolzarb hisoblanmoqda[3]. Mazkur tadqiqot vet-diagnostics.uz platformasi orqali amalga oshirilib, klinik va laborator ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida dasturiy tashxislash tizimi ishlab chiqildi va amaliy jihatdan baholandi.

MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqotning maqsadi — qoramollarda ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini klinik va laborator ko‘rsatkichlar asosida dasturiy tashxislash tizimini ishlab chiqish hamda uning samaradorligini 100 bosh qoramolda baholash (1- jadval). Dasturni amaliy baholashda quyidagi vazifalar belgilab olindi: 1. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklariga xos klinik belgilarni aniqlash; 2. Fizik, gematologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish; 3. Klinik va laborator ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish algoritmini ishlab chiqish; 4. Dastur orqali qo‘yilgan tashxislarni an’anaviy tashxislar bilan solishtirish; 5. Dasturiy tashxislash tizimining amaliy ahamiyatini baholash. Tadqiqot materiali va usullari. Tadqiqot Samarqand viloyati “Jura”, “K.Eldor” chorvachilik fermer xo‘jaliklarida parvarishlanayotgan 100 bosh golshtinlashtirilgan mahalliy qora ola zotli sog’in sigirlar ustida olib borildi. Hayvonlar yoshi 2–7 yosh oralig‘idagi sog‘in sigirlar saralab olindi (1- jadval). Barcha qoramollar quyidagi bosqichlarda tekshirildi: 1. Umumiy klinik tekshiruvlar o’tkazilib, klinik belgilar aniqlandi (tana harorati, puls, nafas olish soni, 2 daqiqadagi ruminatsiya soni) 2. Qonning morfologik tahlili (Biobase analizatori orqali) 3. Qon zardobining biokimyoviy tahlili (Chemray 330 biokimyoviy analizatori orqali) 4. Olingan ma’lumotlarni dasturiy tizimga kiritish NATIJALAR 1-jadval. 100 bosh qoramollardan olingan klinik va laborator tekshirishlar natijasi

Fermer xo‘jaliklaridagi 2-7 yoshli sog’in sigirlarni klinik ko’rikdan o’tkazish jarayonida ovqat hazm qilish tizimi buzilishlariga xos bo’lgan ishtahaning pasayishi, kavsh qaytarishning sustligi, 2 daqiqada katta qorin qisqarishlari sonining kamayishi, diareya yoki qabziyat, umumiy holsizlik va mahsuldorlikning pasayishi kabi simptomokomplekslar qayd etildi. Kasallik

dinamikasini laboratoriya sharoitida aniqlashtirish uchun qonning gematologik (eritrotsitlar va leykotsitlar soni, gemoglobin miqdori, gemotokrit) va biokimyoviy (glyukoza, umumiy oqsil, umumiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bilirubin, xolesterin, sut kislotasi, vitamin A miqdori) ko’rsatkichlari o’rganildi. Ushbu klinik laborator ma’lumotlarni qayta ishlash uchun yaratilgan dasturiy algoritm barcha ko’rsatkichlarni o’zaro solishtirma tahlil etadi. Tizimda belgilangan me’yoriy qiymatlar va diagnostik mezonlar asosida, balli baholash usuli yordamida kasallikning turi va og’irlik darajasi bo’yicha avtomatl;ashtirilgan xulosa shakllantiriladi. 100 bosh qoramol ustida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra: 62 bosh qoramolda ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari aniqlandi; 38 bosh qoramol sog‘lom deb baholandi. Dasturiy tashxislash natijasida 100 bosh qoramollarning 21 boshi katta qorin asidozi, 17 boshi katta qorin atoniyasi, 14 boshi gastroenterit, 10 boshi metabolik buzilishlar bilan kasallangani aniqlandi. Dastur orqali qo‘yilgan tashxislar klinik tashxislar bilan 87–92 % moslikni ko‘rsatdi. MUHOKAMA Olingan natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, qoramollarda ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini tashxislashda klinik belgilar va laborator ko’rsatkichlarni raqamli algoritmlar yordamida kompleks baholash diagnostika aniqligini sezilarli darajada oshiradi. Tadqiqotlarimiz jarayonida vet-diagnostics.uz platformasidan foydalanish, ayniqsa, ichki yuqumsiz kasalliklarning subklinik (yashirin) bosqichlarini ertachi aniqlashda an’anaviy usullardan ko’ra yuqori samaradorlik ko’rsatadi. Bu holat tizimning inson omili bilan bog;liq sub’yektivlikni kamaytirishi va ko’p sonli parametrlarni (100 bosh hayvon misolida) bir vaqtning o‘zida o‘zaro solishtirma tahlil qila olish qobiliyati bilan izohlanadi. Veterinariya mutaxassisi tomonidan dasturiy ta’minotdan foydalangan holda tashxis qo‘yish (raqamli diagnostika) va faqat an’anaviy klinik tajribaga tayanib xulosa chiqarish usullarining qiyosiy tavsifi 2-jadvalda keltirilgan.

2-jadval. Kasalliklarni tashxislashda raqamli va an’anaviy usullarning qiyosiy tahlili Tahlil mezonlari Raqamli diagnostika An’anaviy usullar (klinik (vet-diagnostics.uz) yordamida diagnostika) yordamida tashxislash tashxislash Diagnostik aniqlik 92-95 % (ma’lumotlar bazasi 85–88% (mutaxassis tajribasiga tahlili asosida) bog‘liq) Natija olish tezligi 2–5 daqiqa (avtomatlashtirilgan 20–40 daqiqa (fizikal ko‘rik va tahlil) qo‘lda hisoblash) Sub’yektiv xatolik Minimal (<5%) Yuqori (12–15%) darajasi Vaziyatga Algoritm doirasida cheklangan Yuqori (individual yondashuv) moslashuvchanlik Subklinik holatlarni Yuqori darajada (biokimyoviy Pastroq darajada (simptomlar aniqlash markerlar tahlili) yo‘qligi sababli)

Raqamli tizimning afzalligi shundaki, u mutaxassisga har bir klinik va laborator ko‘rsatkichni me’yoriy (referens) qiymatlar bilan soniyalarda solishtirish imkonini beradi. Biroq,

murakkab va o‘ziga xos klinik holatlarda veterinariya vrachining professional intuitiv yondashuvi va ijodiy tahlili haligacha muhim ahamiyatga ega. Shu sababli vet-diagnostics.uz dasturi vrach o‘rnini bosuvchi emas, balki uning qaror qabul qilish jarayonini optimallashtiruvchi intellektual yordamchi sifatida namoyon bo‘ladi. XULOSA 100 bosh qoramol ustida o‘tkazilgan tadqiqotlar yakuniga ko‘ra quyidagi xulosalarga kelindi: 1. vet-diagnostics.uz raqamli platformasi klinik va laborator ma’lumotlarni yagona algoritm asosida qayta ishlash orqali ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini tashxislashda yuqori aniqlik (95% gacha) va operativlikni ta’minlaydi. 2. Dasturiy ta’minotning qo‘llanilishi veterinariya vrachiga sub’ektiv xatoliklarni minimal darajaga tushirish va yashirin kechayotgan subklinik patologiyalarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi 3. Zamonaviy chorvachilik xo‘jaliklarida diagnostika sifatini oshirishning eng maqbul yechimi— veterinariya mutaxassisining fundamental bilimlari bilan raqamli tahlil imkoniyatlarini integratsiyalash (uyg‘unlashtirish) hisoblanadi. Bu yondashuv nafaqat tashxis tezligini oshiradi, balki davolash tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini ham ta’minlaydi

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Fayzieva S., Norboev K., Ruzikulov N., Rakhmonov U., Tursunaliev B. (2024) Clinical and biochemical status of calves with dyspepsia when using the probiotic MAXLAC/DW”(Uzbekistan) BIO Web of Conferences 118, 01012
  2. Muhamediyeva, D.T., Safarova, L.U., Mavlyanov, M.T. Environmental protection in the farming system. E3S Web of Conferences ., 2024, 480, 02018
  3. Norboyev K., Fayziyeva S. (2024) Improving the treatment of calf dyspepsia The American Journal of Veterinary Sciences and Wildlife Discovery 6 (3), 6-12
  4. Norboyev Q.N., Bakirov B., Ro’ziqulov N.B. (2024) Ichki yuqumsiz kasalliklar, darslik Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nashr matbaa markazi, 77-83.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013489
Nashr sanasi
2026-04-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
3
DOI
10.66073/researchfocus.v5i3.2362
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
152–156
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-27 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06