Asosiy mazmunga o‘tish

Ural qizilmiyasida poyalarning shakllanishiga mineral o‘g‘itlar va biostimulyatorlar qo‘llash me‘yorlarining ta‘siri

Saparova Apuza KarimbaevnaQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1215–1218

Annotatsiya

Maqolada ural qizilmiyasi (Glycyrrhiza uralensis Fisch) Ural qizilmiyasida poyalarning shakllanishiga mineral o‘g‘itlar me‘yorlari va biostimulyatorlar qo‘llashning ta‘sir etganligi, ural qizilmiyasi o‘simligi urug‘larini ekish oldidan po‘stlog‘i buzilib (skarifikatsiya qilinib), 36 soat mobaynida iliq suvda ivitish hamda biostimulyatorlar bilan ishlov berilgan urug‘laridan foydalanganda mineral o‘g‘itlarning N100 P140 K80 kg/ga me‘yori qo‘llanilgan fonda ural qizilmiyasida hosil bo‘lgan poyalar soni o‘simlik hayotining birinchi yilida 83,1-95,2 ming dona/ga ni, hayotining ikkinchi yilida 218,0-254,1 ming dona/ga ni, hayotining uchinchi yilida 337,1-383,2 ming dona/ga ni tashkil etganligi aniqlandi.

Boshqa tillarda

ruschaВлияние норм применения минеральных удобрений и биостимуляторов на формирование стеблей у солодки уральской

В статье установлено влияние норм минеральных удобрений и применения биостимуляторов на формирование стеблей у солодки уральской (Glycyrrhiza uralensis Fisch). Выявлено, что при использовании семян солодки уральской, прошедших перед посевом нарушение оболочки (скарификацию), замачивание в тёплой воде в течение 36 часов и обработку биостимуляторами, на фоне внесения минеральных удобрений в норме N100 P140 K80 кг/га количество образовавшихся стеблей составило в первый год жизни растения 83,1–95,2 тыс. шт./га, во второй год – 218,0–254,1 тыс. шт./га, в третий год – 337,1–383,2 тыс. шт./га.

inglizchaEffect of application rates of mineral fertilizers and biostimulants on stem formation in Ural licorice

In the article, the influence of mineral fertilizer rates and the use of biostimulants on the formation of stems in Ural licorice (Glycyrrhiza uralensis Fisch) was established; when using seeds of Ural licorice that had been scarified before sowing, soaked in warm water for 36 hours, and treated with biostimulants at a rate of N100 P140 K80 kg/ha, the number of stems formed in Ural licorice was 83.1–95.2 thousand units/ha in the first year of plant life, 218.0–254.1 thousand units/ha in the second year, and 337.1–383.2 thousand units/ha in the third year of life.

Kalit so‘zlar

  • Ural qizilmiyasi (Glycyrrhiza uralensis Fisch)
  • urug‘
  • skarifikatsiya
  • mineral o‘g‘itlar
  • stimulyator
  • Fitovak
  • Tandem
  • poyalar shakllanishi
  • azot
  • fosfor
  • kaliy
  • poya soni

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1215–1218 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Saparova Apuza Karimbaevna. Ural qizilmiyasida poyalarning shakllanishiga mineral o‘g‘itlar va biostimulyatorlar qo‘llash me’yorlarining ta’siri // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1215–1218. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910249

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

UDK: 633.88:(575.172):631.559:631.82:631.831.98 URAL QIZILMIYASIDA POYALARNING SHAKLLANISHIGA MINERAL O‘G‘ITLAR VA BIOSTIMULYATORLAR QO‘LLASH ME’YORLARINING TA’SIRI Saparova Apuza Karimbaevna Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Dorivor o‘simliklar agroekologiyasi va introduktsiyasi” kafedrasi assistenti e-mail: saparovaapuza@gmail.com Annotatsiya: Maqolada ural qizilmiyasi (Glycyrrhiza uralensis Fisch) Ural qizilmiyasida poyalarning shakllanishiga mineral o‘g‘itlar me’yorlari va biostimulyatorlar qo‘llashning ta’sir etganligi, ural qizilmiyasi o‘simligi urug‘larini ekish oldidan po‘stlog‘i buzilib (skarifikatsiya qilinib), 36 soat mobaynida iliq suvda ivitish hamda biostimulyatorlar bilan ishlov berilgan urug‘laridan foydalanganda mineral o‘g‘itlarning N100 P140 K80 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda ural qizilmiyasida hosil bo‘lgan poyalar soni o‘simlik hayotining birinchi yilida 83,1-95,2 ming dona/ga ni, hayotining ikkinchi yilida 218,0-254,1 ming dona/ga ni, hayotining uchinchi yilida 337,1-383,2 ming dona/ga ni tashkil etganligi aniqlandi.

Abstract: In the article, the influence of mineral fertilizer rates and the use of biostimulants on the formation of stems in Ural licorice (Glycyrrhiza uralensis Fisch) was established; when using seeds of Ural licorice that had been scarified before sowing, soaked in warm water for 36 hours, and treated with biostimulants at a rate of N100 P140 K80 kg/ha, the number of stems formed in Ural licorice was 83.1–95.2 thousand units/ha in the first year of plant life, 218.0–254.1 thousand units/ha in the second year, and 337.1–383.2 thousand units/ha in the third year of life.

Kalit so‘zlar: Ural qizilmiyasi (Glycyrrhiza uralensis Fisch), urug‘, skarifikatsiya, mineral o‘g‘itlar, stimulyator, Fitovak, Tandem, poyalar shakllanishi, azot, fosfor, kaliy, poya soni.

Keywords: Ural licorice (Glycyrrhiza uralensis Fisch), seeds, scarification, mineral fertilizers, stimulant, Fitovak, Tandem, stem formation, nitrogen, phosphorus, potassium, stem count.

Kirish. So‘nggi yillarda Respublikamizda dorivor o‘simliklar xomashyo bazasini mustahkamlash, ularni sanoat asosida yetishtirish va chuqur qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 maydagi PF-139-son Farmonida “2022–2026 yillarda 36000 gektar maydonda dorivor o‘simliklarning yangi plantatsiyalarini barpo etish hamda tumanlarni qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirish vazifalari belgilangan. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati an’anaviy ravishda qizilmiya yetishtirish bo‘yicha asosiy mintaqa sifatida e’tirof etilgan. Shu bilan birga, avvalgi yillarda belgilangan prognoz ko‘rsatkichlar, jumladan, Qoraqalpog‘istonda qizilmiya maydonlarini 25 ming gektarga va yalpi hosilni 150 ming tonnaga yetkazish vazifasi to‘liq bajarilmagan bo‘lib, buning asosiy sabablaridan biri mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirilgan ilmiy asoslangan yetishtirish texnologiyasining ishlab chiqilmaganligi bo‘lib, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Materiallar va uslublar. Tadqiqotlarni olib borishda “Методика NUKUS · 2026

Государственного сортоиспытания сельскохозяйственных культур” [1], “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” (O‘zPİTİ, 2007) [5] uslubiy qo‘llanmalari asosida olib borildi. Tadqiqotlarimizda ural qizilmiyasi (Glycyrrhiza uralensis Fisch) o‘simligi urug‘larini ekish oldidan po‘stlog‘ini buzish (skarifikatsiya) va 36 soat mobaynida X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

iliq suvda ivitish hamda biostimulyatorlar bilan ishlov berilib ekilganda o‘simlikning o‘sib rivojlanish davrida poyalarning shakllanishiga mineral o‘g‘itlar me’yorlari va biostimulyatorlar qo‘llashning ta’siri o‘rganildi. Natijalar. Ural qizilmiyasida poyalarning shakllanishiga mineral o‘g‘itlar me’yorlari va biostimulyatorlar qo‘llashning ta’sir etganligi aniqlandi. Mineral o‘g‘itlarning N50 P70 K60 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda ural qizilmiyasida hosil bo‘lgan poyalar soni o‘simlik hayotining birinchi yilida 81,1- 92,5 ming/dona/ga ni, hayotining ikkinchi yilida 213,8-239,9 ming dona/ga ni, hayotining uchinchi yilida 333,3-368,6 ming dona/ga ni tashkil etganligi aniqlandi. Mazkur mineral o‘g‘itlar me’yorlari fonida o‘simlikda poyalarning shakllanishi « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar ural qizilmiyasi urug‘larini ekish oldidan Tandem stimulyatori bilan 400 ml/t me’yorda ishlov berilganda kuzatilib, o‘simlik hayotining birinchi yilida 92,5 ming dona/ga ni, hayotining ikkinchi yilida 239,9 ming dona/ga ni, hayotining uchinchi yilida 368,6 ming dona/ga ni tashkil etganligi aniqlandi. Mineral o‘g‘itlarning N50 P70 K60 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda ural qizilmiyasi urug‘larini ekish oldidan biostimulyatorlar bilan ishlov berilmagan nazorat variantida o‘simlikda shakllangan poyalar soni hayotining birinchi yilida 81,1 ming dona/ga ni, hayotining ikkinchi yilida 213,8 ming dona/ga ni, hayotining uchinchi yilida 333,3 ming dona/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, ural qizilmiyasi urug‘larini ekish oldidan Fitovak stimulyatori bilan 200 ml/t me’yorda ishlov berilganda esa o‘simlikda shakllangan poyalar soni hayotining birinchi yilida 90,9 ming dona/ga ni, hayotining ikkinchi yilida 237,6 ming dona/ga ni, hayotining uchinchi yilida 366,5 ming dona/ga bo‘lganligi aniqlandi.

Mineral o‘g‘itlarning N100 P140 K80 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda ural qizilmiyasida hosil bo‘lgan poyalar soni o‘simlik hayotining birinchi yilida 83,1- 95,2 ming dona/ga ni, hayotining ikkinchi yilida 218,0-254,1 ming dona/ga ni, hayotining uchinchi yilida 337,1-383,2 ming dona/ga ni tashkil etganligi aniqlandi. Mazkur mineral o‘g‘itlar me’yorlari fonida o‘simlikda poyalarning shakllanishi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar ural qizilmiyasi urug‘larini ekish oldidan Tandem stimulyatori bilan 400 ml/t me’yorda ishlov berilganda kuzatilib, o‘simlik hayotining birinchi yilida 95,2 ming/dona/ga ni, hayotining ikkinchi yilida 254,1 ming dona/ga ni, hayotining uchinchi yilida 383,2 ming dona/ga ni tashkil etganligi aniqlandi. Mineral o‘g‘itlarning N100 P140 K80 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda ural qizilmiyasi urug‘larini ekish oldidan biostimulyatorlar bilan ishlov berilmagan nazorat variantida o‘simlikda shakllangan poyalar soni hayotining birinchi yilida 83,1 ming dona/ga ni, hayotining ikkinchi yilida 218,0 ming dona/ga ni, hayotining uchinchi yilida 337,1 ming dona/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, ural qizilmiyasi urug‘larini ekish oldidan Fitovak stimulyatori bilan 200 ml/t me’yorda ishlov berilganda esa o‘simlikda shakllangan poyalar soni hayotining birinchi yilida 94,1 ming dona/ga ni, hayotining ikkinchi yilida 251,5 ming NUKUS · 2026

dona/ga ni, hayotining uchinchi yilida 380,8 ming dona/ga bo‘lganligi aniqlandi. 1-jadval. Ural qizilmiyasida poyalar miqdoriga mineral o‘g‘itlar me’yorlari va biostimulyatorlar qo‘llashning ta’siri, ming dona/ga (2022-2024 yillar) Biostimulyatorlarni qo‘llash me’yorlari X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Mineral Biostimul Ekish o‘g‘itlar № yatorlar oldida Shoxlanis Gullash 2022 yil 2023 yil 2024 yil me’yorla nomlari n h davrida, davrida, ri, kg/ga urug‘g ml/ga ml/ga a, ml/t 1 Nazorat Suv bilan ishlov berilgan 81,1 213,8 333,3 2 Fitovak 200 300 500 90,9 237,6 366,5 3 N50 P70 Tandem 400 - - 88,9 235,6 364,2 4 K60 Tandem 400 300 - 90,1 237,1 366,3 5 Tandem 400 - 500 91,9 238,2 367,7 6 Tandem 400 300 500 92,5 239,9 368,6 « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

7 Nazorat Suv bilan ishlov berilgan 83,1 218,0 337,1 8 Fitovak 200 300 500 94,1 251,5 380,8 9 N100 P140 Tandem 400 - - 92,2 249,3 378,2 10 K80 Tandem 400 300 - 93,3 250,1 380,3 11 Tandem 400 - 500 94,5 252,3 381,7 12 Tandem 400 300 500 95,2 254,1 383,2 13 Nazorat Suv bilan ishlov berilgan 85,3 219,8 348,5 14 Fitovak 200 300 500 96,4 254,4 392,6 15 N150 P200 Tandem 400 - - 94,4 253,5 391,9 16 K120 Tandem 400 300 - 95,5 254,2 392,5 17 Tandem 400 - 500 97,0 255,0 393,4 18 Tandem 400 300 500 98,9 256,3 395,8 Mineral o‘g‘itlarning N150 P200 K120 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda ural qizilmiyasida hosil bo‘lgan poyalar soni o‘simlik hayotining birinchi yilida 85,3- 98,9 ming dona/ga ni, ikkinchi yilida 219,8-256,3 ming dona/ga ni, uchinchi yilida 348,5-395,8 ming dona/ga ni tashkil etganligi aniqlandi. Mazkur mineral o‘g‘itlar me’yorlari fonida o‘simlikda poyalarning shakllanishi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar ural qizilmiyasi urug‘larini ekish oldidan Tandem stimulyatori bilan 400 ml/t me’yorda ishlov berilganda kuzatilib, o‘simlik hayotining birinchi yilida 98,9 ming dona/ga ni, ikkinchi yilida 256,3 ming dona/ga ni, uchinchi yilida 395,8 ming dona/ga ni tashkil etganligi aniqlandi. Mineral o‘g‘itlarning N 150 P200 K120 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda ural qizilmiyasi urug‘larini ekish oldidan biostimulyatorlar bilan ishlov berilmagan nazorat variantida o‘simlikda shakllangan poyalar soni hayotining birinchi yilida 85,3 ming dona/ga ni, ikkinchi yilida 219,8 ming dona/ga ni, uchinchi yilida 348,5 ming dona/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, ural qizilmiyasi urug‘larini ekish oldidan Fitovak stimulyatori bilan 200 ml/t me’yorda ishlov berilganda esa o‘simlikda shakllangan poyalar soni hayotining birinchi yilida 96,4 ming dona/ga ni, ikkinchi yilida 254,4 ming dona/ga ni, uchinchi yilida 392,6 ming dona/ga bo‘lganligi aniqlandi. Xulosa va tavsiyalar. Olingan natijalardan shunday xulosa qilish mumkinki, o‘simlik hayotining uchinchi yiliga kelib gektardagi poyalar soni 333,3 NUKUS · 2026

dan 395,3 ming donagacha ortdi, bir tup hisobida esa bu ko‘rsatkich barcha variantlarda 7,1–7,3 dona atrofida qoldi. Bu shuni anglatadiki, poyalar sonining ortishi o‘simlikning shoxlanish qobiliyati emas, balki ko‘chatlarning saqlanib qolishi hisobiga yuz beradi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Dala tajribalarini o’tqazish uslublari. Tashkent. 2007-y. 147 b.
  2. Kerbabaev B.B., Meщerikov A.A., Gladыshev A.İ. “Некоторые вопросы ускоренного восстановления солодки”. (Вопросы изучение и изпользования солодки в СССР. М.-Л. “Наука”, 1966, С 75-81.
  3. Ko‘ziev A.J Tabiiy namlik sharoitida shirinmiyazor tashkil etish. O‘zbekiston o‘simliklar olamidagi bioxilmaxillik: muammo va yutuqlar. Respublika ilimiy amaliy konferenciya ilimiy maqalola to‘plami, Tashkent-2018 y 101-104-B.
  4. . Ko’ziev A.J. (Glycyrrhiza glabraL) Silliq shirinmiyani ko’chatdan o’stirish // Botanika fanining ustivor masalalari. İlm. konf. ma`ruza, Tashkent:1995-y 130-B.
  5. Методика Государственного сортоиспитания сельскохозяйственных культур. М.: « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I » Колос. 1989. – 194 с.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014432
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910249
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1215–1218
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31