Asosiy mazmunga o‘tish

Konferensiya maqolasi

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

1 582 natija

Konferensiya maqolasi

1 582 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Quyon eymeriozini davolash va kimyoprofilaktikasida samarali vositalarni qo‘llashning ilmiy-amaliy asoslari

    Xushnazarov A.X., Davlatov R.B. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada quyonchilik tarmoqlariga katta iqtisodiy zarar yetkazuvchi va invazion kasalliklar orasida yetakchi o‘rinni egallovchi quyon eymeriozini (ichak, jigar va aralash shakllari) davolash hamda kimyoprofilaktika qilish masalalari adabiyotlar sharhi va retrospektiv tahlil asosida o‘rganilgan. Maqolada turli guruhlarga mansub kimyoterapevtik preparatlar (sulfanilamidlar, nitrofuranlar, ionofor antibiotiklar va kompleks birikmalar)ning doza rejimlariga ko‘ra terapevtik va profilaktik samaradorligi qiyosiy baholangan hamda jadval shaklida tizimlashtirilgan. Shuningdek, quyonchilik xo‘jaliklarida kasallikning oldini olishga qaratilgan zoogigiyenik va parvarishlash talablari bayon etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Sigirlarda gipokobaltozning sabablari, klinik belgilari va uni aniqlash usullari

    Bakirov B., Abdumajitov V.B. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Mazkur maqolada sigirlarda gipokobaltoz kasalligining klinik belgilari va uni aniqlashda olib borilgan kuzatuvlar tahlil qilingan. Tadqiqot Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “ShahriyorAbbos” chorvachilik fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan. Har 20 kunda klinik ko‘rsatkichlar va qonning ayrim morfobiokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Kasallikning kelib chiqishiga saqlash sharoitlari, oziqlantirish sifati va kobalt yetishmovchiligi asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Samarqand viloyatining ayrim xo‘jaliklarida tovuqlar askaridozining diagnostikasi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari

    O‘rinova Umida, Rustamov Baxtiyor · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada parrandalarda uchraydigan askarida galli qo‘zg‘atuvchisi tomonidan chaqiriladigan tovuqlar askaridozining diagnostikasi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari haqida yoritilgan. Parazitning rivojlanish sikli, parrandalar organizmiga yuqish yo‘llari, parazitlik qilish joylari va qo‘zg‘atuvchilarning ko‘payish jarayonlari yoritib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Jizzax viloyatida qoramollar fassiolyozining epizootologik xususiyatlari

    O‘rolov O.O., Musinova G.A., Urokov K. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Maqolada Jizzax viloyatining ayrim tumanlarida qoramollar fassiolyozining tarqalishi va oraliq xo‘jayinlari o‘rganildi. Tekshirilgan 50 ta tezak namunasining 17 tasida (34,0%) Fasciola spp. tuxumlari aniqlandi. Yaylovlar atrofidagi nam biotoplarda Lymnaea bactriana mollyuskalari qayd etildi. Natijalar hududda fassiolyoz tarqalishi uchun qulay epizootologik sharoit mavjudligini ko‘rsatdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Karpsimon baliqlar psevdomonozining oldini olishda profilaktik va dezinfeksiya tadbirlarining samaradorligi

    Xayritdinov Mirjahon Jo‘rabek o‘g‘li, Nasimov Shuhrat Naimovich, Kurbanov Feruz Enatillayevich, Muxammadiyev O‘tkirxon Ikromxon o‘g‘li, Jahongirov Sardor Saidahmadovich · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada karpsimon baliqlarda uchraydigan psevdomonoz kasalligining profilaktikasi haqida yoritilgan. Psevdomonoz baliqchilik xo‘jaliklarida iqtisodiy zarar keltirib chiqaruvchi bakterial kasalliklardan biri bo‘lib, uning rivojlanishida suvning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarining buzilishi, organik moddalar miqdorining ortishi, baliqlarning zich joylashtirilishi, oziqlanishdagi kamchiliklar va stress omillari muhim ahamiyatga ega. Maqolada kasallik profilaktikasida suv sifatini muntazam nazorat qilish, hovuzlarni sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq saqlash, baliqlarni me‘yorida oziqlantirish, xo‘jalikka yangi keltirilgan baliqlarni muntazam kuzatib borish.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Ligula intestinalis va Digramma interruptaning biologik va parazitologik xususiyatlari (adabiyotlar sharhi asosida)

    Abdug‘aniyeva S.I., Daminov A.S. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada Ligula intestinalis va Digramma interrupta sestodalarining biologik, ekologik va parazitologik xususiyatlari tahlil qilindi. Parazitlarning rivojlanish sikli, xo‘jayin–parazit munosabatlari, patogen ta‘sir mexanizmlari hamda ekologik moslashuv omillari zamonaviy ilmiy manbalar asosida yoritildi. Tadqiqotlar ushbu sestodalarning baliq organizmida morfofiziologik va immunobiologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishini ko‘rsatdi. Shuningdek, molekulyar diagnostika va filogenetik yondashuvlarning invaziyani aniqlashdagi ahamiyati asoslandi. Olingan ma‘lumotlar baliq populyatsiyalarida parazit invaziyalarini monitoring qilish va ekologik nazorat strategiyalarini takomillashtirishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Санитарно-паразитологическая оценка овощных консервов в системе обеспечения безопасности пищевой продукции

    Kamolov N.Sh., Raxmonova G.F. · Применение молекулярно-генетических методов в диагностике паразитарных болезней, современные аспекты их лечения и профилактики · 2026

    Maqolada o‘simlikchilik va qayta ishlash sanoatining ommaviy mahsuloti bo‘lgan sabzavot konservalarining parazitologik xavfsizligini ta‘minlashning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqilgan. Sabzavot xomashyosining zoonoz invaziyalar, jumladan, geogelmintozlar (askaridoz, trixotsefalyoz, toksokaroz) va protozoozlar qo‘zg‘atuvchilari bilan kontaminatsiyalanish yo‘llariga (tuproq, suv, organik o‘g‘itlar) alohida e‘tibor qaratilgan. Zamonaviy sanitariya-parazitologik tadqiqot usullari hamda invazion elementlarning hayotchanligiga ta‘sir ko‘rsatuvchi texnologik ishlov berish rejimlari (sterilizatsiya, pasterizatsiya, kislotali ishlov berish) samaradorligining tahlili keltirilgan. Konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish zanjirining barcha bosqichlarida risklarga asoslangan yondashuv va sifat menejmenti tizimlarini joriy etish zarurligi asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Роль мониторинга и диагностики паразитарных болезней животных в обеспечении безопасности пищевой продукции животного происхождения

    Kamolov N.Sh., Muxiddinov A.R. · Применение молекулярно-генетических методов в диагностике паразитарных болезней, современные аспекты их лечения и профилактики · 2026

    Maqolada zoonoz parazitar invaziyalar kontekstida hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta‘minlashning dolzarb muammosi ko‘rib chiqilgan. “Fermadan dasturxongacha” ishlab chiqarish zanjirining barcha bosqichlarida tizimli monitoring va zamonaviy laboratoriya diagnostikasi usullarining ahamiyatiga alohida e‘tibor qaratilgan. Parazitar kasalliklarning iqtisodiy oqibatlari, normativ-huquqiy baza hamda xalqaro va milliy xavfsizlik standartlari talablari tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Antistress preparatlarning jo‘jalar fiziologik holati va qon leykotsitlarining fagotsitar faolligiga ta‘siri

    Ibragimova Feruza Davletbayevna · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Maqolada broyler tovuqlarining fiziologik holatlariga va qondagi leykotsitlarning fagotsitar aktivligiga Nozepam, aminazin va ularning vitamin S bilan birikmalari hamda Chiktonik vitaminli kompleksining ta‘sir doiralari o‘rganilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Exinokokkoz o‘ta xavfli kasallik – unga qarshi kurashish

    Tursunqulov A.R., O‘rolov O.O., Mustafayeva T.P. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Maqolada Samarqand viloyatidagi 7 ta qishloq va ikkita fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jalik hayvonlari orasida larval sestodozlarning tarqalishini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Hayvonlarning larval sestodozlar bilan zararlanganligi o‘rtacha 37,2% ni tashkil etgan bo‘lib, bu kasalliklar orasida yetakchi o‘rinni exinokokkoz egallaydi (o‘rtacha 29,3%). Itlarning teniidalar bilan zararlanganligi o‘rtacha 25,8% ni tashkil etgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Видовой состав клещей надсемейства Ixodoidea в Узбекистане

    Aliboyev Z.A., Daminov A.S., Mahmudova L.B., Usarov G.X., Lunina G.A., Tokarevich N.K., Turitsin V.S. · Применение молекулярно-генетических методов в диагностике паразитарных болезней, современные аспекты их лечения и профилактики · 2026

    Odamlar va hayvonlarda xavfli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi ko‘plab patogenlarning xo‘jayinlari va tashuvchilari bo‘lgan iksod kanalari (Acarina, Ixodidae) soni va tur tarkibini doimiy monitoring qilish transmissiv infeksiyalarni prognozlash va profilaktika qilishning zaruriy shartidir. 2023–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida Argasidae va Ixodidae oilalariga mansub kanalar standart usullar – bayroqcha usuli hamda uy va yovvoyi hayvonlardan terib olish usuli bilan yig‘ildi, shuningdek, hayvonlar saqlanadigan joylar ham tekshirildi. Yig‘ilgan barcha kanalar MBS-9 stereomikroskopi yordamida N.A. Filippovaning aniqlash jadvallari bo‘yicha tur darajasigacha aniqlandi. Argasidae oilasi bitta tur – odatda tovuqxonalarda yashaydigan Argas persicus (Oken, 1818) bilan ifodalangan. Ixodidae oilasiga mansub iksod kanalari asosan uy hayvonlaridan yig‘ildi: 3 avlodga mansub 12 turning 843 ta voyaga yetgan individi va 15 ta nimfasi. O‘zbekiston Respublikasining tekshirilgan hududlarida hayvonlardan va yovvoyi tabiatdan 2 oila va 6 avlodga mansub 14 tur kana yig‘ildi. Kanalarning eng ko‘p qismi Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida yig‘ildi. Olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasining tekshirilgan viloyatlarida iksod kanalari sezilarli darajada xilma-xil ekanligidan dalolat beradi hamda ushbu qon so‘ruvchi parazitlar monitoringi hududini kengaytirish va ularning turli patogenlar bilan zararlanganligini aniqlash uchun molekulyar-genetik tadqiqotlar o‘tkazish maqsadga muvofiq ekanligini asoslaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoramollarda tizaneziozning oraliq xo‘jayinlari va ularning tarqalish xususiyatlari (adabiyotlar tahlili asosida)

    Yunusov X.B., Muxammadiyeva Sh.X., Taylakov T.I. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Maqolada qoramollarda tizanezioz qo‘zg‘atuvchisi Thysaniezia giardi sestodasining biologik xususiyatlari, rivojlanish sikli va oraliq xo‘jayinlari tahlil qilingan. Oraliq xo‘jayinlarning tarqalishiga ta‘sir etuvchi ekologik va epizootologik omillar yoritilgan. Shuningdek, tuproq namligi, harorat, yaylov sharoiti va mavsumiy o‘zgarishlarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Mavjud ilmiy adabiyotlar asosida parazitning tarqalish xususiyatlari umumlashtirilgan. Olingan xulosalar tizanezioz profilaktikasini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qo‘y va echkilarda ichak sestodozlari: epizootologiyasi, morfologiyasi va ularning o‘rganilganlik darajasi (adabiyotlar tahlili)

    Musinova G.A., Urokov K. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada qo‘y va echkilarda uchraydigan asosiy ichak sestodozlari — moniezioz, tizaniezioz, avitellinoz va stileziozlarning epizootologik holati, qo‘zg‘atuvchilarining morfologik xususiyatlari hamda dunyo va O‘zbekiston miqyosida o‘rganilganlik darajasi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari asosida ushbu gelmintozlarning chorvachilikka yetkazayotgan iqtisodiy zarari, hayvonning yoshi va mavsumiy dinamikasi, hududlar bo‘yicha tarqalishi hamda diagnostik va profilaktik tadbirlarning ahamiyati tahlil qilindi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Hayvonlar gelmintozlarining laboratoriya va klinik diagnostikasi

    Musinova Gulrux Abdukaxarovna, Urokov Kamoliddin Xudayberiyevich, Mustafayeva Toliba Panji qizi · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada hayvonlar gelmintozlarini aniqlashda qo‘llaniladigan laboratoriya va klinik diagnostika usullari tahlil qilingan. Gelmintozlar qishloq xo‘jaligi hayvonlarining mahsuldorligini pasaytirishi, ularning sog‘lig‘iga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi hamda ayrim turlarining zoonoz xususiyati tufayli inson salomatligi uchun ham xavf tug‘dirishi ta‘kidlangan. Maqolada klinik belgilari, parazitologik, gelmintoovoskopik, gelmintolarvoskopik, to‘liq gelmintologik yorib ko‘rish va noto‘liq gelmintologik yorib ko‘rish usullarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, kasalliklarni erta aniqlash, to‘g‘ri tashxis qo‘yish va samarali davolash hamda profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqishda laboratoriya tekshiruvlarining o‘rni asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Морфологические изменения нервных структур печени у собак при моделировании синдрома холестаза

    Shodiyarova D.S., Rasulova L.L., Ortikova Yu.O. · Применение молекулярно-генетических методов в диагностике паразитарных болезней, современные аспекты их лечения и профилактики · 2026

    Ushbu ishda jigarning nerv tuzilmalarini turli patologik holatlarda o‘rganishga oid adabiyotlar tahlil qilindi hamda mualliflarning shaxsiy tadqiqotlari natijalari keltirildi. Tadqiqot uchun 20 ta jinsiy jihatdan yetuk itning jigari olindi. Xolestaz sindromi hayvonlarda umumiy o‘t yo‘lini bog‘lash orqali modellashtirildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, xolestaz holatida itlar jigarining adrenergik va xolinergik nerv tuzilmalarida varikozsimon kengayishlar, mediatorlarning notekis taqsimlanishi, nerv tolalarining notekis yorug‘lanishi hamda nerv elementlarida boshqa destruktiv o‘zgarishlar kuzatildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    A‘zo va to‘qimalarda immunodepressantlar ta‘sirida kuzatiladigan morfofunksional va immunogistokimyoviy o‘zgarishlar

    Oripov F.S., Jurayeva B.G. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu sharh maqolada antiblastom immunodepressantlarning (siklofosfamid, metotreksat, azatioprin) turli farmakologik guruhlari qo‘llanilishida a‘zo va to‘qimalarda (jigar, buyrak, taloq, limfa tugunlari, suyak ko‘migi) yuzaga keladigan morfofunksional va immunogistokimyoviy o‘zgarishlar bo‘yicha zamonaviy adabiyotlar ma‘lumotlarining umumiy tahlili keltirilgan. Toksiklikning asosiy mexanizmlari: ksenobiotiklar metabolizmining buzilishi, oksidlovchi stressning faollashishi, apoptoz induksiyasi, mitoxondrial disfunksiya, sitokinlar orqali boshqariladigan yallig‘lanish reaksiyalari va fibrogenez jarayonlari ko‘rib chiqilgan. Immunogistokimyoviy markerlarning (Caspase-3, Ki-67, CD4, CD8, CD68, TNF-α, IL-6, TGF-β, 8-OHdG, 4-HNE, MDA) strukturaviy-funksional o‘zgarishlarni batafsil baholash va dori-induktsiyali shikastlanishlarni erta tashxislashdagi roliga alohida e‘tibor qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘pkaning sekretor hujayralarining gistokimyoviy o‘ziga xos xususiyatlari

    Yuldasheva N.B., Xayitova M.N., Okbayev A.B. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Quyonlar o‘pka to‘qimasining tug‘ilishdan keyingi ontogenez davrida sekretor hujayralardagi yangi morfofunksional xususiyatlarini aniqlash. Tadqiqot materiali sifatida 1 kunlik muddatdan 180 kunlik muddatgacha bo‘lgan quyonlarning o‘pka to‘qimasidan olingan namunalardan foydalanilgan. Tadqiqot davomida quyidagi gistologik usullar qo‘llanilgan: gematoksilin va eozin bilan bo‘yalgan, Van-Gizon usuli bilan bo‘yalgan, Futu usulida impregnatsiya qilingan. Yangi muzlatilgan kesmalar gistoximiyaviy tekshirish yordamida Gomori usulida ishqoriy fosfatazani o‘rganilgan. Aniqlanishicha, o‘pka atsinuslari hujayralaridan farqli ravishda sekretor hujayralar ishqoriy fosfatazaning eng yuqori faolligi bilan farqlanadi. Ko‘pgina kuzatish muddatlarida ularda ishqoriy fosfatazaning o‘rtacha faolligi aniqlansa-da, tug‘ilgandan keyin 7, 15 va 30 kunlarda ferment faolligining oshishi qayd etilgan. Ana shu muddatlarda sekretor hujayralardagi ishqoriy fosfataza faolligining oshishi o‘pka to‘qimasi atsinuslarining stromasidagi komponenti, uning argirofilligi va ayniqsa, elastik karkasining murakkab korrelyatsiyasi namoyon bo‘ladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Evaluation of a Chelex 100-based DNA extraction procedure for morphologically identified adult cyathostomins

    Demkina Olga Vladimirovna, Kotelnikov Danil Dmitrievich · Application of molecular genetic methods in the diagnosis of parasitic diseases and modern aspects of their treatment and prevention · 2026

    Siatostominlar (Nematoda: Strongylida: Cyathostominae) otlarning keng tarqalgan oshqozon-ichak nematodalari bo‘lib, taksonomik jihatdan xilma-xil guruhni tashkil etadi. Tadqiqotning maqsadi morfologik jihatdan identifikatsiya qilingan alohida voyaga yetgan siatostominlardan DNK ajratib olishning Chelex 100 asosidagi moslashtirilgan usulini baholash hamda olingan DNK miqdori va spektrofotometrik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi. O‘n bitta voyaga yetgan siatostomin morfologik jihatdan identifikatsiya qilindi va ularning har biriga alohida ishlov berildi. DNK konsentratsiyasi hamda A260/A280 va A260/A230 optik zichlik nisbatlari mikrohajmli spektrofotometriya usulida aniqlandi. Barcha 11 ta ekzemplyardan o‘lchash mumkin bo‘lgan miqdorda nuklein kislota olindi. DNK konsentratsiyasi 1,9–106,6 ng/mkl oralig‘ida bo‘lib, mediana 12,5 ng/mkl, o‘rtacha qiymat esa 29,9 ng/mkl bo‘ldi. A260/A280 nisbati 1,80–6,33 oralig‘ida o‘zgardi; mediana 1,97 bo‘lib, o‘n bitta ekstraktdan oltitasida bu ko‘rsatkich 1,80–2,00 oralig‘ida qayd etildi. Ekstraktlar qo‘shimcha ravishda PZR usulida tekshirildi. Tayyorlangan DNK namunalarida amplifikatsiya kuzatildi, bu esa amplifikatsiyaga yaroqli DNK matritsasi mavjudligini tasdiqladi. Chelex 100/proteinaza K usuli alohida ishlov berilgan, morfologik jihatdan identifikatsiya qilingan voyaga yetgan siatostominlardan kolonkada tozalash va organik erituvchilarni qo‘llamasdan, namunani ko‘chirish bosqichlari soni cheklangan holda DNK olish imkonini berdi. Ushbu metoddan alohida siatostominlarni morfologik identifikatsiya qilish va molekulyar-genetik tahlilni birlashtirgan tadqiqotlarda namunani tayyorlashning oddiy usuli sifatida foydalanish mumkin.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Membranadagi ko‘chish va transport jarayonlarining xususiyatlari va ahamiyati

    Raxmatov M., Mamatqulov N., Burxonov B.N. · Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari · 2026

    Ushbu maqolada membrana, uning tuzilishi va funksiyasi, membranalarning tanlab o‘tkazuvchanligi, membranalarning transport mexanizmlari, ion nasoslarining faol tashishi va ishlashi, endositoz va ekzositoz, transport jarayonlarining fiziologik ahamiyati va hujayra gomeostazi to‘g‘risida umumiy tushunchalar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MINERAL VA MIKROELEMENTLI O‘G‘ITLARNING BUG‘DOYNING O‘SIB-RIVOJLANISHI HAMDA DON SIFATIGA TA‘SIRI

    A. R.T., D. M.M. · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu tezisda bug‘doy hosildorligi va don sifatini oshirishda makroelementlar bilan bir qatorda mikroelementlarning ham muhim o‘rin tutishi ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Ushbu tahlil natijalaridan kelib chiqib, ko‘pchilik ilimiy-izlanishlarda mikroelementlarning o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, fotosintez jarayonlari, oziq moddalar almashinuvi hamda hosil elementlarining shakllanishiga ta‘sirini o‘rganishga qaratilganligini ko‘rishimiz mumkin. Adabiyotlar tahliliy natijalari bo‘yicha mikroelementli preparatlar bilan bug‘doy urug‘lariga ishlov berish va vegetatsiya davrida qo‘llash bug‘doyning unuvchanligi, tuplanishi, hosildorligi hamda don sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashini ko‘rsatgan. Shuningdek, Orolbo‘yi hududining tuproq-iqlim sharoitlarida mikroelementlarning samarali meyorlari va qo‘llash usullarini aniqlash yuqori va sifatli hosil olishning muhim omillaridan biri ekanligi bo‘yicha ham tahliliy ma‘lumotlar keltirilganligini kuzatish mumkin.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya