TURLI YOSHDAGI YENGIL ATLETIKACHILAR BILAN O‘QUV - MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL QILISH METODIKASI
Isabekov Shuhratjon Muhammadjonovich, Alijanov Oybek G‘anijonovichNamangan davlat universiteti Jismoniy tarbiya va amaliy sport turlari kafedrasi dotsent2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 6Sahifa 140–145
Annotatsiya
Mazkur maqolada turli yoshdagi yengil atletika turlari bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi hamda issiq iqlim sharoitida ular bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni tashkil qilish metodikasi ishlab chiqilgan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaМЕТОДОЛОГИЯ ОРГАНИЗАЦИИ ТРЕНИРОВОК И ПРОВЕДЕНИЯ ТРЕНИРОВОК СО СПОРТСМЕНАМИ РАЗНОГО ВОЗРАСТА
В данной статье разрабатываются и научно анализируются показатели физической подготовленности спортсменов разных возрастов, а также методология организации тренировок с ними в условиях жаркого климата.
inglizchaMETHODOLOGY FOR ORGANIZING TRAINING AND TRAINING WITH ATHLETES OF DIFFERENT AGES
This article develops and scientifically analyzes the physical fitness of athletes of different ages and the methodology for organizing training sessions with them in hot climates.
Kalit so‘zlar
- kuch
- chidamlilik
- tezkor-kuch
- tezkorlik
- koordinatsion
- egiluvchanlik
- jismoniy tayyorgarlik
- yengil atletika
- mashg‘ulot
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TURLI YOSHDAGI YENGIL ATLETIKACHILAR BILAN OʻQUV - MASHGʻULOTLARINI TASHKIL QILISH METODIKASI Isabekov Shuhratjon Muhammadjonovich, Alijanov Oybek Gʻanijonovich Namangan davlat universiteti Jismoniy tarbiya va amaliy sport turlari kafedrasi dotsent E-mail: muhammadjonovibrohim1@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.21771500 Annotatsiya: Mazkur maqolada turli yoshdagi yengil atletika turlari bilan shugʻullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi hamda issiq iqlim sharoitida ular bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarni tashkil qilish metodikasi ishlab chiqilgan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: kuch, chidamlilik, tezkor-kuch, tezkorlik, koordinatsion, egiluvchanlik, jismoniy tayyorgarlik, yengil atletika, mashgʻulot.
МЕТОДОЛОГИЯ ОРГАНИЗАЦИИ ТРЕНИРОВОК И ПРОВЕДЕНИЯ ТРЕНИРОВОК СО СПОРТСМЕНАМИ РАЗНОГО ВОЗРАСТА Исабеков Шухратжон Мухаммаджонович, Алижанов Ойбек Ганижонович Наманганский государственный университет, кафедра физического воспитания и прикладного спорта, доцент E-mail: muhammadjonovibrohim1@gmail.com Аннотация: В данной статье разрабатываются и научно анализируются показатели физической подготовленности спортсменов разных возрастов, а также методология организации тренировок с ними в условиях жаркого климата. Ключевые слова: сила, выносливость, ловкость, скорость, координация, гибкость, физическая подготовка, легкая атлетика, тренировка.
METHODOLOGY FOR ORGANIZING TRAINING AND TRAINING WITH ATHLETES OF DIFFERENT AGES Isabekov Shuhratjon Muhammadjonovich, Alizhanov Oybek Ganijonovich Namangan State University, Department of Physical Education and Applied Sports, Associate Professor E-mail: muhammadjonovibrohim1@gmail.com Abstract: This article develops and scientifically analyzes the physical fitness of athletes of different ages and the methodology for organizing training sessions with them in hot climates. Keywords: strength, endurance, agility, speed, coordination, flexibility, physical fitness, athletics, training.
KIRISH Hozirgi kunda jahonda ta’limni modernizatsiyalash shaxsni ma’naviy va jismoniy rivojlantirish hamda ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining sifatini oshirishga yoʻnaltirilganligi bilan ahamiyatlidir. Xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya darslarini oʻqitish samaradorligini oshirish boʻyicha maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Xususiy maktablarda esa oʻquv dasturlarini tanlash davlat maktablariga nisbatan erkin boʻlganligi sababli turli pedagogik muqobillarning aprobatsiyasi oʻtkazib turiladi. Asta-sekin individuallashgan ta’lim tizimi, ya’ni har bir oʻquvchiga uning qobiliyati va faolligiga qarab oʻqishdagi turlicha yoʻnalishiga koʻra moslashuvchan yondashuv ta’lim jarayoniga tatbiq qilinmoqda.
Dunyoning yetakchi ta’lim muassasalarida, asosan, umumiy oʻrta ta’lim maktablarida yengil atletika toʻgaraklarining mashgʻulotlari jarayonida oʻquvchilarning individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularning salomatligini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan ta’lim muhitini ta’minlaydigan choralar majmuasi va tizimli tadbirlar, salomatlik va sogʻlom turmush tarzi qadriyatini shakllantiruvchi sharoitlarni tashkil etishga qaratilgan muammolar oʻrganib kelinmoqda. Shuning uchun aynan hozirgi davrda oʻquvchilar salomatligini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan ta’lim jarayonini tashkil etishning xilma-xil shakllari samaradorligini sinchiklab, kompleks tarzda ilmiy tahlil qilish zarur. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalasiga davlat siyosati darajasida qaralib, undan millat genofondini sogʻlomlashtirish, jismoniy va intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalashning kafolatli vositasi va milliy istiqlol gʻoyalarini targʻib qilishda strategik ahamiyatga ega boʻlgan muhim soha sifatida foydalanilmoqda. Bugungi kunda “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etish” ustuvor yoʻnalishlardan biriga aylandi. Ayniqsa, turli yoshdagi oʻquvchilarni har tomonlama sogʻlom, mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalardan biri sifatida ta’kidlab kelinadi Tadqiqotning maqsadi: turli yoshdagi oʻquvchilar bilan olib boriladigan yengil atletika mashgʻulotlarini tashkil qilish metodikasini takomillashtirish. Tadqiqotning vazifasi: Ushbu maqsadga erishish quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish bilan ta’minlanadi: mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish; yengil atletika turlari bilan shugʻullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash; ishlab chiqilgan metodikani qoʻllash samaradorligini pedagogik tajribada tekshirish. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Tadqiqotning usullari. Ishda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, pedagogik testlash, instrumental metod, pedagogik tajriba va matematik-statistik tahlil metodlaridan foydalanildi. Sport toʻgaraklari oldiga bolalar bilan tanlangan sport turi (yengil atletika) boʻyicha oʻquvtrenirovka va tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish vazifasi qoʻyilgan. Sport toʻgaraklari oʻquvchilari uchun rejimni toʻgʻri rejalashtirish sport bilan har kuni shugʻullanish, iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda esa, kuniga ikki marta shugʻullanish imkoniyatini beradi. Oʻquv-tarbiyaviy va mashgʻulot ishlari uslubiyatini ishlab chiqish va tashkil qilish boʻyicha biz tomondan oʻtkazilgan dastlabki tadqiqotlar, yengil atletika turlari boʻyicha shugʻullanuvchi oʻquvchilarining son jihatdan biroz kam ekanligi va mashgʻulotlarni erta tark etish holatlari koʻpayganligi, salomatligi holatini oʻrtacha ekanligini koʻrsatdi. Ushbu sharoitlarda, trenerlarni bolalarning ota-onalari va maktab oʻqituvchilari bilan mahsuldor aloqani oʻrnatishlari oson boʻlmasligini hisobga olish kerak. Hozirda respublikamizda mingdan ortiq ixtisoslashtirilgan sport toʻgaraklari tuzilgan, lekin sport toʻgaraklarida issiq iqlim sharoitida bolalar bilan ishlashning aprobatsiya qilingan uslubiyati va tashkil qilinishi hozirgi vaqtga qadar yetarlicha ishlab chiqilmagan. Yuqoridagi muammolar va ularning yechimini ishlab chiqish uchun biz bir qator tajriba va soʻrovnomalar olib bordik. Jumladan olib borilgan dastlabki soʻrovnomalarimizda tajriba guruhiga 5-9-sinf oʻquvchilaridan 40 nafari jalb etildi.
Dastlab, umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi. Soʻngra sportning har xil turlaridagi vositalardan foydalangan holda, boʻlajak sportchilarni tayyorlash boʻyicha istiqbolli oʻquv-mashgʻulotlar rejasi, shuningdek oʻsmir sportchilarni intellektual salohiyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlar rejasi ishlab chiqildi. Bolalarning salomatligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar belgilandi. Rejada oʻquvchilarning salomatliklari holatini kuzatish uchun doimiy vrachlik kuzatuvi nazarda tutilgan. Bolalarning ma’naviy oʻsishi ham e’tiborsiz qolmagan. Ekskursiyalar, badiiy havaskorlik konsertlari, oʻqish va mashgʻulotlarning yakunlarini muhokama qilish – tayyorgarlik dasturi tarkibiga kiritilgan. Tadqiqotlar davomida, biz, quyidagi savollarga ob’ektiv javoblar olishga intildik: ta’lim muassasalarining sport toʻgaraklarida yengil atletika boʻyicha bolalar bilan tashkiliy va uslubiy ishlarni qanday oʻtkazish kerak?; oʻsmir sportchilar bilan ishlashda tayyorgarlikning qanday hammabop vositalarini qoʻllash maqsadga muvofiq?; respublikamizning issiq iqlim sharoitidagi hududlarini hisobga olgan holda yengil atletika turlaridan olib boriladigan mashgʻulotlarning borishi va dam olishini muvaffaqiyatli oʻtishini ta’minlovchi kun tartibi qanaqa boʻlishi kerak? Oʻtkazilgan soʻrovnomadan olingan natijalar tahlil qilinib, navbatdagi tajribalar tashkil qilindi. Tajribalarni muvaffaqiyatli oʻtkazilishi maqsadida, oʻquvchilar, testlash natijalariga koʻra, har biri 20 nafardan iborat boʻlgan ikkita (A va B) oʻquv-mashgʻulot guruhlariga ajratildi. Oʻquvchilarning yoshini hisobga olgan holda testlash natijalari, ularni u yoki bu guruhga kiritish uchun dastlabki koʻrsatkich sifatida olindi (1-jadval). “A” guruhida oʻquv mashgʻulotlari biz ishlab chiqqan uslubiyat boʻyicha, “B” guruhida esa SM dasturi asosida oʻquv mashgʻulotlar olib borildi. Oʻquv mashgʻulotlar dasturlaridagi asosiy farq shundan iborat ediki, “A” guruhida yengil atletika turlarini oʻrganishga ajratilgan vaqt “B” guruhidagiga nisbatan 40-50% kamroq boʻldi. Guruhlardagi qolgan vaqt umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalariga va sportning boshqa turlariga: suzish, gimnastika, akrobatika, sport va harakatli oʻyinlarga va umumiy rivojlantiruvchi mashqlarga ajratildi. Bunda, “A” guruhida umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalarining yillik hajmidan 5-6-sinflarga – 50%, 7-8-sinflarga – 40%, 8-9-sinflarga – 30%, “B” guruhida esa ikki marta kam hajmdagi vaqt ajratildi (2-3-jadval). Tashkillashtirilgan oʻquv-trenirovka mashgʻulotlari yiliga 48 hafta davomida oʻtkazildi. Qolgan 4 hafta faol dam olishga ajratildi. Mikrotsikldagi mashgʻulotlar soni yildan-yilga qarab 1- 2 martagacha oshirildi. Oʻquv mashgʻulotlarining miqdorini va yuklamalar hajmini oshirish, tibbiy koʻrik natijalarini va musobaqalar sharoitida oʻtkazilgan nazorat sinovlari koʻrsatkichlarini hisobga olish bilan amalga oshirildi. Yil davomida 5-sinfda 312 ta, 6-sinfda – 339 ta, 7-sinfda – 356 ta, 8-sinfda – 424 ta va 9-sinfda – 502 ta oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi. 1-jadval. Oʻquv mashgʻulotlarga qabul qilish uchun zarur boʻlgan 11-15 yashar oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligi Aniqlanadigan Nazorat test- Yoshi Darajasi qobiliyatlar mashqlari /yil/ Past Oʻrta Yuqori Yugurish 6,3 va Tezkorlik 11 6,1-5,5 5,0 va yuqori 30m,sek. yuqori
12 6,0 5,8-5,4 4,9 13 5,9 5,6-5,2 4,8 14 5,8 5,5-5,1 4,7 15 5,5 5,3-4,9 4,5 900 va 1000- 11 1300 va yuqori yuqori 1100 1100- 12 950 1350 6 minutlik 1150- Chidamlilik 13 1000 1400 yugurish, m 1250 1200- 14 1050 1450 1250- 15 1100 1500 140 va 11 160-180 195 va yuqori yuqori Joyidan turib 12 145 165-180 200 Tezkor-kuch uzunlikka 13 150 170-190 205 sakrash, sm 14 160 180-195 210 15 175 190-205 220 11 1 4-5 6 va yuqori Baland turnikda 12 1 4-6 7 osilib turgan Kuch 13 1 5-6 8 holatda tortilish, 14 2 6-7 9 marta 15 3 7-8 10 9,7 va 11 9,3-8,8 8,5 va yuqori yuqori Mokisimon 12 9,3 9,0-8,6 8,3 Koordinatsion yugurish 13 9,3 9,0-8,6 8,3 3x10 m,s 14 9,0 8,7-8,3 8,0 15 8,6 8,4-8,0 7,7 2 va 11 6-8 10 va yuqori yuqori Tik turgan 12 2 6-8 10 Egiluvchanlik holatda oldinga 13 2 5-7 9 egilishlar, sm 14 3 7-9 11 15 4 8-10 12 2-jadval. Tajriba guruhida oʻquv yillari boʻyicha mashgʻulot vositalari turlarining taqsimlanishi, % da Umumiy hajmdagi nisbatlari Trenirovka vositalari turlari 11 yosh 12 yosh 13 yosh 14 yosh 15 yosh A B A B A B A B A B Yengil atletika turlari 10 20 25 50 35 55 45 60 65 75
Umumiy jismoniy tayyorgarlik 90 80 75 50 65 45 55 40 35 25 (UJT) vositalari Jumladan sport va harakatli 60 50 50 25 40 20 30 15 15 15 oʻyinlar Oʻquv mashgʻulotlari vaqtini biz tomondan taqsimlanishi va ularning miqdori SM dasturida nazarda tutilganidan farq qiladi. Tajriba uslubiyati oʻquv mashgʻulotlarida har tomonlama umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) vositalarini qoʻllashni va har xil tezlik bilan har xil masofalarga yugurish, sakrashlar, uloqtirishlar, maxsus va imitatsion mashqlar kabi yengil atletika mashqlarini bajarishni nazarda tutgan. UJTda sportning boshqa turlaridagi mashqlar, sport va harakatli oʻyinlar qoʻllanilgan. Mashgʻulotlar vaqtini haftalar boʻyicha detallashtirilgan rejalashtirish paytida, biz, oʻquvchilarni imtihonlarga tayyorgarlik va topshirish bosqichidagi yuklamalarini hisobga oldik va ularni mos ravishda kamaytirdik, ta’til vaqtida esa, mashgʻulotlar soatining hajmi va ularning miqdori oshirildi. Kun tartibi ertalabki mashgʻulotlar, maktabdagi darslar, uzaytirilgan kun tizimida uy vazifalarini bajarish, kechki mashgʻulotlar hamda uch mahal ovqatlanish vaqtini nazarda tutish orqali, iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda tuzildi (3-jadval). Jismoniy tarbiya boʻyicha birlashtirilgan dars, oʻquv kunining oxirida – soat 18-00 dan to 20-30 gacha oʻtkazildi. 3-jadval. Yengil atletika turlari bilan shugʻullanuvchilar uchun kun tartibi Hafta kunlari Vazifa Dushanba Seshanba Chorshanba Payshanba Juma Shanba Yakshanba Ertalabki 8,00- - 8,00-9,45 - 8,00-9,45 - trenirovka 10,00 Maktabdagi 10,30- 8,30- 10,30- 8,30-13,15 8,30-14,10 10,30-15,00 dars 15,00 14,10 15,00 Dam olish Uy vazifalarini 13,25- 15,10- 14,30- kuni 14,30-17,00 15,10-17,00 - bajarish 14,25 17,00 16,30 Kechki 17,30- 18,00- 17,30- 18,30- 18,00-19,30 - trenirovka 18,30 19,30 19,50 19,50 TADQIQOT NATIJALARI Bir yillik tajribalar natijalarini tahlil qilish, “A” guruhdagi oʻgʻil bolalarni jismoniy tayyorgarligi “B” guruhda ta’lim oladigan tengdoshlariga nisbatan ancha yuqori ekanligini koʻrsatdi. Ushbu ustuvorlik, normativ mashqlarini bajarish bilan ham va yengil atletikaning alohida turlaridagi natijalar bilan ham isbotlandi. Yengil atletika mashqlarini oʻzlashtirishga “A” guruhida “B” guruhga nisbatan deyarli ikki marta kam vaqt ajratilgan. Lekin, shunga qaramasdan, yugurib kelib balandga sakrashda “A” guruhdagi oʻgʻil bolalarning natijalari 41,5%ga yaxshilangan boʻlsa, “B” guruhda bu koʻrsatkich – 36,4% ni tashkil qildi. Uzunlikka sakrashda ham oʻxshash natija olindi. “A” guruhdagi oʻgʻil bolalar 60 m va 500 m masofaga yugurishda “B” guruhdagi tengdoshlariga nisbatan ancha yuqori natijalarga erishishdi (mos ravishda: 21,6% va 20,0%; 19,8% va 14,7%). Tennis toʻpini uloqtirish natijalari deyarli farq qilmadi. MUHOKAMA Ilgari aytilganidek, sport toʻgaraklariga bolalarni qabul qilishda, bolalarni sport bilan shugʻullanishga boʻlgan xohishlari va ularning ota-onalarini ruxsati asos boʻlgan. Sport
toʻgaraklarining oʻquvchilari, uni shakllantirilishi paytida jismoniy rivojlanishda ustuvorlikka ega boʻlishmagan va shunga qaramasdan, bir yillik ishdan keyin, bizning shugʻullanuvchilarimiz, tengdoshlari oʻrtasidagi musobaqalarda yuqori natijalarga erishdilar. Shuningdek tizimli va puxta tibbiy nazorat natijalarining koʻrsatishicha, bolalarning salomatligi ancha yaxshilandi, ular jismonan baquvvat boʻlishdi, organizmini yuqumli va shamollash kasalliklariga nisbatan qarshilik koʻrsatish qobiliyati ortdi, buni, vrachlar oʻtkazgan koʻriklar tasdiqlaydi. Mashgʻulotlarni tashkil qilish va tanlangan uslubiyatini toʻgʻriligini tajribaning yakuniga kelib “A” guruhda 10% oʻquvchilar, “B” guruhda esa – 30% oʻquvchilar turli sabablarga koʻra guruhni tark etganligi tasdiqlaydi. XULOSA Xulosa qilib aytganda tajribaning birinchi va ikkinchi bosqichi natijalarini tahlil qilish, biz tomondan ishlab chiqilgan va qoʻllanilgan uslubiyat bolalarni yengil atletika turlaridan ixtisoslashtirilgan trenirovkaga tayyorlash vazifasini ancha muvaffaqiyatli hal qilishni ta’minlashini koʻrsatdi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – T.: Oʻzbekiston, 2016. – 56 b.
- Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonun (yangi tahriri). – Toshkent, 2015 yil 4 sentyabr. Lex.uz
- Abdullaev M.J. Yosh yengil atletikachilarning mashgʻulot samaradorligini oshirishda harakatli oʻyinlarni qoʻllash metodikasini takomillashtirish. p.f.f.d.(PhD) disser... avtoreferati ,T.: 2019, 72 bet.
- Abdullaev M.J. Boshlangʻich tayyorgarlik bosqichida shugʻullanuvchi oʻsmir yengil atletikachilarning jismoniy tayyorgarligi dinamikasi // “Fan-sportga” ilmiy nazariy jurnal. – Toshkent, 2018, №2. 13-15 b. [13.00.00№16]
- Abdullaev M.J. O nekotorx osobennostyax kinematiki metaniya diska s mesta // Sistema menedjmenta kachestva v vuze: zdorove, obrazovannost, konkurentosposobnost. Sb. nauch. tr. VII Mejdunar. nauch. - prakt. konf., 2018, S. 7-10.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013510
- Nashr sanasi
- 2026-07-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i6.2396
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 140–145
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06