Maqola
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
2 404 natija
Maqola
2 404 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
AKMEOLOGIK MOTIVATSIYA VA UNI BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARIDA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
A. Parmonov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada pedagogikaning rivojlanishi insonning ichki salohiyatiga e‘tiborni kuchaytirish, shaxsning ijodiy o‘z-o‘zini rivojlantirishiga yordam beradigan ta‘lim muhitini yaratish bilan tavsiflanadi. Oliy ta‘lim tizimida ijodiy tafakkuri rivojlangan aqlli, tashabbuskor mutaxassislarni tayyorlashga bo‘lgan ehtiyoj va ularni rivojlantirish kabi masalalar yoritilgan.
- Ochiq kirishMaqola
GLOBAL TA‘LIM STANDARTLARI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR BILAN INTEGRATSIYA HOLATIDA MILLIYLIKNI SAQLAB QOLISH YO‘LLARI
K. Odilov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada global ta‘lim standartlari va zamonaviy texnologiyalarning ta‘lim tizimiga kirib kelishi sharoitida milliy qadriyatlar, madaniyat va milliy o‘zlikni saqlab qolish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, ta‘lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish bilan bir qatorda milliy an‘analar va ma‘naviy merosni yosh avlod ongiga singdirishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Muallif tomonidan milliylikni asrash va rivojlantirishning samarali yo‘llari hamda ta‘lim tizimida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan amaliy tavsiyalar bayon etilgan.
- Ochiq kirishMaqola
SCIENTIFIC ANALYSIS OF THE PERFORMANCE RESULTS IN THE 100 METER HURDLES EVENT AMONG FEMALE ATHLETES PARTICIPATING IN THE CHAMPIONSHIPS OF UZBEKISTAN
N. Karimov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning turli hududlarida U-16 va U17 yosh toifalaridagi ayol sportchilar o‘rtasida 100 metrga g‘ovlar osha yugurish bo‘yicha musobaqa natijalarini tahlil qilish hamda sport tayyorgarligi darajasidagi hududiy farqlarni aniqlashdan iborat. 2025-yilda o‘tkazilgan respublika musobaqalarining rasmiy bayonnomalari asosida sportchilarning tezkorlik qobiliyati, texnik-taktik tayyorgarligi va biomexanik ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilindi. Natijalar Toshkent va Farg‘ona viloyatlari sportchilari Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari sportchilariga nisbatan 7,80–14,90 foiz yuqori ko‘rsatkichlarga erishganini ko‘rsatdi. Bu holat respublika miqyosida g‘ovlar osha sprint tayyorgarligini rivojlantirishda hududiy tafovutlar mavjudligini tasdiqlaydi hamda ayrim hududlarda sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish zarurligini ilmiy jihatdan asoslaydi. Tadqiqot natijalari yosh sportchilar tayyorgarligini baholash, pedagogik monitoring tizimini kuchaytirish va uzoq muddatli sportchi rivojlanishi modelini optimallashtirishda muhim ilmiyamaliy ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishMaqola
BIOLOGIYA FANINI O‘QITISH JARAYONIDA ILG‘OR VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH
D. Mo‘minov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim talablari asosida innovatsion pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llash masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning bosh maqsadi — o‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi faolligini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda muammolarga ijodiy yondashuv orqali yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Maqolada interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va muammoli ta‘limning dars jarayonidagi ahamiyati tahlil etilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirish, fikrlarini erkin bayon etish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy yondashuvlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarning intellektual rivoji, ijodiy tafakkuri va ta‘lim samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishMaqola
THE IMPORTANCE OF TEACHING REGULAR AND IRREGULAR PLURAL NOUNS THROUGH THE HISTORY OF THE ENGLISH LANGUAGE
J. Ismoilov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada tarixiy lingvistikani grammatika o‘qitish jarayoniga integratsiya qilishning pedagogik ahamiyati, xususan, ingliz tilidagi muntazam va nomuntazam ko‘plikdagi otlarni o‘qitish misolida yoritiladi. O‘zbekistonlik 6-sinf o‘quvchisi Jasmina misolida olib borilgan keys-stadiya tarixiy kontekst grammatik tushunishni va o‘quvchi motivatsiyasini oshirishini ko‘rsatadi. Tadqiqotda ingliz tilining qadimgi ingliz tilidan zamonaviy ingliz tiligacha bo‘lgan rivojlanishi tahlil qilinib, lingvistik o‘zgarishlar hozirgi ko‘plikdagi ot shakllari bilan bog‘lanadi. Yosh o‘quvchilar uchun samarali grammatika o‘qitishni qo‘llab-quvvatlovchi amaliy sinf mashg‘ulotlari va multimedia resurslari taqdim etiladi.
- Ochiq kirishMaqola
TURLI YOSHDAGI YENGIL ATLETIKACHILAR BILAN O‘QUV - MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL QILISH METODIKASI
S. Isabekov, O. Alijanov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada turli yoshdagi yengil atletika turlari bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi hamda issiq iqlim sharoitida ular bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni tashkil qilish metodikasi ishlab chiqilgan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan.
- Ochiq kirishMaqola
THE CONCEPT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND ITS ROLE IN EDUCATION
I. Ganieva, E. Alimova · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada zamonaviy ta‘limda, ayniqsa ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganishda sun‘iy intellektning (SI) o‘rni yoritiladi. Unda intellektual repetitorlik tizimlari, chatbotlar, tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyalari va shaxsiylashtirilgan o‘quv platformalari kabi SI asosidagi vositalar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari SI moslashuvchan ta‘lim, tezkor fikrmulohaza va o‘quvchilar motivatsiyasini oshirish orqali til o‘rganishni yaxshilashini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, SIdan samarali foydalanish axloqiy masalalar, ma‘lumotlar maxfiyligi hamda texnologiya va an‘anaviy o‘qitish metodlari o‘rtasidagi muvozanatga e‘tibor qaratishni talab etadi.
- Ochiq kirishMaqola
INTELLIGENCE-BASED ADAPTIVE LEARNING ENVIRONMENTS IN HIGHER EDUCATION
B. Abdurazoqov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur tadqiqot oliy ta‘lim tizimida sun‘iy intellektga asoslangan adaptiv o‘quv muhitlarining talabalarning kognitiv imkoniyatlarini rivojlantirish va baholashdagi rolini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda AI texnologiyalari yordamida individual ta‘lim trayektoriyalarini shakllantirish, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini optimallashtirish hamda kognitiv jarayonlarni (diqqat, xotira, tafakkur va metakognitsiya) rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, adaptiv o‘quv muhitlarining kognitiv samaradorligini baholash modeli ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari oliy ta‘limda raqamli transformatsiyani kuchaytirish va ta‘lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishMaqola
PEDAGOGLARNI TAYYORLASH JARAYONIDA IMMERSIV TEXNOLOGIYALARNING KOGNITIV RIVOJLANISHGA TA‘SIRINI MODELLASHTIRISH
B. Abdurazoqov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur tadqiqot pedagoglarni tayyorlash jarayonida immersiv texnologiyalarning (virtual reallik, kengaytirilgan reallik va aralash reallik) bo‘lajak pedagoglarning kognitiv rivojlanishiga ta‘sirini modellashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda immersiv ta‘lim muhiti orqali talabalarning diqqat, xotira, tafakkur, muammoli vaziyatlarni hal etish va metakognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, immersiv texnologiyalar asosida kognitiv rivojlanishni baholash va prognozlash modeli ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari pedagogik ta‘lim sifatini oshirish hamda innovatsion ta‘lim muhitlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishMaqola
THE ROLE OF INTERDISCIPLINARY INTEGRATION IN INCREASING STUDENTS‘ INNOVATIVE POTENTIAL (INFORMATION TECHNOLOGY CASE STUDY)
K. Abdualiev · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada axborot texnologiyalari sohasi misolida talabalarning innovatsion salohiyatini oshirishda fanlararo integratsiyaning roli ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy ta‘limda real muammolarning murakkabligi turli fanlardan olingan bilimlarning uyg‘unlashuvini talab etadi, bu esa talabalarga tanqidiy fikrlash, moslashuvchanlik va ijodiy yechimlar ishlab chiqish imkonini beradi. Tadqiqot ITning ta‘lim, muhandislik, lingvistika va ijtimoiy fanlar bilan integratsiyasi innovatsiyalarni rag‘batlantiruvchi yaxlit o‘quv muhitini shakllantirishini tahlil qiladi. Hozirgi pedagogik yondashuvlar, loyiha asosida ta‘lim modellari va raqamli vositalar tahlili orqali fanlararo strategiyalarning muammolarni hal qilish kompetensiyalari hamda texnologik ijodkorlikni rivojlantirishdagi samaradorligi ko‘rsatiladi. Natijalar fanlararo integratsiya nafaqat akademik natijalarni yaxshilashini, balki tez rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot uchun zarur ko‘nikmalarni ham shakllantirishini ko‘rsatadi. Shuningdek, ITga asoslangan fanlararo ta‘lim orqali innovatsion salohiyatni kuchaytirishga qaratilgan o‘quv dasturi va o‘qitish amaliyotlari bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
SCIENTIFIC AND PRACTICAL PROBLEMS OF WRESTLING QUALIFICATION AND EARLY ORIENTATION
N. Abdullayev · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada sport ta‘lim muassasalarida saralash va bashorat qilish orqali oliy sport yutuqlarini rivojlantirishning raqamli texnologiyalarini yaratish uslublari hamda tayyorgarlik jarayoni muvofiqligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishMaqola
EKOLOGIK SUG‘URTANI HUQUQIY TA‘MINLASHDA XORIJIY TAJRIBA
V. Usmonov, N. Holiqova · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada ekologik sug‘urtani huquqiy ta‘minlashning nazariy va amaliy jihatlari, uning atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik zararlarni qoplashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Unda AQSh, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining ekologik sug‘urta va ekologik javobgarlikni tartibga solish bo‘yicha tajribasi o‘rganilgan. Xorijiy tajriba asosida O‘zbekistonda ekologik sug‘urta tizimini takomillashtirish, ekologik xavflarni baholash, sug‘urta mexanizmlarini rivojlantirish va ekologik zararlarni qoplashning huquqiy asoslarini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishMaqola
“YO‘QOLGAN AVLOD” ADABIYOTI: TARIXIY GENEZIS, ADABIY TASNIF VA POETIKA XUSUSIYATLARI
D. Tojiboyev · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada XX asrning birinchi uchdan bir qismida Amerika va G‘arbiy Yevropa adabiyotida yuzaga kelgan “yo‘qolgan avlod” yo‘nalishi tarixiy genezisi, adabiyotshunoslik muomalasidagi turli talqinlar, asosiy vakillari ijodi hamda poetika xususiyatlari nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Maqolada mazkur tushunchaning paydo bo‘lish tarixi, uning G. Stayn va E. Xeminguey tomonidan adabiy muomalaga kiritilish jarayoni, shuningdek rus, sovet va xorijiy adabiyotshunoslikdagi ilmiy talqinlar keng qamrovli tarzda o‘rganiladi. “Yo‘qolgan avlod” adabiyotining bir nechta variatsiyalari ajratilib, ularning o‘ziga xos xususiyatlari E. M. Remark, R. Oldington, E. Xeminguey, F. S. Fitsjerald, U. Folkner, V. Vulf va D. G. Lourens asarlari misolida tahlil etiladi.
- Ochiq kirishMaqola
THE CONCEPTUAL SEMANTICS OF INTENSITY IN LANGUAGES: THE REPRESENTATION OF OBJECTIVE REALITY
S. Valijanov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada dunyoqarashning mifologik, diniy va ilmiy turlari yoritilgan. Mifologiyadagi uch asosiy tushuncha tahlil qilinib, ularning o‘zaro farqlari hamda tegishli misollar keltirilgan. Shuningdek, turli xalqlar va madaniyatlarning olamni idrok etishi hamda talqin qilishidagi farqlar misollar asosida ko‘rsatib berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
G‘O‘ZANING QO‘SHQATOR “SHINJON” VA YAKKA QATOR EKISH SXEMALARIDA OZIQLANTIRISH SAMARADORLIGI
X. Zaripov, D. Namozov, S. Sharipov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada g‘o‘zaning qo‘shqator “shinjon” hamda yakka qator ekish sxemalarida mineral o‘g‘itlar qo‘llash samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida hosildorlik, o‘sish-rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi tahlil qilindi. Aniqlanishicha, qo‘shqator ekish sxemasi o‘simliklarning oziqlanish maydonini yaxshilab, o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasida 76 sm sxemada yakka qator usulida ekilgan g‘o‘za o‘simliklarida o‘rtacha bo‘yi 83 sm, ko‘saklar soni 15–18 donani tashkil etdi. Ushbu variantda o‘simliklar zichligi yuqori bo‘lgani sababli, ayrim hollarda vegetativ organlarning rivojlanishi nisbatan sustlashgani kuzatildi. Qo‘shqator (76 × 10 sm) “shinjon” usulida ekilgan variantda o‘simliklar yorug‘lik va oziqa moddalari bilan yaxshiroq ta‘minlandi. Natijada o‘simlik bo‘yi 90 sm ga yetdi, ko‘saklar soni 10–12 donani tashkil etdi. Ushbu variantda hosildorlik nazorat variantiga nisbatan 23 s/ga yuqori bo‘ldi.
- Ochiq kirishMaqola
DEVELOPMENT AND BIOCHEMICAL SCREENING OF F COTTON HYBRIDS TOLERANT TO VERTICILLIUM DAHLIAE KLEBHAN AS A STRATEGY FOR CLIMATE-RESILIENT AGRICULTURE
V. Avtonomov, Z. Alimova, A. Ravshanov, D. Rashidova, U. Kayumov, M. Yakubov, N. Mamedov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada biokimyoviy va dala baholash usullaridan foydalangan holda Verticillium dahliae Kleb. patogeniga chidamli g‘o‘za navlari va duragaylarini aniqlashga qaratilgan laboratoriya hamda dala tadqiqotlari tahlili keltirilgan. Tadqiqotda duragaylash uchun boshlang‘ich material sifatida G. hirsutum turining turli genetik kelib chiqishga ega SB-6, S-6541, Namangan-34, S-6545 va Namangan-77 navlari ishlatilgan. Ushbu navlar va ularning F1 duragaylari laboratoriya hamda dala sharoitida V. dahliae ga chidamliligi bo‘yicha baholandi. Qiyosiy tahlil natijalari ikkala usul — biokimyoviy va dala baholash — amalda bir xil ma‘lumot berishini ko‘rsatdi, bu esa ularning ishonchliligini tasdiqlaydi va dala baholash natijalarini qayta tekshirishga zarurat yo‘qligini bildiradi. Baholash natijalariga ko‘ra, V. dahliae ga eng chidamli navlar sifatida Namangan-34, Namangan-77 va S-6541 aniqlandi. Shuningdek, o‘rganilgan F1 duragaylari orasida quyidagi chatishtirish kombinatsiyalari istiqbolli chidamlilik namoyon etdi: Namangan-77 × S-6541, Namangan-34 × SB-6, S-6541 × SB-6, S-6541 × S-6545, S-6545 × S6541 va SB-6 × S-6541. Olingan natijalar biokimyoviy va dala tadqiqotlarini birgalikda qo‘llash chidamli genotiplarni aniqlashning ishonchli yondashuvi ekanligini, aniqlangan chidamli nav va duragaylar esa V. dahliae ga chidamliligi yuqori g‘o‘za yaratishda qimmatli seleksiya materiali bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishMaqola
FIELD GERMINATION OF ULTRA-EARLY MATURING WINTER WHEAT VARIETIES “ULTRA” AND “FLESH”
N. Durdiyev, Z. Gopporova · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada 2024–2025 yillarda ultratezpishar kuzgi bug‘doyning Flesh, Ultra va Chillaki navlarining dala unuvchanligi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Flesh va Ultra navlari har ikki yilda ham nazorat naviga nisbatan yuqori unuvchanlik ko‘rsatdi. Eng yuqori dala unuvchanligi Flesh navida qayd etilib, uning istiqbolli nav ekanligi aniqlandi.
- Ochiq kirishMaqola
AYOLLAR YANGI NAQSHLI KASTYUMBOP TO‘QIMALARINI LOYIHALASH USULLARI VA TADQIQI
M. Xaydarova, G. Valiyev · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada ayollar yengil kostyumi uchun polotno o‘rilishida iplar xususiyatlari, kamchiliklari va afzalliklari yoritilgan. Tadqiqotda turli naqshli paxta tolali to‘qimalar ishlab chiqish, iplar xususiyatlariga asoslanib to‘qimalarni loyihalash, texnologiyasini takomillashtirish hamda ayollar kiyimlarida qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
- Ochiq kirishMaqola
BULUTLI HISOBLASHNING XIZMAT MODELLARI
O. Raxmatov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot sharoitida katta hajmdagi ma‘lumotlarni (big data) qayta ishlash hamda saqlash masalalari an‘anaviy markazlashgan hisoblash tizimlarining cheklangan resurslari va past masshtablanuvchanlik muammolarini yuzaga keltirmoqda. Bunday sharoitda bulutli hisoblash modellari (IaaS, PaaS, SaaS) taqsimlangan hisoblashni xizmat sifatida taqdim etib, samarali va elastik infratuzilma yaratishning asosiy vositasiga aylandi. IaaS (Infrastructure as a Service — infratuzilma sifatida xizmat) — bu bulutli xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar (Cloud Service Provider — CSP) tomonidan jismoniy hisoblash resurslari, virtual serverlar, tarmoq komponentlari va ma‘lumotlarni saqlash tizimlariga alohida virtual xizmatlar ko‘rinishida internet orqali kirishni ta‘minlovchi fundamental bulutli modeldir.
- Ochiq kirishMaqola
QUYOSH ELEKTR STANSIYALARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI
M. Rahmonov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Quyosh elektr stansiyasining samaradorligi faqat modul pasportida ko‘rsatilgan foydali ish koeffitsienti bilan belgilanmaydi. Yillik energiya hosiliga quyosh resursi, modul harorati, changlanish, soyalanish, qatorlar oralig‘i, MPPT va inverter ishlashi, kabel yo‘qotishlari, trekerning mavjudligi, tarmoq cheklovlari hamda texnik xizmat sifati bir vaqtda ta‘sir qiladi. Ushbu maqolada yuqori samarali modullar, optimal qiyalik va azimut, bir o‘qli trekerlar, bifasial panellar, passiv issiqlik boshqaruvi, holatga asoslangan tozalash, elektr zanjirini optimallashtirish, SCADA va sun‘iy intellekt yordamida prediktiv xizmat ko‘rsatish usullari sodda tilda, lekin muhandislik mezonlari bilan yoritiladi. O‘zbekistonning quyosh salohiyati kontekstida 100 MWp stansiya uchun hisobiy ssenariy ham berilib, energiya o‘sishi bilan CAPEX/OPEX va noaniqlik o‘rtasidagi muvozanat ko‘rsatiladi.