Asosiy mazmunga o‘tish

TURLI SUG‘ORISH USULLARI QATOR ORALARINI TURLI MULCHALASHNING TUPROQ SUV O‘TKAZUVCHANLIGIGA TA‘SIRI

Bo‘riyev Zokir JumayevichTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tayanch doktoranti2025

Konferensiyalar“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIJild 1Son 3Sahifa 226–228

Annotatsiya

maqolada Surxondaryo viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida, turli sug‘orish usullari va uning elementlaridan bo‘lgan qora plyonka va organomineral kompostlar bilan mulchalashning g‘o‘zadagi suv sarfi, tuproqning suv-fizik hossalari hamda meliorativ holatlariga ta‘siri o‘rganilgan. Bunda maqbul variantda tomchilatib sug‘orilib qator oralari 20 tonna organomineral kompostlar bilan mulchalanganda tuproqning suv o‘tkazuvchanligi mavsum oxirida 574m3/ga suv o‘tkazib nazoratdan 76m3/ga ko‘p o‘tganligi aniqlangan.

Boshqa tillarda

ruschaВЛИЯНИЕ РАЗЛИЧНЫХ СПОСОБОВ ПОЛИВА И РАЗЛИЧНОГО МУЛЬЧИРОВАНИЯ МЕЖДУРЯДИЙ НА ВОДОПОДЪЕМНОСТЬ ПОЧВЫ

В статье изучено влияние различных способов полива и мульчирования чёрной плёнкой и органоминеральными компостами на водопотребление хлопчатника, водно-физические свойства почвы и мелиоративные условия на среднезасоленных лугопастбищных угодьях Сурхандарьинской области. Установлено, что в оптимальном варианте капельного орошения и мульчирования междурядий 20 тоннами органоминеральных компостов водопроницаемость почвы в конце сезона составила 574 м3/га, что на 76 м3/га больше контроля.

inglizchaTHE IMPACT OF DIFFERENT IRRIGATION METHODS AND DIFFERENT MULCHING BETWEEN ROWS ON SOIL WATER TRANSMISSION

The article studies the effect of various irrigation methods and mulching with black film and organomineral composts on water consumption in cotton, water-physical properties of the soil, and reclamation conditions in moderately saline grasslands of the Surkhandarya region. It was found that in the optimal variant of drip irrigation and mulching with 20 tons of organomineral composts between rows, the water permeability of the soil at the end of the season was 574 m3/ha, which was 76 m3/ha more than the control.

Kalit so‘zlar

  • sug‘orish usullari
  • o‘rtacha sho‘rlangan
  • suv o‘tkazuvchanlik
  • kuzatuv soati
  • rejim
  • amal davri
  • mulchalash
  • qora plyonka
  • organo-mineral kompost
  • umumiy fon

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TURLI SUG‘ORISH USULLARI QATOR ORALARINI TURLI MULCHALASHNING TUPROQ SUV O‘TKAZUVCHANLIGIGA TA’SIRI

Bo‘riyev Zokir Jumayevich Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tayanch doktoranti E-mail: zokirjumayevich@gmail.com ORCID ID: https://orcid.org/0009-0001-4267-5490

Annotatsiya: maqolada Surxondaryo viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sharoitida, turli sug‘orish usullari va uning elementlaridan bo‘lgan qora plyonka va organomineral kompostlar bilan mulchalashning g‘o‘zadagi suv sarfi, tuproqning suv-fizik hossalari hamda meliorativ holatlariga ta’siri o‘rganilgan. Bunda maqbul variantda tomchilatib sug‘orilib qator oralari 20 tonna organomineral kompostlar bilan mulchalanganda tuproqning suv o‘tkazuvchanligi mavsum oxirida 574m3/ga suv o‘tkazib nazoratdan 76m3/ga ko‘p o‘tganligi aniqlangan. Kalit so‘zlar: sug‘orish usullari, o‘rtacha sho‘rlangan, suv o‘tkazuvchanlik, kuzatuv soati, rejim, amal davri, mulchalash, qora plyonka, organo-mineral kompost, umumiy fon.

KIRISH Paxta yetishtirishda sug‘orishning samarali usullarini qo‘llash hosildorlik va sifatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonning qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil iqlim sharoitida suv resurslari chegaralanganligi sababli, suvni tejash va tuproqning suv-fizik xossalarini optimal darajada saqlash muhim vazifa hisoblanadi. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi – bu suvni tuproq yuzasiga yoki ildiz zonasiga doimiy va nazorat ostida yetkazib berish usuli bo‘lib, u tuproqning suv saqlash qobiliyatini oshiradi, sho‘rlanishni kamaytiradi va suvning nojo‘ya yo‘qotilishini oldini oladi. Shu bilan birga, tomchilatib sug‘orish tuproqning zichligi, strukturasini saqlash va tuproqdagi namlikning teng taqsimlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tomchilatib sug‘orish joriy etilgan maydonlarda suvning tuproq bo‘yicha taqsimlanishi va ildiz zonasidagi namlik darajasi sezilarli darajada yaxshilanadi. Natijada paxta ildiz tizimi suv va o‘g‘itlardan maksimal darajada foydalanadi, bu esa hosildorlik va sifatni oshiradi. Shu bilan birga, suvning sekin va barqaror berilishi tuproqdagi tuzlarning konsentratsiyasini kamaytiradi va sho‘rlanish darajasini pastlatadi.

G‘o‘za qator oralarini somon bilan mulchalab sug‘orish tuproqning bir tekis namlanishini ta’minlaydi, oziqa moddalar hamda azotli o‘g‘itlarning yuvilib ketishi ikki baravar kamayadi. Tuproq haydov qatlamida bug‘lanishning kamayishi natijasida suvning 15–20% tejalishi kuzatiladi. G.A. Bezborodov ma’lumotlariga ko‘ra, qator orasiga ishlov berish 3–4 martaga qisqarib, mehnat sarfi 28–30% gacha kamaygan. Bu jarayon tuproqning zichlanmasligi, ildiz tizimining saqlanishi, mikroorganizmlar faolligi va gumus shakllanishini rag‘batlantirib, azot miqdori hamda tuproqning biologik va fermentativ faolligini oshiradi [1; 240–245-b.].

Sh. Boboqandov va M. Ziyatov tadqiqotlariga ko‘ra, tomchilatib sug‘orish qo‘llanganda tuproqning zichligi an’anaviy egatlab sug‘orishga nisbatan kamroq oshgan, g‘ovaklik esa yuqori darajada saqlangan. Vegetatsiya boshidan oxirigacha CHDNSga nisbatan 65–70–65% namlik darajasi saqlanganda tuproq zichlanishi kamayib, struktura yaxshilanadi, bu esa yuqori sifatli g‘o‘za hosilini ta’minlashda tomchilatib sug‘orishning samaradorligini ko‘rsatadi. [2; 69–70-b.]. X.Lapasov va Q.Isaboyev tadqiqotlarida egat orasiga plyonkani mulcha qilib qo‘llanilganda g‘o‘zani sug‘orish natijasida oddiy egat orqali sug‘orilgan tenologiyaga nisbatan qator orasiga ishlov berish soni kamaygan, tuproqning namlik, ozuqa, issiqlik va havo rejimlari yaxshilangan hamda umumfizik xususiyatlari sezilarli darajada yaxshilangani va yoqilg‘i-maylash sarfi kamaygani qayd etilgan [3; 77–80-b.].

Tuproqning suv o‘tkazuvchanligi. Bu uning suvni o‘zlashtirib, pastki qatlamlarga yetkazish xususiyati tushuniladi. G‘o‘za yetishtirishda mo‘l va sifatli hosilga erishishda sug‘orishning muddati, me’yori hamda har gektarga sarflanadigan suv miqdori muhim omillardan sanaladi. Tuproqning suv-fizik xususiyatlari orasida suv o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi sug‘orish tizimi va texnologik jarayonlarni belgilashda asosiy texnik mezonlardan biri hisoblanadi. Agar tuproqning suv o‘tkazuvchanlik darajasi yuqori bo‘lsa, u holda turli genetik qatlamlar nisbatan tez namlanadi va egatlar orqali berilgan suv sathini samarali tarzda oshirish imkoni tug‘iladi. Bu esa o‘z navbatida suvning isrof bo‘lib oqavaga chiqishini kamaytiradi hamda suv resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish sharoitini yaratadi. Umumiy yondashuvda, tuproqning suv o‘tkazuvchanligi uning suvni qabul qilib olishi va keyinchalik uni pastki gorizontlarga uzatish qobiliyati orqali tavsiflanadi. Agar tuproqning hajmiy zichligi oshsa va natijada uning g‘ovaklik darajasi kamaysa, bu holat suvning vertikal yo‘nalishda filtratsiyalanishini sezilarli darajada sekinlashtiradi. Shu bilan birga, tuproqning suv o‘tkazish xususiyatlariga amalga oshirilgan barcha agrotexnik tadbirlar ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlarimizda tomchilatib sug‘orish va g‘o‘za qator oralarini turli mulchalash tuproqning suv o‘tkazuvchanligiga ta’siri aniqlandi.(1-jadval) Kuzatuv natijalari shuni ko‘rsatadiki, Surxondaryo viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan taqirsimon tuproqlari sharoitida tuproq suv o‘tkazuvchanligi vegetatsiya davri boshida 6 soat ichida 709 m³/ga ni tashkil etdi. Amal davri oxiriga kelib esa, variantlarimizdagi faktorlar tuproqning suv o‘tkazuvchanliga turlicha ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 65-70-65% tartibda egatlab sug‘orilgan 1-variantda tuproqning suv o‘tkazuvchanlik jami 6 soat davomida 518 m3/ga bo‘lgan bo‘lsa, faqat tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilgan 2-variantda bu ko‘rsatkich 534 m³/ga teng bo‘ldi. Tomchilatib sug‘orish usulida qator oralari gektariga 20 tonna organomineral kompostlar bilan mulchalanib olib borilgan 4-variantda tuproqning suv o‘tkazuvchanligi 6 soatda 561 m³/ga ni tashkil qilib, nazorat variantga nisbatan 43 m3/ga.ga, g‘o‘za qator oralari qora plyonka bilan mulchalanib, tomchilatib sug‘orilgan 3-variantga nisbatan 15 m³/ga.ga yashilanganligi aniqlandi. Tadqiqotda tuproq suv o‘tkazuvchanligining eng yuqori ko‘rsatkichi sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 65-75-70 % rejimda mavsum oxirida 20 tonna organomineral kompostlar bilan mulchalanib, tomchilatib sug‘orilgan sakkizinchi variantda kuzatilib, jami 6 soat davomida 574 m3/ga.ni tashkil etib, bu 76 m3/ga.ga oddiy tomchilatib sug‘orilgan 6-variantga

nisbatan 44 m3/ga.ga tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanilib, g‘o‘za qator orasi qora plyonka bilan mulchalangan 7-variantga nisbatan 24 m3/ga ga ko‘roq bo‘lganligi tajribada o‘z isbotini topdi. 1-jadval Tuproqning suv o‘tkazuvchanligi, m /ga 2024yil Sug‘orish Amal oldi davri Jami 6 O‘rtacha tuproq boshiga Variant Kuzatuv vaqti, soat soatda 1 soatda namligi nisbatan raqami CHDNSga m3/ga m3/ga kamayis nisbatan, h, m3/ga % 1 2 3 4 5 6 Mavsum boshida (umumiy fon) 329 170 135 39 24 13 709 118 Mavsum oxirida 1 220 123 112 28 21 14 518 86 -191

2 225 126 116 31 21 15 534 89 -175 65-70-65 3 235 133 118 31 22 15 546 92 -163

6 229 129 113 28 20 11 530 88 -179 65-75-70 7 237 132 117 30 20 14 550 92 -159

Bundan shunday xulosa chiqadiki, g‘o‘za qator oralariga ishlash uchun qanchalik traktor ko‘p kirsa, katta me’yorlarda mavsumiy sug‘orishlar o‘tkazilsa, tuproq qatlamlarining ko‘proq zichlashuviga va suv o‘tkazuvchanlikning yomonlashuviga olib keladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. Безбородов Г.А.–“Совершенствование оросителной сети и техники полива хлопчатника в предгорной зоне Узбекистана” mavzusidagi texnika fanlari doktori unvonini olish uchun dissertatsiya ishi. Toshkent, 1994 yil. 240-245 bet. 112.
  2. Boboqandov Sh., Ziyatov M. Sug‘orish usullarining tuproq agrofizikaviy xossalariga ta’siri. // Agro ilm O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi jurnali ilmiy ilovasi. -T, 2023. №6. -B. 69-70.
  3. 3.Lapasov X., Isaboyev Q. Tuproqning agrofizik xossalariga sug‘orish usulining ta’siri// Agro ilm-O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali ilmiy ilovasi. -№ 6. – Toshkent, 2017. –B.78-79.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011243
Nashr sanasi
2025-10-24
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“ATROF-MUHITNI ASRASHNING ZAMONAVIY TA‘LIMIY TALQINI, MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI, MUAMMO VA AMALIY YECHIMLARI” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/220
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
226–228
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25