Guruch qobig‘ini qayta ishlash asosida kremniy saqlagan yuqori qiymatli materiallar olish
Saburova R.R., Quvvatova G.E.Qoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1150–1152
Annotatsiya
Ushbu ilmiy tadqiqot ishida guruch yetishtirish va qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan guruch qobig‘ini ikkilamchi xomashyo sifatida qayta ishlash imkoniyatlari tahlil qilindi. Guruch qobig‘i tarkibida kremniy dioksidining mavjudligi uni kremniy saqlagan funksional materiallar olish uchun istiqbolli manbaga aylantiradi. Adabiyotlar tahlili asosida guruch qobig‘ini dastlabki tayyorlash, kislota bilan ishlov berish, termik kuydirish va ishqoriy ekstraksiya orqali kremniy birikmalarini ajratib olish bosqichlari ko‘rib chiqildi. Olingan kremniy dioksidini mezog‘ovak materiallar, xususan, MCM-41 sintezida qo‘llash istiqbollari yoritildi [1].
Boshqa tillarda
ruschaПолучение высокоценных кремнийсодержащих материалов на основе переработки рисовой шелухи
В данной научной работе проанализированы возможности переработки рисовой шелухи, образующейся при выращивании и переработке риса, в качестве вторичного сырья. Наличие диоксида кремния в составе рисовой шелухи делает её перспективным источником для получения кремнийсодержащих функциональных материалов. На основе анализа литературы рассмотрены стадии выделения соединений кремния посредством предварительной подготовки рисовой шелухи, кислотной обработки, термического обжига и щелочной экстракции. Освещены перспективы применения полученного диоксида кремния в синтезе мезопористых материалов, в частности MCM-41 [1].
inglizchaProduction of high-value silicon-containing materials through rice husk processing
This study analyzes the potential for processing rice husk, which is generated during rice cultivation and processing, as a secondary raw material. The presence of silicon dioxide in rice husk makes it a promising source for producing silicon-containing functional materials. Drawing on a review of the literature, the study considers the stages of isolating silicon compounds through preliminary preparation of rice husk, acid treatment, thermal calcination and alkaline extraction. The prospects for using the resulting silicon dioxide in the synthesis of mesoporous materials, in particular MCM-41, are discussed [1].
Kalit so‘zlar
- guruch qobig‘i
- guruch qobig‘i kuli
- kremniy dioksidi
- SiO₂
- qayta ishlash
- ishqoriy ekstraksiya
- kislota bilan ishlov berish
- MCM-41
- mezog‘ovak material
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1150–1152 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Saburova R.R., Quvvatova G.E. Guruch qobig‘ini qayta ishlash asosida kremniy saqlagan yuqori qiymatli materiallar olish // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1150– 1152. – DOI: https://doi.org/ 10.66073/ReFocus-Conf/0910234
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
GURUCH QOBIG‘INI QAYTA ISHLASH ASOSIDA KREMNIY SAQLAGAN YUQORI QIYMATLI MATERIALLAR OLISH
Saburova R.R. Qoroqalpoq davlat universiteti tayanch doktoranti e-mail: rayxansaburova2@gmail.com
Quvvatova G.E. Qoroqalpoq davlat universiteti tayanch doktoranti e-mail: quvvatovagulxan@gmail.com Annotatsiya: Ushbu ilmiy tadqiqot ishida guruch yetishtirish va qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan guruch qobig‘ini ikkilamchi xomashyo sifatida qayta ishlash imkoniyatlari tahlil qilindi. Guruch qobig‘i tarkibida kremniy dioksidining mavjudligi uni kremniy saqlagan funksional materiallar olish uchun istiqbolli manbaga aylantiradi. Adabiyotlar tahlili asosida guruch qobig‘ini dastlabki tayyorlash, kislota bilan ishlov berish, termik kuydirish va ishqoriy ekstraksiya orqali kremniy birikmalarini ajratib olish bosqichlari ko‘rib chiqildi. Olingan kremniy dioksidini mezog‘ovak materiallar, xususan,
MCM-41 sintezida qo‘llash istiqbollari yoritildi [1]. Kalit so‘zlar: guruch qobig‘i, guruch qobig‘i kuli, kremniy dioksidi, SiO₂, qayta ishlash, ishqoriy ekstraksiya, kislota bilan ishlov berish, MCM-
41, mezog‘ovak material. Kirish. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida hosil bo‘ladigan chiqindilarni qayta ishlash hamda ulardan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar olish muhim ilmiy-amaliy vazifalardan biridir. Guruchni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan qobiq organik komponentlar bilan bir qatorda kremniy birikmalariga boy bo‘lishi bilan ajralib turadi. Shu sababli guruch qobig‘ini oddiy chiqindi sifatida utilizatsiya qilish o‘rniga, undan kremniy dioksidi va undan keyingi bosqichda funksional mezog‘ovak materiallar olish maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlarda guruch qobig‘i kremniy olish uchun arzon va qayta tiklanadigan xomashyo sifatida baholanadi. Guruch qobig‘ini termik qayta ishlash natijasida organik moddalarning katta qismi yo‘qolib, kremniyga boy kul hosil bo‘ladi. Xomashyoni oldindan kislota bilan ishlov berish mineral aralashmalarni kamaytirib, olinadigan SiO₂ tozaligini oshirishga yordam beradi [1-2]. Guruch qobig‘idan olingan kremniy dioksidini MCM-41 kabi tartibli mezog‘ovak materiallar sintezida qo‘llash alohida istiqbolga ega. MCM-41 yuqori solishtirma sirt yuzasi va tartibli mezog‘ovak tuzilishi sababli adsorbsiya, kataliz va ekologik tozalash yo‘nalishlarida qo‘llanishi mumkin [3].
Materiallar va uslublar. Guruch qobig‘ini qayta ishlashning texnologik ketma-ketligi quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: guruch qobig‘ini yuvish → quritish → maydalash
→ kislota bilan oldindan ishlov berish → yuvish → termik ishlov berish → guruch qobig‘i kuli → ishqoriy ekstraksiya → filtrlash → kislotalash → SiO₂ cho‘ktirish → quritish. Dastlab guruch qobig‘i mexanik aralashmalardan tozalanib, suv bilan yuviladi va quritiladi. Keyin xomashyo maydalanadi. Mineral aralashmalarni kamaytirish uchun kislota bilan oldindan ishlov berish amalga oshiriladi. NUKUS · 2026
Tozalangan qobiq nazorat qilinadigan haroratda kuydirilib, kremniyga boy kul olinadi [4-5]. Kul ishqor eritmasida qayta ishlanib, kremniy eruvchan silikat shakliga o‘tkaziladi. Filtrlashdan keyin eritma kislotalanadi va kremniy birikmalari cho‘ktiriladi. Cho‘kma yuvilib, quritiladi. Olingan mahsulotning tarkibiy va X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
strukturaviy xususiyatlarini XRD, FTIR, SEM/TEM hamda BET usullari yordamida baholash mumkin. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
1-rasm. Guruch qobig‘idan SiO₂ olishning prinsipial texnologik sxemasi Natijalar. Adabiyotlar tahlili guruch qobig‘ini qayta ishlash orqali kremniyga boy mahsulotlar olish mumkinligini ko‘rsatadi. Jarayon samaradorligi kislota konsentratsiyasi, ishqor konsentratsiyasi, ekstraksiya vaqti, kuydirish harorati va davomiyligiga bog‘liq. Ayniqsa, termik ishlov berish rejimi olingan kremniyning amorf yoki kristall holatiga ta’sir qiladi [4]. Guruch qobig‘idan olingan SiO₂ ning asosiy afzalligi uning biomassa asosidagi xomashyodan olinishi va keyinchalik yuqori qo‘shilgan qiymatli materiallar sintezida ishlatilishidir. Olingan kremniy dioksididan MCM-41 sintez qilish chiqindini funksional adsorbent yoki katalizator tashuvchisiga aylantirish imkonini beradi [6].
2-rasm. Guruch qobig‘i asosida olingan SiO₂ asosida MCM-41 mezog‘ovak materialini X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
olishning prinsipial sxemasi Xulosa va tavsiyalar. Guruch qobig‘i kremniy birikmalariga boy istiqbolli ikkilamchi xomashyo bo‘lib, uni qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega SiO₂ materiallarini olish mumkin. Kislota bilan oldindan tozalash, termik ishlov berish va ishqoriy ekstraksiyani o‘zaro muvofiqlashtirish mahsulotning tozaligi va strukturaviy xususiyatlarini boshqarish imkonini beradi. Guruch qobig‘idan olingan SiO₂ ni MCM-41 sintezida qo‘llash qishloq xo‘jaligi chiqindisini funksional mezog‘ovak materialga aylantirishning istiqbolli yo‘nalishidir. Kelgusida texnologik parametrlarning SiO₂ chiqimi, tozaligi, g‘ovakligi va MCM-41 ning strukturaviy xususiyatlariga ta’sirini tajribaviy « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Nzereogu P.U., Omah A.D., Ezema F.I., Iwuoha E.I., Nwanya A.C. Silica extraction from rice husk: Comprehensive review and applications. Hybrid Advances, 2023, 4, 100111. https://doi.org/10.1016/j.hybadv.2023.10011110.1016/j.hybadv.2023.100111
- Rice husk waste into various template-engineered mesoporous silica materials for different applications: A comprehensive review on recent developments. Chemosphere, 2023, 310, 136843. https://doi.org/10.1016/j.chemosphere.2022.13684310.1016/j.chemosphere.2022.136843
- Islam M.T., Hossen M.F., Asraf M.A., Kudrat-E-Zahan M., Zakaria C.M. Production and Characterization of Silica from Rice Husk: An Updated Review. Asian Journal of Chemical Sciences, 2024, 14(2), 83–96. https://doi.org/10.9734/ajocs/2024/v14i229610.9734/ajocs/2024/v14i2296
- Sennoun L., Lee C.-C., Fretel Y. et al. Direct pseudomorphic transformation of silica from rice husk into organo-functionalized MCM-41. New Journal of Chemistry, 2024, 48, 7052– 7069. https://doi.org/10.1039/D4NJ00715H10.1039/d4nj00715h
- Peralta Y.M., Molina R., Moreno S. Rice HUSK silica: A review from conventional uses to new catalysts for advanced oxidation processes. Journal of Environmental Management, 2024, 370, 122735. https://doi.org/10.1016/j.jenvman.2024.12273510.1016/j.jenvman.2024.122735
- Hamidu I., Afotey B., Kwakye-Awuah B., Anang D.A. Synthesis of silica and silicon from rice husk feedstock: A review. Heliyon, 2025, 11, e42491. https://doi.org/10.1016/j.heliyon.2025.e4249110.1016/j.heliyon.2025.e42491
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014417
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910234
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1150–1152
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31