Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola12.00.00Ochiq kirish

EKOLOGIK SUG‘URTANI HUQUQIY TA‘MINLASHDA XORIJIY TAJRIBA

Usmonov Vosid Muhammadievich1, Holiqova Nargiza Shermamatovna22026

  1. 1Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti – “Milliy tadqiqot universiteti”, katta o‘qituvchi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). E- mail:
  2. 2“Milliy tadqiqot universiteti”, Ekologiya huquqi fakulteti, Yurisprudensiya yo‘nalishi, 4- kurs, 407-guruh talabasi

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 6Sahifa 99–105

Annotatsiya

Mazkur maqolada ekologik sug‘urtani huquqiy ta‘minlashning nazariy va amaliy jihatlari, uning atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik zararlarni qoplashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Unda AQSh, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining ekologik sug‘urta va ekologik javobgarlikni tartibga solish bo‘yicha tajribasi o‘rganilgan. Xorijiy tajriba asosida O‘zbekistonda ekologik sug‘urta tizimini takomillashtirish, ekologik xavflarni baholash, sug‘urta mexanizmlarini rivojlantirish va ekologik zararlarni qoplashning huquqiy asoslarini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПРАВОВОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО СТРАХОВАНИЯ

В статье анализируются теоретические и практические аспекты правового обеспечения экологического страхования, его значение в охране окружающей среды и возмещении экологического ущерба. Рассматривается опыт США, Германии, Франции, Великобритании и стран Европейского Союза в сфере экологического страхования и правового регулирования экологической ответственности. На основе зарубежного опыта разработаны предложения по совершенствованию системы экологического страхования в Узбекистане, оценке экологических рисков, развитию страховых механизмов и укреплению правовых основ возмещения экологического ущерба.

inglizchaFOREIGN EXPERIENCE IN THE LEGAL FRAMEWORK FOR ENVIRONMENTAL INSURANCE

This article analyzes the theoretical and practical aspects of the legal framework for environmental insurance and its importance in environmental protection and compensation for environmental damage. The experience of the United States, Germany, France, the United Kingdom, and the European Union in environmental insurance and environmental liability regulation is examined. Based on international experience, proposals are developed to improve the environmental insurance system in Uzbekistan, strengthen environmental risk assessment, develop insurance mechanisms, and enhance the legal framework for compensation of environmental damage.

Kalit so‘zlar

  • ekologik sug‘urta
  • ekologik xavf
  • ekologik zarar
  • ekologik javobgarlik
  • atrof-muhitni muhofaza qilish
  • sug‘urta shartnomasi
  • sug‘urta tovoni
  • ekologik xavfsizlik
  • xorijiy tajriba

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UDK 349.6:368 EKOLOGIK SUG‘URTANI HUQUQIY TA’MINLASHDA XORIJIY TAJRIBA Usmonov Vosid Muhammadievich Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti – “Milliy tadqiqot universiteti”, katta o‘qituvchi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Email: usmonov.vosid@mail.ru Holiqova Nargiza Shermamatovna “Milliy tadqiqot universiteti”, Ekologiya huquqi fakulteti, Yurisprudensiya yo‘nalishi, 4- kurs, 407-guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.21934218 Annotatsiya: Mazkur maqolada ekologik sug‘urtani huquqiy ta’minlashning nazariy va amaliy jihatlari, uning atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik zararlarni qoplashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Unda AQSh, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining ekologik sug‘urta va ekologik javobgarlikni tartibga solish bo‘yicha tajribasi o‘rganilgan. Xorijiy tajriba asosida O‘zbekistonda ekologik sug‘urta tizimini takomillashtirish, ekologik xavflarni baholash, sug‘urta mexanizmlarini rivojlantirish va ekologik zararlarni qoplashning huquqiy asoslarini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: ekologik sug‘urta, ekologik xavf, ekologik zarar, ekologik javobgarlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, sug‘urta shartnomasi, sug‘urta tovoni, ekologik xavfsizlik, xorijiy tajriba.

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ПРАВОВОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО СТРАХОВАНИЯ Усмонов Восид Мухаммадиевич Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства — Национальный исследовательский университет, старший преподаватель, доктор философии (PhD) по юридическим наукам. E-mail: usmonov.vosid@mail.ru Холикова Наргиза Шермаматовна Национальный исследовательский университет, факультет экологического права, направление «Юриспруденция», студентка 4 курса, группа 407 Аннотация: В статье анализируются теоретические и практические аспекты правового обеспечения экологического страхования, его значение в охране окружающей среды и возмещении экологического ущерба. Рассматривается опыт США, Германии, Франции, Великобритании и стран Европейского Союза в сфере экологического страхования и правового регулирования экологической ответственности. На основе зарубежного опыта разработаны предложения по совершенствованию системы экологического страхования в Узбекистане, оценке экологических рисков, развитию страховых механизмов и укреплению правовых основ возмещения экологического ущерба. Ключевые слова: экологическое страхование, экологический риск, экологический ущерб, экологическая ответственность, охрана окружающей среды, договор страхования, страховое возмещение, экологическая безопасность, зарубежный опыт.

FOREIGN EXPERIENCE IN THE LEGAL FRAMEWORK FOR ENVIRONMENTAL INSURANCE Usmonov Vosid Muhammadievich Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers – National Research University, Senior Lecturer, PhD in Law. E-mail: usmonov.vosid@mail.ru Holiqova Nargiza Shermamatovna National Research University, Faculty of Environmental Law, Jurisprudence program, 4th-year student, Group 407 Abstract: This article analyzes the theoretical and practical aspects of the legal framework for environmental insurance and its importance in environmental protection and compensation for environmental damage. The experience of the United States, Germany, France, the United Kingdom, and the European Union in environmental insurance and environmental liability regulation is examined. Based on international experience, proposals are developed to improve the environmental insurance system in Uzbekistan, strengthen environmental risk assessment, develop insurance mechanisms, and enhance the legal framework for compensation of environmental damage. Keywords: environmental insurance, environmental risk, environmental damage, environmental liability, environmental protection, insurance contract, insurance compensation, environmental safety, international experience.

KIRISH Bugungi kunda atrof-muhitga antropogen ta’sirning kuchayishi, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining kengayishi, transport vositalari sonining ortishi hamda tabiiy resurslardan foydalanish hajmining ko‘payishi ekologik xavflarni boshqarishning samarali huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarini shakllantirishni talab etmoqda. Ekologik xavf natijasida tabiat obyektlariga, inson salomatligiga, mulkka va iqtisodiyotga katta miqdorda zarar yetkazilishi mumkin. Ekologik zararlarni qoplashning an’anaviy huquqiy mexanizmlari bilan bir qatorda sug‘urta mexanizmlaridan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ekologik sug‘urta ekologik xavf mavjud bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning moliyaviy javobgarligini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni oldindan moliyaviy jihatdan kafolatlash va ekologik xavflarni boshqarishning bozor mexanizmlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ekologik sug‘urta faqatgina zarar yuzaga kelgandan keyin uni qoplash vositasi emas, balki ekologik xavflarni kamaytirishga rag‘batlantiruvchi iqtisodiy-huquqiy mexanizm sifatida ham shakllangan. Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda O‘zbekistonda sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi, chiqindilar hajmining ortishi, suv, yer va havo resurslariga antropogen bosimning kuchayishi ekologik xavflarni boshqarish va atrofmuhitga yetkazilgan zararni qoplashning samarali huquqiy-moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirishni talab etmoqda. Shu bois mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan huquqiy baza izchil rivojlantirilmoqda. Xususan, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “Ekologik audit to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, 2024-yildagi “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-903-son, 2025-yildagi “Ekologik ekspertiza, atrofmuhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi O‘RQ-1036-son hamda “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘RQ-1073-son qonunlar ekologik

munosabatlarni huquqiy tartibga solishni yanada kuchaytirdi. 2026-yilda qabul qilingan O‘RQ- 1124 va O‘RQ-1143-son qonunlar bilan atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik mexanizmlari yanada takomillashtirildi. Mazkur huquqiy islohotlar sharoitida ekologik zarar yuzaga kelgan taqdirda uni tezkor va kafolatli ravishda qoplash imkonini beruvchi ekologik sug‘urta institutini rivojlantirish alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Amaldagi qonunchilikda ekologik sug‘urtalash imkoniyati nazarda tutilgan bo‘lsa-da, ekologik xavfi yuqori bo‘lgan faoliyat turlarini majburiy sug‘urtalash, ekologik risklarni baholash, sug‘urta summasi va tariflarini belgilash, ekologik zararni hisoblash hamda sug‘urta tovonini to‘lashning aniq huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish zarurati mavjud. Shu jihatdan rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va uni O‘zbekiston milliy qonunchiligiga moslashtirish ekologik sug‘urtaning samarali huquqiy mexanizmini shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi. O‘rganilganligi. Ekologik sug‘urta va ekologik javobgarlik masalalari xorijiy hamda mahalliy olimlarning ilmiy tadqiqotlarida turli jihatlardan o‘rganilgan. Xorijiy tadqiqotlarda ekologik sug‘urtaning huquqiy tabiati, ekologik risklarni baholash, atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash, “ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili va ekologik javobgarlikni moliyaviy ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Yevropa davlatlari, AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlarda ekologik javobgarlik hamda sug‘urta mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy yondashuvlar shakllangan. O‘zbekistonda esa ekologik xavfsizlik, atrofmuhitni muhofaza qilish, ekologik javobgarlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari huquqshunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lsa-da, ekologik sug‘urtani aynan huquqiy jihatdan ta’minlash, uni xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, ekologik xavfi yuqori bo‘lgan faoliyat turlarini sug‘urtalash hamda ekologik zararlarni qoplashning samarali sug‘urta mexanizmlarini ishlab chiqish masalalari yetarli darajada kompleks tadqiq etilmagan. Shu sababli mazkur maqolada ekologik sug‘urtaning huquqiy asoslarini xorijiy tajriba bilan qiyosiy tahlil qilish va O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotning maqsadi. Mazkur maqolaning asosiy maqsadi ekologik sug‘urtani huquqiy ta’minlashning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganish, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini qiyosiy-huquqiy tahlil qilish hamda ushbu tajribadan kelib chiqib O‘zbekistonda ekologik sug‘urta institutini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari. Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: • ekologik sug‘urtaning huquqiy mohiyati va asosiy tamoyillarini yoritish; • O‘zbekistonda ekologik sug‘urtaning amaldagi huquqiy asoslarini tahlil qilish; TADQIQOT METODOLOGIYASI Tadqiqot usullari. Mazkur tadqiqotni amalga oshirishda qiyosiy-huquqiy, tizimli-tahliliy, formal-yuridik, mantiqiy, statistik va umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Qiyosiy-huquqiy usul orqali O‘zbekiston qonunchiligidagi ekologik sug‘urta bilan bog‘liq normalar AQSh, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qonunchiligi bilan taqqoslandi. Tizimli-tahliliy usul asosida ekologik sug‘urtaning ekologik javobgarlik, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimidagi o‘rni o‘rganildi. Formal-yuridik usul yordamida ekologik sug‘urtaga oid qonun hujjatlarining mazmuni va huquqiy normalari tahlil qilindi. Mantiqiy va umumlashtirish usullari asosida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar va takliflar ishlab chiqildi.

1-jadval. Tadqiqotda qo‘llanilgan tahlil va usullar Tahlil va tadqiqot № Mazmuni Mazkur tadqiqotda qo‘llanilishi usuli Turli davlatlarning ekologik O‘zbekiston, AQSh, Germaniya, Qiyosiy-huquqiy sug‘urta va ekologik Fransiya, Buyuk Britaniya va tahlil javobgarlikka oid Yevropa Ittifoqi tajribasi qonunchiligini taqqoslash o‘rganildi Qonun hujjatlaridagi huquqiy Ekologik sug‘urtaga oid 2 Formal-yuridik usul normalarning mazmunini O‘zbekiston qonunchiligi aniqlash va sharhlash normalari tahlil qilindi Ekologik sug‘urta, ekologik Huquqiy institutlarni o‘zaro xavfsizlik, ekologik javobgarlik 3 Tizimli tahlil bog‘liq holda o‘rganish va atrof-muhitni muhofaza qilish o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi Amaldagi qonunchilik va Ekologik zararlarni qoplash va Huquqiy-tahliliy huquqni qo‘llash 4 sug‘urta mexanizmlaridagi usul amaliyotidagi muammolarni huquqiy muammolar o‘rganildi aniqlash Ekologik xavf → zarar → Huquqiy hodisa va jarayonlar javobgarlik → sug‘urta to‘lovi 5 Mantiqiy tahlil o‘rtasidagi sabab-oqibat o‘rtasidagi munosabatlar tahlil aloqalarini aniqlash qilindi Tadqiqot natijalarini Xorijiy tajribaning O‘zbekiston Umumlashtirish 6 umumlashtirib, ilmiy xulosalar uchun maqbul jihatlari usuli shakllantirish umumlashtirildi Ekologik sug‘urtaning Mavjud huquqiy majburiyligi, riskni baholash va 7 Muammoli tahlil mexanizmlarning sug‘urta tovonini belgilash kamchiliklarini aniqlash masalalari tahlil qilindi Mavjud holat asosida huquqiy O‘zbekistonda ekologik sug‘urta 8 Ilmiy prognozlash rivojlanish istiqbollarini tizimini takomillashtirish belgilash istiqbollari belgilandi

Tadqiqot davomida qiyosiy-huquqiy, formal-yuridik, tizimli, mantiqiy-tahliliy va umumlashtirish usullarining kompleks qo‘llanilishi ekologik sug‘urtaning O‘zbekistondagi huquqiy holatini xorijiy tajriba bilan qiyoslash hamda mavjud muammolar bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish imkonini berdi. Ekologik xavf va ekologik javobgarlikni kompleks tahlil qilish ushbu mavzuni huquqiy jihatdan tadqiq etishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA 2-jadval. “Ekologik sug‘urtani huquqiy ta’minlash modeli”ni ishlab chiqish Bosqich Huquqiy mexanizm Mazmuni Ekologik xavfni Korxona faoliyatining atrof-muhitga xavf darajasini aniqlash belgilash 2 Risklarni tasniflash Past, o‘rta va yuqori ekologik xavf guruhlariga ajratish Sug‘urtalash Yuqori ekologik xavfli faoliyat turlari uchun majburiy majburiyatini belgilash sug‘urta joriy etish Sug‘urta summasini Ehtimoliy ekologik zarar miqdoridan kelib chiqib aniqlash sug‘urta summasini belgilash Ekologik xavfi yuqori korxonaga yuqori, ekologik 5 Differensial tarif xavfsiz korxonaga past tarif qo‘llash Ekologik hodisani qayd Vakolatli ekologik organ tomonidan zarar holatini etish rasmiylashtirish Suv, tuproq, havo, o‘simlik va hayvonot dunyosiga 7 Zararning baholanishi yetkazilgan zararni aniqlash Sug‘urta tovonini Belgilangan tartibda zarar ko‘rgan shaxs yoki ekologik to‘lash tiklash ishlariga mablag‘ajratish Sug‘urta hodisasidan keyingi ekologik holatni nazorat 9 Ekologik monitoring qilish Ekologik xavfni kamaytirgan korxonalarga sug‘urta 10 Profilaktik rag‘bat chegirmalari berish

Masalan: ESI = E₁ + E₂ + E₃ + E₄ + E₅ Bu yerda: E₁ – atmosfera havosiga ta’sir darajasi; E₂ – suv resurslariga ta’sir darajasi; E₃ – tuproq va yer resurslariga ta’sir darajasi; E₄ – xavfli chiqindilar miqdori; E₅ – avariya yoki ekologik hodisa yuz berish ehtimoli. Mazkur model ekologik xavfi mavjud bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning atrofmuhitga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararlarini moliyaviy va huquqiy jihatdan kafolatlashga qaratilgan. Modelning dastlabki bosqichida korxona faoliyatining ekologik xavf darajasi aniqlanib, mavjud risklar past, o‘rta va yuqori darajalarga tasniflanadi. Ekologik xavfi yuqori bo‘lgan faoliyat turlari uchun majburiy sug‘urtalash mexanizmini joriy etish taklif etiladi. Keyingi bosqichlarda ehtimoliy ekologik zarar miqdoridan kelib chiqib sug‘urta summasi belgilanadi hamda ekologik xavf darajasiga mos differensial sug‘urta tariflari qo‘llaniladi. Ekologik hodisa yuzaga kelgan taqdirda u vakolatli organ tomonidan qayd etilib, suv, tuproq, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori baholanadi. Belgilangan tartibda

sug‘urta tovoni to‘lanib, ekologik tiklash ishlari moliyalashtiriladi. Shundan so‘ng ekologik monitoring amalga oshiriladi va ekologik xavfni kamaytiruvchi korxonalarga sug‘urta chegirmalari hamda boshqa iqtisodiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash nazarda tutiladi. Mazkur modelning amaliy joriy etilishi ekologik zararlarni tezkor qoplash, atrof-muhitni muhofaza qilish samaradorligini oshirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ekologik javobgarligini kuchaytirish va mamlakatda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

1-rasm. Ekologik sug‘urtani huquqiy ta’minlash modeli Shuningdek, ekologik sug‘urta sohasida yagona axborot bazasini shakllantirish maqsadga muvofiq. Unda sug‘urtalanuvchi korxonaning ekologik xavf darajasi, sug‘urta summasi, sug‘urta muddati, ekologik hodisalar tarixi, ekologik audit va monitoring natijalari kabi ma’lumotlar jamlanishi mumkin. Bunday tizim davlat ekologik nazorati, sug‘urta tashkilotlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi axborot almashinuvini yaxshilaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ekologik sug‘urtani rivojlantirish uchun faqat sug‘urta qonunchiligini takomillashtirishning o‘zi yetarli emas. Ekologik zarar tushunchasi, uni baholash mezonlari, ekologik javobgarlik chegaralari, zarar ko‘rgan shaxslarning huquqlari, sug‘urta kompaniyasining majburiyatlari va vakolatli davlat organlarining vakolatlari o‘zaro uyg‘unlashtirilishi lozim. Shu nuqtayi nazardan ekologik sug‘urta ekologik huquq, fuqarolik huquqi va sug‘urta huquqining o‘zaro kesishgan nuqtasida shakllanadigan kompleks huquqiy institut sifatida qaralishi kerak. XULOSA O‘tkazilgan tadqiqot natijasida ekologik sug‘urta atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashning muhim huquqiy-iqtisodiy mexanizmlaridan biri ekanligi aniqlandi. Xorijiy davlatlar tajribasi ekologik javobgarlikni moliyaviy kafolatlash, ekologik zararlarni tezkor qoplash va ekologik xavflarni kamaytirishda sug‘urta mexanizmlaridan samarali foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi. Shu sababli O‘zbekistonda ekologik sug‘urta institutini yanada rivojlantirish uchun ekologik xavfi yuqori bo‘lgan faoliyat turlarini bosqichma-bosqich majburiy sug‘urtalash, ekologik risklarni baholashning yagona mezonlarini ishlab chiqish, sug‘urta summasini ehtimoliy ekologik zarar miqdoriga bog‘lash, differensial sug‘urta tariflarini joriy etish va ekologik zararlarni baholashning yagona metodikasini shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot doirasida taklif etilgan “Ekologik sug‘urtani huquqiy ta’minlash modeli”

ekologik xavfni aniqlashdan boshlab zararlarni baholash, sug‘urta tovonini to‘lash, monitoring va profilaktik rag‘batlantirishgacha bo‘lgan jarayonlarni yagona tizimga birlashtiradi. Mazkur modelni amaliyotga joriy etish ekologik zararlarni qoplashning moliyaviy kafolatlarini kuchaytirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ekologik javobgarligini oshirish, ekologik xavflarni kamaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar18 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023.
  2. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
  3. O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
  4. O‘zbekiston Respublikasining Ekologik kodeksi.
  5. O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni.
  6. O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni.
  7. O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik audit to‘g‘risida”gi Qonuni.
  8. O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi Qonuni.
  9. European Parliament and Council. Directive 2004/35/EC of 21 April 2004 on environmental liability with regard to the prevention and remedying of environmental damage. – Official Journal of the European Union, L 143, 2004.
  10. European Commission. Environmental Liability Directive: Prevention and remedying of environmental damage.
  11. United States Environmental Protection Agency (EPA). Comprehensive Environmental Response, Compensation, and Liability Act (CERCLA).
  12. OECD. Environmental Liability and Risk Management: Environmental policy and economic instruments.
  13. United Nations Environment Programme (UNEP). Environmental Law and Sustainable Development.
  14. International Association of Insurance Supervisors (IAIS). Environmental and climate-related risks in the insurance sector.
  15. German Environmental Liability Act (Umwelthaftungsgesetz).
  16. Pollution-related Health Damage Compensation Law of Japan.
  17. Environmental liability and insurance: international approaches to environmental risk management.
  18. Environmental insurance and environmental liability: comparative legal approaches.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013504
Nashr sanasi
2026-07-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v5i6.2390
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
99–105
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06