Asosiy mazmunga o‘tish

Konferensiya maqolasi

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

1 582 natija

Konferensiya maqolasi

1 582 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Ural qizilmiyasida poyalarning shakllanishiga mineral o‘g‘itlar va biostimulyatorlar qo‘llash me‘yorlarining ta‘siri

    Saparova Apuza Karimbaevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Maqolada ural qizilmiyasi (Glycyrrhiza uralensis Fisch) Ural qizilmiyasida poyalarning shakllanishiga mineral o‘g‘itlar me‘yorlari va biostimulyatorlar qo‘llashning ta‘sir etganligi, ural qizilmiyasi o‘simligi urug‘larini ekish oldidan po‘stlog‘i buzilib (skarifikatsiya qilinib), 36 soat mobaynida iliq suvda ivitish hamda biostimulyatorlar bilan ishlov berilgan urug‘laridan foydalanganda mineral o‘g‘itlarning N100 P140 K80 kg/ga me‘yori qo‘llanilgan fonda ural qizilmiyasida hosil bo‘lgan poyalar soni o‘simlik hayotining birinchi yilida 83,1-95,2 ming dona/ga ni, hayotining ikkinchi yilida 218,0-254,1 ming dona/ga ni, hayotining uchinchi yilida 337,1-383,2 ming dona/ga ni tashkil etganligi aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Raqamli texnologiyalar va sun‘iy intellekt tizimlarida qo‘llaniladigan zamonaviy algebraik tuzilmalar va algoritmlar

    Saparova Aysanem Ajiniyazovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Maqolada raqamli texnologiyalar va sun‘iy intellekt (SI) tizimlarining matematik asosini tashkil etuvchi zamonaviy algebraik tuzilmalar hamda ular bilan bog‘liq algoritmlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda gruppalar, halqalar, chekli maydonlar, vektor fazolari, matritsalar va Boolean algebra kabi tuzilmalarning hisoblash jarayonlaridagi o‘rni tizimli ravishda ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, chekli maydonlar asosidagi amallar kriptografiya va xatolarni tuzatuvchi kodlarda, matritsa va vektor fazolari esa mashinaviy o‘rganish modellarida ma‘lumotlarni ifodalash hamda transformatsiya qilishda muhim ekanligi asoslandi. Algebraik algoritmlarning afzalligi ularning aniq formal qoidalarga tayangan holda katta hajmdagi ma‘lumotlar bilan takrorlanuvchi va avtomatlashtiriladigan hisoblashlarni amalga oshirish imkonini berishidadir. Ishda algebraik tuzilma–algoritm–amaliy vazifa bog‘lanishini ko‘rsatuvchi tizimli model taklif etilib, raqamli texnologiyalar va SI tizimlarini ishlab chiqishda matematik abstraksiyalardan foydalanish yo‘nalishlari umumlashtirildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Matematik modellashtirish yordamida murakkab jarayonlardagi tarqalish tenglamalarining taqribiy yechimlarini topish usullari

    Saparova Aysanem Ajiniyazovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Maqolada issiqlik o‘tkazuvchanlik, diffuziya, filtratsiya va biologik populyatsiyalarning tarqalishi kabi murakkab jarayonlarni ifodalovchi parabolik tipdagi tarqalish tenglamalarining taqribiy yechimlarini topish usullari o‘rganilgan. Chiziqli va nochiziqli tarqalish tenglamalari uchun oshkor, oshkormas va vaznli (Krank–Nikolson) chekli ayirmali sxemalar qurilgan, ularning turg‘unlik shartlari va yaqinlashish tartiblari tahlil qilingan. Hosil bo‘lgan uch diagonalli tenglamalar sistemasini yechish uchun haydash (progonka) usuli, nochiziqli hol uchun esa Pikar iteratsiyasi qo‘llanilgan. Aniq yechimi ma‘lum bo‘lgan test masalasida o‘tkazilgan hisoblash tajribalari natijasida sxemalarning aniqligi va turg‘unligi solishtirilib, amaliy tavsiyalar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    IoT va telekommunikatsiya integratsiyasi. IoT qurilmalari uchun AI asosidagi aqlli tarmoq boshqaruv tizimi

    U.A. Saparova, N.S.Shamuratova, M.N.Jalgashova · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu maqolada IoT va telekommunikatsiya tarmoqlari integratsiyasi sharoitida AI asosidagi aqlli tarmoq boshqaruv tizimini ishlab chiqish masalasi yoritilgan. Ishda IoT arxitekturasi, 5G/MEC imkoniyatlari, MQTT va CoAP kabi protokollar, telemetriya yig‘ish, anomaliya aniqlash, trafik prognozi, resurslarni optimallashtirish hamda kiberxavfsizlik talablari tahlil qilinadi. Taklif etilgan model IoT qurilmalaridan kelayotgan ma‘lumotlarni real vaqtga yaqin yig‘ish, AI modeli orqali tahlil qilish va tarmoq siyosatini avtomatik yoki yarim avtomatik tarzda tanlashga asoslanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Chegaraviy masalalarni yechishda zamonaviy sonli usullarning qo‘llanilishi va ularning samaradorligi tahlili

    Saparova Aysanem Ajiniyazovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Maqolada ikkinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar uchun ikki nuqtali chegaraviy masalalarni yechishning zamonaviy sonli usullari – chekli ayirmalar usuli, chekli elementlar usuli (Galyorkin yondashuvi), otish (shooting) usuli va Chebishev nuqtalaridagi spektral kollokatsiya usuli ko‘rib chiqilgan. Aniq yechimi ma‘lum bo‘lgan test masalasida usullarning aniqligi, yaqinlashish tartibi va hisoblash hajmi bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkazilgan. Hisoblash tajribalari silliq yechimlar uchun spektral usulning eksponensial aniqligini, otish usulining esa katta parametrli masalalarda turg‘unligini yo‘qotishini ko‘rsatdi. Natijalar asosida usul tanlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qaraqalpaqstan sharayatında semiz ot Portulaca oleracea L. ósimliginiń bioekologiyalıq ózgeshelikleri

    Saparniyazova G.I., Saitova A.K. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Semiz ot Portulaca oleracea L. ósimliginiń botanikalıq, biologiyalıq, morfologiyalıq, ekologiyalıq, jasaw arealı shárayatları, jetistiriw texnologiyası hám agrotexnikası, Qaraqalpaqstannıń tábiiy sharayatına ulıwma táriyp, Qaraqalpaqstan Respublikasınıń klimat ózgeshelikleri, Semiz ot Portulaca oleracea L. ósimliginiń shiyki óniminiń shıpalıq qásiyeti haqqında maǵlıwmatlar berilgen hám onı aymaqlıq (shorlanǵan, qurǵaq hám ıssı) sharayatta jetistiriw hám onıń azıq-awqat hámde farmacevtika sanaatındaǵı áhmiyeti, sonday-aq, Qaraqalpaqstan sharayatında jetistiriw texnologiyası haqqında maǵlıwmatlar keltirilgen.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Mektepke shekemgi tálim mákemeleri tárbiyashíníń deontologiyalíq kompetenciyasín rawajlandíríwdíń teoriyalíq tiykarlarí

    Saparbaeva Gulrux Ashirbaevna, Sarieva Oǵılbaxıt Abdikarimovna, Sarieva Shemshad Abdikarimovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarbiyachilarida deontologiya haqida tushuncha hosil qilish va tarbiyachilarning mehnat faolligini rivojlantirishning nazariy asoslari, bolaning nutqiy qobiliyatini, kognitiv qiziqishlarini rivojlantirishda mutafakkirlarning pedagogik-psixologik qarashlari, pedagogik muammo sifatida ekanligi o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, ilmiy metodik ta‘minot ishlab chiqib va amaliyotga tatbiq etish o‘rganiladi va tarbiyachilarning kognitiv qiziqishlarini rivojlantirish metodlarini takomillashtirish ishning predmetini tashkil qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Адресное информирование как административно-правовое средство обеспечения доступности государственных услуг

    Saliyeva Shaxsanem Usnatdinovna · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026

    Mazkur tezisda manzilli xabardor qilishni raqamlashtirish sharoitida davlat xizmatlaridan amalda foydalanish imkoniyatini ta‘minlashning ma‘muriy-huquqiy vositasi sifatida tushunilishi asoslab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini tahlil qilish va ikkita mualliflik so‘rovi natijalari asosida (500 nafar foydalanuvchi va 808 nafar davlat xizmatlari markazlarining xodimi) davlat xizmatlari sifatini yuqori baholash va xizmat oluvchilarning qonunda nazarda tutilgan imtiyozlar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish shakllari to‘g‘risida past xabardorligi o‘rtasidagi tafovut aniqlandi. Manzilli xabardor qilish tushunchasi, mazmuni va huquqiy chegaralari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi uchun norma taklif etildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Erte jastaǵı balalarda ishek mikrobiomasınıń qáliplesiwinde kókirek súti menen awqatlandırıwdıń roli: zamanagóy maǵlıwmatlardıń keńeytilgen sholıwı

    Saitnazarova Gulmira Rapatdinovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Sońǵı jıllarda salamat náreste ıshek mikrobiomın jaratıwda kókirek súti menen azıqlantırıwdıń tiykarǵı roli tán alınbaqta. Kókirek súti quramında hár qıylı komponentler, beloklar, maylar, uglevodlar hám immunoglobulinlerdi óz ishine alǵan. Kókirek sútiniń áhmiyetli quram bólegi HMOlar, máselen GOS bolıp, olar jińishke ishekte shala sińiriledi hám tiykarınan juwan ishekke jetip baradı. Ishek mikrobiomi tiykarınan erte jasta qáliplesedi hám organizm gomeostazın saqlawda áhmiyetli rol oynaydı. Ishektiń dáslepki kolonizaciyası balanıń immun sisteması rawajlanıwı, metabolik procesler hám neyropsixik rawajlanıwına tásir kórsetedi. Kókirek súti menen awqatlandırıw ishek mikrobiomasınıń qáliplesiwine tásir etiwshi eń áhmiyetli faktorlardan biri esaplanadı, sebebi ana súti tek azıqlıq zatlardı emes, al paydalı mikrofloranıń qáliplesiwine járdem beriwshi biologiyalıq aktiv komponentlerdi de óz ishine aladı.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qaraqalpaq hám ingliz naqıl-maqallarında “hayal” obrazınıń semantikalıq ózgeshelikleri

    Gozzal Sailaubaeva Azatovna, Rivanna Xabipova Abdullaevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Bul teziste qaraqalpaq hám ingliz naqıl-maqallarında hayal obrazınıń semantikalıq ózgeshelikleri salıstırmalı aspektte izertlenedi. Naqıl-maqallar xalıqtıń tariyxıy tájiriybesin, social qatnasların, morallıq qádiriyatların hám genderlik qarasların sáwlelendiriwshi folklorlıq birlikler sıpatında qaraladı. Izertlewdiń maqseti – eki tilde hayal obrazına tiyisli semantikalıq komponentlerdi anıqlaw hám olardıń uqsas hám ózgesheliklerin ashıw. Analiz ushın Qaraqalpaq naqıl-maqallarınıń 2015-jılǵı jıynaǵı hám English gender-komponentli naqıllardı arnawlı izertlegen ilimiy miynetler tiykar etip alındı. Materiallar ómir joldaslıq, analıq, kelinlik, tuwısqanlıq, turmıslıq, moral-minez, sulıwlıq hám aqıl-parasat sıyaqlı semantikalıq toparlarǵa ajıratıldı. Nátiyjeler hayal obrazınıń eki tilde de tek biologiyalıq jınıstı emes, al belgili bir social rol, status hám qádiriyatlar jıynaǵın bildiretuǵının kórsetti. Qaraqalpaq materialında hayaldıń turmıslıq hám tuwısqanlıq sisteması menen baylanısı kúshli bolsa, ingliz materialında hayaldıń ómir joldaslıq, analıq, jeke minez-qulıq hám genderlik oppoziciya arqalı súwretleniwi keńirek kórinedi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Gender va mas‘uliyat muammosiga psixologik yondashuv

    Sagindikova N.J. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu maqolada gender tushunchasi mohiyati va uning psixologiya sohasida tadqiqotlardagi talqini, turli jabhalardagi tahlili o‘rganilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    K. Allambergenovtıń «Dárya tartılǵan jıllar» romanında dárya xronotopı hám onıń kórkem interpretaciyası

    Sagidullaeva Jamila Nurıllaevna, Pirnazarova Ulzipa Tolıbay qızı · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu tezisda K. Allambergenovning «Daryo tortilgan yillar» romanidagi daryo xronotopi ochiq makon sifatida badiiy tahlil qilinadi. Asarda daryo suvining tortilishi (qurishi) nafaqat ekologik inqiroz, balki jamiyatdagi ma‘naviy inqirozning metaforik talqini sifatida ilmiy asoslanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    I.Yusupov shıǵarmalarındaǵı somatikalıq frazeologizmler

    Sadıkova Raya Samenbaevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Maqala I.Yusupov shıǵarmalarındaǵı somatikalıq frazeologizmlerdiń strukturalıq-semantikalıq hám ekspressivlik ózgesheliklerin izertlewge baǵıshlanǵan. Avtordıń poeziyasın tallaw tiykarında onıń idiostiliniń ózgesheliklerin belgileytuǵın somatikalıq frazeologizmlerdiń tiykarǵı semantikalıq toparları anıqlanadı. Shayırdıń qaraqalpaq xalqınıń milliy-mádeniy ózgesheliklerin súwretlewde, emocionallıq jaǵdaylardı beriwde, kórkem obrazlar jaratıwda somatizmlerden sheber paydalanǵanlıǵı atap ótiledi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Amudaryo bo‘limida mahr va qalin puli miqdori: arxiv hujjatlari asosida

    Sadikov Abdumumin Isaxovich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Amudaryo bo‘limida mahr va qalin puli miqdori arxiv hujjatlari asosida tahlil qilingan. Qozilik hujjatlarida qayd etilgan ma‘lumotlar asosida mahr va qalin pulining miqdori, shakllari hamda ularning nikoh munosabatlaridagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ayrim to‘lovlarning o‘sha davr va hozirgi qiymatlari qiyosiy tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Taxiatosh tarixini o‘rganishda muzey va arxeologik manbalarning o‘rni

    Saburova Farangiz Erkebay qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Mazkur maqolada Taxiatosh hududining tarixini o‘rganishda muzey va arxeologik manbalarning ahamiyati tahlil qilinadi. Hududda aniqlangan qadimiy shahar qoldiqlari, arxeologik topilmalar hamda Taxiatosh tuman muzeyida saqlanayotgan tarixiy va etnografik eksponatlarning ilmiy-ma‘rifiy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, Taxiatosh muzeyining tashkil topishi, uning bo‘limlari va fondidagi eksponatlar orqali hudud tarixini o‘rganish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida muzey va arxeologik manbalar Taxiatosh tarixini tizimli o‘rganish hamda tarixiy xotirani saqlashda muhim manba ekanligi asoslanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Guruch qobig‘ini qayta ishlash asosida kremniy saqlagan yuqori qiymatli materiallar olish

    Saburova R.R., Quvvatova G.E. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu ilmiy tadqiqot ishida guruch yetishtirish va qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan guruch qobig‘ini ikkilamchi xomashyo sifatida qayta ishlash imkoniyatlari tahlil qilindi. Guruch qobig‘i tarkibida kremniy dioksidining mavjudligi uni kremniy saqlagan funksional materiallar olish uchun istiqbolli manbaga aylantiradi. Adabiyotlar tahlili asosida guruch qobig‘ini dastlabki tayyorlash, kislota bilan ishlov berish, termik kuydirish va ishqoriy ekstraksiya orqali kremniy birikmalarini ajratib olish bosqichlari ko‘rib chiqildi. Olingan kremniy dioksidini mezog‘ovak materiallar, xususan, MCM-41 sintezida qo‘llash istiqbollari yoritildi [1].

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Comparative Analysis of Proverbs Representing Moral Values in English and Karakalpak

    Reymnazarova Ziyuar Kengesbayevna · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026

    Maqol muayyan millat va xalqning milliy an‘anaviy og‘zaki madaniyatining eng yaxshi saqlangan shakllaridan biri bo‘lib, nafaqat axloqiy tajriba, ijtimoiy xulq-atvor namunalari va bilimlarni, balki har bir xalqning tafakkur tarzini ham o‘zida jamlagan xazinadir. Maqolada an‘anaviy ingliz va qoraqalpoq maqollari lingvistik va madaniy nuqtayi nazardan qiyosiy o‘rganilib, asosiy e‘tibor axloqiy qadriyatlar va me‘yorlarning ifodalanishiga qaratiladi. Urg‘u halollik, donolik, ehtiyotkorlik, mas‘uliyat, yaxshi xulq, qanoat, rahm-shafqat, oilaviy munosabatlar va ijtimoiy xulq-atvor qadriyatlariga beriladi. Tadqiqot ingliz va qoraqalpoq an‘anaviy maqollarida qator umumiy axloqiy qadriyatlar va yo‘l-yo‘riqlar mavjudligini, biroq ikki tilda turli obraz-sxemalar, metaforalar va leksemalar qo‘llanishini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Научно-инновационная деятельность женщин-ученых Узбекистана в сфере физической культуры и их вклад в социально-экономическое развитие страны

    Reymbayeva Sevara Artikbay kizi · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026

    Mazkur maqolada O‘zbekiston olima ayollarining jismoniy madaniyat va sport sohasidagi ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati tahlil qilinadi. Ularning pedagogik, psixologik va metodologik izlanishlarining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlar sportini rivojlantirish va jismoniy tarbiya tizimini modernizatsiya qilishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiy fan sifatidagi jismoniy madaniyat bilan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi inson kapitali sifatini oshirish o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik asoslab beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Влияние цифровизации на трансформацию бухгалтерского учёта в Узбекистане

    Rashidova Luiza Shuxrad kizi · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026

    Ushbu maqolada “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasini amalga oshirish kontekstida O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimini o‘zgartirishga raqamlashtirishning ta‘siri ko‘rib chiqiladi. Buxgalteriya jarayonlarini raqamli o‘zgartirishning asosiy yo‘nalishlari: ERP tizimlari va dasturiy ta‘minotini joriy etish, birlamchi hujjatlar va hisobotlarni elektron formatga o‘tkazish, bulutli texnologiyalardan foydalanish, sun‘iy intellekt va blokcheyn texnologiyasidan foydalanish. Buxgalteriya hisobiga an‘anaviy va raqamli yondashuvlarning qiyosiy tahlili keltirilgan. Tadqiqotda mamlakat korxonalari raqamli transformatsiya jarayonida duch keladigan asosiy afzalliklar va to‘siqlar aniqlangan. Raqamli buxgalteriya tizimlaridan foydalanadigan korxonalarning o‘sish sur‘ati va elektron hujjat aylanishining tarqalishi ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston buxgalteriya hisobi tizimini raqamli o‘zgartirishni jadallashtirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Baklajon sabzavotining inson salomatligiga ta‘siri va shifobaxshlik xususiyati

    Rametullaeva A., Seilbekov R.B. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu maqolada baqlajon sabzavotining inson salomatligiga ta‘siri, uning kimyoviy tarkibi, oziqaviy qiymati hamda shifobaxshlik xususiyatlari yoritilgan. Baqlajon tarkibidagi vitaminlar, mineral moddalar, oziq tolalari va biologik faol birikmalarning inson organizmi uchun ahamiyati ilmiy jihatdan bayon etilgan. Shuningdek, baqlajonning yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash, antioksidant himoyani ta‘minlash hamda sog‘lom ovqatlanishdagi o‘rni haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Maqolada baqlajondan oziq-ovqat mahsuloti sifatida samarali foydalanish va uning foydali xususiyatlarini kundalik ovqatlanishda hisobga olish masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya