Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KULOLCHILIK SAN‘ATINING ZAMONAVIY TASVIRIY SAN‘ATDAGI O‘RNI
Oripov Bobirjon Badirjonovich · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada kulolchilik san‘atining tarixiy taraqqiyoti, uning xalq amaliy san‘atidagi o‘rni hamda zamonaviy tasviriy san‘atdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqot davomida kulolchilik san‘atining an‘anaviy funksional xususiyatlardan zamonaviy badiiy ifoda vositasiga aylanish jarayoni yoritib berilgan. Shuningdek, zamonaviy rassomlar ijodida kulolchilik elementlarining konseptual, dekorativ va installyatsion san‘at yo‘nalishlarida qo‘llanishi tahlil qilinadi. Maqolada kulolchilikning milliy identitetni ifodalashdagi o‘rni, global san‘at makonidagi integratsion jarayonlari hamda uning pedagogik va estetik ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari kulolchilik san‘atining zamonaviy tasviriy san‘atdagi o‘rni tobora kengayib borayotganini va uning badiiy tafakkur rivojidagi muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ZAMONAVIY TA‘LIM SHAROITIDA TASVIRIY SAN‘ATNI O‘QITISHNING INNOVATSION METODOLOGIYASI VA KREATIV KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
Abdullayev O‘ktamjon Ergashevich · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026
Mazkur maqolada zamonaviy ta‘lim sharoitida tasviriy san‘atni o‘qitishning innovatsion metodologik asoslari va o‘quvchilarda kreativ kompetensiyani rivojlantirish mexanizmlari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda tasviriy san‘at ta‘limining konstruktivistik yondashuv, kompetensiyaga asoslangan ta‘lim modeli, fanlararo integratsiya hamda raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi masalalari yoritilgan. Shuningdek, milliy madaniy meros elementlarini ta‘lim jarayoniga integratsiya qilishning didaktik imkoniyatlari ochib berilgan. Maqolada loyiha asosida o‘qitish, portfel baholash tizimi va refleksiv tahlil metodlarining o‘quvchilarning vizual tafakkuri, estetik didi va ijodiy mustaqilligini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari tasviriy san‘at ta‘limini modernizatsiya qilish va uning xalqaro ilmiy-pedagogik maydondagi dolzarbligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI ARALASH EKISHNING TUPROQ HAJM MASSASIGA TA‘SIRI
Elemesova Nargiza Isataevna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproqlari unumdorligi past, sho‘rlangan. Unumdorligi past tuproqlarda organik moddalar kam bo‘lganligi sababli tuproq zich bo‘ladi, bunday tuproqlarda o‘simlik ildiz tizimi o‘sishi va rivojlanishi qiyin bo‘ladi. Tajribada o‘tmishdosh va siderat ekinlar, organik va noan‘anaviy o‘g‘itlarning tuproq hajm salmog‘iga ta‘siri o‘rganildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SOYA HOSILDORLIGINING SHAKLLANISHIGA EKISH ME‘YORLARINING TA‘SIRI
Kutlimuratova Dilfuza Baltabaevna, Gudiyarov Madamin Mukhanbetiyar, Ubaidullaeva Aziza Bukharbaevna, Kalnazarovna Dilfuza Polatovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada dehqonchilikni rivojlantirish va yerdan unumli foydalanish uchun katta imkoniyatlar yaratilayotgani ta‘kidlanadi. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash, birinchi navbatda don mahsulotlari bilan to‘liq ta‘minlash vazifasini bajarish muhim vazifa hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida o‘simlik oqsili yetishmovchiligi muammosini hal qilish eng dolzarb masalalardan biri ekanligi yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QISQA NAVBATLI ALMASHLAB EKISHNING BIR KO‘SAKDAGI PAXTA VAZNIGA TA‘SIRI
Ismailov Dauletbay Uzagbaevich, Tileuimbetova Personally · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqolada qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarining g‘o‘za o‘simligining bir ko‘sakdagi paxta vazni va umumiy hosildorligiga ta‘siri o‘rganilgan. Izlanishlar natiyjasida nazorat variantiga ekilgan g‘o‘zaning bir kusakdagi paxta vazni 3,5-3,7 g, almashlab ekilgan variantlarda 3,7-4,4 g ekanligi aniqlandi va bu nazoratga nisbatan 0,2-0,7 g ko‘p bo‘ldi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
IMPACT OF ORGANO-MINERAL COMPOSTS ON COTTON GROWTH AND DEVELOPMENT OF COTTON
Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin uli, · GOLLECTION OF MATERIALS of the Republican Scientific and Practical Conference “CURRENT ISSUES IN THE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN NORTHERN REGIONS AND THEIR INNOVATIVE SOLUTIONS” · 2026
Maqolada organo-mineral kompost, go‘ng va mineral o‘g‘itlarning paxta o‘sishi va rivojlanishiga ta‘siri o‘rganiladi. Turli xil kompost turlari va go‘ng miqdoridan foydalanish tuproq unumdorligini oshirdi va paxta o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi. Ushbu tadqiqotda organo-mineral kompostlarning sho‘r tuproq sharoitida paxta o‘sishi va rivojlanishiga ta‘siri o‘rganildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA TUPROQ SUV O‘TKAZUVCHANLIGIGA KOMPOSTLARNING TA‘SIRI
Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin, Sarsenbaeva Nilufar, daughter of Genghisbay · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Sho‘rlangan tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik jarayoni ekinlarning rivojlanishi va hosildorligiga bevosita ta‘sir etuvchi muhim omillardan biridir. Maqolada sho‘rlangan yerlarda turli tarkibdagi organo-mineral kompostlarning tuproq suv rejimiga ta‘siri sharhlangan. Kompost tarkibidagi organik moddalar, glaukonit agrorudasi va shirinmiya chiqindilarining uyg‘unlashuvi tuproq strukturasini yaxshilab, g‘ovaklikni oshirishga xizmat qildi. Natijada suvning infiltratsiya tezligi ortib, sho‘rning yuvilishi hamda tuproqning meliorativ holati yaxshilanganligi aytib o‘tilgan. Bundan tashqari, organo-mineral kompostlar sho‘rlangan yerlarda tuproq suv o‘tkazuvchanligini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish hamda ekinlar uchun qulay agroekologik sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHO‘RLANGAN YERLARDA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TUPROQDAGI OZIQ MODDALARNING HARAKATCHAN MIQDORLARIGA TA‘SIRI
Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin, Bakirova Miyirgul Bekmurza kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada tuproq unumdorligini oshirish va oziq moddalar muvozanatini tiklashda organo-mineral kompostlarning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotlarda turli miqdordagi go‘ng, glaukonit agrorudasi va shirinmiya chiqindisi asosida tayyorlangan kompostlarning qo‘llanilishi tuproqdagi gumus, azot, fosfor va kaliyning harakatchan shakllariga ta‘siri o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, organo-mineral kompostlar tuproqda oziq moddalar harakatchanligini oshirib, o‘simliklar tomonidan ularning o‘zlashtirilish darajasini yaxshilangan. Shuningdek, ularning qo‘llanilishi tuproqning agrobiologik xususiyatlarini barqarorlashtirishda samarali ekanligi aniqlandi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA TUPROQDAGI OZIQ MODDALARNING UMUMIY MIQDORIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TA‘SIRI
Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin uli, Sarsenbaev Bakhit Bazarbay uli · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sho‘rlangan tuproqlari sharoitida organo-mineral kompost va go‘nglarni shudgor ostiga qo‘llab, unga qo‘shimcha mineral o‘g‘itlarning yillik meyorini kamaytirilgan holda qo‘llanilganda tuproqning meliorativ holatiga ijobiy ta‘siri aniqlanib, uning agrokimyoviy va suv-fizik xususiyatlarini yaxshilashi kuzatildi. Bunda asosan organo-mineral kompost va organik o‘g‘itlarning tuproqning agrokimyoviy xossalariga ta‘sirini aniqlash sharhlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
IMPACT OF ORGANO-MINERAL COMPOSTS ON COTTON PRODUCTIVITY IN SALINE SOILS
Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin uli, Turdimuratova Azada Saparımbetovna · GOLLECTION OF MATERIALS of the Republican Scientific and Practical Conference “CURRENT ISSUES IN THE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN NORTHERN REGIONS AND THEIR INNOVATIVE SOLUTIONS” · 2026
Ushbu maqolada sho‘rlangan tuproqlarda paxta yetishtirish samaradorligini oshirish uchun organo-mineral kompostlardan foydalanishning muhimligi ta‘kidlangan. Agrotexnik xususiyatlarining pastligi sababli, sho‘rlangan yerlar qishloq xo‘jaligi ekinlari, xususan, paxta hosildorligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida turli xil organik materiallardan (go‘ng, glaukonit agrorudasi va qizilmiya chiqindilari) tayyorlangan kompostlar sinovdan o‘tkazildi. Ularning paxta o‘sishi, rivojlanishi va yakuniy hosildorligiga ta‘siri tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, organo-mineral kompostlardan foydalanish tuproq sho‘rligini kamaytirishga, tuproqning agrokimyoviy xususiyatlarini yaxshilashga va paxta unumdorligini oshirishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ORGANIKALÍQ HÁM MINERAL TÓGINLERDIŃ TOPÍRAQTÍŃ KÓLEM SALMAǴÍNA TÁSIRI
Ismailov Uzakbay Embergenovich, Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin, Satullaev Abubakar · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Usı maqalada mineral hám organikalıq tóginlerdiń tájiriybe atızı topıraǵınıń kólem salmaǵına tásiri úyrenildi. Izertlewler nátiyjesinde, organikalıq hám mineral tóginlerdi súrim astına hám vegetatsiya dáwirlerlerinde qollanılǵanda, olardıń topıraqtıń kólem salmaǵına unamlı tásir etkenligi anıqlandı. Nátiyjede, ósimliklerdiń ósiwi hám rawajlanıwına qolaylı sharayat jaratılıp, ǵawasha zúráátliliginiń asıwına erisildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MAHALLIY MAKKAJO‘XORI NAVLARINING HOSILDORLIGIGA SUG‘ORISH USULLARINING TA‘SIRI
Ismailov Uzakbay Embergenovich, Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin uly, Karlybaev Jamshid Rafael uly · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Nukus tumanida yuqori hosil beradigan urug‘lik makkajo‘xori navlarini yaratish borasida mamlakatimiz olimlari tomonidan olib borilgan bir qator ilmiy ishlar, makkajo‘xorining vegetatsiya davrida beriladigan suv me‘yorlari, yangi navlarni ko‘paytirish va tanlash, shuningdek suvni tejash bo‘yicha sinovlar respublikamizning har bir viloyatida amalga oshirilgani yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHO‘RLANGAN YERLARDA TUPROQNING G‘OVAKLIGIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TA‛SIRI
Ismailov Uzakbay Embergenovich, Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin, Jumabaev Asamatdin Pakhratdin uli · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida organo-mineral kompostlarning tuproq g‘ovakligiga ta‘siri ilmiy jihatdan o‘rganildi. Tadqiqotlarda mineral, organik o‘g‘itlar va kompostlar turli me‘yorlarda qo‘llanilib, ularning tuproqning suv va havo rejimi, umumiy g‘ovakligi va zichlashish darajasiga ta‘siri aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, organo-mineral kompostlar qo‘llanganda tuproqning fizik xususiyatlari yaxshilanib, suv sig‘imi oshadi, havodorlik ortadi va mikrobiologik jarayonlar faollashadi. Ayniqsa, mineral o‘g‘itlarning kamaytirilgan me‘yori bilan birgalikda ishlatilgan kompostlar yuqori samaradorlik ko‘rsatdi. Bu esa ekinlarning barqaror o‘sishi va hosildorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING G‛O‛ZA KO‛SAKLARINING OCHILISH DINAMIKASIGA TA‛SIRI
Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin, Tagaybaeva Altynai, Auezova Mavlyuda · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada g‛o‛za ko‛saklarining ochilish dinamikasiga organo-mineral kompost, go‛ng va mineral o‛g‛itlarning ta‛siri aniqlandi. Bunda asosan organic o‛g‛itlarning va organo-mineral kompostlarning tuproqning suv-fizik va agrokimyoviy hususiyatlariga ijobiy ta‛sir etishi va uning unumdorligini oshirish orqali g‛o‛za ko‛saklarining ochilish dinamikasiga ta‛sir qilishi sharhlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
G‘O‘ZANING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TA‘SIRI
Ismailov Uzakbay Embergenovich, Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin, Khodzhanov Yunus Madreimovich, Aminov Otabek Islamboy oglu · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqolada sho‘rlangan yerlarda organo-mineral kompostlarning g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga ta‘siri o‘rganildi. Tajribalar natijasida kompostlarning turli variantlari qo‘llanilganda g‘o‘zaning bosh poya balandligi, meva shoxlar va ko‘saklar soni hamda ularning rivojlanishiga ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sho‘rlangan tuproqlarda organo-mineral kompostlar qo‘llanilganda g‘o‘zaning hosildorlik potensiali yuqori bo‘lib, o‘simliklarning adaptiv xususiyatlari ortadi. Natijada, kompostlardan foydalanish nafaqat o‘simliklarning optimal o‘sishi va rivojlanishini ta‘minlaydi, balki tuproq unumdorligini tiklash va hosildorlikni barqaror oshirishda ham muhim agrotexnologik chora sifatida tavsiya etiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ORGANIKALÍQ TÓGINLERDIŃ JÚWERINIŃ ZÚRÁÁTLIGINE TÁSIRI
Sayimbetov Alisher, Janabaeva Sevara · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqalada Qaraqalpaqstan sharayatında organikalıq tóginlerdi mineral tóginler menen birgelikte optimal muǵdarlarda qollawdıń júwerı zúráátligine tásiri úyrenilgen. Respublikamızdıń qurǵaqshıl hám suw jetispewshiligi sharayatında organikalıq tóginlerdi optimal normalarda qollaw arqalı topıraq ónimdarlıǵın arttırıw menen bir qatarda júweri zúráátligine unamli tásiri aniqlanǵan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SOYA NAVLARINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSIL ELEMENTLARINING SHAKLLANISHIGA MINERAL O‘G‘ITLAR QO‘LLASHNING TA‘SIRI
Allashova Mekhribanu Toreniyazovna, Utambetov Opakbay Polatovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Bygyngi kynda dynyoda soya 130,5 mln gektap maydonoda etishtipilib, ymymiy hisobda 381,2 mln tonna yalpi don hosili olishga epishilmoqda va by ko‘psatkich yiliga 2,2 foizga o‘sib bopmoqda”. Ammo, shynday bo‘lsada dynyo aholisini soya mahsylotiga bo‘lgan extiyoji to‘laqonli qondipish masalasi dolzapbligicha qolmoqda. By esa o‘z navbatida olimlap oldiga soyaning sephosil va global iqlim o‘zgapishiga bapdoshli bo‘lgan yangi avlod navlapini yapatish, ylapni mintaqalap kesimida maqbyl ekish myddatlapi, ko‘chat qalinligi hamda ma‘danli o‘g‘itlap bilan oziqlantipish me‘yoplapi va myddatlapini ishlab chiqish bygyngi kynda o‘z echimini kytib typgan dolzapb masalalapidan bipi hisoblanadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
POLIZ EKINLARINI SAQLASH DAVRIDA UCHRAYDIGAN KAMCHILIKLAR VA BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Salilaeva Gulshad patullaevna, Yusupov Risnazar Orazbaevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘iston hududi shimoliy tumanlarida poliz ekinlari mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan omborxonalarning mavjud kamchiliklari va uni bartaraf etish yo‘llari keltirilgan. Poliz ekinlaridan saqlash uchun qovun, tarvuz va qovoqlar dala sharoitida ma‘lum muddat qoldirish, saralash, tanlash, maxsus bog‘larga bog‘langan holda saqlash yaxshi samara beradiganligi keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QABAQ ÓSIMLIGINDE GEWIKLEWShI ShÍBÍNNÍŃ KELTIRETUǴÍN ZÍYANLÍLÍǴÍ, QARSÍ GÚRES ILAJLARÍ
Yusupov Risnazar Orazbaevich, Shamuratov Kuralbai Turdybaevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqalada Qaraqalpaqstan sharayatında palız eginlerinde toplanatuǵın hámde zıyan keltiretuǵın zıyankeslerden gewiklewshi shıbınnıń qabaq ósimligine zıyan keltiriw keltirilgen. Zıyankestiń qabaq ósimligindegi sanın kemeytiriw maqsetinde ximiyalıq qarsı gúres ilajların qollanıw arqalı joqarı biologiyalıq nátiyjelilikke erisilgen.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
OLXO‘RI NAVLARI ILDIZ TIZIMINING RIVOJLANISHIGA QURG‘OQCHILIKNING TA‘SIRI
Tursunov Kuvonchbek Shirkulovich, Fayzullayev Burxon XXX, Obruyev Gafur Bakhiddinovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqolada turli olxo‘ri (Prunus domestica L.) navlarining ildiz tizimi rivojlanishiga qurg‘oqchilik stressining ta‘siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, qurg‘oqchilik sharoitida ildiz uzunligi, ildiz massasi va yon ildizlar soni sezilarli darajada kamayadi. Ayrim navlar esa qurg‘oqchilikka nisbatan nisbatan chidamlilik ko‘rsatdi.