Taxiatosh tarixini o‘rganishda muzey va arxeologik manbalarning o‘rni
Saburova Farangiz Erkebay qiziQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1153–1155
Annotatsiya
Mazkur maqolada Taxiatosh hududining tarixini o‘rganishda muzey va arxeologik manbalarning ahamiyati tahlil qilinadi. Hududda aniqlangan qadimiy shahar qoldiqlari, arxeologik topilmalar hamda Taxiatosh tuman muzeyida saqlanayotgan tarixiy va etnografik eksponatlarning ilmiy-ma‘rifiy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, Taxiatosh muzeyining tashkil topishi, uning bo‘limlari va fondidagi eksponatlar orqali hudud tarixini o‘rganish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida muzey va arxeologik manbalar Taxiatosh tarixini tizimli o‘rganish hamda tarixiy xotirani saqlashda muhim manba ekanligi asoslanadi.
Boshqa tillarda
ruschaРоль музеев и археологических источников в изучении истории Тахиаташа
В данной статье анализируется значение музейных и археологических источников в изучении истории Тахиаташского региона. В ней освещается научно-просветительская значимость обнаруженных на этой территории остатков древнего города и археологических находок, а также историко-этнографических экспонатов, хранящихся в музее Тахиаташского района. Кроме того, показаны возможности изучения истории края посредством деятельности Тахиаташского музея, организации его отделов и фондовых экспонатов. В исследовании обосновано, что музейные и археологические источники имеют важное значение для системного изучения истории Тахиаташа и сохранения исторической памяти.
inglizchaThe role of museums and archaeological sources in studying the history of Takhiatash
This article analyzes the significance of museum and archaeological sources in studying the history of the Takhiatash region. It highlights the scientific and educational significance of the ancient city remains and archaeological finds discovered in the area, as well as the historical and ethnographic exhibits preserved in the Takhiatash district museum. Furthermore, it demonstrates the possibilities of studying the region‘s history through the establishment of the Takhiatash Museum, its departments, and the exhibits in its collection. The research substantiates that museum and archaeological sources are essential for the systematic study of the history of Takhiatash and the preservation of historical memory.
Kalit so‘zlar
- Taxiatosh
- tarix
- arxeologiya
- muzey
- tarixiy manba
- arxeologik topilmalar
- etnografiya
- tarixiy xotira
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1153–1155 O‘zbek
Saburova Farangiz Erkebay qizi. Taxiatosh tarixini o‘rganishda muzey va arxeologik manbalarning o‘rni // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1153–1155. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910235
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
TAXIATOSH TARIXINI O‘RGANISHDA MUZEY VA ARXEOLOGIK MANBALARNING O‘RNI
Saburova Farangiz Erkebay qizi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Tarix fakulteti 1-bosqich magistranti saburovafarangiz806@gmail.com Annotatsiya: Mazkur maqolada Taxiatosh hududining tarixini o‘rganishda muzey va arxeologik manbalarning ahamiyati tahlil qilinadi.
Hududda aniqlangan qadimiy shahar qoldiqlari, arxeologik topilmalar hamda Taxiatosh tuman muzeyida saqlanayotgan tarixiy va etnografik eksponatlarning ilmiy-ma’rifiy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, Taxiatosh muzeyining tashkil topishi, uning bo‘limlari va fondidagi eksponatlar orqali hudud tarixini o‘rganish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida muzey va arxeologik manbalar Taxiatosh tarixini tizimli o‘rganish hamda tarixiy xotirani
saqlashda muhim manba ekanligi asoslanadi. Kalit so‘zlar: Taxiatosh, tarix, arxeologiya, muzey, tarixiy manba, arxeologik topilmalar, etnografiya, tarixiy xotira.
THE ROLE OF MUSEUMS AND ARCHAEOLOGICAL SOURCES IN STUDYING THE HISTORY OF
TAKHIATASH Abstract: This article analyzes the significance of museum and archaeological sources in studying the history of the Takhiatash region. It highlights the scientific and educational significance of the ancient city remains and archaeological finds discovered in the area, as well as the historical and ethnographic exhibits preserved in the Takhiatash district museum. Furthermore, it demonstrates the possibilities of studying the region's history through the establishment of the Takhiatash Museum, its departments, and the exhibits in its collection. The research substantiates that museum and archaeological sources are essential for the systematic study of the history of Takhiatash and the preservation of historical memory. Keywords: Takhiatash, history, archaeology, museum, historical source, archaeological finds, ethnography, historical memory.
РОЛЬ МУЗЕЕВ И АРХЕОЛОГИЧЕСКИХ ИСТОЧНИКОВ В ИЗУЧЕНИИ ИСТОРИИ ТАХИАТАША Аннотация: В данной статье анализируется значение музейных и археологических источников в изучении истории Тахиаташского региона. В ней освещается научно-просветительская значимость обнаруженных на этой территории остатков древнего города и археологических находок, а также историко-этнографических экспонатов, хранящихся в музее Тахиаташского района. Кроме того, показаны возможности изучения истории края посредством деятельности Тахиаташского музея, организации его отделов и фондовых экспонатов. В исследовании обосновано, что музейные и археологические источники имеют важное значение для системного изучения истории Тахиаташа и сохранения исторической памяти. Ключевые слова: Тахиаташ, история, археология, музей, исторический источник, археологические находки, этнография, историческая память.
Kirish Bugungi kunda hududlar tarixini chuqur o‘rganish, mavjud tarixiy manbalarni ilmiy muomalaga kiritish va ularni yosh avlodga yetkazish tarix fanining muhim vazifalaridan biridir. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston hududlari tarixini o‘rganishda yozma manbalar bilan bir qatorda arxeologik materiallar, muzey eksponatlari, NUKUS · 2026
etnografik buyumlar va mahalliy tarixga oid ma’lumotlarning ahamiyati katta. Taxiatosh tarixi ham o‘zining qadimiy va zamonaviy bosqichlari bilan alohida tadqiqotga loyiqdir. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi Taxiatosh hududining sharqiy qismida, Ketmonchi bobo qabristoni yaqinida qadimiy shahar qoldiqlari aniqlangan. Arxeologik materiallar ushbu hududda I–IV, IX–XI va XII–XIV X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
asrlarga oid tarixiy qatlamlar mavjudligini ko‘rsatadi. Taxiatoshning zamonaviy shahar sifatida shakllanishi esa XX asr o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. 1953-yil 19- oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi qarori asosida Xo‘jayli tumanidagi shahar tipidagi posyolka Taxiatosh shahri sifatida qayta tashkil etilgan. Taxiatosh tarixini o‘rganishda muzeyning ham o‘ziga xos o‘rni mavjud. Taxiatosh muzeyi 2009-yil 6-sentabrda 4-sonli maktabda tashkil etilgan. 2020-yil fevral oyidan muzey tuman madaniyat bo‘limi tasarrufidagi tuman muzeyi sifatida faoliyat yurita boshlagan. Muzey fondida 1600 dan ortiq eksponat mavjud. Taxiatosh tarixiga oid ma’lumotlar Q. Kamalovning “El xizmatida”, V.I. Karvasarniyning “Qaraqalpaqstan energetikasi keshe ham bugin”, J. Nurillayevning « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
“Amu bo‘yining sham-shirag‘i”, “Taqiyatas 70 jilligi”, R. Xasanovning “Nurli baxtaydin jo‘l” kabi asarlarida uchraydi. Materiallar va uslublar Tadqiqotning asosiy manbalarini Taxiatosh tarixiga oid yozma ma’lumotlar, muzey materiallari, arxeologik topilmalar hamda etnografik eksponatlar tashkil etadi. Tadqiqot jarayonida tarixiylik, xolislik, qiyosiy tahlil, tavsiflash va tizimlashtirish usullaridan foydalanildi. Muzey materiallarini o‘rganishda uning arxeologiya, etnografiya va ta’lim-tarbiya yo‘nalishlariga oid eksponatlari mazmuniga e’tibor qaratildi. Arxeologik materiallar esa Taxiatosh hududining qadimgi tarixini aniqlash va hududda qadimdan aholi yashab kelganligini ko‘rsatish imkonini beradi. Natijalar Tadqiqot natijalari Taxiatosh tarixini o‘rganishda arxeologik manbalar muhim ilmiy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Hududning sharqiy qismida, Ketmonchi bobo qabristoni yaqinida aniqlangan qadimiy shahar qoldiqlari Taxiatosh hududining tarixi faqat XX asrda shakllangan shahar tarixi bilan cheklanmasligini ko‘rsatadi. Taxiatosh hududidagi arxeologik tadqiqotlarning muhim bosqichlaridan biri 2018-yil aprel oyida Keneges OFY hududida amalga oshirilgan. Arxeolog G‘ayratdin Xo‘janiyazov rahbarligida olib borilgan qazishmalar davomida Kushanlar davriga oid deb tavsiflangan arxeologik topilmalar aniqlangan. Mazkur topilmalarning Taxiatosh muzeyining arxeologiya bo‘limida saqlanishi ularni ilmiy va tarixiy-ma’rifiy manba sifatida o‘rganish imkonini beradi. Muzeyning tashkil etilishi Taxiatosh tarixini o‘rganish imkoniyatlarini yanada kengaytirgan. Muzeyda hudud tarixiga oid 1600 dan ortiq eksponat jamlangan. Uning etnografiya bo‘limida qora uy, milliy kiyimlar, XIX–XX asrlarga oid dehqonchilik, chorvachilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan bog‘liq buyumlar, mehnat qurollari va uy-ro‘zg‘or ashyolari saqlanadi. Muzeyning “Bilimlendiriw” bo‘limida 4-sonli maktab tarixiga oid ma’lumotlar, o‘qituvchilar faoliyatiga bag‘ishlangan materiallar va muzey NUKUS · 2026
asoschilaridan biri A. Nurjanov xotirasiga bag‘ishlangan burchak mavjud. Bu materiallar Taxiatosh tarixini ta’lim va insonlar faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganish imkonini beradi. Taxiatosh tarixini o‘rganishda muzey materiallarining yana bir jihati shundaki, ularda shahar taraqqiyotiga hissa qo‘shgan insonlar faoliyati ham aks ettirilgan. Jumladan, manbalarda Nargul Hamrayeva haqida ma’lumotlar X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
berilgan. U 1973–1974-yillarda Taxiatosh Gidroenergoqurilish tizimida, 1985– 2012-yillarda esa ko‘prik qurilishi bilan bog‘liq bo‘linmada kran va yuk ko‘taruvchi mashinalar haydovchisi sifatida faoliyat yuritgani qayd etilgan. Muzey va arxeologik manbalarni birgalikda o‘rganish Taxiatosh tarixining turli davrlarini o‘zaro bog‘lash imkonini beradi. Arxeologik topilmalar hududning qadimgi tarixini yoritishda muhim bo‘lsa, muzey eksponatlari XIX–XX asrlar va zamonaviy davrga oid ma’lumotlarni saqlab qoladi. Natijada hudud tarixini qadimgi davrdan zamonaviy shahar taraqqiyotigacha izchil o‘rganish imkoniyati yuzaga keladi. Xulosa va tavsiyalar « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Taxiatosh tarixini o‘rganishda muzey va arxeologik manbalar bir-birini to‘ldiruvchi muhim manbalar majmuini tashkil etadi. Arxeologik topilmalar hududning qadimgi tarixini aniqlash imkonini bersa, muzey eksponatlari Taxiatoshning keyingi tarixiy taraqqiyoti, aholining turmush tarzi, ta’limi, mehnat faoliyati va etnografik xususiyatlarini o‘rganishga yordam beradi. Keneges hududidagi arxeologik qazishmalar natijasida aniqlangan topilmalarning muzeyda saqlanishi ilmiy tadqiqot bilan tarixiy-ma’rifiy faoliyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Shu sababli Taxiatosh tarixiga oid arxeologik va muzey materiallarini tizimlashtirish, ularni ilmiy tadqiqotlarga kengroq jalb etish hamda yosh tadqiqotchilar uchun foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadga muvofiq. Muzey fondidagi materiallarni raqamlashtirish, ular asosida ilmiy kataloglar va elektron ma’lumotlar bazasini yaratish Taxiatosh tarixini o‘rganishning zamonaviy imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Kamalov Q. El xizmatida. – Nukus, 1995.
- Karvasarniy V.I. Qaraqalpaqstan energetikasi keshe ham bugin. – Nukus: Qaraqalpaqstan, 1988. – 180 b.
- Nurillayev J. Amu bo‘yining sham-shirag‘i. – Nukus: Qaraqalpaqstan, 2023. – 90 b.
- Nurillayev J. Taqiyatas 70 jilligi. – Nukus: Qaraqalpaqstan, 2023. – 278 b.
- Xasanov R. Nurli baxt-aydin jo‘l. – Nukus, 1981. – 120 b.
- G‘ulomov Y. Xorazmning sug‘orilish tarixi. – Toshkent, 1959. – 325 b.
- “Nurli jo‘l” gazetasi. 1965–2010-yillar.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014418
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910235
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1153–1155
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31