AKMEOLOGIK MOTIVATSIYA VA UNI BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARIDA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
Parmonov A.AQo‘qon Davlat unversiteti katta o‘qituvchisi2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 6Sahifa 172–176
Annotatsiya
Ushbu maqolada pedagogikaning rivojlanishi insonning ichki salohiyatiga e‘tiborni kuchaytirish, shaxsning ijodiy o‘z-o‘zini rivojlantirishiga yordam beradigan ta‘lim muhitini yaratish bilan tavsiflanadi. Oliy ta‘lim tizimida ijodiy tafakkuri rivojlangan aqlli, tashabbuskor mutaxassislarni tayyorlashga bo‘lgan ehtiyoj va ularni rivojlantirish kabi masalalar yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaАКМЕОЛОГИЧЕСКАЯ МОТИВАЦИЯ И ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ЕЕ РАЗВИТИЯ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ
В данной статье описывается развитие педагогики как процесс повышения внимания к внутреннему потенциалу человека, создания образовательной среды, способствующей творческому саморазвитию личности. Подчеркивается необходимость подготовки в системе высшего образования интеллектуальных, предприимчивых специалистов с развитым творческим мышлением и их развития.
inglizchaACMEOLOGICAL MOTIVATION AND PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF ITS DEVELOPMENT IN FUTURE PHYSICAL EDUCATION TEACHERS
This article describes the development of pedagogy as a process of increasing attention to the internal potential of a person, creating an educational environment that promotes creative self-development of the individual. The need to train intelligent, enterprising specialists with developed creative thinking in the higher education system and their development are highlighted.
Kalit so‘zlar
- Jismoniy tarbiya
- sport
- tarbiya
- motivatsiya
- motiv
- innovatsiya
- pedagogika
- psixologiya
- aksiologiya
- akmeologiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
AKMEOLOGIK MOTIVATSIYA VA UNI BOʻLAJAK JISMONIY TARBIYA OʻQITUVCHILARIDA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI Parmonov A.A Qo’qon Davlat unversiteti katta o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.21769202 Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogikaning rivojlanishi insonning ichki salohiyatiga e’tiborni kuchaytirish, shaxsning ijodiy oʻz-oʻzini rivojlantirishiga yordam beradigan ta’lim muhitini yaratish bilan tavsiflanadi. Oliy ta’lim tizimida ijodiy tafakkuri rivojlangan aqlli, tashabbuskor mutaxassislarni tayyorlashga boʻlgan ehtiyoj va ularni rivojlantirish kabi masalalar yoritilgan. Kalit soʻzlar: Jismoniy tarbiya, sport, tarbiya, motivatsiya, motiv, innovatsiya, pedagogika, psixologiya, aksiologiya, akmeologiya
АКМЕОЛОГИЧЕСКАЯ МОТИВАЦИЯ И ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ЕЕ РАЗВИТИЯ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ Пармонов А.А. Старший преподаватель Кокандского государственного университета Аннотация. В данной статье описывается развитие педагогики как процесс повышения внимания к внутреннему потенциалу человека, создания образовательной среды, способствующей творческому саморазвитию личности. Подчеркивается необходимость подготовки в системе высшего образования интеллектуальных, предприимчивых специалистов с развитым творческим мышлением и их развития. Ключевые слова: физическое воспитание, спорт, образование, мотивация, мотив, инновации, педагогика, психология, аксиология, акмеология
ACMEOLOGICAL MOTIVATION AND PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF ITS DEVELOPMENT IN FUTURE PHYSICAL EDUCATION TEACHERS Parmonov A.A Senior lecturer of Kokand State University Abstract. This article describes the development of pedagogy as a process of increasing attention to the internal potential of a person, creating an educational environment that promotes creative self-development of the individual. The need to train intelligent, enterprising specialists with developed creative thinking in the higher education system and their development are highlighted. Keywords: Physical education, sports, education, motivation, motive, innovation, pedagogy, psychology, axiology, acmeology
KIRISH Zamonaviy pedagogikada akmeologik motivatsiyani chuqurroq tadqiq etish, uni boʻlajak oʻqituvchilarda rivojlantirishning pedagogik, psixologik va sotsiologik jihatlarini oʻrganish vazifalarini dolzarb masalaga aylantirmoqda. Shu bois, bugungi kunda boʻlajak kadrlarni tayyorlashda va ularning kasbiy yuksaltirishda akmeologik yondashuvning ahamiyati ortib
bormoqda. Bu orqali ularni yuqoriga intilishga, tizimli va izchil ravishda kamolotga yoʻnaltirish ishlariga alohida urgʻu berilmoqda. Ayniqsa boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida akmeologik motivatsiyani rivojlantirish va bu orqali ularning kasbiy tayyorgarligini professional darajaga olib chiqish ustuvor vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. Zamonaviy pedagogikaning rivojlanishi insonning ichki salohiyatiga e’tiborni kuchaytirish, shaxsning ijodiy oʻz-oʻzini rivojlantirishiga yordam beradigan ta’lim muhitini yaratish bilan tavsiflanadi. Oliy ta’lim tizimida ijodiy tafakkuri rivojlangan aqlli, tashabbuskor mutaxassislarni tayyorlashga boʻlgan ehtiyoj, oʻquv jarayonidan norozilikning kuchayishi, talabalarning kasbiy jihatdan muhim fazilatlari va qobiliyatlarini rivojlantirishga faoliyatiga kerakli e’tibor bermaganligi, ijodiy oʻz-oʻzini rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish darajasiga ham koʻp narsaga bogʻliqdir. Shuning uchun boʻlajak oʻqituvchilarning akmeologik pozitsiyani shakllantirish, pedagogik kompetentligi va pedagogik koʻnikmalari orqali namoyon boʻlishi mumkin. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Buning uchun avvalo akmeologiya va akmeologik motivatsiya tushunchalarining mazmunmohiyatini aniqlashtirib olish kerak boʻladi. Akme – yuksak daraja degan ma’noni anglatadi. Akmeologik motivatsiya esa, inson va jamoalarning oʻz taraqqiyotida yuksak darajaga erishishiga yoʻnaltiruvchi hisoblanadi. Akmeologik motivatsiya orqali shaxs oʻzining shaxsiy rivojlanishiga, oʻsishiga va oʻzoʻzini tarbyailashiga motivlarni shakllantirish, undovchi omillarni aniqlashtirib olishiga aytiladi. Akmeologiya yangi yoʻnalish boʻlib, insonning yangi qirralarini ochib beradi. Akmeologiya grekcha akme – choʻqqi, takomil, nimaningdir yuqori bosqichi, gullagan davri ma’nolarini anglatadi. Tadqiqotlarga koʻra, “Akmeologiya - (grekcha akme-choʻqqi, takomil, nimaningdir yuqori bosqichi, gullagan davr ma’nolarini anglatadi) ilmu- fanning shunday yangi tarmogʻiki, u insonni oʻz taraqqiyoti dinamikasida, takomili hamda hayot-faoliyatining turli bosqichlarida oʻzidagi eng kuchli qobilyatlarning namoyon qilishning kompleks masalalarini oʻrganadi”. Shuningdek, u insonning oʻziga berilgan barcha imkoniyatlari va iqtidorini namoyon etish ma’nosini anglatadi va kasbiy kamolotda mukammallik bosqichiga yetishning ob’ektiv va sub’ektiv omillari, uning oʻqishda yutuqlarga erishishi va rivojlanishi, shaxs faoliyatida, kasbhunar ta’limi tizimida, ta’lim jarayonida yuksak darajaga erishishini oʻrganadi. Mazkur tushunchani birinchi marta fanga rus olimi N.A. Ribnikov tomonidan 1928 yilda kiritilgan boʻlib, uning oʻzi bu fan predmetini yetuk insonlarning shakllanish jarayonidir, deb ta’riflagan edi. Akmeologik yondashuvdan foydalanishning asosiy maqsadi - mavjud har qanday qiyinchilik yoki muammolardan boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchisining oʻzi mustaqil ravishda chiqib keta olishi, unda jismoniy-sogʻlomlashtiruvchi sifatlar shunday rivojlansinki, hatto oʻzi mustaqil ravishda professional mutaxassis sifatida faoliyat yurita olishini ta’minlash hisoblanadi. Tadqiqotchi olim N.V.Kuzminina fikricha, «maksimal yetuklik individ, shaxs rivojining choʻqqisi va individual faoliyat bilan bogʻliq ekan, ana shu choʻqqi yunonchada «akme» deyiladi va bu soha akmeologiya deb yuritiladi. Shu bilan birga, «akme»da insonning faoliyati bilan bogʻliq holatlar ham nazarda tutiladi. Jumladan, shaxsning «yulduzli» onlari yoki shunga yaqin jarayonlar. Ya’ni, biror-bir sohada erishgan oliy yutuqlari»ni ham akmeologik oʻsish sifatida keltirib oʻtish mumkin. Oliy ta’lim muassasalarining eng muhim vazifalaridan biri – bu boʻlajak oʻqituvchilarning, hamda mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdir. Kasbiy tayyorgarlik oʻz-oʻzidan yuzaga kelmaydi balki aniq maqsadlar asosida rejalashtirilgan boʻlishi lozim.
Shaxsda kasbiy tayyorgarlikning shakllanishida kasbga xos tassavvur, tushunchalarni tarkib topganligi bilan belgilansa, keyinchalik mutaxassislikka oid bilim, malaka va koʻnikmalarning oʻzlashtirilishi, kasbiy sifatlarning qaror topish darajasi bilan izohlanadi. TADQIQOT NATIJALARI Akmeologiyaning ilmiy muomalaga kirib kelishiga asos solgan psixolog B.G.Ananev, «insonning ruhiy bilish rivoji markazida dastlabki va soʻnggi ontogenez, «chetroqda» esa insonning koʻproq ijodiyroq, samaraliroq ijtimoiy faol hayot fazasi boʻlishi mumkin», deydi. «Zamonaviy ilm-fanda insoniy yuksakliklarning «akme» kategoriyasi bilan bogʻliq bir necha talqinlari mavjud. Jumladan, birinchi, «akme» — bu qisqagina hayot kesimini qamrab olsada, koʻp qirrali holat boʻlib, insonning har doim jamiyatda qanchalik oʻz oʻrniga ega ekanligi, uning birorbir soha mutaxassisi sifatida olib borayotgan salmoqli faoliyati, shaxs sifatida esa uni oʻrab turganlar bilan olib borgan ijtimoiy aloqasida qanchalik boy yoki qashshoqligi, turmush oʻrtoq va ota-ona sifatida tayyorlik darajasi bilan bir qatorda yaxshi tomonga oʻzgara olish darajasi va eng yashirin ezgu qobiliyatlarini ham koʻrsata olish darajasiga ham bogʻliqdir». Pedagog olim A.Daukeevaning fikricha, “akmeologik kompetentlik sub’ektning kasbiy rivojlanishini, har xil hayotiy sharoitlarda, turli sohalarda hal qiluvchi qarorlar qabul qila olish qobiliyatini, yutuqlarga erishish darajasining yuqoriligini ta’minlovchi harakatlarni bajara olishini, oʻzida mavjud boʻlgan psixologik va akmeologik zaxiralarni toʻla voqelikka aylantira oladigan qobiliyatlarini aks ettiradi. Shuningdek, u kasbiy faoliyat, kasbiy talablar, qadriyatli moʻljallar, kasbiy oʻzini oʻzi baholash jarayonidagi sub’ekt shaxsiy talablarining ifodalanish darajasi” sifatida ta’riflanadi va baho beriladi. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining asarlaridagi akmeologik gʻoyalarning asosiy mohiyati, axloqiy kamolot va mukammallik haqidagi gʻoyalari ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot, falsafa, diniy fikrlar taraqqiyoti insoniyat tafakkur xazinasiga qoʻshilgan katta hissa boʻlib, asrlar mobaynida avlodlarimizni oʻzining sermazmunligi, universalligi va insonparvarligi bilan hayratga solgan. Abu Ali ibn Sinoning qarashlarida akmeshaxs tarbiyasining amalga oshirilishida shaxsiy ibratning ma’qulligi uqtiriladi. Uning fikricha, agar oila boshligʻi tajribasiz boʻlsa, u oʻz oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir-oqibat u yaxshi ijobiy natijalarga erisha olmaydi, yomon tarbiya nafaqat ushbu oila, balki qoʻshnilarga, mahalla-kuyga ham yomon ta’sir qilishi mumkin. Oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeyidan qat’iy nazar, ularning birlamchi vazifasidir, deb hisoblaydi Ibn Sino. Ota-ona davlat boshligʻimi, yoki oddiy fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida mas’uldir. Davlat boshliqlari, rahbarlar bola tarbiyasi xususida barchaga ibrat boʻlmoqlari lozim. MUHOKAMA Akmeologiyaning predmetida shaxs individual faoliyatining barcha sohalarida erishgan maksimal yetuklikka ega boʻlishi lozim degan konsepsiya yuzaga kelgan. Maksimal yetuklik shaxs rivojining yuqori choʻqqisi va individual faoliyat bilan bogʻliq ekan, demak ana shu choʻqqi yunonchada “akme” deyiladi va bu soha akmeologiya deb yuritiladi. Akmeologiya izchillik, ya’ni mukammallik choʻqqisiga intilish, bu - inson hayotining ajralmas xususiyati boʻlib, bu ibora orqali shaxsiy, kasbiy rivojlanish va oʻzini-oʻzi takomillashtirishga moyillik anglanadi. B.G.Ananevning fikricha, akmeologiyaning ilmiy asosi, insonning rivojlanishida individ, shaxs, individuallik va sub’ektning hayot faoliyati haqidagi fanlar integratsiyasidan tashkil topgan. Akmeologiya predmeti-odamning ijodiy salohiyati boʻlib, u inson tomonidan oʻziga inoyat etilgan barcha
imkoniyatlar va iqtidorni qanday qilib, qanday shart-sharoitlarda, qaysi qonuniyatlar ta’sirida roʻyobga chiqarishini kompleks tarzda oʻrganadi. Boʻlajak oʻqituvchilarda akmeologik pozitsiyani shakllantirishning amaldagi mazmuni pedagog mutaxassis shaxsiga qoʻyilayotgan zamonaviy talablar doirasida takomillashtirilmaganligi, bu sohadagi ilmiy tadqiqot natijalarining toʻlaqonli amaliyotga tatbiq etilmayotganligi, pedagogika oliygohlaridagi mutaxassislar tayyorlash jarayonidagi imkoniyatlari va mavjud holat diagnostikasidan kelib chiqib, mazkur ta’lim muassasalari oʻqitish tizimiga innovatsion texnologiyalarning toʻlaqonli joriy etilmayotganligi mavzuning muammosiga nisbatan chuqurroq yondashuvni talab etadi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, akmeologik motivatsiya boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchisining kasbiy kamolotga intilishini belgilovchi muhim ichki omil hisoblanadi. Akmeologiya va akmeologik motivatsiya tushunchalarining pedagogik-psixologik mohiyatini, shuningdek, ularning ilmiy ildizlarini (N.A. Ribnikov, N.V. Kuzmina, B.G. Ananev, A. Daukeeva) hamda Sharq mutafakkirlari merosidagi ildizlarini (jumladan, Abu Ali ibn Sino qarashlarini) chuqur tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, boʻlajak oʻqituvchilarda akmeologik pozitsiyani shakllantirish zamonaviy talablar asosida tizimli takomillashtirilishi, ilmiy tadqiqot natijalari amaliyotga toʻlaqonli tatbiq etilishi hamda innovatsion pedagogik texnologiyalar oliy ta’lim jarayoniga izchil joriy etilishi lozim. Ushbu yoʻnalishda olib boriladigan keyingi tadqiqotlar boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining kasbiy va shaxsiy yetuklikka erishishiga xizmat qiluvchi amaliymetodik asoslarni ishlab chiqishga qaratilishi maqsadga muvofiqdir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- The Role Of The Acmeologist Approach In The Development Of Acmeological Motivation In Future Physical Education Teachers. Parmonov Akmal Abdupattayevich https://www.gejournal.net/index.php/ijssir.2023 y.
- Improving The System Of Training Teachers Of Future Physical Education And Introducing Innovative-Motivational Approaches To It. Parmonov Akmal Abdupattoyevich. https://www.gejournal.net/index.php/ijssir.2023 y
- Abdupattayevich, P. A. (2022). Specific Methods And Tasks For The Physical Development Of Primary School Students With The Help Of Games. International Journal Of Social Science & Interdisciplinary Research Issn: 2277 -3630 Impact Factor: 7.429, 11(10), 331-
- Abdupattaevich P. A. Technology Of Formation Of Akmeological Position In Future Teachers //World Bulletin Of Social Sciences. – 2021. – Т. 5. – С. 112-115. https://www.scholarexpress.net
- Талипджанов А. А., Нурматов Б. Б., Пармонов А. А. Учебно-Тренировочный Процесс По Футболу //International Conference: Problems And Scientific Solutions. – 2022. https://doi.org/10.5281/zenodo.733292210.5281/zenodo.7332922
- Improving The Effectiveness Of The Training Process Of Students. Parmonov Akmal Abdupattayevich. Issn 2277-3630 (Online), Published By International Journal Of Social Sciences & September-2023. https://www.gejournal.net/index.php/ijssir
- Methodological Doctrine Of The Organization Of The Process Of Physical Education Through National Traditions. Vol 10 Issue 06, June 2021. Nurmatov Bakhrom Bektemirovich Parmonov Akmal Abdupattoevich. https://ijiemr.org/downloads/volume- 10/issue-6
- Improvement Of Akmeological Motivation Of Future Physical Education Teacher. Vol. 2 No. 12, December 2021. Issn: 2660-5570. https://www.scholarzest.com
- Specific Methods And Tasks For The Physical Development Of Primary School Students With The Help Of Games. Ijssir, Vol. 11, No. 10. October 2022. https://www.gejournal.net/index.php/ijssir
- Model For The Development Of Acmeological Motivation In Future Physical Education Teachers On The Basis Of An Axiological Approach. Nternational Scientific Conference " Innovative Trends In Science, Practice And Education" 2023 Munchen, (Germany)
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013515
- Nashr sanasi
- 2026-07-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i6.2401
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 172–176
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06