Asosiy mazmunga o‘tish

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Amudaryo bo‘limida mahr va qalin puli miqdori: arxiv hujjatlari asosida

Sadikov Abdumumin IsaxovichQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1156–1159

Annotatsiya

Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Amudaryo bo‘limida mahr va qalin puli miqdori arxiv hujjatlari asosida tahlil qilingan. Qozilik hujjatlarida qayd etilgan ma‘lumotlar asosida mahr va qalin pulining miqdori, shakllari hamda ularning nikoh munosabatlaridagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ayrim to‘lovlarning o‘sha davr va hozirgi qiymatlari qiyosiy tahlil qilingan.

Boshqa tillarda

ruschaРазмер махра и калыма в Амударьинском отделе в конце XIX – начале XX века: по материалам архивных документов

В статье на основе архивных документов анализируется размер махра и калыма в Амударьинском отделе в конце XIX – начале XX века. По данным, зафиксированным в казийских документах, освещаются размер и формы махра и калыма, а также их место в брачных отношениях. Кроме того, проведён сравнительный анализ стоимости отдельных выплат в тот период и в настоящее время.

inglizchaAmounts of mahr and bride price in the Amu Darya Division in the late 19th and early 20th centuries: based on archival documents

The article analyzes the amounts of mahr and bride price in the Amu Darya Division in the late 19th and early 20th centuries on the basis of archival documents. Drawing on data recorded in qadi court documents, it examines the amounts and forms of mahr and bride price and their place in marital relations. A comparative analysis of the value of certain payments in that period and at the present time is also provided.

Kalit so‘zlar

  • Amudaryo bo‘limi
  • mahr
  • qalin puli
  • nikoh
  • qozilik hujjatlari
  • arxiv manbalari
  • ayollar
  • mulkiy munosabatlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1156–1159 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Sadikov Abdumumin Isaxovich. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Amudaryo bo‘limida mahr va qalin puli miqdori: arxiv hujjatlari asosida // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026- yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1156–1159. – DOI: https://doi.org/ 10.66073/ReFocus-Conf/0910236

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA AMUDARYO BO‘LIMIDA MAHR VA QALIN PULI MIQDORI: ARXIV HUJJATLARI ASOSIDA Sadikov Abdumumin Isaxovich Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Tarix fakulteti 3-bosqich doktoranti e-manzil: sadikovabdumumin91@gmail.ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Amudaryo bo‘limida mahr va qalin puli miqdori arxiv hujjatlari asosida tahlil qilingan. Qozilik hujjatlarida qayd etilgan ma’lumotlar asosida mahr va qalin pulining miqdori, shakllari hamda ularning nikoh munosabatlaridagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ayrim to‘lovlarning o‘sha davr va hozirgi qiymatlari qiyosiy tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Amudaryo bo‘limi, mahr, qalin puli, nikoh, qozilik hujjatlari, arxiv manbalari, ayollar, mulkiy munosabatlar. Kirish (adabiyotlar sharhi). XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Amudaryo bo‘limida nikoh bilan bog‘liq mulkiy munosabatlar tarixini o‘rganishda qozilik hujjatlari muhim manba hisoblanadi. Mazkur hujjatlarda mahr va qalin pulining aniq miqdori, to‘lov shakllari hamda nikoh tomonlarining kelishuvlariga oid ma’lumotlar uchraydi. Mavjud tadqiqotlarda ushbu masala ayrim jihatlardan yoritilgan bo‘lsa-da, Amudaryo bo‘limidagi mahr va qalin puli miqdorini bevosita arxiv hujjatlari asosida qiyosiy tahlil qilish masalasi yetarlicha o‘rganilmagan. Materiallar va uslublar. Tadqiqotning asosiy manbalarini O‘zbekiston Milliy arxivi fondlarida saqlanayotgan qozilik hujjatlari tashkil etadi. Jumladan, I-125 va I-1019-fondlarga oid nikoh hujjatlaridan foydalanilgan. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, manbashunoslik, statistik va miqdoriy tahlil usullaridan foydalanildi. Asosiy qism. Amudaryo bo‘limi hududida nikoh munosabatlarida ayolga belgilangan mahr miqdoriga oid ma’lumotlar bir qancha arxiv hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1887-yilgi hujjatda Muhammad Uraz o‘z qarindoshini Amudaryo bo‘limi hududida yashovchi Yormuhammad ismli kuyovga nikohlash paytida 200 tilla miqdorida mahrga kelishilgani qayd etilgan[1. B. 5]. Hujjatda kuyov Yormuhammad mazkur mablag‘ning muayyan qismini bergani, qolgan qismini esa keyinchalik to‘lashi aks etgan. Mazkur hujjatda qayd etilgan 200 tilla miqdoridagi qalin puli o‘sha davrdagi Xiva pul tizimida bir tilla o‘rtacha 4,53 gramm og‘irlikka ega bo‘lganini hisobga olganda[2. B. 94], taxminan 906 gramm oltin qiymatiga teng bo‘lgan. Mazkur miqdor bugungi oltin narxida taxminan 1,6 milliard so‘mlik qiymatni tashkil etadi.

Amudaryo bo‘limi qozilik hujjatlarida keltirilgan nikohga oid ma’lumotlarni o‘zaro qiyosiy tahlil qilish mahr miqdorini ham taxminan aniqlash imkonini beradi. Jumladan, 1903-yilgi hujjatda Nukus volosti fuqarosi Qilichniyoz degan kishi Bekmat qizi Safargulni 70 tilla mahr evaziga nikohiga olgani keltirilgan[3. B. 5]. Shuningdek, mazkur yilda Nukus volosti fuqarosi Qudaybergan degan yigit Avaz NUKUS · 2026

qiziga 100 tilla mahr evaziga uylangani qayd etilgan[4. B. 8]. Ushbu ma’lumotlarni boshqa qozilik hujjatlaridagi nikohga oid ma’lumotlar bilan qiyoslaganda, XIX asr oxirlarida Amudaryo bo‘limi hududida mahr miqdori 90–100 tilla atrofida bo‘lgan, deb taxmin qilish mumkin. Mazkur davrda Xiva xonligida qo‘llanilgan tilla tangalarining bir donasi yuqoridagi hisobga ko‘ra, o‘rtacha 4,53 gramm og‘irlikka X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

ega bo‘lganini hisobga olganda, 90 tilla 407,7 gramm, 100 tilla esa 453 gramm oltinga teng keladi. Agar biz buni bugungi kundagi qiymat bilan solishtiradigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2026-yil 28-sentabrdagi oltin quymalari narxi asosida hisoblanganda, mazkur miqdor 732–813 million so‘mni tashkil etadi. Demak, tarixiy hujjatlardagi ma’lumotlar XIX asrda Amudaryo bo‘limi hududida nikoh munosabatlarida belgilangan mahr miqdori ayrim hollarda sezilarli darajada katta mulkiy qiymatga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Ushbu raqamlar Amudaryo bo‘limida mahrni ramziy miqdor, deb bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Ayni paytda mahr miqdori oilaning iqtisodiy imkoniyati, ijtimoiy mavqei va nikohdagi tomonlarning kelishuviga qarab farq qilgan bo‘lishi « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

mumkin. Shuning uchun 70, 100 yoki 200 tilloni barcha oilalar uchun umumiy me’yor sifatida emas, balki arxiv hujjatlarida qayd etilgan aniq holatlar sifatida baholash lozim. Nikoh munosabatlarida mahr bilan birga qalin puli tushunchasi ham mavjud bo‘lib, ikkalasini bir-biridan farqlash muhim. Mahr shariat tomonidan belgilangan ayolning o‘ziga tegishli mulkiy ta’minoti hisoblanadi[5. B. 58]. Qalin puli esa urf-odat yuzasidan qizning ota-onasiga beriladigan mulk hisoblanadi. Demak, qalin pulining shariatga umuman daxli yo‘q. Arxiv hujjatlarida qalin molining ham miqdori va shakli turlicha bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida pul bilan berilgan bo‘lsa, ayrim hollarda chorva mollari, kiyim-kechak va boshqa ashyolar ko‘rinishida belgilangan. Masalan, 1905– 1906-yillarga oid hujjatda nikoh munosabati bilan 60 qo‘y, 6 chopon va 177 so‘m miqdorida qalin moli belgilangani qayd etilgan[6. B. 1]. Agar biz ushbu 177 so‘mning mazkur davrdagi tillodagi qiymatini hisoblaydigan bo‘lsak, 143 tilloga teng bo‘ladi. Chunki hujjatlarda 1 tilla 1 so‘m, 24 tiyinga to‘g‘ri kelgan[7. B. 3]. Bugungi kunda 143 tilloning qiymati 1 788 400 so‘mga teng. Agar 60 ta qo‘yni bunga qo‘shsak, taxminan 2 mlrdga yaqin pul bo‘ladi. Shuningdek, 1915-yilga oid Bibazar volosti qozisi hujjatlarida 150 tilla qalin puli evaziga unashtirish bilan bog‘liq ma’lumotlar keltirilgan. Hozirgi paytda mazkur miqdor 1 215 319 800 so‘mni tashkil qiladi. Ayniqsa, qozoq jamoalariga oid arxiv hujjati diqqatga sazovor. 1910-yilda Nukus volostida Xolmambet Rismambet qozoq xalqining udumiga binoan Aldashbekni Ortiqboy qizini fotihalab olish uchun 255 tilla qalin puli bermoqligi aytiladi. Keyinchalik kelin tomoni belgilangan qalinga rozi bo‘lmagani sababli mazkur fotiha amalga oshmagani ta’kidlanadi[8. B.

15]. Hozirgi kunda 255 tillolik qalin miqdori taxminan 2,07 mlrd so‘mni tashkil etadi. 70, 90, 100 tilla kabi miqdorlar o‘sha davrdagi nikoh munosabatlarida qalin puli oddiy ramziy to‘lov emas, balki oila uchun sezilarli iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan mulkiy majburiyat sifatida shakllanganini ko‘rsatadi. Boyroq oilalarda esa NUKUS · 2026

qalin miqdori ancha yuqori bo‘lib, 150–255 tilloga yetishi mumkin bo‘lgan. Ayniqsa, 255 tilla miqdoridagi qalin qozoq jamoalariga oid hujjatda qayd etilgani e’tiborga molik. Shu jihatdan, mavjud hujjatlardagi ma’lumotlar qozoq jamoalarida qalin moli ayrim hollarda boshqa qayd etilgan nikoh to‘lovlariga nisbatan ancha yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi. Xususan, 150 tilla bilan bog‘liq Bibazar X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

volosti ma’lumoti va 255 tilla miqdoridagi Nukus volosti hujjati o‘zaro qiyoslanganda, qozoq jamoalari muhitida katta miqdordagi qalin belgilash amaliyoti mavjud bo‘lganini ko‘rish mumkin. Biroq arxiv hujjatlari soni cheklanganligi sababli bu holatni barcha qozoq oilalari yoki boshqa etnik jamoalar uchun umumiy qoida sifatida baholash emas, balki mavjud manbalar asosida kuzatilgan xususiyat sifatida qayd etish maqsadga muvofiq. Umuman, arxiv materiallari Amudaryo bo‘limida qalin moli miqdori jamoalar, oilalarning iqtisodiy imkoniyatlari va mahalliy urf-odatlarga qarab farq qilganini ko‘rsatadi. Ayrim oilalarda qalin chorva va kiyim-kechak kabi ashyoviy shakllarda belgilangan bo‘lsa, nisbatan boy oilalarda uning miqdori o‘nlab va hatto « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

yuzlab tilloni tashkil etgan. Shuning uchun 90–100 tilla atrofidagi miqdorni o‘rtacha yoki nisbatan oddiyroq holatlar uchun shartli ko‘rsatkich, 150–255 tilloni esa yuqori miqdordagi qalin puli misollari sifatida keltirish mumkin. Shu o‘rinda ayollar tomonidan olingan mahr mablag‘lari faqat shaxsiy ehtiyoj va manfaatlar uchun sarflangan, degan xulosaga kelish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Mavjud tarixiy manbalar mazkur mablag‘larning ayrim hollarda oilaviy ehtiyojlarni ta’minlash, shuningdek, xayriya va savobli ishlarga yo‘naltirilganini ko‘rsatadi. Xususan, bir qator qo‘lyozma va toshbosma asarlarni o‘rganish jarayonida ularning hoshiyalarida ayrim kitoblarning ayollar tomonidan madrasalarga vaqf qilingani haqidagi qaydlar uchraydi[9. B. 18]. Bu kabi ma’lumotlar ayollarning o‘z tasarrufidagi mulk va mablag‘larni ilm-ma’rifat rivojiga yo‘naltirishda ham muayyan o‘rin tutganini ko‘rsatadi. Shuningdek, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Amudaryo bo‘limi hududidagi ayollarni faqat uy-ro‘zg‘or ishlari va farzand tarbiyasi bilan cheklangan ijtimoiy qatlam sifatida tasavvur qilish ham biryoqlama yondashuv bo‘ladi. Manbalarda ayollarning ayrim ta’lim muassasalari, jumladan, maktab va madrasalarda ta’lim olgani haqida ma’lumotlar uchraydi. Bundan tashqari, ayollar o‘rtasida diniyma’rifiy mazmundagi yig‘inlar va va’zxonlik an’analari ham mavjud bo‘lgan bo‘lib, bunday tadbirlarga otinoyilar boshchilik qilgan. Demak, mavjud manbalar Amudaryo bo‘limi hududidagi ayollarning jamiyatdagi mavqei va faoliyatini faqat oilaviy hayot bilan bog‘lab izohlash yetarli emasligini ko‘rsatadi. Ularning o‘z tasarrufidagi mablag‘ va mulklardan foydalanishi, vaqf amaliyotida ishtirok etishi, ta’lim olishi hamda ma’rifiy tadbirlarda qatnashishini ayollarning o‘sha davr ijtimoiy-madaniy hayotidagi faol ishtirokini ko‘rsatuvchi muhim jihatlardan biri sifatida baholash mumkin.

Xulosa. Arxiv hujjatlari XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Amudaryo bo‘limida mahr va qalin puli nikoh munosabatlarining muhim mulkiy unsurlaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Ularning miqdori va shakli turli oilalar hamda jamoalarda bir xil bo‘lmagan. Shu sababli arxiv hujjatlarida qayd etilgan alohida holatlarni umumiy me’yor sifatida emas, balki tarixiy jarayonning aniq ko‘rinishlari sifatida NUKUS · 2026

baholash maqsadga muvofiq. Kelgusida qozilik hujjatlarini kengroq jalb etish orqali nikoh to‘lovlarining hududiy va ijtimoiy farqlarini yanada chuqurroq tadqiq etish mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. O‘zMA I-125-fond, 1-ro‘yxat, 32-yig‘ma jild, 5-varaq.
  2. Хинц В. Мусульманские меры и веса с переводом в метрическую систему / пер. с нем. — Москва: Наука, 1970. — С. 94.
  3. O‘zMA I-1019-fond, 1-ro‘yxat, 2-yig‘ma jild, 5-varaq.
  4. O‘zMA I-1019-fond, 1-ro‘yxat, 2-yig‘ma jild, 8-varaq.
  5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Kifoya. — II juz. — Toshkent: Sharq, 2020. — 58 b.
  6. O‘zMA I-125-fond, 1-ro‘yxat, 190-yig‘ma jild, 1-varaq.
  7. O‘zMA. I-125-fond, 2-ro‘yxat, 336-yig‘ma jild, 3-varaq.
  8. O‘zMA, I-1019-fond, 1-ro‘yxat, 4-yig‘ma jild, 15-varaq.
  9. Yаkupov. Q Xorаzm vohаsi vаqf mulkchiligi tаrixi (1511–1920-yillar) (Tarixshunoslik, « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I » manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari) Тарих фан. докт. ... дисс. – Тошкент, 2025. – Б. 18.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014419
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910236
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1156–1159
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31