Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
O‘ZBEKISTONDA ENERGIYA SAMARADORLIGI VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH BO‘YICHA XALQARO HAMKORLIK VA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Mashhura Xayitbayeva Shavkat qizi, Shahzod Safarov Shavkat o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiyalardan manbalaridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlik doirasida tashkil etilgan o‘quv markazlarining roli va ularning ta‘siri tahlil etilgan. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Germaniya energetika agentligi (DENA) bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Energiya menejeri", “Binolarning energiya samaradorlik” va “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish” o‘quv kurslari orqali mutaxassislarning malakasini oshirish tizimi yoritilgan. Shuningdek, energiya menejmenti, energiya auditi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish texnologiyalarining milliy iqtisodiyotga ta‘siri muhokama qilingan. Mavjud muammolar va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
- Ochiq kirishMaqola
PHLOMOIDES TURKUMI O‘SIMLIKLARINING XALQ TABOBATIDA ISHLATILISHI VA KIMYOVIY TARKIBI
M.A.Abdulhakimova · Research Focus International Scientific Journal · 2025
ushbu maqolada Phlomoides turkumiga mansub o‘simliklarning xalq tabobatida qo‘llanilishi, ularning kimyoviy tarkibi va biologik faolligi haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Phlomoides turlarida flavonoidlar, iridoidlar, fenolik kislotalar, saponinlar, alkaloidlar va efir moylari kabi biologik faol moddalar mavjud bo‘lib, ular yallig‘lanishga qarshi, antioksidant, immunomodulyator hamda tinchlantiruvchi xususiyatlarga ega. Mazkur o‘simliklarning tibbiyotda, farmatsevtikada va xalq tabobatidagi amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
RESPUBLIKAMIZ JANUBIY VOHASI O‘TLOQI TAQIR TUPROQLARI SUV O‘TKAZUVCHANLIGIGA TURLI SUG‘ORISH TARTIBLARINING TA‘SIRI
Abdualimov Sh.Kh., Kulmurotov B.E. · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Maqolada Respublikamizning janubiy voxasi o‘tloqi taqir tuproqlari agrofizikaviy xususitlaridan biri suv o‘tkazuvchanligiga turli sug‘orish tartiblarining ta‘siri o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari suvdan samarali foydalanish va tuproq agrofizikaviy xususitlarining yaxshilanish chora tadbirlariga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
GEOGRAFIYA FANLARINI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN XORIJIY TAJRIBALAR
Gaypova Roza, Abdurahmanov Sohibjon Turdialievich, Sapaeva Maftuna Mansurjonovna · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida interaktiv metodlardan-kartalar bilan ishlash, dala amaliyotlari, raqamli ta‘lim vositalari va geografik axborot tizimlaridan (GAT) keng foydalanish geografiya darslarini qiziqarli va samarali qilishga xizmat qilishi, shuningdek, geoekologik muammolarni o‘rganish, hududiy tahlil va global o‘zgarishlar kabi mavzularni o‘quvchilarga chuqur tushuntirishda xorijiy amaliyotlar o‘ziga hos jihatlari bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QURG‘OQCHIL HUDUDLARNING MELIORATIV HOLATINI TIKLASHDA O‘SIMLIKLARNING BIOEKOLOGIK IMKONIYATLARINI TADBIQ ETISH (AGROPYRON CRISTATUM (L) GAERTH O‘SIMLIGI MISOLIDA)
Zakirova Nazokat · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada qurg‘oqchil hududlarda tabiiy holda tarqalgan Agropyron cristatum (L) Gaerth o‘simligining bioekologik xuxsusiyatlari hamda hududlarning meliorativ holatini tiklashdagi o‘simlikning tashqi muhitga moslanishi yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ATMOSFERA YOG‘INLARIDAN TOMORQA MAYDONLARIDA SAMARALI FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Solijonova Markhabo, Qariyev Mirzohid · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada bugungi kunda yuz berayotgan suv taqchilligi muammosi va suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan chora tadbirlar to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari qurg‘oqchil hududlarda atmosfera yog‘inlarini samarali to‘plash orqali dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlari bo‘yicha mulohazalar bayon qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘ZBEKISTONDA TURIZMNING RIVOJLANISHI: IQTISODIY, IJTIMOIY VA TABIIY IMKONIYATLAR ASOSIDA YANGI TAKLIFLAR
Alikhanov Sardorkhon Akmalkhon oglu · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
maqola O‘zbekistonda turizm sohasining hozirgi holati va istiqbollarini iqtisodiy, ijtimoiy hamda tabiiy salohiyat kesimida tahlil qiladi. UNWTO va WTTC manbalari, milliy qo‘riqxonalar va Oralbo‘yi ekoturizm loyihalari haqidagi ma‘lumotlar asosida mamlakatning raqobat ustunliklari aniqlanadi. Vizasiz rejimlarni kengaytirish, brendlash va yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish kabi siyosiy choralar ko‘rib chiqiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TURLI SUG‘ORISH USULLARI QATOR ORALARINI TURLI MULCHALASHNING TUPROQ SUV O‘TKAZUVCHANLIGIGA TA‘SIRI
Bo‘riyev Zokir Jumayevich · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
maqolada Surxondaryo viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida, turli sug‘orish usullari va uning elementlaridan bo‘lgan qora plyonka va organomineral kompostlar bilan mulchalashning g‘o‘zadagi suv sarfi, tuproqning suv-fizik hossalari hamda meliorativ holatlariga ta‘siri o‘rganilgan. Bunda maqbul variantda tomchilatib sug‘orilib qator oralari 20 tonna organomineral kompostlar bilan mulchalanganda tuproqning suv o‘tkazuvchanligi mavsum oxirida 574m3/ga suv o‘tkazib nazoratdan 76m3/ga ko‘p o‘tganligi aniqlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA NAVINI TURLI SUG‘ORISH USULLARIDA QATOR ORALARINI MULCHALASHNING MAVSUMDA KO‘CHAT QALINLIGIGA TA‘SIRI
Buriev Zakir Jumayevich · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
maqolada Surxondaryo viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida, turli sug‘orish usullari va g‘o‘za qator oralarini mulchalashning mavsumda ko‘chat qalinligiga ta‘siri o‘rganilib, maqbul variant tomchilatib sug‘orilgan va qator orasi gektariga 20 tonna organomineral kompostlar bilan mulchalangan variantda mavsum oxirida nazoratga nisbatan ko‘chat sonining 2 ming donaga kamroq kamayganligi kuzatildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QURG‘OQCHIL HUDUDLARDA IQLIM O‘ZGARISHINING TUPROQ NAMLIGIGA TA‘SIRI (NAMANGAN ADIRLARI MISOLIDA
Toshmirzayeva Gavxharxon, Yusufjonova Munisa · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishlarining qurg‘oqchil hududlardagi, xususan, Namangan viloyati adir hududlarida tuproq namligiga ko‘rsatayotgan ta‘siri tahlil qilinadi. Tadqiqotlar davomida termik metod yordamida turli chuqurliklardan olingan tuproq namunalarining namlik miqdori o‘lchangan hamda ularning yog‘in miqdori, mexanik tarkibi va bug‘lanish jarayonlariga bog‘liqligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida tuproqdagi tabiiy namlikni saqlash, suvni tejovchi agrotexnik tadbirlarni joriy etish hamda suvni kam talab qiluvchi ekin turlarini yetishtirish zarurligi asoslab berilgan. Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida adir hududlarida ekologik barqarorlikni ta‘minlash va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SPHECIDAE OILASI VAKILLARINING FARG‘ONA VODIYSIDA TARQALISH AREALLARI
Kadyrov Ilkhomjon Tojiakhmatovich, Boymatov Odiljon Shermatovich · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi hududida uchraydigan Sphecidae oilasiga mansub hasharotlarnin tarqalish areallarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Oilaga kiruvchi turning ekologik sharoitlarga bog‘liq holda qayerlarda ko‘proq uchrashi, ularning yashash muhiti, biologik xilma-xilligi va ahamiyati haqida ilmiy ma‘lumotlar keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
JIYDA O‘SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI VA FOYDALI XUSUSIYATLARI
Komilov Bakhrom Jamoldinovich, Kholboyeva Khilola Rahimjon kizi, Dustmurodova Mashhura Isroilovna · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Ushbu maqolada jiyda (Elaeagnus angustifolia L.) o‘simligining shifobaxsh xususiyatlari yoritilgan. Jiyda qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda qo‘llanilib kelinadi. Uning mevalari, barglari va po‘stlog‘i tarkibida biologik faol moddalardan — flavonoidlar, alkaloidlar, taninlar, organik kislotalar, vitaminlar (C, E, B guruhi), shuningdek, mikroelementlar (kaliy, temir, rux) mavjud. Bu moddalarning o‘zaro ta‘siri organizmda yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi va immunitetni mustahkamlovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Tezisda jiyda o‘simligining farmakologik ahamiyati, xalq tabobatidagi qo‘llanishi hamda zamonaviy tibbiyotda undan foydalanish istiqbollari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TA‘LIM JARAYONIDA EKOLOGIK STARTAP VA TASHABBUSLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH
Alijonova Sarafroz Kamoldin qizi, Rakhimov Ikhtiyor Bakhtiyor oglu · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada ta‘lim tizimida ekologik startaplar va tashabbuslarni shakllantirish, ularni qo‘llab-quvvatlashning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Ekologik startaplar yoshlarning ekologik tafakkurini rivojlantirish, ularni barqaror rivojlanish g‘oyalariga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada zamonaviy o‘qitish metodlari, innovatsion platformalar va ta‘lim muassasalaridagi ekologik loyihalarning ijtimoiy samaradorligi tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BUXORO VILOYATINING GIDROEKOLOGIK MUAMMOLARI VA ULARNING YECHIMLARI
Khaitov Yozil Kasimovich, Bayozova Zukhro Safakul‘s daughter · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Maqolada Buxoro viloyatining gidroekologik xususiyatlari to‘g‘risida fikr-muohazalar berilgan. Vujudga kelgan gidriekologik muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida goyalar ilgari surilgan. Suv resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofazasi masalalari yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KIMYOVIY BOG‘LANISHGA OID MISOLLARNI ENG SODDA USULLARI
Alisher Nodirov Avazovich, Kholdorova Rukhsora Soyibjon kizi · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada kimyoviy bog‘lanishlarning (ion, kovalent va metal bog‘lanish) mohiyati va ularni eng sodda misollar yordamida tushuntirish usullari yoritilgan.Kimyo ta‘limida murakkab tushunchalarni osonlashtirish uchun grafik modellar, jadval va taqqoslash usullaridan foydalanish zarurligi ta‘kidlangan. Maqola umumiy o‘rta ta‘lim va oliy ta‘lim bosqichlarida kimyo fanini samarali o‘qitishga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISHDA ADIR HUDUDLARINING TABIIY O‘SIMLIKLAR QOPLAMINI YARATISH (ALCEA NUDIFLORA MISOLIDA)
Khakimbekova Muslima, Rustamjonova Nodira · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Ushbu maqolada oq gulhayri (Alcea nudiflora (Lindl.) Boiss.) o‘simligining tarqalish hududlari va sanoatda ishlatilish usullari ilmiy tarzda tahlil qilingan. Gulhayri o‘simligining turli ekologik sharoitga moslasha olishi, nafaqat sanoatda va xalq tabobatida ham ishlatilish usullarini hamda degradatsiyaga uchragan adir hududlarning meliorativ holatini tiklashdagi ahamiyati yoritilgan. Gulhayri o‘simlikni o‘rganish jarayonida uning ekologik barqarorligi, sanoatda ham tabiiy resurs sifatida ishlatilishi yoritib berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
“QORADARYO” O‘ZANIDA SUV OQIMLARINI BARQARORLASHTIRISHGA TA‘SIR ETUVCHI OMILLAR, MUAMMOLAR VA BARTARAF ETISH CHORA TADBIRLARI
I. Tushkanov · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
maqolada Respublikamizdagi barcha ochiq suvlar havzalarida qum va shag‘al qazib olish jarayonida yuzaga keladigan asosiy bu sohadagi ekologik, sel va suv toshqinlaridagi muammolarni hal etish ko‘rib chiqilgan. Qazish ishlarining tabiiy muhitga, suv oqimiga, havo sifatiga va biodiversitetga ta‘siri tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik ta‘sirlarni kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta‘minlash uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan asosiy chora-tadbirlar tavsiya qilingan. Maqola Qoradaryo misolida qum va shag‘al qazib olishning ekologik jihatlariga e‘tibor qaratgan holda, bu sohadagi ekologik, sel va suv toshqinlaridagi muammolarni hal etish yo‘llarini o‘rganishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
PARRANDACHILIK CHIQINDILARIDAN BIOLOGIK FAOL KERATIN ASOSIDA PLYONKALAR OLISH ISTIQBOLLARI
Z.A.Otaxanova, D.M.Sattarova · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
Pat — parranda sanoatining katta chiqindisi bo‘lib, uni yoqish yoki chiqindiga tashlash ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu ishda patlardan keratin ekstraktsiyasi usullari, keratin asosidagi biomateriallarning imkoniyatlari va ekologik foydalar tahlil qilinadi. Xitozan bilan kompozit keratin plyonkalarining mexanik, kimyoviy va biodegradatsiya xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu biomateriallarning mikroplastik ifloslanishni kamaytirish, chiqindilarni qayta ishlash va barqaror rivojlanish yo‘lidagi roli muhokama qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MINERALLASHGAN MASSA VA FOSFORIT KUKUNIDAN FAOLLASHTIRILGAN FOSFORLI O‘G‘ITLAR OLISH JARAYONLARI
Nazimov I‘zoz Sadikjanovich, Azimjonov Shohjahon Atkhamjon oglu, Nodirov Alisher Avazovich · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
faollashtirilgan fosforli o‘g‘it namunalarini olishda ikki xil fosfat chiqindilari – MM va FK lardan foydalaniladi va qishloq xo‘jaligi talablariga mos keladigan har hil turdagi oddiy va aralash o‘g‘it namunalari olinindi. Turli fosforit namunalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kam miqdordagi nitrat kislota (xom ashyodan dikalsiy fosfatga hisoblagan holda) bilan qayta ishlab olinadigan faollashtirilgan fosforli o‘g‘it namunalari ham olindi. Bundan tashqari ushbu faollashtirilgan fosforli o‘g‘itlar asosida NP-, PK- va NPK-turidagi aralash o‘g‘itlar ham olinishi zarur hisovlandi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
NATRIY VA KALSIY STEARAT TUZILARI ASOSIDA SUYUQ SURKOV KOMPOZITINI OLISHNING USULLARI
Q.A.Rejabboev, G.A. Doliyev, A.Nodirov · “ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI · 2025
ushbu maqolada natriy va kalsiy stearat tuzlari yordamida rangli simlarni cho‘zish uchun suyuq surkov kompozit olish