Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

BIOLOGIYA FANINI O‘QITISH JARAYONIDA ILG‘OR VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH

Mo‘minov Dilshod Yaxshiboy o‘g‘liIqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi, “Pedagogika” kafedrasi stajyor- o‘qituvchisi2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 6Sahifa 150–155

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim talablari asosida innovatsion pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llash masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning bosh maqsadi — o‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi faolligini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda muammolarga ijodiy yondashuv orqali yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Maqolada interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va muammoli ta‘limning dars jarayonidagi ahamiyati tahlil etilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirish, fikrlarini erkin bayon etish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy yondashuvlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarning intellektual rivoji, ijodiy tafakkuri va ta‘lim samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Boshqa tillarda

ruschaЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПЕРЕДОВЫХ И СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРОЦЕССЕ ПРЕПОДАВАНИЯ БИОЛОГИИ

В данной статье рассматриваются вопросы эффективного применения инновационных педагогических технологий в соответствии с современными требованиями образования. Основная цель исследования — обеспечение активного участия учащихся в учебном процессе, развитие их навыков самостоятельного мышления и формирование способности находить решения проблем на основе креативного подхода. В статье проанализирована роль интерактивных методов, информационно-коммуникационных технологий и элементов проблемного обучения в образовательном процессе. Также научно обоснованы современные подходы, направленные на повышение познавательной активности учащихся, развитие их умения свободно выражать свои мысли и укрепление практических навыков. Результаты исследования показывают, что использование инновационных педагогических технологий является важным фактором развития интеллектуального потенциала учащихся, их творческого мышления и повышения эффективности обучения.

inglizchaEFFECTIVE USE OF ADVANCED AND MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE PROCESS OF TEACHING BIOLOGY

This article examines the effective use of innovative pedagogical technologies in accordance with modern educational requirements. The main objective of the study is to enhance students‘ active participation in the learning process, develop their independent thinking skills, and foster their ability to solve problems through a creative approach. The paper analyzes the role of interactive methods, information and communication technologies, and elements of problembased learning in the educational process. In addition, modern approaches aimed at increasing students‘ cognitive activity, encouraging free expression of ideas, and strengthening practical skills are scientifically substantiated. The results of the study indicate that the application of innovative pedagogical technologies is an important factor in developing students‘ intellectual potential, expanding their creative thinking, and improving the overall effectiveness of education.

Kalit so‘zlar

  • biologiya ta‘limi
  • innovatsion pedagogik texnologiyalar
  • interfaol metodlar
  • mustaqil fikrlash
  • ta‘lim samaradorligi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BIOLOGIYA FANINI OʻQITISH JARAYONIDA ILGʻOR VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH Moʻminov Dilshod Yaxshiboy oʻgʻli Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi, “Pedagogika” kafedrasi stajyoroʻqituvchisi E-mail: dilshod.mominov@list.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.21771859 Annotatsiya : Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim talablari asosida innovatsion pedagogik texnologiyalarni samarali qoʻllash masalalari koʻrib chiqilgan. Tadqiqotning bosh maqsadi — oʻquvchilarning oʻquv jarayonidagi faolligini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda muammolarga ijodiy yondashuv orqali yechim topish koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat. Maqolada interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va muammoli ta’limning dars jarayonidagi ahamiyati tahlil etilgan. Shuningdek, oʻquvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirish, fikrlarini erkin bayon etish va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy yondashuvlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari innovatsion pedagogik texnologiyalarni qoʻllash oʻquvchilarning intellektual rivoji, ijodiy tafakkuri va ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini koʻrsatadi. Kalit soʻzlar: biologiya ta’limi, innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, mustaqil fikrlash, ta’lim samaradorligi.

ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПЕРЕДОВЫХ И СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРОЦЕССЕ ПРЕПОДАВАНИЯ БИОЛОГИИ Муминов Дилшоджон Яхшибой угли Стажёр-преподаватель кафедры «Педагогика» Самаркандского кампуса Университета экономики и педагогики E-mail: dilshod.mominov@list.ru Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы эффективного применения инновационных педагогических технологий в соответствии с современными требованиями образования. Основная цель исследования — обеспечение активного участия учащихся в учебном процессе, развитие их навыков самостоятельного мышления и формирование способности находить решения проблем на основе креативного подхода. В статье проанализирована роль интерактивных методов, информационно-коммуникационных технологий и элементов проблемного обучения в образовательном процессе. Также научно обоснованы современные подходы, направленные на повышение познавательной активности учащихся, развитие их умения свободно выражать свои мысли и укрепление практических навыков. Результаты исследования показывают, что использование инновационных педагогических технологий является важным фактором развития интеллектуального потенциала учащихся, их творческого мышления и повышения эффективности обучения. Ключевые слова: биология, инновационные педагогические технологии, интерактивные методы, самостоятельное мышление, эффективность обучения.

EFFECTIVE USE OF ADVANCED AND MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE PROCESS OF TEACHING BIOLOGY Muminov Dilshodjon Yakhshiboy ugli, Trainee Lecturer at the Department of Pedagogy Samarkand Campus of the University of Economics and Pedagogy E-mail: dilshod.mominov@list.ru Abstract: This article examines the effective use of innovative pedagogical technologies in accordance with modern educational requirements. The main objective of the study is to enhance students’ active participation in the learning process, develop their independent thinking skills, and foster their ability to solve problems through a creative approach. The paper analyzes the role of interactive methods, information and communication technologies, and elements of problembased learning in the educational process. In addition, modern approaches aimed at increasing students’ cognitive activity, encouraging free expression of ideas, and strengthening practical skills are scientifically substantiated. The results of the study indicate that the application of innovative pedagogical technologies is an important factor in developing students’ intellectual potential, expanding their creative thinking, and improving the overall effectiveness of education. Keywords: biology, innovative pedagogical technologies, interactive methods, independent thinking, educational effectiveness.

KIRISH Pedagogika yoʻnalishida “innovatsiya”, “innovatsion faoliyat”, “innovatsion pedagogika” hamda “ta’limda innovatsion jarayonlarni boshqarish” kabi tushunchalar XX asrning 60-yillarida, asosan AQSH va Gʻarbiy Yevropa davlatlarida “ta’lim texnologiyasi” konsepsiyasi keng ommalashgan davrda shakllana boshladi. Aynan shu bosqichda Yevropa hududida pedagogik innovatsiyalarni tadqiq etuvchi markazlar va ilmiy institutlar tashkil topdi. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, ushbu tushunchalarning paydo boʻlishi ta’lim tizimini texnologik jihatdan rivojlantirish, pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali uni modernizatsiya qilish, ta’lim samaradorligini oshirish hamda shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash zarurati bilan uzviy bogʻliqdir. Shu bilan birga, ta’lim jarayonida oʻquvchiga nisbatan qulay va qoʻllab-quvvatlovchi muhit yaratishga intilish ham muhim omillardan biri sifatida namoyon boʻldi. Olib borilgan izlanishlar natijasida XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida pedagogik faoliyatni ijodiy jarayon va innovatsion yondashuvlar uygʻunligi sifatida talqin qiluvchi yangi ilmiy yoʻnalish yuzaga keldi. Bu esa oʻqituvchining innovatsion pedagogik faoliyatining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini chuqur tahlil qilish imkonini berdi. Innovatsion ta’lim nazariyasining taraqqiyotida oʻquvchilar uchun qulay, samimiy va qoʻllab-quvvatlovchi muhitni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday yondashuv oʻquvchilarda oʻziga ishonch hissini mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda bilim olishga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoniga tatbiq etilayotgan zamonaviy texnologiyalarning asosiy xususiyati ularning insonparvarlik tamoyillariga asoslanishidadir. Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim aynan shu tamoyil bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, bunda oʻquvchilarning axborot bilan ishlash madaniyati, olingan bilimlarni tizimlashtirish qobiliyati hamda mantiqiy va izchil fikrlash koʻnikmalari rivojlantiriladi. Pedagogik modellar mazmuni va tuzilmasiga ta’lim berishning turli shakllari kiradi. Pedagogika fanida ta’lim odatda uch asosiy turga ajratiladi: an’anaviy ta’lim usuli, pedagogik

texnologiyalar asosida tashkil etilgan innovatsion ta’lim usuli hamda dasturlashtirilgan ta’lim usuli. Oʻquvchilarda innovatsion pedagogik faoliyatning shakllanishi va rivojlanishi murakkab hamda koʻp omillarga bogʻliq jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonga turli ichki va tashqi omillar ta’sir koʻrsatadi. Uni tahlil etishda oʻquvchilarning individual xususiyatlari, jumladan, kognitiv imkoniyatlari, motivatsiyasi, qiziqish doirasi hamda shaxsiy sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda, oʻqituvchining darsni tashkil etish uslubi, qoʻllayotgan innovatsion texnologiyalari hamda ta’lim muhitining sifati va samaradorligi ham oʻquvchilarning innovatsion faoliyatini rivojlantirishda sezilarli rol oʻynaydi. Tadqiqotlar natijalariga koʻra, hamkorlikka asoslangan ta’lim, muammoli vazifalarni hal etishga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar, loyiha asosida tashkil etilgan ishlar va mustaqil izlanishlar oʻquvchilarning ijodiy fikrlashini hamda yangilik yaratish qobiliyatini rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, ta’lim muassasasining ichki madaniyati, mavjud resurslari va amalga oshirilayotgan ta’lim siyosati ham mazkur jarayonning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Shu sababli oʻquvchilarning innovatsion faoliyatini samarali rivojlantirish uchun ularning individual xususiyatlari, oʻqituvchining kasbiy mahorati hamda ta’lim muhitining sifatini uygʻunlashtirgan kompleks yondashuv zarurdir. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonga yangilik kiritish bilan birga, oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyatini yangi darajaga olib chiqadi. Bu jarayonda interfaol metodlardan foydalanish alohida ahamiyatga ega. Interfaol metodlar — jamoaviy fikrlashga asoslangan pedagogik usullar boʻlib, ta’lim mazmunining ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning muhim jihati shundaki, ular oʻqituvchi va oʻquvchilarning oʻzaro hamkorligi orqali samarali amalga oshiriladi. Bunday yondashuv oʻquvchilarni dars jarayonida faol ishtirok etishga undaydi, mustaqil fikrlash, ijodkorlik va izlanishga ragʻbatlantiradi. Shu bilan birga, oʻquvchilarning bilim olishga boʻlgan qiziqishini doimiy qoʻllab-quvvatlaydi, har bir masalaga ijodiy yondashuvni shakllantiradi hamda oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida samarali hamkorlikni ta’minlaydi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini yanada samarali va qiziqarli tashkil etishga xizmat qiluvchi yangi yondashuvlar hamda vositalar majmuasini oʻz ichiga oladi. Ular oʻquvchilarning oʻqishga boʻlgan qiziqishi va motivatsiyasini kuchaytirish, ta’limni individuallashtirish hamda darslarni interaktiv shaklda olib borish imkonini yaratadi. V.S. Zaytsev pedagogik texnologiyalarni tasniflashda ularni an’anaviy va innovatsion guruhlarga ajratadi. An’anaviy texnologiyalar asosan tushuntirish va koʻrgazmalilikka tayanadi, innovatsion texnologiyalar esa turli mezonlar asosida shakllanib, muammoli ta’lim, differensiallashgan hamda individuallashtirilgan oʻqitish kabi yondashuvlarni oʻz ichiga oladi. O.R. Badaguyeva innovatsiyalarning bosqichma-bosqich joriy etilishiga alohida e’tibor qaratadi va yangi bilim hamda tushunchalarni oʻquvchilarga asta-sekin yetkazish zarurligini ta’kidlaydi. Chunki mavjud qarash va tasavvurlarni keskin oʻzgartirish oʻquvchilarning shaxsiy rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatishi, ularning ma’naviy-axloqiy oʻzini anglash jarayoniga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Innovatsion pedagogik texnologiyalar nafaqat oʻquvchilar, balki oʻqituvchilar uchun ham keng imkoniyatlar yaratadi. Ular orqali darslarni interaktiv tashkil etish, oʻquvchilarning qiziqishini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashda zamonaviy vositalardan samarali foydalanish mumkin. Shu bilan birga, oʻqituvchilarga oʻz bilim va koʻnikmalarini muntazam yangilash, tajriba almashish hamda hamkorlik asosida yangi metodlarni ishlab chiqish uchun qulay sharoit yaratiladi.

Bundan tashqari, innovatsion texnologiyalar oʻquvchilarda oʻz-oʻzini tahlil qilish va baholash kompetensiyalarini shakllantirishga yordam beradi. Interaktiv ta’lim muhiti oʻquvchilarga fikr almashish, muhokama qilish va jamoada ishlash imkonini beradi. Natijada ular oʻz bilimlarini mustahkamlaydi, tanqidiy fikrlash va ijodiy yondashuvga boʻlgan qiziqishlari ortadi. Bu esa ta’lim samaradorligini oshirib, oʻquvchilarning maqsadlariga erishishiga samarali ta’sir koʻrsatadi. M.G. Davletshinning ilmiy izlanishlariga koʻra, bugungi kunda innovatsion pedagogik jarayonlar umumta’lim maktablarida oʻquv faoliyatining muhim va ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ushbu jarayonlar ta’lim xizmatlari bozorida ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish bilan bir qatorda, oʻqituvchi va oʻquvchi shaxsining tez va samarali rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ular oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi hamkorlik hamda muloqotni demokratik asosda tashkil etish, ta’lim jarayonini insonparvarlik tamoyillariga tayangan holda olib borish, shuningdek, oʻquvchilarni faol bilim olishga va har tomonlama rivojlanishga yoʻnaltirish imkonini beradi. Bundan tashqari, innovatsion yondashuvlar ta’lim jarayonida qoʻllanilayotgan texnologiyalar, metodlar va vositalarni takomillashtirish hamda modernizatsiya qilish, moddiytexnik bazani mustahkamlash kabi dolzarb vazifalarni ham amalga oshiradi. Natijada pedagoglarning metodik salohiyati, ijodiy yondashuvi va izlanish faoliyati rivojlanadi, bu esa oʻquvchilarning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir koʻrsatadi. TADQIQOT NATIJALARI Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. Interfaol oʻqitish usullari, jumladan muammoli ta’lim, loyiha asosida ishlash, hamkorlikda oʻqitish hamda oʻyin texnologiyalari oʻquvchilarning faol ishtirokini ta’minlab, ularning bilimlarni chuqur oʻzlashtirishi va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, onlayn ta’lim platformalari, elektron resurslar, ta’lim dasturlari va simulyatsiyalar orqali oʻquv jarayonini yanada qiziqarli va samarali tashkil etish imkonini beradi. Ta’limning samarali shakllari sifatida individual yondashuv, differensial ta’lim hamda integratsiyalashgan darslarni alohida ta’kidlash lozim. Ushbu yondashuvlar har bir oʻquvchining individual ehtiyojlari va qobiliyatlarini inobatga olgan holda ularning salohiyatini toʻliq rivojlantirishga imkon yaratadi. Bundan tashqari, ta’lim va tarbiya jarayonida baholashning zamonaviy shakllari, jumladan portfel baholash va oʻz-oʻzini baholash tizimlari oʻquvchilarning egallagan bilimlarini aniq va xolis baholash hamda ularning oʻz ustida ishlashini ragʻbatlantirishga xizmat qiladi. Umuman olganda, innovatsion pedagogik texnologiyalar va samarali ta’lim shakllarining uygʻun qoʻllanilishi ta’lim sifatini oshirishga hamda oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas va muhim tarkibiy qismi boʻlib, ular oʻquvchilarning chuqur va puxta bilimlarni egallashiga, mustaqil fikrlash hamda muammolarni hal etish koʻnikmalarini rivojlantirishiga, shuningdek, ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli moslashishiga xizmat qiladi. Interfaol oʻyinlar, loyiha asosida oʻqitish, hamkorlikda ishlash va boshqa zamonaviy pedagogik yondashuvlar ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilib, oʻquvchilarning faol ishtirokini ta’minlaydi. Fanlarni oʻqitishda pedagogika bilan integratsiyalashgan innovatsion yondashuvlar bugungi kunda nafaqat tavsiya etiladigan, balki ta’lim tizimining muvaffaqiyatini ta’minlovchi

muhim shartlardan biri hisoblanadi. Chunki faqat an’anaviy oʻqitish usullari orqali bilim berish zamonaviy talablarni toʻliq qondira olmaydi. Oʻquvchilarni XXI asr talablariga mos, kompetensiyaga ega, bilimli shaxslar sifatida shakllantirish uchun yangi texnologiyalar va pedagogik yondashuvlardan keng foydalanish zarur. Bu esa oʻz navbatida, mamlakat taraqqiyoti va kelajagi uchun muhim investitsiya sifatida baholanadi. MUHOKAMA Innovatsion pedagogik texnologiyalarni pedagogik-psixologik jihatdan tahlil qilish ta’lim samaradorligini oshirish, oʻquvchilarning bilim olishga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish hamda ularning individual ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boʻladi. Bunday tahlil jarayonida oʻquvchilarning kognitiv, emotsional va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, shuningdek, ularning oʻrganish uslublari va individual yondashuvlari inobatga olinadi. Muhim jihatlardan biri shundaki, innovatsion texnologiyalarni joriy etish nafaqat oʻquvchilarning, balki oʻqituvchilarning ham psixologik tayyorgarligi va kasbiy kompetensiyasini doimiy ravishda rivojlantirishni talab etadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalarning samaradorligini aniqlashda ularning oʻquv maqsadlariga mosligi, ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi, oʻquvchilarning faol ishtiroki hamda bilimlarni oʻzlashtirishdagi natijalari kabi bir qator omillar chuqur tahlil qilinadi. Xususan, interfaol oʻyinlar, simulyatsion mashgʻulotlar va loyiha asosida oʻqitish metodlaridan foydalanish oʻquvchilarning bilimlarini mustahkamlash, muammolarni hal etish koʻnikmalarini rivojlantirish hamda jamoada ishlash malakasini shakllantirishga xizmat qiladi. Biroq ushbu texnologiyalarning haqiqiy samaradorligi koʻp jihatdan oʻqituvchining pedagogik mahorati, oʻquv materiallarining sifati va zarur texnik vositalarning mavjudligiga bogʻliqdir. Pedagogik-psixologik nuqtayi nazardan qaraganda, innovatsion pedagogik texnologiyalar faqat texnik vositalardan foydalanish bilan cheklanmaydi, balki ta’lim jarayonini tubdan yangilash va uni oʻquvchilarning individual ehtiyojlariga moslashtirishga qaratilgan strategik yondashuv hisoblanadi. Bu esa oʻqituvchilardan zamonaviy pedagogik metodlarni oʻzlashtirish, dars jarayonini samarali rejalashtirish va boshqarish boʻyicha yangi kompetensiyalarni rivojlantirishni talab etadi. Shu sababli, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bilan bir qatorda, oʻqituvchilarning kasbiy malakasini oshirish va ularni doimiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish ham muhim vazifa sifatida qaraladi. XULOSA Innovatsion pedagogik texnologiyalar zamonaviy ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi boʻlib, ular oʻquv jarayonini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan. Ushbu texnologiyalarning pedagogik-psixologik jihatdan tahlili oʻquvchilarning individual xususiyatlari, kognitiv faoliyat uslublari hamda motivatsion holatini hisobga olgan holda ta’lim mazmuni va metodlarini optimallashtirishga qaratiladi. Bu jarayonda oʻqitish texnologiyalarining samaradorligi, oʻquvchilarning dars jarayoniga faol jalb etilishi, ularning mustaqil fikrlash hamda muammolarni hal etish koʻnikmalarining rivojlanish darajasi oʻrganiladi. Innovatsion texnologiyalarning psixologik ta’siri ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, u oʻquvchilarning bilim darajasi, oʻz-oʻzini baholash qobiliyati va oʻziga ishonch hissining shakllanishida namoyon boʻladi. Ushbu tahlillar natijalari ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, yangi pedagogik texnologiyalarni samarali joriy etish hamda oʻquv natijalarini yaxshilash uchun ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi. Asosiy maqsad esa ta’lim jarayonini individuallashtirish va differensiallashtirish orqali har bir oʻquvchining mavjud imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarishdan iboratdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. R.Mavlonova, N.Voxidova, N.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi.T.: «Fan va texnologiya», 464 bet.
  2. R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova, M.K.Shirinov, S.Hafizov Umumiy pedagogika. –T.: «Fan va texnologiya»,2018, 528 b. ISBN 978–9943–11–882–9.
  3. Z.F. Sharopova, «Ta’lim Texnologiyalari» darslik. – T.: «Navroʻz» nashriyoti, 2019, 340 bet.
  4. H.T.Omonov, N.X.Xoʻjayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat: 5A340605 - «Xalqaro moliya» mutaxassisligining magistrantlari uchun darslik / Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent Moliya instituti. - T.: «Iqtisod-moliya». 2009. -240 b.
  5. Зайцев В.С. Современные педагогические технологии: учебное пособие. - В 2-х книгах. - Книга 1. - Челябинск, ЧГПУ, 2012 - 411 с.
  6. Бадагуева О.Р. Формирование готовности будущего учителя к инновационной деятельности в условиях педагогического колледжа: Автореф. … дисс.пед.наук. – Улан-Удэ: 2006. – 24 с.
  7. Davletshin M.G. Qobiliyat va uning diagnostikasi. – T.: Oʻqituvchi, 1997. – 134 b.
  8. Т.В.Погребная, А.В.Козлов, О.В.Сидоркина Инновационное образование. Обучение в процессе создания новых знаний: Учебно-методическое пособие /. - Красноярск: ККИПКиППРО, 2008.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013512
Nashr sanasi
2026-07-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v5i6.2398
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
150–155
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06